Press "Enter" to skip to content

Java dasturlash tili bo yicha onlayn darslar

Ingliz tili grammatikasini o‘rganishingiz va lug‘at boyligingizni oshirish uchun eng yaxshi yo‘l — asarlarni asl tilida o‘qish. Bu usul muallifni, uning uslubi va «tili»ni tushunishda ham yordam beradi. Albatta, «Harri Potter»ni ingliz tilida mutolaa qilish osonmas, biroq qiziqroq. «Alisa mo‘’jizalar mamlakatida» qancha tarjima qilinmasin, muallif o‘quvchiga nimani yetkazmoqchi bo‘lgani hanuz to‘liq ochib berilmagan. Xullas, «Vse-kursy» yozishicha, ingliz tilida mutolaa — eng foydali, to‘g‘ri va maroqli tanlov.

Dasturlash bo’yicha kitoblar

Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

  • Bosh sahifa
  • Maslahat
  • Ingliz tilida bepul kitob o‘qish uchun.

Ingliz tilida bepul kitob o‘qish uchun eng yaxshi 15 onlayn-kutubxona

11.06.2018 14:00 0 13270

Ingliz tili grammatikasini o‘rganishingiz va lug‘at boyligingizni oshirish uchun eng yaxshi yo‘l — asarlarni asl tilida o‘qish. Bu usul muallifni, uning uslubi va «tili»ni tushunishda ham yordam beradi. Albatta, «Harri Potter»ni ingliz tilida mutolaa qilish osonmas, biroq qiziqroq. «Alisa mo‘’jizalar mamlakatida» qancha tarjima qilinmasin, muallif o‘quvchiga nimani yetkazmoqchi bo‘lgani hanuz to‘liq ochib berilmagan. Xullas, «Vse-kursy» yozishicha, ingliz tilida mutolaa — eng foydali, to‘g‘ri va maroqli tanlov.

Ingliz tilidagi kitoblarni o‘qish mumkin bo‘lgan bepul onlayn-kutubxonalar:

  1. «Free-ebooks.net». Bu kutubxonada elektron kitoblar katta jamlanmasi janrlar bo‘yicha taqsimlangan. Kitoblardan tashqari, jurnallar ham bor. Foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tilsa bas. Foydalanish — bepul.
  2. «FreeBookSpot» — 5000 dan ortiq elektron kitob joylangan onlayn-resurs. Hammasi bepul, 95 kategoriyaga ajratilgan. Nafaqat badiiy adabiyotlar, ta’lim va biznesga oid kitoblar ham bor. Ularni ko‘chirib olish uchun ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi.
  3. «ManyBooks» — 33000 dan ortiq elektron kitoblari bor. Adabiyotlarni nomlari orqali qidirib topish mumkin. Kitoblar kompyuterda, «Kindle», «Nook», «iPad»da o‘qish uchun formatlangan. Asosiy afzalligi — ko‘plab kitoblar 20 dan ortiq formatda taqdim etilgan.
  4. «GetFreeEBooks» — bu mualliflar o‘z asarlarini kitobxonlarga taqdim etuvchi hamjamiyat. Milliondan ortiq kitoblar bor va ular ko‘payishda davom etyapti. Ko‘p kitoblar EPUB, MOBI, PDF, TXT formatlarida taqdim etilgan.
  5. «FreeComputerBooks» — dasturlash va matematika bo‘yicha kitoblarning ulkan jamlanmasi. Ularning orasidan ma’ruzalar va o‘quv-qo‘llanmalarni ham topish mumkin. Barcha kitoblar mavzulari bo‘yicha toifalangan, topish oson.
  6. «FreeTechBooks» — informatika, injeneriya va dasturlash bo‘yicha bepul kitoblar, darsliklar va ma’ruzalarni shu saytdan topib foydalanishingiz mumkin.
  7. «Wikibooks» — «Vikimedia»ning bu hamjamiyati o‘quv-qo‘llanmalarning bepul kutubxonasini yaratish uchun tuzilgan. Adabiyotlarni istalgan foydalanuvchi tahrir qilishi mumkin.
  8. «The Online Books Page» — internetdagi 30 000 dan ortiq bepul kitoblar ro‘yxati.
  9. «Baen Free Library» — ilmiy-fantastik romanlar to‘plami. Onlayn o‘qish yoki ko‘chirib olish mumkin.
  10. «eBookLobby». Bu saytdagi bepul elektron kitoblar turli janrlarga bo‘lingan: biznes, san’at, ta’lim. Kerakli kategoriyani topib, o‘zingizga yoqqan kitobni ko‘chirib olaverasiz.
  11. «Project Gutenberg» — ushbu mashhur loyiha 75 000 mingdan ortiq kitoblarni raqamlashtirgan. Qidiruv qatoriga muallif yoki asar nomini kiritib, topilgan adabiyotlarni onlayn o‘qishingiz yoki kerakli formatda ko‘chirib olishingiz mumkin.
  12. «Planet eBook» — bepul mumtoz adabiyotlar kutubxonasi. Kitoblarni ko‘chirib olish oson.
  13. «e-Library» — elektron kutubxonaga 91 kategoriyadagi 8000 dan ziyod kitob joylangan. Shulardan 500 dan ortig‘i bepul. Kitoblarni qidiruv yoki reyting orqali oson topa olasiz.
  14. «BookBoon» — talabalar va sayyohlar uchun PDF formatidagi kitoblar. Ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi.
  15. «Classicshorts.com» — mumtoz yozuvchilarning kichik hikoyalarini shu saytdan topasiz. Barcha kitoblarni onlaynda bepul o‘qiysiz.

