Press "Enter" to skip to content

Jahon tarixi 7 sinf kitob

2016-yil 13-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ali­sher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. Unda o‘zbek tili va adabiyoti, ularning ta’limi, badiiy tarjima bo‘yicha kadrlar tayyorlash, o‘zbek tili va adabiyoti bilan bog‘liq yetilgan ilmiy muam­molarni hal etish bo‘yicha qator vazifalar qo‘yildi.

Jahon tarixi 7 sinf kitob

2016-yil 13-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ali­sher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. Unda o‘zbek tili va adabiyoti, ularning ta’limi, badiiy tarjima bo‘yicha kadrlar tayyorlash, o‘zbek tili va adabiyoti bilan bog‘liq yetilgan ilmiy muam­molarni hal etish bo‘yicha qator vazifalar qo‘yildi.

Ruknlar 19 / 01 / 2023
“Ona tili darslarini o‘tish rosa osonlashdi, ertak aytgandek bo‘lib qoldi” (Jamilaxon, o‘qituvchi).
Ruknlar 17 / 01 / 2023

Adabiyot Seni Vatan, unutmaydi, Orasta! Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Vatan muxorabasida yuzlab va minglab er yigitlar safida, Ozarbayjon Qurolli Kuchlarining serjanti va harbiy feldsheri, yagona ayol shahid – Orasta Karim qizi Baxishova ham bor. U o‘zining sadoqatli burchini ado etish chog‘ida dushmanlar zulmiga uchrab, bu dunyo bilan vidolashdi. Orastaning o‘lmas xotirasiga bag‘ishlab yozilgan quyidagi she’rni siz o‘quvchilarga havola qilamiz. Qardosh xalq shoirining she’rini ozar tilidan Gulzira Sharipova o‘zbek tiliga o‘girgan. .

Ruknlar 16 / 01 / 2023

Faxriddin Iroqiy o‘z zamonining mashhur shayx ul-mashoyixlaridan biri bo‘lgani tarixdan ma’lum. “Mahbub ul-qulub”da Navoiy ta’biri bilan aytganda, bu ulug‘ zot “benazir va yagona, millat va dinning faxri bo‘lmish Shayx Iroqiy­dirkim, so‘zlarida ma’nolar, jumlalarida fikrlar porlab turgan asarlar egasidir”.

Ruknlar 14 / 01 / 2023

Har bir maktabda albatta bo‘sh o‘zlashtiradigan, darslarda o‘tirishga ko‘pam hushi bo‘lavermaydigan o‘quvchilar oz bo‘lsa-da, topiladi. Vazifalarni o‘z vaqtida tayyorlashga toqati yo‘q o‘quvchilarning borligi tabiiy. Bilimga chanqoq, intiluvchan, maktabga oshiqib keladigan bolalarning ko‘pligi bizni quvontiradi, albatta. Ammo bo‘sh o‘zlashtiruvchi, ota-ona, o‘qituvchilar qistovi bilan maktabga kelayotgan ayrim o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtirish muammosi haqida o‘ylanib.

Ruknlar 13 / 01 / 2023

“Voy qurmag‘urlar-ey, bularni qarang-a, dunyo ko‘rgan odamlar ekan-da. Lekin negadir gaplari juda jaydarimi? Hozir mening navbatim kelsin – ko‘rasizlar intervyuning zo‘rini. Jimjima bilan gapirish deysizmi, motivatsiya-poativatsiya berish deysizmi, qoyillatib tashlaganim bo‘lsin. Oh-oh-oh! Butun jahon dod devorsa-ya!” – hayajon bilan aytadigan so‘zlarimni xayolimdan o‘tkazib takrorlayveraman. Ularning suhbati qulog‘imga kirmaydi.

Ruknlar 13 / 01 / 2023

Shahrisabz tumani Hojimaydon qishlog‘ida yashovchi, shu hududdagi maktab direktori Botir Safarov (ism va familiyalar o‘zgartirilgan) shu hurmatdan masrur edi. Endi-chi, uning misqollab yiqqan obro‘yi nafs tufayli sarobga aylandi.

