Press "Enter" to skip to content

Oila psixologiyasi kitobi

Oila deb atalmish muqaddas makon, «oila qasri»ning mus- tahkamligi shu qasrning poydevori bo‘lmish nikoh oldi omillari xususiyatlariga, ularning qay darajada to‘g‘ri va mustahkam qo‘yilishiga bog‘liq. Agar shu poydevor yetuk, mustahkam bo‘lsa, uning ustida qurilgan imorat ham ko‘rkam, yorug‘, unda istiqomat qiluvchilarga qulaylik, xotirjamlik, tinchlik, huzur-halovat bag‘ishlaydigan bo‘ladi.

OILA TIPOLOGIYASI VA FUNKSIYALARINING O‘ZIGA XOS TALQINI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

oila / oila tipologiyasi / ahil oila / funksional oilalar / muammoli oilalar / iqtisodiy funksiya / emotsional va psixogigiyenik funksiya. / family / family typology / close-knit family / functional families / problem families / economic function / emotional-psycho-hygienic function.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Arapbayeva, Damegul Kurbanovna

Ushbu maqola hozirgi zamon oilalarining tipologiyasi va funksiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Shu bilan birgalikda maqolada oilalarning funksional imkoniyatlariga ko‘ra darajalari hamda noto‘liq oilalar shakllanishining o‘ziga xos ko‘rinishlariga ham to‘xtalib o‘tilgan. Xususan, maqolada oila ma’lum bir tuzilma va xususiyatlarga ega tizim sifatida ko‘rib chiqiladi. Har qanday tizim singari, u quyidagi bir qator belgilar bilan tavsiflanadi: o‘zaro bog‘liqlik: tizimning alohida elementlarining o‘zaro ta’siri; xolizm: tizimning alohida elementlari bir butunga birlashib, asl individual xususiyatlardan farq qiladigan yangi xususiyatlarga ega bo‘ladilar; asosiy parametrlari quyidagilardan iborat bo‘lgan tarkibiy tashkilot ierarxiya yoki struktura elementlarining subordinatsiyasi; oila ichidagi munosabatlarni va oila hamda atrof-muhit o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi chegaralarning mavjudligi; uyg‘unlik; oilaning rolli tuzilishi; tizim ichidagi jarayonlarning o‘ziga xosligi (sirkulyar, spiralsimon; davriy, uzluksiz); dinamizm, yoki taraqqiy etish qobiliyati; o‘z-o‘zini tashkillashtirish qobiliyati: oilaning yaxlit, muvozanatli tizim bo‘lib qolishi va buzilmasligiga imkon beruvchi oila ichidagi kuchlarning mavjudligi; gomeostaz va rivojlanish dialektikasiga ega ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada oilaning asosiy funksional, muammoli, disfunksional, biologik-reproduktiv, iqtisodiy, tarbiyaviy va ijtimoiy, emotsional va psixogigiyenik, himoya funksiyasilari atroflicha talqin qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по психологическим наукам , автор научной работы — Arapbayeva, Damegul Kurbanovna

OILA TUSHUNCHASI VA OILADAGI IJTIMOIY MUNOSABATLAR TIZIMI
“AVESTO”DA SOG‘LOM AVLODNI TARBIYALASHNING SOTSIAL JIHATLARI XUSUSIDA
OILA TARBIYASI ASOSLARI (YOSH OILALAR MISOLIDA)

NOGIRONLIGI MAVJUD BO‘LGAN BOLALAR TARBIYASINI OLIB BORISHDAGI ALOHIDA TAMOYILLAR (AMERIKA TAJRIBASI ASOSIDA)

Oilada milliy qadriyatlarni shakllantirish
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PERSONAL INTERPRETATION OF FAMILY TYPOLOGY AND FUNCTIONS

This article is devoted to the analysis of typology and functions of modern families. At the same time, the article focuses on the levels of families according to their functional capabilities, as well as specific manifestations of improper family formation. In particular, the article considers the family as a system with a certain structure and characteristics. Like any system, it is characterized by a number of characteristics: interdependence: the interaction of individual elements of the system; holism: individual elements of the system merge into a whole and acquire new properties that differ from the original individual properties; the subordination of the elements of the structural organization hierarchy or structure, the main parameters of which are as follows; the presence of boundaries that represent relationships within the family and relationships between the family and the environment; harmony; role structure of the family ; specificity of processes within the system (circular, spiral; periodic, continuous); dynamism, or the ability to progress; the ability of self-organization: the presence of forces within the family that allow the family to remain a whole, balanced system and not be broken; it is emphasized that it has a dialectic of homeostasis and development. Also, the main functional, problematic, dysfunctional, biological-reproductive, economic, educational and social, emotional and psychohygienic, protective functions of the family are interpreted in detail in the article.

Текст научной работы на тему «OILA TIPOLOGIYASI VA FUNKSIYALARINING O‘ZIGA XOS TALQINI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

OILA TIPOLOGIYASI VA FUNKSIYALARINING O’ZIGA XOS TALQINI

Arapbayeva Damegul Kurbanovna

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi; O’zMU mustaqil izlanuvchisi (DSc).

E-mail: damegul.83 @mail .ru

Ushbu maqola hozirgi zamon oilalarining tipologiyasi va funksiyalarini tahlil qilishga bag’ishlangan.

Shu bilan birgalikda maqolada oilalarning funksional imkoniyatlariga ko ‘ra darajalari hamda noto ‘liq oilalar shakllanishining o ‘ziga xos ko ‘rinishlariga ham to ‘xtalib o ’tilgan. Xususan, maqolada oila ma ‘lum bir tuzilma va xususiyatlarga ega tizim sifatida ko ‘rib chiqiladi. Har qanday tizim singari, u quyidagi bir qator belgilar bilan tavsiflanadi: o’zaro bog ‘liqlik: tizimning alohida elementlarining o’zaro ta ‘siri; xolizm: tizimning alohida elementlari bir butunga birlashib, asl individual xususiyatlardan farq qiladigan yangi xususiyatlarga ega bo ‘ladilar; asosiy parametrlari quyidagilardan iborat bo ‘lgan tarkibiy tashkilot ierarxiya yoki struktura elementlarining subordinatsiyasi; oila ichidagi munosabatlarni va oila hamda atrof-muhit o ‘rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi chegaralarning mavjudligi; uyg’unlik; oilaning rolli tuzilishi; tizim ichidagi jarayonlarning o’ziga xosligi (sirkulyar, spiralsimon; davriy, uzluksiz); dinamizm, yoki taraqqiy etish qobiliyati; o ‘z-o ‘zini tashkillashtirish qobiliyati: oilaning yaxlit, muvozanatli tizim bo ‘lib qolishi va buzilmasligiga imkon beruvchi oila ichidagi kuchlarning mavjudligi; gomeostaz va rivojlanish dialektikasiga ega ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada oilaning asosiy funksional, muammoli, disfunksional, biologik-reproduktiv, iqtisodiy, tarbiyaviy va ijtimoiy, emotsional va psixogigiyenik, himoya funksiyasilari atroflicha talqin qilinadi.

Kalit so’zlar: oila, oila tipologiyasi, ahil oila, funksional oilalar, muammoli oilalar, iqtisodiy funksiya, emotsional va psixogigiyenik funksiya.

This article is devoted to the analysis of typology and functions of modern families.

At the same time, the article focuses on the levels offamilies according to their functional capabilities, as well as specific manifestations of improper family formation.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

In particular, the article considers the family as a system with a certain structure and characteristics. Like any system, it is characterized by a number of characteristics: interdependence: the interaction of individual elements of the system; holism: individual elements of the system merge into a whole and acquire new properties that differ from the original individual properties; the subordination of the elements of the structural organization hierarchy or structure, the main parameters of which are as follows; the presence of boundaries that represent relationships within the family and relationships between the family and the environment; harmony; role structure of the family; specificity of processes within the system (circular, spiral; periodic, continuous); dynamism, or the ability to progress; the ability of self-organization: the presence offorces within the family that allow the family to remain a whole, balanced system and not be broken; it is emphasized that it has a dialectic of homeostasis and development. Also, the main functional, problematic, dysfunctional, biological-reproductive, economic, educational and social, emotional and psychohygienic, protective functions of the family are interpreted in detail in the article.

Key words: family, family typology, close-knit family, functional families, problem families, economic function, emotional-psycho-hygienic function.

Oila murakkab ijtimoiy guruh bo’lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, ideologik va psixologik munosabatlarning uzviy birlashuvi natijasida vujudga keladi.

Psixologiya fanining yosh sohalaridan biri – oila psixologiyasi hisoblanadi. Oila psixologiyasining rivojlanishi va unga turli sohalar mutaxassislari – psixiatrlar, psixoterapevtlar, o’qituvchilar, shifokorlar hamda ijtimoiy xodimlar tomonidan qiziqishning ortishi zamonaviy oila boshidan kechirgan inqiroz tufayli yuzaga keladi.

Adabiyotlar tahlilida zamonaviy oila inqirozi demograflar fikricha, institutsional inqiroz, ya’ni oilaning ijtimoiy institut sifatidagi inqirozi, birinchi navbatda, eng muhim va asosiy funksiyalardan biri reproduktivlik hisoblangan oilaning “jamiyatning bir qismi” deb atalishida namoyon bo’ladi [6,10].

