Press "Enter" to skip to content

Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

Boladagi barcha tarbyaviy hislatlar dastlab oilada shakllanadi, demak kitobxonlik ham o’z oilasi a’zolari ko’magi va ta’sirida yuzaga keladi, rivojlanadi. Kitobxonlikning yaxshi yoki sust rivojlanishida oiladagi boshqa a’zolarning kitobga, o’qishga munosabati katta ta’sir ko’rsatadi. Ota-ona har bir ishda, jumladan kitobga munosabatva uni o’qishda ham bolalariga o’rnak bo’lishlari lozim. Oilada bola kitobxonligining faollashuvida shaxsiy kutubxonadagi kitoblarni birgalikda o’qish va ularni muhokama qilish; ota-onaning boladan har bir javob haqidagi shaxsiy tushuncha va fikrini so’rash, bu fikrni bildirish uchun bolaning kitob haqida mushohada yuritishni o’rganish (aniqrog’i o’rganish) muhimdir.

Kitobxonlarda o‘qish madaniyatini tarbiyalashning maqsad va vazifalari

Jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga yondoshuv turli davrlarda turlicha bo‘lgan. Har bir davrning o‘z extiyojidan kelib chiqib, kitobxonlik darajasi belgilangan. Binobarin, har qanday davlatning kuch-qudrati o‘z fuqarolarining ongliligi bilan belgilanar ekan, bunda albatta kitobxonlik masalasiga alohida e’tibor berilgan. Bugungi kunda “Mutolaa madaniyati”, “Kitobxonlik madaniyati”, “O‘qish madaniyati” kabi atamalar bilan qo’llanilib kelayotgan ijtimoiy hodisalar axborot olish madaniyatining tarkibiy qismlaridir.

“Mutolaa” so’zi arabcha “o’qish” degan ma’noga ega bo’lsa-da, bugungi kunda u kitob o’qishdan ko’ra kengroq tushunchani anglatmoqda. A. Umarov fikricha: “Mutolaa” madaniyati ijtimoiy guruhlar, uyushmalar va alohida individlarning umumiy ma’lumot olishga yo’naltirilgan jarayon, xulq-atvor va faoliyatlari mazmuni hamda tarkibiy tizimlarida yuz beruvchi o’zgarishlar majmuini ifodalovchi bilimlar, me’yorlar, ijtimoiy hodisalar va boshqa atributlardir. Ayni chog’da mutolaa madaniyatini ta’lim tizimlari orqali maxsus shakllantiradigan, ixtisoslashgan ma’lumotni inson hayoti davomida turli manbaalar – kitoblar (badiiy, ilmiy, o’quv, qomusiy), ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, televideniya, radio va shu kabilar), zamonaviy axborot texnologiyalari (internet, elektron gazeta, jurnal, qo’llanma va hokazolar), shuningdek, subyekt bilan bevosita muloqotga kirishuvchi shaxslar (oila a’zolari. ) orqali ega bo’linadigan turli yo’nalish va shakldagi umumiy ma’lumotdan farqlash lozim bo’ladi» 2 . Professor E.I.Yo’ldoshev «O’qish madaniyati» tushunchasiga shunday ta’rif beradi: «O‘qish madaniyati – juda keng qamrovli tushuncha bo’lib, kitobga qiziqish va uni sevish, adabiyot bilan kengroq tanishishni, kitob va u bilan ishlash haqidagi maxsus bilimlarga ega bo’lishni, shuningdek, kitobdan to’la ravishda foydalanishga yordam beruvchi ko’nikma va malakaga ega bo’lishni taqozo etadi»

Jumladan, axborot olish madaniyati badiiy adabiyotni to’g’ri tushunish, undan estetik zavq olish, shuningdek, ilmiy adabiyotlar, barcha turdagi resurslar bilan ishlash, ma’lumot-bibliografiya va barcha turdagi axborot materiallaridan o’zini qiziqtirgan ma’lumotlarni qidirib topish, cheksiz axborot okimlari orasidan kerakli, muhim bo’lgan ma’lumotlarni ola bilish, o’z kasbiy malakalarini oshirishda foydalanish, axborot-kutubxona muassasasidan to’g’ri foydalanish yo’llarini o’rganish ham axborot olish madaniyati tushunchasi doirasiga kiradi. Axborot olish madaniyatini to’liq egallagan shaxsga nisbatan esa kitobxon terminini qo’llash o’rinlidir.

Safo Matchon: «Kitobxonlik – o’qilgan kitoblar soni bilan belgilanmaydi, balki u tushunib o’qish, ya’ni maqsadli o’qishdir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, kitobxonning yozuvchi aytmoqchi bo’lgan fikrini nechog’li uqishini, ya’ni asar «tili»ga tushunishi kitobxonlik madaniyati, talanti darajasi ko’rsatadi. Shu tufayli adabiyotimiz talantli yozuvchilar bilan birga talantli kitobxonlarga ham hamisha ehtiyoj sezadi». Uning fikricha kitobxonlik talanti tug’ma emas, balki tarbiya vositasida kamol topadi. Kitobxonlik haqida gap ketganda, olmon mutafakkiri Gyotening quyidagi fikrini keltirish joizdir: «Kitobxonlikka o’rganish uchun qanchalik ko’p vaqt sarf qilinishini odamlar tasavvur qilmaydilar, buning uchun men hayotimning 80 yilini bag’ishladim, lekin hali ham o’rgandim, deb ayta olmayman». Professor V.F.Asmus o’zining «Kitobxonlik – mehnat va ijod» nomli maqolasida esa kitobxonlikka shunday ta’rif beradi: «Mutolaa vaqtida asar bir ko’zadan ikkinchi ko’zaga kuyilgan suv kabi kitobxon miyasiga quyilib qolmay, balki ijodkor kitobxon tomonidan qayta idrok etiladi». «Taraqqiy etgan хorijiy mamlakatlarda,- deb yozadi H.To’xtaboуev,- kitobxonlik fan darajasiga ko’tarilgan. Kitobxonlik kitobni targ’ib qilishgina emas, balki kitob o’qishni, o’qiladigan kitobni tanlay olishni, mag’zini chaqishni, ya’ni kitob yordamida o’zini anglashni o’rgatish hamdir».

«Axborot olish madaniyati» kontekstida uning tarbiyaga muhtoj elementlarini aniqlaymiz:

O’qishga, axborot olishga mayl, havas, ishtiyokni shakllantirish;

O’qilgan kitob orqali fikrlash yo’llarini o’rgatish;

Mavjud kitobxonlik malakalarini takomillashtirish.

Ta’lim o’qitish, o’qish, rivojlanish mujassam amalga oshiriladigan jarayondir. Axborot olish madaniyatini tarbiyalash ta’lim jarayonida amalga oshadi. Egallagan bilimlar o’quvchilarni izchil shakllantirib borishni ta’minlaydi.

Ta’lim jarayonining mazmunini tashkil qiluvchi bilim, ko’nikma va malakalar faqatgina sinfda o’qitiladigan darslarda shakllanib kolmasdan, balki sinfdan tashkari, anikrogi axborot-kutubxona muassasalarida mustaqil tarzda shugullanish orqali egallanadi.
Axborot-kutubxonachilik ishidagi mavjud tajriba shuni ko’rsatadiki, axborot olish madaniyatini tarbiyalashning eng samarali vositasi – axborot- kutubxonachilik bilimlarining o’quvchilar orasida targ’ib qilishdir. Buning eng samarali yo’llaridan biri bo’lib axborot-kutubxonachilik darslarini tashkil etish hisoblanadi.

