Press "Enter" to skip to content

Rus tili 7 sinf kitob javoblari skachat

6. “Tor ko’ngullik beklar” she’ri qaysi janrda yozilgan? – g’azal

Rus Tilini Rossiyada O’rganishni 3ta Yo’li

Minglab vatandoshlarimiz hozirgi paytda Rossiyada ishlashyapti. Ular albatta u yerda Rus Tilida gaplashishga qiynalishadilar. Lekin nima qilishsin, u yerda o’zbek o’qituvchilar yo’q-ku?

Deb so’radi mendan, saytimiz o’quvchisi Axror. Va shu sahifada Rossiyada O’zbek Tilida Rus Tilini O’rganishni 3ta Eng Oson va Tez Yo’llarini ko’rib chiqamiz.

1 Usul – Mustaqil, Yaxshi Kitoblar Bilan

Birinchi bo’lib urunib ko’rishingiz kerak bo’lgan yo’l – bu mustaqil, kitoblar bilan o’rganish. Hozirgi paytda internetda rus tilidan kitoblar juda ko’p. Rus Tili Grammatikasimi, yo So’zlashuvga oidmi, Rus Tilidami yo’ki O’zbek – buni o’zingiz tanlasiz. Biz esa faqatgina sizga maslahat berishimiz mumkin. Brothers.Uz saytida Rus Tilidan eng samarali kitoblar ro’yhati mavjud. Istasangiz biz bilan bog’laning, va yuklab olishingiz mumkin.

Aytib o’tishimiz kerak, bu eng qiyin va ko’p vaqt talab qiladigan usullardan biri.

2 Usul – Maxsus Video-Darslar Bilan

Rus Tilini mustaqil va eng qisqa vaqt ichida o’rganishning eng yaxshi usuli – bu video-darslar bilan o’rganish. Internetda Rus tilini o’rgatadigan videolar juda ko’p. Ammo, 70% video-darslar rus yo’ki ingliz tilida bo’ladi. Qolgan 30% esa to’liq emas, yo’ki sifatsiz bo’ladi. Va bu darslarning ortida kim turganini ham hudo biladi.

Shu sharoyitni ko’rib, Brothers.Uz jamoasi, Yangi, Unikal Video-Kursni ishlab chiqardi. Bu kursda barcha o’quvchilarning talablari qondirilgan. Kimga Rus Tili Grammatikasi kerakl bo’lsa – Kursimiz ichiga 20 Grammatik Darslar va har bir darsga oid test sinovlari kirgan. Kimga Faqatgina So’zlashuv kerak bo’lsa – Kursimizdagi 60dan ortiq Ruscha Dialoglar (Suhbatlar) tarjimasi bilan, va ularga oid test sinovlari, va nutqni rivojlantirish uchun 30ta Karaokelar ularga ma’qul bo’ladi.

Yuklab Olish

Shu hammasi nechi pul deb o’ylaysiz? Javob: 150 ming so’m. Kulguli to’g’rimi? Aslida buni Brothers.Uz jamoasi ataylab qilgan. Bizda narxlar qo’yilishidan oldin, hamma tomonlama o’ylanib chiqiladi. Rus Tilidan video-kursimiz, repetitor topishga qiynalyapgan, yo’ki o’qishga vaqti yo’qlar uchun mo’ljallangan. Shuning uchun narxini maksimal darajada past qo’yishga harakat qilganmiz.

3 Usul – Online O’zbek Repetitor Orqali

Oldinlari bu fantastika bo’lib ko’rinardi. Internet orqali o’qituvchi bilan gaplashish. Ammo hozirda O’zbekistonda internet tezligi taxminan 3 MBit/S ga teng. Rossiyada esa 5G ni sinashyapti. Shuning uchun bu hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. Skype, Telegram, IMO, yo’ki TeamViewer deysizmi, buni farqi yo’q.

Lekin ayni paytda O’zbekistonda bunday xizmat ko’rsatadiga o’zituvchilar sozni juda kam. Ammo topishingiz mumkin. Google akaga «rus tilidan online darslar» desangiz bas.

Agar ko’p vaqt sarflab qidirishni va tanlashni istamasangiz, Brothers.Uz jamoasi buni ham sizga taqdim e’tishi mumkin. Bizda malakali o’qituvchilar bilan darsni ONLINE tarzda, dunyoni istagan yeridan olsihingiz mumkin. Darslar vaqtiini va sonini siz tanlaysiz. Har bir darsga oid masala va kitoblar sizga beriladi va keyingi dars tekshiriladi. Huddi real repetitor kabi. Batafsil Ma’lumot: +998 90 963 46 23 raqami orqali olishingiz mumkin.

Bugungi sahifada Rus Tilini Rossiyada O’rganishini 3ta yo’lini ko’rib chiqdik. Ko’rib turganingizdek, Brothers.Uz jamoasi, o’qish masalasida barchaga maksimal darajada yordam ko’rsatadi. Keyingiz sahifalarda ko’rishguncha!

Hurmat bilan Brothers.Uz Jamoasi

Rus tili 7 sinf kitob javoblari skachat

–>Bosh Menyu –>

–>

Adabiyot [13]
Biologiya [21]
Fizika [5]
Geografiya [6]
Dunyo Din Tarixi [3]
Informatika [2]
Ingliz tili [2]
Ona-tili [14]
Tarix [22]
Matematika [3]
Kimyo [2]
Rus-tili [0]
PDD [1]

–>

7-sinf ona tili test

Yukladi: routerboy Fan: Ona-tili

Diqqat! Agar referat yuklashda muammo bo’lsa ushbu silka orqali YUKLAB oling!

Qaytish Yuklandi: 10192

  • 7-sinf adabiyotidan Test savollari
  • Ingliz tili – test
  • 7-sinf adabiyotidan Test savollari
  • Ona tili va adabiyotdan test savollar
  • 7-sinf ona tili
  • 10-sinf ona tili test
  • Ona Tili test (2)
  • Ona tili test
  • Test ona tili
  • Algebra test 7-sinf uchun
  • Test Nemes tili
  • 7-sinf adabiyoti
  • Adabiyot test
  • Adabiyot test
  • O`zbek adabiy tili va shevalari
  • ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZULARI VA VAZIFALARI RO’XATI
  • Ona tili va adabiyot boshlang’ich 1-2kurs
  • Onatili va adabiyot test
  • Onatili va adabiyot test
  • O’ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMINING BERILISHI VA BUNING TARIXIY AHAMIYATI

Hurmatli sayti foydalanuvchisi.Saytdan to’liq foydalanish uchun
Biz sizga ro’yhatdan o’tishni yoki saytga kirishingizni tavsiya etamiz.

7-sinf adabiyot fanidan savol-javoblar Chingiz Aytmatov

2. “Ona tili! U haqida nihoyatda ko’p gapirilgan. Lekin uning sirli mo’jizasini tasvirlab bo’lmaydi. Bolalikda shuurga singdirilgan ona tiligina qalbni she’riyat bilan sug’orishi, insonda milliy g’ururning ilk kurtaklarini uyg’otishi mumkin. Bolalik nafaqat quvnoq davr, bolalik – inson shaxsi shakllanishining ilk davri hamdir. Ushbu fikrlar kim tomonidan aytilgan? – Chingiz Aytmatov

3. “. Hech kim o’z-o’zidan yozuvchi bo’lib qolmaydi: yillar sabog’i, qilingan mehnat, badiiy adabiyotga qiziqish va e’tiqod orqali bunga erishish mumkin”. Ushbu parcha kimning tarjimai holidan olingan? – Chingiz Aytmatov

4. “Uning ikki ertagi bo’lardi. Biri o’ziniki bo’lib, uni hech kim bilmasdi. Ikkinchisini esa bobosi so’zlab bergandi. Keyin birortasi ham qolmadi”. Qaysi asar yuqoridagi so’zlar bilan boshlanadi? – “Oq kema” qissasi

5. “. bu juda qadimda bo’lib o’tgan. Zamonlarning zamonida, yer yuzida maysalardan ko’ra dov-daraxtlar ko’p bo’lgan qurg’oq yerlardan ko’ra o’lkamizda obi-hayot mo’l bo’lgan davrlarda bir qirg’iz qabilasi ulkan va muzdek daryo bo’yida yashardi”. Parcha qaysi asrdan?

– “Oq kema” Shoxdor ona bug’u haqidagi ertakdan

6. “Oq kema” qissasida adib kimni “. kamdan kam uchraydigan baxtli odam edi” deya tasviralydi? – Mo’min cholni

7. Ramz nima? – Badiiy adabiyotda keng foydalaniladigan tasvir usullaridan biri bo’lib, aniq tasavvur etish qiyin bo’lgan hodisa yoki tushunchalarni odamning ko’z oldiga yaqqol keltiradigan narsalar orqali ifodalash ramz deyiladi.

8. “Oq kema” qissasidagi ramziy obrazlar? –Shoxdor ona bug’u, baliq va oq kema.

9. Shoxdor ona bug’u nimaning ramzi? – Ezgulik,yaxshilik,oliyjanoblik, mehr-oqibat .

10. Baliq nimaning ramzi? – Erk va qudrat ramzi

11. Oq kema nimaning ramzi? – To’kislik, mehr-oqibat, diydor ramzi.

Asqad Muxtor

1. Asqad Muxtor qaysi gazetaga asos soldi?

– O’zbekistondagi birinchi haftalik gazeta – “O’zbekiston adabiyoti va san’ati”

2. Asqad Muxtorning birinchi she’ri qachon, qaysi nashrda chop etildi?

– 1938-yil “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida “Bizning avlod” she’ri

3. Asqad Muxtor qaysi asari orqali katta ijodkorlar nazariga tushadi?

– “Po’lat quyuvchi” poemasi orqali (1947-yil)

4. A. Muxtorning shoirlik salohiyati qaysi she’riy kitoblarida namoyon bo’ldi?

– “Hamshaharlarim”, “Rahmat, mehribonlarim”, “Chin yurakdan”, “99 miniatyura”, “Karvon qo’ng’irog’i”, “She’rlar”, “Quyosh belanchagi”, “Sizga aytar so’zim”.

