O‘qish kitobi, 1 sinf, Shomuratova M, Ismatillayeva I, 2020
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу O‘qish kitobi, 1 sinf, Shomuratova M., Ismatillayeva I., 2020 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
“Pp” tovushi va harfi mavzusida 1-sinflar uchun dars ishlanma
Oqituvchi; Bu so`zda nechta tovush va harf bor? Xattaxtada pilla so`zining andozasini chizing o`quvchilar oynachalarga qarab P tovushini talaffuz qiladilar. p tovushi va unga xos xususiyatlar haqida tushuncha beradilar.
Dam olish daqiqasi.
Boqqa kirsam olmalar
Qip- qizarib pishibdi
Yerga to`p-to`p tushibdi.
Bo`gin tuzish o`yini
O`quvchilar o`quvchilar boshchiligida unli harflar bilan “p” tovushidan foydalanib , bo’g’inlar tuzadilar: po, pa, pi, pu, po’.Bu bug’inlarni avval o’qituvchi o’qib beradi, keyin navbat bilan o’quvchilar o’qiydilar. Shu o’rinda bo’g’inlar ishtirokida so’zlar tuzish topshirig’i beriladi. O’quvchilar “ pilla”, “parta “, “posbon” kabi so’zlarni aytadilar.
“So’z tuzish” o’yini. Xattaxtaga yozma harflar bilan “ko’prik”, “patir”, “kaptar”, “ipak”, “poyga” so’zlari ilingan. O’quvchilar kesma harflar yordamida shu so’zlarni yozadilar. “P” harfi so’zning qayerida kelayotganini aniqlaydilar.
”Darvoza” o’yini Bu o’yinda 2 nafar o’quvchi qo’llarini birlashtirib, darvoza shaklida turadi. Ularning orqasida o’quvchilar uchun tayyorlangan sovg’alar bo’ladi. Masalan qog’ozdan yasalgan gullar , mevalar shakli yulduzchalar,.O’qituvchi tomonidan o’yin ishtirokchilariga tarqatmalar beriladi. Ularga to’g’ri javob bergan o’quvchi darvozadan o’tib hohlagan sovg’asini olish huhquqiga ega. O’qituvchi tarqatmalarni qiziqarli usulda , ya’ni shar ichida gul barglarida mevalarga yozgan holda tayyorlash lozim.
Darsni yakunlash bu kabi o’yinlardan foydalanish, yangi mavzuning o’quvchilar xotorasida mustahkam o’rnatishiga xizmat qiladi. Dars yakunida o’quvchilarning ballari yigiladi, va darsga faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa “ Pp” tovushini o’rganib kelish.
O‘qish kitobi, 1 sinf, Shomuratova M., Ismatillayeva I., 2020
O‘qish kitobi, 1 sinf, Shomuratova M., Ismatillayeva I., 2020.
Учебник по чтению для 1 класса на узбекском языке.
Фрагмент из книги:
Yozda quyosh hamma yoqni qizdiradi. Havo issiq bo’ladi. Juda ko‘p gullar ochiladi. Kapa-laklar guldan gulga qo‘nib, uchadilar.
Mevalar, tarvuz va qovunlar pishadi.
Bolalar yozda maza qilib dam oladilar. Ular daryo va ko’llarda cho’milib, soya-salqin boglarda o’ynaydilar.
DO‘STLAR.
Muhabbatning tomog‘i og‘rib qoldi. U maktabga bora olmadi. Muhabbatning O’ktam va Sanobar ismli do’stlari bor edi. Ular har kuni kelib, Muhabbatga masala va misollar yechishni o’rgatishdi. Muhabbatga maktabdagi yangiliklar haqida so’zlab berib turishdi.
Muhabbatning tomog’i tuzalib, maktabga bordi. Bolalar masala va misollar yechishdi. Muhabbat ham qiynalmay yechdi.
— Muhabbat, senga bu masala va misollarni yechishni kim o’rgatdi? — deb so’radi o’qituvchi.
MUNDARIJA.
1-sentabr — Mustaqillik kuni.
Qo‘lni qo‘lga beraylik. M.A’zam.
Yozni eslab.
Yoz.
Arg‘imchoq uchamiz. A. Qosim.
Maktab.
Maktabda.
Maktabim. I. Muslim.
Lola — birinchi sinf o‘quvchisi.
Tabrik. T. Yo‘ldosh.
Uydan maktabgacha bo‘lgan yo‘limiz.
Svetofor. S. Ochil.
O‘qituvchi.
O‘zbekiston — Vatanim mening.
O‘zbekiston.
Qiyosi yo‘q. T. Adashboyev.
Toshkent.
Men tug‘ilgan o‘lka. Q. Hikmat.
Bizning qishloq.
Oltin qishloq. S. Barnoyev.
Kuz.
Kuz keldi.
Kuz. Sh.Sa’dulla.
Bog‘da.
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni.
Bozorda.
Qani, toping! T. Adashboyev.
«Do‘konda» o‘yini.
O‘zbek tili. R. Tolib.
Turnalar.
Oila.
Bizning oila.
