Press "Enter" to skip to content

Kitob tayyorlash jarayoni

Kitob tayyorlash qadimda murakkab jarayon bo‘lib, qo‘lyozma tayyor kitob holiga kelguniga qadar bir necha kasb egalari uning ustida ishlagan. Eng avvalo, kitob uchun qog‘oz tanlangan. Qog‘ozning sifatiga alohida ahamiyat berilgan. Ma’lumki, O‘zbekiston hududida qog‘oz tayyorlashning bir qancha maktablari shakllangan edi. Ayniqsa, Samarqand, Buxoro va Qo‘qonda tayyor­langan qog‘ozlar dunyoning ko‘pgina davlatlarida ham eng xaridorgir mahsulotlar­dan sanalgan.

Qo‘lyozma kitoblar qanday tayyorlangan?

Muzeylarda, maxsus kutubxonalarda saqlanadigan qo‘lyozma kitoblarga ko‘zimiz tushganda uning varaqlari nihoyatda nafisligidan, har bir sahifasi o‘ziga xosligidan hayratga tushamiz. Necha zamonlar o‘tsa-da, qo‘lyozma kitoblar o‘z sifatini yo‘qotmay kelayo­tir. Quyida bu nodir kitoblarning yara­tilish tarixiga bir nazar tashlaymiz.

Kitob tayyorlash qadimda murakkab jarayon bo‘lib, qo‘lyozma tayyor kitob holiga kelguniga qadar bir necha kasb egalari uning ustida ishlagan. Eng avvalo, kitob uchun qog‘oz tanlangan. Qog‘ozning sifatiga alohida ahamiyat berilgan. Ma’lumki, O‘zbekiston hududida qog‘oz tayyorlashning bir qancha maktablari shakllangan edi. Ayniqsa, Samarqand, Buxoro va Qo‘qonda tayyor­langan qog‘ozlar dunyoning ko‘pgina davlatlarida ham eng xaridorgir mahsulotlar­dan sanalgan.

Qog‘ozlarni sifati va turiga ko‘ra uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi turi ipakdan tayyorlangan bo‘lib, pishiqligi, o‘ta silliqligi, yupqa va nafisligi bilan ajralib turadi. Ikkinchi turi esa ipak va kanop aralashma­sidan olingan. Bu qog‘oz qalin va pishiq bo‘l­gan. Uchinchi navli qog‘oz asosan paxtadan ishlangan. Tayyorlangan qog‘ozga muhrokash (qog‘ozni silliqlash bilan shug‘ullanuvchi usta) ishlov berib, uni yozish uchun tayyor holga keltirgan. Ba’zan o‘ta sifatli qog‘ozni tayyorlash uchun silliqlash jarayoni 7-8 marta takrorlangan. Bunday oliy sifatli qog‘ozga yozayotgan xattot xato qilib qo‘ysa, matnni yuvib tashlashi va uni qayta ohorlab, ishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan.

Qog‘ozlarga turli o‘simliklardan tayyor­langan bo‘yoqlar yordamida rang berilgan. Kitob ustalari ko‘proq pushti, sariq, ko‘k rangli qog‘ozlarni ma’qul ko‘rganlar. Usta qog‘ozni muayyan o‘lchamda tayyorlagandan so‘ng qog‘oz xattotning qo‘liga o‘tgan. Xattotlar esa qamishdan ishlangan qalam bilan siyoh yordamida kitob matnini yozib chiqqanlar. Xattotlik ham alohida san’at darajasiga ko‘tarilgan. Xattot o‘z ishini tugatgandan keyin qo‘lyozmani tayyorlash jarayoniga musavvir va naqqoshlar kirishgan. Ular kitob sahifalariga turli naqshlar, asar mazmunidan kelib chiqib miniaturalar ishlagan, sahifalarni hoshiyalar bilan bezagan.

