Press "Enter" to skip to content

Moliyaviy kitoblar

2. «Moliyaviy kundalik. Pulni tartibga solish», Aleksey Gerasimov

Shaxsiy moliya bo‘yicha o‘qishga arziydigan 8 kitob

So‘nggi yillarda chiqqan ushbu kitoblar sizga byudjyetni rejalashtirish, aql bilan investitsiya kiritish, bema’ni xarajatlar qilmaslik va moliyaviy maqsadlarga erishishda yordam beradi.

1. «Pulning psixologik qopqoni», Geri Belski, Tomas Gilovich

Pulni ishlab topish – ishning yarmi. Ikkinchisi –pulni to‘g‘ri sarflash. Aqlsiz xarajatlarga olib boradigan bir xil xatolar qilamiz. Bu kitobdan his-tuyg‘u, xulq-atvor va jamiyat moliyaviy qarorlar qabul qilishga qanday ta’sir qilishi haqida bilib olasiz. Xulq-atvor iqtisodiyotini bilish o‘zingiz va xarajatlaringizni nazorat qilishda yordam beradi.

2. «Moliyaviy kundalik. Pulni tartibga solish», Aleksey Gerasimov

Nazariyadan tajribaga o‘tamiz. Bu kundalik moliyaviy xulq-atvoringizni kuzatishda yordam beradi: omonatlarni rejalashtirish, kirim va chiqim hisobini yuritib, ularni tahlil qilish. Kundalik uch oyga mo‘ljallangan. Bu vaqt orasida shaxsiy moliyangizga tegishli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni yozishga o‘rgangansiz.

Keyin o‘sha jadvallarni oddiy daftarga yozib, matnli faylda hisob-kitobni yurita olasiz. Mohiyat – har kuni raqamlarni yozish orqali o‘z moliyaviy maqsadlaringizni yaxshiroq ko‘rib, ularga doimiy ravishda harakat qilishda.

3. «Pul qayerga ketadi? Oila byudjyetini aql bilan boshqarish», Yuliya Saxarovskaya

Bu kitob har oy pul qayerga ketdi deb hayron bo‘ladiganlar uchun. Moliya bo‘yicha maslahatchi va investor Yuliya Saxarovskaya o‘zining joriy holatini bilish, xarajatlarni optimallashtirish, kelajakda oila byudjyeti va moliyaviy rejani tuzish. Bularning bari – hayotiy misollar va xatolarni tahlil qilish. Pulni qayerda saqlash, qayerga sarmoya kiritish, nafaqaga moliyaviy ta’minlangan odam bo‘lish haqida bilib olasiz.

4. «Hamyon va hayot», Viki Robin

Ishlashmi yoki yashash, yashashmi ishlash – doimiy masala. Javob kundek ravshandek ko‘rinadi. Biroq shunga qaramay, ko‘pchilik umrini barcha xursandchiliklar haqida unutib, pul ortidan quvib, o‘tkazadi. Viki Robinning kitobi moddiy qadriyatlarga o‘z munosabatini qayta ko‘rib, moliyaviy mustaqillikka erishishda yordam beradi.

5. «Shaxsiy boylik: Ko‘paytirish, himoya qilish, egalik qilish», Styuart Lukas

Lotereyaga katta pul yutib olib, uni sarflab yuborib, avvalgi hayot tarziga qaytgan odamlar haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bu uzoq muddatli strategiya va mablag‘ni aql bilan boshqarish ko‘nikmasi uchun yorqin misol. Ko‘pchiligimizga bu muammo tanish.

Kitob muallifi Styuart Lukas nafaqat moliyaviy maslahatchi, uning o‘zi ham Carnation oilaviy kompaniyasini boshqaradi. U kitobxonlarga mablag‘ni ko‘paytirish, o‘z boyligini himoya qilish, yo‘qotishlarsiz sarmoya kiritish, maslahatchini tanlash va rejalashtirishda ko‘plab xatolarni bartaraf etish haqida gapirib beradi.

6. «Pulning sirli tili.Aqlli moliyaviy qarorlarni qabul qilish», Devid Kryuger

Pul qancha ko‘p bo‘lsa, moliyaviy muammolar shuncha ko‘payadi. Biz ko‘proq pul sarflaymiz, jahlimiz chiqadi va pul tufayli xafa bo‘lamiz, aqlsiz xaridlar qilamiz. Devid Kryuger pulga nisbatan sog‘lom munosabatni shakllantirish va ularni aql bilan boshqarish haqida gapirib beradi. Bu o‘z moliyaviy holatini yaxshilashni istaydigan, biroq buni qanday amalga oshirishni bilmaydiganlar uchun qiziq qo‘llanma.

