Press "Enter" to skip to content

Abituriyent — 2017: Ona tili va adabiyot fanidan murakkab testlar

“U qalbida yuksak insoniy muhabbat tug‘yon urgan bir inson edi! Menimcha, uning sevgisi biror kishiga ishqi tushib, o‘sha odamga ato qilingan sevgi emas, balki insonni yaratib, uni kamolga yetkazgan keng olamga, yorug‘ dunyoga bo‘lgan cheksiz, jo‘shqin sevgi edi! Ha, u bu sevgini o‘z qalbida ardoqlab saqlagan, ana shu sevgi bilan yashagan edi”.
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?

10 sinf ona tili fanidan 3 choraklik testlar

6-sinf Biologiya 1-chorak Test muallifi: Xatirchi tuman 54-maktab Biologiya fani o’qituvchisi Rashidov Maqsud Ismi familiyangizni kriting! 1 / 25 Gulli o’simliklar bundan necha m.l.n yil oldin paydo bo’lgan?

Biologiya (6-sinf) | Eng so`nggi testlar

Maktabning 6-sinf o`quvchilar uchun biologiya fanidan onlayn olimpiada testlari.

6-sinflar uchun biologiya fanidan choraklik testlar

Barcha fanlardan testlar arxivi. 6-sinflar uchun biologiya fanidan choraklik testlar. Подробности. Автор: root root. Родительская категория: Разработка уроков. Категория: Testlar (Тесты). Опубликовано: 29 Сентябрь 2017. Просмотров: 2981.

Biologiya fanidan online testlar. Biologiya testlar. | Abiturtest.uz

5-6-7-8-9-10-11 sinf biologiya fanidan mavzulashtirilgan testlar to’plami.

6- sinflar uchun botanika fanidan test savollari – Biologiya – Testlar.

The best educational portal. Главная » Файлы » Testlar » Biologiya. 6- sinflar uchun botanika fanidan test savollari.

Тесты по биологии 5-6-7-8-9-10-11 класс » BELLASHUV.UZ

8-biologiya-fanidan-test-8-sinf.doc [29,5 Kb].

6-sinflar uchun Biologiya fanidan test savollari

Bog’liq 6-sinf uchun Biologiya fanidan TEST 7-sinf uchun 7-NI, 6-sinf uchun 7-NI.

6-sinf biologiya fanidan 1-2-3-4 chorak testlar. Choraklik testlar.

6-sinf botanika biologiya fanidan choraklik testlar to’plami.

Biologiya (botanika) fanidan testlar 6 sinf javoblari bilan | Biologiya.

6 sinf biologiya (botanika) fanidan testlar 10 скачать.

5-6-7-8-9-10-11-sinflar uchun biologiya fanidan testlar to’plami

5-6-7-8-9-10-11-sinflar uchun biologiya fanidan barcha mavzulardan testlar, mavzulashtirilgan testlar, barcha choraklar uchun choraklik testlar, savollar to’plamini, bilim bellashuvi uchun testlar va ma’lumotlar yuklab oling.

10 sinf ona tili fanidan 3 choraklik testlar

Abituriyent — 2017: Ona tili va adabiyot fanidan murakkab testlar

Bilimingizni sinab ko‘ring!

Created by Asror Abdunazarov (User Generated Content*) User Generated Content is not posted by anyone affiliated with, or on behalf of, Playbuzz.com.

On Jun 23, 2017

Quyidagi so‘zlardan nechtasi imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan?

Zarxal, zahira, xujumchi, horg‘in, hushyorxona, iyerarxiya, jaxannam, jamiki.

Qaysi qatordagi gapda asosi fonetik o‘zgarishga uchragan yasama so‘zlar soni boshqalariga nisbatan ko‘proq?

Kelib og‘zin ochar, tishlab qochar

Jismoniy va ma’naviy jihatdan yoshlarimizni yetuk qilib tarbiyalash shu kunning bosh vazifasidir

Dor qurilgan maydonda bolalar arqonlarga osilib o‘ynamoqda

Bir mahal bola yig‘ladimi yo tashqarida shamolning guvillashi aralash dahshatli bir faryod qulog‘iga kirdimi, anglay olmay qoldi.

“Binobarin” so‘zining turkumi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Yasalish asosi va yasalma bir so‘z turkumi doirasida bo‘lgan yasama so‘zlar qatorini aniqiang.
1) yuzaki; 2) tinchlik; 3) itoatkor; 4) zargar; 5) notekis; 6) bekinmachoq; 7) choyxo‘r; 8) yig‘in.

