Press "Enter" to skip to content

Qalb gavhari

Я Поцеловала Шприц Японская Песня

Kitob qalb gavhari

Kitob Qalb Gavhari

Данчина Елена Г Фрид Весенняя Песенка 1

Pacific Vibes 3

Spy Game 2001 Deleted Scene 3

Цыганские Песни 2023

Оркестр Весёлая Полька А Филипенко

Новый Шафл Видео Короткое

Bokep Indo Jilbab

Stive Morgan Андрей Соколовский

Просто Улётный Трек Азамат Исенгазин Сон Премьера 2020

Галинакузоро Надежда Тананко Христос Воскрес

Я Поцеловала Шприц Японская Песня

Лепс 2022 Новая Песня

Trevor Mcbane Sings Way Down We Go By Kaleo Top 24 Solos American

Ortiq Otajonov Bu Qaysi Bog

Лучшие В Машину Сборник

Rabbit Tube Dj Koze Remix Dj Koze

Почему Нельзя Обижать Слабых И Издеваться Над Животными Кубики 30

Tokyo Ghetto Pussy

Dak Diyachen Doyal Amare Andrew Kishore

Вадик Галыгин И Александр Ревва Иван Царевич И Чудище Поганое

Writing On The Wall By Sam Smith Saxophone Cover By Rachel Dodd

Ийэ Баар Буолан Минус

Сергей Шнуров Новый Привет Морриконе Полная Версия

Martin Solveig Feat Sam White 1 Radio Edit

Behind The Silence Blue System

Late Night Alumni Beautiful

Qalb gavhari

Siz uzoq yillar mobaynida Qoraqalpogʻiston matbuotida, gazetalarida, adabiyot sohasida rahbarlik vazifalarda faoliyat olib bordingiz. Shu bilan birga, respublika yozuvchilar uyushmasining topshirigʻiga koʻra, uzoq yillar yosh adib va shoirlar, havaskor qalamkashlar bilan ishladingiz. Demoqchi edimki, soʻnggi ellik yillar ichida qoraqalpoq adabiyotidagi har bir muhim voqea, “yarq” etib koʻringan nomlarning adabiyotga kirib kelishi sizning koʻz oʻngingizda roʻy bergan. Ayting-chi, Mustaqillik yillarida, yangi zamonda qoraqalpoq adabiyotida qanday yangiliklar roʻy berdi, qanday asarlar (romanlar, dostonlar, dramalar) paydo boʻldi?

Yorqin soʻzi bilan insonlarni insof-diyonatga, mehr-oqibatga, kengfeʼllikka chorlab, xalqning idrok-tafakkurini oʻzgartirishga, yangilashga, yosh avlodning tarbiyasiga ulush qoʻshib kelayotgan qoraqalpoq adiblari ham oʻtish davrining qiyinchiliklarga duch keldi. Ular mustaqillik bergan ulugʻ erkinlik bilan moʻl-koʻl imkoniyatlardan oʻz ijodlarida samarali foydalanmoqdalar. Sheʼr va dostonlar, qissa va romanlar, dramalar yozmoqda, xalqning qalbidagi orzu-tilaklarga jon bagʻishlamoqda. Eng quvonarlisi, bunday ezgu ishni Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov boshlab berdi. Katta oqsoqolimizning izidan kelayotgan keyingi avlod shoirlari Toʻliboy Qobulov (marhum), Kengesboy Karimov, Jiyanboy Izboskanov, Xalilla Davlatnazarov, Minayxon Jumanazarova, Nabiyra Toʻreshova kabi ijodkorlarimiz yangi zamonaning belga quvvat, jonga rohat, tuygʻularga jasorat bagʻishlagan erkinliklarini koʻtarinki ruh bilan kuyladilar.

Sheʼriyatda ibrat yoʻlini ulugʻ oqsoqol ijodkorimiz boshlab bergani kabi, nasrda ham mustaqillik davri karvonini yana bir oqsoqol adibimiz – Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Toʻlepbergen Qaipbergenov boshlab berdi. Uning “Qoraqalpoqman. Tavakkalchiman” asari (2003 yil) qoraqalpoq adabiyotida janr xususiyatlari, koʻlami, shakli, mazmuniy jihatlari bilan yangilik boʻldi.

