Press "Enter" to skip to content

BOLALAR KITOBXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA OILANING O`RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

Kitob savdosi va narxi eng og‘riqli nuqtamizga aylangan, desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo kitob kartoshka yoki piyoz emas, kitob bu kitob. Uni bir kunda yoki bir oyda sotib, ayniqsa, undan tezda foyda ko‘rib bo‘lmaydi. Kitoblar taqchilligi borasida gap ketganda avvalo narx muammosiga duch kelamiz. Ochig‘i, bizda kitoblar qimmat, qolaversa, hammasi kelishilgan narxlarda. Toshkentda o‘n ming so‘m turgan kitob Buxoro yoki Surxondaryoda ikki-uch baravar qimmat sotilyapti. Bu ham kitobxonlarnng shashtini ancha pasaytiradi, kitob narxi siyosatida ko‘plab chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa, demak, kitoblar mazmunan yuksak saviyada, sifatli, arzon hamda qat’iy narxlarda bo‘lishi kerak.

KITOBXONLIK VA MUTOLAA MADANIYATI muammolar yechimi o‘z qo‘limizda

Ayni kunda kitob mutolaasi kerakmi, yo‘qmi, degan savolni qo‘yish xuddi tashna odamga suv ichasanmi, degan savolni berishga o‘xshaydi. Zero, o‘qish, ilm olishga intilish azal-azaldan xalqimiz fitratida mavjud. Davrlar evrilishi g‘alati, bizlar kitob o‘qishga mukkasidan ketgan 70-yillarda, ota-onalarimiz “Ko‘p kitob o‘qima, miyang suyulib ketadi”, deb tanbeh berishardi. Bugungi yoshlarga kitob o‘qishni gapirsang, ensasi qotadi. Ammo biz bu o‘rinda yoshlarni mutlaqo ayblamoqchi emasmiz, agar jamiyatda bilim-ma’rifat, adabiyot qadr-qimmat topsa, albatta, aziz bolalarimiz kitobga qaytishlariga ishonaman. Bugun kitoblarni chop etish, ularni tarqatish tizimini takomillashtirish va eng muhimi, kitob chiqarish va kitobxonlikning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotganidan quvonishimiz kerak.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ta’bir joiz bo‘lsa, hayotimiz, tafakkurimiz va ma’naviyatimizda g‘oyat ulkan voqea bo‘ldi. Ushbu sa’y-harakat milliy adabiyotimiz va ma’naviyatimiz ravnaqida katta siljishlarning debochasi bo‘lishiga astoydil ishonib turibmiz. Ayniqsa, bu o‘rinda xorij tajribasini o‘rganish, yoshlar o‘rtasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani o‘stirishga xizmat qiladigan kitoblarga talabni o‘rganish kabi masalalarning ko‘tarilgani g‘oyatda tahsinga loyiqdir.

Darhaqiqat, har bir inson dunyoga kelar ekan, atrof-muhitga, o‘zi o‘sib-ulg‘aygan jamiyatga tafakkur nigohi bilan boqib, undan ibrat oladi, xulosalar, fikr-tushunchalar bilan boyiydi va shularga tayangan holda inson bo‘lib shakllanadi. Chinakam badiiy adabiyot ana shu fikru xulosalarni benihoya go‘zal bir tarzda ifoda etadi, eng ta’sirchan, unutilmas voqealar vositasida teranlashtiradi, mustahkamlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, adabiyot odam bolasida chin insoniy fazilatlarni shakllantiradi. Unutmasligimiz kerakki, shaxsiyati mazkur mezon va fazilatlardan mosuvo kimsa halol va yaxshi ishchi yoki xizmatchi tugul, tom ma’nodagi inson ham bo‘la olmaydi. Fuqarolarida ushbu mezon va fazilatlar shakllanmagan jamiyatda esa sof ma’naviy-iqtisodiy taraqqiyotning bo‘lishi mumkin emas. Bunday jamiyatni bir-birini aldovchi, talovchi, bir-birining haqini yeyishdan qo‘rqmaydigan beshafqat olomon, desak, sira-sira xato qilmaymiz.