Java dasturlash tili bo’yicha onlayn darslar

Ushbu maqolada dunyoga mashhur bo’lgan Java dasturlash tili bo’yicha Texnoman.uz saytida joylangan dasturlash bo’yicha darslar keltirilgan. Ular yordamida Siz Java dasturlash tilida dasturlashni o’rganishingiz mumkin.

Darslar dasturlash bo’yicha o’quv kurslari va markazlarida o’qitiladigani kabi oddiy, tushunarli yozilgan bo’lib, ularni to’liq o’rganib, misollarni bajarib, java dasturlash tilini onlayn boshlang’ich qismini o’rganib olasiz.

1-dars – Java nima?

2-dars – Java qismlari.

3-dars – Javada oddiy dastur.

4-dars – JDK, JRE va JVM farqlari.

5-dars – Javada o’zgaruvchilar va ma’lumot turlari.

6-dars – Javada tanlash operatorlari.

7-dars – Javada For Loop (Takrorlanuvchi sikl operatori).

8-dars – Java While Loop (Takrorlanuvchi operator).

8.1-dars – Java do-while Loop(takrorlanuvchi operatori).

9-dars – Javada massivlar.

10-dars – Java do-while Loop(takrorlanuvchi operatori).

11-dars – Obyekt va OYDning asosiy tushunchalari.

12-dars – Javada nomlash konsepsiyalari.

13-dars – Javada Yuklanma funksiya (Method Overloading).

14-dars – Javada konstruktor.

15-dars – Javada static kalit so’zi (keyword).

16-dars – Javada Inheritance(merosxo’rlik).

17-dars – Overriding (qayta yuklash) Funksiyalari..

18-dars – Javada polimorfizm.

19-dars – Javada abstrakt klass.

20-dars – Javada interfeys.

21-dars – Javada Collection (To’plam).

22-dars – Javada ArrayList klass.

23-dars – Javada LinkedList klassi.

24-dars – Javada Set.

25-dars – Javada Map.

26-dars – Javada Stringlar.

Java dasturlash tilini o’rganish bo’yicha savollar bo’lsa, izohda yozishingiz mumkin.