Press "Enter" to skip to content

2 sinf ona tilidan ochiq dars ishlanmasi

B) tarbiyaviy: topqirlikka, ziyrak, hushyor, chaqqon harakat qilishga o’rgatish

Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Ro’ziyeva Zebo Nuriddinovnaning 4- “A” sinfda «Tovushlar va harflar» mavzusida o’tkazgan ochiq dars ishlanmasi.

Sinf: 4- “A” sinf. Sana : 22-oktabr 2018-yil. Fan: Ona tili.
Darsning mavzusi: Tovushlar va harflar. (90-92-mashqlar)
Darsning maqsadi: a)Ta`limiy: o`quvchilarga tovushlar, ularning so`z ma`nolarini farqlashi, to`g`ri talaffuzi, belgilari, tovushlarning harflar bilan yozilishi, harflarning belgilari, grafik jihatdan to`g`ri shakllantirish haqidagi bilimlarni eslatish orqali mustahkamlash; FK1: unli va undosh tovushlar talaffuzi va imlosi, so`zlarni bo`g`inga bo`lish va ko`chirishni, so`zlarni bo`g`in-tovush va tovush harf jihatidan tahlil qilishni bilish; FK2: talaffuz me`yorlariga va bo`g`in ko`cherish qoidasiga rioya qila olish.
b) Tarbiyaviy: o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; TK4: o`zidan kattalarga, o`rtoqlariga va o`zidan kichiklarga yordam berish.
d) Rivojlantiruvchi: o`quvchilardagi fonetik idrokni rivojlantirish; TK2: media vositalaridan, didaktik materiallardan foydalanish.
Dars turi: mustahkamlovchi dars.
Dars usuli: suhbat, analitik metodi, ta`limiy o`yin.
Dars jihozi: darsga oid ko`rgazmalar, tovushlar uchun katakchalar, kesma harflar, tarqatmalar, multimedia ilovalari
Dars rejasi: I.Tashkiliy qism (5 daqiqa)
II. O’tilgan mavzuni so’rash (10 daqiqa)
III. Yangi mavzu bayoni (20 daqiqa)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash (7 daqiqa)
V.Baholash.Darsni yakunlash (2 daqiqa)
VI. Uyga vazifa (1 daqiqa)
Darsning borishi: o`quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish. Psixologik iqlim yaratish.
O`qituvchi: Bolajonlar sog`lommisiz?
Darsimizga tayyormisiz?
O`quvchi: Ustoz bizlar sog`lommiz
Darsga tappa-tayyormiz.
O`qituvchi:Darsimiz nima bolajonlar?
O`quvchilar:Ona tili-onajonim tili -bu .
I Tashkiliy qism. Good morning pupils. How is on dyute today. Navbatchi axboroti. Davomatni aniqlash. Savol-javob o`tkaziladi?
Navbatchi: Sinfda men navbatchi
Gullarga suv quyuvchi
Davomatni oluvchi
Tozalikni saqlovchi
-Bolajonlar, endi biz uch guruhga: “Bilimdonlar”, “Zukkolar” va “Donolar” guruhlariga bo`linamiz.
Guruh nomlariga ta`rif beriladi.
1-guruh:- Biz bilimdon bolalar
Ilm olishga chanqoq.
Aqlimiz ishga solib,
Bo`lamiz yana faolroq.
2-guruh:- Biz zukko o`quvchilar,
Sezgirlik shiorimiz.
Har qandayin savolga,
Bor to`g`ti javobimiz.
3-guruh:- Bizlar dono o`quvchi
Har savolni bilguvchi
Ahil bo`lib birlashing
Ilm sirlarin oching!
-Yashang! Endi shiorimizni ayting-chi.
Bilim olish istagi Biz uchun farzdir.
Shiorimiz bizning , Dars-muqaddasdir.
1.Hozir o`lkamizda qaysi fasl?
