2023/2024 oʻquv yilidan:
8 sinf ona tili fanidan bilimlar bellashuvi testlari
Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, taʼlim sifatini oshirish maqsadida quyidagilar belgilanmoqda:
— 2023-yil 1-sentyabrdan har bir tuman (shahar)dagi bittadan maktabda oʻquvchilarni 2 ta xorijiy til va bitta kasb-hunarga oʻrgatish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
2023/2024 oʻquv yilidan:
— bosqichma-bosqich yangi oʻquv dasturlari amaliyotga kiritiladi;
— respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyiladi;
— davlat grantlari kollej va texnikumlarning dual taʼlim shakli boʻyicha ham ajratiladi.
2023-yil 1-apreldan maktabgacha taʼlim qamrovini kengaytirish maqsadida:
— yangi davlat bogʻchalarini koʻp kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki boshqa uylarni sotib olib tashkil etishga ruxsat etiladi;
— davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilgan yerda xususiy bogʻchani qurgan xususiy sherikka ushbu binoni mazkur loyiha uchun bank kreditlari boʻyicha garovga qoʻyishga oid cheklovlar bekor qilinadi.