5. A. Muxtorning ilk qissasi? – “Daryolar tutashgan joyda” (1950-yil)

6. A. Muxtorning qaysi asari o’z davrida adabiy jamoatchilik va kitobxonlar e’tiborini qozondi? – “Opa- singillar” romani (1955-yil)

7. Asqad Muxtor qalamiga mansub qissalarni sanang?

– “Daryolar tutashgan joyda”, “Qoraqalpoq qissasi”, “Buxoroning jin ko’chalari”, “Jar yoqasidagi chaqmoq”, “Kumush tola”.

8. Asqad Muxtor qalamiga mansub romanlarni sanang?

– “Opa- singillar”, “Tug’ilish”, “Davr mening taqdirimda”, “Chinor”, “Amu”.

9. Asqad Muxtor qalamiga mansub pyesalar?

– “Mardlik cho’qqisi”, “Yaxshilikkka yaxshilik”, “Samandar”.

10. A. Muxtorning tarjimonlik faoliyati? – Sofoklning “Shoh Edip” fojiasini, Shekspir va Shiller tragediyalarini, rus mumtoz adiblari Pushkin, Lermontov, Blok , Mayakovskiy asarlarini tarjima qilgan.

11. A. Muxtorning kitobxonlar e’tiborini tortgan hikoyalar to’plami?

– “Insonga qulluq qiladurmen” (1994-yil)

12. A. Muxtorning qaysi asari hozirgi hayot, ma’naviyat, madaniyat va badiiy ijod borasidagi mulohazalarini aks ettiradi? –Eng so’nggi kitobi “Uyqu qochganda” (1997)

14. Qishlog’imiz ko’hna bir etagida

Osmonga tutashgan dasht edi.

Polizkapa qurib, kechalar tomda

Yulduz sanab yotish ­– ajib gasht edi. Quyidagi misralar kimning qaysi she’ridan? – A. Muxtorning “Yulduzim” she’ridan

15. Polizkapada yulduz sanab yotgan bolaning sajiyasi kimning qaysi she’rida keltirilgan? – A. Muxtorning “Yulduzim” she’rida

16. Shoir o’zining “Yo’l” she’rida yo’llarni nimaga o’xshatadi? – Quyosh nurlariga

17. Ostonamdan taralgan yo’llar,

Eslatadi quyosh nurini.

Uzoq-uzoqlarga ketib, uzayib,

Uzaytadi mening umrimni. Quyidagi misralar kimning qaysi she’ridan?

– A. Muxtorning “Yo’l” she’ridan

18. Tongdan oldin yog’gan yomg’irdan so’ng osmon ochilib, yulduzlar yog’ishi tasviri A.Muxtorning qaysi she’rida o’z ifodasini topgan? – “Tug’ilish” she’rida

19. Tong oldidan yomg’ir sevalab o’tdi,

Keyin ko’k ochilib, yog’di yulduzlar.

Yerdan hovur ko’tarildi, xuddi

Qimirlagan kabi zimdan ildizlar. Quyidagi misralar kimning qaysi she’ridan? – A. Muxtorning “Tug’ilish”she’ridan

20. Ushbu parcha kimning qaysi she’ridan?

Eh o’rik, soya ham do’st bo’ladimi?

Laqqa tushibsanda lof ursa.

Do’st bo’lsa har qanday ob havoda

Yoningda tursa. – A. Muxtor “Bir tup o’rik” she’ri

21. “Yulduzim”, “Yo’l”, “Tug’ilish”, “O’zimniki emas bu umr”, “Bir tup o’rik” kabi she’rlar muallifi kim? – A. Muxtor

22. She’r deb nimaga aytiladi? – Shoirning ichki kechinmalari ifodasi bo’lib, ma’lum bir qolipga solingan rimik nutqqa she’r deyiladi.

23. O’zbek she’riyatida asosan nechta vazn qo’llangan? – 3 ta: barmoq, aruz va erkin.

24. Barmoq vazni nimaga asoslanadi? – Bo’g’inlar miqdoriga

25. Aruz vazni nimaga asoslanadi? – Hijolarning cho’ziq-qisqaligiga

26. Barmoq she’r tizimida necha xil vazn bor? –2 xil vazn bor: sodda va qo’shma vazn.

27. Qanday vazn sodda vazn deyiladi? – Agar she’rning boshidan oxirigacha misralardagi bo’g’inlar soni bir xil bo’lsa, sodda vazn deyiladi.

28. Qanday vazn qo’shma vazn deyiladi?

– Misralardagi bo’g’inlar miqdori ikki uch xil ko’rinishda bo’lsa qo’shma vazn deyiladi.

29. Ushbu parcha kimning qaysi she`ridan?

Qubbon sohilida qomating bukib,

Oltin barglaringni ko’l uzra to’kib,

Nimalar haqida surasan xayol,

So’yla, majnuntol? – Erkin Vohidovning “Majnuntol” she’ri

28. Turoq deb nimaga aytiladi? – Barmoq she’r tizimida misralardagi bo’g’inlarning muayyan bo’g’inlarga bo’linishi turoq deb ataladi. Masalan:

Garchi shuncha \ mag’rur tursa ham 4+5=9

Piyolaga \ egilar choynak 4+5=9

Shunday ekan \ manmanlik nechun? 4+5=9

Kibr-u \ havo nimaga kerak? 4+5=9
Saida Zunnunova

1. Saida Zunnunova qachon va qayerda tug’ilgan? – 1926-yil Andijon shahrida xizmatchi oilasida.

2. Saida Zunnunovaning ilk she’ri qaysi? – “Salom senga” 1945-yil “Paxta fronti” gazetasida bosilgan.

3. S. Zunnunovaning birinchi to’plamiga “Qizingiz yozdi” deb nom qo’yib bergan adib? – G’. G’ulom

4. Saida Zunnunovaning she’riy to’plamlarini sanang? – “Yangi she’rlar”, “Gullar vodiysi”, “Qizlarjon”, “She’rlar”, “Bir yil o’ylari”, “Nilufar”.

5. Saida Zunnunovaning dostonlarini sanang. – “Sodiq va Anor”, “Xayrixon”, “Surat bilan suhbat”.

6. Shoiraning iymoni butun onalar, ayollarga madhiya sifatida bitigan asari qaysi? – “Surat bilan suhbat”

7. Saida Zunnunovaning qissa va hikoyalarini sanang? – “Gulbahor”, “Povest va hikoyalar”, “Gulxan”, “Do’stlik”,”qanot”, “Olov”, “Ko’chalar charog’on ”, “Bo’ylaringdan o’rgulay”.

8. Saida Zunnunova qalamiga mansub pyesalar? – “Ona”, “Ko’zlar”.

9. Kurashsiz, mehnatsiz shodlik, kulguni,

O’g’irlik mol deyman, qilaman hazar,

Qalbimning parchasi singmasa agar,

Rozimasman, birov hadya etsa zar. Ushbu parcha kimning qalamiga mansub? – Saida Zunnunova

10. Saida Zunnunovaning qaysi dostonida onaning urush tufayli ota mehridan benasib bo’lgan, ne mashaqqatlar bilan o’stirgan o’g’lining nikoh kechasidan keyingi istierobli o’y-xotiralari tasvirlanadi? – “Surat bilan suhbat”

11. Jahon mening bag’rimdami, yo men ajhon bag’rida,

Ming gulshanning gullaridan rohatbaxsh bu qo’lchalar

Baxtga ko’mib yuragimni, yuzlarim erkalagan. She’r muallifini toping.

– S. Zunnunova “Qizimga”

13. “Dudog’ing guldan hushbo’y, Yuzlaring undan xushro’y” tasviri kimga qaratilgan? – Qiziga

14. Buvilarning duoga qo’l ochishi, buvalarning nabiralarini yelkaga ortib, opichlab yurishi kimning qaysi she’rida tasvirlangan? – S. Zunnnunova “Buvilar duoga qo’llarin ochib”

15. Yuz yilgi she’rimni

Ey, mening Vatanim,

Mening Vatanim! Parcha muallifi? –S. Zunnunova “Mening Vatanim”

16. “Qizimga”, “Yer uzra qo’ndi oqshom”, “Mening Vatanim”, “Buvilar duoga qo’llarin ochib” she’rlari muallifi kim? – S. Zunnunova

Rasul Hamzatov

1. “She’riyat, mazlumga homiylik qilding,

Qaroli bo’lmading zo’ravonlarning.

Olding panohingga notavonlarni,

Zolimlarni esa dushman deb bilding” misralari kimning qalamiga mansub? – Rasul Hamzatov

2. 13-14 yoshlaridan she’r yoza boshlagan, 16 yoshida o’z yurtining taniqli shoiriga aylangan ijodkor kim? – Rasul Hamzatov

2. Dog’istondagi kichkinagina avar elining mashhur shoiri kim? – R.Hamzatov

3. Rasul Hamzatov qachon va qayerda tug’ilgan? – 1923-yil Dog’istonda

4. Rasul Hamzatovning otasi kim edi? – Dog’istonning shoiri Hamzat Sadasa

5. Rasul Hamzatovning birinchi kitobi qachon chop etildi? – 1943-yil

6. Rasul Hamzatovning she’riy to’plamlarini sanang? – “Tog’ qo’shig’i”, “Mening qalbim tog’larda”, “Tog’ qizi”, “Dog’istonim”, “Yuksak

yulduzlar”,“Tug’ilgan kunim”, “Tog’likning vatani”, “Ovuldan xat”.