Adib Qipshaqboy Matmurodov tarixiy faktlarga asoslanib yozgan “Tebranmas” romanida oʻtgan davrlarda qoraqalpoq yurtida el birligini saqlashga intilgan ulamolar, och xalqqa gʻamxoʻrlik, mehr koʻrsatgan badavlat odamlar (masalan, asar qahramoni Lepesboy), elni odil boshqargan biylarning obrazlarini yaratdi. Asarda eski zamonlardagi tarixiy haqiqat yoritib berilganligi, xalqning milliy qadriyatlari ulugʻlanganligi oʻquvchi yodida qoladi. Murotboy Nizanovning “Oxirat uyqusi” qissasini, Ollanazar Abdiyevning “Alvastilar uyasi”, Kengesboy Karimovning “Ogʻabiy”, Sharap Usnatdinovning “Shoirning yoshligi” romanlarini ham yangi davr mafkurasi asosida yozilgan kuchli asarlar sirasiga kiritish mumkin. Adabiyotimizda yangilik sifatida tilga olish mumkin boʻlgan voqelik – bu, mustaqillik davrida adibalarimizning ham katta nasrda oʻz kuchlarini sinab koʻrayotganligidir.

Yosh isteʼdodlarining kamolga yetishida ustozlarning beminnat xizmati muhim oʻrin tutadi. Qoraqalpoq adabiyotidagi katta ustozlar haqida nima deya olasiz? Ularning ijodingizga qoʻshgan hissasi haqidachi?

Qoraqalpoq adabiyotida aziz va ardoqli ustoz Ibroyim Yusupovning yosh isteʼdodlarni izlab topish, ijod olamiga boshlab kirish, uni oʻstirish, baquvvat va azim chinorga aylantirishda yoshullilik hamda fuqarolik xizmati alohida boʻlganligini bizlar bilamiz. Bitta misol: mening bir qissam 1972 yil qoraqalpoq qissalari toʻplamida chop etildi (Gʻ. Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot va sanʼat nashriyoti, Toshkent). Vaholanki, oʻshanda asarning oʻzi qoraqalpoq tilida chiqmagan edi. Ustozimning “bir asaringni Toshkentga tashlab keldim, oʻzbek tilida kitob boʻlib chiqadi”, – degan soʻzlarini umrim boʻyi unutmayman. Men koʻpincha bu voqeani yosh yozuvchilar bilan boʻlgan suhbatlarda misol tariqasida keltiraman. Yozuvchi Saparboy ogʻa Soliyev ham talay-talay yoshlarning kamolga yetishida, ularning asarlarini “pishirish”da, nashrga tayyorlashda, kamchiliklarini tuzatish, ziyod oʻrinlarini qisqartirishda, qisqasi, asarni asar sifatida tayyorlab, oʻquvchi qoʻliga yetkazishda unutilmas xizmatlar qildi. “Oltmishinchi yillar avlodi” deb nom olgan avlod vakillarining koʻpchiligi mana shu ustozlar yetovida adabiyotga kirib keldilar, ijod qildilar, xalqqa tanildilar.

Hozirgi paytda davlatimizning oʻzi isteʼdodlarni tanlash, voyaga yetkazish, ularning asarlarini xalqqa tanitishda alohida gʻamxoʻrlik qilmoqda. Turli tanlovlar, yoshlarga moʻljallangan seminarlarning muntazam oʻtkazilishi, yozuvchilar uyushmasining bu borada olib borayotgan ishlari – isteʼdodlarni izlab topish, ularning ijod qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berishda juda muhim tadbirlardan hisoblanadi. Shular natijasida adibu shoirlarimiz qatori yangi-yangi isteʼdodlar bilan toʻlib bormoqda.

Men yaqinda “Talant tulporini minib” nomli kitobingizni oʻqib chiqdim. Unda 20 ga yaqin ijodkor (shoir, adib, bolalar shoirlari, jurnalist-ijodkorlar)ning hayoti, asarlari, ijodga kirib kelishi haqida hikoya qilgansiz. Mana shu kitob mutolaasi taassurotlaridan kelib chiqqan holda soʻramoqchiman: siz tilga olib oʻtgan ijodkorlarning qoraqalpoq adabiyotidagi oʻrni va ular ijodining ahamiyati borasida gapirib bersangiz.

