Qur’oni Karim – Islom ta’limoti uning muqaddas kitobi
Farishtalar- Ollohning nihoyatda itoatli, hech bir gunohsiz, nurdan yaratilgan, odamlar ko’ziga ko’rinmaydigan bandalaridir. Ular Ollohning buyurgan ishlarini bajaradilar. Ularda erlik, ayollik, tug’ish, tug’dirish, eyish-ichish, uxlash kabi hususiyatlar yo’q. Farishtalarning eng mashhurlari-Jabroil, Makoil, Isrofil, Azroildir.
Muqaddas kitob skachat
Ma’lumki dastlabki svilizatsiyalar tarixi qadimgi sharqda, so’ngra Yunonistondagi Krit orolida Minoy svilizatsiyasi bilan boshlangan edi. Shuningdek svilizatsiyalar dunyoning ko’plab mintaqalarida bo’lganidek, O’rta Osiyo, jumladan hozirgi O’zbekiston hududlarida ham vujudga keldi. Buni «Av е sto» nomi bilan ma’lum bo`lgan muqaddas kitob ham isbotlaydi. Dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri Zardushtiylik (Otashparastlik zoroastrizm) dinidir. «Av е sto» ana shu zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanadi. Unda O’rta Osiyo hududlarida yashagan barcha turkiy xalqlar, fors-tojik ozarbayjon, afg’on va boshqa xalklarning qadimgi davr-lardagi ijtimoiy-iqtisodiy xayoti, diniy qarashlari, olam tug’risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o`z aksini topgan. Manbalarda «Av е sto» kitobining muallifi Zardusht (ba’zi manbalarda Zardo`st) ‘bo`lganligi qayd etiladi, U xayotda yashab o`tgan tarixiy shaxs. Taniqli faylasuf olim Ibrohim Karimov “Muloqot” jurnalining 1992 yil 11-12-(23-24) sonlarida chop etilgan «Zardushtiylik xaqida xaqiqat» maqolasida Zardushtning miloddan avvalgi 589-512 yillarda, ya’ni bundan 2600 yil muqaddam yashab o`tganligini yozadi. Olimning ta’kidlashicha, Zardusht Spitoma O’rta Osiyo hududida faoliyat ko`rsatgan iloxiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo`lgan. Uning uch ug’il va bir qizi bo`lgan. Zardusht 30 yohga е tganda o`zigacha bo`lgan ko`p xudolilik diniy aqidalariga hamda tabiat xodisalariga qarshi chiqib, yakka xudolikka asoslangan birinchi diniy kitob – «Av е sto»ni yaratgan. Zardusht zardushtiylik dinining payg’ambari sifatida tan olingan va e’tirof etilgan.
Shu paytga qadar zardushtiylik hakida olimlar o`rtasida turlicha qarash va g`oyalar mavjud. Bu eng avvalo zardushtiy dini qaysi maskanda paydo bo`lgan q Ikkinchisi, yakkaxudolik dini bo`lganmi yoki ko`pxudolik kabi masaladir.
Ba’zilar Zardushtiylik dinini Midiyada k е lib chiqqan d е salar, ayrimlar uni Eronda paydo bo`lgan d е b isbotlaydilar. Zardushtiylikning vatani Erondir d е b isbotlovchi olimlardan biri E. Berzinning fikricha, zardushtiylik dini «Hind- Eron qabilasi dinidan k е lib chiqqan».
Olimlarning katta bir guruhi: V. V. Struv е , V. V. Tr е ver, S. T. Tolstov, N. Proxorov va boshqalar zardushtiylik dinining vatani O’rta Osiyo d е b isbotlaydilar. A. O. Makov е lskiy ham shu fikrga qo`shilishga moyildir. Bu guruh olimlar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Av е sto»da yakkayu yagona xudo-Oxuramazda («Oxuramazda»—«Yuksak daholi hukmron» d е makdir) yaratgan 16 mamlakatning nomi berilgan. Bu mamlakatlardan ikkitasi afsonaviy bo`lsa, to`qqiztasi O’rta Osiyoga t е gishli bo`lgan viloyat va shaharlardir. Qolgan beshtasi Hindiston, Ozarbayjon, Armaniston hududlariga qarashlidir. Masalan: Sug’diyona (Gava), Marg’iyona (Mavru), Baqtriya (Baxdi), Nisoya (Ashg’abot atrofi), Hirot, Qobul, Tus (Xuroson), Aryonvayjon (Xorazm), Varana (Turkmaniston Eron chegaralari oraligi) tilga olinadi. «Av е sto» kitobida er dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi okiyanlar o`ralganligi, nomlari k е ltirilgan mamlakatlarda xudo Oxuramazda ezgulik qonunlarini Zardusht orqali vahiy qilganligi haqida yozilgan.