Feruza aytgan qo‘shiq. S. Barnoyev.
Qo‘g‘irchoqqa ko‘ylak.
Bizning uy.
Mehnatsevar qiz.
Korxona.
Durdona.
Nima yaxshi-yu, nima yomon?.
Zarur narsa.
Har narsaning o‘z joyi bor.
Ertalab. Sh. Sa’dulla.
Do‘stlar.
O‘jar qiz.
O‘yinchoqlarni o‘ynab bo‘lib, joyiga qo‘ying.
Qo‘l nima uchun kerak?.
Anvar.
Qaysi biri oson?.
Nima yaxshi? P. Mo‘min.
Inoq bolalar.
Qulog‘i topildi. R. Qosimxojayeva.
Qish.
Qish boshlandi.
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni.
Qomusimsan — hayotim. S.Xudoyorov.
Qish. M. Ikrom.
Qushlarga don berdik.
Zahroning qushlari.
Kichkina qushcha. Sh. Sa’dulla.
Yangi yil bayrami.
Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi Rahmat, bolam! O. Xolmirzayev.
Rivoyat.
Odobli va mehnatsevar bolalar Orasta bo‘ling.
Tirishqoq va dangasa.
Xotira va qadrlash kuni Tilagim. Y. Sulaymon.
Yer-u osmon qo‘shig‘i. T. Ubaydullo.
Yoz yaqinlashmoqda Yozgi ta’til.
Yozda. P. Mo‘min.
Bolalar yozda nima qiladilar? Sayohatda.
Yoz kunlarida.
Mustaqil o ‘qish uchun hikoyalar Ona Yer. I. Rahim.
Qalam.
Odob.
Yaxshilik.
Maqtanchoq o‘rdak. A. Avloniy.
Pazanda. A. Qosimov.
Non bilan kitob.
Бесплатно скачать электронную книгу в удобном формате, смотреть и читать:
Скачать книгу O‘qish kitobi, 1 sinf, Shomuratova M., Ismatillayeva I., 2020 – fileskachat.com, быстрое и бесплатное скачивание.
Скачать pdf
Ниже можно купить эту книгу по лучшей цене со скидкой с доставкой по всей России. Купить эту книгу
“Alifbe bayrami”
-Assalomu aleykum aziz mehmonlar, mehribon ota-onalar, mehridaryo ustozlar va jajji kichkintoylar! Mana bugun, maktabimizda 1-sinf o`quvchilarning ustozlari yordamida alifbe sabog`ini olib, bilimlar saltanatiga ilk qadamlarini qo`yib turishibdi. Bugungi ularning “Alifbe bayrami” bilan tabriklab, quvonchlariga sherik bo`lib, sizlar bilan birgalikda musiqa sadolari ostida 1 “V”-sinf o`quvchilarni sahnaga chorlab qolamiz. (Musiqa kuylanadi, bolalar sahnaga chiqadi).
-Bugungi bayram tadbirimizni ochib berish uchun so`zni o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari Mirzayeva Muyassar Axatovnaga.
O`quvchi: Salom odobning boshi
Hamma bolalar: Assalomu aleykum!
O`quvchi: Har safar yangrasin
Har satri hikmatga to`liq madhiyam
(O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi)
Oquvchi: Bugun kata tantana
Doim bo`lsin an`ana
Kela qoling bolalar
Deymiz ming bor tasanno
O`quvchi: Bugun bayram sabablari
Ma`noli shirin so`zi
Qani Alfifbe o`zi
Baravar qarsak chalsak.
Hamma bolalar: Alifbejon kelaqol
Olqishlaymiz quloq sol!
(Davraga Alifbe kitobi kirib keladi)
Alifbe: Salom, aziz bolalar
Ochilgan gul lolalar.
Sizlar mening do`stimiz
Sho`x quvnoq shalolalar
O`quvchilar: Rahmat senga Alifbe
Rahmat senga Alifbe.
O`quvchi: Maktabga kelgan onda
Vatan qadrin bilibsiz
Asrangiz shu Vatanni.
O`quvchi: Mana endi alifbodan
Chiqib qoldi savodim.
O`quvchi: Alifbeni tugatdim,
Endi o`qiy olaman
So`zlarni qo`shb birga,
Jumla to`qiy olaman.
Alifbe kitobi: Juda yaxshi. Qani harflar tilga kirsin.
“A” harfiman azaldan,
Baquvvat, bardam, botir,
“B” harfi bo`laman.
Bunga kuchga kiraman.
Dilga dardkash, do`st-yorman
Etakchi “E” harfiman,
Ertaklar tinglab zehning,
Erta charxlab pishitgin.
Foydamni bilganlar ko`p.
Filday bardoshliman xo`p.
“G” harfi-gul, giyohman,
Go`zal gullar timsoli.
Go`yo go`dak misoli.
“H” harfiman hamisha,
Har qadamda hamrohman.
Hikmat, hadis, hikoya,
Hushyor hamda ogohman.
Ilmga intil, izlan,
Ishlashga topgin imkon.
Ibratli bo`lgin inson.
“J” harfiman jarangli,
Jozibador va jo`shin.