Ruknlar 13 / 01 / 2023

Ota-onalar yig‘ilishini tashkil etishda o‘qituvchi puxta tayyorgarlik ko‘rishi, har birini bitta qolipda emas, turli usullarda tashkil etishi lozim. Hozir ota-onalar yig‘ilishi deyilsa, hammaning ko‘z oldiga bolalar o‘zlashtirishi haqida ma’lumot beriluvchi yig‘in, past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni tanqid qilish, a’lochilarini maq­tash kabi holat keladi. Shu bois, ko‘p ota-ona­lar bormaslik uchun bahona qidirishadi. Sinf rahbari yig‘ilishni shunday tashkillashtirishi kerakki, keying gal majlis deyilganda ota-ona­lar o‘zlari keladigan, bu safar qanday yangilik.

Ruknlar 13 / 01 / 2023

inson o‘zi bu dunyoda e’tibor topish, e’tirof etilish, tan olinish, o‘z o‘rnini topish uchun yashaydi, shunga intiladi. Shunday ekan, o‘qituvchi endi tetapoya qilib katta hayotga kirib kelayotgan o‘quvchisini yaxshi xulqi, tirishqoqligi, a’lo bilimi uchun ruchka, qalam, daftar-kitob, bloknot hadya qilib, rag‘batlantirsa buning nimasi yomon? Bu ham e’tibor, ham o‘z o‘quvchisini yanada yaxshi bo‘lishga ruhlantirish. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, o‘rta o‘qituvchi – bayon etadi, yaxshi o‘qituvchi – tushuntiradi, mashhur o‘qituvchi – namoyish etadi, buyuk.

Ruknlar 13 / 01 / 2023

Savolning javobi barchamizga ma’lum-ku degan fikr xayolingizdan o‘tganiga aminman. Darvoqe, har qanday ma’rifiy-madaniy, ilmiy-texnikaviy yangiliklar muayyan maqsadni ko‘zlab joriy etiladi, amalga oshiriladi. Xo‘sh, so‘nggi yetmish yil atrofida mamlakatimiz o‘rta maktablarida, texnikumlar va oliy o‘quv yurtlarida joriy etilgan ingliz, nemis, fransuz tili kabi g‘arb tillari qatorida ba’zi sharq tillarini o‘qitishdan qanday maqsadlar ko‘zlangan va ushbu maqsadlar qay tarzda amalga oshirilgan?

Ruknlar 9 / 01 / 2023

So‘nggi yillarda mamlakatimiz aholi sonining jadallik bilan ortib borayotganligi, ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘lamini ham oshirish zaruratini keltirib chiqardi. Ichki va tashqi bozorlarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar raqobatbardoshligini ta’minlash uchun, albatta, kuchli bilim va salohiyatga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lishi zarur.

Ruknlar 8 / 01 / 2023

Oqqo‘rg‘on tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi va 2022-yil 28-dekabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’sul xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘quv-amaliy seminar asosida 2023-yil 7-yanvar kuni Oqqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabida Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlishtirish hududiy boshqarmasi hamda Oqqo‘rg‘on tuman 1-son kasb-hunar maktabi hamkorligida ”Profissional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish” ga qaratilgan.

Ruknlar 6 / 01 / 2023

Tarixga nazar solsak, ajdodlarimizda kitob o‘qishga mehr juda baland bo‘lgan. O‘qishni biladiganlar bilmaydiganlarga kitob o‘qib bergan, g‘azallar yodlaganlar. Navoiyxonlik, bedilxonlik, mashrabxonlik singari adabiy o‘qishlar muntazam o‘tkazib turilgan. Bu an’ana jadidlar tomonidan, ayniqsa, yuksak maqomda davom ettirilgan. Xususan, Toshkentdagi “Beklar begi” madrasasida o‘tkazilgan oqshomlar, Xadrada ochilgan kitob do‘koni, Saidnosir Mirjalilovning “Turkiston” shirkatida Cho‘lpon va boshqa shoirlar to‘pla­nib, ijodiy gurunglar o‘tkazishgan.

Ruknlar 6 / 01 / 2023

Dunyoda o‘zbek xalqi kabi bolam- chaqam, farzandlarim deb yashaydigan, barcha orzu-havasi, umidlarini farzand­lari bilan bog‘laydigan, dang‘illama to‘ylar qiladigan, uylar quradigan boshqa xalq bo‘lmasa kerak. O‘zi och qolsa ham, so‘nggi burda nonini farzand­lariga beradigan xalq bizning o‘zbeklar. Farzandlari, nevaralari haqiga chang solishni hatto xayoliga ham keltira olmasa kerak. Ammo.