Achchiq bir haqiqatni tan olaylik, ayni paytda ko‘pchilik mutolaa qilishga ajratiladigan vaqtini bemaza qovunning urug‘iday ko‘payib ketgan seriallarga, ko‘ngilochar gazetalar, ularda bosilayotgan oldi-qochdi, badiiylikdan ming chaqirim yiroq “hikoya”larga sarflamoqda. Ular milliy va jahon mumtoz adabiyotiga mansub asarlarnigina emas, umuman har qanday kitobni agar u andak o‘yga toldiradigan, tafakkurga chorlaydigan jiddiyroq bo‘lsa, o‘qishni xohlashmayapti.

Yana bir gap, bugungi kunda biz farzandlarimiz kitobdan uzoqlashib borayapti, degan gapga yopishib olib, bunda darrov zamonaviy texnika va texnologiyalarni, internetni ayblashga tushamiz. Holbuki, globallashayotgan dunyoda butun insoniyat texnikadan unumli foydalanmoqda, lekin ular kitoblarni, ayniqsa, mumtoz adabiyotni aslo chetga surib qo‘yishayoganlari yo‘q. Kitobxonlik darajasi borasida jahon mamlakatlari reytinglarini ko‘rib chiqib, bunga ishonch hosil qilasiz. Xorijda ushbu muammoni hal qilish yo‘llari avvalgidan qizg‘inroq, jiddiyroq yo‘sinda olib borilmoqda. Turli anjumanlar, muhokamalar, adiblar bilan uchrashuvlar, kitob bayramlari sifati ortib bormoqda. O‘rta maktablar dasturiga mutolaa bo‘yicha maxsus darslar kiritilmoqda. Bu darslarda o‘quvchilarda kitobga muhabbat, matnni tushunib, to‘g‘ri talqin qilish, eslab qolish ko‘nikma va malakalari shakllantirilmoqda. Buning natijasida AQSh, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya, Finlyandiya mamlakatlarida kitobxonlar soni ancha ko‘paygan.

Bugun kitob do‘konlarimizda, axborot resurs markazlaridagi kitoblar orasida durdona milliy yodgorliklarimizdan – “Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘otit turk”, “Temur tuzuklari”, “Xamsa”, “Boburnoma” singari asarlarni uchratish amrimahol. Zamonaviy, iste’dodli shoirlarimizning she’riy kitoblari ham sotuvlarda deyarli yo‘q hisobi. Alisher Navoiyning yigirma jilddan iborat asarlari ma’lum bir tirajlarda bosilib chiqdi. Ammo nazarimizda bular kam, chunki Navoiy nafaqat maktab va institut kutubxonalari, balki har bir o‘zbek xonadonida bo‘lishi zarur. Navoiyni qo‘ya turing, hatto Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani har yuzta o‘quvchidan bir yoki ikkitasiga to‘g‘ri kelayotganiga nima deysiz?! Qodiriyning eng mashhur asari shunchalik kam tirajda bosilayotgan ekan, boshqalar haqida gapirmay qo‘ya qolaylik.

Kitob savdosi va narxi eng og‘riqli nuqtamizga aylangan, desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo kitob kartoshka yoki piyoz emas, kitob bu kitob. Uni bir kunda yoki bir oyda sotib, ayniqsa, undan tezda foyda ko‘rib bo‘lmaydi. Kitoblar taqchilligi borasida gap ketganda avvalo narx muammosiga duch kelamiz. Ochig‘i, bizda kitoblar qimmat, qolaversa, hammasi kelishilgan narxlarda. Toshkentda o‘n ming so‘m turgan kitob Buxoro yoki Surxondaryoda ikki-uch baravar qimmat sotilyapti. Bu ham kitobxonlarnng shashtini ancha pasaytiradi, kitob narxi siyosatida ko‘plab chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa, demak, kitoblar mazmunan yuksak saviyada, sifatli, arzon hamda qat’iy narxlarda bo‘lishi kerak.

Hozir televizor va matbuotda chiqish qilayotgan ko‘pgina noshirlar, mutaxassislar bu borada aniq takliflar berishga ojizlik qilishyapti. Bizningcha, buning yechimi bor, bu ham bo‘lsa, adabiy doirada e’tirof etilgan, mutaxassislar tavsiya etgan kitoblarni yirik tirajlarda chop etish. Takror bo‘lsa-da aytamizki, muallif, kitob va kitobxon o‘rtasidagi uzilishni tiklash uchun bosilayotgan kitoblarning adadini qo‘rqmasdan oshirgan holda kitob bahosini tubdan arzonlashtirish lozim. Bunday kitoblar do‘konlarda uzoq vaqt turib qolmaydi. Qolaversa, kitob mualliflari bo‘lgan zahmatkash ijodkorlar ham mehnatiga yarasha qalam haqi, ya’ni rag‘bat oladi. Moddiy va ma’naviy rag‘bat esa ularni yanada yaxshi asarlar yozishga, kerak bo‘lsa, o‘z asarlari bilan dunyo adabiyotiga chiqishga undashi turgan gap.