7. R. Hamzatovninbg “Ona tilim” “Kenja nevaram Shahrizodga” she’rlari kim tomonidan tarjima qilingan? – Erkin Vohidov

8. Nega yig’layapsan, ayt, qo’zichog’im,

Nima bo’ldi? Yomon tush ko’rdingmi yo?

Otang bor, onang bor – suyangan tog’ing,

Boshingda girgitton tevarak dunyo. Parcha kimning qaysi she’ridan?

– R. Hamzatov “Kenja nevaram Shahrizodga”

9. Urushda ikki akasini yo’qotgan shoir iztiroblari R. Hamzatovning qaysi she’rida o’z ifodasini topgan? – “Kenja nevaram Shahrizodga”

10. Bola yig’isida ma’no bor ekan,

Tinglasam, shunday der u mitti yurak:

Siz ko’rgan azob-ku o’tmishda qolgan,

Men uni ertaga tortishim kerak!” tarzidagi nozik qochirim kimning qaysi she’rida ifodalanagan? – R. Hamzatov “Kenja nevaram Shahrizodga”
RAVSHAN” dostoni

1. “Burungi o’tgan zamonda, eli-yurti omonda, Buxorodan tumanda, Taka-yovmit deganda, yovmit elida, Chambilning belida Go’ro’g’libek davrini surib, dushmanning dodini berib o’tdi” Qaysi doston shunday boshlanadi? – “Ravshan” dostoni

2. “Qirq yigitni yig’dirib, silovsin to’n kiydirib, kuniga kechkisin sergo’sht qilib, sermoy palovga to’ydirib, semiz qo’ydan so’ydirib, ko’pkarisin choptirib, olomonga ola sarpo yoptirib, el-u xalqning ko’nglini toptirib umr o’tkazgan kim?” – Go’ro’g’libek

3. Go’ro’g’libek Yunus pari bilan Misqol parini qayerdan olib kelgan?

– Yunus parini Ko’hi Qofdan, Misqol parini Bog’I Eramdan.

4. Go’ro’g’libek Hasanxon bilan Avazxonni qayerdan olib keldi? – Hasanxonni Vayangandan, Avazxonni Xunxordan olib kelgan.

5. Avazxonni “o’g’lim” deb yoqasidan solib, etagidan olgan kim? – Og’a Yunus pari

6. Hasanxonni yoqasidan solib, etagidan olgan kim? – Misqol pari

7. “Ravshan” dostonida “…she’r haybatli, yo’lbars kelbatli, qoplon yurakli, arslon bilakli” deb ta’riflangan yigitlar kim? – Avazxon bilan Hasanxon

8. Arzrumdan xon Dallini olib qochib, qirq kun shohona to’ylar berib uylangan kim? – Hasanxon

9. Ravshanbek kimning farzandi? – Hasanxon va Xon Dallining

10. Avazxonning qizi kim? – Gulanor

11. Go’ro’g’libek parilar bilan o’tirganda “15-16 yoshida, zarli qalpoq boshida, yuzi yarqirab, eshikdan salom berib” kirib borgan qahramon kim? – Ravshan

12. Avazxon bilan Hasanxonni quda qilish fikri kimdan chiqdi? –Go’ro’g’lidan

13. “Ravshan” dostonida “… ko’p suluv: yaxshi suratli, shirin so’zli, quralay ko’zli, uzun bo’yli, keng ko’krakli, xush xayol, zehni tez, serfahm qiz” kim? – Gulanor

14. “Murt” so’zining ma’nosi? – Mo’ylov

15. “Ravshan” dostonida Avazning “qizimni bermayman, mening tengim emas” – deganini eshitib, yig’lab kelayotgan Ravshanni kim yupatadi? – Og’a Yunus pari

16. “Nigin” so’zining ma’nosi? – uzuk

17. “…shunday niginga qarasa, niginning yuzida xati bor, olam mamlakatiga bermaydigan xosiyati bor, har yerda suluv barno qiz bo’lsa oti bor”. Ushbu parcha qaysi dostondan? – “Ravshan” dostonidan

18. “Suqsur” nima? – Ko’lda yashaydigan qush

17. “…to’rt oyog’i teng tushgan , biqini yoziq keng tushgan, qarchig’ayning havosi tekkan” ot kimning oti? – Hasanxonning oti Jiyronqush

18. Zulxumorning yurti? – Shirvon

19. Zulxumorning kasbi? – qalpoq (do’ppi) tikish

20. Ravshanning yurti? – Chambil

21. “Ravshan” dostonida Shirvonning yo’li necha oylik yo’l deyiladi? – 3 oylik

22. “Qo’lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot,

Yaxshilik ,qil bolam,yomonlikni ot!

Nasihatim yod qilib ol, yolg’izim,

Yolg’iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot”.

Ushbu she’r qaysi asardan? Qanday san’at qo’llangan? – “Ravshan” dostonida, tajnis san’ati.

23. Qalpoq tikib, har bozor kuni yigitlarga sotishni rasm qilgan, yigitlar uni tomosha qilish uchun ko’rmanasiga bir lagan tilla hadya qiladigan qahramon kim? – Zulxumor

24. Uzoqdan kelayotibman,

G’amning loyiga botibman,

E yoronlar, birodarlar, birodarlar!

Men yorimni yo’qotibman. Parcha qaysi asardan kimga tegishli?

– “Ravshan” dostonidan, Ravshanning so’zi

24. “Ravshan” dostonida “… yasangan hurday, tishlari durday, ko’zlari yulduzday, qoshlari qunduzday, ikki yuzi oyday” deb tasvirlangan qahramon kim? – Zulxumor

27. Zulxumor Ravshanning oldiga ko’rmana olib kelishga kimni yuboradi?

28. Ravshan Zulxumorning ko’rmanasiga nima beradi?

– Tillasi yo’qligi uchun Yunus Pari bergan sehrli uzukni beradi.

29. Zulxumor Ravshanning ota-onasiga yozgan xatini qay yo’l bilan Chambilga jo’natadi? – Mayna orqali

30. Hasanxon Zulxumorning xatini olganda Qoraxon podsho bergan 40 kunlik muhlatning qanchasi qolgan edi? – 20 kuni

31. “Qulon” nima? – Cho’l kiyigi

33. Ravshan Shirvon elida o’g’il tutingan kampirning nechta o’g’li bor edi?

– 6 o’g’li bor edi, oltovi ajdaho edi, oltovi ham o’lib ketgan edi.

34. Ravshan Qoraxon podshoga bandi bo’lganini eshitgan kampir qanday yo’l tutadi? – Katta o’g’lining bir nonxo’r polvoni bor edi, uning otini Aynoq kal der edilar, kampir yordam so’rab ana shu Aynoq kalning oldiga boradi.

35. “Ravshan” dostonidagi aka-uka kallar? – Aynoq, Jaynoq, Ersak, Tersak.

36. Aka-uka kallarning hunarlari? – Aynoq kal ­– polvon, Jaynoq Kal – mazxaraboz, Ersak – mergan, Tersak kal – sinchi.

37. “Ravshan” dostonida

“Keling , kallar, keching jondan

Umiding bo’lsa maydondan,

Siz bir yondan men bir yondan,

Ot qo’yg’animning ustiga”, – deb kim aytadi? – Hasanxon

38. Xorazmda dostonlar qay tarzda kuylanadi? Doston aytuvchilar kim deb yuritiladi? – Tor jo’rligida , “Xalfa” deyiladi.

39. “Ravshan” dostoni birinchi marta qachon, kim tomonidan, kimdan yozib olingan? – 1928-yil, Hodi Zarif tomonidan, Ergash Jumanbulbuldan yozib olingan.

40. “Ravshan” dostonida Shirvon bozori tasviri necha misrada berilgan? – 145 misrada

41. “Ravshan” dostonini qanday she’riy san’atning go’zal namunasi deyish mumkin? – Sa’j – qofiyali nasr.

42. “Ravshan” dostonining she’riy qismi necha bo’g’inli barmoq vaznida? – Asosan 7-8 va11 bo’g’inli.

43. “Ravshan” dostonida urush va jangovorlik holati necha bo’g’inli vaznda ifodalangan? – 8 bo’g’inli

44. Xalq dostonlarida qahramonning holati tezlashgan holatlar necha bo’g’inli barmoq vaznida kuylanadi? – 7 hijoli vaznda

45. Nima uchun Avazxon qizini Ravshanga berishni istamadi?

– Manmanligi tufayli o’zini Hasanxondan ortiq hisoblardi.

46. Uzukni ko’rgan Zulxumor nima uchun Ravshanni qabul qildi?

– Avvalo uzukdagi yozuvni taqdirning bitigi deb bilganidan, ikkinchidan yigitni yoqtirib qolganidan uni qabul qildi.