Facebook

Amir Temur hazratlarining hayratomuz sirli uzuklari haqida bu kunga kelib yangi ma’lumotlar ayon bo‘ldi. Chunki bu qimmatbaho durdona O‘zbekistonning tarixiy yodgorlik­laridan biri bo‘lib, tarix zarvaraq­larida tengsiz, misli ko‘rilmagan topilmadir. Shu bois, ushbu maqolada ana shu mashhur uzuk haqida fikr yuritamiz. Ba’zi bir xorijiy mamla­katlarda e’lon qilingan tarixiy ma’lumotlarda Amir Temur tamg‘asi zarb qilingan bu nodir buyum Avstriya yoki Italiyadagi muzeylardan birida tarixiy yodgorlik sifatida saqlanib kelinayotganligi taxmin qilinadi.
Afg‘onistonning atoqli tarix­shunos olimlari — akademik Inoyatillo Shahroniy, Nurilloxon Tolqoniy, Abdulhamid Muboriz va Ustod Xalillo Xaliliy janoblari­ning dariy tilida chop etilgan maqolalarida ham ushbu sirli uzuk tilga olinadi. Ularning qo‘llarida bo‘lgan birlamchi hujjatlar tahlili bo‘yicha sohibqiron Amir Temurning ushbu uzugi haqida mufassal ma’lu­motlar beriladi.
Ushbu maqola orqali O‘zbekiston­ning ilmiy jamoatchiligi va Amir Temur jamg‘armasi mas’ul xodim­larini ushbu mavzuga diqqat-e’tibor­lari­ni qaratmoqchiman. Shoyad bu yodgorlik bo‘yicha tegishli ilmiy izlanishlar olib borilsa va xalqimiz­ga ushbu noyob, bebaho buyum haqida batafsil ma’lumotlar berilsa.
Afg‘onistonda chop etilgan Abdul­hamid Muboriz va Ustod Xalillo Xaliliylarning maqolalarida ushbu uzuk hozir qayerda, qaysi mamlakatda yoxud qaysi shaxsiy kollektsiyada ekanligi mavhum bo‘lib qolayotganligi ta’kidlanadi. Afg‘onistonning madaniyat vaziri muovini lavozimida ishlab kelgan Abdulhamid Muboriz­ning “Tarix dahasidagi asosiy qonun” kitobida yozilishicha, 1973 yili 27 mayida Afg‘onistonning sobiq podshohi Muhammad Zohirshoh Rim shahridan jiyani Muhammad Dovudga maktub yo‘llab, topilmani qaytarishni iltimos qilgan ekan:
“Oliyqadr Muhammad Dovudxon janobi oliylariga!
Nihoyat samimiy qizg‘in salom­larni Sizga yo‘llab, barcha arkoni davlat­laringiz bilan Sizga sog‘liq-salo­matlik, uzoq umr va kelajak ish­larin­gizda ulkan yutuq, omadlar tilab, qon-qarindoshlaringiz nomi­dan quyidagi iltimosnoma bilan murojaat etaman. Albatta, kaminan­gizning hurmat va iltimosini bajo etgaysiz. Mening ish joyimda Sulton Husayn Bayqarodan qolgan bir dona nodir qo‘lyozma va bir dona qimmatbaho uzukni menga yuborsangiz bas deb umid qilaman. Menga boshqa mulku davlat kerak emas”.Ushbu maktubdan darak topgan “Ark” saroyining bosh qo‘mondoni general Muhammad Ziyo yuqorida nomi qayd etilgan nodir qo‘lyozma va uzukni pinhona olib, Avstriyaga jo‘naydi va u yerdan siyosiy boshpana so‘rab, shu mamla­katda qoladi. Nurillo Tolqoniy­ning so‘zlariga qaraganda: “Ushbu uzuk Avstriyadagi muzeylardan biriga katta mablag‘ evaziga sotilgan”. Boshqa olimlar Zohirshoh janoblarining o‘zlari Italiyadagi muzeylardan biriga ushbu noyob topilmani sovg‘a qilib yuborgan degan fikr-mulohaza­larni ham bayon etishgan.
