Alisher navoiy xamsa kitob pdf skachat
Xoja Imod. Uning «Laylo va Majnun» dostoniga Navoiy baho berib: «masnaviysida xiyla rang va ziynat bor»,- deydi va g’azalida ham iste’dodi borligini aytib, quyidagi matlani keltiradi:
ALISHER NAVOIY “XAMSA”SINING YARATILISHIDA BOSHQA XAMSANAVISLARNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»
an`ana / sivilizatsiya / fors-tojik adabiyoti / mumtoz adabiyot / mashhur / do`stlik / mutafakkir / ijodkor / Sharq. / tradition / civilization / Persian-Tajik literature / classical literature / famous / friendship / thinker / creator / East
Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tojixon Sabitova
Ushbu maqolada Alisher Navoiy “Xamsa”sining yaratilishi va XIV-XV asrlarda yashab ijod etgan xamsanavis shoirlar haqidadir. Bu adiblar haqida Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”, professor Y.E.Bertelsning “Jami” professor Sh.Muhamedovning “Xazinalar jilosi”, filologiya fanlari doktori Dilnavoz Yusupovaning “O’zbek mumtoz adabiyoti” (Alisher Navoiy davri) qo’llanmasida ma’lumotlar bor. Maqola muallifi mana shu asarlarga tayangan holda to’liq “Xamsa” oltita va bir nechtagina doston yozgan xamsanavislardan sakkiztasi haqidagi ma’lumotlarni ko’rsatib bergan.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Tojixon Sabitova
Navoiy asarlaridagi astronomik qarashlar
Yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyasida Alisher navoiy merosining muhim ahamiyati
Bobomeros qadriyat – ustoz- shogirdlik an’anasi
ALISHER NAVOIYNING “LISON UT-TAYR” DOSTONIDA TAZOD SAN’ATI
SHARQ MUMTOZ ADABIYOTIDA BALOG‘AT ILMINING O‘RNI
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
THE ROLE OF OTHER “KHAMSA” WRITERS IN THE CREATION OF ALISHER NAVOI’S “KHAMSA”
This article is about the creation of Alisher Navoi’s “Khamsa” and the Khamsa writers who lived and worked in the XIV-XV centuries. These writers are mentioned in Alisher Navoi’s “Majlis un-nafois”, Professor Bertels’ “Jami”, Professor Sh. Muhamedov’s “Khazinalar zhilosi” and Doctor of Philology Dilnavoz Yusupova’s “Uzbek Classical Literature ” (Alisher Navoi period). Based on these works, the author of the article provided information about six of the complete Khamsa writers and eight of the Khamsa authors who wrote only a few epics.
Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY “XAMSA”SINING YARATILISHIDA BOSHQA XAMSANAVISLARNING ROLI»
ALISHER NAVOIY MXAMSAMSINING YARATILISHIDA BOSHQA
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti
Ushbu maqolada Alisher Navoiy “Xamsa”sining yaratilishi va XIV-XV asrlarda yashab ijod etgan xamsanavis shoirlar haqidadir. Bu adiblar haqida Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois”, professor Y.E.Bertelsning “Jami” professor Sh.Muhamedovning “Xazinalar jilosi”, filologiya fanlari doktori Dilnavoz Yusupovaning “O’zbek mumtoz adabiyoti” (Alisher Navoiy davri) qo’llanmasida ma’lumotlar bor. Maqola muallifi mana shu asarlarga tayangan holda to’liq “Xamsa” oltita va bir nechtagina doston yozgan xamsanavislardan sakkiztasi haqidagi ma’lumotlarni ko’rsatib bergan.
Kalit so’zlar: anana, sivilizatsiya, fors-tojik adabiyoti, mumtoz adabiyot, mashhur, do’stlik, mutafakkir, ijodkor, Sharq.
THE ROLE OF OTHER “KHAMSA” WRITERS IN THE CREATION OF
ALISHER NAVOI’S “KHAMSA”
Associate Professor, Chirchik State Pedagogical Institute, Tashkent region
This article is about the creation of Alisher Navoi’s “Khamsa” and the Khamsa writers who lived and worked in the XIV-XV centuries. These writers are mentioned in Alisher Navoi’s “Majlis un-nafois”, Professor Bertels’ “Jami”, Professor Sh. Muhamedov’s “Khazinalar zhilosi” and Doctor of Philology Dilnavoz Yusupova’s “Uzbek Classical Literature” (Alisher Navoi period). Based on these works, the author of the article provided information about six of the complete Khamsa writers and eight of the Khamsa authors who wrote only a few epics.
Keywords: tradition, civilization, Persian-Tajik literature, classical literature, famous, friendship, thinker, creator, East.
Millatimizning g’ururi va iftixori bo’lgan o’zbek mumtoz adabiyotini xalqaro maydondagi nufuzini oshirib dunyo miqyosida yanada rivojlantirish uchun davlatimiz rahbari muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan chiqarilgan qarorlarning ahamiyati kattadir.