47. Aka-uka kallarga xos bo’lgan xususiyatlar? – Mardlik, haqiqatgo’ylik, o’z ishiga mohirlik.

48. Obraz tushunchasi qanday ma’nolarda ishlatiladi? – 2 ma’noda: keng va tor

49. Keng ma’nodagi obraz tushunchasiga izoh bering.

– Ijodkorning fikr, tuyg’ulari singdirilgan hayot manzarasi

50. Tor ma’nodagi obraz tushunchasiga izoh bering?

–Badiiy asarda aks ettirligan inson siymosi

51. Badiiy obraz deb nimaga aytiladi?

– Badiiy adabiyotda insonning alohida shaxs qiyofasida yaratilgan, ayni paytda badiiy umumlashma xususiyatiga va hissiy ta’sir kuchiga ega bo’lgan surati badiiy obraz deyiladi.

52. Obrazlar qanday turlarga bo’linadi? – 2 turga: bosh va epizodik obrazlar

53. Bosh obraz deb nimaga aytiladi? –Asarning boshidan oxirigacha qatnashib, tasvirda muhim o’rin tutuvchi ishtirokchi bosh qahramon deyiladi.

54.Qanday obrazlar epizodik obrazlar deyiladi? – Asarning bir ikki o’rnidagina qatnashib, keyin tushib qoladigan ishtirokchilarga aytiladi.

55. “Ravshan” dostonidagi bosh obrazlar? – Ravshan, Zulxumor, Hasanxon.

56. “Ravshan” dostonidagi epizodik obrazlar?

– Shirvonlik kampir ena, aka-uka kallar, Oqqiz, uning onasi Maston

57. “Mubolag’a” deb nimaga aytiladi? – Badiiy asarlarning ta`sir darajasini oshirish uchun, unda tasviretilgan odam, narsa yoki hodisaga xos xususiyatni orttirib ko’rsatilishi mubolag’a deyiladi.

58. Mumtoz adabiyotda behad orttirilgan mubolag’a nima deyiladi? –G’uluv yoki ifrot

59. Aqlga sig’maydigan darajadagi mubolag’a nima deyiladi? – G’ulu

60. Badiiy obraz qanday xususiyatlarga eg abo’lishi kerak?

– Ijodkorning fikr-tuyg’usini ifodalashi, hayotni aks ettirishi, ta’sir ko’rsatishi, umumlashma xususiyati bor shaxsni ifodalashi kerak.

61. Mubolag’a nimaga xizmat qiladi? – Obrazga xos belgilarni bo’rttirib ko’rsatishga.

Alisher Navoiy

1. Butun turk dunyosi Navoiyni nima deb tilga oladi? – “shamsul millat” – millat quyoshi.

2. Navoiy qachon va qayerda tug’ilgan? – 144-yil 9-fevralda Hirotda.

3. Alisherning otasi va onasi haqida? – otasi G’iyosiddin Muhammad (G’iyosiddin kichkina) temuriylarga yaqin amaldorlardan bo’lib, ma’rifatlikishi bo’lgan, onasi-ning ismi noma’lum, Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi bo’lgan.

4. Navoiyning tog’alari kim bo’lgan? – Mir Said Kobuliy – yaxshi shoir, Muhammad Ali G’aribiy shoir, sozanda bo’lgan.

5. Alisherlar oilasi qachon va nima sababdan Iroqqa ko’chadi?

– 1447-yil podshoh Shoxruh Mirzo vafot etadi va Hirot notinch bo’lib qoladi . Alisherlar oilasi Iroqqa ko’chishga majbur bo’ladi.

6. Navoiy Iroqqa ketishida Taft shahrida kim bilan uchrashadi?

– Tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy bilan

7. Navoiy necha yoshdan she’rlar yoza boshlagan? – 7-8 yoshlaridan

8. Navoiy bolalik paytlarida o’z davrining qaysi shoirlari bilan yaqin aloqada bo’lgan? – Amir Shoshiy, Lutfiy, Kamol Turbatiy.

9. Navoiyga otasi vafotidan keyin kimlar otalik qildilar? – Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ilm, adabiyot, san’at arboblari.

10. Navoiy 60-yillarning 2-yarmida Samarqandda yashagan paytda kimdan tahsil oladi? – Hozirgacha asarlari islom olamida mo’tabar sanalib kelinayotgan Fazlulloh Abulaysdan

11. Navoiyning ilk devoni qachon tuzilgan? – 1465-1466-yillarda muxlislari tomonidan “Ilk devon” deb nomlangan devoni tuzilgan.

12. A. Navoiy qaysi asarida yoshlik chog’ida o’zbek va fors shoirlari nazmidan 50 ming bayt (100 ming misra) she’r yod bilganini yozadi? – “Muhokamat-ul lug’atayn” asarida

13. Ushbu jumlalar kimga tegishli va qaysi asarda berilgan?

– Ilgimdin kelganicha, zulm tig’in ushotib, mazlum jarohatiga intiqom malhamin (qasos malhamini) qo’ydim. Va ilgimdin kelmaganini ul Hazrat (X. Boyqaro) arzig’a yetkurdim”. – Navoiyga tegishli. “Vaqfiya” asarida keltirilgan.

14. Navoiy o’zining “Badoe ul-bidoya” (“Badiiylik ibtidosi”), “Navodir un-nihoya” (“Tuganmas nodirliklar”) nomli devonlarini qachon tuzgan?

– 1472-1476-yillarda “Badoe ul-bidoya”, 1476-1483-yillarda “Navodir un-nihoya” devonlari Navoiyning o’zi tomonidan tuzilgan.

15. Nima uchun 1489-1493-yillar Navoiy uchun ayriliq, og’ir judolik yillari bo’ldi, deymiz? – Shu yillari Sayid Hasan Ardasher, A. Jomiy, Pahlavon Muhammad ketma-ket vafot etdi.

16. Navoiyning olim sifatida olib borgan ishlari? – O’tmish mavzusida “Tarixi muluki Ajam” (“Ajam, ya’ni arab bo’lmagan mamlakatlar tarixi”), “Tarixi anbiyo va hukamo” (“Payg’ambarlar va donishmandlar tarixi”) kabi.

17. Navoiyning adabiyotshunoslikka oid asarlari?

– “Mezon ul-avzon” (“Vaznlar o’lchovi”), “Majolis un-nafois” (“Nafis majlislar”).

18. Tazkira nima? – Ijodkorlar haqida ma’lumot berilgan va ayrim asarlaridan namuna keltiriladigan to’plam

19. Turkiy tilda bitilgan ilk tazkira? – Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasi

20. Turkiy adabiyotda aruz nazariyasiga oid ilk asar qaysi? – Navoiy “Mezon ul-avzon”

21. Navoiyning lug’atshunoslikka oid asari? – Sab’atu abxur” (“Yetti dengiz”)

22. Navoiyning tilshunoslikka oid o’zbek va fors tillarini solishtirib yozgan asari qaysi? – “Muhokamat ul-lug’atayn”

23. Navoiyning to’rt devondan iborat asari qaysi va qachon yozilgan?

– “Xazoyin ul-maoniy” (“Ma’nolar xazinasi”) 1490-yil yozilgan.

24. Navoiyning Sharqda o’tgan mashhur shayxlar, so’fiylar hayoti haqida ma’lumot beruvchi asari qaysi? – “Nasoyim ul-muhabbat” (“Muhabbat shabbodalari”)

25. Navoiyning 1500-yilda yozilgan, yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlarini o’zida ifodalagan so’nggi asari qaysi? –“Mahbub ul-qulub”

26. A. Navoiyning “Xamsa” asari qachon yozilgan? – 1483-85-yillarda

27. “Hamsa” so’zining ma’nosi? – arabcha “beshlik”

28. “Hamsa” yozgan ijodkorlarni sanang? – Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy.

29. Alisher Navoiyning “Hamsa”sining boshqa hamsanavislarning “Hamsa”sidan farqi? – Alisher Navoiy o’z “Hamsa”sini turkiy tilda yozgan.

30. Navoiy “Xamsa”sining birinchi dostoni? – “Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”)

31. Xamsachilik an’anasini kim boshlab bergan? – Nizomiy Ganjaviy

32. “Hayrat ul-abror” qanday doston? – axloqiy-ta’limiy, falsafiy doston.

33. “Hayrat ul-abror” dostonining hajmi?

– 64 bob, 20 maqolot, 3988 bayt (7976 misra)dan iborat.

34. “Hayrat ul-abror”dan olingan “Salotin bobida” maqolatida kimlar haqida fikr yuritiladi? – Sultonlar haqida. Bu maqolatda odil shoh, insofli davlat rahbari qanday bo’lishi kerakligi tasvirlangan.

35. Navoiy “Hayrat ul-abror”da kimni “Shoh G’oziy” deya ulug’laydi?

36. “Shoh G’oziy” unvonining ma’nosi? – Din yo’lidagi jangda g’olib chiqadigan shoh

37. Ushbu parcha “Hayrat ul-abror”ning qaysi maqolatidan olingan va qanday san’at qo’llangan?

Zulm o’zingga fisqdur, ey hushyor,

Gum qil ani bo’lsa senga hush yor. – “Salotin bobida” tajnis san’ati

38. “Shoh G’oziy” hikoyati “Hayrat ul-abror”ning qaysi maqolatida berilgan?

39. “Shoh G’oziy” hikoyatida qozining talabiga ko’ra kampir keltirgan guvoh nima edi? – Shohning adolati va insofi

40. Ushbu parcha qaysi asardan olingan?

“Toj boshindin bo’libon sarbaland,

Taxt ayog’ingdun bo’lib arjumand”. – Hayrat ul-abror” “Salotin bobida” qismidan olingan.

41. Ushbu parcha qaysi asardan olingan va kimga murojaat qilingan?

Ey, falak avjidin o’tib rif’ating,

Oyi quyoshdin cholinib navbating. “Hayrat ul-abror” “Salotin bobida” qismidan olingan bo’lib, sultonga ya’ni podshohga murojaat qilingan.

