Press "Enter" to skip to content

4-sinf ona tili fanidan Sifat soʻz turkumini oʻtish uchun mavzusida dars taqdimoti

Unga koʻra, joriy yilda istisno ravishda 3 ta majburiy fanlardan (ona tili, Oʻzbekiston tarixi va matematika) test boʻlmaydi. Faqat 2 ta mutaxassislik fanidan test olinadi.

Bolalar uchun inklyuziv ta’lim qanday tashkil etiladi

Hujjat 13.10.2020 yildagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4860 -son qarorga muvofiq ishlab chiqilgan.

2020–2025 yillarda хalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga koʻrsatiladigan ta’lim хizmatlari sifatini yaхshilash boʻyicha quyidagi vazifalar belgilandi:

  • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
  • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar oʻqitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qoʻllanmalar, turli kasblarga oʻqitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni oʻqitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, umumta’lim muassasalarini maхsus moslamalar (koʻtarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (maхsus pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish boʻyicha mutaхassislar) bilan ta’minlash;
  • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maхsus jihozlar bilan ta’minlash va boshqalar.

Qaror bilan Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagilar belgilandi:

  • inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari;
  • alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun maktablarda inklyuziv ta’lim va boshlangʻich tayanch korreksion sinflar faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish tartibi;
  • oʻquvchilarni inklyuziv ta’lim sinflariga va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarga qabul qilish tartibi;
  • inklyuziv ta’lim sinflari va boshlangʻich tayanch korreksion sinflarda ta’lim sifatini nazorat qilish va boshqarish chora-tadbirlari.

Shuningdek quyidagilar tasdiqlandi:

  • Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun davlat iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom;
  • Sanatoriy turidagi iхtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom;
  • Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

Bundan tashqari qaror bilan alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida kasbga oʻqitish kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.10.2021 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova.

4-sinf ona tili fanidan “Sifat soʻz turkumini oʻtish uchun” mavzusida dars taqdimoti

Sekin, bepoyon, ayyor, qiyg’os, tasodifan, ulkan, shod, zimdan, tasodifiy, suluv, yaxshilik, qahramon, kar, zo’rg’a, chuchmal, sal-pal, olg’a, bulturgi, achigan, kerakli, maqtanchoq, donolik, nari-beri, nohaqdan-nohaq, ochiq-oydin, pishgan, pushti, chiroy, uchuvchi, dastavval, oyday, keyin, yalanglik, egri-bugri, chanqovbosdi, chalqancha, qasddan, quvurilgan.

  • bepoyon
  • ayyor
  • ulkan
  • shod
  • tasodifiy
  • suluv
  • kar
  • chuchmal
  • bulturgi
  • kerakli
  • maqtanchoq
  • pushti
  • egri-bugri
  • chanqovbosdi

Sifatlar zanjiri

Oq, qora, aqlli, inoq, qo’ng’ir, rasvo, olijanob, bahodir, razil, loqayd, davlatmand, dono, orasta, achchiq, qimmatbaho,

TO’G’RI VA CHIROYLI YOZAMIZ!

  • Olijanob
  • Qaqshatqich
  • Ilma-teshik
  • Hurkovuch
  • Ahmoq
  • Harom-xarish
  • Ko’ylakchang

X O T I R A M A SH Q I

fast – chaqqon

lazy – dangasa

sweet – shirin

round – dumaloq

easyoson

pink – pushti

fast – chaqqon

lazy – dangasa

sweet – shirin

round – dumaloq

easyoson

pink – pushti

Quyidagi sifatlarni o’z va ko’chma ma’nolarida qo’llab so’z birikmalari tuzing.

Otlashgan sifat qatnashgan gaplarni toping.

  • Senga o’xshash bilmasvoy bolalarga ketgan vaqtimga achinaman.
  • Yaxshining yaxshiligi tegar har yerda, Yomonning yomonligi tegar tor yerda.
  • Achchiqni achchiq kesar.
  • Avtomashina uzoqni yaqin qiladi.
  • Ko’pni ko’rgan otaxonlardan so’rash kerak.
  • Donoga ishorat, nodonga kaltak.
  • Og’ir ko’tarma, bolam.

Tezkor savollarga javob bering!