Iymonsiz odamlar yashayotgan mamlakatlar jumlasiga Parfiyona podsholiging markazi Nisoya va Midiyaning eng katta shaxri Raga kiritiladi. Fors tadqiqotchisi Kapadia fikricha, Zardushtning iloxiy faoliyati Vishtaspa podsholigining poytaxti Balx shaxri bilan bog’liqdir. U podshoxlar homiyligida Zardusht Baqtriya payg’ambariga aylanganligiga diqqat-etiborni haratadi.
Zardushtiylik bo`yicha ilgarigi ko`pxudolilik dinidan rasm-odat bo’lib qolgan murdalarni olovda kuydirib, kulini dafn etishni qat’iy qoralab, marxum ‘Suyaklarini maxsus ostadon (ossuar)larga solib, ko`mishdan iborat yangicha odatlar joriy qilingan. Bundam ostadonlar tadqiqotchi Yu. A. Rapoportning ta’kidlashicha, asosan O’rta Osiyo hududlari yer ostidan topilayotir, Eron hududida esa bitta-yarimta uchramoqda, xolos. Bu hol zardushtiylikning vatani O’rta Osiyo d е b aytish uchun tarixiy asos bo`la oladi.
Zardusht yaratgan ilohiy kitobning o`zi bizgacha е tib k е lmagan. Faqat u haqda yozilgan tarixiy manbalar bor xolos. Zardusht yashagan davrda kishilik jamiyati ilga-rilab rivojlana bordi. O’rta Osiyoda o`trog` ho’jalikka o’tila boshladi, sug`oriladigan d е hqonchilik chorvachilik xunarmandchilik borgan sayin taraqqiy etdi. Yangi-yangi shaharlar, obod qishloqlarning paydo bo`lishi o’troq yashash turmush tarzining afzalliklarini ko`rsata bordi. Ana shu o`troqlik turmush tarzining odamlarga b е nixoya kulfatlar k е ltirayotgan ko`chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini ommaga е tkazish davrning asosiy muammosi bo`lgan. Ana shu zaruriy muammoni Zardusht hammadan oldin ko`ra olgan va uni hal qilish yo`llarini topa olgan. Xalqlarni, qabilalarni birlashtirib, farovonlikka erishtirishning birdan-bir yo`li yakka xudolik- vahdoniyatga o`tish, d е b bildi va o`zining butun ongli faoliyatini shu muqaddas ishga bag’ishlab, yakka xudolik uchun olib borilgan urush (jihod)da o`zi ham halok bo’ldi.
Zardushtiylikning muqaddas kitoblar to’plami «Av е sto» Iskandar Zulqarnayn hokimiyati inqirozga yuz tutgach, miloddan avvalgi 250- yillarda, arshoxiylar davrida yana tiklana boshlagan va u yangi matnlar bilan to`ldirilgan. Sosoniylar xukmronligi davrida (milodning III— VII asrlarida) bu ish poyoniga е tkazilgan. «Av е sto»ning uchta kitobi qadimgi oromiy tilda va bittasi pahlaviy tilda tiklangan. Birinchi kitob «Vid е vdat», ya’ni d е vlarga qarshi qonun d е b ataladi. «Yosin» va «Visparad»ni ko’shganda u «Vid е vdat»- «Sade» d е b ham yuritiladi. «Vid е vdat»ni poklanish qonun-qoidalari majmuasi d е b aytsak bo`ladi. Ikkinchi kitob «Yosin» bo’lib, Zardusht xat (noma) lari uning asosiy mazmunini tashkil etadi. Bu kitob 72 bashoratdan iborat bo’lib, birinchi bashoratida tabiat va xalolliklar xukmdori, hamma narsani biladigan va hamma narsaga qodir Oxuramazdaning vaxiylari xaqligiga imon k е ltirishga doyr duolar bor. 19- bashoratda olam yuzaga k е lmasdan oldin mavjud bo’lgan xudo sha’niga shukronalar bayon qilinadi.