Ayni zamonda oila yanada dinamik shakllanishni ifodalaydi va avvalgi davrdan farqli o’iaroq, ijtimoiy omillar bilan kamroq barqarorlashadi. Turmush o’rtoqlarning shaxsiy motivlari va kommunikativ qobiliyatlarining ahamiyati sezilarli darajada oshdi va ikki kishini birgalikda yashashga majburlash, ularga ijtimoiy me’yor va majburiyatlar vositasi bilan ta’sir qilish deyarli imkonsiz bo’lib qoldi [6,10]. Rasmiy ro’yxatga olingan nikohlar sonining kamayishi va erkin ittifoqda yashash sonining ortishi ijtimoiy me’yor va qoidalarning tartibga solish ta’sirining zaiflashishi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, bu holat insonlar ongida oilaga, hayotiy faoliyati

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

ko’proq darajada ularning shaxsiy mas’uliyatiga bog’liq bo’lgan institut sifatidagi munosabatning shakllanishini aks ettirishi mumkin.

Shunday qilib, zamonaviy hayotning xususiyati zamonaviy oilada uning faoliyat ko’rsatish xossalarini tahlil qilishni, hayot davrining bosqichlaridan o’tuvchi va me’yoriy hamda g’ayri-me’yoriy inqirozlarni boshdan kechirishni talab etuvchi transformatsion jarayonlarga olib keldi.

Adabiyotlar tahlilida oila ma’lum bir tuzilma va xususiyatlarga ega tizim sifatida ko’rib chiqiladi. Har qanday tizim singari, u quyidagi bir qator belgilar bilan tavsiflanadi [6,10]:

– o’zaro bog’liqlik: tizimning alohida elementlarining o’zaro ta’siri;

– xolizm: tizimning alohida elementlari bir butunga birlashib, asl individual xususiyatlardan farq qiladigan yangi xususiyatlarga ega bo’ladilar;

– asosiy parametrlari quyidagilardan iborat bo’lgan tarkibiy tashkilot ierarxiya yoki struktura elementlarining subordinatsiyasi;

– oila ichidagi munosabatlarni va oila hamda atrof-muhit o’rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi chegaralarning mavjudligi;

– oilaning rolli tuzilishi;

– tizim ichidagi jarayonlarning o’ziga xosligi (sirkulyar, spiralsimon; davriy, uzluksiz);

-dinamizm, yoki taraqqiy etish qobiliyati;

-o’z-o’zini tashkillashtirish qobiliyati: oilaning yaxlit, muvozanatli tizim bo’lib qolishi va buzilmasligiga imkon beruvchi oila ichidagi kuchlarning mavjudligi;

-gomeostaz va rivojlanish dialektikasi.

Oilani tizim sifatida tahlil qilishning murakkabligi har qanday tizim boshqa, kattaroq tizimlarning bir qismi ekanligi hamda ular bilan bevosita o’zaro munosabat va o’zaro ta’sirda ekanligini hisobga olish zaruratidadir.

Biz oila masalasini yoritishda oila tipologiyasi va funksiyalarini belgilashdagi adabiyotlar tahliliga e’tiborimizni qaratmoqchimiz [8,19-28].

Oila a’zolarining kattaligi va soniga qarab (shuningdek, avlodlar bo’linishi), nafaqat ota-onalar, balki ularning farzandlari o’rtasidagi munosabatlarga asoslangan, shuningdek, individual oila funksiyalarini bajarishga asoslangan kabi har xil turlarga, mezonlarga ajratishimiz mumkin.

Oilalarning asosiy tipologiyasi oilalarning to’liq va noto’liq oilalarga bo’linishidir. To’liq oila – ikkala ota-ona va kamida bitta bola yashaydigan oila. Gap ota-onalar va bolalar yashaydigan ikki avlod oilasi haqida ketmoqda. Birgalikda yashash a’zolariga ko’ra oilani yana quyidagilarga bo’lishimiz mumkin [8,21-22]:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

-ahil oila – bu yerda oila a’zolarining barcha ehtiyojlari qondiriladi;

– birlashgan oila – u barcha asosiy ehtiyojlarni qondiradi va bolalarni tarbiyalashda kelishmovchiliklarga uchramaydi;

– ahil bo’lmagan oila (bezovta qilingan, beqaror, buzilgan) – unda nizo bor, keskin muhit mavjud, hatto juftlik o’rtasida ham bolalarga befarqlik va shafqatsiz munosabatda bo’lish hissi mavjud;

-to’ldirilgan oila – unda ajrashgandan so’ng, ota-onalardan biri o’z farzandlari bilan yangi turmush quradi, unga yangi turmush o’rtog’i oldingi nikohidagi bolani olib keladi. Ularning birgalikda farzandi bor. Bu “mening farzandlarim”, “farzandlarimiz” kabi muammolarni keltirib chiqaradigan eng murakkab munosabatlar turi.

Noto’liq oila deganda bitta ota yoki ona farzandi yoki farzandlari bilan birga yashaydigan oila tushuniladi. Ota-onalardan biri (ko’pincha ona) ham ota, ham ona vazifalarini bajarishi kerak bo’ladi. Bir ota-onaga qo’yiladigan vazifalar juda talabchandir. Noto’liq oilaning shakllanishi quyidagilarga bog’liq bo’lishi mumkin:

-ota-onadan birining vafoti;

– juftdan birining ketishi (masalan, qamoq, oila bilan yashashni davom ettirmaslik qarori);

-ayolning yolg’iz ona bo’lib qolish qarori.

Oila bilan ishlash, birinchi navbatda, uni tushunishni nazarda tutadi. Oilaga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri uning madaniy va etnik kelib chiqishidir.

Bolani tarbiyalashda oilani yuritishning to’g’ri yo’lga qo’yilishi va ularning o’z vazifalarini bajarishi muhimdir.

Mualliflar oilalarni funksional imkoniyatlariga ko’ra quyidagilarga ajratadilar [8,22-23]:

funksional oilalar – bu muammolardan ta’sirlanmagan de fakto oilalar [8,22]. Bu oilalar bolaning hayoti va farovonligiga to’g’ri g’amxo’rlik qiladi;

muammoli oilalar – bu ba’zi yoki barcha funksiyalarda buzilishlar mavjud bo’lgan oilalar. Biroq bu buzilishlar bolaning oila tizimi va rivojlanishiga tubdan xavf tug’dirmaydi. Ushbu “to’siq”larga qaramay, oila o’z kuchlari va vaqti-vaqti bilan tashqi aralashuv orqali o’z muammolarini hal qila oladi va qoplaydi, bir martalik yoki qisqa muddatli, disfunksional (nosog’lom) oilalar – oilaga bevosita tahdid soladigan jiddiy buzilishlarga ega oilalardir. Bu tabiatning buzilishlari endi oilani mustaqil boshqara olmaydi, shuning uchun oilaga tashqaridan yordam berish kerak;

disfunksional oilalar – bu o’z vazifalarini bajarishni butunlay to’xtatadigan va bolaga jiddiy zarar yetkazadigan yoki unga xavf tug’diradigan oilalar. Zaif oilalarni

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

qo’llab-quvvatlash (tuzatish) bu borada ma’nosiz va keraksizdir. Yagona yechim -bolani muqobil oilaviy parvarishga jalb qilish.

Oilaning asosiy vazifalariga e’tibor qaratish kerak: bolalarni tarbiyalash (birinchi navbatda), keyin kattalar oila a’zolarining ehtiyojlarini qondirishlari zarur. Oila quyidagi oltita asosiy funksiyani bajaradi [8,23-26]:

Biologik-reproduktiv funksiya Bu funksiya mutaxassislar tomonidan ikki shaklda taqdim etiladi, fiziologik shakl oilada ko’pchilik odamlarning hayoti uchun asosiy fiziologik ehtiyojlarini qondirishiga asoslanadi (uy-joy, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalar). Reproduktiv shakl jinsiy hayotning nasl-nasab shaklini taqdim etadi, bu insoniyatning, asosan, oilaviy sharoitda ko’payishini ta’minlaydi (hozirda u faqat oilaning domeni emas).

Oila ko’payish, ya’ni jamiyatning biologik davomiyligi uchun maqbul sharoitlarni yaratadi. Sog’lom oilada optimal muhit nafaqat yangi hayotning paydo bo’lishi, balki shu hayotni davom ettirish uchun kerak bo’lgan zarur g’amxo’rlikdir.

Har bir oila o’z daromadlari va xarajatlariga ega bo’lgan ma’lum bir iqtisodiy va iste’mol birligini anglatadi. Yaxshi ishlaydigan oila o’z mablag’laridan ehtiyojlari va imkoniyatlariga muvofiq foydalanishni rejalashtiradi, pulni ma’lum ustuvorliklarga muvofiq taqsimlaydi.

Oila iqtisodiy funksiyasining bir qismi ham bolalar va yoshlarda to’g’ri iqtisodiy fikrlashni shakllantirishdan iborat.

