Muqaddas Kitobni kim va qachon yozgan – qiziqarli ma lumotlar
Muqaddas Kitob jami 66 ta muqaddas bitikdan iborat bo‘lib, bu bitiklar “kitoblar” deb yuritiladi. Shu sababdan mazkur Muqaddas Kitob ko‘p tillarda “Bibliya” deb nomlanadi. Bu nom yunoncha bo‘lib, “o‘rama qog‘ozlar”, ya’ni “kitoblar” ma’nosini ifodalaydi. Ushbu 66 ta kitob taxminan 1500 yil mobaynida 40 nafar muallif tomonidan yozilgan. Mazkur kitoblar turli adabiy janrlardan, chunonchi, tarixiy voqea, nasabnoma, she’r, hamdu sano, marsiya, bashorat, tanbehu nasihat, hikmatlar va maktublardan iborat.
MUQADDAS KITOBGA KIRISH
Muqaddas Kitob jami 66 ta muqaddas bitikdan iborat bo‘lib, bu bitiklar “kitoblar” deb yuritiladi. Shu sababdan mazkur Muqaddas Kitob ko‘p tillarda “Bibliya” deb nomlanadi. Bu nom yunoncha bo‘lib, “o‘rama qog‘ozlar”, ya’ni “kitoblar” ma’nosini ifodalaydi. Ushbu 66 ta kitob taxminan 1500 yil mobaynida 40 nafar muallif tomonidan yozilgan. Mazkur kitoblar turli adabiy janrlardan, chunonchi, tarixiy voqea, nasabnoma, she’r, hamdu sano, marsiya, bashorat, tanbehu nasihat, hikmatlar va maktublardan iborat.
KITOBLARNING NOMLARI
Muqaddas Kitob tarkibidagi ayrim kitoblar o‘sha kitobni yozgan muallifning ismi bilan yoki uning aksariyat qismini yozgan odamning nomi bilan atalgan. Birinchisiga “Xabaqquq payg‘ambarning kitobi”, ikkinchisiga “Sulaymon payg‘ambarning hikmatlari” misol bo‘la oladi.
Ba’zi kitoblar bosh qahramonning ismi bilan nomlangan. Misol uchun, “Rut kitobi” va “Ayub payg‘ambar kitobi”.
Yangi Ahd tarkibidagi aksariyat kitoblar aslida maktublar bo‘lib, ma’lum bir kishiga yoki bir guruh odamlarga yozilgan. Bunday hollarda maktub muallifning nomi bilan yoki maktub yo‘llangan guruhning yoxud kishining nomi bilan ataladi. Masalan, “Yoqubning maktubi”, “Pavlusning Rimliklarga maktubi”, “Pavlusning Filimo‘nga maktubi”.
Muqaddas Kitobdagi 66 kitobdan ba’zilari bu qoidalardan mustasno tarzda nomlangan. Ularning nomlanishi sabablari o‘sha kitoblarning kirish qismlarida tushuntirilgan (misol uchun, Chiqish kitobi).
Ba’zi kitoblar bir xil nomlangan bo‘lib, ular faqat raqamlariga ko‘ra farq qiladi.
Raqam kitob nomining qisqartirilgan variantidan oldin qo‘yiladi. Masalan, “4 Shohlar” qadimgi Isroilda hukmronlik qilgan shohlar haqidagi to‘rtinchi kitobni, “1 Yuhanno” havoriy Yuhanno yozgan birinchi maktubni bildiradi.
KITOBLARNING JOYLASHISH TARTIBI
Muqaddas Kitob tarkibidagi 66 ta kitob xronologik tarzda joylashmagan. Bu kitoblarni tartibga solishning bir nechta an’anasi mavjud. O‘zbekcha tarjima mazkur mintaqada qo‘llanilgan tartibga rioya qilgan.
