Press "Enter" to skip to content

Qabul-2023 Abituriyentlarga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

MUHOKAMA VA NATIJALAR

YOSHLAR O’RTASIDA KITOBXONLIK VA MUTOLAA MADANYATINI YUKSALTIRISH VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M.Abdirahimova

Ma’naviyatni yuksaltirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasi insonni ma’naviy kamolot sari yetaklashini, insonni har tomonlama yetuk, komil shaxs sifatida shakllanishidagi o’rni nihoyatda beqiyosdir. Jumladan, sharq mutafakkirlari qarashlarida, g’oyalarida, asarlarida inson kamoloti, ma’naviy yetuklik, vatanparvarlik, ta’lim-tarbiya kabi masalalarda qimmatli ma’lumotlar berib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по наукам о Земле и смежным экологическим наукам , автор научной работы — M.Abdirahimova

KITOB VA KITOBXONLIK – INSON MA`NAVIYATINING KO`ZGUSI
KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH – DAVR TALABI
BADIIY ADABIYOTLAR TARG‘IBOTI VA ULARNING INSON HAYOTIDAGI O‘RNI
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KITOB O’QISHGA QIZIQTIRISHDA PSIXOLOGIYANING O’RNI

OILADA YOSHLARNI TOLERANT MADANIYATLI QILIB TARBIYALASHDA BESH MUHIM TASHABBUS IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMIL SIFATIDA

i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING LITERATURE AND READING CULTURE AMONG YOUNG PEOPLE AND ITS CHARACTERISTICS

The role of spirituality , the formation of a culture of reading among young people, reading books leads to spiritual maturity, the formation of a person as a fully developed, perfect person is incomparable. In particular, the views, ideas and works of Eastern thinkers provide valuable information on issues such as human maturity, spiritual maturity, patriotism, education

Текст научной работы на тему «YOSHLAR O’RTASIDA KITOBXONLIK VA MUTOLAA MADANYATINI YUKSALTIRISH VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Scientific Journal Impact Factor

YOSHLAR O’RTASIDA KITOBXONLIK VA MUTOLAA MADANYATINI YUKSALTIRISH VA UNING O’ZIGA XOS

M.Abdirahimova – Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti “Xorijiy tillar”

Annotatsiya: Ma’naviyatni yuksaltirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasi insonni ma ‘naviy kamolot sari yetaklashini, insonni har tomonlama yetuk, komil shaxs sifatida shakllanishidagi o ‘rni nihoyatda beqiyosdir. Jumladan, sharq mutafakkirlari qarashlarida, g’oyalarida, asarlarida inson kamoloti, ma’naviy yetuklik, vatanparvarlik, ta’lim-tarbiya kabi masalalarda qimmatli ma ‘lumotlar berib o ’tilgan.

Kalit so’zlar: Ma’naviyat, yoshlar, madaniyat, kitob mutolaasi, komil shaxs, g ‘oyalar.

Аннотация: Роль духовности, формирование у молодежи культуры чтения, чтение книг ведет к духовной зрелости, становление человека как полноценного, совершенного человека несравнимо. В частности, взгляды, идеи и работы восточных мыслителей предоставляют ценную информацию по таким вопросам, как человеческая зрелость, духовная зрелость, патриотизм, образование.

Ключевые слова: духовность, молодежь, культура, чтение, совершенствование, идеи.

Abstract: The role of spirituality, the formation of a culture of reading among young people, reading books leads to spiritual maturity, the formation of a person as a fully developed, perfect person is incomparable. In particular, the views, ideas and works of Eastern thinkers provide valuable information on issues such as human maturity, spiritual maturity, patriotism, education.

Keywords: Spirituality, youth, culture, reading, perfection, ideas.