O‘ta qimmatli qo‘lyozmalar muzahhib (qo‘lyozma kitoblarning muqova, sarlavha, sahifalarini oltin yoki kumush suvi yugurtirib bezovchi usta) qo‘liga ham topshirilgan. U sahifa, hoshiyalarni zarhal rang bilan bezagan. Keyingi bosqichda kitobga lavvoh ishlov bergan. Lavvoh kitob tuzuvchi bo‘lib, varaqlarni birlashtirish, tikib yig‘ish bilan shug‘ullangan. Qo‘lyozma kitobni yaratish va badiiy bezash jarayonini muqovasoz-sahhof yakunlagan.

Muqovaning bir necha qismlari bo‘lgan: ustki va ostki qopqog‘i, qovurg‘asi. Qovurg‘a sahifalarni birlashtirib, qopqoqlar orasida siqib turgan. Sahhof o‘z ishini tugatganidan so‘ng kitob tayyor holga kelgan. Shu tariqa kitoblar bir necha bosqichlardan so‘ng kitobxonning qo‘liga yetib borgan.

Ravshanjon ABDULLAYEV, Bag‘dod tumanidagi 8-maktabning tarix fani o‘qituvchisi

Androidlar uchun kitob tayyorlash

Biz bugungi kunda android telefonlar uchun kitob tayyorlab istalgan joyda uni o`qishimiz mumkin buning yo`li juda oddiy ko`p muhlislarning talabiga binoan *.apk kitob faylni qanday tayyorlash haqida to`htalib o`tamiz.

Qadam 1. Sayt orqali ushbu dasturni yuklab olamiz

http://lenov.ru/programs/instrumenty/371-android-app-book-maker-v-30.html ushbu orqali saytga kiramiz. Pastrog’ida скачать бесплатно ni bosamiz.

6 sekund kutib ushbu oynadan ni bosamiz.

Yuklab olingan dasturning ustiga sichqoncha bilan bosasiz

next ni keyin yana next va yana next ni yuklash jarayoni boshlanadi. Shundan so`ng dastur kompyuterga o`rnatiladi.

ushbu dasturni ishga tushiramiz.

1. Import text files ni

2. Add files dan saqlagan bloknotimizni (с diskdan yoki boshqa joydan import qilamiz) tanlaymiz.

Brinchidan. wordda saqlagan faylni import qilamiz.

Ikkinchidan. New yoki Config dan sozlash ishlarni amalga oshiramiz.

Photoshopda rasm ko’rsatilgan pikselda tayyorlaymiz.

Buni ham o’zgarishsiz qoldirgan maqul

Kabilarni bajaramiz va OK ni bosamiz

Android ilovalarini C++ dasturlash tilida yaratishning afzalliklari

Texnologiyalar rivojlanayotgan zamonda deyarli barcha mobil telefonlaridan, ayniqsa, Android telefonlaridan ko‘proq foydalanmoqdalar. Bu esa o‘z navbatida, Android platformasi uchun mobil ilovalarga bo‘lgan talabni oshiradi. Barcha mobil ilovalar foydalanuvchilarga qulayliklar tug‘dirish uchun yaratiladi. Mobil ilovalarni yaratishda foydalanuvchilarning talablariga katta ahamiyat beriladi va shunga qarab, dizayn ishlab chiqiladi. Mobil ilovalarni yaratish uchun esa ko‘plab dasturlash tillari bor. Java, Delphi hamda C++ dasturlash tillari shular jumlasidandir.