Iso Masih yashagan davrdan oldin yozilgan kitoblar “Eski Ahd” deb, U yashagandan keyin yozilgan kitoblar “Yangi Ahd” deb ajratiladi. Eski Ahdning asosiy mavzusi Xudoning Isroil xalqi bilan bo‘lgan munosabatidir. Bu munosabat Xudoning Muso orqali Isroil xalqi bilan tuzgan ahdiga asoslangan. Yangi Ahdning asosiy mavzusi Iso O‘zini qurbon qilgani va buning natijasida dunyoni Xudo bilan yarashtirganidir. Endi har bir inson, millatidan qat’iy nazar, Iso Masihga ishonsa va gunohlaridan tavba qilsa, uning gunohlari kechiriladi, bu inson Xudoning xalqiga tegishli bo‘ladi. Xudo O‘z xalqi bilan Iso Masih orqali ulug‘roq va a’loroq va’dalarga asoslangan yangi ahd tuzdi. Shu sababga ko‘ra, Muqaddas Kitob ikki qismga bo‘linib, “Eski Ahd” va “Yangi Ahd” deb ataladi.
ESKI AHD KITOBLARINING QISQACHA TAVSIFI
Eski Ahd 39 ta kitobdan iborat bo‘lib, bu kitoblar miloddan oldingi o‘n beshinchi va
beshinchi asrlar oralig‘ida yozilgan. Bu kitoblarning qariyb hammasi qadimgi ibroniy tilida yozilgan. Faqatgina Ezra va Doniyor kitoblaridagi ayrim parchalar oramiy tilida yozilgan, xolos.
Tavrot
Eski Ahdning dastlabki beshta kitobi (Ibtido kitobidan Qonunlar kitobigacha) Muso payg‘ambar tomonidan yozilgan. Bu majmua o‘zbek tilida “Tavrot” deb ataladi. Ibtido kitobi Xudo olamni va ilk odamlarni — Odam Ato bilan Momo Havoni yaratgani haqidagi voqealar bilan boshlanadi. So‘ng insoniyat gunoh qilgani va Nuh payg‘ambar davrida Xudo butun yer yuziga to‘fon yuborib, odamzodga jazo bergani haqida bayon qilinadi. Kitob davomida hikoya qilinishicha, Xudo Ibrohim payg‘ambarni da’vat qiladi, uni Kan’on yurtiga boshlab boradi. Ibrohim befarzand bo‘lishiga qaramay, Xudo uni buyuk xalqning otasi qilishga va’da berib, butun yer yuzidagi xalqlar u orqali baraka topishini aytadi. Xudo O‘z va’dasini bajargani Ibrohimning o‘g‘li Is’hoq, nabirasi Yoqub va chevarasi Yusuf haqidagi hikoyalardan ko‘rishimiz mumkin. Xudo Yusuf orqali Yoqubni va uning xonadonini Kan’on yurtidagi qahatchilikdan asrab, Misrga olib boradi. U yerda Ibrohimning avlodi nihoyatda ko‘payib, Isroil xalqi degan nom bilan taniladi.
Isroil xalqi Misrda 400 yil qolib ketadi.
Tavrotning ikkinchi kitobi “Chiqish” deb nomlangan bo‘lib, Yoqub naslining o‘n ikki qabilasi, ya’ni Isroil xalqi Misrda qullik zulmidan azob chekayotgani haqidagi hikoya bilan boshlanadi. Xudo Muso payg‘ambar orqali Isroil xalqini mo‘jizalar orqali ozod qilib, Misrdan olib chiqadi. Bu voqea taxminan miloddan oldingi 1440 yilda yuz bergan edi. Isroil xalqi Misrdan chiqqandan keyin sahroda qirq yil davomida boshidan kechirgan voqealar Tavrotning qolgan uchta kitobida — “Levilar”, “Sahroda” va “Qonunlar”da hikoya qilingan. O‘sha davrda Xudo Muso payg‘ambar orqali Isroil xalqi bilan ahd tuzadi. O‘sha ahdda Xudoning amrlari va qonunlari batafsil bayon qilingan. Bu amrlarga va qonunlarga rioya qilgan insonlarga Xudo: “Men sizlarni O‘zimning xalqim qilaman, sizlarning Xudoyingiz bo‘laman”, deb alohida va’da bergan. Ammo bu amrlarni va qonunlarni buzgan odamlarni Xudo jazolagan. Xudoning O‘z xalqi Isroil bilan bo‘lgan munosabati mana shu ahdga asoslangani bois, Eski Ahdda bayon qilingan aksariyat voqealar va Isroil xalqining tarixi shu munosabatlar haqida hikoya qiladi.