Xullas, kitob chiqarish va sotish borasida murakkabliklar va chalkashliklar juda ko‘p. Oddiygina misol, bir ijodkor tanishimiz o‘tgan yili nufuzli nashriyotda o‘z hisobidan kitob chiqardi. Nashriyot kitoblarni chiqarib berishga berdi-yu, ammo muallif bir necha yillar mehnat qilib yozgan kitobini endilikda kimga, qaerda sotishni bilolmay hayron. Albatta, muallif bir necha kitob do‘konlariga ham murojaat qildi, lekin kitob do‘konlari ham jismoniy shaxsdan kitob olishni ma’qul ko‘rmadi, shekilli, sotib olishni istashmadi. To‘g‘risi, bunday misollarni juda ko‘plab keltirish mumkin. Shu o‘rinda aniq taklif shuki, respublika bo‘yicha kitob savdosi bilan shug‘ullanadigan, shuning uvol-savobiga javob beradigan muassasa bo‘lishi lozim.

Bizda hozir ta’lim tizimida o‘n mingdan ziyod maktab, 1800 ta kollej, 60 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari bor. Xo‘sh, bugun Xalq ta’lim vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, ularning joylardagi boshqarmalari tomonidan insonni tafakkurga chorlaydigan birorta nasriy yoki she’riy kitobga o‘n ming yoki yigirma ming nusxada buyurtma tushayaptimi? Holbuki, nashr etilayotgan kitoblardan o‘n mingtasini Xalq ta’limi tizimi olganda ham har bitta maktabga atigi bittadan kitob to‘g‘ri keladi.

Shu o‘rinda kitoblar saviyasi va albatta, mualliflar masalasiga ham to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bugun axborotlar oqimi nihoyatda katta, cheksiz. O‘quvchi shu axborotlar orasidan eng saralarini, o‘ziga ma’qulini, muhimini tanlab, saralab olib o‘qishi kerak. Buning uchun eng yaxshi asarlar yuzasidan xolis ilmiy munozaralar, amaliy mashg‘ulotlar olib borilishi maqsadga muvofiq. Yaxshi kitoblarning televidenie, OAVdagi targ‘ibot va taqdimotlari ham ayniqsa, katta samara beradi. Albatta, qaysi asarni o‘qish har kimning shaxsiy ishi. Birovni zo‘rlab bunga qiziqtirib bo‘lmaydi. Lekin afsuski, bugun iste’dodli shoir yoki adib kitobini chiqarolmay, chiqargan taqdirda ham sotolmay o‘tirgan bir paytda adabiyotga mutlaqo aloqasi yo‘q kimsalar badiiyatdan yiroq, hatto insoniy odob-axloqqa zid bo‘lgan jild-jild kitoblarni chop etib, do‘konlaru maktab va kollej o‘quvchilarini o‘z “ijod”laridan bahramand etishmoqda. Ko‘plab xususiy nashriyotlar kitobning nonday aziz va pokligiga putur yetkazib, maza-matrasiz, imloviy xatolar g‘ij-bij kitoblarni chiqarish ishiga o‘z “hissa”larini qo‘shishmoqda. Alal-oqibatda bu bir jihatdan zukko yoshlarni kitobdan bezdirib qo‘ysa, ikkinchidan odamlarning tarbiyasiga, ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunga esa aslo loqayd qarab bo‘lmaydi. Bizningcha, umuman, ta’lim maskanlaridagi kutubxonalarga badiiy adabiyot niqobi ostida soxta va sayoz narsalarni turli yo‘llar bilan kirib kelishiga zinhor yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Nazarimizda, kitobga, kitob mutolaasiga munosabatni tubdan o‘zgartirish uchun avvalo, ziyoli o‘qituvchilarga suyanishimiz kerak. Ya’ni kitob targ‘ibotchilari qanchalik bilimli, ziyoli bo‘lsa, shuncha ijobiy natijaga erishish mumkin. Aytish kerakki, kitob chiqarish va sotish bu cho‘ntakni qappaytirish yoki biznes qilish emas. Kitoblar qaysi janr yoki mavzuda bo‘lishidan qat’i nazar, u ma’naviyat quroli ekanini mas’uliyat bilan to‘la-to‘kis anglashimiz lozim. Iqtisodiy zararni hamma vaqt to‘ldirish mumkin, lekin ma’naviy ziyonni qoplab bo‘lmaydi. So‘zning, adabiyotning qadrini qanchalik yuksak ko‘tarsak, madaniyatimiz, ma’naviyatimiz shunchalik yuksaladi. Mana shunda chalasovodlikdan xalos bo‘lamiz, mana shunda bolalarimiz jinoyatchilik, turli bema’ni oqimlar ko‘chasidan ming chaqirim uzoqda bo‘ladi. O‘zining kimligini, o‘zligini bilgan inson ota-ona, ona Vatan, vatanparvarlik degan muqaddas qadriyatlarning tub mohiyatini anglashga qodir bo‘ladi.

