Таълим / Образование
2. Ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar , bo’r va yozuv taxtasi va to’g’ri burchakli parallelepiped va kub maketlari.
Foziljon Anapiyayev
2. Ko’rgazmali qurollar,tarqatma materiallar , bo’r va yozuv taxtasi va to’g’ri burchakli parallelepiped va kub maketlari.
IV. Darsning rejasi:
Darsning bosqichlari
Foydalanishga tavsiya etiladigan usul
Vaqt taqsimoti
Tashkiliy qism
O’tilgan mavzuni takrorlash
Qisqa test yoki og’zaki so’rov
Yangi mavzuni yoritish:
a) mavzuni yoritishga tayyorgarlik va motivatsiya
b) yangi mavzuni yoritish;
Savol-javob
Yangi mavzuni mustaxkamlash:
a) guruhlarda ishlash;
c) yakka tartibdagi mustaqil ish.
Guruhlarda ishlash
Aqliy hujum
Mustaqil ish
Darsga yakun yasash va baholash
Uyga vazifa
V. Darsning borishi:
a) Tashkiliy davr. O’quvchilarning davomatini aniqlab ,sinf va o’quvchilar tozaligiga e’tibor beriladi;
b) O’tilgan mavzuni takrorlash uchun tarqatma materialdan foydalaniladi.
v) Yangi mavzuni tafsilotlari
O’tilgan mavzuni takrorlash uchun 5 ta kartochkada yozilgan savollarni o’quvchilarga tarqatiladi va ularga javoblar olinadi .
Mavzuni o’rganish natijasida o’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan
Bilimlar:
– hajm birliklari orasidagi bog’lanishlarni;
– to’g’ri burchakli parallelepiped hajmini hisoblash formulasini;
– kub hajmi formulasini bilish.
Ko’nikmalar :
– o’lchamlari(bo’yi, eni, balandligi) berilgan to’g’ri burchakli parallelepipedning;
– qirrasi berilgan kubning hajmini hisoblay olish;
– kub va to’g’ri burchakli parallelepiped hajmiga doir formulalarni amaliyotga qo’llay olish.
Malakalar:
– to’g’ri burchakli parallelepiped va kubning hajmiga doir sodda mashqlarni mustaqil yecha olish
Kompetensiya turi:
– o’quv – o’rganish
O’tilgan mavzuni takrorlash uchun test topshiriqlari:
1. To’g’ri burchakli parallelepipedning nechta uchi bor?
A) 4 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 12 ta E) 2 ta
2. To’g’ri burchakli parallelepipedning nechta qirrasi bor?
A) 4 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 12 ta E) 2 ta
3. Berilgan ma’lumotlarga ko’ra kub sirtining yuzini toping.Kubning qirrasi 3 dm.
A) 36 dm 2 B) 48 dm 2 C) 54 dm 2 D) 64 dm 2 108 dm 2
4. Berilgan ma’lumotlarga to’g’ri burchakli parallelepipedning sirtining yuzini toping.a = 2 sm, b = 3 sm , c = 8 sm.
A) 92 sm 2 B) 24 sm 2 C) 48 sm 2 D) 64 sm 2 E) 52 sm 2
Yangi mavzuni borishi:
Hajm o’lchov birligi sifatida birlik kub hajmi olinadi. Qirrasi bir uzunlik birligiga teng bo’lgan kub birlik kub deyiladi.Berilgan jismning hajmini topish u nechta birlik kubdan tashkil topganini bilish demakdir.To’g’ri burchakli parallelepipedni n dona birlik kubga ajratish mumkin bo’lsa , uning hajmi n birlik kub hajmiga teng deyiladi.O’lchamlari (qirralari uzunliklari) a,b,c bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepipedning hajmi V=a QUOTE b QUOTE c (kub birlik) ga teng bo’ladi. Odatda to’g’ri burchakli parallelepipedning a-bo’yi, b- eni, c-balandligi deyiladi. a.b – to’g’ri burchakli parallelepipedning asosi yuzi bo’lganidan quyidagi qoida kelib chiqadi:
T o’g’ri burchakli parallelepipedning hajmi uning asosi yuzi bilan balandligining ko’paytmasiga teng.