Isroil xalqi tarixi
Muqaddas Kitob tarkibida Tavrot kitoblaridan keyin o‘rin olgan 12 ta kitob (Yoshua kitobidan Ester kitobigacha) Isroil xalqi tarixining taxminan 1000 yillik davrini qamrab oladi. Bu davrda Isroil xalqi Kan’on yurtini zabt etib, o‘sha yerlarga o‘rnashadi.
Taxminan 350 yil davomida Isroil xalqining o‘n ikki qabilasini Xudo tomonidan tayinlangan hakamlar boshqaradi. Hakamlar davridan keyin Isroil xalqining o‘n ikki qabilasi Isroil shohligini barpo qilib, Shoulni shoh qilib taxtga o‘tirg‘izadi. Dovud Isroilning ikkinchi shohi bo‘ladi. Dovud vafot etgandan keyin uning o‘g‘li Sulaymon taxtga chiqib, Quddusda Xudoga atab Ma’bad quradi. Sulaymonning o‘g‘li Raxabom hukmronligi davrida Isroil shohligi ikkiga bo‘linib, shimolda Isroil shohligi va janubda Yahudo shohligi paydo bo‘ladi. Ikkala shohlikning aholisi va hukmdorlari oldiga Xudo O‘z payg‘ambarlarini yuboradi. Ular aholini, butlarga sig‘inmanglar, Xudoga yuz buringlar, Uning amrlarini bajaringlar, deb undaydi. Ammo xalq payg‘ambarlarning
gaplariga quloq solmaydi. Oqibatda Xudo ikkala shohlik aholisini itoatsizligi uchun jazolab, dushmanlar qo‘liga topshiradi. Dushmanlar Isroil va Yahudo xalqlarini asirlikka olib ketadi. Oradan ancha yillar o‘tgandan keyin, Yahudo shohligidan surgun qilingan ayrim odamlar Quddusga qaytib kelib, Ma’badni va shahar devorini qayta quradilar.
Xalqning aksariyat qismi esa surgunda yashab qolaveradi. Ulardan ba’zilari o‘zlari surgun bo‘lgan davlatlarda yuqori martabalarni egallaydilar.
Donishmandlik kitoblari
Navbatdagi beshta kitob (Ayub kitobidan “Sulaymon payg‘ambarning go‘zal qo‘shig‘i” kitobigacha) “donishmandlik kitoblari” deb ataladi. Ayub kitobi zamirida barcha zamonlarda dolzarb bo‘lgan quyidagicha savol yotadi: “Nima uchun Xudo solih kishilarning bu hayotda azob tortishlariga yo‘l qo‘yadi?” Zabur kitobi sanolardan tashkil topgan bo‘lib, dastlab bu she’rlar kuyga solingan va Xudoga hamdu sano, madhiya qo‘shiqlari tarzida musiqa asboblari jo‘rligida ijro etilgan. Hikmatlar kitobi maqol, matallar shaklidagi axloqiy va diniy ta’limotlardan iborat. Voiz kitobi inson hayotining maqsadi va mohiyati haqida chuqur o‘ylagan donishmand Voizning fikrlaridan iborat. “Sulaymon payg‘ambarning go‘zal qo‘shig‘i” kitobi sevgi haqidagi she’rlar to‘plamidir.