Kitob tafakkur qanotidir, degan edi alloma adibimiz Oybek. Biz bugun yangi davrga qadam qo‘ydik. Dunyo yana ilmga, tafakkur — intellektga intilmoqda. Zero, insoniyat uchun faqat va faqat tafakkurgina najot bo‘la oladi. Chindan ham ulug‘ va mo‘’tabar kitoblar insoniylik, halollik, shafqat va imon urug‘larini qalbimizga ekadi. Bizni olamshumul kashfiyotlar, buyuk bunyodkorliklar sari da’vat etadi. Mushkul onlarimizda bizga hammaslak va do‘st bo‘lib to‘g‘ri va oqil yo‘lni ko‘rsatadi. Shu boisdan hayotimizda “o‘qimishli inson” degan ibora boshqacha jaranglaydi.

Olim, ziyoli insonlarni izzat-hurmat yuzasidan uyimizning to‘riga o‘tkazsak, bilimsiz kishidan biror xatolik o‘tganda “ha, endi, kitob ko‘rmagan bir bechora-da”, deya aybini kechirib yuboramiz. Dunyo bizga havas bilan boqadigan o‘qimishli va kitobxon mamlakat bo‘lishimiz uchun kitoblar shunchaki javon bezagi emas, balki ko‘nglimizning bebaho mulkiga aylanishi kerak. Shundagina farzandlarimiz qalbiga ezgu g‘oyalarni singdirib, ularni komil inson qilib tarbiyalashimiz mumkin.

Abdumajid AZIMOV,

Adiba UMIROVA

“Hurriyat” muxbirlari

BOLALAR KITOBXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA OILANING O`RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

bolalar kitobxonligi / kitobxonlik ko‘nikmasi / mutolaa madaniyati / kitobni sevish / ota-ona / oila tarbiyasi / ertak / hikoya / she’rlar / usullar. / children’s reading / reading skills / reading culture / love of the book / parenting / family education / fairy tales / stories / poems / methods.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Guljahon Farhodjon Qizi Erkinjonova

Maqolada bolalarda kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘quvchi-yoshlarda mutolaa madaniyatini tarkib toptirishda oilaning o`rni va kattalarning faoliyatlari, vazifalari haqida fikr yuritiladi. Zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasalarida bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishdagi asosiy vazifalar ko`rsatib o`tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по языкознанию и литературоведению , автор научной работы — Guljahon Farhodjon Qizi Erkinjonova

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KITOB O’QISHGA QIZIQTIRISHDA PSIXOLOGIYANING O’RNI
KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH – DAVR TALABI
YOSHLAR O’RTASIDA KITOBXONLIK VA MUTOLAA MADANYATINI YUKSALTIRISH VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Sahnalashtirish faoliyati vositasida bolalarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish

O’QUVCHILAR IJODIY QOBILYATINI RIVOJLANTIRISHDA ILLYUSTRATORLAR HAYOTI VA IJODIY FAOLIYATINI O’RGANISHNING AXAMIYATI

i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE FAMILY IN THE DEVELOPMENT OF CHILDREN’S LIBRARY

The article examines the role of the family in the development of reading skills in children, the formation of a culture of reading among students, as well as the activities and responsibilities of adults. The main tasks of introducing children to fiction in modern preschool educational institutions are outlined.