2.Kuz faslida ob-havoda qanday o`zgarishlar bo`ladi?
3.Kuz faslida dalalarda qanday ishlar bajariladi?
4.Kuz faslida qanday muhim sanalar nishonlanadi?
5.O`zbek tiliga kim asos solgan?
6. O`zbek tiliga Davlat tili maqomi qachon berilgan?
7. Hozir necha yil to`ldi?
-O`quvchilar: Ona tilim, jon tilim,
Sen o`zingsan, jon tilim.
Yuragimning to`rida,
Sayrab turgan bulbulim.
Bobolarim ruhi shod bugun,
Ona tilim qadri ko’p baland.
O’z tilini qadrlab elim,
Boshi bo’ldi yana sarbaland.
Tilim, qadring tiklandi yana,
Imkon berdi yashashga qonun.
Yurtimizda bugun tantana,
Yigirma birga to’libsan mana.
Men bugun madh etay ona tilimni,
Ona tilim axir onamday buyuk.
O’zbeklarning tilin-o’zbek tilining
Jumlayi kalomi biz uchun suyuk.
Sahna ko`rinish namoyish etiladi. Tilni madh etuvchi maqollar aytiladi.
II O`tilgan mavzuni mustahkamlash. O`tilgan mavzu so`rab mustahkamlanadi, uyga vazifa tekshiriladi. Aylanma daftarlar almashtiriladi.
Husnixat daqiqasi Hisobli do`st ayrilmas.
O`quvchilarning yozuvini nazorat qilinadi. Husnihat bilan yozish aytiladi.
“Bilimdonlar” guruhi. “Zukkolar” guruhi.
1.Vatanimizning nomi nima? 1.O’zbekiston qachon mustaqillikka erishdi?
2.O’zbek tiliga kim asos solgan? 2.Jo`ra bobo ketayotganda nega ko`zlariga yosh oldi?
3. 1000 va 2 sonining bo`linmasi? 3.Kometalar nima?
4.Uyushiq bo`laklar nima bilan bog`lanadi? 4. Quyosh sistemasida nechta sayyora bor?
5.A. Navoiyning qaysi buyuk asarini bilasiz? 5.Odobning boshi nima?
6. Kubning yoqlari nechta 6.Nutqning qanday shakllari bor?
“Donolar” guruhi.
1. Ustoz va murabbiylar kuni qachon nishonlanadi? 4. 40 va 5 sonlarining ko`paytmasi necha bo’ladi?
2. So`z turkumlari qaysilar? 5.Qishlog`ining xaritasini kim chizdi?
3.O’zbek alifbosida nechta harf bor? 6. Meteorlar nima?
III Yangi mavzuning bayoni .
O`qituvchi: Bugun biz siz bilan tovushlar va harflar mavzusini o`rganamiz.
1.O`zbek alifbosida nechta harf bor?
2.Nechta tovush bor?
3.Unli va undosh tovushlar nechta?
4. Harf birikmasi nechta va qaysilar?
90-mashq. She`rni ifodali o`qing. She`r nima haqida yozilgan. Mashq sharti o`quvchilar tomonidan o`qiladi.
Vatanni sev, tuprog`ini o`p: Har qarichi muqaddas bizga.
Cho`lidagi hatto quruq cho`p Jondan aziz yuragimizga.
-Ajratilgan so`zlarda nechta tovush bor?
-Ular nechta harf bilan yozilgan?
-She`rning misralari qanday harf bilan boshlangan?
— Gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo`yilgan?
— She`r necha misradan iborat?
— She`r misralaridagi qofiyadosh so`zlarni toping.
Vatanni- so`zida 7 ta tovush, 7 ta harf bilan ifodalangan. Qarichi-so`zida 6 ta tovush, 6 ta harf bilan ifodalangan. Muqaddas-so`zida 8 ta tovush, 8 ta harf bilan ifodalangan.
O`quvchilar ajratilgan so`zlarni doskaga yozadilar. O`z guruhlariga rag`bat kartochkalari olib beradilar.