Payg‘ambarlar
Eski Ahdning so‘nggi 17 ta kitobi (Ishayo kitobidan Malaki kitobigacha) asosan payg‘ambarlarning xabarlari va bashoratlaridan tashkil topgan. Bu payg‘ambarlar miloddan oldingi 850-400 yillar oralig‘ida faoliyat ko‘rsatganlar. Bu davrlarda Isroil va Yahudo shohliklari alohida–alohida mustaqil davlat bo‘lgan, ikkala shohlik aholisi surgun qilingan va Yahudo xalqidan ba’zilari ona yurtiga qaytib kelgan edi.
Payg‘ambarlar xalqni gunohlari uchun tavba qilishga, butlarga sajda qilmaslikka, Xudoga yuz burishga, Uning amrlarini bajarishga, solih hayot kechirishga undaganlar. Payg‘ambarlar kelajak haqida ko‘p bashoratlar qilganlar. Ko‘pincha bu bashoratlarda ramziy obrazlardan foydalanilgan va ular she’riy uslubda yozilgan. Mazkur payg‘ambarlar orasida o‘zbek kitobxonlariga yaxshi tanish bo‘lgan Doniyor ham bor.
Ishayo, Yeremiyo, Hizqiyol va Doniyor payg‘ambarlarning bitiklari “Katta payg‘ambarlar” degan nom bilan yuritiladi, chunki ularning bitiklari boshqa payg‘ambarlarnikiga qaraganda ancha katta. Qolgan o‘n ikkita payg‘ambarning bitiklari qisqa bo‘lgani bois, ular “Kichik payg‘ambarlar” degan nom bilan yuritiladi. Bu bitiklar kotiblar tomonidan bir o‘rama qog‘ozga ko‘chirilgan.
Payg‘ambarlar kitoblari xronologik tarzda joylashmagan. Qaysi payg‘ambar qachon faoliyat ko‘rsatgani haqida ma’lumot olish uchun mazkur nashrga ilova qilingan “Jadvallar” bo‘limida berilgan “Eski Ahd xronologiyasi jadvali” qismiga qarang.
YANGI AHD KITOBLARINING QISQACHA TAVSIFI
Yangi Ahd 27 ta kitobdan tashkil topgan bo‘lib, bu kitoblar Iso Masih osmonga ko‘tarilib ketgandan 1 keyin, milodiy birinchi asrda yozilgan. Bu kitoblar to‘plami o‘zbek tilida “Injil” deb ham yuritiladi. Yangi Ahdda bayon qilingan barcha voqealar Rim imperiyasi hududida sodir bo‘lgan edi.
1 taxminan milodiy 30 yil
Yangi Ahd kitoblari qadimiy yunon tilida yozilgan. Matnda yunon harflari bilan yozilgan ba’zi oramiycha so‘zlar va iboralar ham bor, chunki Yaqin Sharq mintaqasida oramiy tili keng qo‘llangan edi. Yangi Ahddagi ko‘plab dialoglar aslida oramiy tilida bo‘lgan edi.
Xushxabarlar
Yangi Ahdning dastlabki to‘rtta kitobi (Matto kitobidan Yuhanno kitobigacha) Iso Masihning tug‘ilishi, hayoti, ta’limoti, o‘limi va tirilishi haqidagi voqealardan iborat. Iso Masih O‘zi keltirgan xabarni “Xushxabar” deb ataydi, shu boisdan ham dastlabki to‘rtta kitob “Xushxabarlar” degan nom bilan yuritilgan. Bu Xushxabarlarni Iso Masihni shaxsan tanigan odamlar yoki ularning guvohligini bevosita eshitgan boshqa mualliflar yozganlar. To‘rtala kitob uslub jihatdan va ayrim ma’lumotlarga ko‘ra bir–biridan farq qiladi, ayniqsa, Yuhanno bayon etgan Xushxabar boshqa Xushxabarlardan alohida ajralib turadi. Bu farqlar muallif kitobni qay maqsadda va kimga atab yozganiga bog‘liq. Bu kitoblar yaxlit holda Iso Masih haqida to‘liqroq ma’lumot berib, Uning hayotini bitta kitobda yozilgandan ko‘ra ko‘proq yoritadi.
