Press "Enter" to skip to content

Kitob ma’rifat chiroği

Оре, китоб барои кас ёри вафодору дӯсти мададгор ва шарики беҳамтост. Китоб барои кас устод аст устоди меҳрубону ғамхор, устоде, ки касро ба сӯйи мақсад ва фардоталабӣ ҳидоят мекунад. Ҳақ бар ҷониби шоир аст, ки гуфтааст:

Китоб чароғи донишу маърифат

Аз қадимулайём гузаштагонамон чор чизро муқаддас мешуморанд: об, оташ, хок ва бод.

Ин муқаддасот чун мӯъҷизаи бебаҳо ва сарчашмаи ҳаёт бароямон азиз аст. Аммо дар қатори онҳо боз мӯъҷизаи дигаре низ ҳаст ва ба онҳо монданӣ надорад. Паст чист он мӯъҷиза?

Ин мӯъҷизаи бебаҳо, ганҷинаи сухан ва хазинаи илму донишу маърифат – китоб аст.

Бале, китоб мӯъҷизаест, ки шабеҳи офтоби зарфишон бо нурҳои зарҳамаш ба олами дилҳо нуру зиё мебахшад.

Китоб бо саҳифаву ҳарфу сатрҳояш дар назар чанд варақ қоғази оддӣ намояд ҳам, вале ин аврақ таронаи сухан ва таровати баёну андешаҳост. Ин авроқ сафи ном, хирад, саҳифаи хотирот ва хазинаи ҷавоҳироти маъниҳост.

Аз он рӯзе, ки олами рангини китоб моро ба оғӯшаш гирифт, зиндагӣ бароямон боз ҳам зеботару гуворотар ҷилвагар гашт. Китоб бароямон рафиқи бовафову дӯстӣ беҳамто дар лаҳзаҳои душвори зиндагӣ бароямон раҳнамову дар лаҳзаҳои танҳоӣ ёри қадрдону дилнавоз аст.

Ҳар боре, ки парастӯи хаёлам дар олами зебои китоб парвоз мекунад, суханони хирадманди барнодил ва пири рӯзгордида Унсурмаолин Кайковус пеши назарам ҷилвагар мегарданд: «Агар ҳар касе набошӣ, писандкор бошу қонеъ, то бузургтару бебоктар дар ҷаҳон ту бошӣ. Оқилу ҳаргиз ба ситам натавон омӯхт. Ва бидон, ки ақл аз ду гуна аст: яке ақли табиатзода, дигаре ақли ба заҳмат бадастомада, яъне ғайритабиӣ. Онеро, ки ғайритабиӣ бувад, ҳадяи китоб хонанд. Ту барои ақли ғайритабиӣ ранҷ бару омӯз то бузург гардӣ!».

Ин хиштҳои заррини қасри сухан барои ман китобе аст, ки ман дар ин китоб симои бузургонро мебинам. Ҳақиқатан бузургию ҳашамати шоирон ва олимони тавоно чун Рӯдакиву Ибни Сино, Бедилу Хаём, Саъдиву Фирдавсӣ, Айниву Ғафуров, Ломоносову Менделеев ва дигарон аз хондани китоби бисёру ошиқи китоб будан аст. Баъзеҳо ҳанӯз чӣ будани китобро намедонанд ва аз меваҳои шакаринаш начашидаанд. Охир, аҷоиб лаззате дорад меваҳои шаҳдбори китоб. Лаззати ҷонанд ин меваҳо.

Оре, китоб барои кас ёри вафодору дӯсти мададгор ва шарики беҳамтост. Китоб барои кас устод аст устоди меҳрубону ғамхор, устоде, ки касро ба сӯйи мақсад ва фардоталабӣ ҳидоят мекунад. Ҳақ бар ҷониби шоир аст, ки гуфтааст:

Хуштар зи китоб дар ҷаҳон ёре нест. Дар ғамкадаи замона ғамхоре нест. Ҳар лаҳза аз ӯ ба гӯшаи танҳоӣ, Сад роҳате ҳасту ҳаргиз озоре нест.

Ман китобро оинае мепиндорам, ки ҳар кас дар он симои аслии худ ва дигаронро мебинад. Шахсе, ки ошиқи китоб нест, пас ӯ симои худ ва симои замонаро дида наметавонад. Суханони Расул Ғамзатов пайваста дар гӯшам садо медиҳанд: «Доғистон аз сабаби қафомонию ҷаҳолат ва бесаводӣ басо чӯҷаҳои худро нобуд кард. Барои худро шинохтан китоб лозим. Барои дигаронро шинохтан ҳам китоб лозим. Халқи бекитоб мисли одамест, ки оина надорад: вай рӯйи худро дида наметавонад» Китоб оинаест, ки ҳама ранггардониҳои зиндагиро инъикос мекунад. Ва шахсе, ки ба ин оина ошност, пас вай шахси ҷаҳондидаву хирадманд, бофазлу бомаърифат, инсондӯсту инсонпарвар асту маънии ҳаётро дарк хоҳад кард. Шахсе аст, ки ҳаргиз дар кӯчаҳои пурпечутоби зиндагӣ раҳгум нахоҳад зад.

Ma’naviyat inson ong-u tafakkurini yoritadi

Mening nazarimda, insoniyat dunyosining buyuk bir yoritqichi –ma’naviyat chirog‘i bor. Bu chiroqning boshqalar i dan farqi shuki, u insonning ongi va tafakkurini yoritadi, qalbi, vijdonini uyg‘otadi, fidoiylik hissini kuchaytiradi .

Shavkat Mirziyoyevning Yangi O‘zbekiston strategiyasi

k itobidan .

Yaqindagina nashrdan chiqqan “ Yangi O‘zbekiston strategiyasi ” kitobini varaqlar ekanman , davlatimiz rahbarining ona Vatanga cheksiz muhabbatini, xalqimizga g‘amxo‘rligi, yoshlarimizga otalarcha mehr-e’tibori, yurt ravnaqi yo‘lidagi izlanishlari, fidoiy va betinim mehnatlarini his qildim.

Keyingi yillarda “ Davlat – inson uchun ” tamoyili har birimizning ong-u shuurimizga singib bormoqda. Yangilanayotgan O‘zbekistonning d unyo hamjamiyatida nufuzi ortayotgani, jahon xalqlari ning vatani mizdagi farovonlikka, har bir fuqaroning hayoti davlat muhofazasida ekan iga havas da ligi ko‘nglimizni ko‘taradi. Kitobning “ Xalqparvar davlat ” , “ Adolatli ijtimoiy siyosat ” , “ Ma’nav iy taraqqiyot ” bo‘limlarida aynan bu haqiqat yorqin ochib berilgan.

Asarda ma’naviy yangilanish, imkoniyat va istiqbollar to‘g‘risida shunday hikmatlar keltirilgan : “ Biz uchun ma’naviyat – insonlar o‘trasidagi o‘zaro ishonch, hurmat va e’tibor, xalq va davlat kelajagini birgalikda qurish yo‘lidagi ezgu intilishlar, ibratli fazilatlar majmuasidir. Boshqacha aytganda , ma’naviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir ” .

Mustaqillikka erishilgach, xalqimiz o‘zining betakror tarixi, madaniyati, o‘ziga xos milliy qadriyatlari – katta ma’naviy boylik ekanini chuqur anglab yetdi. Ajdodlarimiz qoldirgan boy meros va milliy qadriyatlardan iborat kuchli ma’naviyat bugungi kunda ham inson kamoloti, yoshlar barkamolligi uchun xizmat qilmoqda.

Har bir insonning o‘z ma’naviy olami bor. Xuddi shunday, har bir millat, xalq ham o‘z milliy qahramonlari, adabiyot i va san’at i bilan faxrlanadi. Men o‘zim ulg‘ayib o‘sgan muhitda o‘zbek xalq ertaklari, qoraqalpoq xalq dostonlari, keyinchalik mumtoz adabiyotimiz durdonalari tafakkurimni boyitdi.

Istiqlol davrida qoraqalpoq xalqining baxshi-jirovchilik maktabi orqali dostonlar bilan qadim tarix yangi hayotga kirib kela boshladi . Bu jarayonni ma’naviyat tushunchasining bir qirrasi deb tushunamiz. Men elimga xos insoniy fazilatlar: ochiq ko‘ngillik, do‘st-birodarlik, mehmondo‘stlik, bag‘rikenglikni alohida aytib o‘tgim keladi. Bu fazilatlar ham – ma’naviyatdir va xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurgan kishi bu yurtdagi tabiat bilan har bir inson qalbining uyg‘unligini his qiladi.

Kitobda yana shunday jumlalar bor: “ Biz g‘ururi, oriyati , ma’naviyati baland xalqmiz . Bu, hech shubhasiz, katta boylik. Ajdodlarimiz asrlar davomida asrab-avaylab kelgan bu boylikni yo‘qotib qo‘ysak, kelgusi avlodlar bizni aslo kechirmaydi. Aksincha , bu fazilatni xalqimizni, millatimizni birlashtiradigan eng kuchli tamoyilga aylantirishimiz kerak. Negaki, milliy g‘ururi baland xalqning qadr-qimmati ham baland, ma’naviyati, irodasi kuchli bo‘ladi. Bunday xalq bilan har qanday buyuk maqsadlarga yetish mumkin ”.

Jamiyatda ma’naviyat har bir insonning ong-tafakkurida, eng avvalo, tug‘ilib o‘sgan yurtiga mehri, ota-onasiga hurmat-ehtiromi, biradorlik, do‘stlik, bag‘rikenglik singari insoniy fazilatlarni qadrlashi va amal qilishi bilan mustahkamlanadi, deb aytish mumkin. Ayniqsa, bu masalada yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor berish ham muhimligi kitobga alohida mazmun baxsh etib turibdi.

Yurtimizda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini mustahkamlash, islohotlarga daxldorligini oshirish yuzasidan ulkan ishlar olib borilmoqda. Zero, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash bugunning eng muhim vazifalaridan biridir.

Prezidentimiz ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgach, yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalari davlat siyosati darajasida e’tiborga olindi.

Davlatimiz rahbari tomonidan alohida va uzluksiz e’tibor berilayotgan masala ma’naviyat va ma’rifat bo‘lgani holda, boy tarixiy-madaniy merosimiz qadr-qimmatini o‘rniga qo‘yish, uni chuqur o‘rganish, undan ta’lim va tarbiyadek o‘ta zarur va nozik sohada unumli foydalanishga urg‘u berib kelinayotgani ham haqiqatdir.

“Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kitobi har birimizni yanada fidoiy, vatanparvar, yuksak ma’naviyatli bo‘lishga, xalqqa sidqidildan xizmat qilishga chorlaydi.

Guliston ANNAQILIChEVA,

Qoraqalpoq adabiyoti gazetasi b osh muharriri,

Oliy Majlis Senati a’zosi

BIRGALIKDA KITOB O’QIYMIZ. Toshkent Davlat Transport Universiteti Ma’rifat Harakati

Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, ommamiy kitobxonlik madaniyatini oshirish, ular ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda ijtimoiy hayot haqidagi tushuncha va bilim-ko‘nikmalarni yanada yuksaltirish maqsadidaToshkent davlat transport universiteti rektorining 2022 yil 1 apreldagi «Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari o‘rtasida kitob o‘qishni ommalashtirish to‘g‘risida»gi 90-U-sonli buyrug’iga muvofiq TOP 100 kitoblar ro’yxati shakllantirildi.

��Ushbu ro’yxatda tarixiy-ilmiy, siyosiy, psixologik hamda yoshlarni startup loyihalar yaratishga undovchi, madaniy dunyoqarashini shakllantirishga yordam beruvchi o’zbek va chet el adabiyotlari o’rin olgan.

Barchangizni ushbu kitoblarni mutolaa qilishga chorlab qolamiz!

Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va 1-bosqich talabalari o‘rtasida muntazam mutolaa qilinishi zarur bo‘lgan kitoblar ro’yxati

Kitob nomi Bet Mutolaa qilish kunlari
Shavkat Mirziyoyev: Yangi O‘zbekiston Strategiyasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli kitobi chop etildi. Unda Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi. 457 sentabr
1-3 haftalik
Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo’li Agar sizda: Rejalagan ishlaringizga yetarli vaqt topilmayotgan; Shaxsiy majburiyatlar, loyihalar, vaqt ortsa, o‘qiyman deganingiz talay jurnal va kitoblar yuki bosib qolgan. Biroq siz ularga ulgurmayotgan. Ishlaringizni to‘liq ado etishga umid ham qilmayotgan; Ko‘nglingizdagidek dam olishga vaqt orttira olmayotgan; Ishlaringizni samarali yo‘lga qo‘yish usullarini har qancha o‘rganmang, rejalagan yumushlaringiz ortib, baribir vaqt yetmay qolyatgan bo‘lsa, ushbu kitob aynan siz uchun! 92 sentabr
4- haftalik
Abdulla Qodiriy: O‘tkan Kunlar O‘zbek romanchiligi va hayotiy hikoyaalar janrlarining asoschisi, buyuk ustozimiz-Abdulla Qodiriy (1894-1938-yillar) XX asr o‘zbek adabiyotining buyuk darg‘alaridan biri bo‘lgan. Ushbu roman adabiyotimiz bestselleri hisoblanadi. Sevgi kimlarni yig‘latib, kimlarni kuydirmagan deysiz. Sharq adabiyoti durdonalaridan hisoblanmish mazkur asarda muhabbat o‘zgacha badiiy talqin qilinadi. Shuningdek, vatanparvarlik, olijanoblik, vafo va xiyonat, havas va hasad, zamon taloto‘plari tilga olinadi. 432 oktabr
1-3 haftalik
Jorj Oruell: Molxona Ushbu satirik asar totalitar davlatni yaratilish yo‘lini tasvirlaydi. Muallif shuni ko‘rsatadiki, hatto eng yorqin va to‘g‘ri g‘oya orqali ham shafqatsiz va dahshatli haqiqatni yaratishingiz mumkin. Jamiyat qanday qilib podaga aylanishi haqida hikoya. Bu har birimizga tegishli. Hamma narsa hammaga ochiq ko‘rinadigan darajada sodda tilda tasvirlangan. Ammo kimdir o‘zining qulay joyidan tashqarida nima bo‘layotganini ko‘rishni istamasa, ular ko‘rmaydi. Hikoyaa davomida asta-sekin hamma tenglashadi, ammo ba’zilari boshqalarga qaraganda tengroq bo‘ladi. 100 oktabr
4- haftalik
Chingiz Aytmatov: Asrga tatigulik kun Buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» romanida xudosizlik va manqurtlik balolari ilk bora fosh etilib, bu asar millionlab o‘quvchilar qalbini zabt etgan. Insonni o‘z-o‘zini anglashga, ruhan va ma’nan poklanishga chorlovchi ushbu asar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini aslo yo‘qotmagan. 364 noyabr
1-2 haftalik
Mark Menson: Beparvolikning nozik san’ati «New York Times» bestselleri, 6 milliondan ortiq nusxada sotilgan. So‘nggi yillarda Menson ancha ommalashgan blogi orqali o‘zimiz va atrofimizdagi olam haqidagi yolg‘on tasavvurlarimiz va ularni to‘g‘rilash haqida yozdi. Nihoyat, u o‘zining achchiq haqiqatlarini qo‘lingizdagi kitobga jamladi. Ushbu kitobda muallif baxtli bo‘lishning kaliti mudom “ijobiy” fikrlashni to‘xtatib, voqelikni tan olish va unga tik borishda, deb ko‘rsatadi. 192 noyabr
3- haftalik
Pirimqul Qodirov: Yulduzli tunlar Mahoratli yozuvchi Pirimqul Qodirovning ushbu asari hamon sevib o‘qilmoqda. Roman o‘zbek adabiyotining eng sara tarixiy asarlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib ketishi, temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ko‘targan og‘a-ini, tog‘a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan. 520 noyabr
4- haftalik va dekabr
1-2 haftalik
Ernest Xeminguey – «Chol va dengiz» Ushbu kitobga dunyo miqyosida mashhur adib, «Nobel mukofoti sovrindori E. Xemingueyning eng sara asarlari kiritilgan. «Chol va dengiz qissasida insonning ulug‘ligi, undagi iroda va matonat, oqillik va azmu qaroridan og‘ishmaslik о‘zgacha talqinda aks etgan. Serqirra ijodkorning millionlab nusxalarda chop etilgan asarlarini mutolaa qilishga shoshiling, aziz kitobxon. 116 dekabr 3- haftalik
Said Ahmad: Ufq ​​​«Ufq» trilogiyasi O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘zbekiston Qaxramoni Said Ahmad ijodida alohida o‘rin tutadi. Trilogiya XX asr millat hayotining o‘n yillik davri — ikkinchi jaxon urushi, urush va urushdan keyingi yillar voqealarini o‘z ichiga oladi. Trilogiyada o‘sha yillari xalq boshiga tushgan musibatlar, odamlar ko‘ksidagi armonlar, shu munosabatlarni yengishga qodir mislsiz matonat va shijoatlar yozuvchi iste’dodiga xos ehtiros, zo‘r ilhom bilan aks ettirilgan. Asarda Ikromjon, Jannat, Azizxon, Dildor, Asrora kabi teran, xalqchil, yorqin milliy obrazlar yaratilgan. 631 dekabr 4- haftalik va yanvar
1-3 haftalik
Jon G.Miller: SOS! Savol ortidagi savol Odamda mas’uliyat hissi bo‘lmasligi aybni birovga to‘nkash, o‘zini jabrdiyda his etib norozi bo‘lish, oxir-oqibat ishni ortga surishga sabab bo‘ladi. Shaxsiy javobgarliksiz hech bir kompaniya yoki inson erkin bozorda muvaffaqiyatli raqobatlashishi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsad-vazifalariga erishishi, mukammal xizmat ko‘rsatishi, ajoyib jamoaviy ishda qatnashishi va odamlarni professional o‘stirishi ehtimoldan juda yiroq. 104 yanvar
4- haftalik
Alisher Navoiy: Mahbub ul-qulub Alisher Navoiyning «MAHBUB UL-QULUB» («Qalblar sevgilisi») asari 1501 yilda umri davomidagi butun hayotiy kuzatishlari asosida yozilgan. Asar o‘zaro bog‘liq 3 qismdan iborat. 1-qism 40 faslni (bob) o‘z ichiga oladi. Bunda Alisher Navoiy o‘z davrining tipik vakillari hayotini tasvirlagan. 10 bobdan tashkil topgan 2-qismda yaxshi va yomon, maqtovga sazovor va nafratga loyiq xislatlar tafsiloti berilgan. 3-qismga masal va hikmatlar kiritilgan. Har bir jumla o‘zaro qofiyadosh. Shu boisdan har bir ijtimoiy tabaqa aniq tasvirlangan. Asarning saj’da yozilishi unga alohida badiiy nafosat bag‘ishlagan. 320 fevral
1-2 haftalik
Robert Kiyosaki: Boy ota, kambag‘al ota Har kim o‘z farzandiga bilganicha ta’lim-tarbiya beradi. Bu borada hammaning o‘z qarashi bor. Ammo kelajak kimning yo‘li to‘g‘riroq ekanini, albatta, ko‘rsatadi… Mazkur kitobda boy va kambag‘al toifadagi otalarning fikr-mulohazalarini, bu xususdagi tamoyillarini keltirar ekanmiz, siz azizlarda solishtirish imkoni mavjud bo‘ladi. Xulosani o‘zingiz chiqaring. Kitob sizga manzur bo‘ladi va yordam beradi, degan umiddamiz. 168 fevral