Axborot olish, u bilan ishlashning asosiy usullari haqida ma’lumot berish axborot-kutubxonachilik darslarining negizini tashkil etadi. Ushbu darslarda axborot bilan ishlash, kitob bilan tanishish, kitobni bevosita o’qish, eng muhimi, uni uqish, o’rganish malakalari singdirib borilishi kerak. Shuningdek, elektron kutubxonadan foydalanish, elektron kataloglar, ma’lumotlar bazalari haqida axborotga ega bo’lish, ulardan foydalanishni o’rganish kabilar kiradi. Bu esa o’z-o’zidan amalga oshadigan, jo’n narsa emas, albatta. Buning uchun axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislaridan juda keng bilim, mahorat talab qilinadi. Axborot-kutubxonachilik darslarini qay tarzda tashkil etish mumkin, degan savolga ham javob berib o’tish lozim. Tajriba shuni ko’rsatadiki, axborot-kutubxonachilik darslarini o’tkazish uchun sinfdan tashqari darslar va tarbiyaviy soatlardan alohida soatlar ajratib olish mumkin. Dars jadvali tuzishda asosan sinflar soni, nazariy va amaliy dars soatlari, o’qituvchi va kutubxonachi o’tkazadigan soatlar, darsni o’tkazish joyini, ya’ni sinfda yoki axborot-kutubxona muassasasida o’tkazilishini aniqab olish zarur.

Ayni paytda bir necha tashkiliy masalalarni ham hal etish zarur. Chunonchi, ko’pgina o’qituvchilar dars berish uslubiyotini yaxshi egallagan bo’lsalar-da, axborot- kutubxonachilik sohasida yetarli bilim va malakaga ega bo’lmaydilar. Kutubxonachilar esa aksincha. Shu sababli ham o’qituvchilarga axborot-kutubxonachilik sohasidan ma’ruzalar o’qib, ularni axborot-kutubxonalar faoliyati bilan tanishtirish, kutubxonachilarga esa dars o’tish qoidalari, uslubiyotini o’rgatish muhimdir. Bizningcha, hozirgi kun talablaridan kelib chiqqan holda o’quvchilarda axborot olish madaniyatini tarbiyalashning o’ta muhimligini hisobga olib axborot-kutubxonachilik darslarini ommalashtirish, yo’lga qo’yish zarur. Avvalo, buning uchun masalaning tashkiliy jihatini hal etish, ya’ni axborot-kutubxonachilik darslarini yo’lga qo’yish yuzasidan qaror qabul qilish, shu qarorga asosan umumiy o’rta ta’lim muassasalari va axborot-kutubxona muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish, axborot-kutubxonachilik darslarini tashkil etish va o’tkazishning aniq shakllarini ishlab chikish zarur.
Axborot-kutubxona muassasasida o’quvchilar axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasini hal qilish faqat ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador bo’lmasdan, balki jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi, ma’naviy yuksalishi bilan bog’liq, davlatning strategik maqsadlariga xizmat qiluvchi faoliyatiga ham daxldordir. Shu sababli ham mazkur muammo ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan kompleks o’rganishni taqozo qiladi. Binobarin, tadqiqot natijalari ko’rsatganidek, kutubxonada o’quvchilar axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasi pedagogika, psixologiya, falsafa, adabiyotshunoslik, sosiologiya kabi kator fanlar erishgan yutuqlarga tayangan holdagina hal etilishi mumkin.

Axborot-kutubxona muassasasida axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasi borasida quyidagi xulosalarni keltirish mumkin:

Axborot olish madaniyatini tarbiyalash masalasi ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, umummilliy muammo hisoblanadi. Bu ma’lum davr bilan chegaralanadigan hodisa bo’lmasdan, inson umr bo’yi o’rganadigan ma’naviy ehtiyojdir.

Axborot olish madaniyatini tarbiyalaydigan asosiy maskan – axborot-kutubxona muassasalaridir. Axborot-kutubxona muassasalari o’z imkoniyatlari bilan nafaqat maktab dasturlarining, Davlat ta’lim standartlarining bajarilishida, balki mustaqil ta’lim olish sari yo’llaydi.

Axborot olish madaniyatini tarbiyalashda maktab-oila-kutubxona hamkorligini yo’lga qo’yish muhim ahamiyatga ega. Axborot-kutubxona muassasalarining axborot olish madaniyatini tarbiyalashdagi asosiy vazifalarni belgilash zarur.
Axborot-kutubxona muassasalarda axborot olish madaniyatini tarbiyalashning pedagogik-psixologik asoslarini o’rganmasdan turib, haqiqiy kitobxonni kamol toptirish mumkin emas. Xususan, Axborot-kutubxona muassasalarda foydalanuvchilarning yosh xususiyatlari, tipologik jihatlari, ularning psixologik tayyorgarligi, ayniqsa, ulardagi fiziologik o’zgarishlar albatta hisobga olinishi zarur.

Axborot-kutubxona muassasalarida o’quvchilar axborot olish madaniyatini tarbiyalashda quyidagi asosiy yo’nalishlarga jiddiy e’tibor qaratilishi lozim:

kitobxonnning oilaviy sharoiti, oilada Axborot-kutubxona muassasasining bor-yo’qligi, bolaning yosh xususiyatlari va psixologik tayyorgarlik darajasini o’rganish;
umumta’lim muassasasi dasturidagi fanlarni hisobga olish, bolaning qiziqishlari doirasini aniqpash hamda shunga muvofiq tarzda yakka va ommaviy rahbarlik yo’l-yo’riqlarini ishlab chiqish;
o’quvchida o’z ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini shakllantirib borish, axborot olish malakalarini shakllantirish;

o’quvchining yosh xususiyatlari va psixologik imkoniyatlarini hisobga olgan holda turli-tuman ommaviy shakllardan samarali foydalana olish, mavjud sharoitdan kelib chiqib yangi shakllarni izlab topish va amalda qo’llash mahoratiga ega bo’lish;

o’quvchilarni axborot olishga bo’lgan qiziqishini shakllantirish, ularni Axborot-kutubxona muassasalariga, mutolaaga kengroq jalb qilish;

o’quvchilar o’rtasida axborot-kutubxonachilik bilimlarini keng targ’ib qilish.

Axborot olish madaniyatini tarbiyalashning asosiy mas’uliyati kutubxonachilar zimmasiga tushadi. Bu jarayon esa mutaxassislardan juda katta pedagogik mahoratni, professional bilimni, eng muhimi, o’z kasbiga bo’lgan fidoyilikni talab etadi. Bu asosan kutubxonachi kadrlar tayyorlash jarayonida shakllanadi. Shu sababli ham kutubxonachi kadrlarga bo’lgan talabni kuchaytirishga, ta’lim sifatini oshirish zarur.

Mashhur fransuz faylasufi Frans Bekon “Kitoblar tafakkur durdonalarini avloddan avlodga eltuvchi aql kemalaridir” deb bejiz aytmagan. Zero, kitob aqlni charhlaydigan, aql bulog’ini ochadigan va uni ilhomlantiradigan buyuk mo”jizadir.

Kitobning inson hayoti, kishilik jamiyati ma’naviy taraqqiyotidagi beqiyos o’rni qadimdan ma’lum. U dunyoni tanish, bilim berish bilan birga go’zallikka muhabbat uyg’otish, undan zavqlanish, yovuzlikdan nafratlanish tuyg’usini paydo qiladi.