Muhtaram yurtboshimizning Oliy Majlisga murojatnomasida aytilgan fikrlar biz o’qituvchilarning oldimizga ham katta mas’uliyat yuklaydi. So’nggi yillarda milliy qadriyatlarni tiklash va mumtoz adabiyot tarixi bilan bog’liq barkamol avlodni ma’naviy kamolotga erishtirish masalalariga katta e’tibor berilmoqda.
Musulmon Sharqi epik poeziyasi tarixi xamsachilik an’anasi bilan chambarchas bog’liq. Dastavval XII asrda vujudga kelgan xamsa janri sakkiz asrga yaqin vaqt davomida yuzlab javob dostonlarga ega bo’ldi. Sharq adabiyotida birinchi bo’lib “Xamsa” yozgan shaxs buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviydir. U 1170-1204-yillar oralig’ida birin-ketin 5 ta doston yaratdi, bu dostonlar shoir vafotidan so’ng yaxlit bir to’plamga birlashtirilib, “Panj ganj” (“Besh xazina”) deb atala boshlandi va keyinchalik xamsa nomi bilan mashhur bo’ldi.
“Xamsa” yozish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish lozim bo’ladi:
1. Besh dostondan tashkil topmog’i.
2. Birinchi doston, albatta, pand-nasihat ruhidagi ta’limiy-axloqiy, falsafiy bo’lmog’i.
3. Ikkinchi doston Xusrav va Shirin mojarolariga bag’ishlanmog’i.
4. Uchinchi doston Layli va Majnun muhabbatini mavzu qilib olmog’i.
5. To’rtinchi doston Bahrom, beshinchi doston Iskandar haqida yozilmog’i shart edi.
Alisher Navoiy bu jihatdan ham Nizomiy Ganjaviy an’anasiga amal qildi. Eng muhihmi Navoiyning “Xamsa” si turkiy-o’zbek tilida yozilgan bo’lib, undan turkiyzabon kitobxon bahra olishi uchun imkon yaratildi. Agar Nizomiy Ganjaviy fors tilidagi Xamsa”ni hayot taqozosi bilan 27 yilda (1174 – 1201) yoz-gan bo’lsa, Navoiy o’zbek tilidagi ,,Xamsa”ni ikki yildan ortiqroq (1483 – 1485) muddatda tugatishga erishdi.[O.Madayev 2018,158]
Jahon sivilizatsiyasi tarixida ayniqsa, Sharqda alohida o’rin tutadigan xamsachilik an’anasi va Alisher Navoiy “Xamsa” si o’zbek mumtoz adabiyotining rivojlanishida yuksak ahamiyatga egadir. Sharq epik poeziyasining gultoji hisoblangan “Xamsa” ga kirgan dostonlar musulmonlar Sharqi xalqlarini har doim qiziqtirib kelgan. Ana shuning uchun ham Sharq Renessansi davrida juda ko’p insonlar “Xamsa” yozishga harakat qilganlar. Bu davrlarda 300 ga yaqin ijodkorlar Nizomiy beshligiga muayyan tarzda javob yozganlarini Ozarbayjon olimi, filologiya
fanlari doktori G’azanfar Aliyev aniqlab, o’zining “Темы и сюжеты Низами в литературах народов Востока” nomli monografiyasini yaratgan edi.[Юсупова, 2013: 83]
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Xamsachilik an’anasi XV asrda yanada keng tus oldi. U alohida shoirlar uchun ham malum xalqlar va davrlar adabiyoti uchun ham katta imtihon bo’ldi.
Xamsanavislik tarixida XIV-XV asr Xirot adabiy muhiti alohida o’rin egallaydi. Shu davr muhitida 20 ga yaqin ijodkorlar xamsanavislikda o’z kuchini sinab ko’rganlar. Vaholanki bu ijodkorlar barchasi to’liq “Xamsa” yaratmagan bo’lsalarda, lekin beshlikning u yoki bu dostoniga javom yozish bilan mazkur an’anaga o’z munosabatini bildirganlar.
Xamsanavislik tarixida to’liq “Xamsa” yaratganlar oltita adib bo’lib, dastavval Ozarbayjon shoiri, Sharq mumtoz adabiyotining beshigini tebratgan xamsachilik kashshofi Nizomiy Ganjaviydir (1141-1209). Uning to’liq nomi Abdulhamid Ilyos ibn Yusuf ibn Zakiy Muayyad bo’lib, Ganja shahrida tug’ilgan. Uning “Xamsa” siga kirgan dostonlar 1170-1204 yillarda yaratilib, ular quyidagilardir: “Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazinasi”), “Xusrav va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Haft paykar” (“Yetti go’zal”) va “Iskandarnoma” .
Nizomiy Ganjaviy nomi qadimdan xalqimiz orasida mashhur bo’lib u o’zbekning o’z shoiriga aylanib ketgan. Alisher Navoiydan tortib barcha mumtoz shoirlarimiz uni o’zlariga ustoz deb bilishgan.
