Press "Enter" to skip to content

Qonunlar 1 bob

Muso xalqqa Xudo tuzgan ahdning ma’nosini eslatadi. Xalqni ahd majburiyatlariga sodiq bo‘lishga chaqiradi.

“TIB QONUNLARI” DA FITONIMLAR TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yulduz Ahmad Qizi Avezova

Ushbu maqolada tib ilmining yetuk ulamosi Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida uchraydigan fitonimlar, ya`ni o`simlik nomlari haqida so`z boradi. Aytish lozimki, “Tib qonunlari” da Abu Ali ibn Sino tomonidan qayd etilgan fitonim nomlari o`ziga xos xususiyatga ega bo`lib, davr nuqtayi nazaridan ham, til nuqtayi nazaridan ham ma`lum jihatlarni o`zida ifoda etadi. Ta`kidlash lozimki, fitonimlar talqini sifatida “Tib qonunlari” dagi qator nomlar tanlab olindi va lingvistik jihatdan tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Yulduz Ahmad Qizi Avezova

TIB ILMINING BUYUK ALLOMASI ABU ALI IBN SINO OʻGITLARINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI AHAMIYATI
UYG‘UR TILIDAGI O‘SIMLIK NOMLARIDA ARABIZMLAR
SHIFOBAXSH O’SIMLIK NOMLARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI
ABU ALI IBN SINONING SOG‘LOM TURMUSH TARZIGA DOIR FIKRLARI

JAHON ILM FANI VA SIVILIZATSIYASI RIVOJIDA MUSULMON SHARQI MUTAFAKKIRLARI FANLAR KLASSIFIKATSIYASINING O’RNI

i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“TIB QONUNLARI” DA FITONIMLAR TALQINI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

“TIB QONUNLARI” DA FITONIMLAR TALQINI

Yulduz Ahmad qizi Avezova

Buxoro davlat univetsiteti Lingvistika (o’zbek tili) ta’lim yo’nalishi 1-bosqich

Ushbu maqolada tib ilmining yetuk ulamosi Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida uchraydigan fitonimlar, yani o’simlik nomlari haqida so’z boradi. Aytish lozimki, “Tib qonunlari” da Abu Ali ibn Sino tomonidan qayd etilgan fitonim nomlari o’ziga xos xususiyatga ega bolib, davr nuqtayi nazaridan ham, til nuqtayi nazaridan ham ma lum jihatlarni ozida ifoda etadi. Ta kidlash lozimki, fitonimlar talqini sifatida “Tib qonunlari” dagi qator nomlar tanlab olindi va lingvistik jihatdan tahlil qilindi.

Kalit so’zlar: Abu Ali ibn Sino, “Tib qonunlari”, fitonim, o’simlik nomlari, davr, lingvistik yondashuv, muhim jihat.

Kirish. Barchamizga malumki, har bir sohaning o zining atamalar tizimi, terminologik lug’ati mavjud. Har bir kasbning terminologik lug’ati ana o’sha sohada qollaniladigan leksik qatlam boyligiga bogliq hisoblanadi. Oqituvchilik faoliyatiga doir atamalar ushbu kasb mohiyatidan kelib chiqsa, tibbiyot sohasida ish olib boruvchi shaxslar nutqida tibbiyotga doir atamalarning tez-tez uchrab turishiga guvoh bo’lishimiz mumkin. Aytish lozimki, nutqiy muloqotimizda o’simlik nomlarini ifodalovchi qator leksemalar ham mavjud bolib, ushbu maqolamizda aynan fitonim nomlari va ularning Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida keltirilishini ko’rib chiqamiz.

