2025 yilda barcha maktablar to‘liq milliy o‘quv dasturiga o‘tadi
Davomchisi o`zim bo`laman .
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi uchun yon daftarcha
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman.
Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.
Shavkat Mirziyoyev
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187 – sonly “Umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limining davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash to`g`risida” gi qarori bilan tasdiqlangan umumiy o`rta ta`limning davlat ta`lim standarti hamda Xalq ta`lim vazirining 2017-yil 3-iyundagi 190-sonli buyrug`I bilan tasdiqlangan umumiy o`rta ta`lim maktablarining 1-4-sinflari uchun barcha fanlar dasturlari amaliyotga joriy qilindi.
Darslarda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish axborot va ilg`or pedagogic texnologiyalardan foydalanish ta`lim mazmunida o`ziga xos hamda o`quvchi shaxsida o`ziga mos kompetensiyani shakllantiradi.
TK – Tayanch kompetensiyalar
ž TK 1 – Kommunikativ kompetensiyasi
ž TK 2 – Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
televizor, radiolardan eshitgan, ko‘rgan lavhalaridan ma’lumotlar yig‘ish va tushunish.
ž TK 3 – O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘quv fanlarini o‘rganish; kun tartibiga rioya qilish; kattalarni xurmat qilish; jamoat joylariga tozalikka rioya qilish.
ž TK 4 – Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;
o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish.
ž TK 5 – Milliy va umummadaniy kompetensiyasi :
orasta kiyinish, maktab ichki tartib qoidalariga va gigiena talablariga doimo rioya qilish.
ž TK 6 – Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
kun tartibiga rioya qilish;
o‘quv qurollarini saramjon saqlash;
oilada nechta odam borligini, kim katta-yu, kim kichikligini bilish.
FK – Fanga oid kompetensiyalar
ž FK 1 – adabiy-nutqiy kompetensiya
ž FK 2 – Lingvistik kompetensiya
O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 7 nomdagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va ularning multimediali ilovalari yangidan yaratilib, joylarga yetkazildi. Mazkur qo‘llanmalar zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilari faoliyatiga joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan. Qo‘llanmalardagi multimedia ishlanmalari o‘qitishning o‘yinli shakllari va media texnologiyalardan foydalanish imkonini beradi.
Bundan tashqari, Davlat dasturi doirasida boshlang‘ich ta’limda o‘qitish sifatini yaxshilash maqsadida 2014-2017-yillarga mo‘ljallangan reja ishlab chiqildi. Unga muvofiq vazirlik mutaxassislari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti olimlari, uslubchilar va amaliyotchi o‘qituvchilardan iborat ijodiy guruhlar shakllantirildi.
Ushbu guruhlar tomonidan 1-sinf o‘quvchilariga dars beruvchi pedagoglar uchun 7 nomda (“Savodga o‘rgatish” (Alifbe), “Ona tili”, “O‘qish”, “Matematika”, “Atrofimizdagi olam”, “Russkiy yazыk”, “Kniga dlya chteniya”) o‘quv qo‘llanmalari va ularga multimedia ilovalar yaratildi.
Mazkur qo‘llanmalar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga dars jarayonida o‘qitishning o‘yinli shakllari va ilg‘or texnologiyalarini qo‘llash imkonini beradi. Ushbu materiallardan yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash va takrorlash jarayonida keng foydalanish nazarda tutilgan. Bu o‘quvchilarning ta’lim olish sifat va samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Darslikning multimediali ilovasida videolavhalar berilgan bo‘lib, o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va tez tushunib olishiga imkon yaratadi. Dars davomida o‘quvchilar charchab qolmasligi va zerikmasligi uchun musiqali dam olish daqiqalari ham tashkil etiladi. O‘qish darslari uchun taqdim etilgan bunday o‘yin va boshqotirmalar bolalarning mantiqiy fikrlash qobiliyati va hozirjavobligini rivojlantiradi.
BOSHLANG’ICH 1-4 SINFLARDA ONA TILI VA O’QISH FANLARIDAN D.T.S.TALABLARI
Bolangizga ertak o`qib bering
Ertaklar –yaxshilikka yetaklar
Oila sharoitida bola qalbida kitobga nisbatan qiziqish va muhabbat tuyg`usini uyg`otish , adabiyotga qiziqtirish dan boshlanadi.buning uchun oiladagi kattalar –bobo yoki buvi ,ota yoki ona,aka yoki opa muntazam ravishda har kuni kichkintoyga badiiy asarlardan birini (ertak,hikoya,afsona,rivoyat v.b)o`qib yoki hikoya qilib berishi lozim.Badiiy kitobni oila davrasida o`qish ham nihoyatda samarali usullardan biri hisoblanadi.kitob bilan birgalikda o`tkazilgan damlar uddi bayramdagidek hayajonli va quvonchli bo`lishiga erishsagina bolada kitob o`qishga havas uyg`onadi,kitobga o`rganadi va unga mehr qo`yadi.
- Ota-onalar tavsiya etilgan nasriy asarlarga erkin yondashgan holda bolaning saviyasi,tushinish ,o`zlashtirish darajasiga qarab ularni o`qib yoki hikoya qilib berishlari lozim. Bunda ifodali o`qish qoidalariga rioya qilish zarur.Ya`ni asarlarni shoshilmay,to`xtamlarga e`ibor berib tovushlarni to`g`ri talaffuz qilib , so`zlarni dona-dona qilib ta`sirli qilb o`qish kerak. Hikoya qilishda esa voqeani izchil bayon etishga, nutqning ravon bo`lishiga Grammatik jihatdan to`g`ri gap tuzishga,talaffuzga alohida e`tabor berish lozim. Bolalar sizning o`qib, hikoya qilib berish ohangizgizdan asar qahramonlarini go`zal xulqli yoki yomon xulqli obraz sifatida tasavvur eta olasiz.
- Farzandlaringiz bilan kitob o`qishni ,uning muqovasini birgalikda tomosha qilishdan boshlang,so`ngra kitobni asta varaqlab, o`qimoqchi bo`lgan asaringiz muallifining ism-sharifini , sarlavhani o`qing,so`ngra hikoya ( ertak) o`qishni boshlang; bolaning e`tiborini asar mazmuniga ishlagan rasmlarga qarating; ba`zida asar sarlavhasini o`qigandan so`ng , “Seningcha bu ertak kim (nima ) haqida bo`lishi mumkin?“deb bolangizdan so`rang ,asrga qiziqtiring.uning taxminiy gaplarini eshitganingizdan so`ng: “Kel, endi ertak (hikoya)ni o`qib ko`ramiz”,deb o`qishniboshlang ;o`qishni tugatganingizda:”Taxminlarning durust ,barakalla”,deb bolani quvvatlab qo`yishni unutmang.Shunday munosabatda bo`lsangizbola badiiy asarni nafaqat qiziqib, diqqat bilan tinglaydi,balki unda mustaqil fikrlash, ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqarish ishtiyoqi paydo bo`ladi.
- Farzandingizning qiziqish va xohishiga qarab, bir asarni bemalol qayta o`qib berishiniz mumkin.Zero, bola qiziqqan badiiy asarni bir necha bor eshitsa-da, yana o`qib yoki so`zlab bersangiz zerikmay, diqqat bilan tinglaydi. Bunga sabab, bolalar asarni bir marta eshitganida undagi mazmunni to`lig`icha anglab ololmaydi. Asarni bir necha bor tinglaganlarida esa, tasvirlanayotgan voqealar, asar qahramonlari bolalarga tanish va qadrdon bo`lib qoladi. Vaqt o`tib, tanish asarni qayta eshitish ularga quvonch bag`ishlaydi, tasavvuri rivojlanadi, xotirasi mustahkamlanadi.
- Farzandingizga faqat kitob o`qib berish bilan cheklanib qolmasdan , balki o`qilgan asar haqida suhbatlashishni ham unutmang.Bola badiiy asarni bir necha bor eshitib,yaxshilb o`zlashtirib olgach, ertak ( hikoya,rivoyat v.b)mazmunini so`zlab berishga undang.Bu uning zehnini o`ztiradi,xotirasini mustahkamlaydi,fikrini erkin aytishga o`rgatadi,nutqini ravonlashtiradi.Bolaning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida o`ziga yoqqan voqraning yoki qahramonning rasmini chizishni,rollarga bo`linib o`ynashni taklif etish ham maqsadga muvofiq.
- Bolalarga asar mazmuni, qahramonlarining xatti-harakatlari bo`yicha savollar berish kerak. Masalan,”Ur,to`qmoq”ertagi bo`yicha :”Ovchi cholning sarguzashti qaysi voqeadan boshlanadi? Ertakda qaysi voqea 3 marta takrorlanadi?To`qmoq bolalarni to`g`ri jazoladimi?Seningcha ular gunoh ish qilishganini tushunishdimi yoki to`qmoqdan qo`rqqanlaridangina cholning narsalarini qaytarib berishdimi?”v.b.
- Kattalar va bolalar o`rtasida o`tkaziladigan bunday jonli muloqotlar bolaning nutqini rivojlantiradi, ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqaradi, intellektual salohiyatga ega shaxs sifatida shakllanib borishiga imkon beradi.
- Har bir ota-ona farzand o`stirar ekan uning maktabda a`lo baholarga o`qishini,ilmli,hunarli,yaxshi ,go`zal xulqli komil inson bo`lib ulg`ayishini orzu qiladi.Ezgu orzuingizni amalga oshirish esa bugun sizning qo`lingizda Agar siz farzandingiz uchun alohida vaqt ajratib ,uning murg`ak qalbida paydo bo`lgan ezgu hislatlarni ,jumladan kitobga bo`lgan qiziqish,intilishni qo`llab-quvvatlasangizgina u shakllanadi,tobora rivojlanib borishiga yo`l ochiladi.Farzandingiz maktab ostonasiga qalbida bilim olishga katta qiziqish,katta havas bilan qadam qo`yadi.
· Bolangizga bu kitoblarni olib bering
· I.Avvalboyeva she`riy kitobi:
“ONA KO`NGLI”
“UCH TILAK”
· X.Qosim she`riy kitobi:
“OTAMNING ERTAKLARI”
· P.Mo`min she`riy kitobi:
“ DAKANG XO`ROZ-AKANG XO`ROZ”
“BOLAJON-BOLAJONIM”
· Q.Ota she`riy kitobi:
“ATLAS KIYGAN KAPALAK”
· A.Obodjon she`riy kitobi:
“MULLA BAQALOQ”
· T.Adashboyev she`riy kitobi:
“QARG`A QAQIMCHI”
· I.Sanaev she`riy kitobi:
“SEN ZO`RSANMI,MEN”
· Bolalar ensiklopediyasi
1.Dinozavrlar
· 5.Astronomiya va koinot
· 6.Kashfiyot va ixtirolar
· 7.Jonivorlar haqida ensiklopediya
· 8.Men dunyoni anglayman
· 9.Jajji kichkintoylar uchun
· 10. Yer sayyorasi haqida
·
Mantiqiy fikrlashga doir kitoblar
1.O`ynab o`rganamiz
· 2.Kichkintoylar uchun matematika
·
Tabiat,atrofimizdagi olam to`g`risida gi kitoblar
· Burgutcha va do`stlarining sarguzashtlari
· Delfincha va do`stlarining sarguzashtlari
· Jirafa va do`stlarining sarguzashtlari
· Kengrucha va do`stlarining sarguzashtlari
· Yo`lbarscha va do`stlarining sarguzashtlari
· Quyoncha va do`stlarining sarguzashtlari
· O`zbek xalq ertaklari:
· “ OLTIN TARVUZ”
Qoraqalpoq xalq ertaklari:
“ BIR QALPOQ OLTIN”
· “YO`LBARS VA PODSHO”
· “DEV BILAN BOTIR CHO`PON”
· “ OLTIN SOCHLI YIGITCHA”
· ZUMRAD VA QIMMAT
Bolada kitobga mehr uyg`otish oiladan boshlanadi
Oila sharoitida bola qalbida kitobga nisbatan qiziqish va muhabbat tuyg`usini uyg`otish adabiyotga qiziqishdan boshlanadi.Buning uchun oiladagi kattalar-bobo yoki buvi,ota yoki ona ,aka yoki opa muntazam ravishda har kuni kichkintoyga she`r,ertak yoki hikoya o`qib berishi lozim.Badiiy kitob bilan birgalikda o`tkzilgan damlar xuddi bayramdagidek hayajonli va quvonchli bo`lishiga erishing.Shundagina bola kitobga qiziqa boshlaydi,unga o`rganadi va mehr qo`yadi.