  • Asaldan shirin, Zahardan achchiq?
  • Sifat tilshunoslikning qaysi bo’limida o’rganiladi?
  • “ Taxir dori” so’z birikmasidagi sifatning ma’no guruhi?
  • “ Oqsoqol” qo’shma sifati qaysi so’z turkumlaridan yasalgan?
  • Quyidagi gapdagi otlashgan sifatlar miqdorini toping: Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga.
  • “ Sifat” so’zining har bir harfiga muvofiq 5 ta sifat so’z turkumiga mansub so’z ayting.
  • “ Gajir” so’zining ma’nosi?
  • -gi, -ki, -qi qo’shimchalari qanday ma’noli sifatlarni hosil qiladi?
  • Boshlang’ich sinfda “sifat” atamasi nechanchi sinfdan kiritiladi?
  • “ Burni ko’tarilgan” frazeologik birligiga antonim sifatni ayting.
  • Sifatlar yasalishiga ko’ra necha xil?
  • “ Achchiq-chuchuk” so’zi qaysi so’z turkumiga mansub?
  • Katta-kichik besh o’rtoq, Uyushsa bo’lar to’qmoq.
  • Sifatning so’roqlari?
  • “ Achchiq gap” so’z birikmasidagi sifatning ma’no guruhi?
  • “ Tepakal” qo’shma sifati qaysi so’z turkumlaridan yasalgan?
  • Quyidagi gapdagi otlashgan sifatlar miqdorini toping: Yomon kishidan yaxshilik kutma.
  • “ Sifat” so’zining har bir harfiga muvofiq 5 ta sifat so’z turkumiga mansub so’z ayting.
  • “ gungurt ” so’zining ma’nosi?
  • -iy, -viy qo’shimchalari qanday ma’noli sifatlarni hosil qiladi?
  • 1-sinfda sifat so’z turkumi qanday nom bilan o’rganiladi?
  • Sifatlar tuzilishiga ko’ra necha xil?
  • 4-sinf “O’qish kitobi”dagi Yusuf Xos Hojibning “Bahor ta’rifida” rivoyatidan olingan parchani o’qing. Undagi sifat so’z turkumiga mansub so’zlarni topib, ma’no guruhini aniqlang.

BAHOR TA’RIFIDA Yusuf Xos Hojib

Sharqdan bahor nasimi esib keldi, olamni bezamoq uchun firdavs yo’lini ochdi.

Oq rang ketib, bo’z yerni alvon rang qopladi, olam o’ziga oro berib bezanmoq taraddudiga tushdi.

Zerikarli qishni bahor nafasi haydadi, musaffo bahor yana o’z hukmiga kirdi. Uyquga kirgan daraxtlar yana yashil to’n kiydi, oq, sariq, ko’k, qizil rangli harir yopinchiqlar bilan bezandi.

Bo’z yer yuziga yashil parda tortdi, go’yo xitoy karvoni ipak matolarini har tomonga yoydi. Dala-tuz, tog’, o’nqir, past-baland qirlar ko’k va alvon rangga ko’milib burkandi. Turli-tuman chechaklar qiyg’os ochildi, olam ichi ifor va kofur isi bilan to’ldi. Dimog’larni chog’ qiluvchi sabo yeli ko’tarildi, butun olamga mushk-anbar hidi taraldi.

P a l i n d r o m

Qabul 2020: Kirish imtihonlari, fanlar soni, qabul sanalari, qabul kvotalari, qoʻshimcha grantlar – barcha soʻnggi oʻzgarishlar bir maqolada

Bu haqda Bosh vazir oʻrinbosari Behzod Musayev boshchiligida oʻtgan brifingda maʼlum qilindi.

Unga koʻra, joriy yilda istisno ravishda 3 ta majburiy fanlardan (ona tili, Oʻzbekiston tarixi va matematika) test boʻlmaydi. Faqat 2 ta mutaxassislik fanidan test olinadi.

Shunda ballar quyidagicha belgilanadi:

1-blok — 30 ta savol, har bir toʻgʻri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball toʻplash mumkin.

2-blok — 30 ta savol, har bir toʻgʻri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.

