Press "Enter" to skip to content

Boshlang‘ich sinflar DTS, ona tili o`quv dasturi, darsliklarida muammoning yoritilishi

Sinfda o`qish darslarida barcha o`quvchilar o`qituvchi rahbarligida ayni bir asarni o`rganadilar: asar mazmuni, qurilishi, badiiy til vositalari ustida ish olib boradilar

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 1 stavkadan kam ishlashi mumkinmi?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda fuqarolardan kelgan savollarga javob berildi.

– Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining dars soatlari qisqarib ketayotgan ekan. Buning sababi nima, o‘qituvchi 1 stavkadan kam ishlashi mumkinmi?

– 2018 yil 27 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida boshlang‘ich (1-4) sinflarga ruxsat etilgan maksimal haftalik yuklama jami 88 soat etib belgilangan. Bugungi kunda boshlang‘ich sinflarning haftalik yuklamalari amalda jami 98,5 soatni tashkil etib, belgilangan me’yordan 10,5 soat oshib ketgan.

Shu sababli, boshlang‘ich sinflarning maksimal haftalik yuklamasi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqlashtirildi.

Qisqartirilgan holatda ham diplomida jismoniy tarbiya mutaxassisligi bulgan o‘qituvchi 1-sinfda 18 soat, 2-4 sinf o‘qituvchisi 17 soat dars beradi. Diplomida jismoniy tarbiya bo‘lmagan o‘qituvchilar 1-sinfda 17 soat 2-4 sinflarda 16 soatdan dars berishi mumkin.

Shuningdek boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida:

�� sinf rahbarligi, daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun qo‘shimcha to‘lovlar;
�� 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-son qarori talablari asosida belgilanadigan har oylik ustama to‘lovlari;
�� malaka toifa darajalarini oshirish orqali oylik maoshlarini oshirish imkoniyatlari mavjud.

Sanitariya talablari asosida boshlang‘ichda sinflarda soatlarni optimallashtirish xisobiga Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab matematika, kimyo va biologiya, informatika fanlarini chuqurroq o‘rgatish uchun mazkur fanlarga qo‘shimcha dars soatlari ajratildi.

��10-sinf “Matematika” faniga haftasiga 1 soat;
��10-11-sinf “Kimyo” faniga haftasiga 1 soatdan (jami 2 soat);
��10-11-sinf “Biologiya” faniga haftasiga 1 soatdan (jami 2 soat);
��5-6-sinf Informatika faniga haftasiga 0,5 soatdan (jami 1 soat) qo‘shildi.

Toshkent shahridagi barcha maktablar va Respublika hududidagi mingdan ortiq maktablar elektron Kundalikka o‘tayotgani bois Kundalik daftar xarid qilmasligingizni yana bir bor eslatib o‘tamiz. Hududlarda qaysi maktablar elektron Kundalik bilan qamrab olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni maktabingiz ma’muriyatidan aniqlashingiz mumkin.

Boshlang‘ich sinflar DTS, ona tili o`quv dasturi, darsliklarida muammoning yoritilishi

1.2 Boshlang‘ich sinflar DTS, ona tili o`quv dasturi, darsliklarida muammoning yoritilishi.
O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning o`ziga xos yo`liga ega bo`ldi.Mustaqillik omili ta`lim sohasini ham tubdan yangilash zaruratini vujudga keltirdi.

O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida” gi qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari” asosida ta`limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari hamda prinsiplari tanlanishi birinchi darajali ehtiyojga aylandi. Natijada 1999 yilda umumiy o`rta ta`limning davlat standartlari tasdiqlandi. Davlat ta`lim statdartlari umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb- hunar va oliy ta`lim mazmuniga hamda sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilab berdi. 13

Davlat ta`lim statdarti amaliyotga joriy qilinib, bir qator tajribalar to`plandi. 2005 yilda to`plangan tajribalar asosida Davlat ta`lim statdarti takomillashtirildi. 14

Boshlang`ich ta`lim bosqichida o`quvchilarning ona tili ta`lim sohasi bo`yicha tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar quyidagi uch parametrli standart o`lchovi orqali aks ettirildi. O`qish texnikasi, o`zgalar fikri va matn mazmunini anglash hamda fikrini yozma shaklda bayon etish malakasi.

Boshlang`ich ta`lim Davlat standartida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari iborasi aynan qo`llanilgan bo`lsada, ko`rsatigan uch parametrli statdart talabini bajarish o`quvchilarda ma`lum darajada mustaqil o`qish ko`nikmalini talab qiladi.