42. Navoiy qanday unvonlarga sazovor bo’lgan?

– “Amiri Kabir”(ulug’ amir), “Amir-ul muqarrab” (podshohga eng yaqin amir).

43. Navoiy qachon va qayerda vafot etgan? – 1501-yil 3-yanvarda Hirotda

44. Foniy so’zining ma’nosi? – O’tkinchi, vaqtincha.

45. Izofa nima? – arab va fors-tojik tillarida aniqlovchi bilan aniqlanmishning bog’laninsh shakli, ya’ni o’rni almashib qolishi. Mas: Andijon ahlimas, ahli Andijon, Jahon oynasi emas, oynai jahon

46. “Ey, falak avjidin o’tib rif’ating, oyi quyoshdin cholinib navbating” baytidagi “rif’at” so’zining ma’nosi? – balandlik, ulug’vorlik.

47. “Navbat” so’zining ma’nosi? – nog’ora

48. “Arjumand” so’zining ma’nosi? – “aziz”

49. Ushbu parcha kimning qaysi asaridan?

“Ermas alar tufrog’-u sen nuru pok,

Xilqat alarg’a – vu sanga tiyra xok” – Alisher Navoiy

50. “Tiyra xok” so’zining ma’nosi? – qora tuproq

51. “Tamug’” so’zining ma’nosi? – do’zax

52. “Firdavs” so’zining ma’nosi? – jannat

53. Muncha g’aroyibotki misol aylading,

Borchani mir’oti jamol aylading.

Ganjing aro naqd farovon edi,

Lek boridan g’araz inson edi. Ushbu misralar muallifi kim va unda kimga murojaat etilgan? – A. Navoiy qalamiga mansub Allohga murojaat etilgan.

54. “Xo’sha” so’zining ma’nosi? – Boshoq.

55. “Mazraa” so’zining ma’nosi? – Ekinzor

56. “Farxunda” so’zining ma’nosi? – Baxtiyor

57. “Qazoq” so’zining ma’nosi? – Erkin, bo’ysunmas, qochqin.

58. Suv va quruqlikda zulmni o’ziga kasb qilib olgan zolim qaroqchi va uning makoni ta’rifi haqidagi maqolot A. Navoiyning qaysi asarida keltirilgan? – “Sab’ai Sayyor” dostonida

Turdi Farog’iy

1 . Buxoro xonlari Nodirmuhammad va uning o’g’illari Abdulazizxon hamda Subhonqulixon davrida yashagan shoir kim edi? – Turdi Farog’iy

2. Turdi Farog’iy qachon va qayerda tug’ildi?– Taxminan 1699-70-yillarda Buxoroda

3. Turdi Farog’iy o’zbek adabiyotida qaysi sohaning rivojlanishiga hissa qo’shgan? – Hajviyot

4. “Tor ko’ngullik beklar” g’azalida qaysi fikr ilgari suriladi?

– milliy birlik, o’zaro totuvlik.

5. Turdidan bizgacha qancha ijodiy meros yetib kelgan? – 400 misra atrofidagi 18 ta she’r yetib kelgan bo’lib, ularning ko’pchiligi g’azal va muxammaslardir.

6. “Tor ko’ngullik beklar” she’ri qaysi janrda yozilgan? – g’azal

7. “Turdiman” radifli g’azali necha baytdan iborat va mazmunan qanday shaklda bitilgan? – 3 baytdangina iborat, hasbi hol (o’z holini bayon qilish).

8. O’zbek adabiyotida millatni birlikka chorlagan shoir kim? – Turdi Farog’iy

9. Muxammas qanday she’riy shakl?

– arabcha “beshlik” degani. Har bir bandi besh misradan iborat she’r shakli.

10. Turdi muxammasida shoir yaxshi zamonlar deb eslayotgan kunlarini qanday izohlaysiz? – Yaxshi kunlar – soqiy huzurida aysh surganligi, oshiqlar halqasida majlislar qurganligi, soflik mayi bilan dimog’i xush bo’lganligi…

1. Uvaysiy qayerda tug’ilgan? – Marg’ilon shahrida

2. Uvaysiy taxallusi qaysi valiy zot taxallusi bilan bog’liq? – Uvays Qaraniy

3. Navoiy taxallusining ma’nosi? – Haq va haqiqatni kuylovchi

4. Foniy taxallusining ma’nosi? – O’tkinchi

5. Maxmur taxallusining ma’nosi? – Ilohiy ishqdan mast bo’lgan darvesh

6. Uvaysiy g’azallaridan tashqari yana qanday she’riy janrda shuhrat qozongan?

7. Uvaysiyning farzandlari? – Qizi Quyoshxon, o’g’li Muhammadxon

8. Uvaysiyning qaysi g’azali o’g’li Muhammadxonning sarbozlikka yuborilishi munosabati bilan yozilgan? – “Sog’indim” radifli g’azali

9. Uvaysiy g’azalidagi “Vujudim dardga to’ldi, emdi darmonimni sog’indim” misrasida qanday ma’no anglashiladi? – dard – sog’inch, darmon – diydor

10. Uvaysiyning kecha-kunduz o’g’lining nomini takrorlab, uni o’ylab yurishi qaysi ifodada aks etadi? – tilimning zikri-yu, ko’nglimning fikri

11. Uvaysiyning majoziy chistoni? – Anor

12. Uvaysiyning oddiy chistonlari? – Yong’oq, Kun va tun

13. Muqayyad qofiya nima? – Raviy bilan tugallangan qofiya. Masalan “Anor” chistonidagi “nishon”, “makon”, “qon” qofiyadosh so’zlaridagi “n” undoshi raviy.

14. Mutlaq qofiya nima? – Raviydan keyin harflar kelgan qofiya mutlaq qofiya deyiladi. “Yong’oq” chistonidagi “boshida”, “qoshida” so’zlarida “sh” tovushi raviy hisoblanadi.

1. Zavqiy taxallusi bilan qalam tebratgan shoirning asl ismi nima? – Ubaydulloh

2. Zavqiy kimning yordamida “Madrasai Chalpak” va “Madrasai Oliy” madrasalarida kimning yordami bilan o’qidi? – Tog’asi Muhammad Siddiqning

3. Zavqiy madrasada tahsil olib yurgan paytlari qaysi taniqli shoirlar bilan tanishdi? – Muqimiy, Muhyi, Furqat, Nisbat, Muhayyir.

4. Zavqiyning she’rlari, maqolalari qaysi gazata va jurnallarda bosilgan? – “Turkiston viloyatining gazetasi”, “Sadoyi Farg’ona”, “Tirik so’z”, “Najot”gazetalarida hamda “Al-Isloh” jurnallarida bosilgan.

5. Zavqiyning o’z qo’li bilan tuzgan devoni hozirda qayerda saqlanadi?

– Xitoy Xalq Respublikasida yashayotgan avlodlari qo’lida saqlanmoqda.

6. Zavqiy asarlarining to’liq to’plami qachon nashrdan chiqqan? – 2003-yilda

7. Zavqiyning qaysi she’rlarida mustamlaka tuzumidagi ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik, chor ma’muriyati himoyasida bo’lgan ayrim nopok amaldorlarning kirdikorlarini fosh etilgan? – “Ajab zamona”, “ Qahatchilik”, “ Veksel”.

8. Zavqiy “Ta’rifli kalish”, “Otim”, “Fonus”, “Pashshalar” hajviyalarida nimani aks ettirgan? – U ijtimoiy hayotdagi ayrim nosozliklar, kishilar faoliyatidagi holatlar ustidan zaharxandalik bilan kuladi.

9. “Shohimardon xotirasi” she’ri kimning qalamiga mansub? – Zavqiy

10. Bu ravzaga kimki kelib,

Bir kechasi mehmon ekan,

Umrida bir ko’rgan kishi

O’lganda bearmon ekan. Parcha kimning qaysi she’ridan?

– Zavqiyning “Shohimardon xotirasi”

10. “Hardbon” so’zining ma’nosi? – narvon, zina.

11. “Pafiq” so’zining ma’nosi nima? – o’rtoq

1. Kimning ijodida Yassaviyning ta’siri, Navoiyga izdoshlik chizgilari yaqqol ko’zga tashlanib, asarlarida umumturkiy mushtarak g’oyalar, orzu-armonlar, sharqona ma’naviyat va yuksak ma’naviyat tarannum etilgan? – Maxtumquli

2. Maxtumqulining otasi qanday taxallus bilan qo’shiq va g’azallar yozgan? – Ozodiy

3. Ozodiyning “Va’zi Ozod” yirik ilmiy risola- dostonining umumiy hajmini ayting. – 6 ming misrali, 4 bobdan iborat.

4. Maxtumqulining taxallusi? – Firog’iy

5. Ushbu misralar kimning qaysi she’ridan olingan?

Qurganim aslida, bilgil, bu zaminning mixidir,

Erur ul erkin doim, budir turkman binosi.

Garki dunyo ayladi, gar kelsa raqib qoshiga,

Bir po’latdan bino bo’lgan, budir turkman qal’asi. – Maxtumquli “Turkman binosi

6. Maxtumquli qaysi she’rida yurt uchun eng katta saodat millat birligi , yakdilligi ekanligini alohida ta’kidlaydi? – Maxtumquli “Turkman binosi”

7. “Kel, ko’nglim, men senga o’git berayin:

Yiroq qilma ko’rar ko’zing-elingni.