Abu Rayhon Beruniyning qarashlarida “. insonga katta sharaf ko’rsatilgan -unga aql-zakovat va kuch armug’on etilgan. Shu sababdan, insonning ma’naviy qiyofasi uning oldiga qo’yilgan vazifalarga mos bo’lishi uchun u yuksak ahloqli, bilimli, ma’rifatli bo’lmog’i darkor. “-deya ta’kidlangan. Ma’rifat, ziyo, komillikka erishish avvalo mutolaa bilan, ilm-fan sirlarini puxta egallash bilan qo’lga kiritiladi. Bu borada eng yaqin ko’makchi kitobdir. Kitob insoniyat tomonidan yaratilgan betakror mo”jizadir. Kitob insonni tarbiyalash xususiyatiga ega bo’lgan eng yaqin

kafedrasi katta o’qituvchisi

Scientific Journal Impact Factor

do’stdir. Kitob haqida uning insonni kamolotga yetishidagi o’rni haqida qimmatli fikrlar, tashbehlar nihoyatda ko’pdir.

Mamlakatimizda keyingi yillarda yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini targ’ib qilish borasidagi ishlar ko’lami sifat darajaga ko’tarildi.

Xususan, O’zbekiston prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi № 781-sonli qarori bilan 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturi va boshqa qator hujjatlar soha rivoji uchun dasturul amal vazifasini o’tamoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi № 781-sonli qarori bilan 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturini uch bosqichda amalga oshirish ko’zda tutilgan. I bosqich – 20202021 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo’yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillash-tirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; II bosqich -2022-2023 yillarda kitobxonlikka oid infratuzilmani mustahkamlash; III bosqich -2024-2025 yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirish, ularning intellektual salohiyati o’sishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilash kabi muhim mezonlar belgilangan.

Shuningdek, aholi, avvalo, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, nashriyotlar va ijodkorlar faoliyatiga ko’maklashish, bolalarga mo’ljallangan adabiyotlarni chop etishni qo’llab-quvvatlash, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, respublikaning olis hududlarida va yoshga doir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, aholining kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini tizimli o’rganib borish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish kabi dolzarb vazifalar ko’zda tutilgan.

Kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash tizimini ishlab chiqish, «Eng yaxshi kitobxon hudud», «Eng yaxshi kitobxon mahalla», «Eng yaxshi kitobxon ta’lim muassasasi» kabi reytinglarni joriy etish va boshqa muhim vazifalar belgilangan.

Kitobxonlik madaniyati haqida so’z borar ekan, avvalo yoshlarga kitob o’qish qoidalari va turlari haqida ma’lumotlar, tushunchalar berish lozim bo’ladi.

O’qish – nutq faoliyatining murakkab turi bo’lib, u ikki jihatga ega: ya’ni, texnik jihati – o’qish va tez o’qish ko’nikmalarini egallash va ijodiy jihati – matndan zarur ma’lumotni tanlab olish.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Mutolaa qilinayotgan manbani mazmunini o’zlashtirish darajasi bo’yicha quyidagi o’qish turlari ajratiladi: ko’rib chiqiladigan o’qish – umumiy taassurotga ega bo’lish uchun; tanishuv o’qish – umumiy mazmunni tushinish uchun; ajratuv o’qish -ma’nosini chuqur tushinib olish uchun o’qish voida va turlari ko’rsatilgan.

Ko’rib chiqiladigan o’qish odatda tanishuv va o’rganuv o’qishdan oldin amalga oshiriladi. Kitob mazmuni, uning boblari va paragraflari, asar muallifi bilan tanishish zarurati bo’lganda foydalaniladi.

Ko’rib chiqiladigan o’qish jarayonida odatda titul varag’i, mundarija, ayrim xat boshi va gaplar o’qib chiqiladi. Ushbu ma’lumotlarning o’zi shu manba qay darajada kerakligini hal etishga yordam beradi

Tanishuv (tanlov) o’qish bir necha manbalardan ma’lum savollarni ajratib olish, shuningdek olingan ma’lumotlarni taqqoslash va solishtirish, ushbu masala bo’yicha o’z qarashini ishlab chiqish uchun ishlatiladi.