Davlat ta`lim standarti asosida o`quv dasturlari va darsliklar yaratiladi.

Boshlang`ich sinflar ona tili dasturi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi.
1.Savod o`rgatish, sinfdan tashqari o`qish va nutq o`stirish.

2.Sinfda va sinfdan tashqari o`qish va nutq o`stirish.

3.Fotenika, grammatika, imlo va nutq o`stirish.

Bu bo`lim materiallarini birlashtiruvchi asosiy tamoyil nutq o`stirish hisoblanadi. Nutq o`stirish boshlang`ich sinf ona tili ta`limiga aniq amaliy yo`nalish beradi va bolalarga ongli o`qish, o`qiganlarini ravon gapirish va yozishga o`rgatadi. Ona tili va adabiyotdan bolalarning yosh xususiyatlari va saviyalarini hisobga olgan holda boshlang`ich bilim berishni, shu asosda nutqni boyitish, boshqalar nutqini e`tibor bilan eshita olish hamda kitob o`qishga qiziqish uyg`otishga yo`naltirishi zarur.

Ona tili o`quv dasturining ikki bo`limida sinfdan tashqari o`qish atamasi qo`llangan.Nafaqat 1-4 sinflarda, balki yuqori sinflarda ham sinfdan tashqari o`qish atamasi qo`llangan. Demak, 1-4 sinflarda sinfda o`qish va sinfdan tashqari o`qish darslari uyushtiriladi.

Sinfda o`qish darslarida barcha o`quvchilar o`qituvchi rahbarligida ayni bir asarni o`rganadilar: asar mazmuni, qurilishi, badiiy til vositalari ustida ish olib boradilar

Sinfdan tashqari o`qish darslarda esa o`quvchilar bir mavzuga oid bir necha asarni o`qib o`rganadilar. Sinfdan tashqari o`qishning maqsadi o`qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o`qiydigan, o`qigan kitobini to`g`ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir. 15

Albatta, sinfda o`qish darslarida ham mustaqil o`qish ishlari uyushtiriladi, o`quvchilarda ma`lum ko`nikmalar hosil qilinadi.Biroq sinfdan tashqari o`qish atamasining ma`nosi ancha keng bo`lib, o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari ayni shu darslarda shakllantirib boriladi.

  • Birinchi bosqichda o`qish doirasi, ya`ni o`qitiladigan kitoblar va ularning qaysi tartibda o`qish bilan tanishtirish yuzasidan o`quvchilarga ko`rsatma beriladi.
  • Ikkinchi bosqichda shu o`quv materiallari asosida bilim, ko`nikma va malakalar shakllantiriladi.

1) tayyorgarlik bosqichi;

2) boshlang`ich bosqich;

Tayyorgarlik davrida sinfdan tashqari o`qish uchun maxsus soat ajratiladi. Haftada 1 marta savod o`rgatish darsidan 15-20 daqiqa ajratiladi. Ikkinchi bosqichda sinfdan tashqari o`qish darslari hajmi ko`rsatilmagan. O`qish materiali, mavzular vazifalari yuzasidan ko`rsatmalar berilgan..

2-sinflarda sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan. O`qish materiali, o`qish mavzulari, hosil qilinadigan bilim, ko`nikma va malakalar ko`rsatilgan.

3-sinfda ham sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan. O`qish doirasi, o`quv materiali, o`qish mavzulari aniq ko`rsatilgan.

4-sinfda ham sinfdan tashqari o`qish uchun 17 soat ajratilgan.Bu sinf dasturida sinfdan tashqari o`qish darslarini tashkil qilish yuzasidan qisqacha umumiy tavsiya beriladi. Ammo o`quv materiali, o`qish mavzulari ko`rsatilmaydi.

Boshlang`ich ta’limda sinfda o`qish va sinfdan tashqari o`qish darslari uyg`un holda tashkil etiladi. Sinfda o`qish darslari amalga oshiradigan quyidagi vazifalar sinfdan tashqari o`qish uchun ham taalluqlidir. Ular:

1. O`quvchilarda yaxshi o`qish sifatlari: to`g`ri, tеz, ongli, ifodali o`qish malakalarini shakllantirish.

2. O`quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kеrakli bilimlarni olishga o`rgatish, kitobga muhabbat uyg`otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko`tarish.