Bu taxminlarning qaysi biri haqiqatga to‘g‘ri kelishini hozircha hayot bo‘lgan 91 yoshli Muhammad Zohirshoh janoblari aniqlik kiritishi mumkin.
Afg‘onistondagi “Majallai Oryona” jurnalining 1333 hijriy-shamsiy yil, 9-son, 13-15-betlaridagi marhum Ustod Xalillo Xaliliyning “Sulton Husayn Bayqaro oromgohi” degan maqolasida ushbu uzuk sobiq Afg‘o­niston podshohi Muhammad Zohirshoh janoblariga hadya qilinganligi to‘g‘ri­sida mukammal ma’lumot berilgan.
Hozirda Amerika Qo‘shma Shtatlari shaharlaridan birida ilmiy-tidqiqot olib borayotgan tarixshunos olim, akademik Inoyotillo Shahroniy janoblarining ta’kidlashlaricha, bu uzuk sohibqiron Amir Temurga tegishli bo‘lib, uning gardishida quyidagi so‘z “Rosti-rusti” “Kuch ado­latdadir” iborasi borligini va boshqa belgi­larni tahlil etadi. Aynan shu so‘zlar sohibqironga tegishli ekanligi tari­xiy ma’lumotlar o‘z aksini top­gan­ligi hammaga ma’lum. Bu olimning fikricha, aslida bu uzuk ilk bor turk xoqoni O‘g‘uzxonga tegishli bo‘lgan. Ushbu beba­ho durdona turk xoqonligi sulola­lari­dan avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tib, IX asrda Xolid Binni Barmak qo‘liga kelib tushganligi haqida ham rivoyat bor.Aytishlaricha, turk shahzodalaridan biri Bag‘dod shahriga safar qilib, Xolid binni Barmakning huzuriga kirishga izn so‘raydi. Podshohning ijozati bilan uning qabuliga qadam qo‘yadi. Xolid binni Xolidning soniga bog‘langan, uni barcha xavf-xatardan, taomiga zaharli moddalar aralash­tiril­ganligi va boshqalardan ogoh qiluvchi moslama darhol tebrana boshlaydi. Podshohning amri bilan ushbu shahzoda hibs etilib, tintuv o‘tkaziladi, qo‘riqchilar uning qo‘lida­gi uzukni musodara qilishadi. Uzuk tahlildan o‘tkazilganda qimmatbaho brillianti borligi, gavharning tagida esa maxsus zahar saqlanadigan chuqurcha o‘yilganligi aniqlanadi. Xolid Binni Barmakning moslamasi va shahzodaning qo‘lidagi uzuk bir xil sehrli kuchga ega ekanligi tadqiqot­lar­dan keyin ma’lum bo‘ladi. Bu ikki jism o‘z egalariga tashqi va ichki xavf-xatar yoki taomga zaharli modda­lar aralashtirilgan bo‘lsa, darhol ogoh etuvchi belgilarni namoyon qilish xususiyatiga ega bo‘lgan.Bu g‘aroyib uzuk bilan Husayn Boyqaro barmoqlaridan olingan uzuk bir xil xususiyatlarga ega ekanligi Xalillo Xaliliy maqolasida ishonar­li ochib beriladi. U mazkur uzuk Husayn Bayqaro maqbarasidan topil­gan­ligini hamda ayni bir buyum ekanligini taxmin qiladi.
1965 yilda Hirot shahrida Xo‘ja Abdulla Ansoriyning tavallud topganligi ming yilligini nishon­lash munosabati bilan o‘tkazilgan jahon xalqaro qo‘lyozmalar ilmiy konferentsiyasida Sulton Husayn Bayqaro va Mir Alisher Navoiy qabrlarini ochib, tegishli tadqiqot­lar o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi. Shu qarorga asosan Rizo Moil Hiroviy, alloma Ustod Xalillo Xali­liy, akademik Salohiddin Saljuqiy va boshqa bir qancha xorijiy ekspertlar ishtirokida qabrlar ochilib, tadqiqot­lar olib borildi. Shunda Husayn Bayqaro jasadining o‘ng qo‘l ko‘rsatkich barmog‘ida g‘aroyib uzuk topiladi. Olimlar uni o‘rganishni boshlaydilar. Ustod Xalillo Xaliliy bu noyob topilmani o‘z qo‘li bilan Muhammad Zohirshohga tuhfa qiladi. Mazkur dalillarga asoslanib, shuni xulosa qilish mumkinki, bu ajoyib-g‘aroyib topilma sohibqiron Amir Temurdan uning avlodlariga meros bo‘lib o‘tgan.