XIV asr o’rtalaridayoq Qutb Xorazmiy uning eng mashhur dostoni «Xusrav va Shirin»ni tilimizga mahorat bilan tarjima qilgan edi. Oralan bir asr o’tgach, Haydar Xorazmiy xamsa asoschisining «Maxzan ul-asror» dostoniga javoban «Gulshan ul-asror» asarini yaratadi. Zabardast shoir va mohir mutarjim Muhammadrizo Ogahiy «Haft paykar»ni erkin nasriy tarjima qiladi. «Shohnoma» tarjimoni, shoir va adib Shohi Hijron «Qissai Doroi Zarrinkamar» asarida «Iqbolnoma»ning muxtasar mazmunini bayon etgan. Nurmuhammad Buxoriy, Mulla Fozil Xomushiylar ham Nizomiy «Xamsa»sini sharhlar ekanlar, «Iskandarnoma»ni batafsilroq tahlil etishga harakat qilishgan». [Хомидий, 2002:31]
Shoir «Xamsa»si dostonlari tarjimasida namunalar «Xusrav va Shirin» (Qutb tarjimasi), «Maxzan ul-asror» (Haydar Xorazmiy tarjimasi), «Haft paykar» (Ogahiy tarjimasi) hamda «Layli va Majnun» (N.Oxundiy, Xislat va Muhammadjonovlar tarjimasi)dan parchalar Maqsud Shayxzoda so’zboshisi bilan alohida to’plam holida nashr qilindi.
Shoirning «Panj ganj»iga kiruvchi «Layli va Majnun» hamda «Xusrav va Shirin» dostonlari ham o’zbekchalashtirilgan. Nizomiy Ganjaviy “Xamsa” si yaratilgandan keyin oradan bir asr vaqt o’tib Amir Xusrav Dehlaviy Nizomiy asariga javob yozish bilan xamsanavislik ananasini boshlab berdi. [Донишмандлар тухфаси, 2009: 97]
Dehlaviyning 1299 – 1302 yillarda yozilib, Alouddin Xiljiyga bag’ishlangan «Xamsa»si quyidagi dostonlarni o’z ichiga oladi: «Matla’ ul-anvor» («Nurlarning chiqish joyi»), «Shirin va Xusrav», «Majnun va Layli», «Oinai Iskandariy» («Iskandar oyinasi»), «Hasht bihisht» («Sakkiz jannat»). U Nizomiy dostonlarining shakli va syujeti, obrazlar silsilasini saqlagan holda, ularni o’ziga xos talqin etdi va yangi mazmun bilan boyitdi. Nizomiy dostonlari shoir dunyoqarashining kengligi va bilimining teranligini namoyish etsa, Xusrav Dehlaviy «Xamsa»si ruhiyat teranligi va qalb boyligini ko’z-ko’z qiladi. Nizomiy dostonlarida tafakkur va tuyg’unnisbatini ko’rsak, Xusrav Dehlaviy «Xamsa»sida inson qalbining nozik tebranishlari va badiiyat uyg’unligining hassos va go’zal tasvirlariga duch kelamiz. Aynan san’atkorona ishlanganligi uchun ham Xusrav Dehlaviy «Xamsa»si o’zidan keyingi shoirlarga kuchli ta’sir ko’rsatdi, Xalaflari goya va mazmunda Nizomiyga ergashsalar ham, shakl va badiiyatda Xusrav Dehlaviyga izdoshlik qildilar. Jomiyning «Bahoriston»da e’tirof etishicha, hech kim Nizomiy «Xamsa»siga Xusrav Dehlaviydan o’tkazib javob yozolmagan. [Донишмандлар тухфаси, 2009: 235]
Navoiy o’z «Xamsa» sini yaratishda Nizomiy bilan bir qatorda, Xusrav Dehlaviydan ham kuchli ta’sirlangan, har bir dostoni muqaddimasida uni ustozlari qatorida ehtirom bilan tilga olib, ijodiga yuksak baho bergan.
Temur va Shohrux zamonida yashagan Jamoliyning tavalludi vafot yillari haqida aniq ma’lumot yo’q. Faqat G\ Aliev o’zining «Temi i syujeti Nizami v literaturax narodov Vostoka» nomli monografiyasida uning beshligi 1402 – 1417 yillar oralig’ida yaratilgan degan fikrni bildiradi. Jamoliy «Xamsa»si quyidagi dostonlardan iborat: «Tuhfat ul-abror» («Maxzan ul-asror»ga javob),«Mehru Nigor» («Xusrav va Shirin»ga tatabbu’), «Mahzun va Mahbub» («Layli va Majnun»ga tatabbu’), «Haft avrang» («Haft paykar»ga tatabbu’). Doston nomi aniq emas. Lekin voqealar mazmuni va qo’llanilgan vazn Nizomiy «Iskandarnoma»sini eslatgani uchun, uni Nizomiy beshligidagi so’nggi dostonga javob tarzida yozilgan deb hisoblash mumkin.
