Ingliz tilini dars qilmasdan o’rganish usuli – 2-qism
Deryali har bir tilda o’zining talaffuzi, imlo qoidalari va jaranglashi bilan ajralib turadigan so’zlari bor. Ingliz tili ham bundan mustasno emas. Keling bir necha misolni ko’rib chiqaylik: rhythms so’zining tarjimasi – ritmlar. Bu so’zda birorta ham unli harf yo’q va u ingliz tilida bu tarzdagi eng uzun so’z deb hisoblanadi.
Tillar qiroli bo’lmish ingliz tilining qiziqarli tarixi va u haqida siz bilmagan ma’lumotlar
Ingliz tili bugungi jamiyatning tili. Uni bilmay turib yaxshi ishga joylasha olish, birorta sayohatga jo’nab ketib, usiz bemalol muloqotda bo’lish amri mahol. Bu til har bir mamlakatda alohida ehtiromga sazovor. Uni yaxshilab o’rganib olib siz o’zingiz uchun yangi texnologik olamni kashf etasiz va shu olamda juda ko’p qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lasiz.
Agar siz bu to’g’risida, ya’ni ingliz tili haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishni xohlasangiz quyidagi maqolada ingliz tili imlosining qoidalari, so’z turkumlari va boshqa yana ko’p narsalar to’g’risida ma’lumotlarni topasiz.
Buyuk Britaniya bilan Amerika Qo’shma Shtatlari
Ushbu ikki malakatning o’rtasida hanuzgacha jamiyat uchun tushunarsiz bo’lib kelayotgan til munosabatlari shakllangan. Ular orasidagi nizolar allaqachonlardan beri vujudga kelgan. Har bir mamlakat bu tilga o’zi tomondan yangiliklar kiritishga harakat qiladi. Amerikaning yosh avlodiga taniqli bo’lgan Noa Uebster lug’atning o’zi kashf etgan variantini o’rganishni taklif qilgan.
Shunday payt ham bo’lganki bu tilda gapirish taqiqlangan. Bunday qonun 1969 yilda AQSHning Illinoys shtatida chiqqan. Ularning rasmiy tili amerika tili deb tan olingan. Birinchi qarashda ularning orasida hech qanday farq ham yo’qday tuyuladi, ammo aslida esa ingliz tilining 24 shevasi mavjud. Bu turli asarlarning mualliflari bo’lgan yozuvchilar uchun mislsiz qiyinchiliklar tug’diradi. Mana, masalan mashhur qahramon Garri Potter to’g’risidagi kitob. Uni butun Amerika aholisi bemalol o’qiy olishi uchun ingliz tilidan Amerikacha ingliz tiliga tarjima qilishga to’g’ri kelgan.
Ingliz tili harflari
Juda qiziqarli fakt aniqlangan! Lug’atda eng ko’p uchraydigan harf – E, eng kam uchraydigani esa – Q.
Amerikadagi ingliz tili bilan bevosita tanish bo’lganlar bir hil harflar turli talaffuz qilinishi mumkinligini juda yaxshi biladi. Hammasi gap va uning intonatsiyasiga bog’liq. Gapdagi bitta harf bir necha xarf birikmalariga ega bo’lishi mumkin.
Ingiz tilini lug’atining interpretatsiyasida yana bir harf bo’lgan. Bu o’ziga hos “&” ishorasi ham so’zlarda uchrab turgan. Uning hozir bo’lishi so’zning ma’nosini zarracha o’zgartirmagan, shuning uchun ham bugungi kunda bu harf ingziz tilidagi so’zlardan chiqib ketgan bo’lsa kerak.
Ingliz tilining so’zlari
Deryali har bir tilda o’zining talaffuzi, imlo qoidalari va jaranglashi bilan ajralib turadigan so’zlari bor. Ingliz tili ham bundan mustasno emas. Keling bir necha misolni ko’rib chiqaylik: rhythms so’zining tarjimasi – ritmlar. Bu so’zda birorta ham unli harf yo’q va u ingliz tilida bu tarzdagi eng uzun so’z deb hisoblanadi.
Indivisibiliti –bu birlik. E’tibor bergan bo’lsangiz (i) unli harfi bu so’zda 7 marta uchraydi. Bu so’z ingliz tili uchun eng oddiy so’zlardan bittasi.