3- haftalik
Mirkarim Osim: To‘maris «To‘maris» o‘zbek xalqining qadimiy afsonalaridan biri. U mardlik, qahramonlik timsoli. To‘maris erining o‘limidan so‘ng taxtga o‘tirgan malikadir. Uning Eron shohi Kir II ga qarshi kurashi afsonadan joy olgan. Unda haqiqatning, adolatning, mardlik va jasurlikning makr, hiyla va yovuzlik ustidan qilgan g‘alabasi eroniylar va massagetlar o‘rtasidagi jang misolida ochib berilgan. Asarda Erondan kelgan bosqinchilar qo‘shini bilan massagetlar o‘rtasida shiddatli janglar tasvirlangan. Dastlabki jangda To‘marisning o‘g‘li Sparangiz (Sparganis) boshchiligidagi massagetlar g‘olib chiqqan. 144 fevral
4- haftalik
Deyl Karnegi: Bezovtalikdan xalos bo‘lish va yangi hayot boshlash sirlari Kundalik hayotda tashvishlarga shunchalik o‘ralashib qolamizki, u bizni bezovtalik, sarosimalik, ranj-alam va dilgirlikka duchor qiladi. Oqibatda o‘zimizga kasallik orttirganimizni bilmay qolamiz. Kuchli siqilish, noxush o‘y-xayollar bizni ich-ichimizdan kemira boshlaydi. Dard chekamiz, hatto to‘shakka mixlanib qolamiz. Vaholanki, bezovtalikdan xalos bo‘lishning yechimi oddiy. Bunga mazkur kitobni o‘qib chiqib, ishonch hosil qilishingiz shubhasiz. 232 mart
1-2 haftalik
Robin Sharma: O‘lsang, kim yig‘laydi? Hali bola paytimda otam aytgan bir o‘gitni umr bo‘yi yodimdan chiqarmayman: – O‘g‘lim, sen tug‘ilganingda yig‘lagan eding, dunyo esa shod-xurram edi. Shunday yashaginki, vafot etayotganingda dunyo yig‘lasin, sen esa shod-xurram bo‘l. Biz aslida hamma hayotning o‘zi nima ekanligini unutgan davrda yashayapmiz. Biz insonni bemalol Oyga yo‘llay olamiz, lekin shundoq yonimizga ko‘chib kelgan yangi qo‘shnilar bilan tanishishga sira fursat topolmaymiz. 160 mart 3- haftalik
Paulo Koelo: Alkimyogar Odamzodning bu dunyodagi yakkayu yagona, oliy vazifasi- o‘z Taqdirini ro‘yobga chiqarishga erishuvidir… Barcha odamlar yoshlik paytlarida o‘z taqdirlarini biladilar… Ammo fursat o‘tishi bilan sirli bir kuch ularni o‘z Taqdirlarini ro‘yobga chiqarish imkonsiz ekanligiga ishontira boradi. 176 mart 4- haftalik
Amir Temur: Temur tuzuklari «Temur tuzuklari» («Tuzuki Temuriy») «Malfuzoti Temuriy», «Voqioti Temuriy» nomlari bilan ham atab kelingan. Ushbu asar fransuz, ingliz, urdu, rus va eski o‘zbek tillarida chop qilingan. «Temur tuzuklari» podshohlarning turish-turmushlari va odob-axloq normalarini belgilab beruvchi asar hisoblanadi. Asarda jahongir Amir Temurning yetti yoshidan to hayotining so‘ngigacha kechgan ijtimoiy-siyosiy hayoti, harbiy yurishlari, taxt vorislariga vasiyat va pand-nasihatlari ixcham bayon etilgan. 144 aprel 1- haftalik
Allan Piz: Tana tili Ushbu kitobda ruhshunos Allan Piz izlanishlari, tadqiqotlari asosida inson tana a’zolarining harakati, yuz ifodasi noverbal muloqot asosi ekanligi, shaxsni anglash, uni idrok etish tana tiliga bog‘liqligi, suhbatda makon va maydonlar, shaxsiy maydon, kaftlar va ular yordamida uzatiladigan ma’lumotlar, ko‘l va panjalar, oyoqlar va tananing boshqa a’zolari bilan bog‘liq imo-ishoralarning ma’nosi haqida ma’lumotlar berilgan va bundan oliy ta’lim muassasalarida «Eksperimental psixologiya va praktikum». «Konsultativ psixologiya». «muloqot psixologiyasi», «Psixodiagnostika» kabi fanlarni o‘qitishda qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin. 200 aprel 2- haftalik
Javlon Jovliyev: Qo’rqma Roman o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida Germaniyada tahsil olgan va sobiq Sovet Ittifoqi tomonidan shafqatsizlarcha qatl etilgan millat yigit-qizlarining xotirasiga bag‘ishlanadi. Roman voqealarini qisqacha so‘zlar bilan ifoda etib bo‘lmaydi. Barchasi shu qadar tig‘izki, shoshirib qo‘yadi. Majoz, obraz, ifoda, o‘t, hech kimnikiga o‘xshamagan lirizmni his qilasiz. 376 aprel 3-4 haftalik
Irina Leshutina: Ritorika. Notiqlik sanʼati So‘z – insonning eng kuchli quroli degan edi mashhur faylasuf Aristotel. Insondagi hech bir narsa so‘zchalik kuchli ta’sir kuchiga ega emas. So‘z bo‘lganda ham har qanday so‘z emas, balki badiiy, adabiy til meyorlariga amal qilgan so‘zlar uni mahorat bilan go‘zal tarzda yetkazib beruvchi notiq tilida dunyodagi eng dahshatli texnik quroldan ham katta kuchga ega bo‘ladi. Insonlarning fikrlarini o‘zgartirish, ularning qalbiga osonlikcha yo‘l topish uchun notiq bo‘lish kifoya. 222 may 1-2 haftalik
Henri Ford: Mening Hayotim Dunyoning yuzlab mamlakatlarida minglab marta millionlab adadlarda nashr etilgan bu avtobiografik kitobni XX asrning buyuk menejerlaridan biri, ishlab chiqarishda oqim-konveyer yo‘lini joriy etgan, AQSH avtomobil sanoatining “otasi”, milliarder Henri Ford yozgan. Ford hayotining tilsimlari, muvaffaqiyatining sirlari haqida ko‘plab asarlar bitilgan. Bu kitob uning o‘zi yozgan, yorqin, timsolli, qat’iyat va ilhom bilan bitilgan asardir. 298 may 3-4 haftalik
Tohir Malik: Odamiylik mulki (Axloq kitobi)
Yozuvchi Tohir Malik qalamiga mansub maʼnaviyat va tarbiya masalalariga bagʼishlangan «Odamiylik mulki» (Axloq kitobi) – kitobining «Ishq» deb nomlangan ikkinchi fasli adib tanlangan asarlarining oltinchi jildidan, uchinchi fasli – «Saodat» esa toʼqqizinchi jildidan (Husnu xulq) joy olgan edi. Muhtaram kitobxonlarning istak va takliflari inobatta olinib, u adibning ayrim tuzatish va tahrirlardan soʼng yaxlit kitob xoliga keltirildi. Mazkur kitob maʼnaviyat quyoshidan yorishib turgan qutlugʼ xonadoningiz uchun bir tuhfa boʼlar, degan umiddamiz.
952 iyun
1-4 haftalik
Stiven R. Kovi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko’nikmasi “Muvaffaqiyatli insonlar muammolar bilan emas, balki imkoniyatlar bilan yashaydilar. Ular imkoniyatlardan oziqlanib, muammolarni ochlikda qoldiradilar.“ «Muvaffaqiyatli insonlarning yetti ko‘nikmasi» kitobi mashhur amerikalik biznes konsultant Stiven Kovi tomonidan yozilgan. Kitob birinchi bor 1989 yilda nashrdan chiqadi. Oradan 15 yil o‘tib, 2004 yil kitob 38dan ortiq turli tillarga tarjima qilingan. 2011 yil avgustda “Time” jurnali ushbu kitobni asosiy biznes kitoblarning 25talik ro‘yxatiga kiritgan. Kitob bugungi kunga qadar butun dunyo bo‘ylab 40 milliondan ortiq nusxada sotilgan. 380 iyul
1-2 haftalik
O’tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi «Ikki eshik orasi» ulug‘ o‘zbek adibi O‘tkir Hoshimovning ikkinchi asari, – deydi yozuvchi Qo‘chqor Norqobil. – Xo‘sh, asar nima sababdan yillar o‘tsa-da kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa qilinadi? Buning sababi, O‘tkir Hoshimov «Ikki eshik orasi»ni insoniylik, yozuvchilik prinsiplariga sodiq qolgan holda yozib, unda xalqning milliy mentaliteti, o‘zbek xalqini bu dunyoda ushlab turgan odamiylik tuyg‘usini juda chiroyli talqinda ko‘rsatib bera olgani deb o‘ylayman. 584 iyul
3-4 haftalik va avgust
1- haftalik
Lev Tolstoy: Tirilish Kiborlar jamiyatining a’zosi bo‘lgan Nexlyudov nikohlanmagan ota-onadan tug‘ilgan, voyaga yetgach islovatxonadan panoh topgan, oxir-oqibat katorgaga hukm qilingan Katerina Maslovaning taqdirida o‘zini aybdor deb hisoblaydi. Vijdoni oldidida javob berar ekan, u qizga yaxshilik qilibgina o‘zini ma’naviy azoblardan xalos qilishi , kerak bo‘lsa unga uylanishga ahd qilishi kitobxonni inson ruhining naqadar ulug‘vorligini tan olishga chorlaydi. 592 avgust
2-4 haftalik

Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va 2-bosqich talabalari o‘rtasida muntazam mutolaa qilinishi zarur bo‘lgan kitoblar ro’yxati.

Kitob nomi Bet Mutolaa qilish kunlari
Abu Nasr Farobiy: Fozil odamlar shahri Butun Sharqu-G’arb olamiga «Al-muallim-as-soniy», «Sharq Arastusi» degan nomlar bilan mashhur alloma Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” deb nomlangan asari sharq ilmida, ma’naviyatida yangi sahifa ochdi, Farobiyni O’rta asrning buyuk mutafakkiri nomiga sazovor qildi. Asarda jamiyatning (insonlar jamoasi) kelib chiqishi, adolatli jamiyatga erishish yo‘llari, fozil shahar hokimi va aholisining fazilatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvchi kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish kabi masalalar bayon etilgan. 222 sentabr 1-haftalik
Jeyms Klir: Atom odatlar Sizga hayotingizni o‘zgartirishda muhim bo‘lgan ajoyib kitobni ona tilimizda taqdim etishdan xursandmiz. Nima maqsad qo‘yganingizdan qat’iy nazar, ushbu kitob sizga har kuni oz-ozdan yaxshilanib borishning sinalgan dasturini taklif qiladi. Odatlarni shakllantirish bo‘yicha dunyoning yetakchi ekspertlaridan bori Jeyms Klir yaxshi odatlarni shakllantirish, yomonlaridan xalos bo‘lish hamda katta natijalarga olib boruvchi kichik odatlarni egallashni o‘rgatuvchi amaliy strategiyalarni ochib beradi. 300 sentabr 2-3 haftalik
Cho’lpon: Kecha va kunduz Abdulhamid Sulaymon Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani yaratilganiga qariyb 80 yil bo‘lsa-da, ‎u hamon qo‘ldan-qo‘lga o‘tib kelmoqda. Mazkur asar ikki qisimdan iborat bo‘lib, dastlabki – ‎‎“Kecha” deb nomlangani qo‘lingizdagi kitobda aks etadi. “Bugun” deb atalgan ikkinchi qismi ‎haqida esa maʼlumotlar yo‘q.‎ Kitobda o‘zbeklarga xos andisha, himmat, iffat va soddalik kabi fazilatlar bilan birga ‎xotinbozlik va mol-mulk orttirish yo‘lidagi illatlar ham o‘z intiqosini topgan. 320 sentabr 4-haftalik va oktabr 1-haftalik
Den Braun: Ibtido «Ibtido» – amerikalik muallif Den Braun qalamiga mansub triller asar bo‘lib, Robert Lengdon seriyasida «Inferno»dan keyingi beshinchi kitob hisoblanadi. Asar voqealari asosan Ispaniyada, qisman Dubay va Budapeshtda yuz beradi. 2018 yil Avgust oyida asar «New York Times»ning eng yaxshi sotilgan kitoblar ro‘yxatidan birinchi o‘rinni egalladi hamda 23 haftalik mobaynida ro‘yxatdan tushmadi. 670 oktabr
2-4 haftalik
Abdulla Qodiriy: Mehrobdan Chayon O‘zbek romanchiligi va hayotiy hikoyaalar janrlarining asoschisi, buyuk ustozimiz-Abdulla Qodiriy (1894-1938-yillar) XX asr o‘zbek adabiyotining buyuk darg‘alaridan biri bo‘lgan. Ushbu roman adabiyotimiz bestselleri hisoblanadi. 336 noyabr
1-2 haftalik
Iogann Volfgang Gyote: Faust
Faust – Iogann Volfgang Gyotening eng mashhur asari bo‘lib, doktor Faust afsonasining eng mashhur versiyasini o‘z ichiga olgan falsafiy drama hisoblanadi. Gyote hayotining 60 yili davomida Faust g‘oyasi ustida ishlagan. Birinchi qism 1790-yillarda yozilgan, 1806-yilda tugatilgan, ikki yil o‘tib nashr etilgan va Gyote tomonidan bir necha marta qayta bosilgan (oxirgi marta – 1828-yilda). Asarning ikkinchi qismini Gyote keksaygan yillarida yozgan; u 1832-yilda adib vafotidan keyin dunyo yuzini ko‘rdi.
528 noyabr 3-4 haftalik va dekabr 1-haftalik
Fyodr Dostoyevskiy: Telba Rus adibi Fyodr Dostoyevskiy qalamiga mansub «Telba» romanini turli millatga mansub minglab, millionlab kitobxonlar sevib mutolaa qiladilar. Romanning yozilganiga yuz ellik yilga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, undagi qalbni poklashga bo‘lgan da’vat, tuyg‘ularni e’zozlash, har qanday sharoitda ham o‘zligini yo‘qotmasdan yashash kerakligi haqidagi ta’kidlar, fikrlar kitobni mutolaa qilgan har bir o‘quvchi uchun yangilik bo‘lib qolaveradi. 878 noyabr 2-4 haftalik va yanvar 1-haftalik
Isoqjon Nishonov: Afg‘on shamoli Isoqjon Nishonov muallifligidagi ushbu asar kitobxonlarimiz tomonidan berilgan ovozlar soniga ko‘ra reytingimizning 7-o‘rnini egalladi. Asarda jangarilar safida yurib O‘zbekistonda o‘z hokimiyatini o‘rnatish maqsadida bo‘lgan razil kimsalarning topshiriqlarini itoatkorlik bilan bajarib kelgan Fafur ismli yigitning atrofda kechgan voqeliklardan qilgan xulosasi tufayli yuragida yorug‘lik paydo bo‘lishi va vatan xizmatiga kirishi bayon qilingan. 432 yanvar
2-3 haftalik
Jonatan Svift: Gulliverning sarguzashtlari Gulliverning ajoyib sarguzashtlari haqida maktab darsliklari orqali dastlabki ma’lumotga egamiz. Ingliz yozuvchisi Jonatan Sviftning mashhur asari qahramoni aslida sayohatga qiziquvchi shifokor. Asar uch bo‘limdan iborat bo‘lib, mazkur kitobdan faqat ikkita sayohati, ya’ni Gulliverning liliputlar va darozlar mamla-katidagi sarguzashtlari o‘rin olgan. Har qanday asarning mohiyati kitob holida mukammalroq bo‘ladi. 156 yanvar
4- haftalik
Kaykovus: Qobusnoma «QOBUSNOMA» — Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-ta’limiy asar, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi (11-a.). Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shamsu l-Maoliy Qobusning nabirasi Unsuru l-Maoliy (Kaykovus,1021—98) tomonidan fors tilida yozilgan (1082—83) va «Nasihatnomai Kaykovus» deb atalgan. «Qobusnoma» shu asarning o‘zbekcha tarjimasidir. Muallif asarni o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlagan. 208 fevral
1- haftalik
Zahiriddin Muhammad Bobur: Boburnoma «Boburnoma» – o‘zbek mumtoz adabiyotidagi bebaho asarlar qatoridan munosib o‘rin egallab turgan asar sifatida e’tirof etiladi. Unda O’rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, jug’rofiyasiga oid qimmatli malumotlar o’rin egallagan. Asarning o‘sha davr o‘zbek adabiy tilining yorqin namunasi sifatidagi qadri, qimmati hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. 368 fevral
2-3 haftalik
Nikollo Makiavelli: Hukmdor Nikkolo Makiavellining «Hukmdor» asari o‘rta asrlarda yaratilgan bo‘lib, bugungi kungacha siyosatchilar, jamoat arboblari,tadqiqotchilar va falsafaga qiziquvchilarni o‘ziga jalb qiladi. Yozuvchi o‘z davlat tuzilishi, uni boshqarish tamoyillari, xalqqa qanday munosabatda bo‘lish haqida tavsiyalar bergan va fikrlarini bayon etgan. Kitobda ma’lum va mashhur shaxslar, hukmdorlar, tarixiy voqealar, davlat arboblari hayotidan ko‘plab misollar keltirgan, shu bois u hamma davrlarda o‘ziga xos qo‘llanma sifatida o‘rganib kelingan. 144 fevral