Ashraf – Abu Ali Husayn ibni Hasan Marog’iy. Darvesh Hasan Xiyoboniy (tug’, noma’lum – vaf. 1460) nomi bilan tanilgan. 1436-1440 yillar mobaynida «Xamsa» an’anasini davom ettirgan. «Minhoj ul-abror» (Taqvodorlarning yo’li), «Riyoz ul oshiqayn» (Ikki oshiqning mashaq qatlari), «Shirin va Xusrav»,
«Ishqnoma» yoki «Layli va Majnun», «Haft avrang» (Etti taxt) va «Zafarnoma» nomli «Xamsa» tarkibidagi dostonlarni yozgan. Shoirning she’rlar devoni va «Sad pandi Ali» (Alining yuz pandi) nomli Hazrat Ali hikmatlarining tarjimasi bo’lgan manzumasi ham mavjud. Aftidan bu oxirgi asari Navoiyning «Nazm ul-javoxir» nomli asariga o’xshash ko’rinadi. Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat» asarida Ashraf haqida yozadi va Hirotda bo’lganini ta’kidlaydi. Shoir «Xamsa» ustida uzoq yillar mehnat qilgani va nihoyat uni tugallashga noil bo’lgani xususida Navoiy Ashrafning quyidagi baytini keltiradi:
Az sharafi vasli tu Ashraf shudem, Davlati mo bud musharraf shudem.
(Tarj.: Sening vasling sharafi bilan Ashraf (ya’ni, sharafli) bo’ldik, bu biz uchun davlat edi musharraf bo’ldik).[Навоий, 1997:219]
Fors-tojik adabiyotining oltin davrini yakunlagan zabardast so’z san’atkori, ulug’ mutafakkir, naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad Jomiy Nishopur yaqinidagi Jom shahrida ruhoniy oilasida tug’ilib, Hirotda yashagan hamda shu yerda mashhur shoir va mutafakkir bo’lib yetishgan. U Hirotda Xoja Alouddin Ali Samarqandiy, Shahobiddin Muhammad Jojarmiy kabi allomalar qo’lida tahsil oladi. Samarqanddagi Ulug’bek madrasasida Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi qomusiy olimlar ma’ruzalarini eshitishga muyassar bo’ladi. Mashhur mudarris Fazlulloh Abullaysdan fiqh, Qur’on, hadis va arab tili bo’yicha saboq oladi.
Alisher Navoiyning yozishicha, Jomiy garchi zohir yuzidan Sa’diddin Koshg’ariy muridi bo’lsa-da, aslida uvaysiysbo’lib, Bahouddin Naqshband ruhoniyatidan tarbiya topgan, zamona mashoyixi Xoja Muhammad Porso nazariga tushgan, Xoja Abu Nasr Porso, Xoja Muhammad Kusaviy, Mavlono Boyazid Puroniy, Mavlono Muhammad Asar, Mavlono Muhammad Tabodgoniy, Shayx Shoh Ziyoratgohiy va Mavlono Muhammad Amin Ko’histoniy kabi o’z davrining ulug’ shayxlari bilan muloqot qilgan. Xoja Ahror Valiy bilan yaqin munosabatda bo’lgan.
1476 yili Alisher Navoiy unga murid tushib, rasman naqshbandiya tariqatiga kiradi. Jomiy 7 ta doston yozib, ularni «Haft avrang» («Etti taxt») nomi bilan atagan: «Silsilat uz-zahab» («Oltin zanjirlar»), «Tuhfat ul-ahror» («Yaxshilar tuhfasi»), «Sibhat ul-abror» («Taqvodorlar tasbehi»), «Yusuf va Zulayxo», «Layli va Majnun», «Salomon va Absol», «Xiradnomai Iskandar» («Iskandar pandnomasi»).
Navoiy «Xamsa» si uch yuz yil-lik tajriba va an’anaga ega bo’lgan xamsachilik taraqqiyotida yangi va yirik voqea bo’ldi.
Navoiy ustoz xamsanavislarning yuksak san’atkorligini e’tirof qiladi va sharaflaydi, ularning ada-biy tajribasidan ta’lim oladi. Dostonlarining muqaddima
qismida Nizomiy va Xusrav Dehlaviyga hamda o’zi bilan deyarli bir vaqtda xamsa yaratgan Abdurahmon Jomiyga bag’ishlab maxsus boblar yozib, ularni ulug’laydi. U:
Yo ‘Idasa bu yo ‘Ida Nizomiy yo ‘lum, Qo ‘Idasa Xusrav bila Jomiy qo ‘lum, -deb ulardan madad tilaydi. Biroq Navoiy hech qachon xamsanavis salaflarining dostonlarini takrorlashga yoki ularga tobelarcha taqlid qilishga intilmaydi. U o’z oldiga yangi va original xamsa yaratish vazifasini qo’yadi. Buni Navoiy bot-bot ta’kidlaydi. Xamsanavis salaflarining ijodiy yutuqlarini e’tirof qilgan va sharaflagan Navoiy ularning dostonlaridagi nuqsonlarga befarq qaramaydi. U salaflarining juz’iy kamchiliklarini emas, balki jiddiyroq kamchiliklarini topadi va xolisona tanqid qiladi.