Keyingi so’z -set. Birinchi qarashda mittigina bo’lib ko’ringan bu so’z fe’l uchun 44 xil, ot uchun 17 xil va sifat uchun 7 xil ma’noga ega. Bu hali hammasi emas! Ushbu so’z talaffuzining juda ko’p variantlari mavjud. Bu so’zning xilma-xilligi tarjimani qiyinlashtiradi, shuning uchun ham so’zning talaffuzi bilan butun gapning ma’nosiga chuqur e’tibor berish kerak.
Ingliz tilida eng uzun so’z hisoblanadigan so’z ham mavjud – bu Pneumonoultramicroscopicsilicovolcanoconiosis. Bu so’z ingliz tilida haqiqatdan ham ishlatilishiga ishonish qiyin. U kasallikni va uning nomlanishini anglatuvchi gap sifatida tarjima qilinadi. Xatto oddiy lug’atda ham tasavvufli holatlar uchrab turadi. Uzoq 1932 yildan 1940 yilga qadar dord – sharpa so’z mavjud bo’lgan.Uning hech qanday ma’nosi bo’lmagan, chunki u anglashilmovchilik natijasida lug’atga qo’shilib qolgan.
Ingliz tilidagi gaplar
Tez aytish o’yini nafaqat boshqa tillarda, ingliz tilida ham uning o’ziga yarasha o’rni bor. Masalan ularning biri – The sixth sick sheik’s sixth sheep’s sick.
Harflarni yaxshilab o’rganish uchun ingliz tilining barcha harflari hozir bo’lgan gap ham mavjud.
“I am” bilan “Ido” so’z iboralarini deyarli har bir maktab o’quvchisi biladi. Bu iboralar eng qisqa gaplar.
Eng uzun gapga kelsak, uning tarkibida 13 955 nafar so’z bor.
Ingliz tilining tarixiy merosi
Ingliz tilining dunyoga kelish tarixi o’z ildizlari bilan Germaniya tomonga qarab ketadi. O’rta asrlarda Germaniyaning qabilalari qachonlardir rimliklar tomonidan o’zlashtirilib olingan Britaniya yeriga bostirib kirgan va muloqot davomida yangi tushunarsiz til vujudga kelgan. Qadimiy ingliz tili hozirgisidan farq qiladi. Masalan: “bride” so’zining tarjimasi “kelin”, qadimiy tilda esa bu yegulik tayyorlash jarayonining anglatgan.
O’sha davrlardan buyon ko’p so’zlar o’zgatirilgan, so’zlarning nafaqat jaranglashi-yu ma’nosi, imlo yoidalari ham o’zgarib ketgan. Yana shunisi ma’lumki, 15 asrga qadar bu tilda tinish belgilari umuman bo’lmagan.
Bu til boymi yoki kambag’almi?
Ingliz tilini sevuvchilarning ko’pchiligi bu til soddaligi va kundalik hayotiyligi tufayli juda ommalashib ketganligi to’g’risidagi nazariyani doim ta’kidlaydilar. Biroq bu nazariya rad qilinishiga loyiq. O’zingiz tasavvur qilib ko’ring – aynan shu tilda tahminan 800 mingdan ortiq so’z bor. Nafaqat so’zlar, balki sinonim qatorlari ham o’zining talaffuz etilishi bilan juda boy. Masalan: “drunk” so’zining tarjimasi “mast” ma’nosini beradi, bu oddiy so’zning 2241 sinonimi mavjud, bu juda katta son. Bu rekord xatto Ginnes rekordlar kitobiga ham kiritilgan. Bunaqasini boshqa birorta tilda ham topa olmasligingiz aniq.
Ingliz tili birjoyda turib qolgani yo’q, u doimo yangi so’zlar bilan yangilanib boryapti. Bu ham tilni yaxshiroq o’rganib olish uchun juda zarur.
Yuqorida keltirilgan faktlarga asoslanib shunday xulosa chiqarish mumkinki, bu til hali juda uzoq yillar (ehtimol asrlar) davomida insoniyat muloqot uchun foydalanib kelayotgan tillarning tojdori bo’lib qoladi. Uni o’rganish tinmay rivojlanishga tayyor barcha talabalar, o’quvchilar va oddiy odamlarning asosiy maqsadi bo’lib boradi.