Oilaning tarbiyaviy va ijtimoiy funksiyasi Oila – bu bola muloqotga kirishadigan birinchi guruh. Uning doirasida bola asta-sekin muloqot, gigiyena, jamiyatdagi xatti-harakatlar va shu kabilarning asoslarini o’rganadi, boshqa oila a’zolari bilan muloqot qilish orqali bola asta-sekin qayta ishlanishi kerak bo’lgan turli xil ma’lumotlarni oladi. Oilada bola individual ijtimoiy rollarni bilish va tushunish, jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, diniy, axloqiy va boshqa munosabatlarni, ularning individual va barcha uchun ahamiyatini tushunishni tegishli tarzda o’rganadi. Oilada bola avlod munosabatlarining ahamiyatini, ota-onalar va bobo-buvilar bilan muloqot qilishning mos usulini tushunishni o’rganadi, keyinchalik u boshqa a’zolar bilan muloqotda qo’llaniladi. Shu bilan birga, ular o’zlarini, ehtiyojlarini tushunishni va o’z manfaatlarini munosib tarzda targ’ib qila olishni o’rganadilar.

Emotsional va psixogigiyenik funksiya Oila insonning asosiy hissiy muhitini ifodalaydi, uni almashtirish qiyin. Oilada ular his-tuyg’ularni qabul qilishni va berishni o’rganadilar. Inson uchun yaxshi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

funksiyali oila bexatarlik, xavfsizlik, ijobiy his-tuyg’ular va munosabatlar orolini ifodalaydi va uning a’zolari ruhiy barqarorligi uchun zamin yaratadi. Ayniqsa, begonalashgan tashqi dunyoda funksional oila ijobiy-hissiy fon yaratadi.

Bola nuqtayi nazaridan, bu hissiy funksiya oilaning eng muhim va almashtirib bo’lmaydigan funksiyasidir. Bolaning sog’lom rivojlanishi uchun, eng avvalo, barqaror va mehribon muhit kerak. Oiladagi ijobiy-hissiy munosabatlar bola shaxsiyatining hissiy tomonini rivojlantirishning zaruriy shartidir. Mehribon ota-onalar va opa-singillar ham bir-biriga zarur g’amxo’rlik ko’rsatadilar, bu ularning ruhiy va jismoniy salomatligiga ta’sir qiladi. Ushbu funksiyaning yetarli darajada bajarilmasligi bolaning psixosotsial rivojlanishidagi deformatsiyalarga olib keladi, bu hissiy mahrumlik, umidsizlik, xatti-harakatlarning buzilishi va hatto huquqbuzarlik bilan namoyon bo’ladi. Ijtimoiy ish, keyinchalik, darslarni sababsiz qoldirish, agressiya, oiladagi zo’ravonlik, ajralish va boshqalar kabi masalalarga e’tibor beradi.

Oilaning himoya funksiyasi oilada bolaning tarbiyasi uchun yetarlicha barqaror muhit yaratilishini, oilaning iqtisodiy, moddiy sharoitlari yo’qligi, sog’lig’i yoki gigiyena xizmatining yetarli emasligi, yoki oiladagi axloqiy muhitning mos kelmasligi tufayli bola azob chekmasligini nazarda tutadi. Oila bolani uy bilan ta’minlashi kerak, ya’ni bolani har jihatdan himoya qiladigan joy. Shu nuqtayi nazardan, ijtimoiy ish amaliyotida biz tashlab ketilgan bolalarni, qarovsiz va zo’ravonlikka uchragan bolalarni, qoniqarsiz sharoitlarda yashovchi bolalarni, qashshoqlik va shunga o’xshashlarni himoya qilish zarur ekanligiga duch kelamiz. Aytishimiz mumkinki, individual nuqtayi nazardan o’tmishda yiri k ijtimoiy guruh bo’lmagan.

Shunday qilib, oilaning asosiy psixologik tavsifi va xususiyatlaridan biri – bu uning turli xil funksiyalaridir. Demak, oila a’zolarining turlicha ehtiyojlarini qondirish bilan uyg’unlashgan uning hayoti va faoliyati kechishiga daxldor funksiyalar oila funksiyalari deb ta’riflanadi.

Oila uzluksiz, uzviy ravishda ko’plab ehtiyojlarni qondirib borar ekan, unga mutanosib tarzda funksiyalar miqdori hukm surib turadi. Oila o’z funksiyalarini bajarib borishi nafaqat uning a’zolari uchun, balki butun jamiyat uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oila o’z taraqqiyotining turli bosqichlarida tavsiflab o’tilgan funksiyalar ustuvor o’ringa ko’tariladi, mazkur funksiyalarning o’rin almashishi jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarishlar bilan chambarchas bog’liq ekanligini alohida ta’kidlab o’tish zarurdir. Oilaning funksiyalarini, alohida rivojlanish jarayonini tahlil qilsak, u

Oilaning himoya funksiyasi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

holda uning har biri jamiyat taraqqiyotini ham, madaniy o’zgarishlarni ham o’zida mujassamlashtiradi. Hozirgi zamon oilasi – qonun, odob-axloq asoslariga quriladi [3]. Bu esa o’z navbatida, jamiyatning rivojlanishiga hamohang holda rivojlanib boraveradi, jamiyatning o’zgarishlariga qarab, u ham tabiiy ravishda o’zgaraveradi.

1. Akramova F.A. O’zbekistonda oilaviy psixologik xizmatning ijtimoiy-psixologik muammolari. Psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent. 2022. – 67 b.

2. Arapbayeva D.K., Arapbayeva D.K. Yoshlarning oilaviy hayotga moslashuvida ma’naviy-ahloqiy masalalar. “Zamonaviy ta’lim” jurnali №5 – Toshkent, 2016. – B. 36-41. https://cyberleninka.ru/article/nyoshlarning-oilaviy-ayotga-moslashuvida-manaviy-ahlo-iy-masalalar/viewer

3. G’oziyev E.G’. Sotsial psixologiya. – Toshkent: Noshir, 2012. – 316 b.

4. Karimova V.M. Oila psixologiyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2008. – 170 b.

5. Oila ensiklopediyasi [Matn] / Tuzuvchilar: Akramova F.A., Bilolova Z.B., Jovliyev I.S. – Toshkent: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2019. – B. 240.

6. Олифирович Н.И., Зинкевич-Куземкина Т.А., Велента Т.Ф. Психология семейных кризисов. – СПб.: Речь, 2006. – 360 с

7. Shoumarov G’.B. Oila psixologiyasi. – Toshkent: Sharq, 2008. – 296 b.

8. Zuzana Budayova. Family problems of today. The scientific monograph. ISBCRTI, Dublin, Ireland, 2020. 104 p. DOI: 10.13140/RG.2.2.27685.01764

9. Sirojidinov X.S. Yangi O’zbekistonda yoshlar axloqiy madaniyatini shakllantirishning ahamiyati. Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari, 5-to’plam. – T., 2022. – B. 216-220. www.pedagoglar.uz

10. Jobborova G.K. (2022). Formation of Ecological Culture of Primary School Students. Eurasian Scientific Herald, №7, 2022. – P. 240-242. Retrieved from https: //geniusj ournals.org/index.php/esh/article/view/1197

11. Раматов, Ж. С., Баратов, Р. У., Кушаков, Ф. А., Валиев, Л. А., & Хасанов, М. Н. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИ ТАРАВДИЁТ БОС^ИЧЛАРИ (УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТИ МИСОЛИДА). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(9), 606-612.

12. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Jurabayev, N., & Artikova, B. (2022, June). Constructive and optimal solutions for the formation of a stable ecological situation in the Aral Sea region of Uzbekistan. In AIP Conference Proceedings (Vol.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2432, No. 1, p. 030113). AIP Publishing LLC.

13. Baratov, R. (2021). Prospects of Higher Education System (on the Example of Uzbekistan). International Journal on Orange Technologies, 3(3), 128-131.

14. Баратов, Р. У. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА ТАЪЛИМ ИСЛОХОТЛАРИ ВА ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 90-95.

15. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

16. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.

17. Baratov, Rashid, and Sadokat Uzbekova. “INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING.” World scientific research journal 4.2 (2022): 7-11.

18. Ramatov, J., Baratov, R., Jurabayev, N., Umarova, R., & Mamajanova, G. (2022, June). Evolution of railway construction development in Uzbekistan: Past and prospects. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030011). AIP Publishing LLC.

19. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Khasanov, M., Sultonov, S., & Kushakov, F. (2022). PROBLEMS OF INFLUENCE OF ISLAM ON CONSCIOUSNESS TRANSFORMATION. Academic research in educational sciences, 3(10), 591-597.

20. Baratov, R., Nuriddinov, S., Tokhtaboev, E., & Achilova, G. (2022, June). ” One belt-one road” initiative-as a modern transport logistics. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030058). AIP Publishing LLC.

21. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. X. Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМОИЙ АДОЛАТ ВА ^АДРИЯТЛАР ПЛЮРАЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

Oila psixologiyasi

Mavzuning dolzarbligi: Ҳар бир жамиятнинг, унда яшайдиган инсонларнинг тақдири ва келажаги албатта давлатларнинг етакчи кучлари ҳисобланмиш ёшлар тарбияси билан чамбарчас боғлиқдир. Буюк ўзбек халқи қадим-қадимдан фарзанд, ёшлар таълим-тарбиясига алоҳида эътибор қаратиб келган. Бугунги кунда юртимизда амалга оширилаётган ёшларга оид давлат сиёсати эса қадимдан ота-боболаримиз томонларидан шаклланиб келган асл миллий ва диний қадриятларимизни бугунги кундаги аҳамияти нечоғлик муҳим эканлигини кўрсатиб бермоқда. Зеро, ҳаётимизни мукаммал аҳлоқ тамойиллари асосида барпо қилиш ва албатта, таълим-тарбия бериб келаётган эртамиз ишончи бўлмиш ёш авлодларимизга боғлиқдир. Зотан мустақил давлатимиз истиқболи учун маънавияти юксак, баркамол инсонлар зарурдир.