Текст научной работы на тему «BOLALAR KITOBXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA OILANING O`RNI»

BOLALAR KITOBXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA OILANING ORNI

Guljahon Farhodjon qizi Erkinjonova

Qoqon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 2- bosqich

Maqolada bolalarda kitobxonlik ko’nikmalarini rivojlantirish, o’quvchi-yoshlarda mutolaa madaniyatini tarkib toptirishda oilaning o’rni va kattalarning faoliyatlari, vazifalari haqida fikr yuritiladi. Zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasalarida bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishdagi asosiy vazifalar ko’rsatib o’tiladi.

Kalit so’zlar: bolalar kitobxonligi, kitobxonlik ko’nikmasi, mutolaa madaniyati, kitobni sevish, ota-ona, oila tarbiyasi, ertak, hikoya, she’rlar, usullar.

THE ROLE OF THE FAMILY IN THE DEVELOPMENT OF CHILDREN’S

Guljahon Farhodjon kizi Erkinjonova

Kokand State Pedagogical Institute, 2nd stage master’s degree in preschool education

The article examines the role of the family in the development of reading skills in children, the formation of a culture of reading among students, as well as the activities and responsibilities of adults. The main tasks of introducing children to fiction in modern preschool educational institutions are outlined.

Keywords: children’s reading, reading skills, reading culture, love of the book, parenting, family education, fairy tales, stories, poems, methods.

Mamlakatimizda o’quvchilarning kitobxonlik ko’nikmalarini rivojlantirish, o’quvchi-yoshlarda mutolaa madaniyatini tarkib toptirish, tizimli yondashuv asosida boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish madaniyatini shakllantirishga aloxida axamiyat qaratilmoqda. Shu bilan birga Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarida kitobxonlik ko’nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, tashkiliy-integrativ modelini takomillashtirish, kitob o’qishga qiziqishni tarbiyalashning interfaol texnologiyalarini ishlab chiqish dolzarblik kasb etmoqda.

O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida “. jismonan sodg’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni

chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” kabi muhim vazifalar belgilab berildi. Bu esa bolalarda kitobxonlik ko’nikmalarini shakllantirishning nazariy metodologiya asoslarini aniqlashtirish, kitobxonlik ko’nikmalarining shakllanganlik darajasini baholash mezonlarini ishlab chiqish, bolalarda kitobxonlik ko’nikmalarini shakllantirish bosqichlarini aniqlashni taqozo etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Yoshlarning o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish masalasi bugun har qachongidan dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, Prezidentimizning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida” gi PQ 3271 sonli Qarori qabul qilinganligi va unda belgilangan vazifalarning bajarilishi yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va ijodiy faolligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu ishni esa aynan oiladan, maktabgacha ta’lim tashkilotidan boshlanishi o’zining ijobiy samarasini beradi.

Sh.Mirziyoevning ushbu qarorida aytib o’tilganidek, bolalarda kitobga bo’lgan qiziqishni bolalikdan shakllantirish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagog xodimlar va tarbiyalanuvchilar, hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamaydigan bolalarning ota-onalari uchun “Kichik kutubxonalar” tashkil qilingan. Bundan tashqari davlatimiz tomonidan maktab kutubxonalariga hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamaydigan 5-6 yoshli bolalarning ota-onalari uchun 12356 besh nomdagi qo’llanmalarning berilishi maktabgacha yoshdagi bolalarga bo’lgan g’amxo’rlikning yorqin ko’rinishidir.

Ta’lim oluvchilarda kitobxonlik, kitobni sevish kabi fazilatlarni shakllantirish masalalari g’oyat muhim muammolardan hisoblanib mazkur muammo xalq pedagogikasi, islomiy adabiyotlar, buyuk mutafakkirlarning ta’limotlarida aqliy tarbiya, bilim olish bilan bog’langan holda talqin etilgan. Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Hos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur keyinroq esa Abdurauf Fitrat va boshqalarning ta’limiy ahloqiy qarashlari kitob va uning ilm olishdagi fikrlari bunga yaqqol dalil bo’la oladi.