Osimlik nomlari tilshunoslikda fitonimlar deb yuritiladi( “fitos” – o’simlik ; “onuma” – nom)[12] . Fitonim atamasi datslab XX asraning 70-yillarida ilm-fanda qayd etilgan. Fitonimlar borasida turli olimlar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Xususan, ismlar tizimidagi otlarni ilmiy tahlil qilib, A.V. Superanskaya fitonimlarning turli nomlar sababidan kelib chiqqanligini takidlab , ularning turfa tarixiy shaxslar, hodisalar va shu kabi omillar tasirida nomlanganligini o’zining ilmiy asarlarida keltirib o’tadi. Har bir tilda qollaniladiagn fitonimlar ana o’sha hududning tabiiy iqlimidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Sababi, malum iqlim sharoitida o’suvchi o’simliklarni boshqa mintaqalarda uchratishimiz mushkul masala. Xususan, Afrika mintaqalarida o suvchi tropik o simliklarni O zbekiston hududida uchratishimiz deyarli mumkin emasligini nazarda tutgan holda aytishimiz mumkinki, fitonimlar ham joylashuv o’rniga monand holda shakllanar ekan.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Tahlil va natijalar. Fitonim nomlari qadim tarix asarlari orqali bizgacha yetib kelgan bo’lib, xususan, bir o’simlik nomlarining ikki-uch xil variant qollangan Abu Rayhon Beruniy qalamiga mansub “Saydana”, tib qonunlarining mashhur vakili ibn Sinoning “Tib qonunlari”, “Kitob ush-shifo”, Boburning “Boburnoma” va shu kabi qator asarlar o’simlik nomlari qayd etilgan mashhur asarlar hisoblanadi[9]. Ozbek tilida qollanilayotgan fitonimlar tadqiqi grammatik, leksik, semantik jihatdan ham ahamiyatli bolib, ularning mazmunini aniqlashda osimliklar nomlarini chuqur tahlil qilish yordam beradi.

Yuqorida qayd etilgan asarlarda keltirilgan fitonimlar davr nuqtayi nazaridan o’ziga xos ko’rinishga ega bolib, ular hozirgi o’zbek tilida qo’llaniladigan o’simlik nomlaridan talaffuz jihatdan ham, nomlanish jihatdan ham biroz boshqacharoq ko’rinish kasb etishi mumkin.

Abu Ali ibn Sinoning besh jilddan iborat “Tib qonunlari” asari butun jahon tan olgan tibbiyot yo’riqnomasidir. Bugungi kunga kelib , Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asaridan butun jahon asosiy tibbiyot qollanmasi sifatida o’quv yurtlarida foydalanib kelmoqdalar. Ushbu asarda o’simlik nomlari asarning salmoqli qismini tashkil etadi. “Tib qonunlari”ning har bir jildi malum yo’nalishlarga bag’ishlangan bolib, xususan, fitonimlarning qollanilishi jihatidan 2-jild va 5-jild ,ayniqsa, ahamiyatlidir. Kitobning ikkinchi jildida o’simlik , hayvon, madanlardan tayyorlanadigan 800 dan oshiq dori-darmonlar va ularning o’ziga xos xususiyatlari, qollash tartibi talqin qilinsa, 5-kitob farmokopeyaga , yani o’simliklardan va shu kabi vositalardan dori-darmon tayyorlash usullari haqidadir. To’g’ri, asarning 1-, 3- hamda 4-kitoblarida ham o’simlik nomlari, yani fitonimlar uchraydi, biroq 2- va 5-kitoblardagidek salmoqli emas[13]. Asarda qollanilgan o’simlik nomlarining ko’pchiligi chetdan kirgan so’zlar asosida ifodalansa, bazilar turkiy tillarda ham keng tarqalgan nomlar hisoblanadi.

Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” asari fitonimlarning dorivorlik xususiyatlariga to’xtalib, xilma-xil shifobaxsh o’simliklarni keltiradi. Bazi o’rinlarda o’simlikning turkiy tildagi nomini ifodalagan boisa, bazi o’rinlarda uning boshqa tildagi versiyasini keltiradi yoki bolmasa bir o’simlikning ikki xil nomini keltirgan holda uning dorivorlik xususiyatini namoyon qiladi. Xususan, muallif “Tib qonunlari” ning uchinchi kitobida taboshir fitonimiga quyidagicha ta rif beradi: “quruqlikda osuvchi taboshir , ayniqsa, qovurilgan taboshir, xususan, kofur bilan ishlangan taboshir ichni to xtatuvchi vosita hisoblanadi” Demak, taboshir o’simligi oz xususiyatiga ko’ra ikki xil ko’rinishga ega bolishi mumkin ekan, yani qovurilgan va kofur bilan ishlangan. Ushbu ikki ko’rinishining shifobaxsh xususiyati sifatida qayd etilgan ichni to’xtatish holati taboshir fitonimining dorivor vosita ekanligini anglatuvchi ifoda hisoblanadi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