Ота-боболаримиз таълим-тарбиянинг асосини оиладан бошлаганлар. Оила тарбия масканидир. Оилада баркамол фарзанд тарбияси унинг жисмонан бақувват, руҳан тетик, маънан етук, ақлан ва ахлоқан гўзал бўлиб етиши билан белгиланади.

Эндиликда ёшлар тарбияси давлатимиз сиёсати даражасига кўтарилди. Бугунги кунда мустақиллигимиз шарофати билан оилада ва таълим ўчоқларида фарзандларимизнинг мурғак қалбларига одоб-ахлоқ, иффату-ҳаё каби тушунчалар билан ҳамоҳанг тарзда сингдириб борилмоқда. Шунга қарамасдан бугунги таҳликали замонда фарзандларимиз онгини турли мафкуравий хуружлардан ҳимоя қилиш энг асосий вазифамиз бўлиб қолаверади. Чунки хозирги ўта глобал замонда, турли бузғунчи ғояларга асосланган фирқа ва гуруҳларнинг асосий мақсадлари ёшлар онгини заҳарлаб, ўз домига тортишдан иборат. Бундан мурод эса, ҳар доим жамиятнинг энг кўзга кўринган қатлами бўлиб келган ёшларни бузғунчи ғоялар шамоли чирмаб ўтиб, ҳаракатга келтириб, ўзларининг қабиҳ ниятларини амалга оширишдан иборатдир.

Юртбошимиз Шавкат Мирзиёев ёшлар тарбияси бутун миллат олдидаги улкан масъулиятли вазифа эканлигини таъкидлаб: “Агар фарзандимизга тўғри тарбия бермасак, ҳар куни, ҳар дақиқада унинг юриш-туриши, кайфиятидан огоҳ бўлиб турмасак, уларни илму ҳунарга ўргатмасак, муносиб иш топиб бермасак, бу омонатни бой бериб қўйишимиз ҳеч гап эмас. Энг катта бахт, мен буни минг марта қайтаришдан чарчамайман, оиламиз тинч бўлсин! Оила кичик ватан, оила тинч бўлса, бахтли бўлса, ватан тинч бўлади. Ўша бахтли кунларни, ватанимизнинг, ёшларимизнинг камолини ҳозир ният қилаётганимиз каби кўриш ҳаммамизга насиб этсин!, дея такидлайдилар.

Мustaqillik yillarida yoshlarni oila va unda saqlanib kelayotgan azaliy qadriyatlar ta’sirida axloqan tarbiyalash muammosi ko‘plab nazariy va empirik izlanishlar predmetiga aylanmoqda. Zero, bunday yondashuv o‘tmish allomalarning falsafiy-g‘oyaviy qarashlari, oila va oilaviy tarbiya masalalariga bag‘ishlangan o‘gitlari; ma’no-mohitiga mosdir. Sharqning buyuk mutafakkirlari sanalmish Ahmad al- Farg‘oniy, Mahmud az-Zamaxshariy, Abu Nasr al-Forobiy, Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos Al Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi o‘nlab allomalar qarashlarida bola tarbiyasida eng muhim ijtimoiy omil sifatida oila, ota-onaning dunyoqarashi, tarbiya uslublari va bunda jamiyat e’tirof etgan me’yorlarning oila qadriyatlariga- muvofiqligi tamoyili o‘z ifodasini topgan. Chop etilayotgan qator risola va kitoblarda, ilmiy va ommabop maqolalarda ham bu masalaning turli jihatlari yoritilmoqda.

Bolalarda bilimlarni egallashga bo‘lgan intilish, ijtimoiy faoliyatning-shakllanishida ota-onalarning samarali ishtirok etishlari hal qiluvchi omil bo‘lib, bu oila tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishning zarur shartlaridan biri hisoblanadi. Oila tarbiyasida bolalar hayotini to‘g‘ri tashkil etish ularni vaqtdan samarali va unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o‘yin, mehnat va o‘qish faoliyatlari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash nihoyatda muhimdir. Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog‘lom, ma’naviy barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo‘nalishlari -jismoniy, axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g’oyaviy hamda jinsiy ta’lim-tarbiya berish, ularda faoliyat ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.

Oila muhitida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya o‘zida bolani har jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va ozodalikka o‘rgatish, o‘z sogэligi uchun g’amxo‘rlik qilish va mas’uliyatli bo‘lishni ta’minlashga qaratilgan harakatlarning mazmunini ifoda etadi.

Oila tarbiyasida bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalash ham muhim o‘rin tutadi. Bu boradagi dastlabki va muhim vazifa ota-ona tomonidan bolaning qiziqish va ehtiyojlarini ko‘ra bilish asosida tasavvur, idrok, tafakkur, xotira hamda diqqatni takomillashtirishga yordam beruvchi mashg’ulotlarga jalb etishdan iborat.

Axloqiy tarbiya oila tarbiyasining o‘zagini tashkil etadi. Uning maqsadi bolalarda eng oliy axloqiy sifatlar, ota-ona hamda oilaning boshqa a’zolari, shuningdek atrofdagilarga nisbatan adolat, mehr-muxabbat kattalarga hurmat, kichiklarga vijdon, or-nomus, gurur, burch, insonparvarlik, mehnatsevarlik, sahovat, to‘g‘riso‘zlik, kamtarlik muruvvat, intizomni ijtimoiy anglash va hokazolarni shakllantirishdan iboratdir.

Oilada estetik tarbiyani to‘g‘ri va samarali tashkil etilishi ayniqsa muhimdir. Bolalar juda yoshligidanoq soxta go‘zalliklar (yarim yalang‘och badan, me’yoridan ortiq qilingan pardoz, urfga kirib borayotgan kosmetik operatsiyalar «mahsuli», o‘ta darajadagi yaltiroq mato yoki tayinchoqlar) go‘zallikning timsoli emasligini anglab yetishlari lozim.

Farzandlarning har tomonlama yetuk bo‘lib voyaga yetishlarida ota-ona, oilaning boshqa a’zolarining dunyoqarashlari, hayotiy yondashuvlari va ma’naviy dunyosi o‘ziga xos o‘rin tutadi.

Oila qadim – qadimdan muqaddas dargoh deb hisoblanib kelingan. Inson turmushini oilasiz tasavvur etib bo‘lmaydi, chunki u umri mobaynida oila ta’sirini sezib turadi, dastlab ota-onasining oilasida, so‘ng o‘zi qurgan oilasida hayot kechiradi. Har ikki holda ham oila insonning shaxs sifatida qaror topishiga muhim tarbiyaviy ta’sir kursatadi.Insonning shaxs sifatida hayotiy xususiyatlari, so‘zsiz, oilada shakllanadi.Oilada u ona tilida so‘zlashishni o‘rganadi.Millati, xalqi urf-odatlarini, an’analarini, umuminsoniy qadriyatlarni o‘zlashtiradi, dunyoqarashi, mafkurasi shakllanadi. Shu sababli oila jamiyatning ijtimoiy va ma’naviy – axloqiy tayanchi hisoblanadi.

Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov o‘zining “O‘zbekistonning o‘z istiqlol na taraqqiyot yo‘li” asarida jamiyatning asosiy negizi bo‘lgan oila, yoshlar tarbiyasi, insonparvarlik, vatanparvarlik haqida to‘xtalib: “Oila – jamiyatimizning negizi. Bizning davlatimizni ham katta bir oila deb tushunish mumkin va lozim. Bunda o‘zaro xurmat va qattiq tarbiya bo’lmasa, barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir – biriga ezgulik bilan mehr oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. Oila qonunlari asosida quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega bo‘ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab – ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi.

Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat.inson qalbining gavharidir” – deydi va musulmon o‘zbek davlati xalqimizning tarixiy yutug’i ekanini aytib, shu davlatda yashayotgan inson, oila boshliqlarining oldida turgan asosiy vazifalarini aniq ko‘rsatadi.

Har bir oilada dunyoga kelgan bola – yosh avlod davlat o‘rtaga qo‘ygan maqsadlarni amalga oshirishda fidokorlik, mehnatsevarlik bilan xizmat qiladigan shaxs sifatida kamol toptirilishi kerak.

O’tmishda oilada yosh avlodni xayotga tayyorlashda qo‘llangan usul va vositalar, tadbir shakllari, oiladagi o‘ziga xos urf – odat va an’analar, oila boshliqlari sanalmish ota va onalarning tarbiya haqidagi g’oyalari, hayotiy tajribalari milliy xalq tarbiyasida mujassamlangan. Unda yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlash jarayni murakkab, serqirra va uzluksiz bo‘lib, ularning kelgusi oilaviy hayotga to‘laqonli tayyor bo‘lishi uchun eng muhim talablarni, insoniy xislarni shakllantirishi muhim va zarurdir.

Hozirgi davrda oilalarning buzilishi bolalarning ota yoki ona mexridan erta juda bo‘lishining asosiy sabablari ham oila qurish va o‘z tengini tanlashda oqillikning yetishmasligi, xulq-odob hamda oilaviy munosabatlar me’yorlariga rioya etmaslik, oila xo‘jaligini yuritishda uquvsizlik, ma’naviy qashshoqlik va tekinxo‘rlikdir.