4- haftalik
Antuan de Sent-Ekzyuperi: Kichkina shahzoda Antuan de Sent ekzepyuri kitobga yozgan bag‘ishlovida shunday deydi: “Barcha kattalar avval bola bo‘lgan, ammo ulardan kamchiligi buni eslaydi”. “Kichkina shahzoda” kattalarga bolaligini eslash, bolalarga esa mehrliroq bo‘lish, ilk bor sabr, do‘stlik va muhabbat haqida o‘ylab ko‘rish imkoniyatini beradi. 143 mart
1- haftalik
Maqsud Shayxzoda: Mirzo Ulug‘bek
Maqsud Shayxzodaning «Mirzo Ulug‘bek» tragediyasida buyuk mutafakkir va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek hayotining so‘nggi davrlari qalamga olingan. Asarda muallif o‘z davri uchun yangilik bo‘lgan ilg‘or g‘oyalarni ilgari surgan maʼrifatparvar olimning johil guruhlar, hokimiyatga intilgan shahzoda bilan bo‘lgan keskin ziddiyatlari hamda fojiali hayoti mohirona ochib berilgan.
280 mart
2-3 haftalik
Jon Grin: Yulduzlar aybdor O‘spirinlik yoshida inson qalbi ma’sumligicha uning uchun beg‘ubor bo‘lgan bir sevgiga talpinadi. Og‘ir xastalikka chalingan asar qahramonlari esa buni ikki karra teran his qilishib hayotini qadrlash, har lahzani shodon o‘tkazish payida bo‘ladilar. Ana shu chin insoniy tuyg‘u o‘quvchini ortidan ergashtiradi, umrining hech qachon ortga qaytmasligini ichkin anglatadi. 224 mart
4- haftalik
Erix Mariya Remark: G‘arbiy frontda o‘zgarishlar yo‘q Atoqli nemis yozuvchisi Erix Mariya Remark ijodi bilan kitobxonlarimiz uning «Uch og‘ayni» romani orqali tanishganlar. Mana endi adibning yana bir mashhur romanini e’tiboringizga havola qilayotirmiz. Mazkur asarda birinchi jahon urushi o‘z domiga tortgan o‘spirinlar orqali urush dahshatlarini boshdan kechirgan, ruhan ezilgan, jamiyatdan begonalashgan va bolalik orzu-umidlari chil-parchin bo‘lgan butun bir avlodning ayanchli qismati mahorat bilan aks ettirilgan. 240 aprel
1-2 haftalik
Oybek: Bolalik xotiralarim Ushbu kitobda o‘tgan asr boshlaridagi hayot tarzi aks ettirilgan. Sevimli yozuvchingiz Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning qaltis tuzum davrida kechgan bolaligi, eski maktab va u yerdagi o‘qitish tizimi, yosh Oybekning bola dunyosi bilan dunyoga qarashlari tasvirlangan. Ushbu asarni o‘qirkansiz beixtiyor o‘tgan asr hayoti ko‘z o‘ngingizdan o‘tadi, qahramonlar kechinmalarini his etgandek bo‘lasiz. 352 aprel
3-4 haftalik
Kel Nyuport: Diqqat: chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari AQShlik professor Kel Nyuportning «Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari» kitobi ilk marotaba o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Kitob uchun oldindan buyurtma e’lon qilinmoqda. Ishda, o‘qishda diqqatingizni jamlay olmaysizmi? Doim telegram, instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar sizni chalg‘itadimi? Demak, AQShlik professor Kel Nyuportning maslahatlari aynan siz uchun. 230 may
1- haftalik
Charlz Dikkens: Oliver Tvistning boshidan kechirganlari Angliyaning ovloq shaharlaridan biridagi “Mehnat uyi” — “G‘aribxona”. Taqdir taqozasi bilan bu yerga kelib qolgan yosh va ko‘hlikkina juvonning shu mudhish dargohda ko‘zi yoridi. Bola dunyoga keldi-yu, ona esa olamdan o‘tdi. Sho‘rpeshona go‘dak muhtojlik va qiynoqlar ostida o‘n yoshga to‘ldi. Uni tobutsozga shogirdlikka berdilar. Bola bu yerdagi azob-uqubatlar, haqoratlarga dosh berolmay, boshi oqqan tomonga qarab qochdi. 464 may
2-4 haftalik
Mahmudxo‘ja Behbudiy: Tanlangan asarlar, 1- jild XX asrdagi milliy uyg‘onish davri adabiyotining buyuk namoyandasi, millat xodimi Mahmudxo‘ja Behbudiy «Tanlangan asarlar»ining ushbu birinchi jildiga adib badiiy ijodi namunalari, 1903 – 1918 yillarda e’lon qilingan ijtimoiy-siyosiy maqolalari, nutqlari kiritildi. 512 iyun
1-3 haftalik
Zigmund Freyd: Psixoanaliz haqida beshta maʼruza; Uning taʼlimoti nafaqat adabiyot va sanʼat, balki ruhiyat bilan bog‘liq har bir sohaga jiddiy taʼsir etdi; kutilmagan qarashlari bilan insonlar ongida hali-hamon inqilob qilishdan to‘xtagani yo‘q… 140 iyun
4-haftalik
Gi de Mopassan: Hayot Fransuz yozuvchisi. Adabiyotga 1880 yilda she’rlar to‘plami va «Do‘ndiq» novellasi bilan kirib kelgan. U 6 roman, 18 hikoyaalar to‘plami, ocherk va pesalar, ko‘plab maqolalar va boshqa asarlar muallifi. Uning «Hayot» (1883), «Azizim» (1885), «Mont-Oriol» (1886), «Per va Jan» (1887—88) kabi romanlarida umumbashariy mavzular, mansabparastlar qismati, boylik orttirishga xuruj qilish yuksak mahorat bilan tasvirlab berilgan. 216 iyul
1-haftalik
Abdulla Avloniy: Tanlangan asarlar, 1-jild Abdulla Avloniy Turkiston milliy uyg‘onish adabiyotining e’tiborli vakillaridan, shoir, dramaturg, jurnalist. Ayni paytda, murabbiy, ilk darsliklar muallifi. “Maktab”, “Nashriyot” shirkatlari muassisi. O‘zbek teatrining asoschilaridan – Toshkentdagi “Turon” teatr havaskorlari to‘dasining tuzuvchisi. Nihoyat, Afg‘oniston va Turkiston o‘rtasidagi o‘zaro qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatishga uringan yangi davr diplomatlaridan edi. Ushbu nashrda adib iste’dodining xilma-xil qirralarini ifoda etuvchi asarlaridan namunalar berishga harakat qilindi. 270 iyul
2- haftalik
Mixail Lermontov: Zamonamiz qahramoni Mixail Lermontovning «Zamonamiz qahramoni» qissasi o‘quvchini haqiqatda o‘ylatadi. Asar insoniy munosabatlar – do‘stlik, muhabbat, sadoqat va xiyonat, axloq qoidalari ustiga qurilgan. Bosh qahramon – Zamonamiz qahramoni, ya’ni Pechorin ijobiy obraz emas, ammo uning aniq bir xislatini odamiylikdan mutlaqo yiroq, deb baholashimiz ham o‘rinli emas. 240 iyul
3- haftalik
G‘afur G‘ulom: Shum bola Qissa bir necha marta nashr qilingan. Qissada ijodkorning bolaligi, 20-asr boshidagi Toshkent hayoti tasvirlangan. G‘afur G‘ulomning mazkur qissasi turfa hangomalarga boy asar. Undagi ichakuzdi syujetlar zamirida davrning jiddiy muammolari, og‘riqli nuqtalari tilga olingan. Qissada shum bola, ya’ni Qoravoy hayoti hikoyaa qilinadi. 152 iyul
4- haftalik
Нассим Николас Талеб: Черный лебедь. Под знаком непредсказуемости
За одно только последнее десятилетие человечество пережило ряд тяжелейших катастроф, потрясений и катаклизмов, не укладывающихся в рамки самых фантастических предсказаний. Выпускник Сорбонны и нью-йоркский финансовый гуру Нассим Талеб называет такие непрогнозируемые события Черными лебедями. Он убежден: именно они дают толчок как истории в целом, так и существованию каждого отдельного человека.
736 avgust
1-4 haftalik

Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va 3-bosqich talabalari o‘rtasida muntazam mutolaa qilinishi zarur bo‘lgan kitoblar ro’yxati

Kitob nomi Bet Mutolaa qilish kunlari
Pirimqul Qodirov: Avlodlar dovoni Pirimqul Qodirov «Yuduzli tunlar»ning mantiqiy davomi sanalmish Boburning sadoqatli, jasur farzandi Humoyun va nabirasi – tarixda «chinakam daho shaxs» deb nom olgan Akbar hayoti haqida hikoyaa qiluvchi «Avlodlar dovoni» («Akbar») romanini 80-yillarda yaratgan. Asarda pok sevgi, insoniy mehru muhabbat, shavqu shijoat tarixiy qahramonlar qiyofasida yorqin aks ettirilgan. 528 sentabr
1-3 haftalik
Filipp Chesterfild: Farzandga maktublar Chesterfild (Filip Dormer Stenxop) 1694-1773-yillarda yashagan taniqli ingliz davlat arbobi, diplomat, ayni paytda, o‘tkirqalam yozuvchi bo‘lgan. Uning ahloq-odobga oid satirik ruhda yozilgan esselari XVIII asr o‘rtalarida jurnallarda tez-tez chop etilib turgan. 110 sentabr
4- haftalik
Ivan Turgenev: Otalar va bolalar Mashhur rus yozuvchisi I.S.Turgenevning o’z davrida katta shuhrat qozongan ushbu “Otalar va bolalar” ‎romani rus adabiyotshunosligida yozuvchi ijodining cho’qqisi sifatida talqin etiladi. Adib bosh qahramon ‎Bazarov obrazida hurfikrlilik va yangilik sari intilish kabi fazilatlarni asarning aosisiy g’oyasi sifatida talqin ‎etadi. Kitobdagi voqealar o’sha davrda chiriy boshlagan jamiyatni shunchaki isloh etish emas, balki ‎poydevorini tag-tugi bilan yo’q qilib, yangisini barpo etish kerakligini ko’rsatib beradi. 290 oktabr
1-2 haftalik
Abdulla Qahhor: Anor Qo‘lingizdagi ushbu kitobda badiiy so‘z ustasi Abdulla Qahhor hikoyaalari va bir qissasi jamlangan. Yozuvchi ixcham va kichik hajmli hikoyaalarda murakkab xarakterli insonlar obrazini yaratadi. Bir necha avlodlar tomonidan sevib o‘qilgan va bu gun ham sevimli bo‘lib qolayotgan ushbu asarlar sizga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz. 202 oktabr
3- haftalik
Sergey Yesenin: Zamin darg‘asi Sergey Yeseninning she’r va dostonlarini o‘zbek kitobxonlari allaqachon o‘z ona tillarida o‘qishga muyassar bo‘lganlar. 1965 yilda shoirning «Tanlangan she’rlari» Erkin Vohidov tarjimasida nashr etilgan edi. Qo‘lingizdagi kitobda o‘zbek tilida ilk bor jaranglayotgan she’rlar anchagina. «Zamin darg‘asi», «Singlimga xat», «Hayot yo‘lim», «Xotira», «O‘ttiz oltilar dostoni» singari asarlar shular jumlasiga kiradi. 136 oktabr
4- haftalik
Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar Bu foniy dunyo hayotini adolatli deb bo‘lmaydi. Negaki, unda pul, hokimiyat, shon-shuhrat va omad odamlarning barchasiga teng taqsimlangan emas. Nega ayrim odamlarning hamma narsasi bor, boshqalarda esa hech vaqo yo‘q? Omadning sabablarini faqat insonning tabiat in’om etgan shaxsiy fazilatlari bilan bog‘lash to‘g‘rimikin? 240 noyabr
1-2 haftalik
Кристенсен Клейтон: Дилемма инноватора. Как из-за новых технологий погибают сильные компании В своей книге «Дилемма инноватора» профессор Гарвардской школы бизнеса Клейтон М. Кристенсен пытается ответить на вопрос, почему лучшие компании – с компетентными руководителями и мощными ресурсами – теряют лидирующие позиции на рынке. Несмотря на научный подход, книга написана доступным языком, а поиск ответа оказывается не менее увлекательным, чем детективное расследование. 240 noyabr
3-4 haftalik
Rahmat Fayziy: Hazrati inson, 1-jild Mustaqillikdan so‘ng ko‘plab yozuvchilar qatorida Rahmat Fayziy ham unutilgandek, nazarimda. Biz uning asarlarida bugun adabiyotimizdan anchagina chekingan Toshkent ruhi bilan birgalikda o‘zbek xalqining bugungidek mayda masalalar o‘rniga, bir zamonlar chindan insoniy muammolarni yechishga uringaniga guvoh bo‘lamiz. 520 dekabr
1-3 haftalik
Frans Kafka: Jarayon “Jarayon” oson o‘qiladigan roman emas. O‘qish murakkab, tushunish uchun mehnat qilish kerak. Tahlil uchun esa vaqt lozim. Mutolaaga kirishar ekansiz, chalg‘ishingiz yoki diqqatsizligingiz butun jarayonni qayta o‘qishga «majbur qilishi» mumkin. Jumla tuzilishi, tasvirlar, yondashuv boshqa qaysidir yozuvchi uslubini eslatmaydi. Buni adibning o‘zi «Yozganlarim g‘alati», deya izohlagan. 336 dekabr
4- haftalik va yanvar
1-2 haftalik
Jek London: Martin Iden Yozuvchi Jek London bir qarashda Martin Iden timsolida o‘zini tasvirlaydi. Hayot naqadar og‘irligi, mehnat qattiqligi, ishonch poymol bo‘lishi, muhabbat sarobga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Inson asli qadrlashi kerak bo‘lgan tuyg‘ular, munosabatlar jamiyatdagi noqisliklar sabab oyoqosti bo‘lishi hech gap emasligini aytmoqchi bo‘ladi. O‘quvchiga buni uqtira oladi ham. 480 yanvar
3-4 haftalik va fevral
1-haftalik
Даниэль Канеман: Думай медленно… Решай быстро Наши действия и поступки определены нашими мыслями. Но всегда ли мы контролируем наше мышление? Нобелевский лауреат Даниэль Канеман объясняет, почему мы подчас совершаем нерациональные поступки и как мы принимаем неверные решения. У нас имеется две системы мышления. «Медленное» мышление включается, когда мы решаем задачу или выбираем товар в магазине. 384 fevral
2-3 haftalik
Mich Elbom: Morrining seshanba darslari Ushbu kitob insonni umrning har lahzasidan unumli foydalanishga, o‘zgalarga mehr ulashishga, har bir o‘zgarish va xatti-harakatdanmhikmat qidirishga, bir so‘z bilan aytganda, shunchaki yashamaslikka o‘rgatadi. 164 fevral
4-haftalik
Erkin Vohidov: Tanlangan asarlar Garchi ayovsiz o‘lim sevimli shoirimiz, otashnafas so‘z san’atkori Erkin Vohidovni oramizdan olib ketgan bo‘lsa-da, uning o‘lmas va muhtasham ijodi tillardan tillarga, dillardan dillarga ko‘chib, barhayot yashamoqda. Umr bo‘yi ona xalqini, ona tilini, ona zaminini baland pardalarda kuylab o‘tgan shoir, to mana shu el, til, zamin bor ekan, hech qachon unutilmaydi. Ushbu umr kitobi ham shoirini sog‘ingan el uchun g‘oyibona diydor bo‘lsa, ajab emas. 696 mart
1-4 haftalik
Odil Yoqubov: Ulugbek xazinasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 13-sentabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha komleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida» gi qarorida yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo’gan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. 368 aprel
1-2 haftalik
Chan Kim, Rene Moborn: Moviy ummon strategiyasi Annotasiyakommentarii i otzivi Ushbu kitobning mualliflari «moviy ummon strategiyasi»ga qanday erishish mumkinligini yorqin misol va tahlillar orqali kursatib berishgan. Buning uchun ular 30 dan ortik sohada 150 ga yakin tadqiqotlar o‘tkazishgan, tadqiqot natijalarni taxlil kilishgan. 384 aprel
3-4 haftalik
Alber Kamyu: Begona, Vabo Alber Kamyu – XX asr fransuz adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi, mohir adib, dramaturg, faylasuf, «Tubanlashuv», «Vabo», «Sizif haqida asotir», «Kaligula», «Asotir va qiyofa», «Isyonkor odam», «Begona» kabi asarlar muallifi. A.Kamyu o‘z asarlarida Ikkinchi jahon urushi dahshati oqibatida paydo bo‘lgan insoniy taqdirning absurd hissiyotlarini kuylagan. 464 may
1-3 haftalik
Chingiz Aytmatov: Jamila Adib nomini ilk bor dunyo miqyosida mashhur qilgan asar, bu – «Jamila» qissasidir. 1958 yili rus va fransuz tillarida e’lon qilingan, ikki yil ichida sobiq Ittifoq va xorijdagi o‘ttizga yaqin tilga tarjima qilingan. 192 may
4- haftalik
Muhammad Yusuf : Saylanma asarlar O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomini bilmagan, loaqal bir qator she’rini xirgoyi qilmagan yurtdoshimiz yo‘q bo‘lsa kerak. “Saylanma”ga shoirning qo‘shiqlarga aylangan, kitobxonlar tomonidan samimiy qarshilangan eng sara she’rlari kiritilgan. 272 iyun
1-2 haftalik
Uolter Tevis: Qirolichaning yurishi Ota-onasidan erta ayrilgan Elizabetni biqiq va zahmatga to‘la yetimxona hayoti qarshi oldi. “Mumkin”, “Mumkin emas” degan temir qoidalar, qat’iy tartib-intizom ostida tarbiyalanayotgan qizaloq turli tazyiqlarga qaramay yetimxona farroshi janob Sheybeldan shaxmat o‘ynashni o‘rgandi va favqulodda bu ­o‘yinga mehr qo‘ydi. 352 iyun
3-4 haftalik
Tog‘ay Murod: Yulduzlar mangu yonadi «Yulduzim mangu yonadi», deydi asarda bosh qahramon Bo‘ri Polvon. Aslida, bu so‘zlar yozuvchi yuragining tub-tubidan chiqqan nido bo‘lsa ajab emas. Bo‘ri polvon obrazi orqali Tog‘ay Murod o‘z asari umrining uzunligini aytganday bo‘ladi. 256 iyul
1- haftalik
Uolter Ayzekson: Stiv Jobs Asarni tayyorlash jarayonida Uolter Ayzekson Stiv Jobs hayotining so‘nggi yillarida u bilan bir necha intervyular tashkillashtiradi. Shu bilan birga Stivni bilgan, u bilan ishlagan do‘stlari va dushmanlari bilan suhbatda bo‘ladi. Ushbu suhbatlar asosida Stiv Jobs hayoti haqida xolis va odil kitob yozishga harakat qilinadi. Muallif kitobda Stiv Jobsning tabiati, uning muvaffaqiyat sirlarini ochib beradi. 625 iyul
2-4 haftalik
O‘tkir Hoshimov: Daftar hoshiyasidagi bitiklar Bu – ko‘pdan beri siz qo‘ldan qo‘ymay o‘qib kelayotgan kitob. Bu – ko‘pdan beri siz farzandlaringiz, yaqinlaringiz o‘qishlarini astoydil istayotgan kitob. Bu – ciz va biz haqimizdagi kitob. Yaralganimizdan to bugungi kunimizgacha bizga nimalar ayon – nimalar noayon, nimalarni topdik – nimalarni yo‘qotdik, kimlarga mehr berdik – kimlarni esa xo‘rladik yoki tahqirladik, o‘zimizga havola. 224 avgust
1- haftalik
Yona Berger: Yuqumlilik. Mahsulot va g‘oyalar qanday ommalashadi Mahsulot va g‘oyalarning tilga tushishi va ommalashuvi sababi nimada? Nega ba’zi ma’lumotlarni odamlar bir-biriga ulashadi? Nima uchun ayrim mish-mishlar epidemik xususiyatga ega? G‘oyalar qanday omillar tufayli “virus” kabi keng tarqaladi? Nima uchun ba’zi mavzular haqida ko‘proq suhbatlashamiz va unga oid ma’lumotlarni boshqalarga ulashamiz? 248 avgust
2- haftalik
Tog‘ay Murod: Ot kishnagan oqshom Ushbu kitob O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning ko‘p tillarga tarjima qilingan, allaqachon o‘zbek xalqining sevimli asariga aylangan «Ot kishnagan oqshom» asaridir.Ushbu qissani o‘qir ekansiz, qalbingizni go‘zal hislar egallaydi – tabiat bilan inson o‘rtasidagi uyg‘unlik sizni hayratda qoldiradi. Yozuvchi tas-virlagan ot – Tarlonni siz ham yaxshi ko‘rib qolasiz. 174 avgust
3- haftalik
Doktor Hasson Shamsiy: Baxt ulashing Ushbu kitob xayotda barcha inson uchun zarur bo‘lgan va har bir inson butun umri davomida izlaydigan baxt tushunchasi haqida ma’lumot beradi. Xususan, «Baxt qayerda?», baxt molu dunyodami yoki mansab-obro‘dami yoxud boshka narsadami degan savollarga javob topish mumkin. Shuningdek, xaqiqiy baxtning manbai bo‘lgan imon haqida, inson o‘zi va atrofidagi insonlarni qanday baxtli qilish mumkin ekani to‘grisida so‘z boradi. 144 avgust
4- haftalik

Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va 4-bosqich talabalari o‘rtasida muntazam mutolaa qilinishi zarur bo‘lgan kitoblar ro’yxati