“Tib qonunlari” da keltirilgan o’simliklarning shifobaxsh xususiyatlari hozirgi kunda ham o’zining muhim ahamiyatiga ega bo’lib, muallif tomonidan qayd etilgan fitonimlar toponimik jihatiga ko’ra turli hududlarda mavjud bo’ladi, xususan, “Tib qonunlari”dagi shifobaxsh o’simliklarning joylashuv o’rniga ko’ra quyidagi asosiy guruhlarga ajratishimiz mumkin:

a) Cho’ l zonalarida tarqalgan dorivor o’ simliklar;

b) O’rmon hududida uchraydigan dorivor o’ simliklar;

c) Suv ichida mavjud bo’lgan dorivor o’ simliklar.

Dorivor o’simliklarning joylashuv hududiga ko’ra guruhlanishi(2-chizma).

Yuqorida qayd etilgan o’simliklar tarqalish hududini aniqlash kishidan biologiya va geografiya fanlarini chuqur o’rganishni talab qiladi. Bu esa ushbu nomlari qayd etilgan fanlarning tilshunoslik bilan bevosita aloqadorligi asosida yuzaga chiqadi. Bundan tashqari, Abu Ali ibn Sino “Tib qonunlari” asarida qayd etib o’tgan o’simliklarning qollanilish usuli va tasir darajasiga ko’ra ham ikki usulda qollashni

^^ Quritilgan ^holda qo’llash S

Asl holatda ^ qo’llash ^

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

jihatdan ham o’simliklarning ikki holati , yani quritilgan va asl holati tasir doirasiga ko’ra ham ikki xil tasir qilishini ibn Sino takidlab o’tadi. Bundan tashqari,dorivor fitonimlarning qaynatilgan, ezilgan, yanchilgan , qovurilgan holatlarda qo’llash usuli ham mavjud bo’lib, ular fitonimlarning fitonimik xususiyatlaridan kelib chiqib tanlanishidan dalolat beradi.

“Turp, yulg^un va tol barglari suvlarining har biridan bir yarim uqiya, ituzum suvidan uch uqiya, o^n dirham xiyorshanbarning qaynatilib sovutilgani qo^shib ich ketish kasalligini davolashda qollaniladi”, – “Tib qonunlari” asarining uchinchi kitobidan olingan ushbu jumlada xiyorbashir o’ simligining qaynatib sovutilgan holati inson uchun shifo ekanligi haqida qayd etiladi.

Ibn Sino “Tib qonunlari” asarida fitonimlarning tibbiy xususiyatlariga toxtalar ekan, bazi o’simliklarning ayni paytda bir nechta kasalliklarga shifo bo’lishi haqida malumot ham keltirib o’tadi. Xususan, qirqbo’g’in o’simligining bir paytning ozida qator illatlarga davo bo’la olishi muallif tomonidan qayd etib o’tiladi:

Mevali daraxtlarning gullaridan : dolana guli yoki qirqbo^gln o% ayniqsa, biror a^zo yoki etning chekkasidagi [jarohatga] va mushaklarning uchiga yaqin jarohatlarga [qo^yiladi].

Yoki bo’lmasa uning tanaga kirgan zaharli moddalarning kurashi yuqorida nomi qayd etilgan o’simlik orqali amalga oshirilishi “Tib qonunlari” asarida keltiriladi.

“Tib qonunlari” asarida qollanilgan fitonim nomlari qo’llanilish jihatidan sodda, qo’shma yoki birikmali ko’rinishga ega ekanligini asar tarkibida uchratishimiz mumkin. “Tib qonunlari” asarining ikkinchi kitobidan olingan ushbu jumlalarga e’tibor bering: “Buyrakka xos tarkiblardan biri: maysavsan – ikki dirham, murch – to rt dirham; bir ichimga yetarlik deb gumon qilingan miqdorda [shu tarkibdan] olib, sikanjubin bilan ichiriladi. Yana dasht sazaso t, yovvoyi gulxayri, petrushka ildizi – hammasidan barobar hissa olinadi, bundan ikki qoshiq olib, sharobda qaynatiladi, keyin tindirilib ichiladi”[3]. Ushbu parchadagi o’simlik nomlarini quyidagicha guruhlashimiz maqsadga muvofiqdir:

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

sodda birlikdan iborat fitonimlar

qo’shma so’zdan iborat o’simlik nomlari

so’z birikmali o’simlik nomlari

Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, o’simlik nomlari hisoblanmish fitonimlar malum iqlim sharoiti va ularning lingvistik nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida qollanilgan o’simlik nomlari, yani fitonimlar xilma-xillikka ega bo’lib, ular bir-biridan o’ziga xos ko’rinishi, mazmuniy jihatiga ko’ra farqlanadi. Asarda foydalanilgan o’simlik nomlarini aniqlashda “Tib qonunlari” bilan to’liq tanishib chiqish biz uchun ham tibbiyot nuqtayi nazaridan, ham lingvistik nuqtayi nazardan foydali boladi. “Tib qonunlari” da qayd etilgan fitonimlarning tilshunoslik nuqtayi nazaridan ahamiyati shundan iboratki, asardagi ifoda etilgan o’simlik nomlari tibbiyot yoki biologiya fanlari uchun terminlar sifatida foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1. Hayitmetov A. Navoiy lirikasi.— Toshkent, 2015.-B. 8-65.

2. Bafoyev B. Ko’hna so’zlar tahlili.-Toshkent , 1987.(9-10-11-12-13-14-15-16-17-18-19-20-21-22-23-25-29 -31- betlar)

3. Qodirov A.A. O’zbekiston tibbiyoti. Darslik. -T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2004.-B.3.

4. Узбек тилининиг изошли лугати. 5 томли. 2-том. – Т.: УзМЭ, 2006. -582-б.

5. Mahmud Hasaniy. Qadimiy bog’dorchilikning izohli lug’ati. – Toshkent “O’zbekiston” 2016.

6. Ходжиева Н. Х. ЛЕКСИКА ФРУКТА В ЛИРИКЕ АЛИШЕРА НАВАИ //Современная наука: актуальные вопросы, достижения и инновации. – 2021. – С. 148-150. 4.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

7. Hijiyeva N. SOME COMMENTS ON THE POMEGRANATE LEXEMA //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2021. – Т. 6. – №. 6.Yuldasheva D. N., Khojieva N. K., Yusupova D. Y. Fruit vocabulary is an integral part of the vocabulary of the folk language //Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka. -2021. – Т. 1. – №. 2.

8. Rajabov D. Z. Radif in uzbek folk songs //Theoretical & Applied Science. – 2018.

9. Rajabova R. Узбек Болалар Адабиётида Фольклор Жанрлари Стилизацияси //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2021. – Т. 8. – №. 8.

10. Rajabova R. АДАБИЙ ТОПИШМОКЛАРДА ХАЛК ТОПИШМОКЛАРИГА ХОС ЖАНРИЙ БЕЛГИЛАРНИНГ ИФОДАСИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2021. – Т. 3. – №. 3.

11. Раджабов Д. З., Раджабова Р. З. СТИЛИЗАЦИЯ НАХОДКИ В ДЕТСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ УЗБЕКА //ПРИОРИТЕТНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ. – 2021. – С. 60-62.

12. Ходжиева Н. Х. ЛЕКСИКА ФРУКТА В ЛИРИКЕ АЛИШЕРА НАВАИ //Современная наука: актуальные вопросы, достижения и инновации. – 2021. – С. 148-150.

13. Hayotovna K. N. Representation of Fruit Vocabulary in Special //International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences. – 2022. – Т. 2. – №. 4. – С. 84-89.

14. Urayeva D., Nazarova G. COMPARATIVE ANALYSIS OF MYTHOLOGICAL NAMES AND MYTHOLOGISMS IN THE ENGLISH AND UZBEK LITERATURE //Philology Matters. – 2021. – Т. 2021. – №. 1. – С. 3-21.

15. Ураева Д. С., Назарова Г. П. ИНГЛИЗ ВА УЗБЕК АДАБИЁТИДА КУШЛАР ОБРАЗИ //МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА. – 2020. – Т. 3.

16. Шербекова Г. Я. АФСОНА ВА РИВОЯТЛАРДА “ДАЁТ ДАРАХТИ” ОБРАЗИ ИФОДАЛАНИШИГА ОИД АЙРИМ МУЛОХДЗАЛАР //Scientific progress. – 2022. – Т. 3. – №. 2. – С. 244-250.