Oila sharoitida ,xuddi maktabgacha ta`lim muassasalaridagi kabi she`riy va nasriy asarlar galma-galdan o`qib berilsa , maqsadga muvofiq bo`ladi . Kitobni kunning qay paytida o`qishni bola bilan birgalikda belgilab olish zarur.Shunda bola kitob o`qishni orziqib kutadi . Kun tartibiga rioya etishga , intizomga , tartibga o`rganib boradi.
Kattalar to`plamda tavsiya etilayotgan she`riy asarlarga erkin yondoshgan holda bolaning saviyasi , tushunish , o`zlashtirish darajasiga qarab ularni ifodali tarzda o`qib berishlari , ba`zilarini yodlatishlari mumkin . Bolaga she`rda o`ziga yoqqan qahramonni ,tabiat manzarasini yoki biror voqeaning rasmini chizishni taklif etish ham uning ijodiy imkoniyatlarini kengaytiradi .
Kattalar to`plamda tavsiya etilayotgan she`rlar bilan avval o`zlari tanishib ,she`riy misralardagi qofiya va to`xtamlarga e`tabor berib uni bir qadar o`rganib olishi zarur.Bolaga she`rni ifodali tarzda o`qib berayotganda tovushlarni to`g`ri talaffuz etishni , ovoz ohangi(intonatsiya)ga ahamiyat berish muhimligini unutmaslik kerak.Ovoz ohangi orqali bola she`rda tasvirlangan voqealarni tez tushunadi,qahramonlar kayfiyatini to`liq his qiladi.
Buni unutmang!
Shuni unutmangki ,bolani maktabga tayyorlash jarayoni hatto eng tajribali pedagogdan ham ruhiy va jismoniy kuch sarflashni talab etadi.
Bola tezda birdan o`ngacha sanashni ,geometrik shakllarning nomini o`rganib olmaydi.Shu sababli bola bilan ishlaganda juda sabrli bo`ling.
Topshiriqni oldin qanday bajarish kerakligini tushuntiring,so`ng bolaning bir necha marta takror-takror bajarishga vaqt bering.
Endigina o`rganishni boshlagan bola ayrim o`rinlarda qiynalishi tabiiyligini yodda tuting.
Bola biron topshiriqni yoki vazifani tushunmasa uni aybsitmang.
Kuniga bola bilan 20-25 daqiqa shug`ullaning,ammo vaqtni emas,bolaning holatini kuzating.Zarurat bo`lganda dam olishiga imkon bering, harakatli mashqlar bajartiring.
Bolaning o`ziga bo`lgan ishonchini doim qo`llab quvvatlang.
7 yoshli bola egallashi kerak bo`lgan gigienik bilim ,malaka va ko`nikmalar.
1.Mustaqil ravishda yuvinish,qo`llarning tozaligiga rioya qilish.
2.Kichkintoylarga qanday qilib yuz-qo`llarni to`g`ri yuvishni ko`rsatib berish.
3.Tishlarni to`g`ri tozalab ,taranish.
4.Ovqatdan so`ng og`izni chayish.
5.Kiyimlarni tartibli ravishda yechib,ularni joyiga osib qo`yish.
6.O`ng va chap oyoq poyabzallarini farqlay bilish, ularni to`g`ri kiyish .
7.Ko`zguga qarab kiyimlardagi kamchiliklarni bartaraf etish,dastro`moldan to`g`ri foydalana olish.
8.Xonada tartib va ozodalikni saqlash,kiyimlarni toza va tartibli kiyish.
9.Tengdoshlarining kiyimlaridagi tartibsizliklarga barham berish.
10.Ozodalik va tartibga odatlanishni tarbiyalash.
11.Shaxsiy buyumlarini yuvishni va tugma qadashni bilish,o`ynab bo`lgandan so`ng o`yinchoqlarni joyiga olib qo`yish, ularni ehtiyotlash va toza saqlash.
12.Ertalab badantarbiya mashqlarini bajarish, suv muolajalari bilan mustaqil shug`ullanish.
13.Ichaklarni va qovuqni o`z vaqtida bo`shatish va hojatxonadan batartib ravishda foydalanish.
14.Burunni toza saqlash.
15.Qo`l,oyoq va badan uchun foydalaniladigan sochiqlarni farqlash .Tirnoqlarni tishlamaslik,qalam va boshqa buyumlarni og`ziga solmaslik.Barmoqlar,til,sochlarni so`rmaslik .Toza dastro`molchadan foydalanish.
16.Ovqatlanishdan oldin ,hojatxonaga borgandan keyin va biror ish qilgandan so`ng qo`llarni yuvish.
17.Sanchqi, qoshiqdan bemalol foydalana bilish.
18.Tartibli ovqat yeyish ,sochiqdan foydalanish.
19.Ovqat paytida qomatni to`g`ri tutish.
20.To`g`ri ovqatlanish tartibiga rioya qilish ,yotish oldidan ovqat yemaslik.
21.Idish-tovoqlarni stoldan yig`ishtirib olishda kattalarga ko`maklashish.
Topishmoqlar
Muzga o`xshar-u, muzmas,
Ishtahangni hech buzmas.
Shoshilmay yesam birin,
Oh-oh qaymoqdan shirin
Uxlab yotar kunduzi ,
Shomda ochilar ko`zi.
Xo`rozim yog`och oyoq ,
Qo`limda turar shundoq.
Unga kulib qarayman.
Maza qilib yalayman .
Bulutga qilich solar,
Yalt-yalt etib yo`l ochar.
Yerda asta unadi,
Oftob chiqsa kuladi .
Buni hamma biladi.
Yonidan o`tsa birov ,
Bo`ynini cho`zib darrov .
Cho’qiy deb qilar hujum,
“G`a-g`a“lar u betinim.
Qo`nadi ming bir gulga,
Sog’liq ulashar elga.
Bitta dara ,ikki tog`,
Har bahorda qaytadi ,
“Tak-tak“ qo`shiq aytadi .
Kech kuzgacha uzilmas,
To yozgacha buzilmas.
Derlar ming dardga davo
Goh ko`pirib toshaman.
Ijobat bo`lar tilak ,
Yer tagida yetilar ,
Ko`p vitaminli bo`lar .
Shirasi bor , lek tuzsiz ,
Palov pishmaydi usiz .
Jajji yuragimda ulg`ayding VATAN!
Vatan nima ? Kim aytadi ?
Uni kim izlab topadi ?
Ziyrak , bilimdon bolalar
Uni tez izlab topadi .
Qani o`ylang ,izlang , toping ,
Vatan neligini ayting ?
Vatanimni yaqqol ko`rdim ,
Onajonim ko`zlarida .
Vatanimni anglab oldim ,
Ustozlarim so`zlardan .
Vatan menga o`xshaydi ,
U men bilan yashaydi .
Jajjigina qalbimda ,
Katta VATAN yashaydi
Buvim , buvam , akam ham ,
Oyim , dadam , ukam ham ,
Ustozim , dugonam ham –
Men uchun Vatan !
– Mayliga , har so`zim bo`lmasa biyron ,
Mayliga boqmasin menga shu zamon .
Lek takror aytaman , mag`rur aytaman ,
Tilimda burrodir Vatan degan nom !
Vatanimning nomi hur O`zbekiston ,
Har bir yeri , har joyi bog`-u – bo`ston .
Vatanimni sevaman , men savodxon bolaman ,
Vatanimning nomini endi yoza olaman .
Men bugun juda zo`r rasm yasadim ,
Rasmda Onamni , o`zimni chizdim .
Va uning ostiga katta harf bilan
“Onajon , Vatanim !” deb yozib qo`ydim .
Davlatimiz har qilgan ishi
G`amxo`rligi faqat biz uchun .
Yangi ta`mirlangan maktablar
Sog`lom avlod kelajagi-chun .
Ajdodlarim meroslaridan
Boshim baland, mag`rur turaman .
Bugun faxrlansam ertaga
Davomchisi o`zim bo`laman .
-Ehtimol shu koptok bilan ertaga ,
Ronoldoga yaxshi raqib bo`larman .
Jahon o`yinida 10 ta gol urib ,
Chempion bo`lishga sabab bo`larman .
Rahmat ,Sizga bobojon .
Men bugun har dildan navolar oldim ,
Har giyoh , har guldan saboqlar oldim .
Oq fotiha oldim Ustozlaringdan ,
Yurtboshimdan katta sovg`alar oldim.
Yurtboshim atagan sovg`alaridan ,
Jajji yuragimda mehr hamnafas .
Vatanni o`rganib jonu-dilimdan .
Bir kun vatan mehrin oqlay olsam ,bas.
Rangli qalam turfa rang ,
Yashil , qizil , oq , kulrang .
Qarang rasmlarimga ,
Bezak berdik rang-barang .
Rangli bo`yoq
– Mana bu rangli bo`yoq ,
Sariq , qizil , ko`k va oq .
Bo`yoq bilan bu rasm ,
Qarang yanada quvnoq .
– Sehrli ekan bo`yoq ,
Haqiqatan ham quvnoq .
Rangli qog`oz
Rangli qog`ozdan lola ,
Turfa gular yasadim .
Applikatsiyalar qilib ,
Zo`r kitobcha yaratdim .
Bobom bergan ruchkada ,
Harflar so`zga aylandi .
So`zlar esa gap bo`lib ,
Bir-biriga boylandi .
Katta matn yaraldi .
Men esa qalamlarga ,
Qalamdonni tanladim .
Qalam , ruchkalarimni ,
Qalamdonga joyladim .
Daftarlarga ilk yozuvni ,
Ilmoqchadan boshladim.
Bugun esa so`z,gaplardan ,
Matn tuza boshladim .
Men esa O`g`iloyman,
O`chirg`ich bilan do`stman .
Yozaman , o`chiraman ,
O`chiraman , yozaman .
Qiziq o`chirgan sayin
Do`stim kichrayib qoldi .
Nega ? E-ha tushundim ,
Xatom ko`payib qoldi .
Do`stimni avaylayman
Endi xato qilmayman .
Yirtilibdi kitobim ,
Darrov yelimlab oldim .
Rangli qog`ozlar bilan
Mozayka ham yasadim .
– Daftar , ruchkalaringiz ,
Sehrli ekan bobo .
Yozuvlarim ko`ringiz ,
Qoyil qoldirar hatto !
Bizni yaxshi ko`rasiz ,
Unutmaymiz hech qachon .
Barcha sovg`alar uchun
Rahmat Sizga bobojon .
Maktabim-oftobim
Maktab –oftob , maktab –go`yo bir dunyo ,
Kitob-oftob ,kitob oftobdir go`yo.
Odob –oftob , odob – oftobdor go`yo .
Bilim koni maktabimda bir dunyo.
Men maktabni ONA dedim ,onamdir –maktab ,
Shu chamanni gulzor bildim , g`unchaman men ham .
