Press "Enter" to skip to content

TIQXMMI yangiliklari

Ta’kidlash kerakki, universitetimiz kitobxonlikka qaratilgan ma’naviy tadbirlarda doimiy ravishda ishtirok etib, samarali natijalar uchun o’z hissasini qo’shib kelmoqda.

Kitob – tafakkur qanoti

Yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, aholi o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, kitob mutolaasi madaniyatini shakllantirish bugunning dolzarb vazifalaridan biridir. Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ushbu yo‘nalishdagi yangi loyihalarni boshlab berdi. Xususan, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti mazkur qaror ijrosi sifatida ko’plab kitobxonlik tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

Joriy yilning 19-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qo’mondonligi madaniyat markazida “Eng yaxshi yosh kitobxon” ko’rik-tanlovi o’tkazildi. Tanlovda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fundamental kutubxonasi direktori Berdiyeva Zuhra Shukurovna, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Harbiy Vatanparvarlik bo’limi boshlig’i Zohidova Ma’mura Nasrulloyevna, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti Tilavov Abdumurod Xolmuratovich hamda qo’mondonlik tasarrufidagi 12 ta qismdan harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Tadbir yakunida universitetimiz dotsenti Abdumurod Tilavovga Mudofaa vazirligi tomonidan mazkur ko’rik-tanlovning yuksak saviyada tashkil etilishida hamkorlikdagi uzluksiz amaliy yordami uchun tashakkurnoma topshirildi. Xulosa qilib aytganda, yuksak intellektual salohiyatga, o’z mustaqil dunyoqarashiga ega, tashabbuskor, jismonan sog’lom va ma’nan yetuk bo’lgan haqiqiy vatanparvar xodimlargina bugun tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarning hal qiluvchi kuchi, xalqimizning haqiqiy ma’nodagi himoyachisi hisoblanadi.

Ta’kidlash kerakki, universitetimiz kitobxonlikka qaratilgan ma’naviy tadbirlarda doimiy ravishda ishtirok etib, samarali natijalar uchun o’z hissasini qo’shib kelmoqda.

Kitob – tafakkur qanoti

Kitob — insonnint eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. S h uning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon – qoniga singib ketgan. Kishining madaniyati uning kitobida aks etadi.

S h u ma’noda bugungi kunda kitob o‘qish va unga munosabat bir qadar susaygandek. C h unki yosh avlod hayotidan zamonaviy texnika va texnologiyalar ko‘proq o‘rin olib, ularning kompyuter, telefon va shu kabilarga qiziqishi kuchayib bormoqda.

Kompyuter hozirgi kunda jamiyatning barcha qatlamlarida o‘z o‘rnini egalladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Istalgan yangiligu axborotlarni bu vositalardan xohlagancha olish mumkin. Y o shlarning nazdida bugun kitob o‘qish uchun vaqt sarflashga hojat yo‘qdek. Aslida, hech bir axborot vositasi, kino yoki videofilm badiiy asar o‘rnini bosolmaydi.

Joriy yilning 19 – aprel kuni “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi tashabbusi bilan ana shunday tadbir universitetning “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” hamda “Suv xo‘jaligi va m e lioratsiya” (Professional ta’lim) ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari o‘rtasida o‘tkazildi. Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad tal a balar orasida kitob mutoala qilish, kreativlik ko‘nikmalarini shakllantirish, talabalarni kitob o‘qishga o‘rgatish hamda qiziqishlarini oshirishdan borat. Tanlov yakunida kitob x on talabalarga kitoblar sovg‘a q ilindi.

“PTvaJM” kafedrasi axboroti

Universitet matbuot xizmati