O`qituvchi: Bizning nutqimiz so`zlardan iborat. So`zlar tovushlardan iborat. Tovushlarni biz talaffuz qilamiz va eshitamiz. Tovushlar yozuvda harflar bilan belgilanadi. Harflarni biz ko`ramiz va yozamiz. Tovushlar orqali so`zlar bir – biridan farqlanadi: tut, tol, til
1-topshiriq: multimedia orqali. O`qing. Nuqtalar o`rniga so`z ma`nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan harflarni mosini qo`ying. Topshiriqni bajarish uchun qavs ichidagi harflarni qo`yish lozim.
91-mashq. O`qing. Ko`chiring. So`z ma`nolarini farqlayotgan tovushlarning tagiga chizing. So`zlarning ma`nosini tushuntiring. So`zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslang. Qaysi tovushlarning aytilishi yozilishiga mos kelmaydi? Nima uchun? O`ylab ko`ring.
O`quvchilar mashqni ekranda va doskada bajarib rag`batlantiriladilar.
Mard-mart, yod-yot, sop-sof. Shoh-shox, xush-hush, uxladi-uhladi, asr-asir, asl-asil.
Mard-qo`rqmas, dovyurak, botir,mart-bahor faslining birinchi oyi, yod-eslamoq, yodga olmoq,yot-yotmoq, uxlamoq, sop-ketmonning, o`roqning dastasi, ushlagichi, sof-toza, tiniq. Shoh-podsho,shox-daraxtning molning shoxi, xush-xush kelibsiz, xush ko`rdik,hush-esi, xayoli, uxladi-yotdi, dam oldi,uhladi-uh tortdi, asr-100 yil,asir- tutqin, bandi, asl-asl nusxasi, aynan,asil-noyob, nodir.
Dam olish daqiqasi. O`quvchilar inglizcha qo`shiq aytadilar.
92-mashq. O`qing. So`zlarning aytilishi va yozilishini taqqoslang. Ko`chiring.Tekshiring. So`zlarning yozilishini esda tuting. Havo, baho, Kamol, Shavkat, shavla, davlat. Oftob, choyshab, maktub, ozod, avlod, ajdod. Chumchuq, supurgi, tutun, kumush, qulupnay.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
2-topshiriq: multimedia orqali. Berilgan so`zlar tovush-harf tomonidan tahlil qilinadi.
“So`zdan so`z yasang”, “Kemachalar suzmoqda” ta`limiy o`yini. O`quvchilarga Konstitutsiya so`zida ishtirok etgan harflardan foydalanib so`zlar hosil qilish kerak. Konstitutsiya- kon, in, soya, it, institut, sut, soniya, soat, sot, tut,
Saylanma diktant. Ona tiliga oid so`zlarni yozib oling.Kino, gap, kesim, kulmoq, o`yin, ayituv, matn, ega, burchak, lug`at, qo`shimcha, alifbo.
“Tovushni angla” o`yinida o`quvchilarga biror bir narsaning tovushi disk orqali eshittiriladi, o`quvchilar uni anglab topadilar. So`ng to`g`riligini aniqlash uchun monitor orqali video lavhalar ko`rsatiladi.
“Tushunchalar tahlili” ta`limiy o`yini
T/r Tushunchalar To`g`ri Noto`g`ri
1 Shaxs va narsani bildirib qanday? qanaqa? so`rog`iga javob bo`lgan so`zlar ot deyiladi? +
2 Gapda so`zlar o`zaro ma`no jihatidan bog`lanadi. +
3 Gapda ega, kesim, ikkinchi darajali bo`laklar uyushib kelmaydi +
4 Undalma fikrning kimga qarata aytilganini bildiradi +
V.Baholash.Darsni yakunlash. Guruhlarning to`plagan ballari jamlanib g`olib guruh aniqlanadi. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. 93-mashq.