Issiq bag`ring , qaynoq tafting , yayrab o`syapman ,
Sen Onamsan , Sen oftobsan , Sen ham bir VATAN .
O`zbek bolasi
Bir sinfda ahil bo`lib ,
Bilim olib , do`st bo`lib .
Bugun savodxon bo`lib ,
Ulg`aydi o`zbek bolasi .
– Erkalik va sho`xlikni
Qoldirdi bolalikda .
Teran fikr, keng tasavvur
Endi har birisida
Shu maktab , ushbu sinfda
Ulg`aydi o`zbek bolasi .
Vatan nima ? Do`stlik nima ?
O`qib , uqmoqda bugun .
Kitoblar birla do`st bo`lib ,
Ulg`aydi o`zbek bolasi .
– Ilk bora qo`limga qalamlar tutgan ,
Tayoqchalar harflarga aylanib ketgan.
Vatanni qalbimga joylab qo`ygan kim ?
Birinchi Ustozim , Sizsiz muallim !
“Tanaffus qo`shig`I”
Bir qarang , bir qarang ,
endi olam rang –barang .
Yozish , ishlash , yechishdan,
Hayhot qutuldim arang
Tanaffus qanday yaxshi ,
miriqib dam olaman ,
Afsus qisqa o`ynashga
ulgurolmay qolaman.
Nimagadir darslarda
Qo`rqoq bo`lib qolaman.
Tanaffusda o`zimni
Sheryurak his qilaman !
Tanaffus ham o`z o`rnida
Kerak bo`lar albatta .
Ammo dars-ku eng muqaddas ,
Unutmaslik kerak-da .
– Bugun turli fanni o`qib ,
Uqib ,saboq olganmiz .
– Bugun davonlardan o`tib ,
Xulosa chiqarganmiz
– Biz ” BUGUNning bolalar”i ,
Kechani mard yengganmiz !
– Ammo hali oldda o`qish ,
Biz birga intilamiz .
“ Darsliklar “ bahsi
– O`qishdan o`rgandik ertak, maqollar ,
Topishmoq , she`rlar-u hamda matallar .
-Hisobu- kitobni o`rgandik Sizdan ,
Tenglama-yu , masala so`rangiz bizdan
– Sizdan –chi o`rgandik butun borliqni ,
Sahro-yu cho`l – ko`llar , hamda tog`liqni .
– Ulardan kechish og`ir , to`g`rimi do`stlar ,
Ayting , endi nima ham dilimiz xushlar ?
– Xo`rsinma ukajon , orzuying bizda ,
She`rlaring g`azalga aylanar bizda .
Ertaklar kattakon asar bo`ladi ,
Seni katta povestu roman kutadi .
– Vataning tarixi qiziqdir ishon ,
Varaqla betlarim , bo`lgin chin inson !
– Masalani endi formulaga sol ,
Elektr tokini mendan bilib ol .
-Suvning xossasini o`zim o`rgatay ,
Vodorodga kislorod qo`shib ko`rsatay !
– Teorema isboti bilan bo`ladi ,
Buni meni o`qigan bola biladi .
– O`simlik dunyosin o`rgatay , kelgin ,
Hayvonlar xil-xilin ko`rsatay , kelgin .
– Agar-chi , istasang , dunyoni kezmoq ,
Mening birla bo`lgin yaxshi bir hamroh !
– Barini o`rgating , bo`laylik inson ,
Elim deb , yurtim deb , yashaylik har on .
– Sho`xliklarga to`ymayman
– Kecha – kunduz o`ynayman.
– Tinim nima bilmaysan,
O`ynab hech charchamaysan .
Mo`jiza deysan go`yo ,
Nima ekan bu dunyo ?
Bu BO-LA-LIK !
– 7 yoshga to`ldik biz ,
– O`quvchi ham bo`ldik biz !
– Sizni savodxon qilgan ,
Quchoqlar ochib kutgan .
Kitoblarga boy maskan ,
Ayting-chi qayer ekan ?
O – NA MAK – TAB !
– Men ham uning o`g`liman !
– Men-chi, erka qiziman !
– Qaysi bog`da ,qaysi meva ,
Qay chamanning gulisiz ?
Elingizning oti nima ?
Qaysi millat o`g`lisiz ?
Quvnoq harflar tortishuvi
(S.Mamadaliyev qo`shig`iga qiyos)
– Harflarim qani jam bo`ling ,
A dan tortib tutuq belgisi .
Do`st bo`ling , ham qadrdon bo`ling ,
Ko`rganlarning kelsin havasi .
Quloq solmay mening gapimga ,
Tortishdilar unli , undoshlar .
Unli pisand etmas to`siqni ,
Undoshlar ham maqtarlar o`zni !
Unli ancha cho`zilar edi ,
Undosh esa kesib so`zlardi .
Barchalari ko`ksini kerdi ,
Ammo bundan hech naf chiqmadi .
So`ng o`ylanib o`ziga kelib ,
Unli, undosh birga ishladi .
So`zlar hosil bo`ldi nogohon ,
O`zlari ham bu holdan hayron .
ONA , VATAN so`zi yasaldi ,
Barcha to`siq , iplar uzildi .
Keldi shu payt tutuq belgisi ,
Qaramaslar harflar hech qaysi ,
Tovushlarda , harflarda ham yo`q ,
Tanimaymiz biz seni tutuq !
Ammo u ham hech bo`sh kelmadi ,
“Alo” ,” mano” so`zlarin tuzdi .
Ammo bundan ma`no chiqmadi ,
Tutuq belgi sir boy bermadi .
Shunday qilib u talash bo`ldi ,
Harflar usiz qiyma-qosh bo`ldi .
Yasaldi so`ng eng yaxshi so`zlar ,
A`lochi qiz ma`noli so`zlar .
Kamsitmang hech cho`pni hasni ham ,
Toshu kesak ,baland pastni ham ,
Har bitta harf , bir ulkan ma`no ,
Anglatadi do`stlikni ammo .
Kitobni asrang
Mavzu : Kitobni asrang. Darsning texnologik xaritasi:
DARSNING MAQSADI:
Ta`limiy: O`quvchilarni “Kitobni asrang” matni bilan tanishtirish.To`g`ri va ifodali o`qishga o`rgatish.
TARBIYAVIY : O`quvchilarning kitobga bo`lgan mehrini oshirish,kitobni asrab-avaylashga o`rgatish,axloq-odob qoidalarini singdirish.
RIVOJLANTIRUVCH I:O`quvchilarning og`zaki va yozma nutqi,lug`at ustida ishlash,mantiqiy fikrlashamlakalarini oshirish.
DARS TURI: Yangi tushuncha,bilimlarni shakllantirish.
DARS METODLARI :Suhbat tushuntirish, “Tushuntirish tahlili”, “Kichik guruhlarda hamkorlikda o`qitish” metodi, “Meni tushun” o`yini .
DARS JIHOZI : Darslik,ko`rgazmalar,videolavha ,tarqatma materiallar.
DARSNING BORISHI:
Darsning borishi
2.Uyga berilgan vazifani so`rash
3.Yangi mavzuni tushuntirish
Suhbat,tushuntirish, “ Zanjir o`yini”
4.Yandi mavzuni mustahkamlash
Test topshiriqlari, “Kichik guruhlarda hamkorlikda o`qitish”
5.Darsga yakun yasash va baholash
1.Tashkiliy qism
O`quvchilarni darsga hozirlash
2.Uy vazifasini so`rash.
“ Maktab-oftob qo`shig`I” she`rini yoddan aytib beradilar.
“MENI TUSHUN ” O`YINI.
Kitobga ta`rif beriladi,o`quvchilar gap nima haqida borayotganini tushunib javob berishlari kerak.Agar 1-ta`rifda topa olmasalar ,2-ta`rif eshittiriladi,unda ham topishga qiynalsalar 3-ta`rif eshittiriladi.
1-ta`rif: Bu narsa barchamizning uyimizda bor.Har kuni undan foydalanamiz.Kichkina bolalardan uzoqroq tutamiz.
2-ta`rif:Biz undan ko`p narsalarni o`rganamiz.Dunyoqarashimizni va bilmimizni oshiramiz.
3-ta`rif: Bizga hamma fanlarni o`qishimizga yordam beradi.Matematikadan hisoblashni,ona tilidan chiroyli yozishni ,o`qishni o`rgatadi.
3.YANGI MAVZUNI TUSHUNTIRISH.
-Bugun darsimizda kitob va uni asrash haqidagi “ Kitobni asrang” matni bilan tanishamiz.
Matn o`qilib,mazmuniga mos lavhalar ko`rsatiladi.
-Aziz bolajonlar,hozir namoyish etilgan lavhalarga mos ma`lumotlar darsligimizda ham berilgan.Keling tekshirib ko`ramiz.
O`qituvchi matnni o`qiydi.O`quvchilar kuzatib boradilar.
-Bolajonlar,matnda qanday notanish so`zlarga duch keldingiz?
E`zozlangan-mehr-e`tabor,izzat-hurmat bilan ardoqlangan.
Ko`z qorachig`iday asraymiz-asrab-avaylash ,ehtiyotlash
DAM OLISH DAQIQASI:
O`qituvchi bir so`z aytadi,so`zning tugagan harfidan boshlanadigan so`zni bir oquvchi aytadi.Shu tarzda o`quvchilarning hammasi o`yinda qatnashadi.
Namuna: Kitob-barmoq-qalam-muzqaymoq-qor-rasm va h.k
“Tushunchalar tahlili” metodi.
Darslikdagi hikmatli gap,maqol,topishmoq “Tushunchalar tahlili” metodi asosida yoritiladi.Avval o`quvchilar o`zlari javob topib,so`ng ekranda ishlab to`g`riligini tekshiradilar.
Hikmatli gap,maqol mazmuni tushuntiriladi.
Hikmatli gap: Kitob-bilim bilog`i
Maqol : Bilimdan ortiq boylik yo`q.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash
O`quvchilar matn mazmunini navbatma-navbat qayta hikoya qilib beradilar.
“Kichik guruhlarda hamkorlikda o`qitish” metodi.
O`quvchilar 5 kishilik kichik guruhlarga bo`linadi,har bir guruhga konvert tarqatiladi.Uning ichida “Kitobni asrang” matni 5 qismga bo`lingan holda solingan bo`ladi.Guruhdagi o`quvchilar 1 qismdan matnni oladilar va o`qiydilar.Guruhdagi o`quvchilar o`zlariga tushgan qismni o`qib bo`lgach, darslikdagi matn izchilligiga qarab joylashtirib ol.adilar.Hosil bo`lgan matnni yana qayta o`qiydilar.
“Kichik guruhlarda hamkorlikda o`qitish “ metodining samaradorligini bilish maqsadida test topshiriqlari ekran orqali ko`rsatiladi.
TEST TOPSHIRIQLARI:
1.Ota-bobolarimiz nimani muqaddas deb bilganlar?
2.Kimlar kitobni o`pib,ko`zlariga surtganlar?
Test topshiriqlari natijasi tekshiradilar,a`lo natijaga erishgan guruhlar,hamkorlikda o`qitishdan samarali foydalanganlari qaytilib,namuna qilib ko`rsatiladi.
5.Darsga yakun yasash va baholash.
- Qadimda ota-bobolarimiz kitobga qanday munosabayda bo`lganlar?
- Siz kitobga qanday munosabatdasiz?
- Kitobni nima uchun asrashimiz kerak?
O`quvchilar darsdagi ishtiroki va faolligiga ko`ra baholanadi.
“Kitobni asrang” matnini ifodali o`qish,hikmatlim gap,maqol va topishmoqni yod olish.