Quyidagi so‘zlardan nechtasi omonimlik xususiyatiga ega?
yoz, o‘t, ol, yon, bor, til, soch, tut, tik, yosh, qo‘y, ko‘k, bosh, asl, adib

Noto‘g‘ri hukmni belgilang.

Hamma, bar, hech, bir, qay, u, bu, shu, o‘sha so‘zlari o‘zidan keyingi yoki oldingi so‘zdan ajratib yoziladi

Sifat oldidan kelib, belgining ortiq yoki kamligini bildiradigan so‘zlar ajratib yoziladi

Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi

Davlatlarning, davlat oliy tashkilotlari va mansablarining, xalqaro tashkilotlarning nomidagi birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi

Berilgan matnda olmoshning nechta ma’no turi qatnashgan?
Biz kelajagi buyuk Vatanning farzandlarimiz. Bu Vatan bizning qadimiy tuprog‘imiz. Asrlar qa’ridan kelayotgan munavvar tonglarga ko’krak ochgan o‘z diyorimiz. Biz uni sevamiz, ardoqlaymiz. Uning qudrati, shon-shuhrati, erk-u farovonligi yo‘lida xizmat etish bilan baxtlimiz.

Qaysi qatorda tinish belgisi qo‘llash bilan bog‘liq xatolikka yo‘l qo‘yilmagan?

Hovlini supurish: idish-tovoqlarni yuvish o‘shaning bo‘ynida

Maksimichning qo‘lidagi pidjagi g‘ijimlangan; o‘zi terlab, bug‘riqib ketgan edi

Rostini aytsam, o‘zim ham unchalik yomon bola emasman

Bizning sinfimiz — sakkizinchi

O‘sha yillar. mashoq terar edik, mol boqardik, g‘o‘za jo‘yakka kultivatsiya yurgizardik.

Ushbu gap turi qaysi qatorda to‘gri ko‘rsatilgan?

bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap

bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap

qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap

aralash murakkab qo‘shma gap

Qaysi qatorda “Ilon o‘chi” asari bilan bir xil janrda yozilgan asar berilgan?

“Qishloq hukm
ostida”

“U qalbida yuksak insoniy muhabbat tug‘yon urgan bir inson edi! Menimcha, uning sevgisi biror kishiga ishqi tushib, o‘sha odamga ato qilingan sevgi emas, balki insonni yaratib, uni kamolga yetkazgan keng olamga, yorug‘ dunyoga bo‘lgan cheksiz, jo‘shqin sevgi edi! Ha, u bu sevgini o‘z qalbida ardoqlab saqlagan, ana shu sevgi bilan yashagan edi”.
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?

Homiladorlik testi: qachon va qanday foydalanilishi, turlari va onlayn test

Homiladorlik testi — homiladorlikni aniqlashning eng qulay va oson usuli sifatida keng qoʻllanilib kelinmoqda. Bundan tashqari, homiladorlik testi turlari aniqligi jihatidan ham homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarning “Men homiladormanmi?“ kabi savollariga aniq javob topishda ham muhim rol oʻynaydi. Homiladorlikni aniqlashning soʻrovnomaga asoslangan onlayn homiladorlik testi kabi usullari ham mavjud. Lekin ular obyektiv belgilarga koʻra natija berganligi uchun ishonchlilik darajasi biroz past. Oddiy homiladorlik testlari esa, agar yoʻriqnomaga muvofiq toʻgʻri oʻtkazilsa, ishonchlilik darajasi 99 foizgacha yetishi mumkin.

Bugun biz ushbu maqolamiz orqali har bir homiladorlikni rejalashtirayotgan juftliklar hayotida kuzatiladigan, ularni qaysidir maʼnoda qiynaydigan savollarga imkon qadar javob berishga harakat qilamiz. Shuningdek, homiladorlik qanday kechishi to’g’risida ko’proq ma’lumotga ega bo’lmoqchi bo’lsangiz, bunda sizga bizning homiladorlik kalendari to’g’risidagi maqolamiz yordam beradi. Agar maqola orqali oʻzingizni qiziqtirgan savollaringizga javob topolmasangiz, savolingizni maqola soʻngida izoh sifatida saytimizda yozib qoldirishingiz mumkin. Shifokorlarimiz siz qoldirgan savollaringizga javob berishadi.