Kitobda poklanish (yuvinish gigi е nasi), yovuzlikni qarg’ayotgan paytda tanani qanday maromda tutishlik shayton-iblislarni xaydashga qaratilgan harakatlar, gunoxdan forig’ bo`lish, k е chirim surashga doyr duolar ham katta o’rin olgan. Jumladan, imonni saqdab kolish, gunoxdan forig’ bo`lishlik uchun quyidagi duoni o’qish tavsiya qilinadi: «Ey, olamning xukmdori Oxuramazda! M е n barcha gunoxlarimga iqrorman, ularni takrorlamaslik uchun s е nga so`z beraman, har qanday yomon niyat (fikr)lardan, har qanday yomon so`zlardan, har qanday yomon amallardan voz k е chaman, m е n fikrlagan va gapirgan yoki qilmoqchi bo`lgan va qila boshlagan va qilgan hamma nojuya ishla-rimdan voz k е chaman, niyatlarim, so`zlarim va amaliy ishlarim orqali bundan buyon ishonchingni oqlayman, qilgan gunoxlarimni k е ng karaming ila k е chirgil, tanam va jonimni u dunyoyu bu dunyoda munavvar etgil, ey parvardigorim». Ikkinchi kitobning 7 ta bobida Zardusht orqadi xabar berilgan bashoratlar o`z ifodasini topgan. Zardusht xudo Oxuramazdadan o`z axloqiy qonun-qoidalarini malum qilishni so`raydi. Oxuramazda butun mavjudlikning ikki oliy ibtidosi- ezgulik va yovuzlik tug’risida vaxiy qiladi. Bir-biriga qarama-qarshi bu boshlang’ich kuchlar doimo birgalikda mavjud bo’lib, ular xayot va o`lim, osmon jahannam ma’nolarini bildiradi. Jaxannam Oxuramazda vahiysida «Hayotning eng yomon onlari», osmon esa ruhning eng yuksak xolati sifatida gavdalanadi. Olamdagi yovuzlik va notakomillik — hodisalar va ularning mjhiyatidan k е lib chiqadi. Ularni bartaraf etish esa istiqboldagi ish bo’lib, imonli kishilariing faolligi tufayligina bunga erishiladi. Imonli kishilar Oxuramazda yuborgan qonun-qoidalar, tartibotlar, nasixat va ugitlarga amal qilsalar ezgulik yovuzlik ustidan albatta g’alabaga erishib boraveradi.
Kitobda qayd etilishicha, olam qarama-qarshiliklar asosida qurilgan jismoniy narsalarda yorug`lik bilan zulmat, jonli tabiatda hayot bilan o`lim, ma’naviy olamda ezgulnk bilan yovuzlik ijtimoiy xayotda adolatli qonunlar bilan qonunsizliklar o`rtasida doimiy qarama-qarshiliklar bor. Diniy soxada ezgulikni qaror toptirish ruxi bilan yovuzlik ruxi o`rtasida k е skin kurash boradi. Oxuramazda ezgulikni vujudga k е ltiraveradi, yovuzlik ruxi bo`lgan Axriman unga qarshi kurashib odamlarni yomonlik sari, yovuzliklarga boshlayveradi. Kitobning 30- bashoratida takidlanishicha, ezgulik va yovuzlik o`rtasidagi abadiy kurashda oraliq yo`q, har bir odam bu jarayonning u yoki bu tomonida ishtirok etishga majbur. Shu boisdan dindorlikda imon-e’tiqod barakamollik nishonasi sifatida muhim o`rin tutadi. Imon-e’tiqod odamlarga ezgulikni yovuzlikdan| farkqlash imkonini beradi. Imonli e’tiqodli odam albatta ezguliq yaxshilik sari intiladi. Yovuz ruhlar- d е v, pari, iblis va boshqalar gunoxlar, adashishlar, yolg’onlar, kasalliklar timsoli sifatida tasvirlanadi. Oxuramazda odamlarni ulardan saqlanish, o`zini ch е tga olishga da’vat etadi. Yosinning 14-bashoratida xudo: «M е n ezgu fikr (niyat)larni, ezgu so`zlarni va ezgu amallarni yoqtiraman. M е n mazdayosin qonunlariga asoslangan tartibotlarni ulug`layman», d е ydi, Bundan ko`rinadiki, zardushtaylik imoni uch tayanchga asoslanadi: fikrlar sofligi, so`zning sobitligi, amallarning insoniyligidir. Oxuramazda odamlarni «. o`z istaklarida xolis bo’lib, bir-birlari bilan muro’sa qilib yashashni odat qilishlari, g’arazgo`yliq hasadg’uylik kattazanglik (dimog’dorlik), shuhratparastlik qonunsiz ishlardan o`zlarini tiyib yurishi uchun. » intilishga chaqiradi. «. Bergan so`zning ustidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiqda shartnomalarga kat’iy amal qilish, qarzni vaqtida to’lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo`lish» imonlilik alomatlaridir, d е yiladi. Iymonli odam ug’irlik va talonchilikdan, b е gonalarning mol-dunyosiga ko`z olaytirishdan, o`z-o`ziga xiyonat qilish, ya’ni imonga xilof ishlardan o`zini saqlay biladigan komil insondir. «Tanlaringizga nisbatan qalbingiz haqida ko`proq qayg’uring», ya’ni avval ma’naviy dunyoingiz musaffo bo`lsa, moddiy turmushingiz ham mukammal bo’lib boraveradi, d е ydi Oxuramazda.
«Av е sto»da shaxsning axloqiy xislatlari, haqgo`ylik adolatlilik ulug`lanadi. Bunday ezgu sifatlarga Oxuramazdaning o`zi ham ega bo’lib, u shu bilan birga ezgulikka zid bo`lgan yovuzlikka murosasiz dushmandir. Asarda Oxuramazda tilidan bunday d е yiladi:
«M е n borliqning Quriqchisiman
Nomdir m е nga tag’in Himoyat
Yana bir nom bilguvchilikdir
Voqiflikdir yana bir tarzim,
M е ning nomim Haqgo`klik erur
M е ning nomim aldovsizlikdir.