Jonimga jo joylaganman,
Jonajon Vatan mehrim.
Kamina kamtar “K”man,
Kamsuhan bo`l, ko`p dema
Kurash, intil, pand yema
“L” harfiman labbaylab,
Labimda lazzatli bo`l.
Laylo, Lobar, Lolaman,
Lafzim bor, izzatim bor.
“M” harfiman mag`rurman,
Maqtovim tushgan tilga.
“Mard maydonda sinalar”
Mehnatim manzur elga.
Nomim, nasibam ulug
“N” harfiman nomim bor
Noshukur, nodon bo`lma
Niholsan, o`zingni tut.
“O” man olam meniki
Oltin olma duo ol
Ota, ona, oftob,oy
Odob, olqish olib qol.
“P” harfiman pahlavon
Palov, oshga pazanda
Puxta, pishiq o`zimga
Pishib chiqdim qozonda.
Qoyil qilaman qarang
“Q” harfi quvvatliman
Qo`shilsachi qo`lga qo`l
“R” harfidan rahmdil
Rostgo`yman, risqim halol,
Rozi qilib rahmat ol.
“S” harfiman sifatim
Savlatim xos sakkizga
Samimiy do`stman sizga.
Turmushda “T” harfiga
Topilar turfa ta`rif
Tashakkur, to`g`ri topding
Tashvish tortmagin Zarif.
“U” harfi uzun, unli
Umuman nafas yutmang.
“V” harfiman vazifam
Xavf xatardan xabardor
“X” man xolis xokisor
Xotira xo`p xazina
Xasislarga dunyo tor.
“Y” harfim yo`qlasangiz
Yoq yerdan yo`ndoraman
Yo`l-yo`riq yo`l ko`rsatish
“Z” harfiman ziynatim
Ziyo sochar zarramda
Zo`rman zarur kerakman.
“O`” harfiman o`rtoqjon
O`qigan ishda o`zar
O`qib o`rgan erinma
O`qimagan el buzar.
“G`” harfiman g`amxo`rman
G`olib doim g`ayratli
G`alaba hamroh menga
G`oliblik g`oya totli.
Shavkatli “Sh” harfiman
Shayman sharaf shonlarga
Shunqor, sho`x, sharofatli
“Ch” harfiman chidamli
Chaqqon, chaqnoq, chaqinman
Men birikma harf “ng”
Chang, bongim, rang-barang
Zang urganda bakabang
So`lu o`ngga teng qarang.
Boshlovchi o`quuvchi: 1 “V”-sinf o`quvchi qizlar tomonidan “Xorazmcha” raqs ijro
Alifbe kitobi: Bolajonlar siz mendan
Ko`p narsalar bilibsiz
Fursat yetdi siz bilan
Do`stim o`qish kitobin
Endi taklif etaman.
O`quvchilar: Hayr Alifbe
Senga ko`p rahmat!
O`qituvchi: Qani bolajonlar, Alifbodan sizlarni bilimlaringiz juda ham mustahkam ekan. Keling endi bilimlarimizni yanada ko`proq bo`lishi uchun O`qish kitobimizni ham davramizga taklif qilamiz. (O`qish kitobi kirib keladi)
O`qish kitobi: Assalomu-aleykum aziz bolajonlar! Men sizlarni bugungi savodxonlik bayrami bilan tabriklayman! Diqqat bolalar!
Shunchaki o`qish qilmas kifoya
Har yer har joydan
O`quvchi: O`qish kitobim
O`quvchi: O`qiyman suyib
(O`quvchilar tomonidan Vatan va ona haqida she`rlar aytiladi).
1-o`quvchi: Baxtga to`lgan chog`ingda
Gullar terib bog`ingda
2-o`quvchi: Oltin gavhar durdonam
Tantu mardu mardonam
Olam ichra bir donam
3- o`quvchi: Murg`akkina jonimsan
Boshlovchi o`qituvchi: -Aziz o`quvchilar, yurtboshimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov, 2016 yilni qanday nom bilan atadilar?
O`quvchilar: “Sog`lom ona va bola yili”.
1-o`quvchi: Oq yuvib tarab
2- o`quvchi: Sevinchdan yayrab,
Boshlovchi o`qituvchi: “Onalarni e`zozlaylik”
Ularga gul tutaylik,
A`lo o`qib biz doimo
Ularni xursand qilib,
Doim besh baho olib,
Maktabni faxri bo`lib
Maktabda ham, uyda ham,
O`qishda ham bo`lmang kam.
Sira ham ko`rmaylik nam.
Boshlovchi o`qituvchi: – Hozir e`tiboringizga 1 “V”-sinf o`g`il bolalar ijrosida “Andijon polkasi” raqsini tomosha qilasiz. (o`g`il bolalar ijrosida “Andijon polkasi” raqsi)
- Endi navbat, 1 “V”-sinf qiz bolalar ijrosida “Do`ppi tikdim ipaklari tillodan” qo`shig`iga raqsi. (qizlar raqs ijro etishadi)
- Hozir esa, “Men o`zbek qiziman” ashulasiga raqsni tomosha qilasiz. (Mujgona)