Homiladorlik testi qanday ishlaydi?

Foto: Google Photo

Shifokor konsultatsiyasi

Analiz va muolajalar

Barcha homiladorlik testlari, ularning narxi va tashqi koʻrinishidan qatʼiy nazar bir xil tamoyil asosida ishlaydi — Ularning barchasi peshobdagi “homiladorlik gormoni” – xorionik gonodotropinni (XG) miqdoriga qarab oʻzgaradi. Agar siydikda XG miqdori testning sezuvchanligi darajasi uchun yetarli boʻlgan miqdorda boʻlsa, test yuzasidagi kimyoviy preparat hamda gormon oʻrtasida kimyoviy reaksiya boshlanadi. Agar siydikda gormon yoʻq boʻlsa yoki uning miqdori yetarli darajada boʻlmasa, reaksiya yuzaga kelmaydi va natija salbiy hisoblanadi. Bu gormon organizmda homiladorlik boshlanishi bilanoq siydik bilan ajralib chiqishni boshlaydi.

Testni jinsiy aloqadan so‘ng yoki hayz ko‘rish tugagandan keyin darhol ko‘rish hech qanday natija bermasligi mumkin. Chunki XG ayol organizmida 10-15 kunlardagina homiladorlik testi orqali seziladigan darajaga yetishi mumkin.

Agar kutishga toqat qila olmasangiz, qoningizdagi xorionik gonadotropin (XG) miqdorini tekshirtirishingiz mumkin. Bu xorionik gonadotropinning peshobda hosil boʻlishidan koʻra tezroq va aniqroq aniqlash yoʻlidir.

Homiladorlik testi qachon qilinadi?

Hayz sikli muntazam boʻlgan ayollar homiladorlik testini navbatdagi hayz kelish muddatining ilk kunlaridan oʻtkazishlari mumkin. Agar navbatdagi hayz kelishi muddatini aniq bilmasa yoki nomuntazam hayz davriga ega boʻlsa, oxirgi himoyasiz jinsiy aloqaga kirishgan kuningizdan kamida uch hafta oʻtib, test oʻtkazish maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, testni kunning istalgan vaqtida oʻtkazish mumkin, aynan ertalab boʻlishi shart emas. Lekin baʼzi mutaxassislarning taʼkidlashicha, testlar ertalab oʻtqazilganda samaraliroq hisoblanar ekan. Chunki tunda peshobning yigʻilishi hisobiga, homiladorlik mavjud boʻlganda undagi XG miqdori test uchun zaruriy darajaga yetishi mumkin.

Homiladorlik testi qanday ishlatiladi?

Test oʻtkazish sizdan, atigi 5 daqiqa talab qiladi xolos. Peshobni biror-bir idishga yigʻish va unga testni botirish bilan, 10-30 soniya kutish kifoya. Yoki peshob ajratish vaqtida test uchiga peshobni tomizib ham aniqlasa boʻladi. Albatta, testdan foydalanishdan oldin maxsus yoʻriqnoma bilan tanishib chiqishni unutmang, chunki testlar ishlash tamoyili jihatidan bir xil boʻlsada, natijani aniqlash aniqligiga koʻra bir-biridan farqlanadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Klimaks – yangicha hayot

Test o‘tkazishdan avval:

  • Testni imkon qadar tongda o‘tkazing. Agar ertalab peshob olish imkoni bo‘lmasa, kunning istalgan vaqtida siydik pufagida kamida 4-5 soat saqlangan peshobdan foydalaning, chunki uning tarkibida XG ko‘p to‘plangan bo‘ladi;
  • Baʼzi bir dori preparatlari (bepushtlikka qarshi va tarkibida XG saqlovchi preparatlar) qabul qilish natijani oʻzgartirishi mumkin, shuning uchun yoʻriqnoma bilan tanishib chiqish zarur;
  • Test oʻtkazishdan oldin koʻp suyuqlik ichmang, chunki suv siydikni suyultirib yuborib, uning tarkibidagi gormon miqdorlarini oʻzgartirishiga sabab boʻladi.

Agar test bir necha bor takror oʻtkazilganda ham inkor natijani beraversa, lekin siz homiladorlik belgilarini oʻzingizda sezsangiz ginekolog bilan maslahatlashing, chunki bachadondan tashqari homiladorlik vaqtida XGning konsentratsiyasi past koʻrsatkichlarda boʻlib test uni aniqlay olmasligi mumkin.