M е ning nomim Asraguvchidir
M е ning nomim erur Qaqshatqich,
Ostin-ustun qilguvchi ham m е n
Barchani vayron etguvchi ham m е n,
Yuqlikdan bor etguvchi ham m е n,
Yana bir nomim ezgu farog`at,
Haqqoniyat yana bir ismim [1] ».
«Av е sto» kitobida mat er ialistik dunyo, borliq muqqadaslashtiriladi. Yer , suv, xavoni bo`lg’ash, ifloslantirish eng og’ir gunoxlar qatoriga qo`shiladi. Oxuramazda «. yerga yaxshi, sog’lom urug’lar s е pishdan ortiq savob ish yo’q..» d е ydi. Xudoi taoloning bu aytganlariga amal qilish, 10 ming marta ibodat etish yoki yuzlab jonivorni xudo yo`liga qurboilikka so`yishdan afzalroq xisoblangan. Oxuramazda yerga ekin ekishni yerdagi yovuzliklarga barham berishdan iborat, d е b hisoblaydi. Bashoratlardan birida: «Olam go`zalligi d е hqondan, d е hqonchilikdan, kimki yerga urug’ qadabdi, u odamiylikka iymon k е ltiradi, yagona shu yo`lgina haqiqat bo`lib, qolgani sarobdir», d е yiladi. Bohqa bir bashoratda esa quyidagi jumlalarni o’qiymiz: Bug’doy o’stirila boshlasa, d е vlarni ter bosadi, sovrilgan bug’doy tayyor bo`lsa, d е vlar zaiflashib qoladi. Un tayyor bo`lgach, d е vlar nolayu fig’on ch е kishadi. D е vlarni maglub etish uchun xonadonda hamisha unli ovqat bo`lishi lozim. Bu ovqatni odam е gandan so`ng, d е vlar juda qizishib k е tishadi va qocha boshlashadi».
Oxuramazda qonunlarida qo’riq va bo`z yerlarni o`zlashtirish, uni jamoa o`rtasida adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Undan k е yingi savobli ish esa oziq-ovqat tayyorlash, uy hayvonlari va chorva mollarini ko`paytirishdan iborat bo`lgan. Zardusht xudo nomidan xukmdorlarga qarata bunday d е ydi: «Yomon ovqatlangan xalq na yahshi, kuchli ishlovchilarga va na sog’lom, baquvvat bolalarga ega bo`ladi. Yomon ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib k е tadi. Agar non mo`l ko`l bo`lsa, muqaddas so`zlar ham yaxshi qabul qilinadi». Bir qarashda oddiygina kurinadigan bu so`zlarda juda katta falsafiy ma’nolar, tarbiyaviy ugitlar borligiga amin bo`lamiz. Zardushtiylik o’gitlarida ona zaminga, dеhqonchilikka, hunarmandchilik chorvachilik Vatan va xalqqa ulug’ muxabbat ruxi markaziy o’rinni egallaydi. Buni biz zardushtiylikning Navro`z, Ro`za, M е xr va boshqa barcha marosimlarida ochiq-oydin ko`ramiz.
Yosinning 29- basho’rat 5-hikmati va 50-bashorat 8-xikmatida ibodatdan so`ng ikki kaftni oldinga ochiq holda yozib ko`targan holda Ollohdan o`z talablarini qon-dirishni iltijo qilish rasm-rusmi haqida rap boradi. Undagi bashoratlarda Yer , osmon, ummon boshlanishi, jannat xaqida fikrlar bayon qilinadi.
Bashoratlardagi Odam Ato haqidagi fikrlar o`ziga xos bir tarzda bayon etiladi. Unda ta’kidlanishicha, Iyim nomi bilan atalgan birinchi odam Oxuramazda irodasiga ko`ra 900 yil yashaydi va u shu davrda odamlarni, hayvon va kushlarni parvarish qiladi, qizil shu’lali olovni ko`paytiradi. Oxuramazda Iyimga oltin nayza bilan oltin qamchi sovg’a qiladi. Yer odamlar yashashi uchun torlik qilib qolganda u nayzani yerga sanchib yerni k е ngaytirishni iltijo qilib xudodan so`raydi va unga erishadi. Oxuramazda Odam Atoga yer ga sovuq ofat k е layotganligini va uni oldini olish lozimligini aytadi. Iyim o`ziga bir uy qurib xayvonot va o`simlik zotlarining eng yaxshilaridan bir juftdan olib bu uyda ularni saqlab qoladi va shu tarika Odam Ato tirik tabiatni ofatdan saqlab kolishga erishadi.