3-sinf ona tili “Unli va undosh tovushlar

Darsning maqsadi: A) ta’limiy: o’quvchilarni unli va undosh tovushlarni to’g’ri aytishga o’rgatish, undosh tovushlar va undosh harflar haqidagi bilimlarini aniqlash, undosh tovushlarni hosil bo`lishi, ularni so`z tarkibida aniqlay olishini mustahkamlash unli va undosh tovushlarning farqlashga o’rgatish, unli tovushlar bo’g’in hosil qilishini o’rgatish.

B) tarbiyaviy: topqirlikka, ziyrak, hushyor, chaqqon harakat qilishga o’rgatish

D) rivojlantiruvchi: husnixat ko’nikmalarini takomillashtirish, lug’at boyliklarini oshirish, hamkorlikda ishlashga o’rgatish.

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari :

2. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish;

4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

O‘quvchilarda shakllanadigan fanga oid kompetensiya elementlari :

FK1 Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

o‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni topshiriqlarini tinglab tushuna oladi;

rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi;

FK2 Lingvistik kompetensiya:

o‘zbek tilidagi nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi; unli va undosh tovushlarni ajrata bilish

mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;

tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Darsning metodi: tushuntirish, musobaqa, mustaqil ishlash, savol-javob, suhbat, ta’limiy o’yinlar.

Darsning tipi: aralash.

Darsning ko‘rgazmasi: unli, undosh harflar yozilgan plakat, darslik, ko’rgazmali rasmlar, tarqatmalar.

Darsning shiori: “Puxta bilim va a’lo natija!”

1. Diqqatni jamlash mashqini bajarish. Buning uchun o‘qituvchi 2 satrli she’r aytaman:

Tinchlikni biz saqlaymiz, (1-qatori o’qituvchi aytadi)

  1. O‘quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do’stona kelishuv” qoidalarini eslatib o‘tish.

Dars ishlanmasiga qo`yilgan talab va ijrosi o`quv jarayonida bajarilish tahlili

O`qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta’lim muvaffaqiyati va samarasi garovidir. Dars bu, sinfda taqvim-mavzu reja asosida belgilangan vaqt davomida o`qituvchi tomonidan o`quvchilar uchun o`quv-tarbiya jarayonining maqsadli tashkil etilishidir.

Shunday ekan, har bir o`qituvchi darsga sifatli va puxta tayyorlanmasdan kirishni insoniylikka, pok vijdonga xiyonat ekanligini va ish haqini halollab olish lozimligini his qilishi kerak. Chunki, har bir fan o`qituvchisi faoliyati asosini sifatli dars o`tish, o`quvchilarga yaxshi ta’lim-tarbiya berish tashkil etadi.

O`qituvchining darsga tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi ikki bosqichdan iborat:
1. O`qituvchining o`z fani yuzasidan umumiy tayyorgarligi.
2. O`qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi.

O`qituvchining umumiy tayyorgarligi muntazam amalga oshirib boriladigan jarayon bo`lib, o`quv yili boshlanishi oldidan quyidagilarni qamrab oladi:

  • Davlat ta’lim standarti (DTS), o`quv dasturi, o`quv reja hamda ularga berilgan tushuntirish xatlarini o`rganib chiqish;
  • O`zi dars beradigan o`quv faniga oid yangi ilmiy va metodik adabiyotlarning mazmuni bilan tanishish;
  • tegishli ko`rgazma materiallarni, o`quv-jihozlarini o`rganish, ularni qo`llay bilish;
  • ilg`or o`qituvchilarning ish tajribalarini o`rganish, tahlil qilish orqali o`z bilimini kengaytirish;
  • kompyuter texnikasidan foydalanish ko`nikmasini shakllantirib, bu boradagi mahoratini oshirish, elektron darsliklar, matn muharrirlari, “ZiyoNet” axborot ta’lim portaliga joylangan ma’lumotlardan samarali foydalanish kabilardir.