Bolalar kitobxonligini shakllantirishda maktab hamda ota-onalar zimmasiga nihoyatda murakkab va mas’uliyatli vazifa yuklanadi. Buning uchun ota-onalarning o’zi ham yuksak didga ega va ma’rifatli va bilimli bo’lishlari kerak. Ma’lumki, bola kitob o’qishni bilgan taqsirdagina, kitob uning ma’naviy hayotida muhim rol o’ynaydi. Kitob bolaning ma’naviy boyishi uchun uni ma’naviy, aqliy, estetik o’sishga yo’llashi zarur. Buning uchun dastlabki turtki oilada bolaga o’qib berilgan birinchi kitob bo’lsa, ikkinchisi, bola otasi va onasining o’qishini eshitib, badiiy obrazlar go’zalligini tasavvur qilishi, kitob bilan ana shu birinchi va ikkinchi uchrashuv bolaning keyingi o’smirlik davrida uning ma’naviy hayotining barcha sohalari: mehnat, o’yin, musiqa, bolalar ijodi bilan bog’liq bo’lib, uni hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi zarur. Chunki, o’smir hayotini ijodiy mehnat, ertaklar olami, fantaziyalar, o’yin va musiqasiz tasavvur etish qiyin. Bularning barchasini kitobxonlik ham qamrab olsa, uning hayoti mazmunsiz, voqea-hodisalarning tub mohiyatini anglab olishga harakat qiladigan, turmush ziddiyatlarini tushunadigan aql-zakovatli ma’nan barkamol shaxs bo’lib yetishishiga yordam beradi. Ana shunday aql-zakovatni shakllantiruvchi, inson cha’naviy dunyosini boyituvchi vosita – bu kitob, kitobxonlikdir.

Kitobxonlik – bu insonning o’z ustida ishlashi, faoliyatini ma’lum yo‘nalishga burib yuborish, ongida ma’lum tuyg’ularni, e’tiqod va dunyoqarashni hosil qilish, uni o’ylashga, hayotda qanday yashashga o’rgatish, fikr yuritish, yozuvchining insonparvarlik, axloqiy, estetik, badiiy, fuqarolik nuqtai nazarini bilib olish, uning ma’naviy o’gitlarini ilg’ab olish va bular asosida o’z hayot yo’li dasturini belgilash, yozuvchi bilan munozaraga kirishish, har bir o’qigan kitobidan yangilik topish, ma’naviy dunyosini boyitishdan iboratdir.

Haqiqatan ham kitobxonlik insonni barkamollikka yo’llasa, uni o’qimaslik johillikka, ma’rifatsizlikka olib kelib, natijada ma’naviy bolada qashshoqlik yuzaga keladi. Maktabda, oilada muhim vazifa – kitobxonlikni inson hayotida zaruriyatga aylantirishdan iborat. Agar kitobxonlik zaruriyatga aylanmasa, oilada ham, maktabda ham unga mehr-muhabbat, e’tibor kuchaytirilmasa farzandni kitobga bo’lgan munosabatini o’zgartirish mumkin emas.

Oila kitobxonligi bu – oila a’zolarining aql-zakovati va yuksak ma’naviyatini shakllantiruvchi, inson ma’naviy dunyosini boyituvchi, kitobga mehr-muhabbat hamda uni zaruriyatga aylantirishning ma’lum tizimidir. Bu tizim o’smirlarning aqliy, ma’naviy, axloqiy, estetik rivojlanishi tizimidan iborat bo’lib, o’zbek oilalarining kitobxonlikka doir boy an’anasi va hozirgi davrda to’plangan boy tajribasiga asoslanadi.

O‘zbek oilasi bugun eski totalitar jamiyat mafkurasi singdirilgan kitoblardan voz kechmoqda. Yangi mazmun va mohiyatga ega bo’lgan kitoblar tanlanmoqda. Bu jarayonda kitobxonlik pasayganday ko’rinsa ham, aslida u sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarilmoqda.

O‘smirlar ma’naviyati rivojlanib boruvchi faol jarayon. Shu sababli ota-ona kitobdan foydalanishda quyidagi omillarga e’tibor berishlari lozim:

1. O’smirlarda kitob o’qish ishtiyoqinishakllantirish. Nihoyatda murakkab bo’lgan. Bu masala o’smirlarning kitobxonlikka bo’lgan munosabatini belgilaydi. Tan olish kerak, o’smirlarning bugungi kitobxonlik darajasi qoniqarli emas. Bu ijtimoiy muammodan chiqib ketishning yagona yo’li ota-onaning yordamga kelishidir. Maktabda o’qituvchi, uyda ota-ona bolada kitob o’qish ko’nikmasini hosil qilishi kerak. Bunda oddiydan murakkablikka, ya’ni murakkabligi jihatidan normal, bolaning kamolot darajasiga mos bo’lgan kitoblar tanlash qo’l keladi.

2. Kitob tanlashda o’smirning ma’naviy darajasini hisobga olish lozim. Ota-onaning o’smirda kitob o’qish ko’nikmasini hosil qilishdagi ilk vazifasi kitob tanlashda yordam berishdir. Ularning saviyasiga mos bo’lgan adabiyotlarni keng targ’ib qilish o’smirlarni jamiyatning munosib fuqarosi, mustaqil davlatimizning yetuk, barkamol insonlari bo’lib etishishi uchun va ma’naviyatining yuksakligi bilan oilasiga va jamiyatga foyda keltirishga olib keladi. Buning uchun oilada kitobxonlik ruhi bo’lishi kerak. Kitob tanlashda o’smirning yosh xususiyatini hisobga olish o’smirning rasional o’sishiga olib kelsa, ma’naviy darajasini hisobga olish esa intellektual rivojlantiradi. Bu esa rasionallikdan ko’ra keng qamrovli va samaralidir. Oiladagi kitobxonlik ruhi bevosita bola ruhiyatiga ham ta’sir etadi, shu sababli, bunda birinchi galda badiiy adabiyotni, keyinchalik ixtisosliklar bo’yicha kitoblarni tavsiya etish mumkin.
3. Kitob tanlashga ixtisoslashish. O‘qituvchi, ota-ona o’smirni kitobxonga aylantirib borishida uni ixtisoslashtirib borish yo’lini tutishi kerak. Bu borada eski texnologiya – o’smir yuqori sinfga o’tganda ixtisoslashtirish kerak, degan fikrdan voz kechish lozim.
Aksincha, dastlabki (boshlangich) bosqichlardanoq o’smirning ma’naviy dunyosi, tarbiya muhiti, qiziqishi, dunyoqarashi va ruhiy xususiyatlari hisobga olinib, ixtisoslashtirilib borilishi kerak. Bu tajriba Amerika ta’lim tizimida o’zini oqlagan. Ularda bolani 12 yoshga qadar ixtisoslashtirishga harakat qilinadi va shunga qarab kitob tanlab beriladi. Bu dastlab mutaxassislarni cho’chitgan edi, lekin Amerika ta’lim tizimining keyingi 30 yillik tajribasi o’smirlarni boshlang’ich sinflardayoq ixtisoslashtirish samarali ekanligini isbotladi. Natija o’smirda mustakil fikrlash va harakat qilishga intilishning paydo bo’lishiga erishildi.