Konstitutsiya – baxtimiz qomusi
Davlatimiz madhiyasida Ona Vatan madhi zo`r ifoda qilingan . Bu tantanavor qo`shiq kuylanganda butun jahon oyoqqa turib, bevosita qo`li ko`ksiga boradi. Bu o`zbek xalqiga hurmat ma`nosini ifodalaydi . Barcha til va lahjalarda “ O`zbekiston “ so`zi takrorlanadi .
Murg`ak qalbini Vatan hissi , g`urur , iftixor tuyg`usi chulg`ab olgan farzandgina “ Men ozod O`zbekiston farzandiman “ deya dadil ayta oladi .
Men Ozod O`zbekiston farzandiman !
Men Ozod O`zbekiston farzandiman !
Men Ozod O`zbekiston farzandiman !
Biz Ozod O`zbekiston farzandimiz !
Mayliga , har so`zim bo`lmasa biyron ,
Mayliga boqmasin menga shu zamon .
Lek takror aytaman , mag`rur aytaman ,
Tilimda burrodir Vatan degan nom !
Dunyoga keldingmi, bas ,
Bilgil ilk huquqingni .
O`zingni , o`z ismingni .
– Mening ismim …………………………………….. .Qo`limdagi tug`ilganlik haqidagi guvohnomasi bor . Bu hujjatda mening familiyam , ismim, tug`ilgan sanam , tug`ilgan joyim va ota-onam to`g`risida ma`lumotlar bor . demak bu mening o`zbek fuqaroligimni bildiruvchi hujjat .
Men o`zbek farzandi , istiqlol dilbandi ekanligimdan faxrlanaman .
Men o`zbekman , o`zbek farzandi ,
Huquqim burchimni taniyman ,
Dilbandiman ozod Vatanning
O`qish , uqish birinchi burchim ,
Fikrim erkin , erkin so`zlayman,
Davlatimiz mustaqillikka erishgach ,o`z qonunlarini o`rnatish imkoniga ega bo`ldi . Ularning ichidan eng muhimi , eng asosiysi esa –KONSTITUTSIYAmizdir . Shuning uchun Konstitutsiya –
Davlatimizning bosh qonuni , qomusi deyiladi . U 1992 yilning 8- dekabrida qabul qilingan .
Davlatimiz har qilgan ishi
G`amxo`rligi faqat biz uchun .
Yangi ta`mirlangan maktablar
Sog`lom avlod kelajagi-chun .
Boshim baland, mag`rur turaman .
Bugun faxrlansam ertaga
Davomchisi o`zim bo`laman .
Yo`llarimdan chiqsa , tikanlar
Qo`rqmay dadil qadam tashlayman
Vatanimga qo`l ko`targanni
Ertang o`zim ko`zin yoshlayman .
Vatan to`g`risida to`lib , ham toshib,
Jo`shib- jo`shib aytgim keladi .
Boshimni tik tutib, mardona turib,
Men o`zbek farzandi degim keladi .
“ Istiqlol farzandlari “ qo`shig`i
Bilim ol, quvvatga to`l,
Kasb-hunarga uzat qoo`l.
Mana senga yangi yo`l
Istiqlol farzandi bo`l.
Biz o`zbek farzandimiz,
Shahdam qadamlar bilan, 1,2,3,
Alpomishning o`rnin bos ,
Ot o`ynat mardlarga xos.
Saxiy Hotamtoyga mos,
Istiqlol farzandi bo`l.
Odob-axloq gulin ter,
Dilga ezgu nurin ber.
Bo`lay desang botir er,
Istiqlol farzandi bo`l.
“Davrning bolasi” ko`rsatuvi
Assalom-u alaykum . “ Davrning bolasi “ ko`rsatuvi yana efirda .
– “ Bola huquqlari to`g`risidagi Konvensiya”da va O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida
bo`lgan asosiy o`xshashlik – bu hamma teng huquqli bo`lishi shartligidir .
– Har kim o`z huquq va burchlarini bilshi lozim.
– Marhamat , shu lavhani tomosha qiling .
– Har bir shaxs mehnat qilish huququqiga ega.
– Har birimiz dam olish va mehnat qilish huquqiga egamiz.
– O`zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasining 41-moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi” deb yozib qo`yilgan.
– Har qanday inson o`zining va bolalarining xavfsizligini ta’minlanish huquqiga ega.
– Hammamiz yaxshi hayot kechirish huquqiga egamiz. Biz yaxshi yashashimiz va dam olishimiz uchun kiyim-kechak, daftar, qalam va boshqa barcha kerakli narsalarga ega bo`lishimiz lozim.
– Bundan tashqari, biz kasalliklardan davolanish huquqiga ham egamiz. Hech kim bizning davolanishimizga qo`sqinlik qila olmaydi.
– Sog`lom bo`lish, ota-onaga quloq solish, ularga yordam berish bizning asosiy burchimizdir.
– uyda va ko`chada huquqbuzarlik qilmaslik, tabiatni asrab-avaylash.
– uyda, maktabda va ko`chada tozalikka rioya qilish.
– darsda to`g`ri o`tirish va o`qituvchining ruxsatisiz gapirmaslik.
– uyda, maktabda va ko`chada hech narsani sindirmaslik, parta va devorlarga chizmaslik.
– hech kimni aldamaslik, birovning narsasiga tegmaslik.
– jonivorlarga ozor bermaslik , bizning asosiy burchimiz ekanligini unutmasligimiz kerak .
Mamlakatimiz har bir fuqarosi millati , kasbi va amalidan qat`iy nazar teng huquqlidir .Davlatimizda qizlar va bolalar, ayollar va erkaklar , kattalar va kichiklar teng huquqlidirlar .
Hozirgi lavhamiz shu haqda .
( Baland ovozda musiqa yangrayapti . O`spirin raqsga tushyabdi. Singlisi dars tayyorlab o`tiribdi )
Uf ,aka musiqani o`chiring , dars qilolmayapman . Ertaga imtixonim bor .
Men kun bo`yi ishlayman . Bo`sh vaqtimda xohlaganimcha dam olishga haqliman . Sen esa nuqul dars qiliasan .
Ha, ikkalasi ham o`z huquqini talab qilyapti . To`g`ri ishdan va darslardan keyin biz istagan narsalar bilan mashg`ul bo`lishimiz mumkin . Xohlasak dam olamiz , televizor ko`ramiz ,o`ryoqlarimiz bilan o`ynaymiz .Bu bizning huquqimiz .Ammo o`zgalar huquqini ham hurmat qilishimiz kerak . Sevimli mashg`ulotimiz bilan shug`ullanganimizda boshqalarga xalaqit bersak ,biz ularning huquqini mensimagan bo`lamiz . Bu noto`g`ri .Chunki biz qanday huquqqa ega bo`lsak ,boshqalar ham shunday huquqqa ega .
Lavhani ……………………… “ Davrning bolasi “ uchun tayyorladi .
Ulg`ayaman qo`lda kitob ,
Yo`l olaman maktabga
Har bolaning huquqi bor,
Maktab – bu ta`lim va tarbiya maskani Maktabda ustozlarimiz topshiriqlarini vaqtida bajarishimiz ,vaqtimizni bekor o`tkazmasligimiz kerak .Aksincha , …ahvoliga tushib qolishimiz hech gap emas
-Sizga bitta qiyin savol beraymi yoki ikkita oson savol beraymi ?
– Bitta oson savol berib qo`yaqoling , domlajon .
– Ayting-chi, Davlat ramzlariga nimalar kiradi ?
( boshqa tarafga qarab )
Ustoz mendan nuqul o`zi bilmagan narsalarni so`raydi . Ustoz o`zi shunday mavzu o`tganmidik ?
Feruzaxon , bahona qidirmang , demak javob bera olmaysiz . Bolajonlar , qani shu savolga kim javob bera oladi ?
O`zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o`z ramzlari – bayrog`i , gerbi va madhiyasiga ega .
Bu konstitutsiyamizning 5- moddasiga kiritilgan .
Ana ko`rdingizmi Feruzaxon , bu safar ham javob bera olmadingiz .Bahongiz “ 2” .
Ustoz “2” qo`ymang .
“ 2 “ qo`ymang
Qiyin ekan savolingiz ,
Yo`qmi , boshqa savolingiz .
Osonidan ozroq so`rang ,
Jon domlajon , “ 2 “ qo`ymang .
Yetarlidir ikki , uchim ,
To`rt va beshga yetmas kuchim .
Jon domlajon , ikki qo`ymang ,
Shu safar ham rahm aylang .
Dadam dakki berar doim
Ikki olsam xafa oyim .
Jon domlajaon , ikki qo`ymang
Oyimlarni xafa qilmang .
Jon domlajon ikki qo`ymang .
Bilim olish bizning huquqimiz bo`lsa , yaxshi o`qish bizning burchimizdir . Yaxshi o`qisak , a`lochi bo`lsak ota-onamiz ham bizdan xursand bo`lishadi .
……………………. “ Davrning bolasi “uchun
-O`z huquqi va burchini to`liq anglab yetgan bola uni buzishga yo`l qo`ymaydi .
– Lobarxon , bilasizmi, huquqbuzarlikning katta –kichigi bo`lmas ekan . Keling shu haqdagi kattalar fikrini eshitaylik .
Muxbir: Ko`pincha kattalar biz bolalarni to`g`ri yo`lga boshlab yurishadi . Ayrim vaqtda salgina sho`xlik qilib qo`yganimiz ham qonunbuzarlik hisoblanadi . Masalan , kecha ikkita dugonamni sochlarini bir-biriga bog`lab qo`yganim uchun ustozim oyimni chaqirtiribdi . Oyimlar ham buni bolalikdagi sho`xlik deb hisoblashmadi .
-Aytingchi , bolaligingizda biron marta bo`lsa ham sho`xlik qilganmisiz ?
-Sizningcha arzimas qonunbuzarlik qilish ham mumkin emasmi ?
– Nima deb o`ylaysiz maktab direktori bilan maktab qorovuli bir xil huquqqa egami ?
Javoblaringiz uchun rahmat .Bu lavhani Mahfuza Rahmatullayeva “Davrning bolasi “ko`rsatuvi
– Ota-ona , bobo – buvi , aka-uka , opa-singilarimiz bizlarni yaxshi ko`radilar
– Albatta , axir bu oilangiz-ku .
– Navbatdagi lavhamiz oila to`g`risida .
– Qani bolalar kim o`zini oilasi bilan tanishtiradi ?
– Marhamat , Sapayevlar oilasini davramizga taklif qilamiz .
( stol atrofida o`tirishadi )
Bu mening oilam . Biz oilada 5 kishimiz . Bular oyimlar . Men oyijonimni juda yaxshi ko`raman
Dadamlar ishda bo`lganligi uchun kela olmadilar . Yaxshi kiyinishimiz , yaxshi yeb- ichishimiz uchun dadamlar tinim bilmaydilar .Bu katta opamlar –Sapayeva Dinora . Ular maktabimizning 6-sinfida o`qiydilar . Bular esa kichik opamlar –Sapayeva Roziyajon .Ular maktabimizning 4- sinfida o`qiydilar . Men esa 2-“D”sinfida o`qiyman . Barchamiz a`lo baholarga o`qiymiz .
Asadbek bilasizmi ,har birimiz 18 yoshda saylash va saylanish huquqiga ega bo`lar ekanmiz .
To`g`ri aytdingiz ,biroq bu jarayonga yayyorgarlik ishlari maktabdanoq boshlab yuborilgan .
Muxbir :Biz 4-“ A” sinf o`quvchilari O`rtasidagi zo`r bahs ustidan tishib qoldik . Ular sinf faollarini saylashayotgan ekanlar .
Sinf faollarining boshqa a`zolari ham mana shunday ochiq ovozga qo`yish yo`li bilan saylandi .
Sir bo`lmasa , ayting-chi ,siz kimga ovoz berdingiz .
Nima uchun … ga ovoz bermadingiz .