Navoiy «Xamsa» ni yaratishda tarixiy manbalardan va xususan xalq og’zaki ijodi boyliklaridan, xalq afsonalari, ertaklari, qo’shiqlari, maqol va hikmatli so’zlari hamda xalq asarlarining badiiy uslubidan mohirlik bilan foydalandi.
Navoiy juda og’ir va juda mas’uliyatli ishga kirishgan edi. U Yaqin va Orta Sharq o’lkalarida ustoz so’z san’atkori sifatida shuxrat topgan Nizomiy va Xusrav Dehlaviy bilan ijodiy bahslashdi. Bu juda katta bilim va yuksak adabiy didni, iste’dod va qobiliyatni talab etar edi. U og’ir va mas’uliyatli bu vazifani sharaf bilan bajardi, adabiyot maydonida sher bilan olishgan sher bo’lib chiqdi. Navoiy xamsanavis salaflariga ijodiy yondashdi, dostonlarida yashagan tarixiy sharoitning aktual masalalarini mavzu qilib oldi, el-yurt uchun muhim ahamiyatga molik masalalar haqida fikr yuritdi, uning aqlzakovati kelajakka parvoz etib, insonning istiqboliga katta umid bilan boqdi, hayot haqiqati romantik orzu-armonlari bilan chatishdi, qahramonlari umumbashariy xislatlar bilan kamol topdi, yangi-yangi situasiya, syujet va kompozisiya, obraz va xarakterlar yaratdi, badiiy so’z takomilida yangi boblar kashf etdi, o’zbek adabiy tili istiqboli uchun kurash bayrog’ini yuksak ko’gardi. Navoiy «Xamsa»sining ulug’vorligi, shon-shuhrati va olamshumulligi ham shunda.
XIV-XV asrlarda “Xamsa” ning bazi dostonlariga javob yozgan ijodkorlar haqida fikr yuritamiz.
Abdullo Xotafiy. Bu shoirning dostonlari avvalgilarnikidan mashhurroq. U to’rt dostonni yozib tamomlagan, bulardan ba’zilari nashr etilgan.
U «Xamsa» boshlashdan oldin tog’asi Abdurahmon Jomiy yoniga borib, undan fotiha so’raydi. Jomiy unga Firdavsiyning «bir she’rini berib, shunga nazira yozib kel», – deydi. Xotafiy bu sinovdan yaxshi o’tadi, Shundagina Jomiy unga fotiha beradi. U «Laylo va Majnun», «Haft manzar», «Temurnoma» dostonlarinn yozgan. Hayotining oxirida shoh Ismoil Safoviyning harbiy yurishlariga bag’ishlangan «Shohnoma» yoza boshlagan, ammo bu asar tamomlanmay qolgan. Shoir 1521 yilda vafot etgan.
Kotibiy Turshiziy. Bu shoir haqida ham Alisher Navoiy ancha qimmatli ma’lumotlar qoldirgan.
Navoiy uni: “o’z zamonnning benaziri”, deb yuksak baho beradi. Uning masnaviylaridan ko’ra, g’azaliyot va qasidalar devoni mashhurroq, deydi, U tajnislar nshlatishda, qo’sh qofiyali va qo’sh vaznli she’rlar yozishda mohir bo’lgan.
Shoir umrining oxirida «Xamsa» yozishga kirishgan ammo tugatolmagan. Uning «Gulshani abror» va «Layli va Majnun» dostonlari qolgan.
Bu shoir umrining oxirida Astrobodda vabo kasalidan vafot etgan. O’limi oldidan quyidagi qit’ani aytib ketgan:
Zi otashin qahri vabo gardid nogahon xarob,
Astrobodiki xokosh buvad xushbo’tar zi mushk,
Andaru az piru barno hech kas boqi namond,
Otash andar besha chun aftad na tar monand na xo ‘shk,
(Tuprogi mushkdan ham xush bo^yli Astrobod,
Qahrli vabo o^tida birdan xarob bo ‘ldi.
Unda qariyu yoshdan hech kim qolmadi,
Chunki to^qayga o’t tushsa, holu quruq barobaryonadi.)
Badriddin Hiloliy asli Astrobodli bo’lgan bu ijodkor XV asrning 70 yillarida yug’ilgan bo’lib 1529 yilda qatl etilgan. “Xamsa” dostonlariga javoban yozilgan 2ta dostoni bor: “Sifat ul-oshiqin”(“Maxsan ul-asror”) ga javob, “Layli va Majnun”.