Yosh avlodni oilaviy xayotga ikki yo‘nalishda olib boriladi:

1. Ota – onalar tomonidan (oila muxitida).

2. O‘qituvchilar tomonidan (ta’lim muassasalarida).

Bu har ikki yo‘nalishda ham o‘ziga xos yordamchi omillar mavjul bo‘lib. ular mahalla, jamoatchilik, maktabdan tashqari muassasalar va boshqalar hisoblanadi.

O‘z hayot tajribamga asoslanib shuni aytmoqchimanki, bolada eng katta ishonchni oila a’zolari tashkil qilar ekan. Bolaning atrofdagi odamlarga munosabati, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabat axloqiy jihatdan qanchalik yuksakligiga bog‘liqdir. Ota – ona mehridan g‘amxo‘rlikdan baxramand bo‘lmagan, oilaning har tomonlama himoyasini his etmagan bola o‘z atrofidagi insonlardan doimo xavotirda, hadiksirab yashaydi, uni aksi bo‘lgan oilada esa, aksincha bolada atrofdagilarga nisbatan hurmatini kuchaytiradi, uning ijtimoiy faoliyaitini oshiradi.

Sharqda azal-azaldan oila tarbiyasiga yuksak baho berib kelingan. O‘zbek oilasidagi tarbiyanyng o‘ziga xosligi va qadr-qimmati shunchaki, bu yerda farzandlar ongiga eng e’tiqodni singdirish jarayonida oilaning kattalari – bobolar, momolar, yaqin qarindosh-urug‘lar ham bevosita ishtirok etadilar. Azaliy turkiy udumga binoan ota-onadan ham ko‘ra bobo- buvilarning tarbiyaviy ta’siri kuchliroq bo‘ladi. Tarixdan ma’lumkn, asosan keksalar oiladagi ma’naviy muhitning boshqaruvchilari bo‘lganlar. Masalan, Saroy Mulk xonim Shohruh Mirzoni, suyukli nabiralari Muhammad Sulton Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Ulug‘bek Mirzolar tarbiyasini o‘z bo‘yniga olgan. Asrlar mobaynida shakllangan, avloddan- avlodga bebaho meros sifatida o‘tib kelayotgan oilaviy urf-odat, marosim va bayramlar ham farzandlarni oila muhitida to‘g‘ri tarbiyalashda muhim omil bo‘ladi. Har bir oilaning rioya etilishi lozim bo‘lgan an’analari va rasm- rusmlarining borligi, ularning jamiyat va mahalla an’analari oilap uyg‘unligi ham bolada oilaga nisbatan e’tiqodni tarbiyalashning muhim yo‘nalishi hisoblanadi.

Mavzuning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘grisi”dagi qonun “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan kelib chiqqan holda, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda jimiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan oilaga alohida e’tibor berish va uni har tomonlama asrab avaylash, oilanish sog‘lom iqlimi ota-onaning bir-biriga mehri va hurmati muhim ekanligi, hamda oiladagi sog‘lom muhit-sog‘lom mafkurani shakllantirish va har bir oilaning mustahkamligi, faravonligini ta’minlashga qaratilgan.

  • Oilada milliy ijtimoiy fazilatlar va ularni shakllantirishning metodik asoslarini ishlab chiqish;
  • Oilada milliy tarbiya metodlarini o‘rganish va takomillashtirishning ijtimoiy-pedagogik asoslarini tadqiq etish;
  • Ota-onalar milliy pedagogik mahoratlarini oshirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

Mavzuning prеdmеti: Oilada milliy ijtimoiy fazilatlar va ularni shakllantirishning metodik asoslarini o’rgаni sh

  • Tаdqiqоtning mеtоdlаri: S uhbаt, kuzаtish, sаvоl-jаvоb mеtоdlаri
  • Tаdqiqоtning ilmiy yangiligi vа nаzаriy аhаmiyati:
  • Tadqiqot materiallaridan talabalar oqituvchilar ilmiy maqolalar yozishda,dars o’tishda va boshqa tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish mumkin. Ota-onalar milliy pedagogik mahoratlarini oshirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

I.Б .OILA PSIXOLOGIYASI” FANINI O’QITISH NING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI.

1.1. “Oila psixologiyasi” fanining maqsadi va vazifalari

Ushbu o’quv kursining maqsadi Siz yoshlarni oilaviy ha­ yotga tayyorlashdan iboratdir. Bu o’rinda haqli ravishda: «Bu fan bizga nima beradi? Nega endi aynan hozirga kelib, bizni oilaviy hayotga tayyorlash zarur bo’lib qoldi? Axir ota-bobo- larimiz bunday kurslarni o’qimay ham tinch-totuv, ahil-inoq, baxtli hayot kechirishgan-ku? Aksincha so’nggi yillarda yosh­ larni oilaviy hayotga tayyorlash borasida qanchalik ko’p gapirib, yozib, maxsus tadbirlar tashkil qilinsa ham nizoli oilalar, ajralishlar miqdori ortsa ortayaptiki, kamaymayapti- ku?» — kabi savollar ro’yxatini cheksiz davom ettiraverish mumkin. Ularning har birining yuzaga kelishiga asos bor.

Xo’sh, qanday zarurat hozirgi vaqtda yoshlarimizni oilaviy hayotga tayyorlash va ularga «Oila psixologiyasi» fanining o’qi- tilishi zarurligini taqozo qiladi?

Ma’lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o’zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlari ham, ayniqsa, shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo’Igan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o’ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi: hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, vositalari taraqqiyoti, qishloq xo’jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, umuman xalq xo’jaligining barcha jabhalarida yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo’Igan inson omiliga, inson shaxsiga ham o’ziga xos, yangicha talablar qo’ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o’zlarida ro’y berayotgan ijtimoiy- psixologik, fiziologik va boshqa o’zgarishlar odamlarning o’zaro muloqot munosabatlari doirasini ma’lum darajada chegaralanib qolishiga, ularda ajdodlarimizda kuzatilgan tabiiy likni ma’lum darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional zo’riqishlarning yuzaga ke-lishiga asos bo’lmoqda. Bularning ta’siri oilaviy hayot va unda gi psixologik iqlimda ham o’z ifodasini topadi.

Yoshlarimizda bu masala bo’yicha aniqroq tasavvur hosil qilish uchun, bundan 90—100 yillar oldingi ularning tendosh- lari va bugungi kunlarimizdagi 15—16 yoshli yigit-qizlar o’rtasidagi tafovutlarni solishtirib o’tamiz.

Maxsus adabiyotlarda yozilishi va o’tkazilgan tadqiqotlar natijalarida kuzatilishicha, so’nggi 100 yil ichida odamlarda kuzatiladigan akseleratsiya jarayoniga ko’ra ularning jinsiy, fmologik balog’atga yetishi 2—3 yilga ilgarilab ketgan. Bundan 100 yilcha oldin yoshlarning jinsiy balog’atga yetish davri 15—16 yoshga to’g’ri kelgan, hozir esa bu holat o’rtacha 12—13 yoshlarga to’g’ri keladi. Endi shu yoshlarning oilaviy hayotga tayyorlik jihatlarini ko’rib chiqamiz.

Ilgarigi tengdoshlaringiz 15—16 yoshlarida oilaviy hayotga yetuklik talablaridan biri bo’lmish jinsiy yetuklikka, balog’atga yetar ekanlar, ular aksariyat hollarda shu yoshga kelib o’sha davrlar uchun xos va lozim bo’lgan, unchalik murakkab bo’lmagan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik sir-as- rorlaridan deyarli boxabar bo’lganlar (chunki u vaqtlarda bo- lalarni odatda, 13—14 yoshidan shogirdlikka berishgan), o’sha davrdagi ishlab chiqarish munosabatlari va texnologik jarayon- lar ulardan maxsus yoki oliy ma’lumot talab qilmagan, 3—4 yil ustoz ko’rgan shogird 16—17 yoshida o’zi mustaqil ish yurita oladigan ustaga, o’z ishini uddalay oladigan mulaxassisga ay langan. Mabodo, u shu vaqtda oila quradigandek bo’lsa, o’z hunari orqali mehnat qilib, o’zini va oila a’zolarini iqtisodiy jihatdan ta’minlay olishi mumkin bo’lgan. Bundan tashqari, u vaqtlardagi 18—20 yoshli yigit mahalla-ko’yda, jamoatchi- lik orasida ma’lum darajada ijtimoiy yetuk shaxs sifatida qabu! qilingan, turli tadbir va marosimlarda uning haqli ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin bo’lgan, ya’ni uning ij­ timoiy jihatdan balog’atga yetganligi jamoatchilik tomonidan qabul qilingan. Bu jarayon shaxsning oldiga oila va jamiyat ol-dida o’ziga xos mas’uliyat yuklagan, mas’uliyatni his qilish esa uning psixologik yetukligi alomatlaridan biri bo’lib xizmat qil- gan.

Endi shu xususiyatlarni bugungi kun yoshlarida ko’rib chiqaylik. Ular 12—13 yoshlarda jinsiy (fiziologik) yetuklikka erishadilar (bu haqda keyinroq to’xtalib o’tamiz), biroq ular biror-bir kasb-hunar egasi bo’lib, mustaqil ishlab, o’zini va oilasini iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan bo’lishi uchun, avvalo maktabni bitirishi, so’ng u yoki bu kasb-hunar kolleji yoki litseyda o’qib, biror-bir kasbni egallashi kerak. Buning uchun 9 yil maktabda, 3 yil kollej yoki litseyda o’qishi zarur bo’ladi.