Ingliz tilini dars qilmasdan o’rganish usuli – 2-qism
“Xohlayman” va “Kerak” ni birlashtirish oson. Bunda tilning 4 ta yo’nalishiga mos ravishda yondashish maqsadga muvofiq bo’ladi. Yozma nutqni rivojlantirish uchun sizga hech qachon qiziq bo’lmagan mavzuda insho yozish yoqmayaptimi? (Avvalo, faqat insho yozish hech qachon yetarli bo’lmaydi. Har holda tilni tezroq o’rganib yaxshiroq natijaga erishoqchi bo’lganlar o’zlarini ko’proq mehnatga ruhan tayyorlayverishlari maslahat beriladi.) Insho yozish zarur bo’lgan payt yozaverish zarur, lekin undan uncha katta natija kutmay turib, mustaqil tayyorlanishga ko’proq e’tibor berish zarur. Avval eng sara yozma nutq namunalaridan o’rganib, keyin inshoda shularni qo’llash ancha samara beradi. Kun davomidagi mashg’ulotlarni 100% ingliz tiliga bog’lashga katta e’tibor bering. Bu mashg’ulotlar qiziq bo’lishi ham muhim: facebook, telegram va hkz tarmoqlaridagi yozishmalaringizni imkon qandar ingliz tiliga o’giring, ayniqsa eng ko’p muloqot qiladigan yaqinlaringiz bilan inglizcha muloqot qiling, chunki ularga ko’p shaxsiy fikrlar aytiladi va ko’pincha fikrlarni izohlash kerak bo’ladi. Qiynalib ketsangiz ham, ingliz tilida harakat qilavering, shunda miyangiz ingliz tilida fikr ifodalashgako’nika boradi. Bugun “present simple”ni o’rgandingizmi, buyog’iga fikrlaringiz, yozishmalaringiz va gaplaringizda shu zamonga mos gapni o’zbek tilida ishlatmang.
Sizga eng qiziq barcha mashg’ulotlar odatda siz “xohlaydigan” mashg’ulotlar hisoblanadi, demak, o’rganish “kerak” bo’lgan tilni ularga 100% aralashtirib yuborish kerak. Aynan nima o’qish, eshitish, yozish yoki gapirishning ahamiyati juda katta emas. Agar detektiv asarlarga qiziqsangiz, detektiv kitoblar olib o’qing, agar umuman o’qishga qiziqmasangiz-u futbol yoki mashhurlar hayoti qiziqtirsa shular haqidagi yangiliklarni bo’lsa ham ingliz tilida kuzatib boring – har kuni. Asosiy qoidalardan biri esa bunday: biror yangi so’z uchrasa, u so’zni albatta o’zlashtirish kerak. Mazmunni tushunsangiz ham so’zni yozma, og’zaki qo’llay olmasangiz va talaffuzini bilmasangiz, bu so’z siz uchun yangi hisoblanadi, shuning uchun ma’nosini taxmin qila olsangiz ham baribir uni lug’atga kiriting. So’z yodlash jarayoni haqida birozdan keyin to’liqroq maslahatlar beriladi.
Ko’pchilik til o’rganuvchilar maxsus kitoblardan so’z yodlashadi, lekin bunday qilish shart emas. Siz shunchaki ko’rgan yangi so’zingizni yodlab ketaversangiz kifoya – lug’at boyligi tabiiy ravishda boyib boradi. Lug’at kitoblardan foydalanish ham yaxshi fikr, lekin avval uchratgan yangi so’zlar bilan shug’ullanish kerak.
O’qilgan matnga nisbatan e’tiborliroq bo’lish ham juda zarur. Tirnoqni “pilkalash”, qoshni bo’yash, mushaklarni o’stirish yoki shunchaki qanday qilib uydan suvaraklarni quvish haqida o’qiysizmi, futboldagi keyingi matchda kim yutishi haqidagi taxminlarni kuzatasizmi, aynan nima qilishingizning farqi yo’q – muhimi ingliz tilida o’qing va o’qish jarayonida muallif gaplarni qanday tuzishini kuzating. Gapni imkon qadar tushunib o’qishga harakat qiling. Miya gaplarga ko’p diqqat qilgani sari inglizcha matnga ko’zingiz o’rganib boradi va matn tuzish kerak vaqti o’zingiz sezmagan holda o’qilgan matnlardagi kabi tabiiy va tushunarli gaplar tuza boshlaysiz. Shunchaki ma’lumotning o’zini emas, uning qanday ifodalanayotganini kuzatish sizga tilning hamma qismlarida yordam beradi. Reading – kimdir yozgan writing, siz yozgan writing esa kimdir uchun reading. Agar ingliz tilida yaxshi yozilgan matnlarni ko’p o’qisangiz, sizning writing’ingiz ham shunday holga kela boshlaydi.