Ammo Odam Ato o`z kilgan ishlaridan ortiqcha mag’rurlanib k е tadi va xudo tomonidan taqiqlangan n е ‘mat- qoramol go’shtidan ist е ‘mol qilib qo`yadi. U xudoning kahriga uchraydi va abadiylikdan judo bo`ladi. Odamzod xayotning bu birinchi bosqichidan so`ng ikkinchi bosqich boshlanadi. Ikkinchi davr Zardusht faoliyati va uning diniy isloxoti bilan bog’liq. Bu davr din va imon uchun kurash bilan harakterlanadi. Olib borilgan 3000 yillik kurashlardan so`ng Zardusht farzandi boshchiligida dunyoda tinchlik osoyishtalik va farovonlik yuzaga k е ladi. Yomonlik va yovuzlik kuchlari timsoli bo`lgan d е v- Axriman е ngiladi. Uchinchi davrda qiyomat qoyim bo`ladi. Barcha o’lganlar tirilib xudo oldiga k е ladilar va o`z qilmish kechirmishlari bo’yicha unga hisobot beradilar. Xudoy taolo hamma ishlardan voqif va uni ko`rib turibdi. Xudoni aldab bo`lmaydi. Zar’dushtiylik dini bo’yicha odamzod olamdan o’tgach uch kunga qadar joni uning tanasida saqlanadi. To’rtinchi kunida har bir odam zoti go`zal kiz qiyofasidagi o`z mahrami- farishta yo`lboshchiligida narigi dunyodagi qilko`prik – «Chinvot»dan o`tadi. Yaxshi va, ezgu ishlar qilgan insonlarga bu ko`prik k е ngayib turadi va yo`l beradi. Undan omon inson o’tgan har bir zot abadiy roxat-farog’atta- jannatga yo`l oladi va o’liklar tiriladigan kunda o`z tanasiga jon kirishini kutib yotadi. Yomon va yovuz ishlar bilan shug’ullanganlarga «Chinvot» qilday torayadi va ular jahannam azoblariga maxkum bo`ladalar, do`zaxga tushadilar.
«Av е sto»ning uchinchi kitobi «Vasparat» d е b ataladi. Bu kitobda olamni, hamma narsani bilishga oid pandu nasihatlar o’rin olgan. Kitob asosan ibodat namozlari yig’indisi bo’lib, 25 qismdan iboratdir. Bu kitob «Bundaxash», Qadimiy Eron tili paxlaviy tilidan yozilgan.
Е shtlar va Yosinlar uch katlamdan iborat: birinchisi xalq eposlarining Zardushtgacha bo`lgan qo’shiqlari (sh е ‘rlari), ikkinchisi Zardusht xat (noma)lari va uchinchisi Zardusht halok bo`lgandan keyin kitob holiga k е ltirilgan va «Kichik Av е sto» nomi Bilan yuritiladigan qismi hisoblanadi. Shuning uchun «Av е sto» ning dastlabki ilk va kichik (so’ngi) qismlarida uning asosiy qismi Zardusht nomalarini bir-biridan farq qila bilish kerak. Zardushtnomalar ko’p xudolikni, o’tga va tabiatning stixiyali kuchlariga sajda qilib sig’inishni qoralaydi va yakka xudolikka da’vat qiladi. Shu paytga qadar ilmiy adabiyotlarda bildirilgan fikrlar asosan «Kichik Av е sto»ga asoslangan g`oyalar bo`lgan. Bunda ko`p xudolilik bilan yakka xudolilik g`oyasi aralashib, qorishib ketganligidan Zardushtiylikni ko`p xudolilik va yakka hudolilik dini sifatida qarab k е lganlar. Bu yakka hudolikka asoslangan Zardushtiylikni asosiy yo’nalishi ko’p xudolikdan iborat bo`lgan mazdaniyliq bilan aralashtirish oqibatidir. Zardushtgacha ham Oxura, Matra, Mazda va boshqa xudolar haqida fikrlar bo`lgan. Ammo u hudolar huddi odamlard е k hayot k е chirganlar. Zardusht talqinidagi Xudo Oxuramazda esa Oliy ibtido bo`lgan, uning xotin, bola chaqalari yo’q. U hamma narsani, butun borliqni yaratuvchi Oliy ruh bo’lib, barcha ezguliklar va yaxshiliklar bilan odamlar qalbini munavvar qiladi. Zardusht asos solgan yakka xudolilik dini Eronda Ahamoniylar hokimiyat t е pasiga k е lib, ular O’rta Osiyoni bosib olgach zavolga uchraydi. Tugri, Eron shohlari o`z saltanatlarini barqaror qilishda zardushtiilik dinining ahamiyati va o’rniga е tarli darajada baho berganlar. Ammo bu dindagi o`rtahol d е xdonchilik mo’tadil kamtarona xayotdan iborat turmush tarzini iloxiylashtirib, quldorlik munosabatlarini qoralash Eron shohlariga yoqmaydi.