12 yillik barcha uchun majburiy ta’limdan so’ng yosh- larimizning ma’lum bir qismi o’qishni oliy o’quv yurtlarida davom ettiradi. Bundan ko’rinib turibdiki, yoshlarimizning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari ularning ma’lum qismi uchun 20—21, boshqalari uchun 23—25 yoshga to’g’ri keladi. Bundan tashqari, odamlarning turmush tarzi rivojlanishi bilan birga oilalarining kundalik hayoti o’zgarib, kiyinishga, maishiy buyumlarga, moddiy farovonlik darajasiga bo’lgan ehtiyoji ham ortib boradi.

Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi shaxsning madaniy takomillashuviga, u esa shaxslarni bir-birlariga qo’yadigan ta-lablari oshishiga va shaxslararo munosabatning noziklashuviga olib keladi. Buning yorqin dalili sifatida ajralishlar miqdori oliy ma’lumotlilar ichida umumiy o’rta ma’lumotlilarga nisbatan yuqoriroq ekanligini e’tirof etish mumkin.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuqori saviyada bo’lmagan jamiyatdagi oila a’zolari o’zlarining oilaviy yumushlarining ak- sariyatini qo’lda bajaradilar. Unga oilaning barcha a’zolari va birinchi navbatda farzandlar mumkin qadar ko’p jalb qilinadi. Oila ishlarini bajarishdagi umumiy faoliyat yoshlarda ma’lum malakalarni, shu jumladan oiladagi tegishli rollarni bajarishni, oilada bir-birlari bilan qanday muloqotda bo’lish malakalarini, oilada har bir shaxsning iyerarxik mavqeyiga ko’ra o’z huquq va vazifalarini aniqlab olishga imkon beradi.

Moddiy ta’minot, yuqori madaniy saviya esa shaxsning boshqa shaxsga qo’ygan talabini, shu jumladan oilada yanada kuchaytiradi. Oila a’zolarining o’zaro muloqotda bo’lish vaqti miqdorini qisqartiradi. Bu esa ko’pgina yoshlar uchun ota-ona oilasi shaxsiy oilasiga namuna vazifasini bajara olmasligiga olib keladi.

Shulardan ko’rinib turibdiki, bundan 100 yillar oldingi yoshlar 16—18 yoshida oila qursalar, ular shu vaqtga kelib oilaviy hayot uchun, muvaffaqiyatli turmush kechirib ketishlari uchun zarur bo’lgan yetuklik darajalarining barchasiga erish- ganlar, bu esa ularning oilaviy hayotlarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarning bartaraf etilishiga asos bo’lib xizmat qilgan.

Bugungi yoshlarimiz esa yuqorida bayon etilganidek, 12—13 yoshlarida jinsiy balog’atga yetadilar va aksariyat hol- larda oradan 7—8 yil o’tgandan so’ng, ya’ni qizlar 19—20 yoshda, yigitlar esa 21—22 yoshda oila quradilar. Bu vaqtda esa ular na iqtisodiy jihatdan, na ijtimoiy jihatdan va na psixologik jihatdan oilaviy hayotga tayyor bo’ladilar. Bunday holatlar shubhasiz, ularning oilaviy hayotlarida oldingi teng- doshlari hayotida kuzatilmagan muammolarni keltirib chiqara- di. Bundan tashqari, jamiyat taraqqiyotining bugungi holati hozirgi zamon oilasi oldiga o’ziga xos yangi ijtimoiy vazifalarni ham yuklaydiki, bularning barchasi hozirgi yoshlarimizni oilaviy hayotga maxsus tayyorlash masalasi eng dolzarb masalalardan biri bo’lishligini taqozo qilmoqda. Shuning uchun ham so’nggi 15—20 yil davomida dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida, jumladan, bizning respublikamizda mustaqillikka erishganimizning dastlabki yillaridanoq, oila masalalariga, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda komil shaxsni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Umuman insoniyat jamiyati tobora taraqqiy etib boraverar ekan, oila masalalarining dolzarbligi ham shunga mos ravishda ortib boraveradi va oilaga bo’lgan e’tibor ham kecha va bugunga qaraganda ertaga yanada yuqoriroq bo’ladi. Chunki oila jamiyatning kichik bir ko’rinishi bo’lib, u qancha inoq, ahil va mustahkam bo’lsa, jamiyat ham shunchalik qudratli bo’ladi. Bu keltirilgan omillar yoshlarga «Oila psixologiyasi» kursini o’qitishning dolzarbligini ifodalaydi.

«Oila psixologiyasi» kursining yaratilishi va uning o’quv predmetlari qatorida maktab, kollej, litseylarda o’tiladigan darslar jadvaliga kiritilishi ham Respublikamiz hukumati tomonidan yuritilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning mantiqiy va mazmuniy davomidir

1.2. Sharq mutafakkirlari merosida oilada farzand tarbiyasi

masalalarining yoritilishi
Ma’lumki, nikohga va yaqin qarindoshlikka asoslangan axloqiy

mas’uliyat, o‘zaro hurmat, tushunish va mehr-muhab- bat umumiyligi bilan

bog‘langan kichik ijtimoiy guruhni oila deyiladi.

Oila boshqa turdagi kichik guruhlardan o‘zining bir qator jihatlari bilan

birinchidan, oila ko‘p muddatga, ya’ni bir necha o‘n yillar va ko‘p yillarga

ikkinchidan, oilada shaxslararo munosabatlarning bir necha turlari amalga

oshadi, ya’ni milliy mafkuramizga oid ilk tushunchalar, avvalo oila muhitida singadi va bu jarayon bobo- lar o‘giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Bunda oilaviy munosabatlarda tarbiyaviy, psixologik, hissiy, moliyaviy, jinsiy va boshqa vazifalarning amalga oshirilishi kuzatiladi;

uchinchidan, oiladagi barcha munosabatlar zaminida salbiy yoki ijobiy holatlar yuzaga keladi, ya’ni oila a’zolaridan kim- ningdir kimgadir ta’siri oqibatida shaxs yoki yaxshi shakllanishi va komil inson darajasiga yetishi yoki tarbiyasi og‘ir, xulqi buzuq odam bo‘lib tarbiyalanishi mumkin.

Demak, jamiyat uchun nihoyatda ahamiyatli hisoblangan ota-ona va bola, er va xotin, oila a’zolarining o‘zaro muno¬sabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar aynan oila negizida yuzaga keladi. Shuning uchun ham qadim zamonlardan bosh- lab oila, undagi munosabatlar masalalari har bir davrning do- nishmand, olim, mutafakkirlari tomonidan o‘rganilib kelingan- ligini va ularning qarashlarida bu masalalarning yoritilganligini kuzatamiz. Bu qarashlarni, fikrlarni sizning hukmingizga havola etish orqali oila, o‘zaro munosabatlar muammolari bizning hayotimizda doimo muhim masalalar sirasiga kirishini qayd etamiz.

Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti muammolari uzoq asrlardan buyon jamiyatning eng ilg‘or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat markazida asosiy masalalardan bo‘lib kelgan. Sharqning buyuk allomalari hisoblangan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Kaykovus, Xotam ibn Tay, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxriddin, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ko‘plab olim va yozuvchilar bu masalalar yuzasidan o‘zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ket- ganlarki, ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir. Ularning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga ham alohida e’tibor berilgan, shuning uchun biz yuqoridagi buyuk mutafakkirlarning ayrim pedagogik va psixologik qarashlari yoritilgan asarlarini tahlil etish orqali talabalarga mazkur muammolarning naqadar dolzarb ekanligini bayon etamiz.

Sharq mutaffakirlarining barchasini g‘oyaviy jihatdan bir- lashtirgan asos shu bo‘lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamoloti- da oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qo‘yishgan, ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o‘rni, ota-ona va yaqin kishilarning yo‘naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e’tibor berganlar. Ular faqat oiladagina rivojlanishi mumkin bo‘lgan sifatlar — halollik, poklik, mardliq, mehribonlik, haqgo‘ylik kabi qator fazilatlarni barcha sifatlardan yuqori qo‘yishlari bilan birga insoniy munosabatlar- da namoyon bo‘ladigan yuksak fazilatlar, avvalo, ota-onadan bolaga o‘tishi va ularning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko‘rsatmalarni o‘z falsafiy-axloqiy, sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab berganlar.

Zardushtiylikning qadimiy kitobi — «Avesto»da oila muqaddas dargoh ekanligi, oila barqarorligida er va xotinning teng mas’ulligi, farzand tarbiyasi to‘g‘risidagi fikrlar bayon etil- gan. Oilaning tinch va farovon bo‘lishi nimalarga bog‘liq ekan¬ligi haqida esa: «Porso, inson uy tiklab, olovga, oilasiga, xotin va farzandlariga o‘rin ajratib bersa, uyida noz-ne’matlari muhayyo bo‘lib, xotin va farzandlari farovon yashasa, uyida e’tiqod, sobit olovi alangali, boshqa narsalari ham mo‘l-ko‘l bo‘lsa, o‘sha manzil muhtaramdir», — deb yozilgan.