Masalan:
5240100 – Yurisprudensiya taʼlim yoʻnalishida tarix (3,2 ball) va chet tili (3,1 ball) fanlaridan test topshirish belgilangan.
5120300 – Tarix taʼlim yoʻnalishida tarix (3,2 ball) va geografiya (3,1 ball) fanlaridan test topshirish belgilangan.
5510200 – Pediatriya ishi taʼlim yoʻnalishida biologiya (3,2 ball) va kimyo (3,1 ball) fanlaridan test topshirish belgilangan.

Barcha yoʻnalishlar, ushbu yoʻnalishlar uchun qaysi 2 ta fandan test boʻlishi va qaysi fanga necha ball berilishi haqidagi batafsil maʼlumotni SHU YERDAN koʻrib olishingiz mumkin.

Joriy yil test sinovlarida xuddi oʻtgan yilgidek maksimal 189 ball toʻplash mumkin.

Test savollarini ishlash va javoblarni belgilash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

Abituriyentlar 5 tagacha taʼlim yoʻnalishini tanlashi mumkin

Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil boʻlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi. Abituriyentlar 5 tagacha taʼlim yoʻnalishini tanlashi mumkin.

Qabul kvotalari tasdiqlandi

2020/2021 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Prezident qarori bilan 2020/2021 oʻquv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi:

  • bakalavriat:
    – kunduzgi taʼlim shakliga – 103 575 nafar;
    – sirtqi taʼlim shakliga – 31 350 nafar;
    – kechki taʼlim shakliga – 5 025 nafar.
  • magistratura – 10 425 nafar.

Qoʻshimcha grantlar

Joriy yilda quyidagi toifadagi abituriyentlar uchun alohida davlat granti asosida kvota ajratiladi:

  • Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun – 2068 oʻrin;
  • Harbiy qoʻmondonlik tavsiyanomasi boʻlgan shaxslar – 928 oʻrin;
  • Harbiylarning farzandlari uchun – 2068 oʻrin;
  • Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun – 551 oʻrin;
  • Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun – 1035 oʻrin;
  • Ijtimoiy kam taʼminlangan toifadagi xotin-qizlar uchun – 940 oʻrin;
  • Soʻx tumanida yashovchi bitiruvchilar – 500 oʻrin.

Imtiyozli shartlarda davlat granti asosida jami 8694ta oʻrin ajratilmoqda (oʻtgan yili qariyb 5 mingta edi).

Qabul jarayonlariga oid yangiliklar:

  • Joriy yil 1 million 270 mingdan ziyod abituriyent hujjat topshirish kutilmoqda;
  • OTMlarga hujjat20-iyundan 20-iyulgacha (20-iyul kuni hamkiradi)qabul qilinadi;
  • Joriy yilda hujjatlar onlayn qabul qilinadi, OTMlarda hujjatlar olinmaydi;
  • Hujjatlar 2 xil usul bilan topshirilishi mumkin:
    1) my.gov.uz portali orqali;
    2) DTM sayti orqali.
  • Hujjatlar kechayu kunduz 24 soat qabul qilinadi;
  • Test sinovlari 64 ta binoda boʻladi, binolar roʻyxati alohida eʼlon qilinadi;
  • Test sinovlari joriy yilda 2 smenada boʻladi;
  • Har bir smenada 25 ming nafar abituriyent test topshiradi, abituriyentlar orasi 3 metr boʻladi;
  • Test sinovlariga abituriyentlar maxsus tekshiruvdan oʻtkazilib, karantin qoidalariga rioya qilgan holda kiritiladi;
  • Test sinovlari jarayonlari onlayn ravishda internet va TV orqali jonli efirga uzatiladi;
  • Karantin sharoitida xavfsizlikka rioya qilish maqsadida abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlarining kuzatuvchi sifatida test binosi atrofiga toʻplanishi cheklanadi.

Talab qilinadigan hujjatlar

Avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun:

  • pasport;
  • diplom;
  • til bilishi sertifikati (agar boʻlsa);
  • imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.

2020 yil bitiruvchilari uchun:

  • pasport;
  • bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).

Ijodiy va kasbiy imtihonlar bor yoʻnalishlarda sinov qanday boʻladi?