U yaxshi o`qiydi , a`lochi , ozoda . Biroq chernovek topolmasa masalani partasiga yozib yechadi .
Sinfboshi barchaga namuna bo`lishi kerak deb o`ylayman ,axir u davlat mulki-ku
Judayam to`g`ri , tengdoshlarim biz faqatgina shaxsiy mulkimiznigina emas, davlat mulkini ham asrab – avaylashimiz shart .
Navbat sport xabarlariga
-Sinfdoshimiz Jamshidbek Rustamov sportning akrobotika va gimnastika turi bo`yicha viloyat musobaqsida qatnashib , ikki marta faxrli 2- o`rinni , bir marta esa 1-o`rinni egalladi . Keling hammamiz bu sunfdoshimizni olqishlaylik . Jamshidbek biz siz bilan faxrlanamiz .
Lavhani ………………………………….. tayyorladi .”Davrning bolasi” uchun .
-“Davrning bolasi “
Bugun havo ancha sovuq Bir ozdan keyin qor yog`ishi kutilmoqda .Havo sovuq bo`lganligi uchun biz bilan qishlab qolgan qushlarga in qurish , don sepish esingizdan chiqmasin . Ona-tabiatimizga g`amxo`r bo`laylik. Chunk Konstitutsiyamizda har birimiz tabiatni asrashimiz , unga g`amxo`r bo`lishimiz yozib qo`yilgan .Ana va`da qilganimizdek qor ham gupillab yog`moqda .
“Davrning bolasi “ uchun ……
“ Qor yog`moqda “ qo`shig`i
Men Vatanni Ona dedim – Onamdir Vatan ,
Shu Vatanni gulzor bildim – g`unchaman men ham .
Qaynoq tafting , issiq bag`ring –yayrab o`saman ,
Sen baribir muqaddassan , muqaddas – Vatan !
Ta’lim metodi – bu ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining ma’lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga solingan yo‘l-yo‘rig‘i.
Bali q skeleti – bir kator muammolarni tasvirlash va uni echish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, taxlil kilish kunikmalarni rivojlantiradi.
O`quvchilarlar chizmani tuzish koidasi bilan tanishadilar. Aloxida kichik guruxlarda yukori “suyagida” kichik muammoni ifodalaydi, pastda esa, ushbu kichik muammolar mavjudligini tasdiklovchi dalillar yoziladi. Kichik guruxlarga birlashadilar, takkoslaydilar, uzlarining chizmalarini tuldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar.Ish natijalarining takdimoti :chizmaning tuldirilgan takdimoti
Kichik muammolarning boglikligini , kopleks xarakterdaligini namoyon kiladi.
«Balik skeleti» chizmasi
«Keys-stadi» metodi.
Metodning maqsadi: «Keys-stadi» – inglizcha so‘z bo‘lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «stadi» – o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi.
Keys metodini amalga oshirish bosqichlari
bosqichlari
Faoliyat shakli
1-bosqich: Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishtirish
yakka tartibdagi audio-vizual ish;
· vaziyat bilan tanishish;
2-bosqich: Muammoli vaziyatni aniqlash – tirish va muammoli topshiriqni belgilash
· individual va guruhda ishlash;
· muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash;
· asosiy muammoli vaziyatni belgilash
3-bosqich: Muammoli topshiriq echimini izlash, hal etish yo‘lla-rini ishlab chiqish
· individual va guruhda ishlash;
· muqobil echim yo‘llarini ishlab chiqish;
· har bir echimning imkoniyatlari va to‘siqlarni tahlil qilish;
· muqobil echimlarni tanlash
4-bosqich: Muammoli topshiriq echimini shakllantirish va asoslash
· yakka va guruhda ishlash;
· muqobil variantlarni amalda qo‘llash imkoniyatlarini asoslash;
· ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;
· yakuniy xulosa va vaziyat echimining amaliy aspektlarini yoritish
«Tushunchalar tahlili» metodi
Metodning maqsadi: mazkur metod talabalar yoki tinglovchilarni mavzu buyicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu buyicha dastlabki bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qo‘llaniladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
Ø ishtirokchilar mash g‘ ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;
Ø talabalarga mavzuga yoki bobga tegishli bo‘lgan so‘zlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( individual yoki guruhli tartibda);
Ø talabalar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, qanday holatlarda qo‘llanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;
Ø belgilangan vaqt yakuniga etgach o‘ qituvchi berilgan tushunchalarning t o‘g‘ ri va t o‘ liq izohini o‘q ib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;
Ø har bir ishtirokchi berilgan tugri javoblar bilan uzining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o‘z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.
«Charxpalak» texnologiyasi
Texnologiyaning maqsadi: mazkur texnologiya ta’lim oluvchilarda muayyan mavzu bo‘yicha o‘zlashtirilgan kasbiy axborotlarni mustahkamlash, analiz-sintez qilish, takrorlash, baholash va mustaqil-ijodiy ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiyadan mavzuga mos ravishda uy vazifalarini takrorlashda, baholashda va nazorat ishlarida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Texnologiyani amalga oshirish tartibi:
Ø ishtirokchilar to‘rt kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi va ularga aniq mavzu bo‘yicha tayyorlangan tarqatma materiallar tarqatiladi;
Ø berilgan harakat hususiyatlari ichidan o‘zlari to‘g‘ri deb topgan harakatni ko‘rsatilgan kataklar ichiga maxsus belgilar (+, -, X, Y) bilan belgilash tushuntiriladi;
Ø har bir guruh a’zosi individual tarzda ko‘rsatilgan kataklarga o‘z javoblarni belgilaydi va o‘qituvchi navbatdagi bosqichda guruhlarning javoblar varaqasini soat strelkasi tartibida almashtiradi;
Ø bu harakat to har bir guruhning dastlabki ishi o‘ziga qaytib kelguniga qadar takrorlanadi. Tarqatma materiallar o‘z egalariga etib kelganidan so‘ng o‘qituvchi to‘g‘ri javoblarni o‘qib eshittiradi.
Ø ishtirokchilar to‘g‘ri javoblarni dastlabki belgilari bo‘yicha tekshirib, har bir to‘g‘ri javobni «1» ball bilan baholaydilar.
Ø mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi baholash mezonini o‘qib eshittiradi va har bir ishtirokchi yig‘gan to‘g‘ri javoblari bo‘yicha o‘z-o‘zini baholaydi. (Masalan, harakatlar 14 ta bo‘lsa, bunda: 14-16 to‘g‘ri javob uchun «a’lo», 11-13 ta to‘g‘ri javob uchun «yaxshi», 8-10 ta to‘g‘ri javob uchun «qoniqarli» baho beriladi).
Ø Trener-o‘qituvchi baholarga aniqlik kiritadi va mashg‘ulotning zaruriy jihatlarini umumlashtirib, xulosalaydi.
“Qor uch q uni” usuli
“Qor uch q uni” usulidan mashg‘ulotning birinchi bos q ichida foydalanish mumkin. Guruxni ikki kichik guruxlarga bo‘lib, ulardan sardorlar tayinlanadi. So‘ngra xar bir kichik gurux o‘tilayotgan mavzuga tegishli uchtadan savollar tayerlaydilar. Kichik guruxlarga savollarni tayyorlash uchun 7-8 minut beriladi. xar bir kichik gurux sardori tayyorlangan savollardan asosiysini ajratadi. Savollar to‘liQ tayyorlanib bo‘lganidan so‘ng 2 ta kichik guruxlar navbatma-navbat bir-biriga savollar berishadi. Berilgan savollarga javoblarni tayyorlash va undan so‘ng 1-2 minut ichida berilgan savollarga javoblar yoritiladi. Savol bergan birinchi kichik gurux olingan javoblardan q oni q arli bo‘lmasa, ushbu berilgan savollarning javoblarini o‘zlari yoritib boradi.Xar bir berilgan savol va javoblarning sifatini gurux o‘ q ituvchisi taxlil q ilib boradi va kerakli joylarda o‘z fikrini yoritib ketadi. Mashg‘ulotning bayonnomasiga xar bir berilgan savolning javoblariga va q o‘shimcha javoblarga baxo q o‘yiladi.Berilgan savollarni sifatini baxolashda ularga-mavzuga oidligi, dolzarbligi, o‘ziga xos uslubda berilganligi, ravshanligi, ilmiy savodli yoritilganligi xisobga olib (5.0 ball), javoblarni baxolashda esa ularni to‘g‘riligi mavzuga oidligi, dolzarbligi, ravshanligi, ilmiy savodli yoritilganligi xisobga olib (5.0 ball) q o‘yiladi.
Toifalash jadvali
Toifa – xususiyat va munosabatlarni muximligini namoyon qiluvchi alomat. Ajratilgan alomatlar asosida olingan malumotlarni birlashtirishni taminlaydi.Tizimli fikrlash malumotlarni tuzilmaga keltirish,tizimlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Talabalar toifali sharxlashni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Aqliy xujum / klaster tuzish/ yangi o‘quv materiali bilan tanishishdan so‘ng kichik guruxlarda, olingan malumotlar lavxalarini birlashtirish imkonini beradigan toifalarni izlaydilar.Toifalarni jadval ko‘rinishida rasmiylashtiradilar. G‘oyalarni malumotlarni toifaga mos ravishda bo‘ladilar. Ish jarayonida toifalarning ayrim nomlari o‘zgarishi mumkin. YAngilari paydo bo‘lishi mumkin.
Ish natijalarining taqdimoti.
Toifalash sharxining tuzish qoidasi.
1.Toifalar bo‘yicha malumotlarni taqsimlashning yagona usuli mavjud emas.
2.Bitta kichik – guruhda toifalarga ajratish boshqa guruxda ajratilgan toifalardan farq qilishi mumkin.
3.Talim oluvchilarga oldindan tayyorlab qo‘yilgan toifalarni berish mumkin emas bu ularning mustaqil tanlovi bo‘la qolsin.
«Blits-o‘yin” metodi
Metodning maqsadi: talabalarda tezlik, axborotlar tizimini tahlil qilish, rejalashtirish, prognozlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mazkur metodni baholash va mustahkamlash maksadida qo‘llash samarali natijalarni beradi.
Metodni amalga oshirish bosqichlari:
1. Dastlab ishtirokchilarga belgilangan mavzu yuzasidan tayyorlangan topshiriq, ya’ni tarqatma materiallarni alohida-alohida beriladi va ulardan materialni sinchiklab o‘rganish talab etiladi. SHundan so‘ng, ishtirokchilarga to‘g‘ri javoblar tarqatmadagi «yakka baho» kolonkasiga belgilash kerakligi tushuntiriladi. Bu bosqichda vazifa yakka tartibda bajariladi.
2. Navbatdagi bosqichda trener-o‘qituvchi ishtirokchilarga uch kishidan iborat kichik guruhlarga birlashtiradi va guruh a’zolarini o‘z fikrlari bilan guruhdoshlarini tanishtirib, bahslashib, bir-biriga ta’sir o‘tkazib, o‘z fikrlariga ishontirish, kelishgan holda bir to‘xtamga kelib, javoblarini «guruh bahosi» bo‘limiga raqamlar bilan belgilab chiqishni topshiradi. Bu vazifa uchun 15 daqiqa vaqt beriladi.
3. Barcha kichik guruhlar o‘z ishlarini tugatgach, to‘g‘ri harakatlar ketma-ketligi trener-o‘qituvchi tomonidan o‘qib eshittiriladi, va o‘quvchilardan bu javoblarni «to‘g‘ri javob» bo‘limiga yozish so‘raladi.
4. «To‘g‘ri javob» bo‘limida berilgan raqamlardan «yakka baho» bo‘limida berilgan raqamlar taqqoslanib, farq bulsa «0», mos kelsa «1» ball quyish so‘raladi. SHundan so‘ng «yakka xato» bo‘limidagi farqlar yuqoridan pastga qarab qo‘shib chiqilib, umumiy yig‘indi hisoblanadi.