7. «Yo‘qotma! «Ota» Kiyosaki nima haqida aytmagan?», Isaak Bekker

Kitob o‘z boyligini oshirish haqida. Bu professional moliyaviy maslahatchi tomonidan yirik sarmoya kiritishni rejalashtirayotgan kitobxonlarga berilgan foydali maslahatlar to‘plami. Pulni saqlashning turli instrumentlarining ijobiy va salbiy tomonlari hamda pulni sarmoya qilish haqida batafsil yozilgan: depozit, obligatsiya, aksiya, sug‘urtalash va fondlar.

8. «Pullarning g‘olibligi», Nial Fergyuson

Bu kitob ro‘yxatdagi kitoblardan farq qiladi. Unda siz amaliy maslahatlarni topmaysiz. Bu kitob pul nima ekani, qadimdan bugungi kungacha qanday yo‘lni bosib o‘tgani haqida. Dunyoning moliyaviy tarixi iqtisodiy jarayonlar haqidagi fikrlar va qaysi voqealar iqtisodiy inqirozlarga olib borishini ko‘rsatadi. Sizni qiziqarli bayon va ko‘plab faktlar kutadi.

Moliyaviy kitoblar

6 tadan 1–6 lar ko’rsatilyapti

Oq nilufarlar yurtida

Qarzdan qutulishning samarali usuli

Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari

To’rtinchi sanoat inqilobi

Boy va Kambag’al odamlarning fikrlash strategiyasi

Molxona

Oq nilufarlar yurtida

Yozuvchi Grigoriy Petrov Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, turli xalqlar hayotini o‘rganadi. Uning mashhur kitoblaridan biri “Oq nilufarlar yurtida” 600 yil mustamlakachilikda yashagan fin xalqining qanday oyoqqa turgani haqida hikoya qiladi. Yozuvchi 1900 yillarda Finlandiyaga qilgan sayohatlari davomida o‘zini anglayotgan, hayotini yaxshilashga urinayotgan finlar bilan suhbatda bo‘lgan. Uzoq yillar Shvetsiya va Rossiyaning qarami bo‘lgan Finlandiya 1917 yilda o‘z mustaqilligini e’lon qiladi. Kitobda shu davrgacha bo‘lgan hayot haqida so‘z boradi. Asarda odamlar hayotini yaxshilashga bel bog‘lagan qahramonlar va ular tutgan yo‘llar haqida bayon qilinadi.

Qarzdan qutulishning samarali usuli

Hech kim qarzga botishni orzu qilmaydi, hech kim “omadsiz” bo‘lishni orzu qilmaydi.Lekin, omad yo‘lida har kim shu ahvolga tushishi mumkin. Buni, o‘ziga xos tajriba deb bilsak buladi, hayotning o‘zi, bizni masʼuliyatli bo‘lishga o‘rgatayotgandek. Qarzlardan qutilib, omadli va boy bo‘lishga imkoniyatingiz yana-da ko‘payganini his qilishingiz mumkin. Afsuski, bunday holatga tushgan juda ko‘p insonlar orzularidan voz kechib ortga chekinadilar. Joniga qasd qilish holatlari ham uchrab turadi. Bu holat tajriba va bilim yetishmasligi tufayli yuz beradi.

Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari

Muallif, taniqli moliyaviy tahlilchi, moliyaviy erkinlikning 3 ta asosiy omilini ko’rsatib beradi. Ma’lum bo’lishicha, hamma narsa juda oson va sodda, va eng muhimi – bu omillar ishlaydi! Siz qilishingiz kerak bo’lgan narsa – kundalik vazifalaringizni biroz o’zgartirish va siz allaqachon o’zingiz xohlagan narsaga pul tejabgina qolmasdan, balki sarmoya kiritishni ham boshlashingiz mumkin.

To’rtinchi sanoat inqilobi

“To’tinchi sanoat inqilobi” deb nomlagan ushbu kitobda insoniyat boshidan kechirgan xech bir jarayonga o’xshamaydi. “To’tinchi sanoat inqilobi” kitobini mutolaa qilish orqali nafaqat sizni o’ylantirayotgan savollarga javob olasiz, balki global o’zgarishlar haqida kengroq tushunchaga ham ega bo’lishingiz mumkin.