Tilning akustik ko’rinishi esa albatta speaking va listening. Bunda siz e’tibor qaratishingiz kerak asosiy narsa talaffuz bo’lishi zarur. Chunki yangi so’zlar bilan readingda shug’ullanasiz, grammatikani ham o’rganib boryapsiz. Tovushlarni esa faqat shu qismlarda mustahkam o’rganish mumkin. Har kuni kamida 20 daqiqa ingliz tilida, chiroyli va to’g’ri talaffuzdagi nutq tinglang. Bu nutq esa sizga chindan qiziq bo’lsin. Kino ko’rish yoqadimi? Inglizcha filmlarni ko’ring, tushunishga qiynalsangiz subtitrlardan foydalanish mumkin. Tilni til o’rganishga alohida mashg’ulot sifatida yondashilsa, miya o’zini ishlayotganday his qiladi va charchaydi. Undan ko’ra har kun qiladigan ishlaringizni inglizcha qila boshlang, toki sizga ortiqcha bosim tushmayotgandek tuyilsin.
Bu usullar qanday foyda beradi?
Bir paytlar IELTS imtihoning listening qismidan 5.5 balldan yuqori ball ololmas edim, xatto o’sha vaqt readingdan natijalarim yaxshi bo’lgan bo’lsa ham. O’ylana-o’ylana, oxiri eshitishni ko’proq mashq qilmasam bo’lmas ekan, degan fikrga keldim. Menga do’stlarim tutqazgan matnlar juda zerikarli bo’lib, 20 daqiqadan keyin diqqatim bo’lina boshlagach, internetdan audiokitoblar ola boshladim. Fenimor Kuperning hindilar haqidagi asarlarining bir umrlik shaydosi edim, deyarli hamma kitoblarining ingliz tilida o’qilgan audiolarini eshitib chiqdim. Bu kitoblardagi voqealar rivojini bilishim yordam ham ancha yordam berdi, shuning uchun tushunmay qolsam ham chalg’ib ketmay eshitaverdim. O’sha vaqtlar shu audiolarning matnini qog’ozga chop etib, oldin o’qib chiqardim va eshitish vaqtida chalg’imaslik uchun notanish so’zlar chiqsa ma’nosini va talaffuzini oldindan tekshirib ko’rardim. Boshida biroz qiyin bo’ldi, chunki ilgari ingliz tilidagi nutqlarni bunchalik ko’p eshitmagan edim. Lekin taxminan 1 oy har kunlik mashg’ulotlardan keyin (aslida “mashg’ulot” deyish ham joiz emas, chunki o’zimni dam olayotgandek his qilar edim) matnni kuzatib bormasam ham eshitgan gaplarni 80% tushunadi boshladim. Bu vaqt ichida ingliz tilidagi juda ko’p so’zlarning talaffuzini bilmasligimni va o’zimning talaffuzim qo’rqinchli ekanini his qildim. Haqiqiy chiroyli talaffuz qanday bo’lishi haqida yetarlicha tasavvurga ega bo’ldim. Shu usul bilan roppa rosa 3 oy ichida IELTS listeningni 5.5 dan 8.5 ga ko’tarib oldim. Eshitish jarayonida xavasim kelganidan ozim ham audioni o’qigan “reader”ga taqlid qilaverib, talaffuzimni sezilarli darajada yaxshilab oldim. Shu vaqt ichida biror marta maxsus birorta o’quv materialidan foydalanmadim. Bu, albatta, o’quv materialidan foydalanish shart emas, degani emas. Aksincha, o’quv qo’llanmalar juda muhim hisoblanadi, ular orqali siz barcha muhim qoidalarni o’rganasiz. O’quv qo’llanmalar sizga yo’l chizayotgan murabbiydek vazifa bajaradi – ularsiz vaqt va mehnat bekorga sarf bo’lishi mumkin. Ammo, yo’lni qanchalik yaxshi bilmang, agar jismoniy imkoniyatingiz yetmasa, epchil va chidamli bo’lmasangiz, finishga vaqtida yetib kelolmaysiz. Bu maqolada berilgan barcha tavsiyalar sportchi umumiy jismoniy salohiyatini oshirishi uchun bajaradigan kunlik jismoniy mashqlar vazifasini bajaradi. Murabbiy ko’magidan foydalangan holda o’z ustingizda ishlasangiz, kun kelib albatta ko’zlangan muvaffaqqiyatga erishasiz. Men listening’dagi muammolar bilan grammatikadan C2 gacha barcha mavzularni tugatib, reading’dan ham natijalarimni ancha yaxshilab olganimdan keyingina shug’ullana boshlaganman, u vaqtda IELTS testining formati bilan ham yaxshi tanish edim. Bu bilan demoqchimanki, fundamental bilim juda muhim.)