5. Xuddi shu tartibda «to‘g‘ri javob» va «guruh bahosi» o‘rtasidagi farq chiqariladi va ballar «guruh xatosi» bo‘limiga yozib, yuqoridan pastga qarab qo‘shiladi va umumiy yig‘indi keltirib chiqariladi.
6. Trener-o‘qituvchi yakka va guruh xatolarini to‘plangan umumiy yig‘indi bo‘yicha alohida-alohida sharhlab beradi.
7. Ishtirokchilarga olgan baholariga qarab, ularning mavzu bo‘yicha o‘zlashtirish darajalari aniqlanadi.
O‘quvchi markazda bo‘lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar
Bu uslublar qo‘llanilganda o‘qituvchi o‘quvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. O‘quvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
– ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
– o‘quvchini yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
– ilgari ortirilgan bilimni ham e’tiborga olinishi;
– o‘qish shiddatini o‘quvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi.
– o‘quvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;
– amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
– ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi;
– o‘qishni sog‘lom muhitda saqlab qolinishi;
– o‘qituvching yengillik yaratib beruvchi shaxsga aylanishi.
O‘quvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Shu sababdan, o‘quvchining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun yetarli darajada o‘quvchilar ishtiroki va amaliyoti mavjud bo‘ladi.
Bu uslublar asosan o‘qituvchining turli faoliyat shakllari orqali amalga oshiriladi. quyida ularning ba’zilari ustida qisman to‘xtalamiz.
Savol berish orqali o‘qitish usuli
O‘qituvchi o‘quvchilar oldiga savollarni ko‘ndalang qilib qo‘yadi va bu bilan ularni berilgan ma’lumotni yana takrorlashga undaydi. Shu tariqa ularni o‘qituvchi tomonidan qo‘llanilgan og‘zaki va boshqa aloqa uslublarini tushunib yetganliklari aniqlanadi.
Muhokama usuli
O‘quvchilarga suhbatlashish, masalalarga oydinlik kiritish, savollar berish, shuningdek ma’lumotni o‘zaro va o‘qituvchi bilan muhokama yo‘li bilan tahlil qilish taklifi kiritiladi.
Suhbat usuli
Mavzuga aloqador manbaviy ma’lumotlar beriladigan bir sharoitda va darsning bir qismi sifatida ana shu mavzu haqida tushuntirish berish muhim hisoblanadi. Odatda ma’ruza vaqti 30 daqiqadan uzoq bo‘lmasligi kerak va asosiy vaqt ma’ruza ta’riqasida va mashg‘ulot so‘ngida o‘qituvchiga savollar berish uchun bir oz vaqt ajratiladi.
Guruhlardagi muhokama usuli
Ushbu o‘qitish uslubi o‘qituvchining juda oz «so‘zlashiga» imkoniyat yaratadi va vaqtning asosiy qismi o‘quvchilarning o‘zaro muhokamalariga bag‘ishlanadi. qachonki o‘quvchilar mavzu haqida qandaydir darajada bilimga ega bo‘lsalar bu uslubdan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Xatto mavzu haqida tasavvurga ega bo‘lmagan holda, yoki mashg‘ulotlar avvalida o‘rganilgan bilimni takrorlash uchun ham foydalanishlari mumkin.
Yangilik kashf etish orqali o‘rganish usuli
Bu yondoshuv o‘quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini tadbiq etish bilan bir qatorda ularning o‘z-o‘zlarini rag‘batlantirish orqali bilim va ko‘nikmalar to‘plashlariga sharoit yaratadi.
Asosiy tamoyillari quyidagicha:
1. O‘rganishdan maqsadni avvaldan aniqlab olish talab qilinadi.
2. O‘rganish jarayoni ma’lum bir topshiriqqa yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
3. Topshiriq quyidagilarni ta’minlaydi:
· Tayanch ma’lumot olish uchun asos
· O‘quvchi uchun notanish bo‘lgan ma’lumotga chuqur kirib borishiga undaydigan so‘rovga e’tibor berish
· Oldindan aniqlangan va sog‘lom tarzdagi o‘rganishga asoslangan natijalar.
4. Muvaffaqiyat – faoliyat-yutuq motivatsiyasiga asoslangan.
5. Guruhdagi hamkorlik:
· fikr va faoliyatni rag‘batlantiradi
· guruh ichida ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta’minlaydi.
6. Shaxs yoki guruhning ehtiyojidan kelib chiqqan holda o‘qituvchining qo‘shajak hissasiga ajratilgan vaqt chegaralangan.
7. O‘qituvchi asosan o‘qish jarayonini yengillashtiruvchi va ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta’minlovchi shaxs vazifasini o‘taydi. Kamdan-kam hollarda o‘qituvchi ma’lumot bilan ta’minlaydi.
Amaliy mashg‘ulot
O‘qituvchi bir guruh o‘quvchilarning ko‘nikmalarini to‘liq yoki qisman shakllantiruvchi amaliy faoliyat orqali o‘qitishni xohlasa bu usuldan foydalanishi mumkin. Odatda bu jarayon o‘z ichiga so‘zlash, tasviriy ifoda va o‘qituvchi tomonidan namoyish etish va muhokamalarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Shu bilan birga, bu jarayon materiallar va maxsus jihozlardan foydalanish imkoni bo‘lgan ustaxonalarda amalga oshiriladi.
Shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki, o‘quvchilar nafaqat rasmiy o‘qitish orqali o‘rganadilar, ya’ni kitoblar, gazeta va jurnallar, televideniye, internet va sinfdosh do‘stlar orqali, balki ko‘proq bevosita aloqa orqali o‘rganadilar. Bu vositalar o‘kituvchi o‘tgan darsni mustahkamlashda foydalanilishi mumkin.
Dars jarayonlarida yuqori samaradorlikka erishish uchun quyidagi metod va usullardan ham foydalanish mumkin:
Baxs-munozara usuli
O‘quv guruhini ikki guruhga bo‘lgan holda, biror mavzu bo‘yicha o‘zaro baxs, fikr almashinuv tarzida o‘tkaziladi.
Tadqiqot usuli
O‘zlashtirish darajasining eng yuqori cho‘qisi; o‘quvchilarning olgan bilimlari asosida hali o‘rganilmagan kichik bir muammo ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib borishi; keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar asosida to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirish; Bosqichlari: darsda hammaga qiziqish uyg‘otadigan muammoni yoki masalani qo‘yish, uni o‘rganish, tadqiq qilish uchun ma’lumotlar to‘plash, muammoning yechimiga oid taxminlar, bashoratlar qilish va ularning qanchalik to‘g‘riligini to‘plangan ma’lumotlar asosida tahlil qilish va xulosa chiqarish;Ta’lim oluvchilar ayrim tadqiqot ishlarni ilmiy asoslangan holda mustaqil bajarishadi, ularni yozadilar va qo‘yilgan maqsad va natijalarni tahlil qiladilar.
Roli o‘yinlar
Ishbilarmonlik yoki rolli(vaziyatli) o‘yinlar – muammoli vazifaning bir turidir. Faqat bu o‘rinda, matnli material o‘rniga o‘quvchilar tomonidan rollar o‘ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi. Bosqichlari: vaziyatni tushuntirish, mos rollarni bo‘lib berish, maqsad va vazifalarni tushuntirish; o‘yin davomida o‘quvchilarning hatti-harakatlarini kuzatib borish; o‘quvchilarning hatti-harakatlari orqali ularga bilim olishlariga, ma’lum malaka va ko‘nikmalarni egallashlariga imkoniyat yaratish; o‘yin natijalarining tahlili; o‘yin natijalarini real hayotiy hodisalar bilan taqqoslash;
Loyiha usuli
Bu usul bilim va malakalarni, tahlil qilish va baholashni nazarda tutuvchi ta’limning majmuaviy usulini amalga oshiradi. Loyiha usulida o‘quvchilar rejalashtirishda, tashkil qilishda, tekshirishda, tahlil qilishda va bajarilgan ishning natijalarini baholashda ko‘proq ishtirok etadilar. Ta’lim oluvchilar ayrim kichik loyiqa ishlarini, diplom va kurs loyihalari, bitiruv ishlarini ilmiy asoslangan holda loyihalashtiradilar, mustaqil bajaradilar, ularni yozadilar, taqdimot qiladilar, qo‘yilgan maqsad va natijalarni tahlil qiladilar.
Mustaqil o‘rganish usuli
Ushbu usul ta’lim oluvchilarning o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirishini, o‘z – o‘zini tekshiruv malakalarini, berilgan matnning mazmunini to‘liq va ongli ravishda bayon eta bilishiga qaratilgan usuldir. Bu usul vaqti–vaqti bilan o‘tkazib turiladi, o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish, darslik bilan ishlash va mustaqil amalaiy faoliyat bilan shug‘ullanish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Har bir o‘quvchi alohida yoki umumiy tarzda tashkil qilinadigan topshiriqni bajaradi. O‘qituvchi o‘quvchilarning amaliy faoliyatiga aralashmay, tashqaridan teskari aloqa- muloqot yordamida yo‘naltirib boshqaradi va nazorat qiladi.
Aqliy hujum
Dars mavzusiga oid qo‘yilgan muammoni yechish yoki savolga javob topish maqsadida g‘oyalarni jamlash va saralash usuli. qatnashchilar birlashgan holda yechimi noma’lum muammoni yechishga yoki savolga javob topishga harakat qiladilar. Eng maqbul yechimni topish bo‘yicha shaxsiy g‘oyalarini ilgari suradilar. Bosqichlari: muammoli vaziyatni keltirib chiqarish; uning yechimini topish uchun o‘quvchilarni jalb qilish; turli yechimlar taqdimotini eshitish; yechimlarni solishtirish va tanlash; xulosalash;
Pinbord usuli
Bu usul aqliy hujum metodining bir ko‘rinishi bo‘lib, unda qo‘yilgan muammoni hal qilish bo‘yicha g‘oyalar alohida qog‘ozchalarda yozilib, doskaga mixlanib boriladi. Ikkinchi bosqichda esa, ular turli mezonlar bo‘yicha sinflarga bo‘linadi, saralanadi va muayyan tartibda doskada joylashtiriladi.
Boshqalarni o‘qitish orqali o‘rganish usuli
Bu usulda ta’lim oluvchilar belgilangan mavzu yoki qo‘yilgan muammo bo‘yicha bir – birlariga axborotlarni almashadilar va o‘z bilganlarini boshqalarga o‘rgatadilar.
Lo‘g‘at bilan ishlash (diktant )
bilimlarni baholashning joriy nazorat shakli; odatda qisqa vaqt davomida o‘tkaziladi; o‘quvchilarning o‘tilgan atama va tushunchalarni bilish darajasini tekshirish uchun o‘tkaziladi;
Konferensiya
Oraliq nazoratning bir turi bo‘lib, asosan chorak yoki yil davomida ma’lum mavzular bo‘yicha mustaqil yozilgan ishlarning og‘zaki ma’ro‘za ko‘rinishidagi taqdimoti.
Juft-juft muloqot
Biror mavzu bo‘yicha yonma-yon o‘tirgan o‘quvchilarni o‘zaro muloqotga chorlash; o‘zaro fikr almashish va ularni ba’zilarini tinglash;
Ovozga qo‘yish metodi
Dars davomida bahsli vaziyatni keltirib chiqarish; yuzaga kelgan bahs munozarani boshqarish maqsadida, bahs yuritayotgan tomonlarning fikrlarini sinf bo‘yicha ovozga qo‘yish; har bir fikr bo‘yicha qarshi, rozi va betaraflarni aniqlash; tomonlarning dalillarini va fikrlarini tinglash; so‘ng yana ovozga qo‘yish; xulosalash;
«Charxpalak» usuli
Mazkur metod guruhlarda ishlash usulining takomillashtirilgan ko‘rinishi bo‘lib, uning yordamida o‘quvchilar o‘rganiladigan material bo‘yicha ma’lum bilimga mustaqil ega bo‘lish, jamoa bilan ishlash malakasini ega bo‘lish, boshqalarni o‘qitish, axborot bilan almashish hamda jamao bo‘lib qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Ta’lim metodlari va ularning turlari.