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtirilgan tarzda tuziladi. Bunda:

  • OTMga hamma abituriyent kelib yigʻilmaydi;
  • OTMlar hududlarda hududiy imtihon komissiyasini tashkil qiladi;
  • abituriyentlar imtihonlarni oʻz hududida topshiradi;
  • imtihonlar 1 soat boʻladi;
  • abituriyent imtihonga faqat bir marta keladi va barcha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirib ketadi.

Hujjat topshirish uchun maktab bitiruvchisi attestat olishi shart emas

Bitiruvchilar attestat olishi shart emas. XTV bazasidagi maʼlumot DTM bazasiga oʻtkaziladi. Buning uchun abituriyentning pasport maʼlumotlari yetarli.

Zarur holatlardagina maktablarda attestatlarni qogʻoz koʻrinishida olish mumkin. Elektron skaner koʻrinishida ham beriladi.

Sport faoliyati bakalavriat taʼlim yoʻnalishida oʻqish muddati uch yil etib belgilandi

Prezident qarori bilan sport sohasida oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash jarayonini optimallashtirish maqsadida “Sport faoliyati (faoliyat turlari boʻyicha)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqish muddati uch yil etib belgilandi.

Call-markazz

Bu yilgi o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligida Call-markaz tashkil etildi.

Fuqarolar +998712463857 telefon raqami orqali Call-markaz bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.

Call-markaz dushanbadan shanbagacha har kuni soat 9:00dan 17:00ga qadar (tushlik – soat 13:00 dan 14:00gacha) faoliyat ko‘rsatadi.

Magistraturaga va oʻqishni koʻchirish uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi saytidan hujjat topshiriladi

Prezident qaroriga koʻra, davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish, shuningdek, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-sayti (www.edu.uz) orqali amalga oshiriladi.

Magistraturaga hujjatlar 2020-yil 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi. Imtihonlar 3-15-avgust kunlari oʻtkaziladi.

Matematika taʼlim sohasi boʻyicha magistrlar toʻliq davlat granti asosida tahsil oladi

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:

  • “130 000–Matematika” taʼlim sohasi boʻyicha magistratura mutaxassisliklari uchun Davlat buyurtmasi parametrlari toʻliq davlat granti asosida shakllantiriladi;
  • davlat granti asosida bakalavriat va magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalarni oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

Apellatsiya jarayoni (bakalavriat uchun)

  • Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar 21-avgustdan 30-avgustgacha Davlat test markazida tashkil etiladigan apellatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellatsiya shikoyatini berishi mumkin.
  • Apellatsiya komissiyasining tarkibi Davlat test markazi tomonidan tasdiqlanadi.
  • Abituriyentlar apellatsiyada shaxsan oʻzi ishtirok etadi.
  • Apellatsiya xulosasi tasdiqlash uchun Davlat komissiyasiga kiritiladi.

Vazirlar Mahkamasining 13.05.2019-yildagi 395-sonli qarorining 2-bandiga koʻra, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab quyidagi darajalar aks etgan sertifikatlar boʻlganda, chet tilidan eng maksimal ball beriladi va abituriyent chet tilidan test ishlamaydi:

  • ingliz tili uchun — IELTS 5,5 (bunda Toshkent davlat yuridik universiteti uchun writing modulidan 5,5 ball), TOEFL IBT 72, CAE FCE hamda milliy sertifikat boʻyicha B2 va undan yuqori daraja;
  • yapon tili uchun —JLPT №2 yoki milliy sertifikat boʻyicha B2 va undan yuqori daraja;
  • nemis tili uchun — Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF yoki milliy sertifikat boʻyicha B2 va undan yuqori daraja;
  • fransuz tili uchun — DELF, TCF4 yoki yoki milliy sertifikat boʻyicha B2 va undan yuqori daraja;
  • boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha B2 va undan yuqori daraja.

Kirish imtihonlari oʻtkaziladigan binolar va ularning joylashuvi

2020-2021-o‘quv yili qabulida Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun test sinovlarini oʻ’tkazish rejalashtirilgan binolar roʻyxati va ularning joylashuv bilan SHU YERDA tanishishingiz mumkin.