Homiladorlik testi turlari

Chiziqli qog‘oz testi

Foto: Livestrong.com

Homiladorlik testi turlari ichida bu kabi homiladorlik testi ishlatish jihatdan juda oson, tuzilishi jihatdan ham ancha sodda. Natijani bilish uchun faqatgina o‘ramdan birgina chiziqli qog‘oz olib, uni siydik bilan to‘lgan idishga 10-30 soniya botirish kifoya.

Homiladorlik testidan foydalanish qoidalari:

  • Avvalo ertalabki siydikni toza idishga toʻplab, test belgilangan chegaragacha suyuqlikka tushiriladi;
  • Suyuqlikda 10-30 soniya ushlab turiladi;
  • Soʻng chiqarib olib, quruq yuzaga qoʻyiladi.

Natija siydikdagi gormon konsentratsiyasiga qarab 1-10 daqiqa ichida namoyon boʻladi.

Ushbu homiladorlik testi kamchiliklari:

  • Siydik – faqatgina ertalabki bo‘lishi kerak;
  • Agar idishga olingan peshobga emas, oqib turgan peshobga qog‘oz tutilsa natija xato chiqishi mumkin.
  • Agar ko‘proq yoki yetarlicha ushlanmasa ham natija xato chiqishi mumkin.
  • Homiladorlik testi turlari ichida ushbu test yupqa bo‘lganligi uchun tez shikast yetishi mumkin. Masalan, qog‘oz yirtilib ketishi, yoki uning bo‘yoqlari (shkalasi) bo‘yalib ketishi mumkin.

Planshet test

Homiladorlik testi turlari ichida planshet test qo‘llash uchun qog‘oz testga qaraganda ancha qulay, ammo narxi biroz qimmatroq. Testining ishlash prinspi yuqoridagi kabi, lekin bunda tongi peshobni maxsus kassetaga tomchilatish kerak va 3-7 daqiqa davomida kutib, natijani baholaysiz.

Testning qulay taraflari peshobni idishga yig‘ishingiz shart emas, shunchaki peshobni pipetka yordamida maxsus kassetaning yuza qismiga tomizasiz. Bu bilan testni ortiqcha ushlab turish muammosidan qutulasiz.

Testda 2 ta tokchasi bor: biriga peshob solinsa, ikkinchisi natijani ko‘rsatadi.

Tomchili test

Foto: HealthyWay.com

Tomchili usul eng aniq va qulay usullardan biri hisoblanadi. Bu usulni kunning har qanday qismida o‘tkazsangiz bo‘ladi, asosiysi peshob siydik qopida 4-5 soat davomida saqlangan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, bu usul homiladorlik testi turlari ichida gigiyenik jihatdan ham ancha qulayligi bilan ajralib turadi. Chunki peshobni idishga yig‘ish yoki tomchilatib tomizish talab etilmaydi, shunchaki testing maxsus uchini peshobga bir necha soniyaga tutib tursangiz bo‘ldi.

Test uchi peshob bilan ho‘llangandan keyin uni qalpoqchasi bilan yopib qo‘yish kerak (test qutisida bo‘ladi). Natijani esa, 3-5 daqiqadan keyin aniqlab olsa bo‘ladi. Tomchili usul yuqoridagilarga qaraganda sifatliroq, chunki testning sterjeni toladan qilingan, u suyuqlikni reaktivga oson o‘tkazadi.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Bachadon miomasi – sabablari, turlari, tashxislash va davolash

Raqamli test

Foto: Clearblue.com

Elektron raqamli testning ishlash tamoyili yuqoridagi testlardan farq qilmaydi. Farqi shundaki, natijani qayd etganda siz “+” homiladorlik va “-“ homilador emas belgisini koʻrasiz. Ushbu homiladorlik testi kunning istalgan vaqtida oʻtkazilishi mumkin. Test sterjenini peshobda ushlab turib yoki peshob yigʻilgan idishga solishingiz ham mumkin, oʻzingizga qulay usulni tanlayverasiz. Aynan elektron raqamli test erta homiladorlikda aniq natijani koʻrsatib beradi. Natija yana ham aniq chiqishi uchun tongi peshobni tanlaganingiz maʼqul.