Bu kitob faqat adiblar, shoirlar, adabiyotshunoslar, jurnalist-ijodkorlar biografiyasi yoki ularning ijodi haqidagi fikrlardan iborat emas. Undagi maqola, esse, taqrizlarda umuman yozuvchilik taqdiri, kasbi, ijod va ijodkor haqidagi kuzatishlarimni jamladim va ularni muayyan bir ijodkorning biografiyasi, asarlari qatoriga singdirib yuborgan holda bayon qildim. Shuning uchun ham mazkur kitob oʻquvchilarda ijod va mahorat sirlari borasida yangi bir yoʻnalish, yangi bir gap kabi qabul qilindi, yaxshi taassurot qoldirdi. Sababi – men bu asarimda mehnati yaltirab koʻrinib qolgan tanqidchilarning ham “nasibasiga qoʻl solib”, ularning vazifalarini ham haminqadar bajarishga yuraksindim. Kitobda asosan hayotdan oʻtib ketgan adiblar, shoirlar haqida gap boradi. Men ularning adabiyotimiz oldidagi xizmatlarini aytib, tarix uchun, kelajak avlod uchun esda qolishi lozim boʻlgan gʻamxoʻrlik, odamiylik xislatlarini yodga olib qoʻyishni maqsad qildim. Ularning asl insoniy qiyofalarini oʻzim bilgan, koʻrgan, guvohi boʻlgan voqealar misolida qogʻozga tushirdim va bu mehnatlarim qoraqalpoq adabiyotida ilgari koʻrilmagan, janr jihatidan oʻzgacha boʻlgan toʻplamni vujudga keltirdi. Eng quvonarlisi shu boʻldiki, ushbu kitob haqida hali adabiyotshunoslarimiz tish yorib, biror ogʻiz gap qilmaganlari bilan, adabiyot muxlislari, oʻqituvchilar, ziyoli qavm kitob haqida ijobiy fikrlar bildira boshladilar.

Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi, muhtaram adibimiz Xoʻjabek Seitov Yozuvchilar uyushmasini boshqargan yillarida yangi isteʼdodlarni izlab topish, ularni adabiyot maydoniga, ijod olamiga olib kirish masalalariga juda katta eʼtibor berar edilar. Birgina misol keltirib oʻtaman. Ichki ishlar sohasida ishlab yurgan Aytboy Bekimboyev ismli militsiya xodimi xizmat paytida jarohatlanib, toʻshakka mixlanib qoladi. Aytboy ogʻa – urush qatnashchisi, buning ustiga u yaxshigina qalamkash ham edi. Qalami oʻtkir militsionerning uyda yotib qolganidan xabar topgan Xoʻjabek ogʻa uni izlab borib, koʻnglini koʻtaradi, ijodga undaydi, hukumatga va ijtimoiy-taʼminot vazirligiga xat yozib, Aytboy ogʻaning ijod qilishi, yashashi, tirikchiligi uchun sharoitlar yaratilishiga koʻmaklashadi. Natijada Aytboy Bekimboyev toʻshakda yotgan joyida oʻnlab hikoya va qissalar yaratdi, bobomiz Beruniy haqida roman yozdi, qoraqalpoq adabiyotida detektiv asarlar janriga asos soldi, “Sirli izlar izidan” qissasi uchun esa Berdaq nomidagi davlat mukofotining laureati boʻldi. Mening mazkur kitobimda Xoʻjabek ogʻa haqidayam, fidoyi adib Aytboy Bekimbetov haqidayam esdaliklar oʻrin olgan.