Mavlono Ali Ohiy. Mashhadlik bu shoir haqida Alisher Navoiy «Majolisun nafois»da quyidagi xabarni beradi: «Mavlono Ali Ohiy – Mashhaddindur, «Xamsa» muqobalasida necha masnaviy aytibdurkim, chun muqobolag’a keltursa, go’yoki bo’lmas, ul jihatdan shuhrat tutmaydur. «Xayol va visol» otlig’ kitobida bir bayti bor, magarkim mulhimi g’ayb oning tiliga she’ri bobida solg’ondirkim (ya’ni g’aybdan ilhom beruvchi bu baytni uning o„z she’ri haqida tiliga solgan ):
She’ri ki buvad en nuqta soda, Monad hama umr yak sovoda» (She’rda koziklik bo ‘Imasa, Butun umrga qoralama bo’lib qoladi.) [W0MyxaMeg,0B, 1981,
Navoiy uning xamsadan necha doston aytmaydi, faqat she’rlari haqida uning o„z asaridan olgan bayt bilan baho berib qo’ya qoladi.
Mavlono Fasih Rumiy. Alisher bu kishi haqida ham qisqa ma’lumot berib, uni: «donishmand kishi erdi. Xoja Salmonning masnu’ qasidasiga tatabbu qilibdur.
hazrat shayxning (ya’ni Nizomiyning – Sh. Sh.) «Mahzanul asror» ig’a javob aytibdur», deydi-da, undan bir bayt misol keltiradi:
Har nafase kaz tu kase bishnavad, Beshak azu hamnafase bishnavad. (Sendan kim nimani eshitarkan, Beshak undan hamdamlikni eshitadi.) Navoiy bu shoir haqidagi ma’lumotini: «uning qabri Hirotda»,- deb tugatadi. Demak, u o’sha davrda vafot etgan va, ehtimol boshlagan «Xamsa»sini tamom qilolmagandir.
Xoja Imod. Uning «Laylo va Majnun» dostoniga Navoiy baho berib: «masnaviysida xiyla rang va ziynat bor»,- deydi va g’azalida ham iste’dodi borligini aytib, quyidagi matlani keltiradi:
Burdsuyi lab zabonu shu’la zaddor joni man, Qard zohir lam ‘ai u otashi pinhoni man. (Lablariga til urib jonimga o ‘tlar yoqdi ul, Yoshirin dil o ‘tidan olamga uchqun choqdi ul.) Amir Shayx Suhayliy – Alisher Navonyning do’stlaridan. Navoiy uning tojik va uzbek tillarida yozgan she’rlariga yuqori baho beradi: «ash’ori el orasida shuhrat tutti», deydi.
Uning «Laylo va Majnun» dostoni borligini aytib, undan Layloning ozib ketganligini chiroyli ta’rif etgan bir baytnni keltirardi:
Go yi zamahash zi hol gashta, Monandan sebi sol tashta. (Iyagi shunday holga tushib qolganki, Go ‘yo bir yil turib qolgan olmaga aylangan, Ya’ni ozib qurishib qolgan) Shahobiddin Jomiyning tug’ilgan va vafot etgan yillari haqida aniq malumot yo’q. Faqat Xondamirning “Makorim ul-axloq” ida Shahobiddin Jomiyning Alisher Navoiy maslahatiga ko’ra “Layli va Majnun” va “Xusrav va Shirin” dostonlarini yozgan.[Юсупова, 2013:85]
Filologiya fanlari doktori Dilnavoz Yusupovaning qo’llanmasida ko’rsatilishicha bitta dostonga javob yozgan mualliflar quyidagilar:
“Maxzan ul-asror” tipida doston yozgan mualliflar: Osafi Hiraviy, Nargisiy, G’iyosiddin Sabzavoriy, Fosih Rumiy, Sayyid Qosimiy.
“Layli va Majnun” tipida doston yozgan mualliflar: Shayxim Suhayliy, Ali Ohiy, Xoja Imod Loriy, Xoja Xasan Xizrshoh, Zave Qozisi.
Demak, xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, XIV-XV asrlarda Xirot adabiy muhitida xamsachilik an’anasi kuchli bo’lgan, har bir talant egasi ozmi-ko’pmi darajada elga tanilgan har bir shoir “Xamsa” ga qo’l urib o’z iste’dodini sinab ko’rishga, o’z mahoratini xalqqa ko’z-ko’z qilishga, adiblar orasida shuhrat qozonishga harakat qilgan. Ammo ularning ko’pchiligi buyuk Nizomiy Ganjaviyning o lmas asarlariga nazira qilib yozar ekanlar bu mavzuni yangi mazmun bilan boyitishga ojizlik qildi. Ularning dostonlarini xalq qabul qilmadi. ko’pchiligi unutilib ketti. Bundan ikki buyuk inson- Jomiy bilan Navoiy “Xamsa” si mustasnodir.