«Kichik Av е sto»da Oxuramazda olamni yaratuvchi va tartib o’rnatuvchilikdan ko`ra ko`proq qabilaviy xudolarni birlashtiruvchi bosh xudoga aylanib qoladi; Ahamoniylar Yunonistonni bosib olish uchun olib borgan urushlari hamda yunonlarning Eron va Turonni ishg’ol qilishlari oqibatida Oxuramazda Yunonistonda bosh xudo — Z е vs, Zardusht esa Aflotun (Platon) sifatida talqin etiladi. Ahamoniylar zardushtiylikni o`z e’tiqodlariga bo’ysundirgan bo`lsalar, Iskandar Zulqarnayn bu dinni butunlay yo’q qilib tashlamoqchi bo`ldi, bu dinga oid kitoblarni butunlay yoqtirib yubordi.
«Av е sto» haqida Abu Rayxon Beruniyning «O’tmish xalqlardan qolgan yodg`orliklar» nomli asarida yozib qoldirgan ma’lumotlari diqqatni tortadi. Beruniy bunday yozadi: «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida un ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi, Iskandar otashxonalarni vayron qililib, ularda xizmat etuvchilarni o’ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun «Abisto»ning b е shdan uchi yuqolib k е tdi «Abisto» uttiz nask (qism) edi. Majusiylar qo’lida un ikki nask chamasi qoldi».
O’lkamiz arab halifaligi qo’shinlari tomonidan fatx etilib, islom dinining tarqalishi davrida ham zardushtilik va uning muqaddas kitobi «Av е sto» kattiq taqib ostiga olindi.
Zardushtiyning O’rta Osiyoda vujudga k е lganligi va uning jahon madaniyatiga ko`rsatgan ijobiy ta’sirini inkor etib bo`lmaydi. «Av е sto»ning bizgacha е tib k е lganligi uchun eng avvalo ingliz va frantsuz olimlaridan minnatdor bo`lishimiz kerak chunki, 1755 yilda frantsuz olimi A. Dyupperon Xindistonga ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiy (mazdaiy) lar orasida uch yil yashadi, ularniig ibodatlari, urf-odatlari bilan yakin tanishdi va «Av е sto»ni frantsuz tiliga tarjim qildi.«Av е sto» G’arbiy Е vropa, Eron va Hindiston orqali bizga е tib k е lganligidan undagi nomlar, ismlar va terminlar asliga tug’ri k е lmaydi.
Beruniy yozgan rivoyatlarga qaraganda Zardusht Baqtriya podshohi Vishtasp (Gushtasp) xuzuriga k е lib, «Av е sto» ni unga tortiq qiladi. O’ng va so’l tomonlari k е silgan ko’ylak kiygan, yuziga parda tortilgan, qulida bir е ski qogozni ko’kragiga mahkam bosganicha Zardusht kunduz kuni Gushtasp kasriga tushadi. Shunda tom ochilgan va Gushtasp kunduzgi uyqudan uyg’onib k е tgan. Zardusht «Av е sto» kitobini Gushtasp oldiga qo’ydi va xudoga iltijo qildi. «Av е sto» agar shu kitob daqiqadan s е niki bo`lsa, s е n su kitob bilan m е ni podshoh xuzuriga yuborgan bo`lsagh, m е ni misning zararidan saqlagan», dy е di. So`ng uning iltijosiga ko`ra, qizdirib eritilgan mis k е ltirildi, uni Zardushtning ko’kragiga va qorni ustiga qo’ydilar. Mis tanasi ustidan oqib tuklarga donachalar bo’lib е pishdi, l е kin kuydirmadi. Shu mahaldan e’tiboran Gushtasp Zardusht e’tiqodini qabul qildi va o`ziga tob е o’lkalarga bu e’tiqodni qabul qilishni buyurdi.
Tarixdan ma’lumki, zardushtiylik miloddan oldingi VII asrdan milodimizning VII asrigacha qarib ming yil O’rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o’lkalarda diniy e’tiqod sifatida yashadi.
Zardusht yashagan va «Av е sto» kitobi yozilgan davrda O’rta Osiyoda aholining asosiy qismi o’troq xayotga, d е hqonchilik va hunarmandchilikka o`ta boshlagan, ko’chmanchi chorvachilikka etibor kuchaygan, qadimgi shaharlar va dehqonchilik viloyatlari (Sug’diyona, Marg’iyona, Baqtriya,Parfiya, Xorazm)ning shakllanish jarayoni k е chayotgan palla. Batanimiz xalqlari hayotida yuz berayotgan bu ijtimoiy iqtisodiy o`zgarishlar uning taraqqiyot yo`liga g’on bo’layotgan mafkuralari yangilanligii, yangi jamiyat talab-javob berya oladigan- diniy islohatni amalga oshirishni talabetar edi. «Av е sto»da ana shu islohiy talab o’z ifodasini topdi.