Testning narxi uning aniqlik darajasini koʻrsatib bermaydi, birinchi navbatda testning yoʻriqnomasi bilan tanishib chiqish zarur. Hattoki, eng qimmat va sifatli testlar ham test oʻtkazishda xatoga yoʻl qoʻyilsa, kutilgan natijani bermasligi mumkin.

Testi natijalari aniq bo‘lishi uchun necha marta test o‘tkazish kerak?

Agar homiladorlik testi yoʻriqnomalarga muvofiq, xatolarsiz bajarilgan boʻlsa, natijani 99 foiz aniq koʻrsatadi. Test ijobiy natijani koʻrsatgan kundan 2-3 kun oʻtib, test yana takroriy oʻtkazilsa, natijaning yana-da aniqligidan dalolat beradi.

Homiladorlik testi adashishi mumkinmi?

Yoʻriqnomaga asosan, muddati oʻtmagan hamda tavsiya etilgan oʻtkazilgan homiladorlik testi, odatda toʻgʻri natija beradi. Biroq tanlangan testlarning sezuvchanligi past boʻlsa yoki butunligiga shikast yetgan boʻlsa, koʻrsatmalarga muvofiq bajarilmasa, navbatdagi hayz tugashi muddatiga yetmasdanoq shoshma-shosharlik bilan bajarilgan test yolgʻon salbiy natija koʻrsatishi ham mumkin.

Homiladorlik boshlangan, lekin testning shkalasi musbat natijani koʻrsatmayapti yoki juda sust. Bunga sabab testning xorionik gonadotropin (XG)ni sezuvchi indikatori ishdan chiqqani yoki test yoʻriqnomada koʻrsatilganidek toʻgʻri oʻtkazilmaganligidir.

Agar test yoʻriqnomasida tongi peshob, och qoringa, 3-5 daqiqa ushlab turish va sterjenni kerakli darajada ushlash zarur deyilgan boʻlsa, yoʻriqnoma boʻyicha ish tuting. Shunda homiladorlik testining xatoliklarsiz, aniq natija koʻrsatishiga erishish mumkin.

Baʼzida homiladorlik boʻlmaganda ham homiladorlik testi musbat natijani koʻrsatishi mumkin. Bunday holat kamdan-kam hollarda kuzatiladi. Bunga asosiy sabab testning sifatsizligida yoki saqlanish qoidalari buzilganligida yo uning yaroqlilik muddati tugaganiligida. Birinchi test musbat bersa ham keyingi testlar inkor natija berishi mumkin.

Xorionik gonadotropin (XG) gormoni baʼzi jiddiy patologiyalarda ham koʻpayishi mumkin, masalan gormonga talabchan oʻsmalarda. Bunda testda xatolik boʻlmaydi. Tibbiy abort yoki homila tashlashdan keyin ham XG miqdori yuqori saqlanib turadi, shunday paytlarda ham test adashishi hamda yolgʻon musbat natija koʻrsatishi mumkin.

Homiladorlik testi natijasi salbiy, lekin homiladorlik belgilari mavjud — qanday yoʻl tutish kerak?

Agar oʻzingizda homiladorlik belgilarini sezsangiz, lekin test qayta-qayta inkor natija bersa, bunga quyidagi holatlar sabab boʻlishi mumkin:

  • Test yoʻriqnoma boʻyicha qilinmagan;
  • Testning yaroqlilik muddati tugagan;
  • Homiladorlik testi qandaydir kasallik paytida oʻtkazilgan;
  • Test uchun olingan peshob eski yoki suyulib ketgan;
  • Homiladorlik testi hayz sikli buzilgan holatda oʻtkazilgan;
  • Test homiladorlikning erta kunlarida oʻtkazilgan boʻlsa, yaʼni XG yetarlicha sintezlanmagan;
  • Bachadondan tashqari homiladorlik va boshqa patologiyalar.

Ushbu maqolani ham o‘qing: Homiladorlik taqvimi: 4-hafta

Agar homiladorlik belgilari sezilib, test inkor natija beraversa, bazal haroratni oʻlchang. Agar u 37 gradusdan yuqori boʻlsa, haqiqatdan ham homiladorlik boshlangan boʻlishi mumkin. Bunga aniqlik kiritish uchun testni yana 2-5 kundan soʻng qayta oʻtkazish kerak. Shunda ham test inkor natija bersa, qon analizi yoki UTT orqali holatga oydinlik kiritish mumkin.