Bu kitobda ko‘rsatilishicha, oilada ota yetakchi bo‘lgani ma’qul. Shuningdek, unda ifodalangan oila va oilaviy muno- sabatlarga hamma rioya etishi lozim bo‘lgan. Eng ahamiyatli jihati shundaki, unda er-xotinni o‘zaro sodiq, g‘amxo‘r, meh- ribon bo‘lishlari lozimligi va ayolning haq-huquqini himoya qilish o‘sha davrda ham qonun darajasiga ko‘tarilganligi ma’lumdir. Umuman olganda, zardushtiylik davridanoq oila masalalariga katta e’tibor qaratilgan bo‘lib, bu esa oilaning jamiyatda tutgan o‘rni va mavqeyini mustahkamlash uchun azal davrlardanoq zamin yaratilganligini kuzatamiz.

Ma’lumki, Islom dinining muqaddas manbalaridan bo‘lmish Qur’on va Hadislarda ham odob-axloq, ayollarning turmushdagi o‘rni va vazifalari, er va xotin o‘rtasidagi munosabatlar, bolalar tarbiyasi, oila yuritish, nikoh va muhabbat masalalariga keng o‘rin berilgan.

Nikoh-oila munosabatlari, oilaviy hayot psixologiyasiga, hozirgi zamon oilasida kuzatiladigan ko‘plab holatlarga psixoanalitik nuqtayi nazardan qaraladigan bo‘lsa, ularning ildizi nikoh-oila munosabatlari evolyutsiyasining uzoq o‘tmishi bilan bog‘liqdir. Shuni nazarda tutgan holda mazkur masalani batafsilroq yoritishni lozim topdik.

Maxsus manbalarda qayd etilishicha, yer yuzida bundan mlrd yillar muqaddam hayot nishonalari, jonzotlar yuzaga kelgan. Hozirgi zamon odamlarining dastlabki ibtidoiy ajdod- lari (Homo-sapiens) fikrlovchi odam bundan 3 mln. yillar muqaddam shakllangan. Uzoq muddat davom etgan ibtidoiy taraqqiyotdan so‘ng asta-sekinlik bilan ibtidoiy jamoalar, kishi- lik jamiyatlari yuzaga kela boshlagan va odamlar o‘rtasida dast¬labki o‘zaro munosabatlar, muloqotlar shakllana borgan. Lekin ularni hali tom ma’noda insoniy munosabatlar deb bo‘lmas edi.

Umuman erkak va ayollarning bir-birlariga nisbatan qara- ma-qarshi jins vakillari sifatida o‘zaro munosabatlarining ilk ko‘rinishlarida, ya’ni nikoh munosabatlarining yuzaga kelishi- ning ilk bosqichlarida jinslar o‘rtasidagi munosabatlar asosan biologik omillar bilan boshqarilgan. Xuddi maymunlarda bo‘lgani kabi ibtidoiy odamlarning ayollari ham vaqti-vaqti bi¬lan, qisqa muddatli (oy davomida 4—5 kungacha, faqat ayrim turlardagina 19 kungacha) «estrus» degan holatni, estrus davri- ni his qilganlar (estrus — qo‘shilishga moyillikning shiddatli, kuchli nomoyon bo‘lishi). Bunday kunlarda ayollar kimni xohlasa o‘shalar bilan farqlab o‘tirmay qo‘shilavergan, qolgan kunlari esa qo‘shilish bo‘lmagan. Odamlarning tik yurishga o‘tishi bilan odam organizmida ro‘y bergan o‘zgarishlar, «ilk ayollarni» ko‘z yorish jarayonida ko‘p nobud bo‘lishiga va oqi- batda odamlar to‘dasida ularni sonining keskin kamayib ketishiga olib kelgan. Shu tufayli erkaklar o‘rtasida ko‘plab ni- zolar yuzaga kelgan, ularning ko‘pchiligi qonli to‘qnashuv ishtirokchilaridan birining nobud bo‘lishi bilan tugagan. Bunday tabiiy tanlanish estrus hodisasi uzoqroq muddat davom etgan urug‘larning ko‘proq yashab qolishiga olib kelgan.

Biroq bu biologik omil «ilk ijtimoiy» rejadagi yangi to‘siqlarni yuzaga keltiradi: hech bir organizm bunday uzoq vaqt davom etgan o‘ta shahvoniy, asabiy zo‘riqishlarga dosh bera olmas edi. Shuning uchun estrus muddatining uzayishi bi¬lan ayollar bu davrda «sovuqroq», o‘zining jinsiy maylini nazo- rat qiladigan va endi kim to‘g‘ri kelsa o‘sha bilan emas, balki faqat o‘zlariga yoqadigan erkaklar bilangina qo‘shiladigan bo‘lib borganlar.

Erkaklarga nisbatan «tanlab» munosabatda bo‘lish — o‘ziga xos insoniy muhabbatning biologik poydevori yuzaga kela boshlaganligidan dalolat beradi. Shulardan so‘ng, asta-sekinlik bilan, garchi hech qanday ijtimoiy me’yorlar bilan boshqarilmasada, bir-bir- larini shahvoniy ma’qul ko‘radigan juftlardan iborat unchalik katta bo‘lmagan guruhlar tashkil topa boshlaydi. Shunday qilib, estrusning uzayishi hamma uchun ham qulay, ma’qul bo‘lmagan. Bu esa urug‘ tarkibiga kiruvchi erkaklar o‘rtasida yana janjallar, qon to‘kilishlarga sabab bo‘ladigan holatlarni keltirib chiqargan. Odamlar jamoasi xo‘jalik faoliyatining jiddiy buzilishi, urug‘ning yashab qolishi uchun xavfning ro‘yobga chiqishiga olib keldi. Shu tarzda yuzaga kelayotgan jamiyatda, urug‘ ichidagi jinsiy muloqotni boshqarish, biologik instinkt, zoologik individualizmni jilovlash uchun maxsus ijtimoiy me’¬yorlar shakllana boshladi. Ana shunday ijtimoiy me’yorlardan biri mazkur urug‘ ichida erkak va ayollarning jinsiy muloqot- larini ma’lum bir muddatga (ovga tayyorlanish, ov vaqtlarida) taqiqlovchi jinsiy tabular (taqiqlash)ning yuzaga kela boshla- ganligidir.

Tabu — axloqiy me’yorlarga qaraganda ancha jiddiy va qattiq taqiqdir. Axloqiy me’yorlarni buzuvchilarni jamoa jazo- lashi, uni yo‘q qilib yuborishi ham yoki kechirib tirik qoldirishi ham mumkin. Ko‘pincha esa tabularni buzganlar, ular buni bilib qilganmi yoki bilmaymi, bundan qat’i nazar so‘zsiz ja- zolangan, yo‘q qilib yuborilgan.

Ishlab chiqarishdagi jinsiy tabularning yuzaga kelishi urug‘ o‘rtasida erkak va ayolni maishiy ajratib qo‘yish bilan kuzatila- di. Tabu vaqtida erkaklarga nafaqat ayollarga teginish, balki ularga qarash, ular bilan gaplashish, ular tayyorlagan ovqatni iste’mol qilish, hatto ular bilan bir tom ostida ya’ni «bir uyda» bo‘lishi taqiqlangan.

Dehqonchilikning yuzaga kelishi, mavsumiy dala ishlari- ning ortib borishi bilan jinsiy tabulardan xoli vaqtlar borgan sari kam muddatli bo‘lib boravergan. Erkaklarda ham, ayollar- da ham jinsiy zo‘riqishning jadalligi ortib borgan. Shuning uchun tabulardan xoli qolgan vaqt oralig‘i o‘ziga xos shahvoniy aysh-u ishratlarga aylana borgan.

O‘z navbatida tabular keyinchalik nikohning ilk turlaridan bo‘lmish ekzogam nikohlarni yuzaga keltiradi (ekzogam nikoh — urug‘lararo, qabilalararo nikoh). Chunki tabular faqat o‘z urug‘i uchungina taalluqli bo‘lib, unda qon-qarindoshlar o‘rtasida jinsiy muloqot taqiqlangan, boshqa qabila yoki urug‘ a’zolariga esa taalluqli bo‘lmagan. Shuning uchun erkaklarga qayerdadir, ovloq joyda boshqa urug‘ga mansub bo‘lgan ayolni uchratib qolib, undan shahvoniy obyekt sifatida foydalanishi mumkin bo‘lgan. Mabodo erkaklar uzoq muddat qishloq xo‘ja- lik ishlari bilan band bo‘lgan vaqtlarida biron-bir begona erkak bilan ayollar ham bu ishni qilishgan. Tabu davom etayotgan davrda bir urug‘ erkagi o‘z ayollaridan uzoqda, o‘z kulbasida boshqa urug‘ga mansub ayolni saqlashi mumkin bo‘lgan.

Keyinchalik bu tasodifiy aloqalar qabila qoidalarida odatiy, zaruriy, ko‘zda tutilgan odatlarga aylanib bordi. Bu o‘rinda odamlarga, bu «boshqa urug‘dagilar» bilan bo‘lgan aloqalardan tug‘ilgan nasllar nisbatan bo‘ydor, baquvvat abjir ekanligi sezilib bordi. Bu aynan hozirgi zamon odami gomosapiens shakllana boshlagan davrga, taxminan bundan 42—45 ming yil¬lar muqaddamga to‘g‘ri keladi.