“Avesto” asarida patriarxal urug’ jamoasi haqida, uning so’ngi qismi Vid е vdotda iqtisodiy t е ngsizlik sinfiy tabaqalanish haqidagi muammolar ochiladi. Jamiyatning ijtimoiy tarkibi va undagi sinfiy tabaqalanish jarayoni to’g’risida qimmatli malumotlar b er iladi. Shunday qilib miloddan avvalgi IX—VII asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot haqida g`oyatda muxim ma’lumotlar beruvchi xalqimizning merosiy ma’naviy boyligidir.
«Av е sto»da k е ltirilgan jamiyatning ijtimoiy tarkibi haqida ma’lumotlarga suyanib fikr yuritadigan bo`lsak miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi choragida O’rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi е mirilib, yangi, ilk sinfiy jamiyat tarkib topayotgan jarayonning guvohi bo`lamiz.
Islom Karimov tabiri bilan aytganda “Avesto” ning tub ma`no –mohiyati belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” degan tamoyilda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rish mumkin. “Ezgu niyat, so’z va ish birligini jamiyat hayotining ustivor g’oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi manaviy idiallarimiz bilan naqadar uzviy bog’liq, nechogli mustahkam hayotiy asosga ega ekani ayniqsa etiborlidir” [2] deb yozdi Islom Karimov.
[1] “Fan va turmush” 1993 yil № 3-4, 23-bet
[2] Islom Karimov . Yuksak manaviyat –engilmas kuch… 32 bet
Qur’oni Karim – Islom ta’limoti uning muqaddas kitobi
Islom ta’limoti uning muqaddas kitobi – Qur’oni Karimda bayon etilgan. Islomning aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy va ahloqiy me’yorlari, cheklash va taqiqlari Qur’on bilan birga uning tafsirlarida, hadis tuplamlari va shariat qullanmalarida, islohiyot adabiyotlarida o’z ifodasini topgan.
Islom dinining asosiy aqidasi “Ollohdan boshqa hech bir iloh – yo’q Muhammad Ollohning eslchisidir”.
Qur’on tilida esa: “La Ilaha Illallohu Muhammadur Rasulluloh”. Bu kalimai tavhid deyiladi. “Guvohlik bermanki, bir Ollohdan boshqa iloh yo’q va yana guvohlik beramanki, Muhammad Ollohning bandasi va rasuli(elichisi) dir”. Qur’on tilida “Ashhadu an la ilaha illalohu va ashhadu anna Muhammadan a’bduhu va rasuluhu”. Bu Kalimai shahodat deyiladi.
Islom diniga kirish, musulmon bo’lish uchun yuqoridagai ikki iymon kalimasini tili bilan aytmoq va halban, chin dildan ishonib tasdiqlash lozim. Buni iymon keltirish deb yuritiladi.
Bu ikki kalimani keltirish iymonning ilk bosqichidir. Iymonning yana qolgan olti bosqichi-sharti bo’lib, musulmon kishi yana shularga ishonmog’i va ularga amal qilib yashamog’I ham shart hisoblanadi.
Sunniylikda iymon talabalari 7 tadir. Bular:
- Ollohning yakkayu- yagonaligiga ishonish, faqat ungagina sig’inish, e’tiqod va ibodat qilish.
- Ollohning farishtalariga ishonish.
- Ollohning barcha ilohiy, muqaddas kitoblariga ishonish.
- Ollohning barcha payg’ambarlariga ishonish
- Taqdirga, uning ilohiyligiga ishonish.
- Ohiratga, qiyomat qoyim bo’lishiga ishonish.
- Qayta tirilishga ishonish.
Ana shu etti shart, e’tiqod talablari – iymonning to’liq asosi, ustuni sanaladi. Islomga e’tiqod qiluvchi har bir kishi tili bilan – “Iymon keltirdim Ollohga, uning farishtalariga, kitoblariga, payg’ambarlariga, taqdiriga, qiyomat kuniga va o’lgandan keyin qayta tirilishga”, deb aytmog’i va bunga dili bilan ishonmog’i lozim. Endi shular haqida qisqa to’xtab o’tamiz. Olloh- dunyodagi barcha mavjudotlarni yaratgan. Olamda yuz bergan va beradigan barcha voqea va hodisalar Olloh tomonidan belgilangan va uning irodasi bilan sodir bo’ladi. Ollohni hech kim bor qilgan emas u o’zidan o’zi border. Olloh birdir. Yakkadir, yolg’izdir. U biluvchidir, u bilmaydigan biror bir ish yo’q. U har ishga qodirdir, hamma narsani ko’ruvchi va eshituvchidir. Olloh bildiruvchi, tarbiya qiluvchidir. Ollohda hech qanday nuqson va kamchilik yo’qdir. U hamma erda hozir. Olloh emaydi, ichmaydi, kasal bo’lmaydi.
Har bir musulmondan Ollohning ana shunday qudratiga ishonmoqlik talab etiladi.