Filologiya fanlari doktori, professor, atoqli tanqidchi Qoʻnisboy Kamolov – qoraqalpoq adabiyotida xuddi Ozod Sharafiddinov, Matyoqub Qoʻshjonovlar kabi tanqidchilar qilgan xizmatlarni bajara olgan adabiyotshunos edi. Shuningdek, Gʻalim ogʻa Seytnazarov ham menga tengdosh boʻlgan bir guruh yosh ijodkorlarning adabiyot olamiga kirib kelishida beminnat xizmat qilgan. Kitobimda shular kabi 20 ga yovuq ijodkorning hayoti, ijodi, asarlari haqida hikoya qilishga harakat qilganman.

oʻzingizning ijodga kirib kelishingiz qanday kechgan?

Kulgili boʻlsa ham aytay, men bolaligimda “yozuvchi” degan soʻzni ham eshitmagan edim. Bizning avlodga mansub bolalar – yaʼni urush yillaridan keyingi – elliginchi yillar oʻquvchilari maktabda darslikdan boshqa kitobni koʻrmaganmiz. Oʻqisak faqat darslik kitoblardagi badiiy asarlarni oʻqirdik, xolos. Bir kuni (toʻrtinchi sinfda oʻqirdik) oʻqituvchimiz Qalboy ogʻa Allaniyozov dars paytida toʻsatdan: “Otajonov, sen yozuvchi boʻlasan, sendan yozuvchi chiqadi!” – deb yubordi gap orasida. Oʻzimcha oʻyladim, oʻtgan darsdagi adabiy asarning mazmunini yaxshi gapirib berdim, shundan quvonib ketgani uchun muallim menga “yozuvchi boʻlasan”, – devordi-yov. Yozuvchilar nima ish qiladi ekan? Buni bilmasdim, albatta muallimdan soʻrashga qisindim.

U paytlarda qoraqalpoq yozuvchilarining kitoblarini chiroq yoqib ham izlab topolmaysan. Yaxshiyam kutubxona degan joy bor ekan, u yerda qozoq, rus, oʻzbek tilida chiqqan kitoblar bor ekan, barini bir chekkadan olib oʻqiyverdim.

Yetti yillik maktabni tamomladim. Texnikumda oʻqiy boshladim. Shu kunlarda oʻqituvchimizning “yozuvchi boʻlasan” degan soʻzi tinchimni buzib, qani, men ham yozib koʻray-chi, degan fikrga berildim. Oʻylab-oʻylab, “Erkatoy” degan pyesa yozdim oʻzimcha. Bu mening atak-chechak qilib yozgan birinchi asarim edi. 1961 yilda “Etik” deb nomlangan birinchi hikoyam “Jetkinshek” gazetasida eʼlon qilindi. Keyinchalik shu hikoyam darsliklarga kiritildi. Shunday qilib, qadrdon muallimim aytgan, taxmin qilgan gapning amalga oshishi boshlandi. 1973 yil “Qoraqalpogʻiston” nashriyotida bolalarga atalgan “Men ham gul ekaman” degan yarim bosma toboqcha yupqa kitobim chiqdi. 1976 yil “Dutor” deb nomlangan hikoyalar toʻplamim nashrdan chiqdi. Yosh yozuvchi sifatida endi ancha tanilib qolgan edim. 1978 yil yozuvchilar uyushmasiga aʼzolikka qabul qilindim.

Menga mana shunday gʻamxoʻrlik koʻrsatib, ijodimni ilk qadamimdan boshlab to “meva bera boshlagunimcha” kuzatib-tuzatib kelgan qadrdon ustozim Saparboy Soliyevdir. Uning toʻgʻrisoʻzligi, shogirdlarga mehribonligi uchun ham “ustoz” deb salom berardim, hurmat-izzat qilardim.