3. O`quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kеngaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.

4. O`quvchilarni axloqiy, estеtik jihatdan yеtuk va mеhnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.

5. O`quvchilarning bog`lanishli nutqini va adabiy-estеtik tafakkurini o`stirish.

6. O`quvchilarning xayolot olamini boyitish.

7. Elеmеntar adabiy tasavvurlarni shakllantirish.

Sinfdan tashqari o`qish darslari esa yuqoridagi qo`shimcha sifatida yana quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi:

1. Kichik yoshdagi o`quvchilarni o`qish malakasini takomllashtiradi.

2. Kitobni mustaqil o`qiy oladigan, uni tushunadigan kitobxonni tarbiyalaydi.

3. Ma’lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazеta va jurnallarni ham mustaqil o`qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi.

4. Sinfdan tashqari o`qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi.

5. Mustaqil kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o`qiydigan, o`qilgan kitobni to`g`ri baqolay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalaydi.

Mustаqillik tufаyli tа`lim tizimidаgi аmаlgа оshirilаyotgаn islоhоtlаr, tа`lim mаzmunidаgi o`zgаrishlаr bеvоsitа sinfdаn tashqai o`qish dаrslаrini tаshkil etishni tаkоmillаshtirishgа turtki bo`ldi. Bоshlаng`ich sinfda sinfdan tashqari o`qish dаrslаrini tаshkil etish usullаrigа yangichа yondаshishni tаlаb etdi. Bu bоshlаng`ich sinf o`quv dаsturlаri vа dаrsliklаri, o‘quv qo‘llanmalarining yangi аvlоdini yarаtish zаruriyatini yazаgа kеltirdi. Аnа shu ehtiyoj bilаn 1-3- sinflar uchun ”Kitоbim – oftobim” 16 qo‘llanmalarining qayta ishlangan nashri chop etildi.

”Kitоbim – oftobim” qo‘llanmasi yangi yaratilgan badiiy adabiyot namunalari bilan doimiy ravishda boyib borilishi lozim. ”Kitоbim – oftobim” qo‘llanmasidа vа ulаrgа ishlаngаn mеtоdik qo`llаnmаlаrdа o`quvchilаrning mustаqil o‘qishga va mustaqil fikrlаshgа, bаdiiy аsаr mаtni ustidа izlаnishgа undаydigаn sаvоl-tоpshiriqlаr, ularni tashkil etish usullari ishlаb chiqilishi lоzim. Sinfdan tashqari o‘qish uchun nashr qilingan metodik adabiyotlardа matn ustida ishlash talab dаrаjаsidа dеb bo`lmаydi. ”Kitоbim – oftobim” qo‘llanmasidagi bаrchа sаvоllаrning tuzilishi vа mаzmuni DTS tаlаblаrigа to`liq mоs kеlishidаn qаt`i nаzаr ulаrni mukаmmаllаshtirа bоrish hаyotiy zаrurаtdir. Dаrsliklаrdа bеrilgаn sаvоl vа tоpshiriqlаr o`qituvchilаrning vа o`quvchilаrning qo`shimchа sаvоllаr-tоpshiriqlаri аsоsidа to`ldirilib bоrilsа, tа`limning yanа hаm mukаmmаlligigа erishilgаn bo`lаrdi.

Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish yuzasidan DTS, o`quv dasturi va “Kitobim-oftobim qo`llanmasi” tahlili natijalaridan quyidagilar aniqlandi:

  1. Boshlang`ich sinflar Davlat ta`lim standartida o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari xususida alohida ko`rsatkich va talablar qo`yilmagan. Bizningcha, bu xususda o`ylab ko`rish lozim.
  2. Amaldagi o`quv dasturiga muvofiq o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalarini xosil qilish uchun 1-sinfda har haftada 15-20 daqiqa, 2-3-4- sinflarda esa 17 soatdan jami 51 soat ajratiladi. Demak, o`quvchilarda mustaqil o`qish ko`nikmalarini shakllantirish uchun alohida ahamiyat berilgan.
  3. Dasturda har bir sinfda “Sinfdan tashqari o`qish” bo`limi ajratilgan. Mana shu bo`limda berilgan metodik ko`rsatmalarda bir xillik, aniqlik, uzviylikka rioya qilinmagan.
  4. Boshlang`ich sinflar dasturida o`qish uchun adabiyotlar ro`yxati ko`rsatilmagan. Bu esa sinfdan tashqari o`qish darslarini samarali tashkil qilinishiga o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatmoqda.