4. Kitobni ekspertizadan o’tkazish. Jamiyatimiz erkinlashib, demokratlashib borgan sari kitob nashr etish ishlarida ham erkinlik yuzaga kela boshladi. Tabiiyki, bu hol turli saviyadagi kitoblarning nashr etilishiga sabab bo’lmoqda. Shu ma’noda ota-ona bola uchun kitob tanlayotganida kitobning ma’no-mazmuni, uslubiy jihatdan mutaxassis ko’rigidan o’tkazib olishi maqsadga muvofiq. Bunday qilish tarbiyaning asosiy yo’nalishlaridan chalgimaslikka, o’smir ma’naviy dunyosining to’g’ri shakllanishiga va qo’yilgan maqsadga etishish uchun olib keladi. Bu tajriba o’zbek milliy pedagogikasi tajribasidan ham ma’lum. Ular talabga javob bermaydigan kitobni o’z farzandiga o’qishni qat’iy taqiqlagan. Bugun ham bu tarbiya jihati muhim sanaladi.

5. Kitob o’qishni kuzatib, nazorat qilib borish. Bugun ota-onalar tarbiya jarayonining natijasi bo’lgan kitobxonlik bilan ko’proqqiziqishi kerak. Shu ma’noda o’smirlar kitobxonligini monitoring kilib borish maqsadga etishning samarali jihatlaridan biridir.

Monitoring, kitobxonlik yuzasidan test sinovlari, kitobxonlik kechalari, muloqot, davra suhbatlari, turli mavzularda munozaralar, ilmiy-amaliy anjumanlar, suhbatlar, sosiologik-empirik tadqiqotlar va analitik tekshiruvlar vositasida amalga oshirilishi mumkin.

Ma’lumki, kitobxonni avvalo kitobda tasvirlangan voqelik qiziqtiradi. Asta-sekin bu kizikish uning hissiyotiga ta’sir etib, tasvirlangan voqelik bilan hayot voqeligini taqqoslay boshlaydi, tasvirlardagi go’zallikni anglay boshlaydi, qahramonlarning xarakteri haqida o’ylay boshlaydi, muallifning maqsadi bilan qiziqadi. Faqat bu borada biz kitob vositasida tarbiyalashning yangi usul va mexanizmlarini yaratishimiz lozim.

Ota-onalar bolalarga kitob tanlashda, ayniqsa, o’smirlarning yoshi, ruhiyati, qiziqishi, didini hisobga olishi yoki zarur hollarda mutaxassislar bilan maslahatlashishi kerak. Shu bilan birga bola o’qiyotgan har bir badiiy asarning tarbiyaviy jihatlariga ham e’tibor berish zarur.

Kitob tanlashda faqat o’zbek adabiyotigina emas, qardosh va chet el adabiyoti namunalaridan ham bolalarga tavsiya etish maqsadga muvofiq bo’ladi. Sh.Pero Orinyanning “Qizil shapkacha”, aka-uka Grimmlar, Mark Tven, Xans Xristian Andersen, Janni Rodari, Jonatan Svift, Rasul Gamzatov, Nodar Dumbadze, Chingiz Aytmatov, A.S.Pushkin asarlari, K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy, S.Marshakning hikoyalari doimo bolalar uchun kiziqarli.
Oilalarda yana bir muhim muammo – kitobni asrash va uni o’zidan keyingi oila a’zolariga yoki boshqalarga yetkazishdir. Ko’pincha biz kuzatgan oilalarda kitob tanlash, uni o’qishga e’tibor beriladi-yu, lekin avaylab-asrashga, kitobga mehrni tarbiyalashga befarq qaraydilar. Kuzatishlar natijasida darsliklar, juda ko’p rangli bolalarbop kitoblar yirtilib, chizilib, axlat qutilariga tashlanganligining guvohi bo’ldik. Bolalarga “Kitob ham nondek aziz”ligini tushuntirishda kattalarning o’zi ibrat bo’lishi zarur. Ajdodlarimiz doimo kog’ozni uvol qilmanglar, uni avaylab-asranglar deb kelganlar. Bu an’anani yosh avlod ongiga singdirish bir tomondan bolalarda kitobni asrash eng muhim insoniy hislat sifatida shakllantirsa, ikkinchi tomondan hozirgi bozor iqtisodi sharotida kitob zahirasini yaratish muhim omil sanaladi. Ayniqsa, serfarzand oilalarda hox darslik bo’lsin, hox badiiy yoki ommaviy adabiyotlar bo’lsin, ular har bir xonadon a’zosiga o’zidan keyingi oila a’zolariga ham kerakligini tushuntirish asosiy vazifalardandir.

Hozirgi davrda televizor qisman kitob o’qishni siqib chiqarayotir, degan e’tirozlar ham paydo bo’lmoqda. Lekin televizorda biror ko’rsatuvni ko’rish uchun har bir inson tayyorlanadi, o’ziga qulay sharoit yaratadi. Teledasturlar qaysi ko’rsatuvni qachon ko’rishga o’rgatadi. Agar kitob o’qish uchun ham ota-onalar ana shunday sharoit yaratsa, televizor ko’rish va tanlab kitob o’qishni, qiziqib o’qishni o’rgatsa, ko’zlangan maqsadga erishish mumkin.

Kitobxonlikda eng muhimi oilada kitobga mehr uyg’otish, uni avaylab-asrashni tarkib toptirishdir. Faqat allomalargina emas, ko’plab oddiy insonlar ham kitobni asrab-avaylaydilar. Xalqimiz azaldan “Kitob har narsadan aziz, uni peshonaga surtish – o’pish savob”, deydi. Buyuk olimu adiblarimiz Oybek, G’afur G’ulom, Izzat Sulton, Mirzakalon Ismoiliy va boshkalarning uy muzeylariga ota-onalarning o’z farzandlari bilan sayohatlarida bu insonlar uchun kitobdan boshqa aziz narsa bo’lmaganligi, ular kitoblarni avaylab-asraganlari, juda ko’p o’qiganlari ma’lum bo’ladi. Zero, xalqimizning kitobni e’zozlab ardoqlagani, nam tegmaydigan tokchalarda asragani, bo’sh vaqtlarini kitob mutolaasi bilan o’tkazganlari kitobga nakadar mehr-muhabbat qo’yganlarning guvohidir.

Bularning barchasi o’smirlarda shaxsiy kutubxona tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki kitob yig’ishda uni ko’z-ko’z qilish emas, balki o’z oilasidagi farzandlari va ularning do’stlarini ham bahramand qilishga olib keladi.

Olimlarning fikricha, bir odam butun umri davomida 2000 ta kitob o’qiy olish imkoniyatiga ega ekan. O’smirlik yillarida bola o’qigan kitob unda bir umrga iz qoldirishi muhim. O’smir endi bolalik davridan o’tgan. U o’qigan kitobidan mamnun bo’lib, zavq bilan o’qishi zarur. U endi kitobni yozuvchining badiiy mahoratiga qoyil qolib, so’zning hissiy bo’yog’idan ta’sirlanib, uni idrok qilib o’qishga o’tadi. Shunday ekan, u o’ziga yoqib kolgan kitoblar bilan oilasining shaxsiy kutubxonasini boyita boradi yoki o’zi shaxsiy kutubxona tashkil etish tashabbuskori bo’ladi.