Fors adabiyotida Nizomiy beshligiga birinchi javob bitgan ijodkor Xusrav Dehlaviy bo’lsa, Navoiy bu vazifani turkiy tilda ado etdi. Navoiy beshligida xamsanavislikning barcha shartlariga qat’iy amal qilinganligini ko’ramiz. Chunki xamsanavislik an’anasidan bir oz bo’lsa-da chekinish, turkiy tilda xamsadek buyuk asarni yozib bo’lmaydi degan fikrga olib kelishi mumkin edi. Navoiy o’z “Xamsa”si misolida an’anaviy shakl doirasida ham yangi fikr ayta olish imkoniyatini, belgilab berilgan shakllarni jilvalantirish usullari mavjudligini ko’rsatib berdi va uning bu asari umumjahon adabiyotining yuksak cho’qqisi bo’lib qoldi. Navoiy “Xamsa”si ajdodlarimiz ma’naviy holatining ko’zgusi bo’lib, unda o’tmish davr ijtimoiy turmushi, xalq hayoti, urf-odatlari, din-diyonat, axloq-odob haqidagi qarashlar o’z aksini topgan. Navoiy “Xamsa”si bir-biri bilan ich-ichidan mustahkam bog’langan beshta dostonni o’z ichiga oluvchi yaxlit asardir. Buyuk shoir unda zamonasining barcha dolzarb masalalarini qalamga oladi.
Alisher Navoiy “Xamsa” asarida o’zidan oldin o’tgan ustozlari buyuk shoirlar Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Ashraf Marog’iy va Abdurahmon Jomiy asarlaridan ijobiy foydalandi. Mundarijaviy doston bo’lmish “Hayrat ul-abror”da shoir umr, uning mazmuni, tabiat, jamiyat va inson munosabatlariga doir savollarni qo’ysa, keyingi dostonlarda muayyan taqdirlar, voqealar misolida ularga javob berishga harakat qiladi. “Xamsa” dostonlaridagi muqaddimalar voqelikka shunchaki an’anaviy kirish bo’lmay, balki dostonlar mundarijasi uchun ochqich vazifasini ham o’taydi. Shu ma’noda muqaddimalarda keltirilgan fikrlarga alohida e’tibor berish dostonlar tagzaminida yashiringan ramziy ma’nolarni ochishga yordam beradi. Aynan muqaddimada buyuk mutafakkirning olam va odam, tabiat, kishilik jamiyati, umr va uning mazmuni haqidagi falsafiy-axloqiy qarashlari, ijodkor sifatidagi buyuk
salohiyati u qo’llagan badiiy timsollar, tashbeh-u tamsillar vositasida butun bo’y-basti bilan namoyon bo’ladi.
O’zbek mumtoz adabiyotining cho’qqisi bo’lgan Alisher Navoiy “Xamsa”si jahon adabiyotining noyob va o’lmas durdonasidir.
1. O.Madayev “Навоий сухбатлари”, Oqituvchi, -Т., 2018.-Б158.
2. Юсупова Д. Узбек мумтоз адабиёти тарихи (Алишер Навоий даври), Академнашр, -Т.,2013.-Б. 83,85.
3. Хомидий Х. Ганжалик пир //”Сино” . 2002. №7. -Б31.
4. Донишмандлар тухфаси, Узбекистон.-Т.2009.-Б.97,235.
5. Навоий М.А.Т , “Фан”, -Т.1997.-Б.219.
6. Шомухамедов М., Хазиналар жилоси, Гофур Гулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти,-Т.1981.-Б.229.
7. Kholikova, N. (2020). Poetic features of Uzbek poetry of the national awakening period. Theoretical & Applied Science, (4), 615-623.
8. Kholikova, N. D. (2020). The period of national awakening in uzbek poetry echo of the treasure voice of the nation. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(06), 4045-4054.
9. Холикрва, Н. (2020). Узбек мумтоз адабиётида хотин-кизлар образининг бадиий тадрижи (Ширин образи мисолида). Academic research in educational sciences, (3).
Xamsa alisher Navoiy xamsa
qoldirilgan, asardagi cho’zilib ketgan ba’zi oVinlar:
manzaralar, monologlar ixchamlashtirilgan. Bu
Xil yondashish dostonlaming toliq tushunilishiga
imkon bermaydi. Ular haqida keng malumotga
ega bolish uchun dostonlaming toliq nasriy
bayoni, qolaversa, Navoiy dostonlarining o‘zi bilan
toliq tanishish lozim. Qolingizdagi kitob esa dos-
tonlar mazmunini osonroq tushunib olishingizga
yordam beradi, xolos.
Kitob tajriba holida nashr etilayotgani uchun
unda ayrim kamchiliklar bolishi ham mumkin.
Olimlarimiz, navoiyshunoslarimizning o’rin-
li maslahatlari, Navoiy «Xamsa»sining shu xil
nashrini yanada mukammalroq nashr etishimizga
yordam beradi, deb ishonamiz.
Anvar HOJIAHMEDOV
NAVOIY 0 ‘Z «XAMSA»SINING
YARATILISH TARIXI HAQIDA
Go‘zal so ‘zlovchilarning boshidagi toji, haqiqat
ganji tojining gavhari, fazilat koni javharining
saqlovchisi, yetuklik dengizining qimmatbaho
duri bolgan ganjalik ma’noli so’zlar ijodkori1
o‘y-fikri mezoni bo’lgan «Xamsa», «Beshlik»
emas, «Panj ganj» («Besh xazina») deb atashga
arzirlidir. So‘z durlarining bu ajoyib nozimini
falak «Nizomiy» deb atagan edi. Bu nomdagi
besh harfni qo’shib hisoblaganda, Allohning
ming bir nomiga teng son paydo boladi. Uning
asari durlaridan yer yuzi lim-lim bolib, balki
falakning qimmatbaho buyumlar solinadigan
qutichalari ham to lib toshgandir.