O‘qitishdan ko‘zlanadigan maqsad bu davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarini o‘quvchiga yetkazishdan iborat. qachonki o‘quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o‘quvchi malaka oshirish uchun mo‘ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina o‘qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo‘ladi.
Ma’lumki, ta’lim olish (ma’lumot olish) jarayoni – bu ma’naviy va aqliy qobiliyatlarni tizimli rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va olingan bilimdan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir. Bu jarayon ta’lim oluvchining o‘zi orqali yoki boshqa birov- ta’lim beruvchining ko‘magida amalga oshirilishi mumkin. Ta’lim olish jarayoni esa turli xil metodlarga(usullarga) tayangan holda kechadi.
Metod – grekcha Metodos so‘zidan olingan bo‘lib, izlanish yoki bilish yo‘li, nazariya, ta’limot ma’nosini anglatadi.
Ta’lim metodini(usulini) – ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining ma’lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga va tartibga solingan yo‘l-yo‘rig‘i sifatida ta’riflash mumkin.
Ta’lim modelini, esa bir yoki bir nechta ta’lim metodlari yordamida amalga oshiriladigan ta’lim jarayoni amalga oshirish tuzilmasi, deb qarashimiz mumkin.
Ta’lim metodlarini ta’lim maqsadlariga erishish bo‘yicha o‘quvchi va o‘qituvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil qilishning belgilari bo‘yicha quyidagicha guruhlarga bo‘lish mumkin:
- O‘qituvchi markazda bo‘lgan uslublar ;
- O‘quvchi markazda bo‘lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar.
Odatda ushbu uslublardan biri yoki bir nechtasi ayrim o‘qitish modellarida birvarakayiga foydalaniladi. Odatda dars jarayoni ikki yoki undan ortiq asosiy uslublardan tashkil topadi va bu uslublar dars mavzusiga to‘la muvofiq bo‘lib, o‘quvchilarning bilim va tajribasi qay bosqichda ekanligiga qarab qo‘llaniladi.
O‘qituvchi markazda bo‘lgan uslub. Bu uslub orqali o‘qituvchi o‘zi egallagan ma’lumot va ko‘nikmalarni o‘quvchilarning sezgi organlari orqali uzatish yo‘llarini qidiradi. Bunda o‘quvchilarning ishtiroki passiv bo‘ladi, ya’ni ular tinglaydilar, kuzatadilar va ma’ruzalarni yozib boradilar.
Bu uslublar asosan o‘qituvchining qo‘yidagi faoliyat turlari orqali amalga oshiriladi:
Og‘zaki o‘qitish usuli (ma’ruza, hikoya)
Insonlar o‘rtasidagi eng sodda muloqot yo‘llaridan biri – og‘zaki nutq – og‘zaki ta’rif yoki asosiy mazmunning ogzaki ifodasi hisoblanadi. Bu uslub butunlay «so‘zlash» orqali amalaga oshiriladigan o‘qitishning eng rasmiy uslubi hisoblanadi. U 40 daqiqa yoki undan uzoqroq davom etadi va odatda o‘quvchining ishtiroki uchun hech qanday imkoniyat qoldirmaydi.Bunda asosan o‘quvchining eshitish qobiliyati ishga solinadi.
Tasviriy ifodalarni qo‘llash usuli (illustratsiya)
Bu faoliyat orqali yetkazilishi kerak bo‘lgan bilim yoki malakalarni tasvirlovchi rasmlar orqali o‘quvchilarning ko‘rish qobiliyati ishga solinadi. O‘quvchilarga yetkazilmokchi bo‘lgan ma’lumotlar tasvirlab berish orqali, turli simvollar yordamida yetkaziladi. Bunday tasviriy ifodalar quyidagi vositalar yordamida amalga oshiriladi: doska, maxsus oq doska, flipchart, video tasvir, videoproyektor, kodoskop, kompyuter grafiklar, magnit taxta, rasmlar, suratlar, bo‘yoqli rasmlar, grafik va jadvallar, diagrammalar, namunaviy va maxsus shaffof qog‘ozga tushirilgan tasvirlar.
Namoyish etish usuli (demonstratsiya)
O‘qituvchi ma’lum bir asbob yoki jihozdan foydalanish vazifasini yoki topshiriqqa aloqador harakatlarni namuna sifatida namoyish etib berishi mumkin. Yakka holda namoyish etish o‘quvchini ko‘rish qobiliyatidan foydalanishga undaydi.
O‘quvchi markazda bo‘lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar. Bu uslublar qo‘llanilganda o‘qituvchi o‘quvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. O‘quvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
– ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
– o‘quvchini yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
– ilgari ortirilgan bilimni ham e’tiborga olinishi;
– o‘qish shiddatini o‘quvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi.
– o‘quvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;
– amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
– ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi;
– o‘qishni sog‘lom muhitda saqlab qolinishi;
– o‘qituvching yengillik yaratib beruvchi shaxsga aylanishi.
O‘quvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Shu sababdan, o‘quvchining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun yetarli darajada o‘quvchilar ishtiroki va amaliyoti mavjud bo‘ladi.
Bu uslublar asosan o‘qituvchining turli faoliyat shakllari orqali amalga oshiriladi. quyida ularning ba’zilari ustida qisman to‘xtalamiz.
Savol berish orqali o‘qitish usuli
O‘qituvchi o‘quvchilar oldiga savollarni ko‘ndalang qilib qo‘yadi va bu bilan ularni berilgan ma’lumotni yana takrorlashga undaydi. Shu tariqa ularni o‘qituvchi tomonidan qo‘llanilgan og‘zaki va boshqa aloqa uslublarini tushunib yetganliklari aniqlanadi.
Muhokama usuli
O‘quvchilarga suhbatlashish, masalalarga oydinlik kiritish, savollar berish, shuningdek ma’lumotni o‘zaro va o‘qituvchi bilan muhokama yo‘li bilan tahlil qilish taklifi kiritiladi.
Suhbat usuli
Mavzuga aloqador manbaviy ma’lumotlar beriladigan bir sharoitda va darsning bir qismi sifatida ana shu mavzu haqida tushuntirish berish muhim hisoblanadi. Odatda ma’ruza vaqti 30 daqiqadan uzoq bo‘lmasligi kerak va asosiy vaqt ma’ruza ta’riqasida va mashg‘ulot so‘ngida o‘qituvchiga savollar berish uchun bir oz vaqt ajratiladi.
Guruhlardagi muhokama usuli
Ushbu o‘qitish uslubi o‘qituvchining juda oz «so‘zlashiga» imkoniyat yaratadi va vaqtning asosiy qismi o‘quvchilarning o‘zaro muhokamalariga bag‘ishlanadi. qachonki o‘quvchilar mavzu haqida qandaydir darajada bilimga ega bo‘lsalar bu uslubdan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Xatto mavzu haqida tasavvurga ega bo‘lmagan holda, yoki mashg‘ulotlar avvalida o‘rganilgan bilimni takrorlash uchun ham foydalanishlari mumkin.
Yangilik kashf etish orqali o‘rganish usuli
Bu yondoshuv o‘quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini tadbiq etish bilan bir qatorda ularning o‘z-o‘zlarini rag‘batlantirish orqali bilim va ko‘nikmalar to‘plashlariga sharoit yaratadi.
Asosiy tamoyillari quyidagicha:
1. O‘rganishdan maqsadni avvaldan aniqlab olish talab qilinadi.
2. O‘rganish jarayoni ma’lum bir topshiriqqa yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
3. Topshiriq quyidagilarni ta’minlaydi:
· Tayanch ma’lumot olish uchun asos
· O‘quvchi uchun notanish bo‘lgan ma’lumotga chuqur kirib borishiga undaydigan so‘rovga e’tibor berish
· Oldindan aniqlangan va sog‘lom tarzdagi o‘rganishga asoslangan natijalar.
4. Muvaffaqiyat – faoliyat-yutuq motivatsiyasiga asoslangan.
5. Guruhdagi hamkorlik:
· fikr va faoliyatni rag‘batlantiradi
· guruh ichida ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta’minlaydi.
6. Shaxs yoki guruhning ehtiyojidan kelib chiqqan holda o‘qituvchining qo‘shajak hissasiga ajratilgan vaqt chegaralangan.
7. O‘qituvchi asosan o‘qish jarayonini yengillashtiruvchi va ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta’minlovchi shaxs vazifasini o‘taydi. Kamdan-kam hollarda o‘qituvchi ma’lumot bilan ta’minlaydi.
Amaliy mashg‘ulot
O‘qituvchi bir guruh o‘quvchilarning ko‘nikmalarini to‘liq yoki qisman shakllantiruvchi amaliy faoliyat orqali o‘qitishni xohlasa bu usuldan foydalanishi mumkin. Odatda bu jarayon o‘z ichiga so‘zlash, tasviriy ifoda va o‘qituvchi tomonidan namoyish etish va muhokamalarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Shu bilan birga, bu jarayon materiallar va maxsus jihozlardan foydalanish imkoni bo‘lgan ustaxonalarda amalga oshiriladi.
Shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki, o‘quvchilar nafaqat rasmiy o‘qitish orqali o‘rganadilar, ya’ni kitoblar, gazeta va jurnallar, televideniye, internet va sinfdosh do‘stlar orqali, balki ko‘proq bevosita aloqa orqali o‘rganadilar. Bu vositalar o‘kituvchi o‘tgan darsni mustahkamlashda foydalanilishi mumkin.
Dars jarayonlarida yuqori samaradorlikka erishish uchun quyidagi metod va usullardan ham foydalanish mumkin:
Baxs-munozara usuli
O‘quv guruhini ikki guruhga bo‘lgan holda, biror mavzu bo‘yicha o‘zaro baxs, fikr almashinuv tarzida o‘tkaziladi.
Tadqiqot usuli
O‘zlashtirish darajasining eng yuqori cho‘qisi; o‘quvchilarning olgan bilimlari asosida hali o‘rganilmagan kichik bir muammo ustida yakka yoki birgalashib izlanish olib borishi; keltirilgan taxminni izlab topilgan dalillar asosida to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirish; Bosqichlari: darsda hammaga qiziqish uyg‘otadigan muammoni yoki masalani qo‘yish, uni o‘rganish, tadqiq qilish uchun ma’lumotlar to‘plash, muammoning yechimiga oid taxminlar, bashoratlar qilish va ularning qanchalik to‘g‘riligini to‘plangan ma’lumotlar asosida tahlil qilish va xulosa chiqarish;Ta’lim oluvchilar ayrim tadqiqot ishlarni ilmiy asoslangan holda mustaqil bajarishadi, ularni yozadilar va qo‘yilgan maqsad va natijalarni tahlil qiladilar.