Shaxsiy kutubxona egalarining qiziqishlari turlicha bo’lishi mumkin: mamlakatlar tarixi, ajoyib kishilar hayoti, ilmiy-fantastika, sayohatlar to’g’risida kitoblar, tarixiy qissa va romanlar, poeziya, san’at sohalariga doir kitoblar shular jumlasidandir. Badiiy adabiyotlar tarkibida qayta-qayta o’qiladigan yoki sevimli yozuvchilar tanlangan asarlarining bo’lishi ham maqsadga muvofiqdir. Bir marta o’qiladigan kitobni ommaviy kutubxonalardan olib o’qigan ma’qul. Bolalar kutubxonasi uchun kitob tanlaganda, asosan, turli yoshdagi bolalarni hisobga olish kerak. Ular uchun turli millat yozuvchilarining ertak, sarguzasht, ilmiy-fantastik kitoblarni ham ko’paytirish darkor. Bu ularning tafakkuri rivojlanishiga katta zamin tayyorlaydi. Darhaqiqat, mashhur pedagoglardan biri ta’kidlaganidek: «Kitob mutolaasi bilan o’tgan hayot — fikrlar go’zalligi bilan oshno bo’lish, madaniy boylikdan huzur qilish, o’z-o’zini yuqori ko’tarishdir». Barkamol avlodni voyaga yetkazmoq uchun ularni kitob bilan oshno qilishimiz, kitobni mayoq qilib qo’llariga tutqazishimiz lozim. Qalb tarbiyasini esa, biz kattalar o’zimizdan boshlashimiz kerak. Har bir oilada kam sonda bo’lsada kitoblar bo’ladi. Aksariyat hollarda esa bir necha o’nlab, yuzlab, minglab kitoblar bilan oila kutubxonasi bo’lishi mumkin

Boladagi barcha tarbyaviy hislatlar dastlab oilada shakllanadi, demak kitobxonlik ham o’z oilasi a’zolari ko’magi va ta’sirida yuzaga keladi, rivojlanadi. Kitobxonlikning yaxshi yoki sust rivojlanishida oiladagi boshqa a’zolarning kitobga, o’qishga munosabati katta ta’sir ko’rsatadi. Ota-ona har bir ishda, jumladan kitobga munosabatva uni o’qishda ham bolalariga o’rnak bo’lishlari lozim. Oilada bola kitobxonligining faollashuvida shaxsiy kutubxonadagi kitoblarni birgalikda o’qish va ularni muhokama qilish; ota-onaning boladan har bir javob haqidagi shaxsiy tushuncha va fikrini so’rash, bu fikrni bildirish uchun bolaning kitob haqida mushohada yuritishni o’rganish (aniqrog’i o’rganish) muhimdir.

Kitobxon – o’quvchi oilada o’rgangan hayotni kitobdagi hayotiy voqealar bilan boyitib, hayot haqidagi tushunchalari, insoniy fazilatlar, yaxshilik, qadriyatlarni, avlodlari hayoti bilan faxrlanish, Vatanga muhabbat, do’stga sadoqat, hurmat, mehnatsevarlik, sabr-tokatlilik fazilatlari yuksalib boradi. Bu borada eng katta yordamchi badiiy adabiyotdir. Badiiy adabiyotda har qanday voqea-hodisa badiiy obrazlardan, ta’sirchan shaklda ifodalandiki, unda o’smir yoshdagi kitobxon ko’p fazilatlarni o’rganish, ma’nan boy shaxs bo’lib shakllanishi mumkin.

XIX asrda bolalar kitobxonligi: “Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda oila va kutubxona hamkorligi” mavzusidagi konfrensiya materiallari

Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — С. Юлдашева

Ушбу мақолада китобнинг инсоният ва жамият маданиятининг ажралмас бир қисми эканлиги, инсоният тараққиётининг барча даврларида кишиларни тарбиялаш, уларнинг ақлий ривожланиш воситаси эканлигига алоҳида тўҳталиб ўтилган.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — С. Юлдашева

Китоб – кўнгил чироғи
Интеллектуал ёшлар ва медиа маданият: муаммо ва ечимлар

Маънавий-маърифий фаолият орқали меҳрибонлик уйлари тарбияланувчиларининг ахлоқий қадриятларини шакллантириш

Тадқиқотда янги масала: хайрия ва ҳомийлик
Адабий таълим жараёнида мутолаа маданиятини ташхис этиш ва коррекциялашда замонавий ёндашув
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти»

Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик

С.Юлдашева, Узбекистон давлат санъат ва маданият институтининг Фаргона

Аннотация – Ушбу маколада китобнинг инсоният ва жамият маданиятининг ажралмас бир кисми эканлиги, инсоният тараккиётининг барча даврларида киши-ларни тарбиялаш, уларнинг аклий ривож-ланиш воситаси эканлигига алохида тухталиб утилган.

Калит сузлар – китоб, кутубхона, кутуб-хоначи, китобхон, мутолаа маданияти, кутубхоначи фаолияти, ахборот-ресурс маркази.

“Китобхонлик маданиятини юксалтириш-буюк максадларимизга эришишнинг мухим кафолатидир.” (Ш. Мирзиёев)

Китоблар барча замонлар учун энг зарур нарса, калблар малхами, билимлар хазинаси, донишмандлик чашмаси булган ва булиб колаверади. Китоб инсоният ва жамият маданиятининг ажралмас бир кисми булиб, инсоният тараккиётининг барча даврларида кишиларни тарбиялаш, уларнинг аклий ривожланиш воситаси булиб келди. Китоб барча сохага оид маълумотларни туплаш, саклаш усули сифатида катта ахамиятга эгадир. Инсон тафаккурининг ривожланиши-да китоб ва ёзув доимо хамрох булган. Баъзи маданият ва маърифат шакллари огзаки алока муносабатларига асосланган булса-да, ёзув пайдо булгандан сунггина хозирги кунгача етиб келди ва вокеликка айланди. Инсоният яратган муомала воситалари ичида энг ишончлиси, энг кулайи китобдир. Китоб кишиларга инсоният эришган ютукларни билиш имконини беради, халклар уртасидаги муносабатни, хамжихатликни, узаро мехр-окибатни тиклайди. Китоблар туфайли кадим даврлардаги кутубхоналар, уларнинг тизими, кутубхона хизмат курсатиши хакидаги маълумотларни билиш билан бирга уша давр кишиларининг кизикишлари, интилишлари, хаёт даражаси хакида маълумотга эга буламиз. Эрамиздан аввалги

асрларда кутубхоналарнинг сопол тахтача-ларда битилган кулёзма бойликлари Оссурия-Бобил маданиятини тушунишга йул очиб берди. Бошка топилмалар каби Месопотамиянинг кадимги маданияти тарихини, унинг ёзуви, сарой, черков ва бошка кутубхоналари сирларини очишга ёрдам килди. Улар сабабли бизгача етиб келган жуда куп турк, форс, араб тилларидаги кулёзма китоблар, тарихий шахслар хакидаги адабий манбалар жонли гувохлигида Урта Осиёнинг кадимги сулолавий китоб фондлари, масжид ва мадрасаларнинг кутубхоналари, шахсий китоб тупламлари булганлигидан хабардор буламиз. Китоблар тарихнинг асосли гувох-ларидир. Улардаги маълумотлар яхшими ёки ёмонми фарки йук, улар асл гувохлардир.

Китоблардаги маълумотлар балки асл тарих эмасдир, улар тукима, миф, афсоналар билан тулган булса хам, узгача сехри ва жозибасига эгадир. Ёзма ахборот манбалари булган китоблар жамият тараккиётини, маънавий, ижтимоий-маиший эхтиёжларни тула кондиришга каратилган ва бутун инсоният тараккиёти давомида шу вазифани хам бажариб келган. Ёзма хужжатлар киши-ларнинг узаро фикр алмашув имконият-ларини кенгайтирган булса, кутуб-хоналар ёзма асарлар умрини узайтириш воситаси хисобланган.