Oltmishinchi yillarda men bilan qoraqalpoq adabiyotiga bir guruh isteʼdodlar toʻlqinday kirib keldi. Shovdirboy Seitov, Uzoqboy Pirjonov, Qoʻnisboy Kamolov, Ulmambet Xoʻjanazarov, Toʻlepbergen Matmurodov, Kamol Mambetov, Kengesboy Rahmonov, Sidabulla Pirjonovlar – oʻsha oltmishinchi yillar avlodiga mansub edi. Agar “bu avlod qoraqalpoq adabiyoti uchun qanday oʻziga xos xizmat qildi?” deb soʻralsa, men shunday deb javob bergan boʻlar edim: “Qoraqalpoq adabiyotida Sayfulgʻabit Majidov, Abbos Dabilov, Joʻlmirza Oymirzayev, Sodiq Nurimbetov, Dali Nazbergenov, Izbosar Fazilov, Ayapbergan Musayevlar adabiyotimiz tarixini boshlab berdilar. Ulardan keyin Ibroyim Yusupov va Toʻlepbergan Qaipbergenov hamda ularga tengdosh ijodkorlar turmushni boʻrttirmay, boʻyamay tasvirlash hadisini adabiyotga olib kirdi, novatorlarcha, fidoyilarcha xizmat qildi. “Oltmishinchi yillar avlodi” esa hayotni bor murakkabligi bilan tasvirlovchi, psixologizmga asoslangan asarlar yozib, qoraqalpoq adabiyotini yangi bosqichga koʻtardi”.

Umuman isteʼdod nima? Isteʼdodni kamolga yetkazish bilangina cheklanadigan boʻlinsa, isteʼdodli odamlarning tirikchiligi nima boʻladi?

Isteʼdod – hayotiy yozuvchilik tajribam asosida xulosalab aytadigan boʻlsam, odamlarning hammasiga emas, alohida bir shaxslarga yaratganning oʻzi yorlaqab beradigan sovgʻasi. Xalq buni sodda qilib “tugʻma isteʼdod” deb ataydi. Tugʻma isteʼdod koʻproq shoirlarga beriladi. Tangri sovgʻasi – isteʼdodi boʻlgan yozuvchilar esa sabr-toqati, chidami, oʻqib-izlanib borishi, yaʼni mehnati tufayligina haqiqiy isteʼdodini takomilga yetkazadi. Shundagina uning isteʼdodini xalq tan oladi. Demak, isteʼdod – ilohiy sovgʻa, uni tarbiyalab takomilga yetkazsang – baxtingning chopgani, soʻndirib qoʻysang – oʻz uvoling oʻzingga. Yozuvchi oʻqishni, izlanishni, yozishni umrining oxirgi nafasigacha toʻxtatmasligi kerak. Ijodda toʻxtab qolish, tanaffus boʻlsa – bunday ahvolda, xuddi iqtisodiyotdagi tanazzul kabi, ijodiy tanazzul boshlanadi. Yozuvchi ana shu ijodiy tanazzulning yetoviga tushib qolsa, chiqib olishi juda murakkab kechadi. Adabiyotda bunday hodisa koʻp uchragan.

Ijodkor, uning mahsuloti – kitob, kitobxon. Mana shu uchburchak muammosi hozirgi paytga kelib ijodkor shaxs oldida shu darajada koʻndalang turib olganki, agar bu muammo hal qilinmas ekan, yaqin yillar ichida adabiyot fani, maʼnaviyat, tarbiya masalalari jiddiy talofot koʻrishi hech gap emas. Vaholanki, ulugʻ Abdulla Avloniy aytgani kabi, tarbiya – hayot-mamot masalasidir.

Ijodkor, uning mahsuloti va kitobxon bir butunlikka birikib, bitta kuyni chala olsalar, yaxshi. Endi shu orada, ularning birikmasiga “kitob doʻkoni” degan tushunchani ham qoʻshib, yozuvchining manfaatini ham oʻylash, taʼminlash zarurati allaqachonlar tugʻilgan. Agarda mana shu ahamiyatli va zarur masala ijobiy hal qilinmas ekan, kelajak egasini – tafakkurli, bilimli, har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalaymiz degan chiroyli niyatlarimiz quruq soʻz, quruq shior boʻlib qolaveradi, maktablarda oʻqitiladigan adabiyot fanida, maʼnaviy tarbiya masalasida qiyin vaziyat paydo boʻlishi turgan gap. Yosh avlod tarbiyasidagi boʻshliq, eʼtiborsizlik vaqti kelib oʻzining zararli jihatlarini oshkor etib qoʻyadi, jamiyatning rivojlanishiga aks taʼsirini oʻtkaza boshlaydi. Ana shundagina Abdulla Avloniyning yuqoridagi oltin soʻzlarining gavhar maʼnolarini tushuna boshlasak kerak. Afsuski, tushungan paytimizda juda kech boʻladi.