17. Yuldasheva D. Meva so’z boyligi haqida ba’zi fikrlar //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – Т. 2. – №. 2.

18. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari, 1-kitob.Toshkent.Fan.1983.

19. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari, II kitob.Toshkent.Fan.1980.

20. 16.Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari, III kitob.Toshkent.Fan.1982.-417 b.

Qonunlar 1 bob

“Qonunlar” kitobi Musoning Mo‘ab yurtida Isroil xalqiga aytgan nutqlari to‘plamidan tashkil topgan. Muso bu nutqlarini sahrodagi uzoq sayohatdan keyin, Isroil xalqi Kan’on yurtiga kirmasidan oldin aytgan edi.

Kitob tarkibidagi nutqning eng muhim mavzulari quyidagichadir:

Muso Isroil xalqiga o‘tgan qirq yil davomida bo‘lib o‘tgan eng muhim hodisalarni eslatadi. Shu bilan birga, xalqni Xudoga sodiq va itoatkor bo‘lishga undaydi. Muso ularga shunday deb uqtiradi: “Egangiz Xudo sizlarga sahroda g‘amxo‘rlik qilganini yodingizda tutinglar.”

Muso o‘nta amrni qayd qiladi. Birinchi amrga alohida urg‘u berib, xalq yolg‘iz Xudoga sajda qilishi kerakligini ta’kidlaydi. So‘ng Isroil xalqining ijtimoiy hayotini boshqaradigan turli xil qonunlarga to‘xtalib o‘tadi.

Muso xalqqa Xudo tuzgan ahdning ma’nosini eslatadi. Xalqni ahd majburiyatlariga sodiq bo‘lishga chaqiradi.

Muso Xudo xalqining navbatdagi yo‘lboshchisi qilib Yoshuani tayinlaydi. So‘ng Xudoning sodiqligiga atalgan bir kuyni ijro etadi, Isroil qabilalarini birma–bir duo qilib chiqadi. Oxiri, Iordan daryosining sharqiy tomonidagi Mo‘ab yurtida olamdan ko‘z yumadi.

Kitobning mohiyati shundan iboratki, Xudo O‘zi tanlagan sevimli xalqini qutqardi, ularga baraka berdi. Isroil xalqi buni yodda tutishi kerak edi, Xudoni sevib, Unga itoat etishi lozim edi. Shundagina ular yashab, barakaga to‘la hayotga ega bo‘lishadi.

Mazkur kitobning 6–bobidagi 4-6–oyatlar muhim oyatlar hisoblanadi. Iso Masih bu oyatlardagi so‘zlarni amrlarning eng buyugi, deb ataydi: “Ey Isroil, quloq sol! Egamiz Xudoyimizdir, Egamiz tanhodir. Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun vujudingiz bilan sevinglar.”

1–BOB – Qonunlar

Sinay tog‘idagi voqealarning qayd qilinishi

1 Mazkur kitobda Musoning Isroil xalqiga aytgan nutqi bayon qilingan. U bu nutqini Iordan daryosining sharq tomonidagi cho‘lda aytgan edi. Bu cho‘l Suf degan joyning qarshisida joylashgan bo‘lib, uning bir tomonida Poron shahri, qarama– qarshi tomonida Tofal, Lobon, Xazero‘t va Dizaxab shaharlari bor edi.

2 (Sinay tog‘idan Kadesh–Barnagacha Seir tog‘lari bo‘ylab o‘n bir kunlik yo‘ldir.)

3 Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin, qirqinchi yilning o‘n birinchi oyi birinchi kunida Muso ularga Egamizning amr etgan so‘zlarini aytdi.

4 Bundan oldin u Xashbonda hukmronlik qilgan Amor xalqining shohi Sixo‘nni hamda Ashtaro‘t va Edrey shaharlarida hukmronlik qilgan Bashan shohi O‘gni mag‘lub qilgan edi.