Бошка ижтимоий муассасалар каби кутубхоналар хам жамиятнинг энг зарурий эхтиёжлари асосида вужудга келди ва турли даврларда турлича шаклда ривожланиб келди. Бугун бутун дунёда интернет аталмиш электрон маълумот таркатувчи восита мавжуд, лекин бир кун электр токи булмаса, яна китоб кидирамиз. Биз китобдан воз кеча олмаймиз ва воз кечмаганмиз хам. Бугунги кунда хам китобларга булган талаб тобора ортмокда. Олимларнинг таъкидлашича интернетда уяли алока воситасида китоб

укишлик куз учун канчалик зарар булса, инсоннинг бош мийясига хам шунчалик зарар берар экан. Компьютер оркали электрон китоб укилса, уяли алока воситасидан кура 7-8 баробарида зарарли экан. Лекин китоб маълумот улашиши билан бир каторда инсон мийясининг кон айланиш тизими учун хам фойдали эканини айтиб утишган.

Шотландиялик олимларнинг тадкикот-ларига караганда, китоб укиш тушкунликни даволашнинг энг самарали воситасидир. Тушкунликка чалинган беморлар китоб укишни бошлаганларидан сунг уларнинг тушкунликка тушиш холатлари камайган.

Санъат миллий жамгармаси томонидан утказилган тадкикотлар китоб укийдиган инсонлар маданий ва ижтимоий хаётда хам фаол булишларини исботлади.

Китоблар хар тилда турли хил маълумот-ларни уз багрига олади. Уларнинг барчасини бир жойга жамловчи муассаса эса кутуб-хоналардир. Кутубхоналар аввалбошиданок жамиятнинг мутадил мавжудлигини таъмин-лайдиган ажралмас кисми хисобланган. Кутубхона – китоблар ва кишилик жамияти тарихи йигиндиси булгани учун инсонпарвар муассасадир. Бунда инсоният эришган барча илмлар, турли фан сохалари буйича шаклидан, хилидан, туридан, тилидан катъи назар, адабиётлар тупланган. Бора-бора маданиятнинг такомиллашуви ижтимоий ва моддий маданият тараккиётининг тарихан ривожланишига асос булиб, кутубхоналар, китоб фонди, уларни ташкил этиш ва бошкаришнинг, китобхонларга хизмат курсатишнинг мухим омилига айланиб колди. Х,ар бир жамиятнинг гоялари, янгиликлари, олий максадлари кутубхона-ларнинг ривожланишига, мазмун-мохиятига таъсир этди. Шу туфайли, кутубхоналарнинг жамиятда тутган урни, максад ва вазифалари шунга караб узгариб, ривожланиб борди. Х,амон кутубхоналар жамият маънавий камолотининг ажралмас таркибий кисми булиб колмокда. Зеро, маънавият китоблар, ахборот ресурсларининг бошка турлари оркали шаклланади. Буни жамият тарак-киётининг хар бир боскичида куриш мумкин.

Кутубхоначилик иши хеч качон макондан ва замондан ташкарида мустакил ривожлана олмайди, жамият тараккиётининг умумий конуниятларига буйсунади. Кутубхоналар ижтимоий ходиса сифатида узи ишлаб турган ижтимоий мухит доирасига боглик равишда шаклланиши буюк хакикатдир. Жамият кутубхонанинг васийси булгани учун хам кутубхоналар жамият олдида уз фаолиятига жавобгардир ва унинг эхтиёжига жавоб бериши шарт.

1892-1972-йилларда яшаб ижод этган хиндистонлик кутубхонашунос олим Ш.Р.Ранганатаннинг кутубхоначилик иши-нинг беш коидаси хозирги даврда хам уз ахамиятини йукотмаган. Булар:

– китоблар укиш учун хизмат килади;

– хар бир китобнинг уз китобхони булсин;

– хар бир китобхоннинг уз китоби булсин;

– китобхонлар вактини асра;

– кутубхона усаётган организмдир.

Бундай фикрлар жуда куп ва улардан

хулоса килиб шуни айтиш мумкинки, китоб маънавий камолотнинг махсулидир.

Узбекистонда “Кутубхонашунослик” фанининг ривожланиши учун бугун жуда куплаб ишлар амалга оширилмокда. Узбекистонда “Кутубхонашунослик” фани-нинг ривожланиш боскичлари уч даврга булиб курсатилган. Агар шунга амал кила-диган булсак, хозирги кунда бу даврлар туртта булади:

– 1991-йилдан кейинги давр.

Бундай булинишлар кутубхоначилик ишидаги ривожланиш хусусиятлари ва сохага оид амалга оширилган илмий-амалий ишлар куламига боглик. Шу даврда сохдга оид биринчи марта кабул килинган Узбекистон Республикасининг “Ахборот-кутубхона фаолияти тугрисида”ги ^онуни, 2006-йил 20-июнда кабул килинган Биринчи Президентимизнинг “Республика ахолисини ахборот-кутубхона билан таъминлашни ташкил этиш тугрисида”ги, 2011-йил 23-феврал-даги “2011-2015 йилларда ахборот-коммуникация технологиялари негизида ахбо-

poT-KyryöxoHa Ba axöopoT-pecypc xu3MaTHHH AHaga cu^araH TaK0MH.n.nam-THpHmHHHr nopa-Tagöup.napH TyFpucHga” ru ^apopnapu, 2012-Mu.n 20-MapTga Kaöyn KH.nraH “A^umep HaBOuM HOMHgaru YsöeKHCTOH Mh^hH KyryöxoHacu axöopoT-pecypc MapKa3H ^ao^HATHHH TamKH^ этнm Hopa-Tagöup.napH TyrpHCHga”rH ^apopHHHr y3ueK öy gaBpHHHr y3ura xoc xycycuAxnapuHH Ba axaMHATHHH KypcaTraH öynca, Y3öeKHCT0H Pecnyö^HKacH npe3HgeHTHHHHr 2017 Hun 12 AHBapgaru «khtoö MaxcynoT^apHHH non этнm Ba TapKaTHm th3hmhhh puBO^naHTupum, khtoö MyTO^aacu Ba khtoöxoh.hhk MagaHHATH-HH omupum xaMga TapFuö Kunum öyMHna komhcha Ty3um Tyrpucuga” ru nO-4789 coh.hh ^apMOumu, 2017 Hun 13 ceHTAöpga эca Ma3Kyp xy^^aTgaru TonmupuK Ba Ba3H$a.nap H^pocu-ra KapaTH^raH nO-3271-coH.nH “Khtoö Maxcy^oT^apuHH non этнm Ba TapKaTHm th3hmhhh puBo^^aHTupum, khtoö MyTO^aacu Ba khtoöxoh.hhk MagaHHATHHH omupum TyFpucHga”rH Kapopu Kaöyn KunuHgu. 2019 hh^ 19 MapT KyHH H^rapu cypu^raH hkthmohh, MatHaBHH-MatpH^HH coxa.napgaru um^apHH AHru th3hm acocuga My.nra KyMum öyMHna 5 Ta MyxHM TamaööycHHHr TypTHHHHcH emnap MatHaBHATHHHHr roKca^THpum, ynap ypTacuga khtoöxoh^hkhh KeHr TapFuö Kunum öyMHna th3hm^h um^apHH TamKH^ Kunumra MyHan-Tupu^raH^HrH, «opuM Hun 7 uroHgaru “Y3öeKucTOH Pecnyö^HKacura axöopoT-KyTyöxoHa xH3MaTH KypcaTHmHH AHaga TaKOMHraamTHpum TyFpucHga”rH n^ – 4354-coh^h Kapopu Pecnyö^HKaga h^thmohh-HKTucogHH coxaHH Hcnox KH-numHHHr, axöopoT-KyTyöxoHa $ao.nHATHHH puBO^naH-TupumHHHr MaKcag Ba Ba3H$a.napH xa^Kapo aMa^ueTra moc öy^umu 3apyp^uru, mh^hh KagpAT^ap Ba «axoH MagaHHATH, aMa^uM Ba ^yHgaMeHTan öu^HM^apgaH öaxpaMaHg öy^u-muHH TatMHH^am axo^ura axöopoT-KyTyöxoHa xH3MaT^apu KypcaTHmHHHr cu^aT «uxaTHgaH AHru th3hmhhh ApaTHm, KyryöxoHa.napga caK^aHaeTraH mh^hh MagaHuM MepocHH acpaö-aBaM^am Ba öoMmum, axö0p0T-K0M-мyннкaцнA TexHonorHA^apuHH KeHr «opuM этнm, axöopoT-KyTyöxoHa Myaccaca^apu ^ao^HATHHH TamKH^ этнm, TaKOMH^^am-