Ilk masihiylar jamoatining tarixi
Navbatdagi kitob “Havoriylarning faoliyati” deb nomlangan bo‘lib, unda Iso Masih osmonga ko‘tarilib ketgandan keyin, dastlabki yillarda shogirdlarning olib borgan faoliyati tasvirlanadi. Isoning bu shogirdlari va ilk jamoat yetakchilaridan ba’zilari “havoriy” 2 degan nom bilan tanilganlar. Kitobda Iso Masih haqidagi Xushxabar Quddusdan butun Rim imperiyasiga yoyilgani haqida hikoya qilinadi. Shu mavzu bilan bog‘liq holda kitobning aksariyat qismida havoriy Pavlusning safarlari bayon qilinadi. Kitobda bayon qilinishicha, Pavlus Rim imperiyasiga qarashli ko‘p shaharlarga borib, yahudiy va g‘ayriyahudiylarga Masih haqida va’z qilgan va hatto imperiya poytaxti Rimga ham yetib borib, u yerda ko‘pchilikka Xushxabar aytgan. Pavlus Rimdagi uy qamog‘ida ekani haqidagi ma’lumot kitobga yakun yasaydi.
Maktublar
Havoriylar kitobidan keyin 21 ta maktub keladi. Bu maktublarni Iso Masihning ba’zi havoriylari Uning izdoshlariga yozib, imonda o‘sish, solih hayot kechirish borasida nasihatlar berganlar. Mazkur maktublarning aksariyat qismi turli joylarda istiqomat qiluvchi imonlilar guruhlariga yozilgan, faqat to‘rtta maktub muayyan shaxslarga yo‘llangan.
Odatda ushbu maktublar ikki guruhga bo‘lingan: 1) Pavlus yozgan maktublar, 2) Boshqa havoriylar yozgan maktublar. Mazkur mintaqada ko‘p ishlatiladigan boshqa tarjimalardagi kabi, o‘zbekcha tarjimada ham boshqa havoriylar yozgan maktublar Pavlusning maktublaridan oldin kelgan. Ibroniylarga maktub Pavlusning maktublari qatorida joylashtirilgan, ammo bu maktubning muallifi aniq emas va bu haqda olimlar hanuzgacha munozara qilmoqdalar.
Maktublar xronologik tartibda joylashmagan. Yangi Ahddagi xronologik tartib haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun mazkur nashrga ilova qilingan “Jadvallar” bo‘limida berilgan “Yangi Ahd xronologiyasi jadvali” qismiga qarang.
Apokaliptik 3 janrdagi kitob
Yangi Ahd Vahiy kitobi bilan yakunlanadi. Bu kitob Yangi Ahd tarkibidagi barcha kitoblardan keyin yozilgan, deb taxmin qilinadi. Ushbu kitob majoziy obrazlarga nihoyatda boy bo‘lib, unda Xudoning kelajakda dushmanlar ustidan g‘alaba qozonishi va Xudoning abadiy shohligi barqaror bo‘lishi haqida hikoya qilinadi.
MUQADDAS KITOB — YAXLIT BIR ASAR
Shuni tushunib olish muhimki, Yangi Ahdda Xudo ayon qilgan haqiqat Eski Ahddagi haqiqatni bekor qilmaydi. Aksincha, Eski Ahd haqiqati Yangi Ahd haqiqati uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Yangi Ahd, o‘z navbatida, Eski Ahddagi g‘oyalarni to‘ldiradi. Iso Masih Eski Ahdni mukammal bilgan edi, shu bois odamlarga ta’lim berganda Eski Ahddan ko‘plab iqtiboslar keltirgan. Iso shunday degan: “Meni, Tavrot yoki payg‘ambarlarning bitiklarini bekor qilgani kelgan, deb o‘ylamanglar. Men bekor qilgani emas, balki bajo keltirgani keldim” (Matto 5:17). Yangi Ahd mualliflari ham o‘z kitoblarida Eski Ahddan ko‘p foydalanib, ba’zan undan iqtibos keltirganlar, ba’zan esa undagi gaplarni o‘z so‘zlari bilan yozganlar.