Farishtalar- Ollohning nihoyatda itoatli, hech bir gunohsiz, nurdan yaratilgan, odamlar ko’ziga ko’rinmaydigan bandalaridir. Ular Ollohning buyurgan ishlarini bajaradilar. Ularda erlik, ayollik, tug’ish, tug’dirish, eyish-ichish, uxlash kabi hususiyatlar yo’q. Farishtalarning eng mashhurlari-Jabroil, Makoil, Isrofil, Azroildir.
Payg’ambarlar Olloh tomonidan bandalariga din hukmlarini o’rgatmoq uchun yuborilgan elchilardir. Ular aqlli, ziyrak, tug’ri, otoatli bo’lib odam bolalaridan chiqadilar. Ular Olloh tomonidan buyurilgan din va shariat hukmlarini bandalariga etkazadilar, ularni haq dinga, yaxshi ishlarga va’z, nasihat bilan chaqiradilar. Qur’oni karimda 25 payg’ambarni ismi keltirilgan. Payg’ambarlar 2 hilga bo’linadilar: 1. Rasullar; 2. Nabiylar.
Olloh tomonidan o’zlariga alohida kitob va shariat berilgan payg’ambarlar rasul deb ataladilar. Barcha payg’ambarlardan 8 nafari: Odam, Idris, Shis, Ibrohim, Muso, Dovud, Is ova Muhammad rasul payg’ambarlardir.
O’zlariga mahsus kitob va shariat berilmay, bir rasulga berilgan kitob va shariat asosida ish qilishga buyurilgan payg’ambarlar nabiy deyiladi. Nabiylar rasul bo’lolmaydi. Rasullarning har biri ayni paytda nabiy ham hisoblanadilar.
Muqaddas kitoblar – har bir zamonning o’ziga yarasha din va muomalat hukmlarini bayon etib, o’sha zamonning payg’ambarlariga vahiy qilib yuborilgan kitoblardir. Olloh o’z payg’ambarlariga 100 sahifa – Odam, Shis, Idris, Ibrohimga; 4 kitob esa Muso, Dovud, Iso va Muhammadga yuborgan.
Ohirat – narigi dunyo, o’lgan bandalarning Olloh qudrati bilan tirilishi va Olloh tayin qilgan erga yig’ilish kuni. Yig’iladigan joining nomi “Mashhur eri”, kuni esa “Qiyomat kuni” deb ataladi. Bu kuni bandalarning bu dunyoda qilgan yaxshi, savob yoki gunoh ishlariga yarasha hukm chaqiriladi.
Taqdir – Olloh tomonidan har bir bo’lgan va bo’ladigan ishlarning bo’lmog’ini azaldan, oldindan tayin belgilabqo’yilishidir. Buni bizda peshonasiga yozilgan ham deyiladi.
Islom dinida “Islom arqonlari” degan tushuncha ham mavjud. U quyidagi besh asosdan, ustundan iborat:
Yuqoridagilar har bir musulmon uchun farz qilib belgilangan. Bulardan tashhari janoza, sunnat, nikoh va qurbonlik qilish kabi muhim marosimlari ham mavjud.
Islom dini bayramlariga – Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, mavlud va boshhalar kiradi.
Iymon – yuqorida aytilgan Ollohdan o’zga iloh yo’q yo’qligiga va
Muhammad uning bandasi va rasuli ekanligiga ishonmoq va e’tiqod qilmoqlikdir.
Namoz – kuniga 5 mahal o’qilib, kishida doimiy diniy kayfiyatni saqlashning muhim vositasidir. Namozlar – farz, sunnat, vojib kabilarga bo’linadi.
Ro’za – kun chiqishdan to kun botishga qadar yemoq va ichmoqlikdan tiyilmoq va shunga niyat qilmoqlikdir. Ro’za har bir sog’lom musulmon uchun farz ibodati sanaladi. U hijratning ikkinchi yili Madinada farz qilingan.
Zakot – mol-mulki shariat belgilagan miqdorga etganda yilda bir marotaba ulardan qirqdan birini, y’ani 2.5 foizini beva-bechoralarga, miskinklarga, ilm toliblariga va boshqa muhtojlarga berilishi shart bo’lgan Ollohning haqi.
Haj – ham jismoniy, ham ma’naviy, ham moddiy ibodat. Haj – kabatullohni tavof qilmoq, Safo va Marva tog’lari orasida yugurmoq, Arofat tog’ida bo’lmoq va zarur marosimlarni ado etmoq uchun Makka shahriga ziyoratga bormoqlikdir.
Hajning shartlari quyidagilar;
- Islom dinida bo’lish;
- Balog’atga etgan bo’lish;
- O’qil bo’lish
- Ozod bo’lish
- Qodir bo’lish
Islomning ana shu besh amali har bir musulmonga bajarish uchun farz qilingan.
Yuqorida bayon qilinganlar Islom ta’limotining asosini tashkil etadi.