Tupum ycTyBop Ba3H$ara aM^aH-MOKga. Ma3Kyp Kapopra MyBO^HK KyTyöxoHa coxacu-ga MyTaxacuc^apra öy^raH эxтнe:®:нн ypraHHm acocuga “KyTyöxoHa-axöopoT ^ao^HATu” MyHaHHmu öyMuHa Ba YsöeKHCTOHga KyTyö-xoHamyHoc^HK ^aHHHHHr puBO^^aHumu öyryH «yga oguM^aHuö Ke^MOKga.

EH3 öy^a^aK KyTyöxoHanu Kagp^apHH TapöuA^OBHH negaror cu^araga Kyn^aö «uxaraapra axaMHAT öepumuMH3 ^03HM. ^eM^HK, öy^a^aK KyTyöxoHanu KHToöxoHra öepaguraH gouMuM caBO^^ap Tyn^aMH öy^umu ^O3HM. Maca^aH:

– XypMaT^H khtoöxoh, ch3 khtoöhh KaHgaM MaKcagga, a^hh MyToa^aa ynyHMH eKH Mat^yMOT oaum MaKcaguga o^mokhhch3?

– Ch3 khtoöxoh cu^aTHga KaHgaM khtoö MyToa^aa Ku^umHH xox^aMcu3?

– CH3HH KaHgaM «aHpgaru KHToö^ap KH3HKTHpagu?

– Ch3hh öyryHru KyH KHToö^apu KOHHKTupagHMH?

– KHTOÖXOH cu^aTHga KyTyöxoHanugaH MyToa^aa ynyH KHToö^ap TaBcuAcuHH xox^aMcu3MH?

– Ch3 my naMTrana (Mh^ MoöaMHHga, om gaBOMuga) HenTa khtoö (KaHgaM «aHpga) yKHraHcu3?

Em KyTyöxoHanu^apra xap gouM KHToö^ap TapTuöu, y^apHHHr «aHpu, MyHaHHmu Ba MH^^aT Typ^apura Kapaö ^apK^aHHmHHH Ba «oM^amyBHHH ypraTHm ,ho3hm. X,03upru KyHga KyTyöxoHanu^HK MyHa^umuga KHToö^ap «oM^amyBHga an^aBHT KaTa^oru, cucTeMa^H KaTonor, npegMeT KaTa^or maK^H KeHr My^ra KyMu^raH öy^ca, öyryH MaM^aKaTHMH3 KyTyö-xoHa^apuga xycycuM эпeктpон pecypc^ap ApaTHm um^apu, MHFMa эпeктpон KaTa^or ApaTH^a öom^aHgu. Эпeктpон KaTa^or-эпeктpон KyTyöxoHaHHHr acocuM эпeмeнтн xucoö^aHagu. Эпeктpон KyTyöxoHa $0Hgu эпeктpон maK^garu pecypc^apgaH uöopaT öy^raH^Hru caöaö^H, эпeктpон pecypc^ap TaBcu^HHH Ty3umra My^^annaHraH. Mat^yM-kh, aHtaHaBHM KyTyöxoHa KaTa^or^apu KyTyöxoHa ^OHgugaH a^oxuga «oMga caK^a-Hagu Ba KaTa^or KHToö^ap ^OHgHH KHToöxoHra ohhö öepumra xH3MaT KH^agu. Khtoöxoh KaTa^orgaH ^oMganaHumu ynyH KyTyöxoHara

бориши керак. Электрон кутубхона электрон каталогнинг хар бир электрон карточкаси электрон кутубхонадаги хар бир хужжатга богланган булади ва ундан масофадан туриб фойдаланиш мумкин.

[1] З.Ш.Бердиева, Кутубхонашунослик, Тошкент, Илм-зиё, 2013

[2] Э.Охунжонов, Ватан кутубхоначилик тарихи, 1-;исм, Тошкент, Адолат, 2004

[3] Э.Охунжонов, Ватан кутубхоначилик тарихи, 2-;исм, Тошкент, Шарк, 2008

Mutolaa madaniyati intellektual salohiyatni belgilab beradi

Barkamol avlodni voyaga yetkazishda kitobning ­tarbiyaviy ahamiyati beqiyos. Binobarin, aynan ­mutolaa insonga bilim va axborot beradi, uning ­ma’naviy olamini boyitadi. Yaxshi kitob eng murakkab savollarga javob topishda beminnat dastyordir.

“NOP World” xalqaro reyting agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda odamlar haftasiga 16,6 soat vaqtini televizor ko‘rishga sarflasa, 8,9 soatni kompyuter qarshisida o‘tkazadi, 6,5 soatni esa mutolaaga ajratadi. 2016 yilda haftasiga eng ko‘p kitob o‘qiydigan mamlakatlar ro‘yxatida Hindiston — 10,7, ­Tailand — 9,4, Xitoy — 8, Filippin — 7,6, Chexiya — 7,4, Rossiya — 7,1, Shvetsiya — 6,9, Fransiya — 6,9 va Vengriya — 6,8 soat bilan yuqori o‘rinlarni ­egalladi.

Noshirlik faoliyati rivojlanib, kitob mutolaasi yanada ­ommalashib borayotgani muloqotning audio, video vositalari, radio, televideniye, axborot-kommunikatsiya tarmoqlari hayotimizdan chuqur o‘rin egallashi bilan odamlarda kitob o‘qishga qiziqish yo‘qoladi, degan fikr xato ekanligini ko‘rsatmoqda. Shubhasiz, ommaviy axborot vositalarining yangi turlari paydo bo‘lishi natijasida kitobxonlik birmuncha pasaygan bo‘lsa-da, matbuot odamlarda kitob mutolaasiga qiziqishni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Qator agentliklarning jahonda kitobga bo‘lgan talabni o‘rganishi shuni ko‘rsatdiki, so‘nggi 30 yilda bir nomdagi kitob mahsulotlarini chiqarish uch baravar, adadi bo‘yicha 4 baravar ko‘paydi. Bugungi kunda ­dunyoda har yili qariyb bir million nomda kitoblar chop etiladi. Masalan, AQShda kishi boshiga 10 ta, Rossiyada 9,5 ta, Fransiyada 5 ta, Xitoyda 3,5 ta kitob bosilmoqda.