Kub uchun barcha qirralar o’zaro teng:a=b=c. Kubning hajmi V=a.a.a=a 3 (kub birlik)ga tengdir.
Shundan keyin taxtada 1 va 2- masalalar yechib ko’rsatiladi.
To’g’ri burchakli parallelepipedning bir uchidan chiquvchi qirralari yig’indisi bir xil (o’zaro teng) bo’lsa-da, ularning hajmlari , sirtlari turlicha bo’lishi mumkin.
To’g’ri burchakli parallelelpiped hajmi formulasidagi a QUOTE ko’paytma asosinig yuzi S ni , c=qirra esa balandlik h ni ifodalasa V= SH formula hosil bo’ladi, ya’ni to’g’ri burchakli parallelepipedning hajmi asosi yuzi bilan balandligi ko’paytmasiga teng.
V = a b c formuladan a = V : (bc); b = V : (ac) ; c = V : (ab ) hamda V= SH formuladan S = V : H va H = V : S degan formulalar kelib chiqadi.
Таълим / Образование
Ўқитувчи болага таълим бериш жараёнида ҳар бир фаннинг оддийликдан мураккаблик сари изчил давом этган асосларига таянади. Бу асослар эса ўқув адабиётлари – дарсликларда муфассал акс эттирилади.
Таъкидлаш ўринлики, истиқлол йилларида умумий ўрта таълим мактаблари учун дарсликларнинг янги авлодини яратиш давлат миқёсидаги вазифага айланди. Чиндан ҳам ҳар бир ўқувчининг дарсликлар билан тўлиқ таъминланиши таълим сифатини оширишда муҳим аҳамият касб этади. Ушбу саҳифа ёрдамида 5-синф ўқувчиларига мўлжалланган дарсликларнинг электрон нусхасини кўчириб олишингиз мумкин.
Сўнгги йилларда чоп этилган дарсликлар
Ўзбек тилида | На русском |
---|---|
Адабиёт (2015, 1 қисм) Адабиёт (2015, 2 қисм) |
Литература (2015) Литература (2020) |
Ботаника (2015) Ботаника (2018) Ботаника (2020) |
Ботаника (2015) Ботаника (2020) |
Француз тили (2017) | Французский язык (2017) |
Француз тили дафтари | Французский язык (тетрадь) |
Француз тили (Методика, 2017) | Французский язык (Методика, 2017) |
География (2015) География (2020) |
География (2015) География (2020) |
Инглиз тили (Дафтар, 2017) | Английский язык (2017) |
Инглиз тили (Методика, 2017) | Английский язык (Методика, 2017) |
Информатика (2016) Информатика (2020) |
Информатика (2016) Информатика (2020) |
Жисмоний тарбия (2015) | Физическое воспитание (2015) |
Математика (2015) Математика (2020) (1 қисм) Математика (2020) (2 қисм) |
Математика (2015) Математика (2020, 1 часть) Математика (2020, 2 часть) |
Мусиқа (2015) | Музыка (2020) |
Немис тили (2017) | Немецкий язык (2017) |
Она тили – дарслик (2015) Она тили – дарслик (2020) Она тили – методика (2020) |
Узбекский язык (2015) Узбекский язык (2020) |
Рус тили (2016) Рус тили (2020) Рус тили (2022) |
Русский язык (2015) Русский язык (2020) |
Тарбия (2020) | Воспитание (2020) |
Тарихдан ҳикоялар (2015) Тарихдан ҳикоялар (2020) |
Рассказы по истории (2011) Рассказы по истории (2020) |
Тасвирий санъат (2015) | Изобразительное искусство (2015) |
Ватан туйғуси (2015) | Чувство Родины (2015) |
Технология – учебник (2015) Технология – учебник (2020) Технология – методика (2020) |
Технология (2015) Технология (2020) Технология (Методика, 2020) |