Sharqshunos Turg‘un Fayziyevning “Husayn Bayqaroning sirli o‘limi” asarida shunday yozadi: “Tarixchi Xondamirning yozishicha, Sulton Husayn Bayqaroning jasadi o‘zi qurdirgan madrasa gumbazi ostiga dafn etilgan. Madrasa Musallo yoniga qurilgan bo‘lib, o‘zining salobatli va muhtashamligi bilan kishini lol qoldiradi. Biroq XIX asrda, Afg‘oniston amiri Abdurahmonxon zamonida ingliz mushovirlari “Ruslar Hirotni zabt etmoqchi, binobarin, baland va ulkan minoralar ularning zambaraklariga nishon bo‘lishi muqarrar” deb minoralarni buzib tashlashni maslahat beradilar. Shundan so‘ng mahalliy hukmdorlar madrasa minoralarining ostiga dinamit qo‘yib portlatadilar. Natijada bir necha osoriatiqa yodgorliklar kultepaga aylanadi. Jumladan, Sulton Husayn Bayqaro qurdirgan madrasa ham vayronaga aylanadi. Bayqaro qabri vayronalar orasida, ochiq maydonda qolib, bir oz yerga cho‘kkan, ustiga o‘rnatilgan marmar tosh “Sangi haft qalam” esa bir tomonga og‘ib qolgan.
Sulton Husayn Bayqaro maqbarasi qoshiga qo‘yilgan “Sangi haft qalam” marmar toshi haqida “Piri Hirot” asarida quyidagi jumlalar yozilgan: “Sangi haft qalam” jahondagi xattotlik san’atining bebaho durdo­na­laridan bo‘lib, Husayn Bayqaro tomonidan shaxsan o‘z qabriga atab buyurtirilgan qabr toshi edi. Bu qabr toshini sangtarosh nodir xattotlik bezaklari bilan bezashga yetti yillik umrini sarflagan. Ammo taqdir taqozosi bilan 1496 yil Bayqaroning suyukli farzandi Shoh G‘arib Mirzo vafot etadi va bu qabr toshi yodgorlik sifatida shahzodaning qabriga qo‘yiladi. Sulton Husayn Bayqaroning buyrug‘i bilan o‘sha mohir sangtarosh tomonidan tamoman yangi qabr toshi yasaladi va u vafotidan so‘ng qabriga o‘rnatiladi.
Bu qisqa maqola nihoyasida yana shuni ilova qilamiz. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Alining ayti­shiga ko‘ra, ushbu tarixiy uzuk bugungi kunda Amerikada Nyu-York shahri­dagi “Metropoliten” muzeyi­ning “Islom bo‘limi”da saqlana­yotganligi haqida ma’lumotlar bor. Shunga asoslanib, Muhammad Ali ushbu shaharga borganda, muzeyga qadam ranjida qiladilar, ammo bir tasodif tufayli shu bo‘lim ta’mirlash uchun yopilgan bo‘lib, uni ko‘rolmaydi.
Bunday nodir yodgorlik va qo‘lyozma asarlar qayerda saqlanishidan qat’i nazar, tariximiz, madaniyatimiz iftixori, buyuk Turon-Turkiston xalqlarining boy merosi hisob­lanadi.
Boshqa bir ma’lumotlarga qara­ganda, sohibqironning qo‘llarida bo‘lgan zarhal qilich hanuzgacha Eron mamlakatining Mashhad shahridagi muzeyda, salobatli sovut kiyimlari esa Turkiyada, “Temur tuzuklari” va Mirzo Ulug‘bekning “Ziji Ko‘ra­goniy” qo‘lyozmasi Frantsiyadagi muzeylar­dan birida ekanligi qayd qilingan.