O’rganuv o’qish – o’qishning faol turi. Siz e’tibor berib, ma’lumot ustida to’xtalib va o’ylab o’qiganingizda foydalaniladi. Matndagi bosh fikrni, uning maqsadini, isbotlar mantiqini tushunib olish, sizning oldingizga qo’yilgan savollarga javob qidirishga mo’ljallangan. Ushbu o’qish turi materialni o’rganishda ketma-ketlikni talab qiladi (paragraflar, boblar, qismlar bo’yicha), matn haqida shahsiy fikrni tuzishga yo’llaydi, ma’lumotni tanqidli qabul qilish ko’nikmasini shakllantiradi.

Ilmiy adabiyotlarni o’qish tartibiga doirfikrlar quyidagilardan iborat. Bunda, O’qish jiddiy va chuqur fikrli bo’lmog’i lozim

Quyidagilar muhim hisoblanadi. O’qib chiqilgan materiallarni tahlil qilish, tushunarsiz atama va tushunchalar mohiyatini aniqlash, muhim bo’lgan savollarga javob axtarish kabilar.

Barkamol avlodni voyaga yetkazishda kitobning tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. Binobarin, aynan mutolaa insonga bilim va axborot beradi, uning ma’naviy olamini boyitadi. Yaxshi kitob eng murakkab savollarga javob topishga ko’maklashadi.

“NOP World” xalqaro reyting agentligi ma’lumotlariga ko’ra, dunyoda odamlar haftasiga 16,6 soat vaqtini televizor ko’rishga sarflasa, 8,9 soatni kompyuter qarshisida o’tkazadi, 6,5 soatni esa mutolaaga ajratadi. 2016 yilda haftasiga eng ko’p kitob o’qiydigan mamlakatlar ro’yxatida Hindiston — 10,7, Tailand — 9,4, Xitoy — 8, Filippin — 7,6, Chexiya — 7,4, Rossiya — 7,1, Shvesiya — 6,9, Fransiya — 6,9 va Vengriya — 6,8 soat bilan yuqori o’rinlarni egalladi.

Noshirlik faoliyati rivojlanib, kitob mutolaasi yanada ommalashib borayotgani muloqotning audio, video vositalari, radio, televidenie, axborot-kommunikatsiya tarmoqlari hayotimizdan chuqur o’rin egallashi bilan odamlarda kitob o’qishga qiziqish yo’qoladi, degan fikr xato ekanligini ko’rsatmoqda. Shubhasiz, ommaviy

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

axborot vositalarining yangi turlari paydo bo’lishi natijasida kitobxonlik birmuncha pasaygan bo’lsa-da, matbuot odamlarda kitob mutolaasiga qiziqishni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Qator agentliklarning jahonda kitobga bo’lgan talabni o’rganishi shuni ko’rsatdiki, so’nggi 30 yilda bir nomdagi kitob mahsulotlarini chiqarish uch baravar, adadi bo’yicha 4 baravar ko’paydi. Bugungi kunda dunyoda har yili qariyb bir million nomda kitoblar chop etiladi. Masalan, AQShda kishi boshiga 10 ta, Rossiyada 9,5 ta, Fransiyada 5 ta, Xitoyda 3,5 ta kitob bosilmoqda.

Mamlakatimizda noshirlik ishining zamonaviy huquqiy asoslari yaratilgan. O’tgan davr mobaynida 10 dan ortiq qonunlar, 30 dan ziyod qonunosti hujjatlari qabul qilindi. 1 ming 677 ta matbaa korxonasi, 118 ta nashriyot davlat ro ‘yxatiga olindi. Ilg’or texnologiyalar bilan jihozlangan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi, 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazi, tuman markazlari va shaharlardagi ta’lim muassasalarida 200 ga yaqin axborot-resurs markazlari aholiga axborot-kutubxona xizmatlari hamda “Kitob olami”, “Sharq ziyokori” va “O’zdavkitobsavdota’minoti” majmualari tomonidan esa kitob savdosi xizmati ko’rsatish yo’lga qo’yilgan. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida tashkil etilgan “Ijod” jamoat fondi yozuvchi va shoirlar, ayniqsa, yosh ijodkorlarning birinchi kitoblarini ko’p ming nusxada nashr etmoqda.