Shunisi diqqatga sazovorki, Muqaddas Kitob tarkibidagi barcha bitiklar turli janrlarda, har xil vaziyatda va turli davrlarda yashagan mualliflar tomonidan yozilganiga qaramay, hammasi birgalikda ajoyib uyg‘unlikni namoyon qiladi. Xudoning kimligiyu Uning qanday ish yuritishi, odamzodning fe’l–atvori, xatti–harakati haqidagi g‘oyalar, markaziy mavzu bo‘lgan Xudo bilan insoniyatning yarashuvi haqidagi xabar Muqaddas Kitobda izchil yoritilgan. Yarashuv haqidagi bu xabar, asosan, hikoyalar orqali, ya’ni odamlar bilan Yaratuvchi Xudo o‘rtasidagi munosabatga oid voqealar orqali yetkaziladi. Muqaddas Kitob mualliflari voqealarni samimiy ravishda, odamlarning gunohlarini yashirmagan holda ro‘y–rost bayon qiladilar. Har bir inson haqidagi hikoya Xudo haqidagi katta hikoyaning bir qismini tashkil etadi. Muqaddas Kitobda bayon qilingan voqealardan shuni anglashimiz mumkinki, dunyo yaratilgandan beri, Xudo har bir odamni O‘ziga chorlab kelmoqda.
Asrlar davomida imonli odamlar ushbu kitoblarni Xudo tomonidan yuborilgan muqaddas bitiklar deb bilganlar. Darhaqiqat, Muqaddas Kitobda bu borada shunday yozilgan: “Muqaddas bitiklarning hammasi ilohiy ilhom bilan yozilgan” (2 Timo‘tiy 3:16), “Muqaddas bitiklardagi bashoratlarning hech biri payg‘ambarlarning shaxsiy talqini emas. Hech bir haqiqiy payg‘ambar o‘zining insoniy xohishi bilan bashorat qilgan emas. Bu payg‘ambarlar Muqaddas Ruh tomonidan boshqarilib, Xudoning so‘zlarini gapirganlar” (2 Butrus 1:20-21). Muqaddas Kitobni o‘qigan insonlar haqiqatni qidirganlarida, qaysi zamonda yashashlaridan qat’iy nazar, Muqaddas bitiklarning qudrati va hokimiyatidan voqif bo‘lganlar. Zero, Muqaddas Kitobda shunday yozilgan: “Mening so‘zim olovday kuydiradi. Qoyani yoradigan bolg‘aday zarba beradi” (Yeremiyo 23:29), “Xudoning kalomi jonli va ta’sirli, har qanday dudama qilichdan o‘tkirroqdir. U jon bilan ruhni, bo‘g‘inlar bilan ilikni ajratgudek suqilib kiradi. Xudoning kalomi xayolu yurakning niyatlarini fosh etadi” (Ibroniylar 4:12).
2 To‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun lug‘atdagi HAVORIY so‘ziga qarang.
3 ya’ni oxirzamonga oid bashoratlar va vahiylar
Muqaddas Kitobni kim va qachon yozgan – qiziqarli ma’lumotlar
Xristian dogma Bibliyaga asoslangan, ammo ko’pchilik uning muallifi va nashr etilganda bilmaydi. Ushbu savollarga javob olish uchun olimlar ko’plab tadqiqotlar o’tkazdilar. Muqaddas Kitobning bizning asrdagi tarqalishi ulkan nisbatga yetib bordi, dunyodagi har bir soniyada bitta kitob chop etilishi ma’lum.
Muqaddas Kitob nima?