Shu voqeadan keyin dars qilish tushunchasi ko’z o’ngimda o’zgarib ketdi, chunki meni chetdan kuzatgan odam vaqtini sovuryapti, deb o’ylashi tayin edi. O’zimga qiziq tuyilgan hamma tuturiqsiz fantastikalardan tortib qanday gipnoz qilishgacha inglizcha ilmiy kitoblar o’qidim, jahon tarixidan tortib Hans Kristian Anderson ertaklarigacha eshitdim, o’zimcha kundaliklar tutib to’ldirib matnlar tuzaverdim, chunki shu ishlarni ilgari o’zbek tilida qilardim. Shu tariqa 3 yil deganda oldinga arang siljigan o’qishim yarim yilga bormay bir necha barobar yaxshilanib ketdi.
Demak xulosa shunday: har kuni o’qing, eshiting, yozing va gapiring, lekin o’qiydigan, yozadigan, eshitadigan va gapiradigan narsalaringizni til uchun emas, xohlaganingiz uchun qiling, o’zingizga madaniy hordiq beradigan usullarni o’ylab toping.
So’z yodlash usullari
Yangi so’z ko’rganda, uning ma’nosini shunchaki tekshirib ketavermang. Avvalo, lug’atga uning qanday so’z turkumi ekani, ot, fe’l va sifat shakllari qanday ekanligni ham yozib oling. O’zingiz uchun American yoki British talaffuzlardan birini aniq tanlab olib, shu talaffuzga ko’proq e’tibor qaratishni tavsiya qilaman. Masalan, Longman Dictionary of Contemporary English lugati mobil ilova ko’rinishida va unda har bir so’zning ikki xil talaffuzi, sinonim va antonimlari, shakllari va ular qatnashgan gaplar talaffuzlari bilan berilgan. Biror so’zni lug’atga kiritayotganda shularning barchasini hisobga olish kerak. Undan tashqari, yozish jarayinida yangi so’zni qatnashtirib bir nechta gaplarni og’zaki va yozma tuzib ko’rish ham foydali. Talaffuz ustida muntazam ishlab borish juda muhim. Til o’rganishga shuncha mehnat qilganga yarasha, “impressive” talaffuzga erishib, mehnatni yuzaga chiqarish zarur. Til o’rganayotganingizni aytsangiz, eshitganlar shu tilda biror nima deyishingizni iltimos qilishadi. Talaffuz chiroyli bo’lsa bu sizga berilafigan ilk e’tirof hisoblanadi. Talaffuzni rivojlantirish uchun siz xohlagan talaffuz bilan mukammal o’qilgan biror matnni eshitib, keyin o’zingiz taqlidan o’qib, ovozingizni yozib oling va eshitib o’zingizga baho bering. Matnni o’qiyotgan “reader” ingliz bo’lishi ham muhim. Shunchaki matn o’qigandan ko’ra “native speaker”ga taqlid qilish samaraliroq, chunki uning odatlari, talaffuzi, tezligi va ohangiga taqlid qilish jarayonida o’zingizda ham ancha tabiiy eshitiladigan talaffuz va ohang shakllanadi.
Unutmang, biror yangi narsani inglizchasiga o’rgangach, uni o’zbekchasiga ishlatmang. Til o’rganish kun davomidagi mashg’ulotlarningizda vosita bo’lsin. Dangasalik qilmay, yuqoridagi maslahatlarga amal qilsangiz, natijalardan mamnun bo’lib, o’zingizga hurmatingiz ham oshib ketadi.
Keyingi maqolalarda muvaffaqqiyat sirlari bilan bo’lishishda davom etamiz. Biz bilan bo’ling!