Roli o‘yinlar
Ishbilarmonlik yoki rolli(vaziyatli) o‘yinlar – muammoli vazifaning bir turidir. Faqat bu o‘rinda, matnli material o‘rniga o‘quvchilar tomonidan rollar o‘ynaladigan hayotiy vaziyat sahnalashtiriladi. Bosqichlari: vaziyatni tushuntirish, mos rollarni bo‘lib berish, maqsad va vazifalarni tushuntirish; o‘yin davomida o‘quvchilarning hatti-harakatlarini kuzatib borish; o‘quvchilarning hatti-harakatlari orqali ularga bilim olishlariga, ma’lum malaka va ko‘nikmalarni egallashlariga imkoniyat yaratish; o‘yin natijalarining tahlili; o‘yin natijalarini real hayotiy hodisalar bilan taqqoslash;
Loyiha usuli
Bu usul bilim va malakalarni, tahlil qilish va baholashni nazarda tutuvchi ta’limning majmuaviy usulini amalga oshiradi. Loyiha usulida o‘quvchilar rejalashtirishda, tashkil qilishda, tekshirishda, tahlil qilishda va bajarilgan ishning natijalarini baholashda ko‘proq ishtirok etadilar. Ta’lim oluvchilar ayrim kichik loyiqa ishlarini, diplom va kurs loyihalari, bitiruv ishlarini ilmiy asoslangan holda loyihalashtiradilar, mustaqil bajaradilar, ularni yozadilar, taqdimot qiladilar, qo‘yilgan maqsad va natijalarni tahlil qiladilar.
Mustaqil o‘rganish usuli
Ushbu usul ta’lim oluvchilarning o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirishini, o‘z – o‘zini tekshiruv malakalarini, berilgan matnning mazmunini to‘liq va ongli ravishda bayon eta bilishiga qaratilgan usuldir. Bu usul vaqti–vaqti bilan o‘tkazib turiladi, o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish, darslik bilan ishlash va mustaqil amalaiy faoliyat bilan shug‘ullanish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Har bir o‘quvchi alohida yoki umumiy tarzda tashkil qilinadigan topshiriqni bajaradi. O‘qituvchi o‘quvchilarning amaliy faoliyatiga aralashmay, tashqaridan teskari aloqa- muloqot yordamida yo‘naltirib boshqaradi va nazorat qiladi.
Aqliy hujum
Dars mavzusiga oid qo‘yilgan muammoni yechish yoki savolga javob topish maqsadida g‘oyalarni jamlash va saralash usuli. qatnashchilar birlashgan holda yechimi noma’lum muammoni yechishga yoki savolga javob topishga harakat qiladilar. Eng maqbul yechimni topish bo‘yicha shaxsiy g‘oyalarini ilgari suradilar. Bosqichlari: muammoli vaziyatni keltirib chiqarish; uning yechimini topish uchun o‘quvchilarni jalb qilish; turli yechimlar taqdimotini eshitish; yechimlarni solishtirish va tanlash; xulosalash;
Pinbord usuli
Bu usul aqliy hujum metodining bir ko‘rinishi bo‘lib, unda qo‘yilgan muammoni hal qilish bo‘yicha g‘oyalar alohida qog‘ozchalarda yozilib, doskaga mixlanib boriladi. Ikkinchi bosqichda esa, ular turli mezonlar bo‘yicha sinflarga bo‘linadi, saralanadi va muayyan tartibda doskada joylashtiriladi.
Boshqalarni o‘qitish orqali o‘rganish usuli
Bu usulda ta’lim oluvchilar belgilangan mavzu yoki qo‘yilgan muammo bo‘yicha bir – birlariga axborotlarni almashadilar va o‘z bilganlarini boshqalarga o‘rgatadilar.
Lo‘g‘at bilan ishlash (diktant )
bilimlarni baholashning joriy nazorat shakli; odatda qisqa vaqt davomida o‘tkaziladi; o‘quvchilarning o‘tilgan atama va tushunchalarni bilish darajasini tekshirish uchun o‘tkaziladi;
Konferensiya
Oraliq nazoratning bir turi bo‘lib, asosan chorak yoki yil davomida ma’lum mavzular bo‘yicha mustaqil yozilgan ishlarning og‘zaki ma’ro‘za ko‘rinishidagi taqdimoti.
Juft-juft muloqot
Biror mavzu bo‘yicha yonma-yon o‘tirgan o‘quvchilarni o‘zaro muloqotga chorlash; o‘zaro fikr almashish va ularni ba’zilarini tinglash;
Ovozga qo‘yish metodi
Dars davomida bahsli vaziyatni keltirib chiqarish; yuzaga kelgan bahs munozarani boshqarish maqsadida, bahs yuritayotgan tomonlarning fikrlarini sinf bo‘yicha ovozga qo‘yish; har bir fikr bo‘yicha qarshi, rozi va betaraflarni aniqlash; tomonlarning dalillarini va fikrlarini tinglash; so‘ng yana ovozga qo‘yish; xulosalash;
«Charxpalak» usuli
Mazkur metod guruhlarda ishlash usulining takomillashtirilgan ko‘rinishi bo‘lib, uning yordamida o‘quvchilar o‘rganiladigan material bo‘yicha ma’lum bilimga mustaqil ega bo‘lish, jamoa bilan ishlash malakasini ega bo‘lish, boshqalarni o‘qitish, axborot bilan almashish hamda jamao bo‘lib qaror qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Kitobcha qilish dasturi skachat
Maktablarda to‘liq milliy o‘quv dasturiga o‘tish 2025 yilda yakunlanadi. Buning uchun metodik yondashuv o‘zgarishi va yangicha darsliklar yoza oladigan mualliflar maktabi shakllanishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Respublika ta’lim markazi mutaxassislari ta’lim mazmunidagi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Respublika ta’lim markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 22 fandan milliy o‘quv dasturlari loyihalarini yaratishga 246 nafar ekspert, shu jumladan, maktab o‘qituvchilari, metodistlar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda UNICEF va USAID tashkilotlaridan xalqaro ekspertlar jalb qilindi.
Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorov so‘zlariga ko‘ra, shu kunga qadar maktab ta’limidagi eng katta muammolar — ta’lim mazmunining eskirganligi, darsliklarning asosan nazariy bilimlarni yodlatishga qaratilganligi va akademik tilda yozilganligi edi.
«2020 yilda yaratilishi boshlangan milliy o‘quv dasturlarida XXI asr ehtiyojlaridan kelib chiqib o‘quvchilarda shakllanishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalar belgilangan», — deya ta’kidladi u.
Misol uchun, ona tili fani orqali og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmalari, turli matnlarni tushunish, matematika fani orqali matematik tafakkur, mantiqiy fikrlash va muammolarga yechim topish, tabiiy fanlar orqali tadqiqotchilik va atrof-muhitni asrash, tarix fani orqali davrlarni solishtirish va tarixiy voqealarning sabab va oqibatlarini tushunish, tasviriy san’at orqali ijodiy fikrlash, informatika fani orqali raqamli kontent yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsad qilingan. Har bir fanda o‘quvchilarning kognitiv ko‘nikmalari, tanqidiy va ijodiy fikrlashi, ko‘p savodlilikni rivojlantirishga e’tibor berilgan.
Sattorovning so‘zlariga ko‘ra, milliy o‘quv dasturining oldingi dasturlardan yana bir katta farqi — chiziqli yondashuvdan spiralsimon yondashuvga o‘tilganligi. Bunda oldingi sinflarda o‘tilgan mavzular keyingi sinflarda qaytariladi va chuqurlashtiriladi.
Milliy o‘quv dasturi bo‘yicha barcha fanlar kesimida haftalik yuklama 114 soatni tashkil etadi. Shuhrat Sattorovning fikricha, o‘quvchilarning haftalik yuklamasi kattaligi ham ularning sifatli ta’lim olishiga to‘sqinlik qilayotgan omillardan biri va bosqichma-bosqich bu yuklamani kamaytirish choralari ko‘riladi. Uning misol keltirishicha, Finlyandiyada o‘quvchilar yuklamasi boshqa davlatlar bilan solishtirganda kam, lekin xalqaro tadqiqotlarda Finlyandiya o‘quvchilari yuqori natijalarni qayd etishadi.
Tanlov asosida saralab olingan 154 nafar muallif ishtirokida milliy o‘quv dasturi asosida 2021−2022 o‘quv yili uchun 1- va 2- sinflarga mo‘ljallangan jami 326 nomda darsliklar, o‘qituvchi kitoblari va mashq daftarlari yaratildi.
Milliy o‘quv dasturini maktablarga 2025 yilgacha bosqichma-bosqich joriy qilish rejalashtirilgan. Buning uchun keyingi o‘quv yiliga milliy o‘quv dasturi dasturi asosida 3, 6, 7, 10 sinflar uchun 431 nomda va undan keyin 4, 5, 8, 9, 11 sinflar uchun 582 nomda o‘quv-metodik adabiyotlar tayyorlanadi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan olib borilayotgan «O‘zbekiston — Barkamollik uchun ta’lim dasturi» loyihasi doirasida Cambridge University Press nashriyotining 5−11 sinflar uchun informatika va axborot texnologiyalari hamda 1−11 sinflar uchun ingliz tili darsliklari tanlab olindi va mahalliylashtirildi. 2022−2023 o‘quv yilidan boshlab bu darsliklar maktablarga joriy qilinadi.
Ta’lim rus tilida olib borilmaydigan maktablar uchun rus tili darsliklari Rossiyalik mutaxassislar bilan RKI (russkiy kak inostrannыy — rus tili chet tili sifatida) metodikasi asosida yaratilmoqda.
«Gazeta.uz» muxbirining boshqa fanlardan (masalan, tabiiy va aniq fanlar) ham xorijiy darsliklarni mahalliylashtirib, joriy etish rejalari mavjudligi haqidagi savoliga javob berar ekan, Shuhrat Sattorov Fransiya va Germaniyadagi yetakchi nashriyotchilarning fransuz va nemis tili darsliklarini mahalliylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini, shu bilan birga, mahalliy mualliflar maktabini shakllantirish ustivor vazifa ekanligini qayd etdi.
Shuhrat Sattorovning so‘zlariga ko‘ra, bizda ham, boshqa davlatlarda bo‘lgani kabi, darsliklarning vazirlik tomonidan emas, nashriyotlar tomonidan yaratilishiga o‘tishimiz uchun mualliflar maktabi shakllanishi kerak. Kelgusida darsliklarning vazirlik emas, nashriyotlar tomonidan tayyorlanishiga erishiladi.
Sattorovning so‘zlariga ko‘ra, ta’lim sifati yangi bosqichga ko‘tarilishi uchun o‘qituvchilarni akademik mustaqilligiga ham erishish kerak, ya’ni o‘qituvchi faqat bitta darslikka bog‘lanib qolmasdan, ta’lim standartlari asosida dars jarayonini tashkil qila olishi va darsi uchun kerakli ishlanmalarni yarata olishi kerak.
2-sinflar uchun tayyorlangan «Ona tili va o‘qish savodxonligi» darsligining murakkab ekanligi bo‘yicha shikoyatlar haqidagi savolga izoh berar ekan, Shuhrat Sattorov bu darsliklar chop qilinishidan oldin tajriba-sinovdan o‘tganligini va faqat grammatik qoidalarni yodlatishga qaratilgan oldingi darsliklardan yondashuvi farq qilishini ta’kidladi.
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartirishlar kiritilsa, amaldagi alifboda chop qilingan darsliklar taqdiri nima bo‘lishi haqidagi savolga javob berar ekan, Xalq ta’limi vazirligi mas’ul xodimi Uchqun Xamutov alifboga o‘zgartirish kiritilsa, maktablardagi 130 million nusxa darslik o‘zgarishi kerak bo‘lishini, buning uchun 1,7 — 1,8 trln so‘m mablag‘ talab qilinishini qayd etdi.
Bundan oldin «Gazeta.uz» milliy o‘quv dasturi va yangi darsliklarning joriy qilinishi hamda bu jarayondagi qiyinchiliklar haqida Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorovning intervyusini e’lon qilgandi.
«Газета.uz» 10 903
- # maktablar
- # milliy o‘quv dasturi
- # respublika ta’lim markazi