Kitob nomi Bet Mutolaa qilish kunlari
Odil Yoqubov: Er boshiga ish tushsa O‘zbek adabiyotining klassigi, deya e’tirof etilgan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning “Er boshiga ish tushsa” romani oradan 55 yil o‘tib kitobxonlarga alohida kitob holida qayta tuhfa qilindi. 278 sentabr
1-2 haftalik
Jon. P. Streleki: Yer chekkasidagi qahvaxona Bu kitob biznes-maslahatchi Jon P. Strelekini mashhur yozuvchi qildi va ilhombaxsh kouchga aylantirdi. Asar millionlab adadlarda chop qilinib, 30 dan ortik tillarga oʼgirildi. Oʼzbek tilidagi ushbu tarjima ilk bor amalga oshirilib, bi rinchi marta chop etilmokda. 208 sentabr
3- haftalik
Pavel Annenkov: Million dollarlik xatolar Ushbu kitob tadbirkorlar va tadbirkor bo‘lishni istaganlar uchun mo‘ljallangan. Tajribali tadbirkor ham, biznesni endi boshlayotkanlar ham bu yerda juda ko‘p foydali maʼlumotlarni topadi. Bitta kitobda 11 yillik ish tajribasi. Siz shunchaki biznes egalarining eng ko‘p uchraydigan xatolarini aniqlay olmaysiz. Ulardan qochish va muvaffaqiyatli kompaniya yaratish bo‘yicha amaliy maslahatlarga ega bo‘lasiz. 304 sentabr
4- haftalik va oktabr
1-haftalik
Tohir Malik: Alvido bolalik Bolalik- umrimiz bahori, orzu-umidlarimiz bilan ulg‘ayadigan eng jo‘shqin va haroratli damlar. Bolalik umrimiz mazmunini, qo‘yingki butun hayotimizni belgilab beruvchi shunday bir nozik pallaki, bu davrda biz yaqinlarimizning alohida e’tiboriga ehtiyoj sezamiz. Agar bunday fursatlarda ozgina e’tiborsizlik holatlari kuzatilsa-chi? 368 oktabr
2-3 haftalik
Nikkolo Makiavelli: Hukmdor Nikkolo Makiavellining «Hukmdor» asari o‘rta asrlarda yaratilgan bo‘lib, bugungi kungacha siyosatchilar, jamoat arboblari,tadqiqotchilar va falsafaga qiziquvchilarni o‘ziga jalb qiladi. Yozuvchi o‘z davlat tuzilishi, uni boshqarish tamoyillari, xalqqa qanday munosabatda bo‘lish haqida tavsiyalar bergan va fikrlarini bayon etgan. 144 oktabr
4- haftalik
Bodo Shefer: G‘oliblik qonuniyatlari Hayotda farovon turmush asoslarini barpo qilish yoki noshudlik orqasidan qashshoq yashash-shaxsan o‘zingizga bog‘liq ekanligi ruhiy-falsafiy tarzda sodda bayon etiladi. Qo‘lingizdagi bu kitob hayotda muzaffar bo‘lishni xohlaganlar uchun yozilgan. 240 noyabr
1-2 haftalik
Xudoyberdi To‘xtaboyev: Sariq devni minib O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi X.To‘xtaboyevning asarlari nafaqat respublikamizda, balki chet ellarda ham maʼlum va mashhurdir. «Sariq devni minib» sarguzasht romani bolalar hayotidan olib yozilgan bo‘lib, ularning sevimli kitoblaridan hisoblanadi. Bu asarda orzu-havasga eltadigan chinakam yo‘l halol mehnat, yaxshi xulq-odob va qunt bilan o‘qishda ekanligi taʼkidlanadi. 544 noyabr
3-4 haftalik va dekabr 1-haftalik
Oldos Haksli: Ajib yangi dunyo “Ajib yangi dunyo“ ingliz yozuvchisi Oldos Hakslining 1931 yilda yozilib, 1932 yilda nashr etilgan, distopik, ijtimoiy-fantastik romanidir. U fuqarolari aql-idrokka suyanuvchi, ijtimoiy iyerarxiya tartiboti qaror topgan futuristik butunjahon mamlakati to‘g‘risida hikoyaa qiladi. 260 dekabr
2-3 haftalik
Larisa Burakova: Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi Korrupsiyaga qarshi qanday kurashish mumkin? Odatda, korrupsiyani batamom yo‘qotish mushkulligini ko‘p ta’kidlaydilar. Ammo Mixaíl Saakashvili buning uddasidan chiqdi va Gruziyada juda qisqa muddatda korrupsiyani yetarli darajada keskin kamaytirdi, byurokratiya va ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berdi, mamlakat iqtisodining sezilarli darajada o‘sishiga zamin yaratdi. 328 dekabr
4- haftalik va yanvar 1-haftalik
Erkin A’zam: Shovqin Adibning bu romani bir qarashda murakkab, ammo jiddiy siyosiy-ijtimoiy ramzlarga ishora beruvchi, kuchli adabiy parodiyaga to‘liq asar sanaladi. Roman qahramonlari kino olamining odamlari, ya’ni, kinoyulduzlar, kinodramaturglar, kinorejissyorlar, kinotanqidchilar, kinoijodkorlarning xulqi, fe’li, betartib, yengil-yelpi hayoti haqida yozilgandek taassurot qoldiradi. Asarda Farhod Ramazonning quloqdosh yozuvchi do‘stining sharhi asarning o‘zak mohiyatini topishimizda kalit bo‘lib xizmat etadi. 188 yanvar
2-haftalik
Mark Tven: Tom Soyer va uning sarguzashtlari Adib mazkur asarida yosh, o‘ta qiziqqon va sho‘x, chigal to‘siqlardan ham qiynalmay o‘ta oladigan, og‘ir va murakkab sharoitlarda ham o‘zini tuta biladigan, uddaburon bola Tom Soyer haqida hikoyaa qiladi. Tomning o‘ta makkor va firibgar hindi Joning iziga tushishi va undan qo‘rqmasligi, g‘ayritabiiy xayollar olamida yurishi butun shaharcha ahlini, hatto Tomning do‘stlarini ham hayratga soladi. 80 yanvar
3-haftalik
Питер Тиль: От нуля к единице. Как создать стартап, который изменит будущее Как создать компанию с нуля, привести ее к успеху, сделав лидером рынка? Питер Тиль, предприниматель, создавший платежную систему PayPal, и первый инвестор Facebook, считает, что основа любого успешного стартапа – уникальный продукт, дающий компании выигрышный статус монополии. 192 yanvar
4-haftalik
Fyodor Dostoyevskiy: Jinoyat va jazo Asar 1866 yilda yozilgan. Ammo inson kechinmalarining eski va yangisi bo‘lmaganidek, roman qadri ham eskirmagan. Kitob o‘zbek tilida bundan avval 1977 yilda chop etilgan. Qariyb 40 yildan keyin asarni qayta nashr etishdan maqsadimiz, bugungi kitobxonlarimizni o‘z davrida shuhrat qozongan asar – talaba hayotidan ayanchli drama bilan tanishtirish. «Kambag‘allik ayb emas, biroq yo‘chilik – illat. 718 fevral
1-4 haftalik
Halis Karabenli: Ba’zilar olisdan sevarlar Halis Karabenli 1976-yili Anqarada tu’g‘ilgan. Anadolu universitetining Boshqaruv bo‘limini tamomlagan. Uning qalamidan «Labimdagi ishq» «Ishqning narigi yuzi» «Aqlimda go‘zal qo‘l» «Efnan» va «Ba’zilar olisdan sevarlar» nomli kitoblari nashr qilingan. 208 mart
1- haftalik
Jeyms Deshner: Labirintda yuguruvchi.. Faqat o‘z isminigina eslaydigan, boshqa xech nimani eslay olmaydigan o‘smir bola bir kuni temir «Quti» ichida uygonadi… Bu o‘smirning ismi-Tomas. Noma’lum olam ostonasiga «tashrif buyurgan» o‘spirin. 448 mart
2-4 haftalik
Garsia Markes: Yolg‘izlikning yuz yili Lotin Amerikasi adabiyotining buyuk vakili bo‘lmish Gabriel Garsiya Markesning “Yolg‘izlikning yuz yili” asarini birinchi marta qo‘limga olganimda, adashmasam, 14 yoshlarda edim. Buvimning uyidagi rutubatli, eski kitoblar hidi odamni mast qiluvchi qorong‘u xonada tanishganman bu asar bilan. Menda ilk bor kitobga qiziqish paydo bo‘lgan davrda kitoblarni faqat nomi o‘ziga jalb qilsagina tanlab o‘qirdim. 384 aprel
1-2 haftalik
Bodo Shefer: G‘oliblik qonuniyatlari Hayotda farovon turmush asoslarini barpo qilish yoki noshudlik orqasidan qashshoq yashash-shaxsan o‘zingizga bog‘liq ekanligi ruhiy-falsafiy tarzda sodda bayon etiladi. Qo‘lingizdagi bu kitob hayotda muzaffar bo‘lishni xohlaganlar uchun yozilgan. 240 aprel
3-4 haftalik
Elchin Safarli: Men albatta qaytaman; …Men o‘sha hayotga qaytishim kerak. U – meniki. Men uchun. Men o‘zim uchun aytayotgan bo‘lsam ham, unda baxt izlab Sharqqa jo‘nab ketgan butun bir ayollar avlodning ovozini eshitaman. Men hech qachon baxt bu yerda, vatanimda yo‘q demaganman va demayman ham. 288 may
1-2 haftalik
Somerset Moem: Oy va chaqa Uilyam Somerset Moem — buyuk ingliz yozuvchisi, XX asrning mumtoz adibi degan sharafli nom egasi. XIX asr oxirida ijodini boshlagan yozuvchi yarim asrdan ko’proq davom etgan faoliyati davomida o’lmas asarlar yaratdi. 1919-yilda yozilgan “Oy va sariq chaqa” romani haqiqatan ham uning shoh asarlaridan biri bo‘lib, asar muallifi o‘tkir nigohi orqali ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan hayotiy voqelikni badiiy talqinda ochib bergan. 117 may
3- haftalik
Джон Кехо: Подсознание может всё! Книга, которая изменит вашу жизнь! Самое известное исследование о подсознании от известного писателя и тренера личностного роста Джона Кехо! В подсознании каждого человека скрываются огромные резервы. И когда логика оказывается бессильной, именно подсознание поможет вам решать самые сложные повседневные проблемы. Джон Кехо три года провёл в лесах, вдали от людей, чтобы провести исследования работы человеческого мозга. 175 may
4- haftalik
Eliyaxu Moshe Goldratt, Jeff Koks: Maqsad. Uzluksiz ravishda mukammallanish jarayoni “Maqsad” – yangi global ishlab chiqarish tamoyillari haqidagi kitob. Bu dunyo qanday tuzilganligi va uni qanday yaxshi tomonga o‘zgartirish mumkinligini tushunishga harakat qilayotgan odamlar haqidagi kitob. Muammolarni mantiqiy tahlil qilib, odamlar o‘z harakatlari va erishgan natijalari o‘rtasidagi natijaga bog‘liqlikni aniqlaydilar. Bu jarayonda ular o‘z biznesini saqlab qolish va uni muvaffaqiyatli qilishiga yordam beradigan baʼzi tamoyillarni o‘ylab topishadi. 640 dekabr
2-4 haftalik
Aleksandr Pushkin: Yevgeniy Onegin Asarlarining ichida millionlar qalbini zabt etgani shu sheʼriy romanidir. Bu asarda Pushkin yosh zamondoshlarining umumlashma obrazini yaratdi. Asar bilan tanishar ekanmiz, dinamik kuchlanish hukmidagi Ye. Onegin obrazining ichki ziddiyatlarini tushunib borgan holda, uning harakter elementlarini, tabiati, umuman jamiyat uchun keragi yoʻqligini koʻramiz. 310 iyun
2-3-haftalik
Lev Tolstoy: Urush va tinchlik. Birinchi va ikkinchi kitoblar Roman-epopeya janrining eng shoh asarlaridan bo‘lmish mazkur mashhur «Urush va tinchlik» romani ko‘lami jihatidan dunyo adabiyoti ixlosmandlari tomonidan yuksak eʼtiroflarga sazovor bo‘lgan. Bugun ushbu asarni juda sog‘ingan va uning yangi nashrini intiqlik bilan kutayotganlar ko‘p. 896 iyun
4-haftalik va iyul
1-3 haftalik
Jeyms Deshner: Labirintda yuguruvchi.. Faqat o‘z isminigina eslaydigan, boshqa xech nimani eslay olmaydigan o‘smir bola bir kuni temir «Quti» ichida uygonadi… Bu o‘smirning ismi-Tomas. Noma’lum olam ostonasiga «tashrif buyurgan» o‘spirin. 448 iyul
4- haftalik va avgust
1-2 haftalik
Ramita Navai: Yolg’onlar shahri U shunday shaharki, odamlar o‘zlarining asl istaklarini pinhon tutishga, din va an’ana talablariga muvofiq yashaërranini ko‘rsatishga majbur. Bu shaharda yashash uchun yolg‘on gapirish kerak. Bu yerda yolg‘on so‘zlash hayot va mamot masalasidir. Bu shahar ahli diniy majburiyatlar yuk va samimiy insoniy istaklar o‘rtasida sargardon kezadi. Bu shahar Tehron, Eron Islom Respublikasining poytaxti. 276 avgust
3-4 haftalik

Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari o‘rtasida muntazam mutolaa qilinishi uchun taklif etilgan qo‘shimcha kitoblar ro’yxati.