Homiladorlik testi musbat natija koʻrsatgan boʻlsa, biz sizni yangi olamga tashrif buyurganingiz bilan tabriklaymiz. Endigi qadam shifokor koʻrigidan oʻtib, homilador sifatida roʻyxatga qoʻyilishingiz hamda davriy tekshiruvlardan oʻtib turishingiz kerak.

Agar homiladorlik testi manfiy natija koʻrsatsa, hech xavotirlanmang. Yuqorida taʼkidlanganidek, shifokor koʻrigidan oʻting hamda aniq maʼlumotga ega boʻling. Shifokor koʻrigida tekshiruvlardan soʻng ham homiladorlik tasdiqlanmasa, stressga tushmang.

Zero, stress va xavotir homilador boʻlishingizga xalaqit berishi mumkin. Shuning uchun shifokor bilan bamaslahat ish tuting.

Onlayn homiladorlik testi

Homiladorlikning ilk kunlarida ayollar oʻzlaridagi turli oʻzgarishlarni payqashlari mumkin. Masalan, hayzning doimiy muddatidan kechikishi, ogʻriqlar, koʻkraklarda yumshoqlik hamda sezgirligining oshganligini, koʻngli aynib qayt qilishgacha borishi, charchoq va uyquchanlik kabi belgilarni sezishlari mumkin. Aynan shu belgilar bor yoki yoʻqligiga asoslangan holda onlayn homiladorlik testi ishlaydi.

Onlayn homiladorlik testi oddiygina savol-javob shaklidagi soʻrovnoma boʻlib, homiladorlik testini oʻtqazishgacha boʻlgan davrda sinab koʻrish mumkin. Lekin yuqorida taʼkidlanganidek, onlayn homiladorlik testi soʻrovnomaga asoslanganligi uchun natijaning toʻgʻriligi yuqori emas. Shuning uchun, albatta onlayn homiladorlik testi natijasi qanday boʻlishidan qatʼiy nazar oddiy homiladorlik testini oʻtkazing.

Diqqat, yuqoridagi viktorina tibbiy maslahat yoki dalil oʻrnini bosmaydi. U faqat maʼlumot berish uchun moʻljallangan. Iltimos, oʻzingizni homilador hisoblansangiz, albatta oddiy homiladorlik testini oʻtkazib, shifokor qabuliga boring.

Homiladorlik testi to’g’risidagi savollarga javob

Savol: Assalomu alaykum. Men homilador bo‘lishni rejalashtirdim. Lekin bu oy ham hayz ko‘rdim. Ammo tez-tez qornim ochyapdi, ko‘nglim ayniyapti hayz ko‘rib ham homilador bo‘lish mumkinmi? Homila bor yo‘qligini qancha vaqt ichida aniqlasa bo‘ladi? Javobingiz uchun rahmat.

Javob: Vaalaykum assalom. Yo‘q, agar har doimgidek hayz ko‘rgan bo‘lsangiz, siz homilador bo‘lmagan bo‘lasiz. Aniq bilish uchun UTTga tushishingiz kerak. Homila homiladorlikning 4-5 haftaligida bilinadi. 4-5 hafta — bu sizni oxirgi hayz kuningizdan boshlab hisoblanadi. Tavsiyamiz ginekologga ko‘rining.

Bo’lajak onalarda vitaminlar yetishmasligi holatini yengish uchun eng ko’p ishlatiladigan vitamin komplekslaridan biri Alfavit mamino zdorovyedir.

Alfavit mamino zdorovye bu – 500 mg dan, bir qadoqda 60 dona vitamin va mineral kompleksli tabletkalar.

Tabletkalar tarkibi: Yod, Foliy kislotasi, D-pantenol (B5 vitamini), B1 vitamini, B12 vitamini, B2 vitamini, B6 vitamini, S vitamini, PP vitamini, A vitamini (palmitat shaklida), temir, kalsiy, magniy, mis, xoletsalsiferol (D3 vitamini) ), Xrom, rux, biotin, E vitamini, marganets, K vitamini, L-taurin, molibden

Homilador ayollarda qo’llaniladigan boshqa vitaminlar: Elevit, Komplivit, Foliy kislotasi, Vitarich va hk.

*Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar mavjud. Ishlatishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi

Kunlardan bir kun Xorazm yurtining podshohi mamlakatda eng chiroyli so‘z aytish bahsini o‘tkazmoqchi bo‘libdi. O‘sha kundan boshlab chiroyli so‘z, go‘zal so‘z degan gaplar odamlarning og‘zidan tushmay qolibdi. >>>>

Qalam va sichqon

23.09.2020 Bahrom 58 016 ko‘rishlar

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Oddiygina bir qalam bo‘lgan ekan. Bir kuni uning egasi Valijon qalamini stol ustida unitib qoldiribdi. Paytdan foydalangan sichqoncha inidan chiqib qalamni tishlab olib qochmoqchi bo‘libdi. >>>>

Quyonning labi nega tirtiq?

02.05.2020 Bahrom 22 827 ko‘rishlar

Bir kun quyonlar baland bir qarag’ay tagiga to’planib o’zlaricha masla- hat qilishibdi. Ular kuyib-pishib, har qaysisi o’z taqdiridan nolibdi. >>>>

Tulki bilan chumoli

12.04.2020 Bahrom 39 387 ko‘rishlar

Tulki bilan Chumoli do’st bo’lib bug’doy sepishibdi. Ayyor Tulki har kuni qornim og’riyapti, boshim zirqirayapti degan bahona bilan dalaga chiqmabdi. Chumolining bir o’zi ertadan-kechgacha ishlab suv quyar, o’toq qilar ekan. Nihoyat, bug’doy pishibdi. >>>>

Samoviy poyga

07.04.2020 Bahrom 17 663 ko‘rishlar

Qadim-qadim zamonda Koinot atalmish bepoyon saroyda 9 ta aka-uka sayyora boʻlgan ekan. Quvnoq Merkuriyjon, yoqimtoy Veneraxon, hazilkash Yer, kulsa ham, yigʻlasa ham, uyalsa ham, darrov qip-qizarib ketadigan Mars, shirinlikxoʻr Yupiter, ozgʻin boʻlay deb hamisha halqa aylantirib yuradigan Saturn, yuvvoshgina Uran, Neptun bilan Plutonlar ahil-inoq yashagan ekanlar. >>>>

Chol bilan sichqon

04.04.2020 Bahrom 43 565 ko‘rishlar

Bor ekan-da, yo‘q ekan, och ekan-da, to‘q ekan. Qadim zamonda shu go‘zal Nanay tomonda bir chol-u kampir bor ekan. Bular baxt uchun tug‘ilgan ekan. Ammo choli tushmagur anqovroq ekan. >>>>

Qaysi qush baxtli?

01.04.2020 Bahrom 17 913 ko‘rishlar

Qadim o‘tgan zamonda, uzoq o‘lkalardagi qalin o‘rmon ichida bir qarg‘a yashagan ekan. U o‘z umridan juda mamnun, baxtli hayot kechirar ekan. Biroq bir kuni ko‘kda viqor bilan uchib ketayotgan oqqushni ko‘ribdi-yu, o‘ylab qolibdi: “U juda ham oppoq qush ekan. Shuning uchun juda chiroyli. Men esa qop-qoraman. Nazarimda, oqqush dunyodagi eng baxtli qush bo‘lsa kerak”. >>>>

Bahodir tabib

31.03.2020 Bahrom 24 711 ko‘rishlar

Bor ekan-u, yo‘q ekan, qadim-qadim zamonda, juda olis tomonda, baland tog‘lar etagidagi kichkina bir kulbada Bahodir ismli bola bobosi va buvisi bilan yashar ekan. Bahodir yashaydigan shaharda vabo kasali keng tarqalgan bo‘lib, otasi va onasi shu kasalga chalinib vafot etgan ekan. Buvasi uni erkalab, Bahodirtoy, deb chaqirarkan. Ammo bu baxtli kunlar ham uzoq davom etmabdi. Avvaliga buvisi, keyin buvasi qazo qilibdi. Bahodir bir o‘zi qolibdi.

Ikki to‘lqin

27.03.2020 27.03.2020 Bahrom 8 300 ko‘rishlar

Bir dengizda ikkita to‘lqin yasharkan. Birining nomi Katta to‘lqin, ikkinchisi Kichik to‘lqin ekan. Ular juda inoq bo‘lib, doim birga suzib yurisharkan.

Kichik to‘lqin juda ochiqko‘ngil ekan, baliqlar, shamol va boshqa to‘lqinlar bilan birga o‘ynarkan. Katta to‘lqin esa shiddatli va shafqatsiz bo‘lib, yo‘lida nima uchrasa, urilib, bosib, buzib o‘tib ketarkan. >>>>