Umuman olganda, ixtiyoriy dasturlarni tayyorlash uchun translyatorlar kerak bo‘ladi, ya’ni dasturiy tilni mashina tiliga o‘zgartirib, natijani olish vazifasini bajaradi. O‘z navbatida, translyatorlar ham ikkiga bo‘linadi: kompilyatorlar va interpretatorlar. Interpretatorlardan foydalanganda dasturni tayyor holga keltirish uchun alohida yuklovchi dasturlardan foydalanish kerak bo‘ladi, ya’ni, interpretatorlar tayyor *.exe, *.apk kabi formatlardagi dasturiy kodni chiqarib bera olmaydi, buning uchun qo‘shimcha yuklovchilardan foydalanib, kerakli platforma tanlanib, dastur foydalanishga tayyor holga keltiriladi. Kompilyatorlar esa dasturni to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishga tayyor holga keltirib beradi. Java dasturlash tili interpretator, C++ dasturlash tili esa kompilyator hisoblanadi. C++ kompilyatorlari yildan-yilga yangilanib, ko‘proq imkoniyatlarga ega holda ishlab chiqilmoqda. Kompilyatorlar yordamida hozirda istalgan platforma uchun dastur yaratish imkoniyati mavjud. C++ dasturlash tili uchun dastlab Borland kompaniyasi tomonidan C++ Builder kompilyatorlari ishlab chiqarilgan va Windows uchun dastur tuzish qulayliklarga ega bo‘lgan. Bunda C++ dasturlash tili orqali mobil ilovalar yaratish imkoniyati yo‘q edi. C++ Builder kompilyatorining keyingi versiyalarini esa Embarcadero kompaniyasi ishlab chiqdi va 2014-yilda ishlab chiqarilgan XE6 versiyasidan boshlab C++ dasturlash tilida Android platformalari uchun mobil ilovalar ishlab chiqish imkoniyatini yaratib berdi. Bu esa o‘z navbatida, dasturchilar uchun katta qulayliklar tug‘dirdi. Yangi kompilyator ko‘plab qulayliklarga va yangliklarga ega bo‘lganligi tufayli dasturchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va hozirgacha foydalanib kelmoqda. Yangi kompilyator ishlab chiqilgan sayin uning imkoniyati ortib bormoqda. C++ Builder XE7 kompilyatorida Android platformasi uchun istalgan mobil ilova tuzish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, kompilyatorning yana bir katta yutug‘i tuzilgan dasturni iOS operatsion tizimi, ya’ni iPhone mobil telefonlari uchun ham kompilyatsiya qilish mumkin. Shu bilan birga, OS X operatsion tizimi uchun ham dasturni kompilyatsiya qilib chiqarish mumkin.

C++ Builder kompilyatorining yuklanishi

Yuqorida keltirib o‘tilganlarini rasm orqali ifodalaymiz.

C++ Builder XE7 kompilyatori ishchi oynasining umumiy ko‘rinishi

Mobil ilova yaratishda barcha qulayliklar keltirilgan. Kompilyator dizayni dastur tuzishga qulay, yangi komponentlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni qidirish funksiyasi (Search) qo‘shilgan. Bu orqali kerakli komponentni izlash osonlashdi, buning uchun o‘sha komponentning nomini bilish kifoya.

Mobil ilovaning yaratilish jarayonini ko‘rib chiqamiz. Kompilyatorda dastur yaratish uchun bir necha tanlovlar mavjud bo‘ladi, ular orasidan Multi-Device Applicationni tanlaymiz va operatsion tizimni Android qilib belgilaymiz. Bo‘sh shaklni keraklicha to‘ldirib chiqamiz. Dizayn yaratishda ko‘proq «Timage» komponentidan foydalanamiz. Shu tariqa, barcha komponentlarni joylashtirib, dastur kodlarini yozganimizdan so‘ng navbat uni kompilyatsiya qilishga keladi. Kompilyatorda Windows, Android, iOS, OS X operatsion tizimlari uchun dasturni tayyor holga keltirish mumkin. Androidni tanlaymiz va uni kompilyatsiya qilamiz.

Mobil ilova formasi yaratilishi

Kompilyatsiya natijasida, biz yaratgan katalogda ko‘rsatilgan tartibda fayllar yaratiladi. Ko‘rib turganimizdek, kompilyator *.apk formatda faylni yaratib berdi. Uni istalgan Android mobil telefonlarida foydalanish mumkin. Yuqoridagilar natijasida Android platformalari uchun mobil ilovalar yaratishda C++ dasturlash tilining afzalliklari va yutuqlarini ko‘rish mumkin.