5 Iordanning sharqiy tomonida, Mo‘ab yurtida Muso bu qonunlarni Isroil xalqiga quyidagicha tushuntira boshladi:

6 Egamiz Xudo Sinay tog‘ida bizga shunday dedi: “Bu tog‘da ancha vaqt turib qoldingizlar.

7 Endi yo‘lga tushinglar, Amor xalqining qirlariga va ularga qo‘shni bo‘lgan Kan’on xalqining yurtiga boringlar. Bu o‘lkaga Iordan vodiysi, qirlar, g‘arbdagi qirlar etaklari, Nagav cho‘li, O‘rta yer dengizining qirg‘og‘i, Lubnon va buyuk Furot daryosigacha bo‘lgan yerlar kiradi.

8 Mana shu yerlarni sizlarga beryapman. Boringlar, o‘sha yurtni mulk qilib olinglar. Men, Egangiz, bu yerlarni ota–bobolaringiz Ibrohim, Is’hoq va Yoqubga hamda ularning avlodlariga beraman, deb ont ichganman.”

9 Biz Sinay tog‘ida turgan paytimizda men sizlarga shunday degan edim: “Bir o‘zim og‘irligingizni ko‘tara olmayman.

10 Egangiz Xudo sizlarni ko‘paytirdi. Mana, bugun sizlar osmondagi yulduzlarday son–sanoqsiz bo‘ldingiz.

11 Ota– bobolaringizning Xudosi — Egamiz O‘z va’dasiga muvofiq sizlarni yana ming karra ko‘paytirsin, sizlarga baraka bersin.

12 Bir o‘zim sizning og‘irligingizni, muammolaru janjallaringizni ko‘tara olarmidim?!

13 Endi har bir qabilangizdan dono, aql–idrokli va obro‘li kishilarni tanlab olinglar. Men o‘sha odamlarni sizlarga yo‘lboshchilar qilaman.”

14 Sizlar menga: “Rejangiz yaxshi”, deb javob berdingizlar.

15 Shunda men dono va obro‘li qabila yo‘lboshchilaringizni ustingizdan nazoratchi qilib tayinladim. Ularga mingboshi, yuzboshi, ellikboshi, o‘nboshi va turli nazoratchilar vazifalarini bo‘lib berdim.

16 O‘sha vaqtda hakamlaringizga shunday deb buyurgan edim: “Birodarlaringiz orasidagi muammolarga yaxshilab quloq soling. Hukmingiz to‘g‘ri bo‘lsin, Isroil xalqi orasidagi muammolarni hamda qondoshingiz bilan musofir orasidagi muammolarni to‘g‘ri hukm qiling.

17 Hukmda tarafkashlik qilmang. Kattaga ham, kichikka ham birday quloq soling. Odamlardan qo‘rqmang, chunki hukm Xudonikidir. O‘zingiz yecha olmagan masalalarni menga olib keling, ularni o‘zim yechaman.”

18 Qilishingiz lozim bo‘lgan hammasini o‘shanda sizlarga aytdim.

19 Keyin Egamiz Xudo buyurganiday biz Sinay tog‘idan ketdik. O‘zlaringiz ko‘rgan keng va vahimali sahro orqali Amor xalqining qirlariga boradigan yo‘ldan yurib, Kadesh–Barnaga bordik.

20 Shundan keyin men sizlarga aytdim: “Mana, Egamiz Xudo bizga berayotgan Amor xalqining qirlariga yetib keldik.

21 Qaranglar, mana shu yerlarning hammasini Egamiz Xudo sizlarga berdi. Qani, endi boringlar, ota–bobolaringizning Xudosi — Egamizning va’dasiga muvofiq o‘sha yerni qo‘lga kiritinglar. Qo‘rqmanglar, vahimaga tushmanglar.”

22 Sizlar hammangiz oldimga kelib aytdingizlar: “Bormasimizdan oldin odamlar yuboraylik. Ular o‘sha yurtni tekshirsin. Biz boradigan yo‘l va bosib oladigan shaharlar haqida xabar olib kelishsin.”