Qimmatin ketkizma o’rnida so’zla,

Ravo ko’rma har nokasga tilingni”. O’gitlari muallifi kim?– Maxtumquli

8. “So’ziga javob ber har kim so’rasa,

O’zingni uzoq tut nomard yo’risa,

Bir miskin termulib yig’lab qarasa,

Baholama, tekin bergin molingni”. O’gitlari muallifi kim?– Maxtumquli

9. Qaysi ijodkor otasi vafoti munosabati, yaqin jigargo’shasi, birodari Abdullaning daraksiz ketgani, yori Menglixondan ayrilishi ta’sirida “Ozodim qani?” , “Abdulla” , “Ayrildim” , “Bechoraman” kabi she’rlarni yozgan? – Maxtumquli

10. “Gar kaklik oldirsa jo’ja –bolasin

Sayray-sayray izlamasdan bo’lurmi?

Gar bulbul yo’qotsa gulin, nolasin,

Hasratini so’zlamasdan bo’lurmi?” Ushbu she’r muallifi kim? Qanday voqea munosabati bilan yozilgan? – Maxtumquli. Sori va Ibrohim ismli o’g’illarining bevaqt o’limi munosabati bilan.

11. Yigit uldir, so’zga aylasa amal,

Qo’ldan kelmas ishga etmasa jadal,

Ollohning amriga qilmagil badal,

Bekka-saho, shohga-adolat. Ushbu parcha muallifi kim? –Maxtumquli

12. Maxtumquli ijodi qanday janrdagi asarlardan iborat?

– Lirik she’rlar, liro-epik dostonlar, g’azal, mumtoz she’riyat yo’lida hamda xalqona ohanglarda yozilgan to’rtliklar va muxammaslardan iborat.

Abdulla Qodiriy

1. A. Qodiriy birinchi marta qachon qanday ayb bilan qamoqqa olingan? – 1926-yil “sho’ro rahbarlarini matbuot orqali obro’sizlantirdi” degan uydirma ayb bilan.

2. Qaysi asar qahramoni “. onasining ” tilab-tilab olg’ani” emas va otasi ham uni “o’g’ilchag’a hisoblamag’an” edi? –“Mehrobdan chayon” romani qahramoni Anvar

3. “Chillasi charog’ ko’rmagan, yigirma kunlab beshikda ismsiz yotgan” qahramon kim? – Anvar

4. Anvarning otasi kim edi? – Salim bo’yoqchi

5. Anvarga ism qo’yish vazifasini kim qachon bajardi?

– 22-kunda 12 yoshli opasi Nodira

6. Anvar Solih maxdum oilasiga kelganda necha yoshda edi? – 12 yoshda

7. “Mehrobdan chayon” romanida “Kuyavlik uchun Anvardan yaxshiroq yigitni topolmassiz, Ra’nog’a xudoyim umr berib, bo’yi yetsa, albatta, Anvarga berdirgum” degan qahramon? – Solih maxdumning onasi Mohlaroyim

8. “Mehrobdan chayon” romanining “Chin o’rtoq” bobida nima haqida hikoya qilinadi? – Anvarning xon mirzaboshisi Muhammad Rajabbekning o’g’li Nasim bilan do’stlashishi

9. “Ochilmay so’lsa har gul g’unchasi pir-u juvon yig’lar,

Emas pir-u juvon, balki hama ahli jahon yig’lar.

Ajal yag’mogari bog’i zako ichra uzib zanjir

Rahmsiz ezsa ma’sum lolalarni chin xazon yig’lar”.

Ushbu bayt qaysi asardan olingan va qanday munosabat bilan yozilgan?

– “Mehrobdan chayon” romani, Anvarning marhum do’sti Nasimga atab yozgan marsiyasi.

10. Saroyda mirzaboshilik darajasiga erishgan Anvarni ko’ra olmagan kimsalar kimlar edi? – Mulla Abdurahmon, Shahodat mufti va Kalonshoh mirzo.

11. Roman voqealari rivojida faol ishtirok etgan Anvarning akasi va uning do’stlari? – Akasi Qobil, uning buxorolik do’stlari: Sharif, Rahim hamda qo’qonlik Safar bo’zchi.

12. Barimta so’zining ma’nosi? – Garovga olish

13. Ushbu parcha qaysi asrdan olingan? “Shayxi Sa’diy aytgancha, dunyoda hayotidan qo’l yuvguchidek tili uzun kishi bo’lmas. Darhaqiqat, insonni razolatga solguvchi uning manfaati taqozosi, qolaversa o’limdir. Bu ikkisidan kechguchiga esa podshohning qahri va jahannamning qa’ri farqsizdir”. – “Mehrobdan chayon”

14. “Mehrobdan chayon” romanida Anvar o’limga buyurilgan lavhada kimning harakatini jasorat sifatida baholash mumkin? – Muhammad Niyoz domla

15. “. siz ifloslik natijasida kulasiz, men. men to’g’rilik samarasini o’raman. Siz iflos vijdon bilan g’olibsiz, men sof vijdon bilan mag’lubman. ”

“Mehrobdan chayon” romani qahramoni Anvarning ushbu zaharolud so’zlari kimga qaratilgan?– Mulla Abdurahmonga

1. “Haq yo’li, albatta, bir o’tilgusi…” degan shoir kim? – A. S. Cho’lpon

2. Cholpon qachon va qayerda tug’ildi? – 1897-yil Andijon shahrining Qatorterak mahallasida

3. Cho’lponning otasi va onasi haqida? – Otasi Sulaymonqul mulla Muhammad Yunus o’g’li bo’lib, savdogarchilik bilan shug’ullangan. She’r yozib turgan. O’zi yozgan hajviy she’rlardan devon tuzganligi haqida ma’lumot bor. Onasi – Oysha aya, unchalik ma’lumotli bo’lmasa-da, xalq qo’shiqlari, ertaklarini yaxshi bilgan.

4. Cho’lpon qaysi tillarni mukammal bilgan?

– o’zbek, turk, fors, arab, rus tillarini bilgan.

5. Cho’lpon o’zbek adabiyotida qaysi janrga asos solgan? – roman dilogiya janriga

6. “Yorqinoy” dramasi qachon yaratilgan va kimning qalamiga mansub?

7. Cho’lpon kimlarning asarlarini tarjima qilgan? – V. Shekspir, A. Blok, M.Gorkiy, R. Thokur singari mashhur adiblar ijodidan tarjimalar qilgan.

8. Cho’lpon she’rlarini sanang? – “Go’zal”, “Xalq”, “Buzilgan o’lkaga”, “Binafsha”.

9. Ushbu parcha kimning qaysi she’ridan olingan?

Ey, tog’lari ko’klarga salom bergan zo’r o’lka,

Nega sening boshing uzra quyuq bulut ko’lanka? – Cho’lpon “Buzilgan o’lkaga”

10. O’zbek adabiyotida may, gul, burgut, chumoli ramzlari nimani anglatadi?

– May – hayot ramzi, gul – ma’shuqa ramzi, burgut mag’rurlik, chumoli – mehnatsrvarlik ramzi.

11. Cho’lponning “Go’zal” she’rida lirik qahramon sevikli yorini so’rab kimlarga murojaat qiladi? – Yorug’ yulduz, oy, tong shamoli, quyosh(kun)ga.

12. Ushbu parcha kimning qaysi she’ridan olingan?

Bir qo’zg’alur, bir ko’pirar, bir qaynar,

Bir intilur, bir hovliqar, bir o’ynar.

Yo’qlikni-da, ochlikni-da yo’q etar,

O’z yurtini har narsaga to’q etar… – Cho’lpon “Xalq”

13. Cho’lponning “Buzilgan o’lkaga” she’rida “nega”, “nima uchun” so’roqlari bilan necha marta murojaat qilinadi? – 11 marta “nega”; 9 marta “nima uchun”.

14. Cho’lponning go’zal she’ridagi Go’zal timsoli nimaning ramzi? – Ozodlik ramzi

15. Cho’lponning xalq she’ri qanday yakunlanadi?

Butun kuchni xalq ichidan olaylik,

Quchoq ochib xalq ichiga boraylik.

16. “Bir qo’zg’alur , bir ko’pirar, bir qaynar, Bir intilur , bir hovliqar bir o’ynar” misralarida nima tasvirlangan? – Xalqqa xos sifatlar

17. “Yo’qlikni-da, ochlikni-da yo’q etar, O’z yurtini har narsaga to’q etar. ” misralarida nima ifodalangan? – Xalqning yaratuvchilik qudrati

18. Ushbu parcha kimning qaysi she’ridan olingan?

Ko’m-ko’k, go’zal o’tloqlaring bosilg’on,

Ustlarida na poda bor , na yilqi,

Podachilar qaysi dorga osilg’on?

Ot kishnashi, qo’y marashi o’rniga

Bu nega? – Cho’lpon “Buzilgan o’lkaga” she’ridan.

19. Ushbu parcha kimning qaysi she’ridan olingan?

Kel, men senga qisqagina doston o’qiy,

Qulog’inga o’tganlardan ertak to’qiy.

Kel, ko’zingning yoshlarini so’rib olay…

Kel, yarali tanlaringni ko’rib olay, toyib olay…–Cho’lpon “Buzlgan o’lkaga”

20. Cho’lpon qanday yurtni “Buzilgan o’lka” deb ataydi?

– Mustamlaka asoratiga tushib qolgan va shunga ko’nikkan o’lkani.

21. Cho’lponning “Buzilgan o’lkaga” she’rida “Nega sening qalin tovushing “ket” demaydi ularga” satridagi “qalin” so’z qanday ma’noni anglatadi? – baland, yo’g’on.