Hozir Qoraqalpogʻistonning Nukus shahridagi avvalgi kitob doʻkonlarining birortasi ishlamaydi. Kitobxonlar kitob doʻkonlarini izlamaydi. Markaziy bozordagi yoyma bozordan kitob qidiradilar. Baribir yoyma doʻkonlarda ikki-uch muallifninggina asarlarini topish mumkin. Amali “tosh kesadigan”, soʻzi oʻtadigan nahanglarning yostiqday kitoblari mahkamalarga ogʻzaki “raznaryadka” bilan topshiriladi. Shunday qilib, qoʻldan yasalgan yuzaki vaziyatlar sabab, kitob haqiqiy oʻquvchining qoʻliga borib yetmaydi. Men mana shu vaziyatlarni toʻla-toʻkis bayon qilib “Kitob doʻkoni qaydadir?” degan maqola yozgan edim. Maqolada kitob sotish, kitob doʻkonlarining ishini tashkil etish haqida joʻyali fikr-mulohazalar, tavsiyalar bor edi. Bu borada bir paytlar toʻgʻri qaror qabul qilinganligi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi yonida “Ijod” fondini tuzish haqida”gi qarori), uning II bandida shahar va tuman hokimlariga: shahar va tuman markazlarida hamda yirik aholi punktlarida zamonaviy kitob doʻkonlarini tashkil etish, ularni yangi adabiyotlar bilan muntazam taʼminlash maqsadida tegishli mablagʻlar ajratish haqida gaplar bor edi. Afsuski, maqoladagi oʻsha oʻrinlar qisqartirilib, ular oʻrnida Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning “kitob sotib oling” mazmunidagi ikki band sheʼri berildi. Kitob sotib olish haqidagi chaqiriqlarga men ham qoʻshilaman, jon birodarlar, lekin, goʻzal va navqiron Nukus shahrimizda avvalo kitob sotib oladigan doʻkonning oʻzi boʻlmasa, kitobxon kitobni qayerdan sotib oladi?

Mening shu uzuq-yuluq maqolam taʼsir qildimi, har holda Amet Shomurodov koʻchasidagi “Globus” kitob doʻkoni yopib tashlandi-yu, taʼmirlash ishlari boshlandi. Quvonib yurdim. Bir kuni kitob doʻkoniga kirib, toʻxtab qoldim. Kitoblar koʻrinmaydi! Toʻrda esa odamlar ovqatlanib oʻtiribdi. Oshxona xodimidan “kitob doʻkoni qani?” deb soʻrasam, oʻng tomondagi muyulish yerni koʻrsatdi. Doʻkonni oʻsha yerga – bir burchakka tiqib qoʻyishibdi! Shumi kitobga hurmat? Yozuvchiga hurmat? Soʻng yana bir kelsam – oshxona ham, kitob doʻkoni ham yopilibdi. Ana xolos! Hozir “Globus” deb yozilgan joyning boʻyoqlari koʻchib, odamning rahmini keltirib turibdi. Kitoblarning ahvoli undan-da battardir, kim biladi. Mana shunday ahvollar bayon qilingan maqolam ayovsiz qisqartirilib, taʼsir kuchi yoʻqoldi, qarorning bajarilishiga foydasi ham tegmadi.

Endi kitob oʻquvchisi haqidagi fikrga toʻxtalaylik. Bolalar adabiyotini oʻqimay, bahra olmay oʻsgan bola ulgʻayganida kattalar adabiyotini ham oʻqimaydi. Shuning uchun bolaning kitob oʻqish odatini kichkinaligidan shakllantirib borish lozim. Bolalarning badiiy adabiyotga boʻlgan qiziqishini orttirib borish, talabini qanoatlantirish – kattalarning vazifasidir.