Masihiylar Muqaddas Kitobni tashkil etgan kitoblarni Muqaddas Kitob deb atashadi. U odamlarga berilgan Rabbiyning so’zidir. Ko’p yillar davomida, Muqaddas Kitobni kim yozganini tushunish uchun ko’plab tadqiqotlar o’tkazildi va vahiy turli xalqlarga berildi va yozuvlar ko’p asrlar mobaynida amalga oshirildi. Jamoat kitob to’plamini ilhomlantirilgan deb tan oladi.
Bir toifadagi pravoslav bibliya ikki yoki undan ortiq sahifaga ega bo’lgan 77 ta kitobdan iborat. Qadimgi diniy, falsafiy, tarixiy va adabiy yodgorliklarning kutubxonasi hisoblanadi. Muqaddas Kitob ikki qismdan iborat: qadimgi (50 kitob) va yangi (27 ta kitob) poydevor. Eski Ahd kitoblarini shartli ravishda taqsimlash qonuniy, tarixiy va o’qituvchilar kitoblariga kiritilgan.
Muqaddas Kitob nima uchun Muqaddas Kitob deb nomlangan?
Bibliya olimlari tomonidan taqdim etilgan va ushbu savolga javob beradigan bitta asosiy nazariya mavjud. “Muqaddas Kitob” ning paydo bo’lishining asosiy sababi O’rta er dengizi qirg’og’ida joylashgan Byblos port shahri bilan bog’liq. Uning yordamida, Misr papirusi Gretsiyaga etkazilgan. Bir muncha vaqt o’tgach, bu ism yunoncha kitobni anglatar edi. Natijada, “Muqaddas Kitob” kitobi paydo bo’ldi va bu ism faqatgina Muqaddas Bitikda ishlatilgan va shuning uchun bu nomni katta harf bilan yozib qo’ying.
Muqaddas Kitob va Injil – farq nima?
Ko’plab imonlilar nasroniylar uchun asosiy Muqaddas Kitob haqida aniq tasavvurga ega emaslar.
- Injil Yangi Ahdga kiradigan Muqaddas Kitobning bir qismidir.
- Muqaddas Kitob erta oyatdir, lekin Injilning matni ko’p o’tmay yozilgan.
- Matnda Xushxabar faqat er yuzidagi hayot va Iso Masihning osmonga ko’tarilishi haqida gapiradi. Muqaddas Kitobda ko’pgina boshqa ma’lumotlar mavjud.
- Muqaddas Kitobni va Xushxabarni kim yozganidan farq bor, shuning uchun asosiy Muqaddas Kitob mualliflari ma’lum emas, lekin ikkinchi ish hisobidan uning matnini to’rtta Evangelistlar yozgan: Matto, Yuhanno, Luqo va Mark.
- Shunisi e’tiborga loyiqki, Xushxabar faqat qadimgi yunon tilida yozilgan va Muqaddas Kitobning matnlari turli tillarda berilgan.
Muqaddas Kitobning muallifi kim?
Mo’minlar uchun, Muqaddas Kitobning muallifi Rabbidir, lekin mutaxassislar bu fikrni tanqid qilishlari mumkin, chunki unda Sulaymon hikmati, Ayub kitobi va boshqalar mavjud. Bu holatda, savolga javob berish – Muqaddas Kitobni kim yozgan bo’lsa, biz ko’plab mualliflar bor, deb o’ylashimiz mumkin, va bularning barchasi bu ishga hissa qo’shdi. Bu ma’budni olgan oddiy odamlar tomonidan yozilgandir, ya’ni ular faqat bitta asbob bo’lib, kitob ustida qalam ushlab turishdi va Rabbiy ularning qo’llarini qo’zg’adi. Muqaddas Kitobni qaerdan topishganini bilish uchun, matnni yozgan kishilarning nomlari noma’lum.
Muqaddas Kitob qachon yozilgan?