Случайный брак 2023 фильм на Домашнем

Главная героиня – молодая симпатичная женщина по имени Настя Кирсанова. Мать очень навязчиво предлагала ей выйти замуж за парня по имени Тимофей. В протест этому красавица решает выйти замуж за одного московского богача по имени Денис. Она его очень плохо знала, но девушку это совсем не остановило. Однако красотку ждало разочарование. Однажды утром ее жених просто исчез. Всё что от него осталось – это штамп в паспорте. Женщина была просто в шоке и отчаянно пыталась найти пропавшего без вести Дениса. Однако все попытки оборачиваются провалом.

Тем временем Тимофей продолжает настойчиво добиваться любви девушки, несмотря на ее странно замужество. Девушка находится в растерянности и отчаянии. Однако вскоре Настя опять столкнется с Денисом, ведь у судьбы на этих ребят очень большие планы. Впереди Насте предстоит сделать крайне непростой выбор. От ее решения будет зависеть ее дальнейшая жизнь и судьба. Впереди красотку ждет еще много невероятных и суровых испытаний. Главная героиня придется самой отчаянно бороться за свое счастье, ведь она поймет, что никто кроме нее ей не поможет. Умная красавица обязательно узнает, что такое настоящая любовь и научится ее отстаивать несмотря ни на что.

Келаси ўқув йилидан барча бошланғич синф ўқувчилари бепул овқат билан таъминланиши мумкин

Президентнинг “2022–2026 йилларга мўлжалланган Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт стратегиясини “Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили”да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида”ги Фармони ва Давлат дастури лойиҳаси жамоатчилик муҳокамасига қўйилди.

– 2023/2024 ўқув йилидан бошлаб республиканинг барча вилоятлари ва Тошкент шаҳрида бошланғич синф ўқувчиларини бепул овқат билан таъминлаш йўлга қўйилади;

– 2023 йил 1 апрелдан бошлаб 27 та профессионал таълим муассасалари ўқитувчиларининг ойлик маошлари 20 фоизга оширилиб, ўртача 3 млн сўмга тенг бўлади;

– 2023 йил 1 июндан бошлаб республиканинг барча аҳоли пунктларида транспорт воситалари ҳаракатланишининг энг юқори тезлиги соатига 70 километрдан 60 километргача туширилади;

– тадбиркорлик субъектларининг ҳуқуқий ҳимоясини янада кучайтириш ва жавобгарлигини либераллаштириш мақсадида 2023 йил 1 мартдан бошлаб тадбиркорлик субъектларига нисбатан янги турдаги жавобгарлик ва жазо чораларини жорий этишга бир йиллик мораторий ўрнатилади;

– 2023 йилда 53 та “Янги Ўзбекистон” массивлари ва 161 та бошқа массивларда, жумладан, хусусий пудрат ташкилотлари томонидан янги уй-жойлар қуришнинг йиллик ҳажмлари 2 баробарга оширилиб, 90 мингга етказилади;

– 26 минг нафар фуқарога бозор тамойилларига асосланган ипотека кредитлари, шунингдек, 11 минг нафар фуқароларга бошланғич бадал ва фоиз тўловларининг бир қисмини қоплашга субсидиялар ажратиш учун Давлат бюджетидан етарли маблағлар йўналтирилади;

– 2023 йилда жамоатчилик фикри асосида шакллантириладиган лойиҳаларни молиялаштириш учун Давлат бюджетидан 8 трлн сўм, шундан “Обод қишлоқ” ва “Обод маҳалла” дастурлари учун 4 трлн сўм йўналтирилади;

– 2023 йил 1 июлдан бошлаб, “Маҳалла бюджети” тизимини барча туманлар ва шаҳарларда жорий этиш орқали маҳаллаларга ўз муаммосини мустақил ҳал этиш ҳамда ижтимоий лойиҳаларни амалга ошириш учун 800 млрд сўмгача маблағ йўналтирилади;

– қуввати 20 кВт ва ундан паст бўлган қуёш, шамол ва биогаз электр станцияларини паст (0,23-0,4 кВ) кучланишли электр тармоқларига улаш учун техник шарт олиш талаб этилмаслиги белгиланмоқда;

– 2023 йил 1 сентябрдан бошлаб бюджет ташкилотларига қуёш панели ва иссиқ сув коллекторини ўрнатиш мажбурияти юклатилади ҳамда 2026 йилга қадар уларнинг бинолари энергия истеъмолининг 60 фоизи “яшил энергия”га босқичма-босқич ўтказилади.