Kitob nomi Bet Mutolaa qilish kunlari
Paulo Koelo: Alif Ushbu asar sufiylik, shamanlik va turli diniy ta’limotlar haqida ma’lumotlarga boy. Injil va Qur’ondan ham oyatlar, sharhlar keltirilgan. Unda hayotda birgina vaqt borligi, u ham bo‘lsa, hozirgi vaqt ekani aytiladi. Vaqt turg‘un emas. U mudom ilgarilaydi. Biz uning ma’lum bir nuqtasida mavjudmiz, xolos. 308
Jojo Moyes: To seni topgunimcha Inglizchadan ona tilimizga o‘girilgan yozuvchi Jojo Moyesning «To seni topgunimcha» romani inson xarakterining rangli bo‘yoqlari aks ettirilgan asar bo‘lsa-da, unda har bir obrazning ichki kechinmalari va yashash madaniyati o‘zgacha talqinda ochib beriladi. 304
Teodor Ruzvelt: Liderlik qonunlari «Liderlik mohiyatan yakkalik emas. Ammo liderga ko‘pchilik umid bog‘lagani uchun u maksimal darajada o‘ziga ishongan bo‘lishi kerak. Boshqalar unga qarab o‘ylashishini hisobga olgan holda har bir harakat va so‘zlarini obdon o‘ylashi lozim. Biroq liderlikning eng tub mohiyati qaror qabul qilish jarayoni qarorga, qaror esa harakatga aylanadigan onda o‘zini ko‘rsatishdir. Chinakam lider bu asnoda faqat o‘ziga ishonishi kerak.» 278
Shuhrat Sattorov: Biz gʼalaba qozonamiz Kitobda biznes qoidalari, tadbirkorga xos xususiyatlar bayon qilingan, taniqli tadbirkorlar hayoti va fe’l-atvori misollar bilan tahlil qilingan. «Biz g‘alaba qozonamiz» kitobi vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, jamoat oldida chiqish qilish va jamoada ishlash bo‘yicha qimmatli tavsiyalar beradi, ilmiy-ommabop ma’lumotlar bilan tanishtirib, Sizni yuksak marra va maqsadlar sari chorlaydi. 312
Shukur Xolmirzayev: O‘n sakkizga kirmagan kim bor Shukur Xolmirzayevning «O’n sakkizga kirmagan kim bor?» qissasi oʻtgan asrning oltmishinchi yillaridagi oʻzbek qissalarining eng yaxshi namunalaridan sanaladi. Qissa yigirma besh yoshli yozuvchiga o‘zbek kitobxonlari orasida katta shuhrat keltirgan. Ushbu mashhur muhabbat qissasini oʻqimagan, jillaqursa nomini eshitmagan yigit-qiz kam topiladi. Muhabbat, oqibat, adashish va qismat, hayotga intilish va yoshlar xarakterining chiniqishi muammolariga bag‘ishlangan bu qissa, mana, deyarli yarim asrdan buyon, yoshlar tomonidan sevib o‘qiladi. 76
Teodor Drayzer: Sarmoyador Bir necha kunda millioner bo‘lish mumkinmi? Shu bilan insonning istaklari poyoniga yetarmikan? Qo‘lingizdagi kitob – Sarmoyador»ning bosh qahramoni Frenk Kaupervud o‘zining savqi tabiiysiga quloq tutib, bir necha kunda chindan boyib ketadi. Unda o‘smirligidanoq atrofdagilar ta’sirida savdogar va birja o‘yinchisi ruhiyati shakllangandi. 700
Den Braun: Da Vinchi siri «Da Vinchi siri” ilk bor (2003 yil) savdoga chiqqan haftaning o‘zidayoq savdo ko‘rsatkichi bilan “The New York Times” gazetasida, “The Wall Street Journal” va “San-Fransisko” yilnomalarida birinchi o‘rinni, keyinchalik mamlakatdagi eng yirik sotuvchilar reytingida yuqori o‘rinni egallagan. 416
Jaloliddin Rumiy: Ichindagi ichindadur Bu asar insonni fikrlashga, fikrlash orqali o‘zligini, o‘zligi orqali Haqni — Yaratganni tushunishga undaydi. Shuning uchun ham «Ichindagi ichindadur»ga bir marta oshno bo‘lgan ko‘zi ochiq insonki bor, umrbod undan ayrilmasam, deydi. Chunki asar, avvalo, o‘sha inson haqida — siz haqingizda, men haqimda, umuman, hammamiz haqimizda. 272
Sa’diy Sheroziy: Guliston Sa’diy Sheroziyning «Guliston» asari faqat fors adabiyotining emas, bashariyat adabiyotning mulkidir. Ushbu asar 1634 yildayoq fransuz va boshqa tillarga tarjima qilingan edi. Mashhur adiblar Gyote, Gyugo va Pushkin o‘z davrida bu asardan qattiq ta’sirlanishgan. 185
Mixail Bulgakov: Ityurak Aksariyat yozuvchilar hayot haqiqatlarini aytishda ramziylikdan foydalanadilar. Bulgakovning mazkur asarini o’qirkanmiz, sho’ro jamiyatining kirdikorlari fantastika tarzida fosh etilganiga guvoh bo’lamiz. Olim Preobrajenskiy itga odam miyasini ko’chirib o’tqazadi va jonivor Sharikov deb nom qo’yilgan odamsifat maxluqqa – ongli, ammo ityurak bir mavjudotga aylanadi. 144
Iogann Volfgang Gyote: Yosh Verterning iztiroblari Yuraklarni titratguvchi, larzaga solguvchi ushbu roman sevgi haqidagi hazin qo‘shiq kabidir. Pokiza qalbning yaralangan muhabbati hijron damlarida yonib-olovlanib, oqibatda muhabbat sohibi yosh Verterni xazon qiladi. Har satri sevgi bilan limmo-lim bo‘lgan, iztirobdan yaralgan maktublar shaklida roman qo‘lingiz to‘ridan o‘rin olishi aniq. 158
Chingiz Aytmatov: Oq kema Ushbu qissa nafaqat turkiy xalqlarning, balki butun dunyo kitobxonlari tomonidan sevib o‘qiladi. Asarda hozirgi vaqtda uchrab turadigan bir qancha muammolar: oila notinchligi, farzandsizlik, ekologik muammolar badiiy usulda yoritilgan. Bunday muammolarning yechimini esa kitobxonlarning o‘zi ushbu asarni mutolaa qilish orqali topadilar. 158
Tursunoy Sodiqova: Oila ilmi Tursunoy Sodiqovaning ushbu kitobi oila mavzusida. Muallif kuyovlik ilmi, kelinlik ilmi, qaynotalik ilmi, qaynonalik ilmi haqida ta’sirchan tushunchalar beradi. Muallifning mazkur asari keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, turmush qurish arafasidagi yoshlarga ham, oilalilarga ham birdek foydali hisoblanadi. 144
Onur Qoplon: Alfido; Qo‘lingizdagi ushbu kitob juz’iy qisqartirishlar bilan tarjima qilingan bo‘lsada, asarning asosiy g‘oyasini, ruhini, undagi hislarini siz kitobxonga yetkaza oladi. Bir hikoyaam bor… Yo‘nilgan qoyalar orasidan telbalarcha ko‘pirib toshgan bir tomchi suvda g‘arq bo‘lganim haqida… O‘zim ham bilmaydigan bir baliqning qornidan so‘zlayapman senga. 192
Jeyms Deshner: Labirintda yuguruvchi. Faqat o‘z isminigina eslaydigan, boshqa xech nimani eslay olmaydigan o‘smir bola bir kuni temir «Quti» ichida uygonadi… Bu o‘smirning ismi-Tomas. Noma’lum olam ostonasiga «tashrif buyurgan» o‘spirin. 448
Den Braun: Raqamli qal’a Asarda raqamli xavfsizlik, vatan xavfsizligi yo‘lida ishlaydigan jasur shaxslarning hayoti, ular uchraydigan xavf masalalari ko‘tarilgan. Ushbu asarda ham vatanparvarlik, ham ehtirosli sevgi, ham qiziqarli ma’lumotlar, ham sizni o‘z dunyosiga sayohat qildiradigan ajoyib syujetni topasiz. Asar voqealari AQSH, Ispaniya, Yaponiya kabi mamlakatlar hududida o‘tishi, voqealarning tez va kutilmagan rivoji sizni o‘ziga maftun qiladi. 480
Fyodor Dostoevskiy: Qimorboz Mazkur kitobdan ikkita roman o‘rin olgan: birinchisi aynan Ibrohim G‘afurov tarjimasi, ikkinchisi esa mahoratli mutarjim Olim Otaxonovga tegishli. Har ikkala roman o‘quvchini doimgidek, o‘ylatadi. So‘zlar, iboralar, tasvirlar, sifatlar, holatlar har qanday o‘quvchini hayratga soladi. Asarga, yozuvchiga, tarjimonga muhabbat bilan keyingi mutolaani kutadi. 400
Napoleon Hill: O’yla va boy bo’l Ushbu kitob o‘z oldingizga maqsad qo‘yishni, ishonch tuyg‘usini mustahkamlashni, turli sinovlarni yengib o‘tishni, izlanishni o‘rgatadi. Shuningdek, maxsus bilimlar, aql-zakovat, ortga chekinmaslik haqida keng tushuncha beradi. 208
Shohruh-Mirzo Rahmonov: Mukammal xotira Oramizda kuchli xotiraga ega bo‘lishni istamaydigan kishi topilmasa kerak. Darhaqiqat, xotira inson muvaffaqiyatlarining kalitidir. Ushbu kitob aynan ana shu kalitni qo‘lingizga tutqazuvchi noyob ma’lumotlarga boy. Xotirani mustahkamlash borasidagi jahon tajribasi bilan omixta qilingan mashg‘ulotlar bilan muntazam shug‘ullansangiz, tasavvuringiz kengayib, eslab qolish qobiliyatingiz oshib boraveradi. 386
Markus Zusak: Kitob oʼgʼrisi Asar hayotiy voqealar asosida yozilgan va undagi voqealar II jahon urushi davrida Germaniyaning Myunxen shahridagi joylashgan Molking nomli kichik shaharchada bo‘lib o‘tadi. Asarning o‘qir davomida fashistlarning zulmidan nafaqat boshqa millat vakillari, balki nemis millatining o‘zi ham benihoya azob chekkkaniga guvoh bo‘lasiz. 560