Bugungi kunda xalq ta’limi tizimida 9576 ta axborot-kutubxona muassasalari mavjud bo’lib, shundan 12 tasi viloyat, 199 tasi tuman (shahar) va 928 tasi maktab axborot-resurs markazlari hamda 8648 tasi maktab kutubxonalari hisoblanadi. Ularga jami 4 047 738 nafar o’quvchilar a’zo bo’lgan.

Axborot-resurs markazlari, kutubxonalarda bugungi kunda jami 23 mln. dan ortiq kitob fondi mavjud. Ularning kitob fondini boyitish maqsadida har yili o’quvchilarga sinfdan tashqari mutolaa uchun badiiy adabiyotlar xarid qilinadi.

O’quvchilar orasida kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida turli madaniy-ma’rifiy, intellektual tadbirlar o’tkazib kelinmoqda. O’quvchilar va ularning ota-onalari o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish va rag’batlantirish maqsadida ta’lim muassasalarida “Kitob taqdimoti”, “Adabiyot kunlari”, “Kitobim-oftobim” nomli ma’rifiy tadbirlar, “Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari” xayriya tadbiri va ota-onalar ishtirokida “Bir farzandga – uch kitob” aksiyalarini hamda “Eng yaxshi kitobxon o’quvchi” va “Kitobxon maktab” tanlovlarini o’tkazish yo’lga qo’yilgan.

ADABIYOTLAR RO’YXATI (REFERENCES)

1. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi

// Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

Scientific Journal Impact Factor

2. Po’latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta’limning rivojlanish bosqichlari. //”SCIENCE AND EDUCATION” Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

3. Po’latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma’rifatga qo’shgan xissasi.// “SCIENCE AND EDUCATION” Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

4. PULATOV SH.N. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 468-474 P.

5. Pulatov Sh.N.Sankhya-ancient Indian philosophical school. //PUSTAK BHARATI RESEARCH JOURNAL// JAN-June. ISSUE Toronto, Canada. No: 1-2, 2020.

6. Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san’atiga qo’shgan hissasi. //

“Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences”

Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

7. Sulaymonov J.B. Ibn Xaldun ijtimoiy-falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar//Falsafa va huquq jurnali. 2019 yil 1-soni. 42-45 betlar.

8. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

9. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

Qabul-2023 Abituriyentlarga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati 2023-yil iyul-avgust oylarida o‘tkaziladigan 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli bo‘lib, umumta’lim maktablari va akademik litseylarning 2022-2023-o‘quv yili bitiruvchilari hamda boshqa abituriyentlar test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

Tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

Darsliklar ro‘yxati bilan https://dtm.uz/info/textbooks manzili orqali tegishli fan va tilni tanlagan holda tanishishingiz mumkin.

Abiturioyentlarga tavsiya etamiz DTM Majburiy va mutaxassislik barcha fanlaridan namunaviy testlar to’plami 2022 yuklab oling.

yosh kitobxon 2022

27-dekabr kuni “Yosh kitobxon” tanloviga start beriladi!

Опубликовано пн, 12/27/2021 – 10:33 пользователем Nasim Sadikov

“Yosh kitobxon” tanlovining saralash bosqichlari o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali o’z hududingizni tanlagan holda tanishib chiqishingiz mumkin:

Язык Английский

Ginnes.Uz

Facebook guruh:

При публикации информации из моего веб сайта на другие сайты обязательно указывать адрес сайта www.sadikov.uz. © Sadikov.Uz

Аудио, видео и документальная информация в моем сайте принадлежат своим владельцам. Они сохраняют свои авторские права. Информация размещена на сайте с целью ознакомления. Пожалуйста, уважайте работу авторов. Если Вы являетесь автором материала или обладателем авторских прав на него и против его использования или Ваше авторство не было указано на сайте, пожалуйста свяжитесь с по адресу uzbeknasim@yahoo.com

Предложения рекламы или обмен баннеров: @sadikov_uz

Для контактов: uzbeknasim@yahoo.com

Telegram: @sadikovuz