Bolaning kitob oʻqigisi keldi, deylik. Ota-onasidan “kitob olib bering” deb iltimos ham qildi. Kitob sotadigan doʻkon esa yoʻq. Shunda, ota-ona kitobni qayerdan topadi? Mana shu vaziyatning oʻzi, arzimaydigan boʻlib koʻrinsa ham, kitobning egasini topib borishiga, bolaga estetik zavq berishiga, maʼnaviy-ruhiy ozuqa boʻlishday ezgu vazifani bajarishiga moneʼlik qiladi.

Yana bir mulohaza. Bolalar kitob bilan yetarli darajada taʼmin etilmasa, bu hayotiy masalaga bozor munosabati talablaridan kelib chiqib qarayversak – kitob oʻqimaydiganlar sonining oshishiga yoʻl qoʻygan boʻlamiz. Natijasi esa oʻz-oʻzidan maʼlum.

Uylarimiz xon saroyidan qolishmaydi, oltin-kumush, billur buyumlarimiz yer-jahonga sigʻmaydi. Baʼzilarning hovlilarida besh-oltitalab mashina bor. Shunday toʻlib-toshib yashayotgan xonadonda, ming afsus-nadomatlarkim, bir dona kitob topilmaydi! Ha, ahvol mana shunday. Ijodkor – kitob doʻkoni – oʻquvchini biriktiradigan zanjir uzilgan. Mening fikrimcha, kitobxon xonadonlarning tanlovini, xonadonlardagi oilaviy kutubxonalar tanlovlarini oʻtkazibmi, qandaydir bir yoʻllarini topib, kitobxonlar sonini koʻpaytirmasak, Oʻzbekistonimiz xalqini kitobxon xalqqa, Yurtboshimiz aytganlariday, maʼnaviyati yuksak xalqqa aylantirmasak – ahvol bundan-da yomonlashib boraveradi.

Mustaqillik davrida boshqa xalqlar hayotini, tilini, madaniyatini oʻrganish masalalari ham chuqur ahamiyat kasb etib kelayotir. Qoraqalpoq tarjimonlari faoliyati nimalarni ayta olasiz?

Mana shu savolingizga javob berish uchun qoraqalpoq adabiyotidagi tarjima tarixiga nihoyatda qisqa rakurs yasab, quyidagilarni aytib oʻtsam degandim. Bizlar maktabda oʻqib yurgan paytlarimizda hazrat Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidan parchani faqat darslikdagina oʻqigan edik. Pushkinning “Kapitan qizi” qissasidan parcha ham bor edi darslikda. Oʻtgan asrning oʻttizinchi-qirqinchi yillarida yozuvchilarimizning koʻpchiligi tarjima ishi bilan shugʻullanganlar. Beri kelaverganda, M. Idirisov, J. Qoʻjeterov, H. Jumashev, D. Aytmurodovlar rus, oʻzbek, qozoq adiblarining asarlarini mahorat bilan qoraqalpoqchaga agʻdarganlar.

Tilakka qarshi, shu kunlarda qoraqalpoq adabiyotida tarjima masalasi qiyin vaziyatga tushib qoldi. Har yili shoirlar sultoni Alisher Navoiyning, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning tugʻilgan kunlari maktablarda, kollej-litseylarda, oliy oʻquv yurtlarida katta tantanalar bilan oʻtkaziladi. Shunday tantanalarda shoir Abilqosim Oʻtepbergenovgina Navoiy hazratning gʻazallaridan yangi tarjimalarini oʻqiydi, xolos. Mening kuzatishimcha, bugungi kunda qoraqalpoq adabiyotida tarjima bilan maxsus shugʻullanib yurgan yozuvchi yoʻq. Qancha mohir tarjimon boʻlganligiga qaramasdan baʼzi ijodkorlar tarjimaga qoʻl urmaydi. Mehnati kuyib ketishini biladi. Soʻnggi paytlarda Chingiz Aytmatovning “Kassandra tamgʻasi” romanini yozuvchi Alpisboy Sultonov bilan pedinstitut oʻqituvchisi Qozoqboy Saparovlar qoraqalpoq tiliga tarjima qilishdi. Romandan parchalar “Amudaryo” jurnalining 2009 yilgi uch-toʻrt sonida eʼlon qilindi.