Atoqli bolalar adibi O’zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir kitob va kitobxonlik haqida to’xtalib shunday degan edi “Umrim davomida inkor qilaolmaydigan haqiqatim shuki, kichkintoylarning to’g’ri yo’lni topib dunyoqarashini shakllantirish, ahloq-odobini yo’lga solishda kitobdan-da muhimroq narsa yuq ekan shuning uchun ham ota-

onalarning birinchi vazifasi o’z farzandida kitobga mehr uyg’otish deb bilaman. Goxida fan-texnika tufayli adabiyotga e’tibor susayyapti degan gaplarni eshitib qolamiz. Menimcha, go’zallikga extiyoj tuyg’usi bor ekan, san’at asarlari ham o’zining bahosini xech qachon yuqotmaydi. Shu bois kitobga ixlos bilan qaraydigan, uni shavq bilan o’qiydiganlar soni ortib borayotganini ko’rish quvanarlidir”

Zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasalarida bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishdagi asosiy vazifalar quydagilardan iborat:

1. Kichik guruxlardan boshlab bolalarda badiiy adabiyotni o’rganishga qiziqish uyg’otish.

2. Bolalarda ertak, hikoya, rivoyat she’r va shu kabi badiiy asar namunalarini berilib tinglash, tushunish, voqealar rivojini diqqat bilan kuzatish ishtiyoqini tarbiyalash, ular yuzasidan mulohaza qilish, asar qahramonlari harakatiga baho berishni shakllantirish.

3. Asar mazmuni yuzasidan savollarga javob berish, asar qahramonlari harakatlari, ruhiy kechirmalarini, ma’naviy sifatlarini ta’riflash, to’g’ri baholashga o’rgatish.

4. Asar janrlari, tili haqidagi dastlabki tushunchalarga ega bo’lish, asar g’oyasi, tasviriy vositalarini yoshiga mos xolda tushunish, o’z qarashlari, mulohazasini bildirishga o’rgatish.

5. Badiiy asarni hikoya qilish, uning mazmunini so’zlab berish, she’rni ifodali yod aytish orqali nutq ahangi, ovoz kuchi, to’xtam va ifodalilikni tushunish, unga rioya qilishni shakllantirish.

Zero, bolalar kitobxonligining asosiy maqsadi bolalarning yoshlikdan boshlab odamiylik, halollik, haqiqatgo’ylik adolatparvarlik, go’zallik ruhida tarbiyalash chin inson bo’lib yetishishlariga xizmat qilishdan iboratdir.

Shuning uchun ko’pgina olim, shoir va yozuvchilarimiz kitob va kitobxonlikka katta e’tibor qaratadilar. Atoqli adibimiz Abdulla Qahhor: ”Shavq bilan o’qiladigan kitob go’zallikdir. Kitobning o’qishli bo’lishi muallifning kitobxonga aytadigan to’lamag’izli va juda zarur bo’lgan fikri bo’lganini ko’rsatadi” , deb aytganlarida haq edilar. Bolalar yozuvchisi Samuel Marshak shunday degan: ” Bola har bir kitobda butun olamni ko’rishni istaydi.

U ermakka o’qimaydi, u o’zi uchun dunyoni kashf etadi, nimadir o’rganadi. “Bolalar saviyasining o’sishida, shu jumladan, kitobxonlikka berilib ketishida, albatta, o’qituvchilarning roli katta. Shunday uztozlami bilamizki, ular “Kitob foydali, kitob o’qinglar! deb ortiqcha nasihat qilishmaydi, o’zlari bunga o’rnak bo’ladilar.

Bolalarni kitobga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish jarayonini oiladan boshlasak ijobiy natijalarga erishishimiz va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oila bilan hamkorlikda davom ettirsak samarali natijalarga erishishimiz mumkin. Bolaning tarbiyasi kabi uning kitobga, san’atga qiziqishi, nutqining boyligi, eshitish