O`qituvchining darsga kundalik tayyorgarligi eng asosiy vazifalardandir.
Darsga tayyorgarlik ko`rish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:
1-bosqich: Taqvim-mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt (soat) aniqlashtirib olinadi.

2-bosqich: DTS va o`quv dasturidan o`tilayotgan mavzu yuzasidan o`quvchida qanday tushunchalar (bilim, ko`nikma va malakalar) shakllantirilishi lozimligi aniqlashtirilib, shu asosida dars maqsadlari belgilab olinadi.

3-bosqich: Mavzu asosida darsda foydalaniladigan texnik vositalar, elektron manbalar, slaydlar, ko`rgazmali va didaktik materiallar, adabiyotlar o`rganib chiqiladi hamda dars ishlanmasi (konspekti) yoziladi.

Dars ishlanmasi (konspekt)ning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

Sana, sinf (parallel sinflar uchun bitta mavzu bo`yicha alohida-alohida dars ishlanmasi (konspekt)ni yozish shart emas, bitta mavzuga bitta dars ishlanmasi yozilsa kifoya. 5-“A”, “B” sinflar deb ko`rsatiladi), fan nomi yoziladi.

Darsning mavzusi (taqvim-mavzu reja asosida).

Dars maqsadi (darsga qo`yilgan maqsad 45 daqiqa davomida bajariladigan (erishiladigan), aniq, hayotiy (real) va dars yakunida baholanadigan(o`lchamli) bo`lishi maqsadga muvofiq):

a) ta’limiy maqsad – dars jarayonida o`quvchilarda shakllantiriladigan bilim, ko`nikma va malakalar asosida belgilanadi;

b) tarbiyaviy maqsad – dars jarayonida o`quvchilarda qaysi axloqiy sifatlar shakllantirilishi asosida belgilanadi;

s) rivojlantiruvchi maqsad – dars natijasida o`quvchilarda qaysi bilimlar va axloqiy fazilatlar rivojlantirilishi asosida belgilanadi.

Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi; o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini rivojlantiruvchi; umumlashtiruvchi; o`quvchilar egallagan bilim, ko`nikma va malakalarni tahlil, nazorat qiluvchi kabi dars turlari bo`lishi mumkin.

Darsda foydalaniladigan metodlar: bunda an’anaviy, zamonaviy, interfaol metodlardan o`tilayotgan mavzuning o`quvchilar tomonidan samarali o`zlashtirilishiga xizmat qiladiganini oqilona tanlash lozim.

Darsda foydalaniladigan jihozlar: texnik vositalar, slaydlar, ko`rgazmali va didaktik materiallar.
Darsni tarkiban quyidagi qismlarga ajratish mumkin:
tashkiliy qism;
o`tilgan mavzuni takrorlash (mustahkamlash);
yangi mavzuni tushuntirish;
yangi mavzuni mustahkamlash;
o`quvchilarni baholash;
uyga vazifa berish.

Dars ishlanmasini tayyorlashda o`qituvchi darsning har bir qismini e’tiborga olishi maqsadga muvofiq.

Dars ishlanmasi (konspekt) hamma o`qituvchida bo`lishi shart. Lekin dars ishlanmasi qanday mazmunda, hajmda va necha varaqdan iborat bo`lishi o`qituvchining dars o`tishdagi o`ziga xos yondashuvidan kelib chiqqani ma’qul. Bunda hamma o`qituvchi uchun bir xil chegara, cheklov o`rnatib bo`lmaydi.

Agarda o`qituvchi dars berayotgan o`quvchilarning o`zlashtirish samaradorligi yuqori bo`lsa, ular turli ko`rik-tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan bo`lsa, o`qituvchining dars jarayoniga maktab ma’muriyati va hududiy xalq ta’limi boshqaruvi idoralari xodimlari tomonidan halaqit berishlariga yo`l qo`yilmaydi.