Shunday qilib endogamiya (faqat bir urug‘ vakillari o‘rtasidagi jinsiy aloqa)dan, agomiya, ya’ni jinsiy munosabatlarn- ing vaqtinchalik taqiqlanishi orqali ekzogamiya (turli qabila vakillari o‘rtasidagi muntazam jinsiy aloqa) yuzaga keldi. Bundan nikohning guruhli nikoh (дуально родовой) turi yuzaga kelgan. Guruhli nikohda bir urug‘ erkaklari boshqa urug‘ning barcha ay- ollari uchun er va aksincha ikkinchi urug‘ning erkaklari birinchi urug‘ ayollarining erlari hisoblangan.

Guruhli nikohning yuzaga kelishi qaytanga nikoh juftlari doirasini ma’lum bir guruh a’zolari bilangina chegaralab, bir- muncha, qisqartiradi.

Bunday hollarda boshqa urug‘dagi «erkak» bu qabilaga faqat bitta maqsadda, «nikoh» maqsadidagina kelar edi, o‘zlari esa ona oilalarida yashardi va ishlashardi, ular o‘zlarining «xotin»lari yashaydigan oilada hech qanday huquqqa ega emas edilar.

Guruhli nikoh shaxsiy nikoh bo‘lmagan, ya’ni unda biron- bir doimiy «er-xotinlik» juftlari mavjud bo‘lmagan. Har bir ayolning nikoh jufti aynan kim bo‘lishligi urug‘ tomonidan bel- gilanmagan, bu faqat odamlarning xolis xohishlari, istaklarining namoyon bo‘lishi bo‘lgan xolos. Urug‘ faqat zo‘ravonlik, maj- burlash hollari kuzatilgandagina aralashishi mumkin bo‘lgan, ya’ni har bir individga o‘zi qanday xohlasa, shunday yo‘l tutish huquqi ta’minlangan. Bunday munosabatlarni hozirgi zamon tili bilan «nikoh», deb atash mushkul, chunki bunday muno¬sabatlar juftlardan na huquq, na majburiyat va na o‘zaro mas’uliyatni talab qilgan. Shuningdek, oila deb atash mumkin bo‘lgan, bolalarni boqish va tarbiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan alohida bir muhabbat ham bo‘lmagan.

Oila deb atalmish muqaddas makon, «oila qasri»ning mus- tahkamligi shu qasrning poydevori bo‘lmish nikoh oldi omillari xususiyatlariga, ularning qay darajada to‘g‘ri va mustahkam qo‘yilishiga bog‘liq. Agar shu poydevor yetuk, mustahkam bo‘lsa, uning ustida qurilgan imorat ham ko‘rkam, yorug‘, unda istiqomat qiluvchilarga qulaylik, xotirjamlik, tinchlik, huzur-halovat bag‘ishlaydigan bo‘ladi.

Hech bir devor yoki uy poydevorsiz bo‘lmaganidek, Sizning qurajak oilangizning ham o‘ziga xos poydevorlari bor. Ular shu oilaning yuzaga kelishiga, qurilishiga asos bo‘lgan nikoh oldi omillaridir.

Agar shu nikoh oldi omillarining oilani yuzaga kelishiga ta’siri noo‘rin bo‘lsa, u shoshilinch, bo‘sh, qiyshiq qurilsa, uning ustiga o‘rnatilgan oila imoratining devori ham qiyshiq va omonat bo‘lib boraveradi va u shu imoratning bir kuni kelib qulashi, buzilib ketishi xavfini tug‘diradi. Bunday poydevor ustiga qurilgan imorat qulab tushmagani, buzilib ketmagani taqdirda ham unda istiqomat qiluvchilarga xotirjamlik, tinch¬lik, quvonch baxsh eta olmaydi. Ular doimo qandaydir bir xavotirda, hadikda, noqulaylikda, xijolatda yashashlariga to‘g‘ri keladi. Xo‘sh, shu poydevorlar ya’ni nikoh oldi omillari ni- malardan iborat?

Gap nikoh oldi omillari haqida borar ekan, shuni ta’kidlab o‘tish joizki, nikoh oldi omillari u yoki bu nikohning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan ko‘plab ijtimoiy, iqtisodiy, biologik, fiziologik, ma’naviy, axloqiy va bugungi kunlarimiz uchun eng muhim bo‘lmish psixologik omillarni o‘zida mujassamlashtir- gan, ko‘p qirrali omillar kompleksidan iborat bo‘lib, oila qurayotgan yoshlarning, shu o‘zlari qurayotgan oilaviy hayotlariga qay darajada «yetilgan»liklarini belgilab beradi. Bu yerda eng muhimi shu yoshlarning oilaviy hayotga, nikoh talablariga qay darajada javob bera olishligi nazarda tutiladi.

Nikohga yetuklik tushunchasi ham o‘z navbatida o‘ta mu- rakkab va nisbiy tushunchadir. Chunki odam doimo rivojlanib, takomillashib boruvchi, kasb-hunar faoliyatida yoki ma’naviy va axloqiy rivojlanishida muntazam yangidan yangi cho‘qqi- larga erishib boruvchi mavjudotdir. Agar odamni u yoki bu faoliyatga «to‘la yetukligi» haqida gapiradigan bo‘linsa, demak bu uning ma’lum bir chegaraga erishgani va undan ortiq rivojlanish mumkin emasligini bildiradi. Shuning uchun ham odamning nikohga yoki biron-bir faoliyatga yetukligi haqida gapirilganda «yetuklik» tushunchasi tom ma’noda o‘rinli bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham odamning «yetukligi», ayniqsa nikohga, oilaviy hayotga «yetukligi» haqida gapirilganda bu tushunchadan ma’lum bir umumqabul qilingan standart, o‘rtacha me’yor, ma’lum bir shartli «o‘lchov birligi», ko‘rsat- kichlar va shu kabilar sifatidagina foydalaniladi.

Masalan, barcha o‘quv yurtlari (maktab, litsey, kollej, institutlar) uchun bitirish imtihonlari (davlat imtihonlari tizimi, diplom ishlari himoyasi tizimlari kabilar) mavjud bo‘ladi va ular yordamida bitiruvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan o‘rtacha bilimlar va malaka yig‘indisini aniqlash mumkin bo‘ladi. Bu esa ularga keyinchalik yana o‘qishni davom ettirish yoki ma’lum bir mutaxassislik bo‘yicha ishlashi mumkinligi haqida ma’lum bir huquq beradi. Shu nuqtayi nazardan olinganda «yetuklik» — rivojlanishning ma’lum bir bosqichi, fazasi, chegarasiga yetilganlikning sifatiy va miqdoriy xarakteristikasini ma’lum bir aniqlikda belgilab beruvchi ko‘rsatkich bo‘lib xiz- mat qiladi. Odamning nikohga, oilaviy hayotga yetukligi masalasi esa o‘ta murakkab biron-bir qat’iy me’yor bilan o‘lchab bo‘linmaydigan individual xarakterga ega bo‘lgan ko‘rsatkichdir.

II БoБ . OILADA SHAXSLARARO MUNOSABATLAR

VA MULOQOT PSIXOLOGIYASI.

2.1. Oilaning iqtisodiy funktsiyasi

Oilaning iqtisodiy funktsiyasi uning asosiy funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Oila iqtisodi, byudjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik harajatlarga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so’ng olinadigan narsalarga mablag’ yig’ish, tejab ro’zg’or yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega bo’lishlariga bog’liq. SHuningdek, oilada o’sayotgan bola ham shu malaka va ko’nikmalarga ega bo’lib borishi zarurligini unutmagan holda bolaga iqtisodiy masalalarni hal etishni o’rgata borish lozim.

Oila o’zining shu funktsiyasi tufayli jamiyatga, davlatga katta iqtisodiy foyda keltiradi. Masalan, bola tarbiyasi, bolani iqtisodiy tahminlash borasidayoq uning jamiyatga keltirgan foydasi katta miqdorni tashkil etadi. Buni davlat tomonidan, davlat muassasalarida (bolalar uylarida) bir bolani 16-18 yil tarbiyalab, ishchi kuchi sifatida yetishtirish uchun (uni boqish, kiyintirish, o’qitish, moddiy tahminlash va sh.k.) davlat tomonidan har bir bolaga sarflanadigan mablag’ va aynan shunday ishchi kuchini oilada tarbiyalash uchun beriladigan nafaqa pullari miqdorini solishtiradigan bo’lsak, o’rtadagi farq birinchilar foydasiga bir necha yuz ming so’mni tashkil qiladi. Tasavvurga osonroq bo’lishi uchun aytish mumkinki, har bir bolani voyaga yetkazish uchun oila davlatga kamida bitta «Neksiya» avtomashinasi qimmati miqdorida iqtisodiy foyda keltiradi. Bu boradagi, ya’ni har tomonlama kamol topgan ma’naviy-axloqiy yetuk, jismoniy-psixologik sog’lom shaxsni yetishtirishning ma’naviy-axloqiy jihatlarini hech qanday iqtisodiy mehzon bilan o’lchab bo’lmaydi.

Har bir shaxs oila byudjeti va xo’jaligi, uni rejalashtirish, ota-onalar va bolalar o’rtasida ishlarning taqsimlanishi va oilaning iqtisodiy manbai, oila byudjetining daromadi va xarajati, oila xo’jaligini boshqarish kabilarni bilishi lozim. SHu jumladan har bir shaxs iqtisod, isrof haqida ham tushunchalarga ega bo’lishi kerak.