22. “Salqin suvlar tog’dan quyi tusharkan,

Tomchilari yomg’ir kabi ucharkan,

Nima uchun yig’lar kabi ingraylar?

Yov bormi, deb to’rt tarafni tinglaylar?” Ushbu misralar kimning qaysi she’ridan olingan? – Cho’lpon “ Buzilgan o‘lkaga

23. “Hamoyil” so’zining ma’nosi? – Qo’ltiq tagidan o’tkazib taqiladigan yomon ko’zdan asrovchi toshli tumor, bezaktosh.

24. Sor so’zining ma’nosi nima? – Qarchig’aylar turiga mansub yirtqich qush.

25. “Nima uchun ag’darilgan , yiqilgan

Og’ir tojning zahar o’qi ko’ksingda?

Nima uchun yovlaringni bir zamon

Yo’q qilgunday temirli o’ch yo’q senda?” Ushbu misralar kimning qaysi she’ridan olingan? – Cho’lpon “Buzilgan o’lkaga”

26. Ko’chim nima? – so’zni ko’chma ma’noda qo’llash, yoki narsa hodisaga xos sifatlarni qaysidir jihati bilan shularga o’xshaydigan boshqa narsa -hodisalarga ko’chirish san’atidir.

27. Adabiyotshunoslik ilmida ko’chimning qanday ko’rinishlari bor? – majoz, istiora, ramz, timsol

28. Majoz nima? – adabiy asarda o’quvchiga noaniqroq bo’lgan tushunchani ko’pchilikka ma’lum bo’lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalashdir.

29. Ayrim ijtimoiy tabaqalarga xos xususiyatlarning hayvon obrazlariga ko’chirilishi nima deyiladi? Majoz. Gulxaniyning “Tuya bilan bo’taloq” , “Maymun bilan najjor”,”Toshbaqa bilan chayon” asarlari.

30. “Istiora” nima? – Istiorada biror narsa-hodisaga xos xususiyatlar boshqa narsa-hodisaga ko’chirish orqali badiiy ma’no ifodalaydi. Bu ko’chirish usulida tashqi o’xshashlik asosiy o’rin tutadi. Balki o’xshatilayotgan va o’xshatayotgan narsa-hodisalar orasidagi ichki mantiqiy bog’lanishga, yaqinlikka vazifalardagi umumiylikka tayaniladi.

31. Cho’lponnig “Binafsha” she’ridan olingan

Binafsha, sen uchun ko’kragim erk yeri,

Bu yerdan ko’klarga uchgil” misralarida ko’chimning qaysi turi mavjud? – Istiora, bunda “vatan” tushunchasi “ko’kragim” so’zi bilan, “ozod yurt” tushunchasi “erk yeri” so’zi bilan ifodalangan.

32. Ramz nima? – anglash murakkabroq bo’lgan mavhum ahloqiy sifatning shu sifatlarga ko’proq ega bo’lgan narsa va jonivorlar orqali ifodalanishi ramz deyiladi.

33. O’zbek adabiyotida may, gul, burgut, chumoli obrazlari qanday tushunchalarning ramzi? – May – hayot, gul – ma’shuqa, burgut – mag’rurlik, chumoli – mehnatsevarlik ramzi.

34. Ma’lumki, ko’p jihatda ko’chim o’xshatishga yaqin turadi. Ularning farqi nimada? – O’xshatishda o’xshagan narsa ham, o’xshatilgan narsa ham ifodalangan bo’ladi. Ko’chimda esa ba’zan o’xshagan narsa ifodalanmaydi va ma’no ifodalanagan narsaga ko’chirilgan bo’ladi.

21. Cho’lponning qaysi she’rida “ Tog’ egasi: sor, burgutlar qayerda?” – degan misra bor? – “Buzilgan o’lkaga”

26. “Binafsha , sen uchun ko’kragim erk yeri, Bu yerdan ko’klarga uchgil” Ushbu misradagi “ko’kragim” so’zi bilan qanday tushuncha ifodalangan? – Vatan tushunchasi

27. “Binafsha, sen uchun ko’kragim erk yeri, Bu yerdan ko’klarga uchgil”. Ushbu misradagi “erk yeri” so’zi qanday tushunchani ifodalaydi? – Ozod yurt tushunchasini

  1. M. Shayxzoda qachon va qayerda tug’ilgan?

2. 30-yillarda chop etilgan “O’n she’r”, “Undoshlarim”, “Uchinchi kitob”,”Jumhuriyat” to’plamlari kimning qalamiga mansub? – M. Shayxzoda

3. M. Shayxzodaning II jahon urushi yillarida yaratilgan she’riy to’plamlarini sanang?

– “Kurash nechun”, “Jang va qo’shiq”, “Kapitan Gastello”, “Ko’ngil deydi-ki”.

4. Urush yillarida M. Shayxzodaning qaysi tarixiy dramasi yaratildi? – “Jaloliddin Manguberdi” dramasi

5. M. Shayxzodaning urushdan keyingi tinch qurilish yillarida yaratilgan asarlari qaysi? – “O’n besh yilning daftari”, “Olqishlarim”, “Zamon torlari”, “Shu’la”, “Chorak asr devoni” she’riy to`plami to’plamlari, “Toshkentnoma” lirik dostoni, “Mirzo Ulug’bek” tragediyasi.

6. Do’stlar yaxshilarni avaylab asrang!

Salom” degan so’zning salmog’in oqlang.

O’lganga yuz soat yig’lab turgandan,

Uni tirigida bir soat yo’qlang! Ushbu to’rtlik muallifi kim? – M. Shayxzoda

7. Otalar udumi kelinlarga sep,

Omon bo’l” tilagi saodatga zeb.

Ko’priklar ustida “sen kimsan” demay –

Avval so’rashamiz: “Xo’sh, tinchlikmi?” deb. Ushbu to’rtlik muallifi kim? – M. Shayxzoda

8. Ushbu to’rtlik muallifi kim?

G’animat sanalur har lahza, har payt,

Aytganingni qilgin, qilg’usini ayt!

Go’zallik diyorin grajdani sen –

Yomonni yo’qotib, yaxshini ko’payt! – M. Shayxzoda

9. M. Shayxzodaning qaysi to’rtliklari shaklan oddiy, mazmunan teran falsafiy namunalar ekanligi bilan ajralib turadi? – “Qo’l va fikr”, “Uch do’st”.

10. M. Shayxzoda odamzodga ato etilgan g’ayrat, mehnat, bilimning birligidan olam yashnab ketishini qaysi to’rtligida ifoda etadi? – “Uch do’st”

11. M. Shayxzoda “Uch do’st” to’rtligida nimalarni “uch do’st” deb ataydi? – G’ayrat, mehnat, bilim.

12. G’ayrat,mehnat, bilim bilan o’tgan kunlar ma’noli, serzavq va nurli kunlardir. Hafta-oylar va hatto yil shunday bo’lsa, inson umri baxt-u saodatga to’la bo’ladi. Bu fikr M. Shayxzodaning qaysi she’rida ilgari suriladi?

– “Yillarning salomin yillarga eltib…”

13. Yo’llar va aqllar keltirsin quvonch,

Tog’day mahkam tursin shu Vatan – tayanch.

Va raqamlar tilga kirib kuylasin,

Tillar-chi: raqamday rostgo’y so’ylasin. Ushbu parcha kimning qaysi she’ridan olingan? – M. Shayxzoda “Yillarning salomin yillarga eltib”

14. “El netib topg’ay menikim, Men o’zimni topmasam” misra muallifi? –Navoiy

15. Yozuvchilarga nisbatan qanday tasviriy ifoda ishlatiladi?

– Inson qalbining injenerlari

Abdulla Qahhor

1. Abdulla Qahhor qachon va qayerda tug’ilgan? – 1907-yil 17-sentyabrda Qo’qonda

2. Abdulla Qahhor qaysi yili ishga keladi? – 1925-yil

3. A. Qahhorning bolaligi qaysi qishloqlarda o’tgan?

– Buvayda, Yaypan, Oqqo’rg’on, Qudash, Olqor.

4.“Qo’shchinor chiroqlari” romani muallifi kim va qachon yozilgan?

–A. Qahhor 1951-yil

5. Abdulla Qahhor ijodi qachondan boshlangan? – 1924-yil

6. Abdulla Qahhorning “Sarob” romani qachon yozilgan? – 1934-yil

7. Abdulla Qahhorning komediyalarini sanang. – “Shohi so’zana” (1951), “Og’riq tishlar” (1954), “Tobutdan tovush” (1962), “Ayajonlarim” (1967)

8. Abdulla Qahhorning qissalarini sanang.

– “Sinchalak”(1958), “Muhabbat” (1968), “O’tmishdan ertaklar” (1958).

9. “Qisqa so’zda ko’p ma’no ifodalash mahorati egasi” deb ta’riflangan adib kim? – Abdulla Qahhor

10. Abdulla Qahhor qachon va qayerda vafot etdi? – 1968-yil 25-mayda

11. “O’g’ri” hikoyasi kimning qalmiga mansub? – Abdulla Qahhor

12. “O’g’ri” hikoyasi epigrafi? – “Otning o’limi, itning bayrami”

13. “Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho’kizi yo’qolmasin” iborasi kimning qaysi asarida qo’llangan? – A. Qahhorning “O’g’ri” hikoyasi

14. Burunsiz ellikboshi qaysi asar personaji? – A. Qahhorning “O’g’ri” hikoyasi

15. “O’g’ri” hikoyasida qo’llangan iboralar va maqollar?