Dars ishlanmasi (konspekti) qo`lyozma shaklida yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Dars ishlanmasini kompyuterda yozish uchun esa o`qituvchi, albatta, o`zi kompyuterda ishlashni bilishi lozim.

Direktorning o`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha o`rinbosari har bir o`qituvchining dars ishlanmasini ko`rib, tasdiqlash jarayonida ularda darsga kirish uchun quyidagi eng muhim(minimum) hujjatlar bo`lishini nazorat qiladi:

  • dars ishlanmasi (konspekti);
  • taqvim-mavzu reja;
  • o`quv dasturi;
  • darslik.

O`qituvchilarning darslarini tahlil qilish – samaradorlikka xizmat qiladi. O`qituvchilarni o`z ustida mustaqil ishlashlari, ijodiy izlanishlari orqali ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beradigan omillardan biri – muntazam ravishda o`qituvchilarning darslarini tahlil qilishdir.

O`qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish, ularning pedagogik mahorati, ish tizimi, o`quvchilarining o`zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish hamda o`qituvchilarning o`zaro tajriba almashish imkonini beradi.

Dars tahlili kuzatish va o`rganish shaklida olib boriladi. Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo`limi mudirlari, o`rinbosarlari, metodistlari tomonidan haftasiga kamida 2 soat, ta’lim muassasalari direktorlari, ularning o`rinbosarlari tomonidan 4 soat, fan metodbirlashma rahbari tomonidan 2 soat, o`qituvchilar tomonidan 1 soat o`qituvchilar darslari kuzatilishi va tahlil qilinishi belgilangan.

Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o`quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faolliklari, fanga bo`lgan qiziqishlari, o`quv materiallari va jihozlar bilan mustaqil ishlay bilishlari, o`qituvchiga bo`lgan munosabatlari aniqlanib, tahlilga tortiladi. Bunda asosiy mezonlar sifatida o`qituvchi tomonidan dars maqsadining to`g`ri qo`yilganligi, o`quv dasturi asosida dars jarayonini to`g`ri rejalashtirishi, materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy g`oyani ajratib olishi, ilmiylik, ko`rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko`nikmalarni o`zlashtirishni nazorat etishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi.

Unutmangki, sifatli dars – bu, o`quvchilar tomonidan samarali o`zlashtirilgan dars. Dars boshlangandan keyin hech kimning ushbu jarayonga halaqit berishiga yo`l qo`yilmaydi.

Darsning tahlili quyidagi turlarga bo`linadi:

1.Ilmiy tahlil. 2.Psixologik tahlil. 3.Metodik tahlil. 4.Didaktik tahlil. 5.Umumpedagogik tahlil va boshqa tahlillar (yoki bularning hammasini qamrab oladigan kompleks tahlil).

O`qituvchilarning darslarini tizimli tahlil qilish o`qituvchilarga amaliy-metodik tavsiyalar berishga va natijada dars samaradorligining oshishiga xizmat qiladi.

Ta’lim muassasalaridagi fan metodbirlashmalarining asosiy vazifasi o`zaro tajriba almashish asosida ta’lim va tarbiya jarayonining ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida samarali tashkil etilishini ta’minlashdan iborat.

Fan metodbirlashmalari ta’lim muassasalarida fan oyliklari, ochiq darslar festivallari jarayonida o`tkaziladigan barcha turdagi mashg`ulotlarning asosan o`rganilishi qiyin yoki murakkab bo`lgan mavzular asosida tashkil etilishini ta’minlaydi.

Har bir fan yo`nalishidagi metodbirlashmalarda “Men o`zlashtirilishi qiyin bo`lgan mavzular bo`yicha darslarni qanday tashkil etaman?” mavzusidagi ochiq muhokamalar tashkil etiladi.

Fan o`qituvchilari astoydil, vijdonan yondashgan holda “Bilimlar bellashuvi”da o`quvchilarining faol ishtirokini ta’minlaydi. “Ustoz-shogird” tizimida, “O`rgan-o`rgat” tadbirlarida chin yurakdan, faol ishtirok etadilar.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo’lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma’muriga xabarnoma jo’nating.