Hind chavandozi2 she’riyatida yaratilgan dos-
tonlarning har biri go^o Hindis tonning bir viloya-
tiga ohcshaydi. U xazina sochuvchi Ganja shohiga
payrov boldi, Nizomiy so‘z iqlimining shohi bo Isa,
bu Xusravi boldi. Ganja quyoshi o‘z bayroglni
ko^argach, so‘z mamlakatini yakkaqalam qilib,
qaysi mamlakatni zabt etgan bolsa, o‘sha olka-
larga Xisrav ham sipoh tortdi.
Qaysi shabistong’aki ul qildi azm,
Bazmi yerida bu dog‘i tuzdi bazm.
Ul bezabon «Maxzani asrori»din,
Bu yorutub «Matlayi anvonidan.
Ko’p kishi ham qildi tatabbu’ havas,
Sarv-u gul o ‘trusig‘a kelturdi xas.
1 Nizomiy Ganjaviy nazarda tutilyapti.
2 Xusrav Dehlaviy demoqchi.
Bir kishidin o’zgaki, andoq kishi,
Bermadi yod eskifalak gardishi.
U bugun so’fiylar peshvosi, haqiqat sirlarining
ochuvchisidir, kolcsi nozik ma’nolar xazinasining
duri, ko‘ngli ma’nolar yuzining oynasi, nazmlari
jahon iqlimlarida mashhur, nasriy asarlari jon
mamlakatlarini egallagan. Lutf-karami, in’om-u
ehsoni shoh-u gadolar o’rtasida shuhrat topgan,
uning xizmatini ado etganlar bir umr faxrlanib
yuradilar. Lekin ul zot menga alohida e’tibor bilan
qaraydi, yozgan har bir asari men ko’rganimdan
so‘nggina elga yetib boradi.
Bahoming fayzyob kunlaridan birida shoirlar-u
allomalar, xonanda-yu sozandalar davrasida
o’tgan buyuk zotlar she’riyati haqida, jumladan,
payrov xususida bahs borar ekan, gap Nizomiy
bilan Xusravga taqaldi. Ikkala ijodkor asarlarining
jahondagi shon-u shuhrati, ular yaratgan «Xam-
sa»laming olam ahliga manzurligi haqida e’tiborli
fikrlar bildirildi. Ayniqsa, jami o‘nta doston ichida
dastlabki ikki durdonaning o’zgacha o‘m i borligi,
ulaming ma’naviy yuksakligi, badiiy barkamolligi
to‘g‘risida bir-biridan purmazmun gaplar aytildi.
Oradan bir-ikki oy o‘tgach, ul tabarruk zot
uyimga mehmon boldilar. Qollarida bir necha
kitob bor edi. Ulardan birini qollariga olib, kulib
turib, menga tutdilar.
Kim: «Olibon boshtin ауодЧда boq,
Qil nazar avroqig‘a boshtin-oyoq.
Olig’a jon naqdini sochtim ravon,
Oldim-u o ‘ptum, dog‘i ochtim ravon.
Boshtin-ayoq gavhari shahvor3 edi,
Qaysi go‘h a r«Tuhfat ul-ahror»4 edi.
Chun o’qimoq zamzamasi5 boldi bas,
Ko‘nglum aro dag‘dag‘a soldi havas.
Kim bu yo‘l ichraki alar soldi gom,
Bir necha дот о ‘Isa manga ham xirom.
Forsi o ‘ldi chu alarg‘a ado,
Turki ila qilsam ani ibtido.
Forsi el topti chu xursandliq,
Turk dog‘i topsa barumandliq.
Yo‘ldasa bu yo‘lda Nizomiy yo‘lum,
Qo‘ldasa Xusrav bila Jomiy qo‘lum.
Dilni shodlantiruvchi boglaming devorlari ham
to‘rt paxsali boladi. Ulaming o‘t-u suv-u havosi
yoqimli bolganidek, tufrog’i ham muattar bolishi
aniq, lekin о‘tinning ham bozori boladi-ku. At
las bilan qora rangli ipak kiyim yoqimli bo‘lsa, it
yungi ham palos qilishga yaraydi-ku. Lai bilan
yoqut va dur qimmatli hisoblansa, nega kahrabo
somonni o’ziga tortadi? Shoh uch xil may bilan
xursandlik topsa, qolgan loyidan, hech bolmasa
may quyqasini ichuvchi mayxo‘r ichib shodla-
nadi-ku. Men ham o‘zimning it kabi pastligimni
anglab yetdim-u, o‘zimni uluglar ipiga bogladim.
Ular yo’qlik dashti tomon y o l olsalar, men ham
soya kabi ularga hamqadam bolg’umdir.