malakalarining ham rivojlanishida oilaning o’mi beqiyos. “Qush uyasida ko’rganini qiladi” degan maqol bejiz aytilmagan. Oilada ota-ona kitobga oshno bo’lsa, tez-tez kitob, gazeta va jurnallar mutoala qilsa, bu oilada o’sgan farzand ham kitobga mehr qo’yadi. Bunday bolalarning dunyoqarashi keng, so’z boyligi ko’p, nutqi ham ravon bo’ladi. Kelajakda ziyoli, barkamol bo’lib voyaga yetadi, Bolalar bog’chasida kitobxonlik ko’nikmalarini rivojlantirish “Ilk qadam” davlat dasturi Davlat talablari asosida Nutq-muloqot o’qish yozish malakalari sohasi hamda, ijodiy rivojlanish sohasi bilan birga olib boriladi. Ta’lim faoliyati jarayonida ertak hikoyalarni tematik rejalashtirishda bolalaming yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olish lozim. Kichik guruhlarda badiiy adabiyot nutqni rivojlantirish bilan uzviy bog’liqdir. Birinchidan, visual tasvirlar yodamida amalga oshiriladi. Tarbiyachi ertak, hikoya, she’rlar bilan tanishtirishda ko’rgazmalililik tamoyillaridan foydalanib, nutqni harakatlar bilan olib borishi bolani o’zidan keyin takrorlashga undashi kerak. Ushbu bosqichda bolalarda qisqa asarlarni so’zlab, rasmlar bilan bog’lab ko’p marta takrorlagan holda olib borish natija beradi. O’rta yosh guruhlarda bolalar bilan asarlarni yanada batafsil tahlil qilish, qahramonlarning o’ziga hos jihatlarini taqqoslash, yaxshi va yomonga baholash mumkin. Katta yosh guruhlarida bola ongli ravishda kitobga qiziqadi, o’z qahramonlarini, sevimli kitoblarini ajratadi. Kitob bilan dastlabki tanishish usullari asosan 2 ta:

O’qish matnni ovoz chiqarib o’qish, og’zaki takrorlashni anglatadi. Audio ertaklami tinglashi ham mumkin. Hikoya esa hikoyachining ifodasi orqali turli bo’yoqlar bilan erkin so’zlashi. Bu hikoyachining fantaziyasi va so’z boyligiga bog’liq. Bolalar o’rgangan asarlari asosida qo’g’irchoq teatri, stol teatri, sahnalashtirishlari, rollarga bo’lib ijro etishlari orqali ertak va hikoyalarni mustahkamlashadi. Bundan tashqari ertak qahramonlari suratini chizish, o’z qo’llari bilan kitobchalar tayyorlash bilan integrallashgan holda faoliyat olib borishlari juda samarali natijani beradi. Shuningdek ta’lim-tarbiya jarayonida hususan kitobxonlik ko’nikmalarini shakllantirishda ham ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borish eng muhim omillardan hisoblanadi. Ota-onalar bilan hamkorlik qilishda quyidagi loyihalarni tavsiya qilish mumkin.

– Muassasadagi kitob burchagini ertak kitoblari bilan to’ldirishda pedagog-tarbiyachiga yordam bering

– Ota-onalar uchun maslahat “Bola qanday kitob o’qish kerak?”, “Ertak terapiyasi”,

– Bolalar bilan birgalikda teatr burchagiga atributlar yaratish

– Kitobxon oila tanlovi

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

Bu loyihalaming maqsadi ota-onaga kitob o’qishda oila muhitining o’rni, oilaviy o’qishning qanchalik muhim ekanini tushuntirish. Shunday qilib, kitobga bo’lgan qiziqishni oiladan boshlasak, bolalarni yoshlikdan kitobga oshno qilsak, uning kelgusida barkamol va ma’naviyatli shaxs bo’lib yetishishida mustahkam asos yaratgan, yurtimiz kelajagi uchun munosib yoshlami tarbiyalashda hissamizni qo’shgan bo’lamiz.

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob maxsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish xamda targ’ib qilish bo’yicha komissiya to’zish to’g’risida”gi F -4789-son Farmoyishi, O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2017 yil., 38-son, 1029-modda.

2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada Rivojlantirish bo’yicha Harakatlar Strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-son Farmoni. – O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 2017 yil, 6-son, 70-modda.

3. “Ilk qadam” Maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat dasturi. 2018 yil. Toshkent.

4. G’aniev B.Bolalar o’qish madaniyatini tarbiyalashning muammolari// 2004 A.Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi, 2004.135-137B.

5. Kitob komillikka yetaklaydi/ metodik-bibliografik qo’ll. To’zuvchi M.Boltaboeva. Muxarrir Sh.Qurbon.- T.: A.Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi, 2017.-78B.

6. Normatov M., Hakim Nazir Ijodiy yo’li,-T 1973

7. CymoHOBa H. A., Y^acoBa K. KMHK MAKTAE EmH^ArH y^YB^H^APHMHr H^O^HH KOBH^H^T^APHHH PHBO^AHTHPHm //HHTepHayKa. – 2020. – №. 3-2. – C. 84-86.

8. TECHNOLOGIES OF URBRINGING CHILDREN IN MODERN FAMILIES

9. N.A Sultonova, Ibragimova Sh, D. Xolqoziyeva // 2020/3 European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences – 2- 3 p 115-119