Mamlakatimizda noshirlik ishining zamonaviy huquqiy asoslari yaratilgan. O‘tgan davr mobaynida 10 dan ortiq qonunlar, 30 dan ziyod qonunosti hujjatlari qabul qilindi. 1 ming 677 ta matbaa korxonasi, 118 ta ­nashriyot davlat ro‘yxatiga olindi. Ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazi, tuman markazlari va shaharlardagi ta’lim muassasalarida 200 ga yaqin axborot-resurs markazi aholiga axborot-kutubxona xizmatlari hamda “Kitob olami”, “Sharq ziyokori” va “O‘zdavkitobsavdota’minoti” majmualari tomonidan esa kitob savdosi xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida tashkil etilgan “Ijod” jamoat fondi yozuvchi va shoirlar, ayniqsa, yosh ijodkorlarning ­birinchi kitoblarini ko‘p ming nusxada nashr etmoqda.

Bugungi kunda jamiyatda kitobning ma’naviy hamda axloqiy ozuqa, madaniyat va til ravnaqi uchun asosiy manba, avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan ­intellektual meros sifatida mavqei hamda ahamiyatini saqlash va hatto tiklashga ehtiyoj sezilayapti. Avvalo, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, ­tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash, milliy hamda jahon adabiyoti namoyandalarining asarlarini saralash, tarjima qilish ishlarini puxta o‘ylangan tizim asosida tashkil etish lozim. Bundan tashqari, yosh avlodning kitobga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish kerak.

Mutolaaga qiziqish susayishi, o‘z navbatida, aholi savodxonligi darajasi pasayishi jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishi uchun katta tahdidlardan sanaladi. Shuning uchun ham ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda bu salbiy holatning oldini olishga qarshi qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Umummilliy kompleks dasturlar ishlab chiqilayotir. Ularda davlat hokimiyati hamda bosh­qaruvi organlari, kutubxonalar, ta’lim muassasalari, ta’lim, ilm-fan va tadbirkorlik sub’yektlari, sohadagi ­fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari sa’y-harakatlarini birlashtirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni ko‘rish ko‘zda tutiladi. Bunda kitobxonlikning qadri va ahamiyati haqida ijtimoiy ongni shakllantirish, aholi turli qatlami o‘rtasida mutolaa madaniyatini manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish, noshirlik faoliyatini takomillashtirish, jamiyatning intellektual, ma’naviy va madaniy ehtiyojlariga to‘liq javob beradigan kitob bozorini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dunyo tajribasiga ko‘ra, bunday maqsadli dasturlar hamda konsepsiyalar qabul qilinishi ijobiy natija beradi.

Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tar­qatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi bu borada yuzaga kelgan muammolarni kompleks hal qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Hozirgi kunda maxsus ishchi guruh Kitob mahsulotlarini chop etish va tar­qatish tizimini rivoj­lantirish, kitob mutolaasi va ­kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda tar­g‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu jarayonda kitobxonlikni ommalashtirish, unga bolalar va yoshlarni kitobga oshno qilish, respublikamiz ­kutubxonalarida mutolaani rag‘batlantirish, kitobxonlik va kitob savdosini rivojlantirish, soha uchun kadrlar tayyorlash hamda malakasini oshirish ­tizimini takomillashtirish, ­kitob o‘qish holatini monitoring qilish bo‘yicha chora-tadbirlarga alohida urg‘u berilmoqda.

Kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida keng aholi qatlamini kitob mutolaasiga jalb qilish va ularni kitob bilan ta’minlash bo‘yicha ommaviy tadbirlar, xayriya aksiyalarini tashkil etish, ijtimoiy reklamalardan unumli foydalanish, o‘zbek hamda jahon adabiyotining, taniqli mualliflarning mumtoz va zamonaviy badiiy asarlarini targ‘ib qilish, ushbu sohada jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ko‘ngillilar (volontyorlik) harakatini rivojlantirish, kitobxonlik muammosining keng jamoatchilik muhokamasini, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar hamda internet imkoniyatlaridan keng foydalangan holda tashkil etish bo‘yicha aniq ishlar olib borilishi ko‘zda tutilayotir.

Shuni qayd etish kerakki, bolalarni kitobga oshno qilish, ularni o‘qishga muhabbat ruhida tarbiyalash, o‘smirlar va yoshlar ongiga kitob mutolaasi o‘z maqsadiga erishish hamda jamiyatga ijtimoiy moslashishda ta’sirchan va nufuzli vosita ekanligini singdirish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan sanaladi. Shularni hisobga olgan holda, dasturga bolalar hamda o‘smirlar uchun kitob nashr qilinishi, shu jumladan, maxsus elektron kitoblar ishlab chiqarilishini qo‘llab-quvvatlash, bolalar va maktab kutubxonalari fondlarini modernizatsiyalash hamda yanada yaxshilash, bolalar va o‘smirlarning kutubxonalar, maktabdan tashqari hamda yozgi mutolaalarini rag‘batlantirish, oilaviy kitobxonlik an’analarini tiklash va ommalashtirish, bolalar hamda o‘smirlar adabiyoti­ning eng yaxshi namunalarini targ‘ib qilish, o‘z ona ­tilida kitob o‘qishni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar kiritilmoqda.

Kutubxonalar yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish, ularning ­moddiy-texnika bazasini ­mustahkamlash, kitob fondini yanada yaxshilash hisobiga modernizatsiya qilinadi. Uzoq aholi punktlarida yashaydigan hamda kutubxonalarga borish imkoniyati cheklangan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ko‘chma kutubxona xizmatini rivojlantirish, kutubxonalararo abonoment va hujjatlarni elektron yetkazib berishni, kutubxona resurslaridan masofaviy foydalanishni yo‘lga qo‘yish, ushbu ziyo maskanlarida individual, guruh hamda ommaviy kitobxonlikni tizimli ravishda tashkil qilishni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini tarbiyalash, yuksak badiiy asarlarga oshno tutintirish, mamlakatimizdagi kutubxonalar imijini yaxshilash bo‘yicha aniq mexanizmlar ­taklif etilayapti.

Sohada kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini hamda mutolaa in­fratuzilmasini rivojlantirish, kitob madaniyati tarixi va zamonaviy tendensiyalari haqida fundamental, amaliy tadqiqotlar olib borish, aholi turli qatlami, ayniqsa, kitob mutolaasidan birmuncha yiroq bo‘lganlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish strategiyasi hamda taktikasini ishlab ­chiqish ham dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Bu chora-tadbirlar, avvalo, aholining kitobxonlik madaniyatini oshirishga, kutubxonalarni yanada yangilashga, ijtimoiy ­ahamiyatga ega bo‘lgan adabiy asarlar sonini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash, kitob mahsulotlari tarqalishi hamda ­yetkazib berilishi tizimini rivojlantirishga qaratilgandir.

Jamiyatda kitobxonlikning o‘sishi, avvalo, shaxsning ­ma’naviy va axloqiy yuksalishi omilidir. Bu esa xalqimizning intellektual salohiyati o‘sishiga, inson resurslari sifati oshishiga, respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy hamda innovatsion ­taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Abdulaziz ABDULLAYeV,
O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari
va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va
rivojlantirish jamoat fondi direktori.