Yurtboshimiz qoraqalpoq xalqining madaniyatini, sanʼatini, bu yurtdan yetishib chiqqan isteʼdod egalarini gʻoyat qadrlashini, sevishini koʻp taʼkidlaydilar. Oʻzbek xalqi qoraqalpoq sanʼati bilan, adabiyot namunalari bilan muntazam ravishda tanishib borishini koʻpchilik qatori men ham istar edim. Toshkentda Qoraqalpogʻiston sanʼati va adabiyoti kunlari oʻtkazilganiga ham oʻn yillardan oshib qoldi. Adabiyotlar, madaniyatlar oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi – kelajak uchun, xalqlarimiz uchun xizmat qiladi, shunday emasmi?

Barakalla. Gap xalqlar doʻstligi borasida ketar ekan, quyidagi fikrlarni aytib oʻtishni xohlar edim: oʻzingiz bilasiz, shu yil yozda men Toshkentdagi “Doʻrmon” ijod uyida dam oldim. Doʻrmon bogʻining goʻzalligiga, orombaxsh-ilhombaxshligiga soʻz yoʻq! Tekis-ravon yoʻl boʻyidagi sollangan oq boldirli teraklar bu muqaddas hududga kelayotganlarni oʻzlarining suluv qomatlari bilan toʻydiradi. Ijod bogʻining darvozasi oldida chorvoqda necha yillarning guvohlari, necha insonlarga sirdosh boʻlgan chinorlar seni qadrdoning kabi kutib oladi. Shunday xush-muloyim, goʻzal makonda, ilhom parilari maskan tutgan joyda qalam tebratib, oq qogʻoz yuziga soʻz aytmoqning oʻzi bir rohat. Men dam olish bilan birga, avvaldan yozib yurgan katta asarimni yana davom ettirdim, bir necha gazeta-jurnalga borib, ijodiy suhbatlarda boʻldim.

Bizning qoraqalpoqlik yozuvchilar hurmatli oqsoqolimiz Nosir Fozilovni oʻzlarining yozuvchisi deb biladi. Uning “Qorxat” degan qissasi qahramonlari qoraqalpoq bolalari boʻlgani uchun, bu qissa hali siyohi qurimasdanoq qoraqalpoq tiliga tarjima qilingan edi. Biz – qoraqalpoq adiblari, Nosir ogʻaning shu qissasini oʻzimiz uchun darslik kitobday bilib mutolaa qilganmiz. Ustozning Qoraqalpogʻistonda ham muxlislari, doʻstlari koʻp. Men ham bir qissasini qoraqalpoq tiliga oʻgirganman. Bu safar yoshulli bilan yaqindan tanishdim. Uning oʻz ogʻzidan “qoraqalpoqlardan sira yordamimni ayamayman” degan yoqimli soʻzini eshitdim. Bu – oʻzbek ogʻaning qoraqalpoq inisiga boʻlgan chin, asl soʻzi – iqrori edi. Doʻrmon – mana shunday, yozuvchilarni topishtiradigan, doʻstlashtiradigan, qadrdon qilib qoʻyadigan muqaddas maʼvo. Mana shu jannatday joyda men yana bir oqsoqol bilan tanishdim. Bu oqsoqol Muhammadjon Xayrullayev. Yurtimga qaytayotgan paytda men ularga oʻz tilimda “Xush qolinglar, qadrdonlarim”, degan boʻlsam-da, ichimda: “Xayrlashmayman, azizlarim, yaqinda yana kelaman. Xudo xohlasa, kelib inilik salomimni beraman”, degan tilak sayrab-toshqinlanib turdi. Shunday qilib, “Doʻrmon” ijod uyidan olam-jahon quvonch, togʻ-togʻ taassurotlar bilan qaytdim. Siz aytganday, madaniyat kunlari, diydor kunlari amalga oshib, shu aziz doʻstlar, ustozlar bilan yana uchrashsam – bundan ortiq baxt boʻladimi dunyoda?!

Related Posts:

  • KITOB — QALB GAVHARI
  • Ozar sheʼriyatining uch gavhari
  • Onajonim – gavhari jonim
  • Shoxrux – Ikki qalb
  • Qalb bastakori
  • ‘‘Xitoycha hikmat – yaponcha qalb’’