Press "Enter" to skip to content

Maktablarda darslik to‘plamlari ijara narxi 108 foizga oshdi

Qayd etilishicha, joriy o‘quv yilida o‘rtacha bir dona darslik (mashq daftari) uchun yagona ijara to‘lovi o‘tgan o‘quv yilidagi miqdor (2 740 so‘m)ga nisbatan 2 967 so‘mga ya’ni 108 foizga oshgan.

O‘zbekistonda 2019/2020-o‘quv yili uchun darsliklar to‘plami ijara to‘lovi miqdori belgilandi

O‘zbekistonda 2019/2020-o‘quv yili uchun darsliklar to‘plami ijara to‘lovi miqdori belgilandi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi .

umumta’lim maktablarining birinchi sinf o‘quvchilari uchun — bepul;

2-sinflari uchun 12 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 23 200;

3-sinflar uchun 10 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 25 800;

4-sinflar uchun 11 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 18 300;

5-sinflar uchun 13 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 13 000;

6-sinflar uchun 15 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 15 800;

7-sinflar uchun 16 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 20 000;

8-sinflar uchun 16 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 40 700;

9-sinflar uchun 16 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 38 500;

10-sinflar uchun 17 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 27 200;

11-sinflar uchun 19 ta darslikdan iborat to‘plamning ijara narxi 34 700 so‘mni tashkil qiladi.

Maktablarda darslik to‘plamlari ijara narxi 108 foizga oshdi

2022-2023-o‘quv yili uchun o‘rtacha bir dona darslik uchun ijara to‘lovi 5 707 so‘mni tashkil qildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, joriy o‘quv yilida o‘rtacha bir dona darslik (mashq daftari) uchun yagona ijara to‘lovi o‘tgan o‘quv yilidagi miqdor (2 740 so‘m)ga nisbatan 2 967 so‘mga ya’ni 108 foizga oshgan.

Joriy yilda Prezident farmoni bilan umumta’lim maktablarining 3-, 6-, 7- va 10-sinflari uchun to‘liq, shuningdek 2- va 3-sinf uchun mashq daftarlari, barcha sinflar uchun ingliz tili, nemis tili va rus tili fanlaridan jami 60 million nusxa yangi avlod darsliklari (2021 yilda 25 million darslik) chop etilmoqda.

Joriy yilda yangi darsliklarning chop etilish harajatlarining, xususan dunyo bozorida qog‘oz narxi (faqatgina 2022-yilning o‘zida qog‘oz narxi 60-70 foizga oshgan) va qog‘ozni O’zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha transport harajatlarining keskin oshib ketishi, tabiiyki darsliklarni chop etish uchun harajatlarning ham oshib ketishiga olib kelgan.

Ta’kidlanishicha, ijara to‘lovi miqdorlari darsliklar uchun amalga oshirilgan xarajatlardan kelib chiqib, bir dona darslik uchun yagona summasini to‘plamdagi darslik va mashq daftarlari soniga ko‘paytirish yo‘li orqali belgilanadi. Bunda yagona summa barcha sinf va ta’lim tillar uchun bir xil etib belgilanadi.

“Ijara to‘lovi summasini ota-onalar darslik to‘plamini to‘liq olgach 1-oktyabrga qadar amalga oshirishlari mumkin”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Quyidagi jadvalda 2022-2023-o‘quv yiliga darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovi miqdori keltirilgan. Shuningdek, quyidagi fuqarolar darslik ijara to‘lovidan ozod etiladi:

• birinchi sinf o‘quvchilari;
• “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning farzandlari;
• “Mehribonlik uy”lari tarbiyalanuvchilari;
• Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari.

Yangi oʻquv yili uchun darsliklar ijarasi narxi eʼlon qilindi

Darsliklar toʻplami uchun ijara toʻlovlarini hisoblash tizimini soddalashtirish va ota-onalarga qulayliklar yaratish maqsadida 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab, bir dona darslik yoki mashq daftari uchun yagona ijara toʻlovi – 2200 soʻm miqdorida joriy qilindi.

Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi xabar bermoqda.

Toʻplam tarkibidagi darsliklar va mashq daftarlari sonidan kelib chiqib, sinflar va taʼlim tillari kesimida ijara toʻlovi miqdorlari belgilandi.

Darsliklar toʻplami uchun ijara toʻlovini amalga oshirish muddati 10-oktyabrgacha uzaytirildi. Yoki ota-onalarda mazkur toʻlovni amalga oshirish bilan bogʻliq muammo mavjud boʻlsa, ijara toʻlovi muddatini uzaytirish ham mumkin. Bunda mazkur toʻlovning 50 foizi 10-oktyabrgacha, qolgan qismi esa 30-noyabrgacha toʻlanadi.

2-sinf

Oʻzbek, rus tillarida – 12 ta darslik – 26400 soʻm
Qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman tillarida – 13 ta darslik – 28600 soʻm

3-sinf

Oʻzbek, rus – 11 – 24200 soʻm
Qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman – 12 – 26400 soʻm

4-sinf

Oʻzbek, rus – 11 – 24200 soʻm
Qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman – 12 – 26400 soʻm

5-sinf

Oʻzbek, rus – 13 – 28600 soʻm
Qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman – 14 – 30800 soʻm

6-sinf

Oʻzbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman – 15 – 33000 soʻm

7-sinf

Oʻzbek, rus – 17 – 37400 soʻm
Qoraqalpoq, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman – 18 – 39600 soʻm

8-sinf

Oʻzbek – 18 – 39600 soʻm
Qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman – 19 – 41800 soʻm

9-sinf

Oʻzbek – 17 – 37400 soʻm
Qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman – 18 – 39600 soʻm

10-sinf

Oʻzbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman – 18 – 39600 soʻm

11-sinf

Oʻzbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman – 20 – 44000 soʻm

Eslatib oʻtamiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oilalardagi oʻquvchilarni umumtaʼlim maktab kutubxona jamgʻarmasi tomonidan darsliklar toʻplami bilan bepul taʼminlash tartibi oʻrnatilgan.

Мактаб дарсликларининг ижара нархлари эълон қилинди

Фото: «ziyouz.uz»
«Ҳуқуқий ахборот» канали хабарига кўра, дарсликлар тўплами учун ижара тўлови миқдори республика бўйича ягона бўлиб, унинг нархлари 2019/2020 ўқув йили учун қуйидагича белгиланган:

умумтаълим мактабларининг биринчи синф ўқувчилари учун – бепул;
2-синфлари учун 12 та дарсликдан иборат тўпламнинг ижара нархи 23 200 сўмни;
3-синфлар учун 10 та дарсликдан иборат тўпламнинг ижара нархи 25 800 сўмни;
4-синфлар учун 11 та дарсликдан иборат тўпламнинг ижара нархи 18 300 сўмни;
5-синфлар учун 13 та дарсликдан иборат тўпламнинг ижара нархи 13 000 сўмни;
6-синфлар учун 15 та дарсликдан иборат тўпламнинг ижара нархи 15 800 сўмни;
7-синфлар учун 16 та дарсликдан иборат тўпламнинг ижара нархи 20 000 сўмни;
8-синфлар учун 16 та дарсликдан иборат тўпламнинг ижара нархи 40 700 сўмни;
9-синфлар учун 16 та дарсликдан иборат тўпламнинг ижара нархи 38 500 сўмни;
10-синфлар учун 17 та дарсликдан иборат тўпламнинг ижара нархи 27 200 сўмни;
11-синфлар учун 19 та дарсликдан иборат тўпламнинг ижара нархи 34 700 сўмни ташкил қилади. “Замин” янгиликларини “Инстаграм”да кузатиб боринг