Uzoq vaqt davomida dunyoning eng mashhur kitoblari qachon yozilganligi haqida munozaralar bo’ldi. Ko’plab tadqiqotchilarning fikriga qo’shilgan mashhur bayonotlardan biri quyidagilardan iborat:
- Ko’plab tarixchilar, Muqaddas Kitob qachon paydo bo’lganiga oid savolga javob berish, mil. Av. VIII-VI asrga ishora qilmoqda .e.
- Ko’pgina bibliya olimlari kitobning nihoyat miloddan avvalgi V-II asrda shakllanganligiga ishonch hosil qilishadi .e.
- Bibliyadan qancha yillar o’tganligi haqida kitobning yana bir keng tarqalgan versiyasi, bu kitobni miloddan avvalgi II-I asrda tuzilgan va imonlilarga taqdim etilganligini ko’rsatadi .e.
Muqaddas Kitobda ko’plab hodisalar tasvirlangan, shuning uchun birinchi kitoblar Muso va Yoshua hayoti davomida yozilgandir. Keyin boshqa nashrlar va qo’shimchalar ham mavjud bo’lib, ular hozirda ma’lum bo’lganidek, Muqaddas Kitobni yaratgan. Tanlangan matnga ishonishning iloji yo’q deb hisoblaymiz, chunki u ilohiy kelib chiqishi haqida da’vogar ekan, deb kitob yozishning xronologiyasini tanqid qiluvchi tanqidchilar ham bor.
Muqaddas Kitob qaysi tilda yozilgan?
Barcha zamonning buyuk kitobi qadim zamonlarda yozilgan va bugungi kunda u 2500 dan ortiq tillarga tarjima qilingan. Muqaddas Kitob nashrlari soni 5 million nusxadan oshdi. Ta’kidlash joizki, mavjud adabiyotlar original tillardan eng so’nggi tarjimalar. Muqaddas Kitobning tarixi bir necha o’n yillar davomida yozib qo’yilganligini ko’rsatadi, shuning uchun u turli tillarda yozilgan matnlarni birlashtiradi. Eski Ahd ibroniy tilida ko’proq ifodalangan, ammo oromiy tilida ham matnlar mavjud. Yangi Ahd qadimiy yunon tilida deyarli to’liq ifodalangan.
Muqaddas Kitob haqida qiziqarli ma’lumotlar
Muqaddas Kitobning mashhurligini hisobga olsak, tadqiqotlar olib borilganiga hech kim hayron bo’lmaydi va bu juda ko’p qiziqarli ma’lumotni kashf qilishga imkon berdi:
- Muqaddas Kitobda Iso ko’pincha eslatib o’tilgan, ikkinchisi esa Dovud edi. Laurel ayollaridan Ibrohim Soroning xotini bor.
- Kitobning eng kichik nusxasi 19 asr oxirlarida chop etilgan va bu uchun fotomexanik kamaytirish usuli qo’llanilgan. Uning uzunligi 1,9 x 1,6 sm, qalinligi esa – 1 sm. Matnni o’qish uchun qopqoqga magnitafon qo’yilgan edi.
- Muqaddas Kitobdagi dalillarga qaraganda, u taxminan 3,5 mln. Harfni tashkil etadi.
- Eski Ahdni o’qish uchun 38 soat sarflash kerak va 11 soat ichida o’tadi.
- Ko’pchilik haqiqatni hayratda qoldiradi, lekin statistika ma’lumotlariga ko’ra, Muqaddas Kitob boshqa kitoblardan ham ko’proq o’g’irlik.
- Muqaddas kitobning ko’pgina nusxalari Xitoyga eksport qilish uchun yaratilgan. Shimoliy Koreyada bu kitobni o’qish o’lim bilan jazolanadi.
- Masihiy Muqaddas Kitob eng quvg’in qilingan kitobdir. Tarix mobaynida qonunlar chiqarilishiga oid birorta ham ish qilinmadi, buzilishi uchun o’lim jazosi qo’llanildi.