2 Синф 1-Дарс Salom, Maktab! Рус Тили. Рус Тилини Урганамиз Dars Ishlanmasi Lugat 07.03.2017

1 видео урок по учебнику “Русский язык” (для узбекской школы).
Тема — Здравствуй, школа. Знакомство.
1-урок https://youtu.be/NvZW2e_6FaI
2-урок https://youtu.be/OEVb26FnSF8
3-урок https://youtu.be/z4vlDil-vwI
4-урок https://youtu.be/RoDw5xTXMLI
5-урок https://youtu.be/TlJ7qq-y4dk
6-урок https://youtu.be/djlCENjk8z4
скачать электронный учебник можно с сайта

Most recent Rus Tili Maktabda channel videos

  • Yapon Tili 21 – Dars . Mamlakatlar, Davlatlar. – Qayerdan Siz? Yapon Tilini O`rganamiz
  • Yapon Tili 20 – Dars . Yangi So’zlarni O’rganamiz. Yapon Tilini O`rganamiz. Япон Тили Урганамиз
  • 4-Sinf 23 Dars Ta’til. Rustili. Рус Тилини Урганамиз. Учим Русский Язык

Useful links from this video
Подписывайтесь на наш Telegram канал! @thewikihow открыть Мониторим видео тренды 24/7

Explore more videos from Rus Tili Maktabda

Video Views Date
3 198 08.04.2021
4-Sinf 22 Dars 2 Qism. Bizning Vatanimiz — O‘zbekiston. Rustili. Рус Тилини Урганамиз. Учим Русский – Тема — МОЯ РОДИНА – УЗБЕКИСТАН. 22 видео урок часть 2 по учебнику 4 класс #Русский язык (для #узб школы). Ташкент. #Rustilimaktabda.
501 06.04.2021
Rozilik – Norozilik. Norozilik. Ruscha-O’zbekcha So’zlashgich. Top Iboralar. Rus Tilini O’rganamiz – ROZILIK – NOROZILIK. NOROZILIK. 1-qism. Taklifingiz (maslahatingiz) menga ma’qul. Men roziman. Ha, bu menga juda mos keladi. #Rustilimaktabda.
1 517 02.04.2021
Yapon Tili 19 – Dars . Katakana. マ-ン Harflar. Yapon Tilini O`rganamiz. Япон Тили – #Yapontili #yaponese #японтили #darsliklar

Поделиться с друзьями:

Скопировать ссылку Добавить временную метку Включение данной опции позволит добавить к ссылке время начала воспроизведения видео, где H:M:S – часы:минуты:секунды

Копировать

Фото обложки и кадры из видео

Скопировать ссылку

2 Синф 1-Дарс Salom, Maktab! Рус Тили. Рус Тилини Урганамиз Dars Ishlanmasi Lugat 07.03.2017, Rus Tili Maktabda

Аналитика просмотров видео на канале Rus Tili Maktabda

Гистограмма просмотров видео «2 Синф 1-Дарс Salom, Maktab! Рус Тили. Рус Тилини Урганамиз Dars Ishlanmasi Lugat 07.03.2017» в сравнении с последними загруженными видео.

Теги:

Uzrustili Bilimlar Bellashuvi Rus Tili 2-Sinf Rus Tili Ishlanmasi Rus Tili 2-Sinf (O`zbek Tilida) Rus Tili 2 Sinf Rus Tili Fanidan Dars Ishlanmalari Rus Tilidan Olimpiada Savollari Рус Тили Фанидан Тестлар Туплами Русча Узбекча Лугат Словарь Узбекча Русча Русчани Урганамиз Rus Uzb Slovar Rus Tili 30 Kun еще Rus Tili Lugat Русча Санаш Рус Тилини Осон Урганиш