I BOB BO`YICHA XULOSALAR

1. Sinfdan tashqari o`qishning jahon ta`limidagi ilg`or usullar asosida yaratilgan tizimi o`quvchilarni o`qishga qiziqtirish, ularning fikrlash qobiliyatini o`stirish, kitob bilan ishlash usullarini o`rgatish, og`zaki nutqini o`stirish, muntazam ravishda kitob o`qib borishga rag`bat uyg`otish – ma`naviy madaniyatini yuksaltira borish kelajak avlodni o`qitish va tarbiyalash jarayonidagi asosiy masalalardan hisoblanadi.

2. Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikmalari STO` darslarida shakllantirib boriladi. Amaldagi dasturda STO` darslariga 1-4- sinflarda jami 50 soatdan ortiq vaqt ajratiladi. Biroq dasturda shu ko`rsatilgan soatlarda o`rganiladigan asarlar ro`yxati berilmagan.

3. 1-4- sinflar ona tili o`quv dasturidagi ”Sinfdan tashqari o`qish” bo`limi qayta ko`rib chiqilishi, unga aniqlik kiritilishi lozim.

4. Boshlang`ich sinflarda Davlat ta`lim standartiga o`quvchilarning mustaqil o`qish ko`nikma va malakalarini belgilovchi ko`rsatkich va talablar kiritilishi maqsadga muvofiq bo`lar edi.

II BOB.BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL O‘QISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

2.1 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil o‘qishga tayyorlash

Ulug` yozuvchilar tarixiga nazar tashlansa, iste`dodning tug`ulishi har kimda har xil kechganini ko`rish mumkin. Alisher Navoiy ilk yoshlaridanoq Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» asarini yod olgan, hali o`smirlik davridayoq ilk asarlari bilan mavlono Lutfiydek benazir shoirni hayratlarga solgan bo`lsa, Usmon Nosir balog`at yoshidayoq mashhurlik darajasiga erishgan edi. Taniqli bolalar shoiri Samuil Marshak 4-5 yoshlaridanoq she`r mashq qilib 11-12 yoshlarida ilk poemalarini yaratgan bo`lsa, Quddus Muhammadiy «O`quvchiga esdalik» nomli birinchi she`riy kitobini e`lon qilganida sal kam 40 yoshda bo`lgan.

Kichkintoylarning sevimli shoiri Tursunboy Adashboev so`zni so`zga juftlab, o`z hayrati-yu bor g`ayratini qog`ozga tushira boshlaganida 12-13 yoshlarda bo`lganini sog`inch bilan xotirlaydi. «Mening adabiyotga kirib kelishim, – deb yozadi shoir, – avvalo, muallimlarimning, qolaversa, Abdullajon Haitovday fidoiy, adabiyotga juda mehr qo`ygan odamlarning ta`siri tufayli bo`lgan, desam adashmayman.

Oltinchi sinfda o`qib yurgan kezlarim «Qizil O`zbekiston» (hozirgi «O`zbekiston ovozi») gazetasida mashhur olim Hodi Zarifning bir xati chiqdi. Xatda gazetxonlarga xalq ichidagi dostonlarni yozib olishga yordam so`rab murojaat etilgandi. Maktabimiz direktori gazetani olib kelib, qishloqdagi to`ylarda doston aytib yuradigan Olim qarg`a degan kishini topib, dostonini yozib jo`natgin, dedilar menga. Men bu haqda Hodi Zarifga xat yozdim. Hodi akadan: Uka, dostonning hech qayeriga qo`shmasdan, og`zidan qanday chiqsa shundayligicha yozib jo`natishingizni iltimos qilaman, degan javob keldi.

Bu «Yozi bilan Zebo» dostoni edi. Xullas, men Olim qarg`ani izladim, u kishi qo`shni qishloqda paxsa urayotgan ekan. Olim akani ish ustida topdim, tanishdim, maqsadimni aytdim. «Bo`ldi, menga bir hafta qog`oz qoralasam, senga doston aytib o`tirsam, tirikchiligim qolib ketadi. Kechqurunlari yozamiz», dedi. Kelishdik. Bir hafta deganda dostonni qoralab oldim va Hodi Zarif domlaga jo`natdim. Mana shu o`quvchilik yillaridagi qiziqishlarim meni katta adabiyotga yetaklagan bo`lsa, ajabmas».

Ko`rinadiki, ko`pchilik ijodkorlar mustaqil o`qish va izlanish natijasida buyuk kishilarga aylangan. Bu borada mustaqil o`qishga o`rgatuvchi sinfdan tashqari o`qish darslari bolalarni kichik yoshdan boshlab kitob o`qishga tayyorlaydi.

Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qish o`zining lingvodidaktik, pedagogik-psixologik xususiyatlariga ko`ra bosqichlarga bo`lib o`rganishni taqozo etadi.

Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qishni guruhlash masalasi o`zbek olimlari K.Qosimovaning “Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi” kabi darsliklari va B. Ma`qulovaning “Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qishning mazmuni va uni tashkil etish” nomli nomzodlik dissertatsiyasida o`z tatqiqot ob`yektlari nuqtai- nazardan yoritilgan.

B.Ma`qulova boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari o`qish jarayonini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo`lgan:

1. Tayyorlov bosqichi (Bu bosqichga 1-sinf davrini kiritadi).

2. Ilk mutoala bosqichi (Bu bosqichga 2-3-sinf davrini kiritadi).

3. Mustaqil mutoala bosqichi (Bu bosqichga 4-sinf davrini kiritadi).

Biz ham sinfdan tashqari o`qish jarayonini shartli ravishda 3 davrga bo`ldik va unga quyidagicha yondashdek:

1. Tayyorlov bosqichi. Bunga 1-sinfning 1-yarim yilligida o`quvchilarni badiiy kitoblar bilan tanishtirish, badiiy asardan zavq ola bilishi, uni mustaqil o`qishga havas uyg`otish, o`qish texnikasi yuzasidan izchil tushunchalar berib borish, to`g`ri talaffuzga o`rgatish masalalar kiritildi.

2. Ilk mutoala bosqichi. Bu bosqichga 1-2-sinf o`quvchilarini badiiy kitoblar bilan tanishtirishdan mustaqil mutolaaga, tez, to`g`ri, ravon va ifodali o`qishga, o`qiganlari yuzasidan o`z taassurotlarini shakllantirishga oid masalalar kiritildi.

3. Mustaqil mutolaa bosqichi. Bu bosqichga 3-4-sinf o`quvchilarining badiiy asar mutoalasi bo`yicha dastlabki ikki sinfda egallagan ko`nikma va malakalari asosidagi kitobxonlik madaniyati darajasi, chunonchi, asar mavzusini to`g`ri belgilash, sujet voqealari o`rtasidagi o`zaro bog`liqlikni aniqlash, adabiy qahramonlarning xatti-harakatiga o`zining shaxsiy munosabatini bildirish, tegishli xulosalar chiqarish, so`z zahirasini boyitish, badiiy asardan olgan taassurotlari asosida og`zaki hikoya tuzish, bayon, insho, taqriz, annotatsiya, tezis kabi yozma ijodiy ishlar yozish bilan bog`liq masalalar kiritildi. Avvalo maktabgacha tarbiya muassasida bolalarda baddiiy asarlarni eshitish ishtiyoqini va undan zavq olish tuyg`ularini uygotish lozim. Bog`cha yoshidagi bolalar xalq og`zaki ijodiga katta qiziqish bilan qaraydilar. Bunga sabab tevarak-atrofida hayvonlarga, o`simlik, dov-daraxtlarga, meva-chevalarga bo`lgan mehr sabab bo`ladi. Ular ota-onalari, buvi-buvalaridan ertak, topishmoq eshitishni, hayotlarida yuz bergan voqealarni so`zlab berishlarini istaydi, yoqtiradi. Bu borada Hamid Olimjonning esdaliklarini eslash kifoya:

Ko`p ertak eshitardim,

So`ylab berardi buvim.

O`zi uchar gilamlar,

Bola bo`p qolgan chollar…

Bolalardagi bu ishtiyoqni so`ndirmaslik boshlang`ich sinf o`qituvchilarning zimmasidadir. Boshlang`ich sinfda sinfdan tashqari o`qish bosqichlarining maqsad va vazifalarini anglagan holda o`qituvchi unga tayyorgalik ko`rishi lozim.

O`qituvchi sinfdan tashqari o`qishning qaysi bosqichi uchun reja tuzsa ham, o`quvchilarga mustaqil o`qish uchun tavsiya etadigan asarlarini o`zi o`qib- o`rganishi, mavzusiga ko`ra guruhlashi, miqdorini belgilab olishi va taqvim rejaga kiritishi, asar matnlari ustida amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishi, sujeti, kompozitsiyasi, badiiy san`at vositalari, g`oyasi ustida ishlash mazmuni hamda usullarini aniqlab olmog`i zarur. Asar tavsiya qilishda yozuvchining ijodini qunt bilan o`rganishi, tavsiya qilgan asarlarida nimalarga diqqat qaratishlari yuzasidan yo`llanmalar berishi kerak.