– “Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi”, “Quruq qoshiq og’iz yirtar”, “Berganga bitta ham ko’p, olganga o’nta ham oz”, “O’ynashmagin arbob bilan, seni urar har bob bilan”, “Otning o’limi, itning bayrami”.

16. “O’g’ri” hikoyasi qahramonlari? – Qobil bobo, kampir, ellikboshi, amin, pristav.

17. Pristavga atalgan uchta tovuq, yuzta tuxum kimga nasib qildi? – tilmochga

18. Pristavga nima tortiq qilindi? – bitta kulangir, bitta farangi tovuq, uch so’m pul.

19. Qaysi asar “Kampir tong qorong’usida turib ho’kizidan xabar oldi. O. Ho’kiz yo’q. ” deb boshlanadi? – “O’g’ri” hikoyasi

20. Ellikboshining og’ilga kirib qilgan harakatlaridan maqsad nima edi? –Ta’magirlik

21. “O’g’ri” hikoyasida “xudo yallaqagur” iborasi kimga nisbatan qo’llanilgan?

22. Ho’kizi yo’qolgan kampir “duoning zo’ri bilan qulf ochadigan” azayimxonga obdastagardon qildirish uchun nima olib bordi? – Yarim qop jiyda, uch yelpich tovoq jo’hori, ikki kalava ip.

23. “O’g’ri” hikoyasida Qobil boboni talagan so’nggi amaldor kim?

24. “Yaqin ikki haftadan beri ko’z ochirmayotgan kuzak shamoli yaydoq daraxtlar shohida chiyillaydi, g’uvullaydi; tomlarda vishillaydi, yopiq eshik va darchalarga bosh urib uf tortadi”. Kimning qaysi asari shu jumla bilan boshlanadi?

– A. Qahhor “Dahshat” hikoyasi

25. Ushbu parcha kimning qaysi asaridan olingan? “Ko’r oydin. Osmonning chekkasi sariq – kir uvadaga o’xshaydi. Bu kir shu`la qo’ynida past-baland uylar, shamolda egilayotgan, tebranayotgan daraxtlar qop-qora ko’rinadi”.

–A. Qahhor. “Dahshat” hikoyasi

26. “Dahshat” hikoyasida dodxoning uyi nima deb ta`riflangan? – “Tiriklar go’ristoni”

27. Hikoya qahramoni Unsun qo’rquvdan hushini yo’qotib qo’ymaslik uchun qaysi iborani takrorlaydi? – “O’likning joni yo’q”

28. “Dahshat” hikoyasida qanday g’oya ilgari surilgan?

– Inson qadri, shaxs erkinligi barcha narsadan ustun ekanligi

29. “Dahshat” hikoyasida Unsunga xayrixoh bo’lgan qahramon kim?

– Dodxoning to’ng’ich xotini Nodirmohbegim

30. Unsin Abdulla Qahhorning qaysi asari qahramoni?

– “Dahshat” hikoyasi qahramoni

31. Unsinning yosh joniga rahm qilinishini so’rab dodhoga yalingan va kaltaklangan ayol kim? – Nodirmohbegim

32. Dodho so’zining ma’nosi? – ariza qabul qiluvchi amaldor, mingboshi

33. Sakkiz xotinlik Olimbek dodho kimning qaysi asari qahramoni?

– A. Qahhorning “Dahshat” hikoyasi qahramoni

34. A. Qahhorning tugallanmay qolgan qissasi? – “Zilzila”
Mirtemir

1. Jarangdor sochmalari bilan XX asrning 20- yillarida juda mashhur bo’lgan ijodkor kim? – Mirtemir

2. “1910- yili bug’doy o’rog’ida shu qishloqda tug’ilibman. Otam – dehqon va chorvador, ona tomondan bobom mulla, maktabdor. Men 1-2 yil shu bobom maktabida o’qidim”. Ushbu parcha kimning tarjimai holidan olingan? – Mirtemir

3. Ushbu parcha kimning tarjimai holidan olingan? – “Men tug’ilgan qishloqning kunbotarida qadim Turkiston shahri, janubida O’tror, Boybalk xarobalari va Yassi, Suyri qal’alaridan qolgan kultepalar, undan nari Sirdaryo…” – Mirtemir

4. “Bu men tug’ilgan tuproq” she’rida uchramaydigan tasvir? –Do’stlar bilan sayohat.

5. “Odam bo’ldimmi menam?

Ha, odam sanashar meni elimda.

Senga qilolmagan xizmatim,

Sen deb chekolmagan zahmatim” – misralari kimning qaysi she’ridan olingan? – Mirtemirning “Onaginam” she’ridan olingan.

6. Ushbu parcha qaysi ijodkor qalamiga mansub?

– “1910-yili bug’doy o’rog’ida shu qishloqda tug’ilib

man. Otam – dehqon va chorvador, ona tomondan bobom mulla, maktabdor. Ota tomondan bobom –uzun bo’ylik, polvon jussalik, qizil yuzli odam edi. Ona tomondan bobom – o’rta bo’yli, charaqlagan qora ko’zli, qora va chechan odam edi. Men bir-ikki yil shu bobom maktabida o’qidim”. – Mirtemir

7. Ushbu parcha kimning qaysi she’ridan olingan?

Yo non yopishing uchun,

Hatto bir yo’la bir kun

Sahrodan o’tin orqalab kelmagan bolangman…–Mirtemir. “Onaginam” she’ri.

8. Ushbu parcha kimning qaysi she’ridan olingan?

Seni jindak xushvaqt qilgani,

Seni jindak xushbaxt qilgani,

Tagsiz jarlardan o’tolmaganim,

Seni so’nggi yo’lga o’zim kuzatolmaganim –

Abadiyatday cheksiz armon bo’lib qoldi dilimda, onaginam!

– Mirtemir “Onaginam” she’ri

9. “Burmalik ko’ylak ham nimcha-yu g’ijim, Sirg’alar sandiqqa tushdi. Bardosh bu…” satrlari orqali qanday ma’no anglashilgan?

– Urush sharoitida bezak, kiyimlar ko’ziga yomon ko’ringanligi

Ernest Seton-Tompson

1. Ernest Seton-Tompson qachon qayerda tug’ilgan? – 1860-yil 14-avgustda Angliyada tug’ilgan.

2. “Qish olis-olis bo’ldi. Nihoyat, martda chinakam ko’klam keldi, kun charaqlab ketdi, tevarakdagi qorlar eriy boshladi, osmon tiniqdan tiniq, zangori bo’ldi. Shunda jajjigina bir qushcha uyimiz oldidagi terakka kelib qo’ndi-da, ohista-ohista sayradi… Shunda men birdan o’pkam to’lib, yig’lab yubordim”.

Ushbu fikrlar kimning tarjimai holidan? – Seton Tompson

3. “U avval rasmlar chizdi. Rassom bo’lmoqchi bo’ldi. Qator-qator rasmlar chizdi. Rasmlarni ko’rgazmaga qo’ydi…” Ushbu fikrlar kimning tarjimai holidan? – Ernest Seton-Tompson

4. Tabiatga ziyrak animalist rassom, sinchi adib, nuktadon olim ko’zi bilan qaragan adib kim? – Ernest Seton-Tompson

5. Badiiy adabiyotda birinchi bo’lib jonivorlarni badiiy asarning bosh qahramoni qilib olgan ijodkor kim? – Ernest Seton-Tompson

6. Ernest Seton-Tompson qalamiga mansub asarlarni sanang. – “Men bilgan jonivorlar”, “Quvg’indilar taqdiri”, “Hayvonlar – qahramonlar”, “Mitti yovvoyilar”, “Rolf o’rmonda”, “Kreg – kuteney qo’yi”.

7. Ernest Seton-Tompsonning qaysi kitobi uning nomini olamga yoydi?

– “Jonivorlar haqida hikoyalar”

8. “Kitob qolma-qo’l o’qildi, tik turib o’qildi, ovoz qo’yib o’qildi, kecha-yu kunduz o’qildi. Kitobni butun dunyo o’qidi”. Ushbu fikrlar kimning qaysi asari haqida? – Ernest Seton-Tompsonning “Jonivorlar haqida hikoyalar” asari haqida.

9. Ernest Seton-Tompsonni “Atlantik Monsli” jurnalida tanqid qilib chiqqan adib kim edi? – AQSHning o’sha davrdagi mashhur adibi Jon Berrous edi.

10. E. S.Tompsonga to’plagan ulkan hayotiy manbalariga asoslanib asar yaratishni maslahat bergan kim? – AQSHning o’sha vaqtdagi prezidenti Teodor Ruzvelt

11. Ernest Seton-Tompson Teodor Ruzveltning maslahatiga binoan qaysi asarini yaratdi? – Ikki jildlik “Shimoliy hayvonlar hayoti” nomli asarini

12. Seton-Tompson qaysi asari uchun “Alanga medali” oltin mukofotini oldi?

– “Shimoliy hayvonlar hayoti” asari uchun

13. Ernest Seton-Tompson qaysi asari uchun Amerikada eng yaxshi ilmiy ishlar uchun beriladigan “Eliot” oliy darajali oltin medaliga sazovor bo’ldi?

– “Yovvoyi hayvonlar hayoti”

14. Ernest Seton-Tompson asarlarining tarjimoni kim? – Tog’ay Murod

15. “Yovvoyi yo’rg’a” asarida “Shu yo’rg’ani ushlab olmasam, odam emasman!” – degan qahramon kim? – Kurka Iz (qari Tom)

16. “Yovvoyi yo’rg’a” asarida yovvoyi qora ayg’irni otib o’ldirish imkoni bo’la turib undan foydalanmagan qahramon kim? – Jo Kalon