23 Rejangiz menga ma’qul bo‘ldi. Orangizdan o‘n ikki kishini, har bir qabiladan bittadan odamni tanlab oldim.

24 Ular qirlarga chiqdilar, Eshko‘l vodiysigacha yetib borib, o‘sha yurtni tekshirdilar.

25 U yurtning mevalaridan bizga olib keldilar. “Egamiz Xudo bizga bergan yurt yaxshi ekan”, deb aytdilar.

26 Lekin sizlar bu yurtga borishdan bosh tortdingizlar, Egangiz Xudoning amriga qarshi chiqdingizlar.

27 Chodirlaringizda ming‘irlab shunday dedingiz: “Egamiz bizni yomon ko‘radi. U bizni Amor xalqining qo‘liga berib, o‘ldirish uchun Misrdan olib chiqdi.

28 Qayerga ketyapmiz o‘zi?! Birodarlarimiz yuragimizni yorib bo‘ldi–ku! U yerdagi odamlar bizdan kuchliroq, bo‘ylari ham balandroq ekanini aytishdi. Ularning ulkan shaharlari osmon o‘par devorlar bilan o‘ralgan ekan! U yerda hatto Inoq avlodini ham ko‘rishgan ekan.”

29 Shunda men sizlarga dedim: “Vahimaga tushmanglar, ulardan qo‘rqmanglar.

30 Egangiz Xudoning O‘zi oldingizda yuradi. Ko‘zingiz oldida Misrda jang qilganday, sizlar uchun jang qiladi.

31 Egangiz Xudo sizlarga sahroda g‘amxo‘rlik qilganini o‘zingiz ko‘rdingiz. U sizlarni shu yergacha, xuddi ota o‘g‘lini opichlaganday, butun yo‘l bo‘yi ko‘tarib keldi.

32 Shunda ham sizlar Egangiz Xudoga ishonmayapsiz.

33 U esa qarorgoh qurishingiz uchun joy qidirib, oldingizda yurardi. Yuradigan yo‘lingizni ko‘rsatib, kechasi ustun shaklidagi alanga ichida, kunduzi esa ustun shaklidagi bulut ichida borardi.”

34 Egamiz noliganingizni eshitib, g‘azablandi. U ont ichib dedi:
35 “Men ota–bobolaringizga va’da qilgan hosildor yurtga bu qabih naslining birontasi ham kirmaydi.

36 O‘sha yurtni faqat Yafunax o‘g‘li Xolib ko‘radi. U Menga sodiq qoldi. Shuning uchun unga va uning avlodiga o‘zi qadam qo‘ygan yerni beraman.”

37 Sizlarni deb Egamiz mendan g‘azablanib aytdi: “Sen ham u yerga kirmaysan.

38 U yurtga yordamching Nun o‘g‘li Yoshua kiradi. Unga dalda ber. Yurtni xalqqa mulk qilib, olib beradigan o‘shadir.

39 O‘shanda sizlar, bolalarimiz dushmanlarga o‘lja bo‘ladi, deb aytgan edingizlar. Bolalaringiz hanuz yaxshi bilan yomonning farqiga bormaydi, ammo yurtga kiradigan o‘shalardir. Men u yurtni bolalaringizga beraman. Ha, ular o‘sha yurtni egallab oladilar.

40 Sizlar esa sahroga qaytinglar! Qizil dengizga boradigan yo‘ldan ketinglar.”

41 Egamizning bu gaplaridan keyin, sizlar menga shunday dedingizlar: “Egamizning oldida gunoh qildik. Endi borib, Egamiz Xudo bizga amr qilganidek, jang qilamiz.” Sizlar, o‘sha qirlarni qo‘lga kiritish oson bo‘ladi, deb o‘ylab, jang qurollaringizni oldingiz.

42 Lekin Egamiz menga shunday dedi: “Ularga ayt, tepaga chiqishmasin. Jang qilib yurishmasin. Axir, Men ular bilan bo‘lmayman. Aks holda, dushmanlari ularni mag‘lub qiladi.”

43 Sizlarga shunday desam ham, menga quloq solmadingizlar. Egamizning amriga qarshi chiqib, o‘zboshimchalik bilan qirlarga chiqdingizlar.

44 O‘sha qirlarda yashaydigan Amor xalqi qarshilik ko‘rsatib, sizlarni arilar kabi quvdilar. Sizlarni Seirda tor– mor qildilar. Xo‘rmaxgacha ta’qib qilib, qirib tashladilar.

45 Omon qolganingiz qaytib kelib, Egamizga faryod qildingizlar. Lekin Egamiz na nolangizga quloq soldi, na sizlarga e’tibor berdi.