Boshlang`ich sinf o`quvchilarining yosh xususiyatlari va bilim saviyalari hisobga olinib ajratilgan har bir bosqichning o`z xususiyati mavjudligini ko`rib chiqdik. Bu haqda o`quv dasturida ham, darslikda ham ta`kidlab o`tilgan. Asosiy metodik muammo bu nimani o`qitish kerak va nima uchun aynan shunday o`qitish kerak savollariga javob topishdir.Ishimizning bu faslida yuqoridagi savol mohiyatini ochishga harakat qilamiz.

  1. Savod o`rgatish davri tayyorlov bosqichi uchun tavqim reja.

2-jadval
Birinchi bosqich- tayyorlov davri STO` darslarining texnologiyasi

1. Kirish suhbatlashish.

2. “Cho`pon yigit Shiroq” afsonasini eshittirish.

3. Afsona yuzasidan suhbat

1.Mashg`ulot maqsadini aytadi, o`quvchilarni mashg`ulotga

2.Kirish suhbatini uyushtiradi.(1-ilova)

3. Kitobni targ`ib qiladilar.

4. Matnni o`qib eshittiradi

5. Lug`at ishi “2-ilova”

6. O`qigan matn yuzasidan kichik suhbatni tashkil qiladi “3-ilova”

7. Rasm asosida matnni qayta hikoya qildiradi. (4-ilova)

Eshitadilar
Suhbatni tinglaydilar.

O`quvchilar kitobni varaqlab ko`radilar

Suhbatda ishtirok etadilar.
Matnni hikoya qilib beradilar.

Vazifani bilib oldilar

Darsning jihozi: asarga ishlangan rasmlar

  1. ilova
  • Afsona sizga yoqdimi?
  • Unda kimning qahramonligi hikoya qilingan?
  • Shiroq nima uchun quloq, burnini kesdi?
  • Shuroq kimning oldiga bordi?
  • U shoh Doroga nima dedi?
  • Shiroq Doro qo`shinlarini qayerga olib bordi?
  • Shiroq nima deb qayqirdi.

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

SINFDAN TASHQARI O’QISH METODIKASI

Sinfdan tashqari o’qishning maqsad va vazifalari
Maktab o’quvchini o’qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o’qiy oladigan, uni tushunadigan, ma’lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o’qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. SHu jihatdan sinfdan tashqari o’qish (STO’) tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko’p narsani bilishga havasni orttiradi.

STO’ning maqsadi o’qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o’qiydigan, o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.

Maktablarda 1959 yildan boshlab maxsus STO’ darslari tashkil etilgan. Bunday darslar 1-2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2 haftada 1 marta o’tkazilib kelindi. Hozirgi dasturga ko’ra, bunday darslar 1-4-sinflarda 2 haftada bir marta o’tkaziladi. Savod o’rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi ajratiladi.

Sinfdan tashqari o’qish o’quv dasturi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, unda ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o’quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish talab etiladi. O’quvchilarda kitobga havas uyg’otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.

Sinfdan tashqari o’qish tanish bo’lmagan mualliflarning ham kitoblari muqovasi, titul varag’i, kirish so’zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taxminiy mazmunini aniqlash vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Sinfdan tashqari o’qish darslarning asosiy vazifasi o’quvchida badiiy kitoblarni o’qishga havas uyg’otish, o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o’rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish hisoblanadi.

Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg’otish, ularning bog’lanishli nutqini o’stirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish sinfdan tashqari o’qish darslarining ham tub mohiyatini tashkil etadi.

STO’ sinfda o’qish bilan uzviy bog’liq ravishda uyushtiriladi. Sinfda o’qish STO’ uchun zarur bo’lgan o’qish malakalarini shakllantiradi, o’qigan asarni tushunishga o’rgatadi, lug’atni boyitadi. STO’ qiziqarli va o’ziga jalb etadigan faoliyat bo’lib, bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Sinfda o’qish − hayotga tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o’qish esa hayotning o’zidir.

Hozirgi paytda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun sinfdan tashqari o’qishga mo’ljallangan “Kitobim-oftobim” nomli qo’llanmalar ham chop etilgan.

Sinfdan tashqari o’qish bosqichlari
STO’ darslari o’quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o’qish malakalarini shakllantiradi. Mustaqil o’qish malakasini shakllantirish 3-bosqichga bo’linadi:

1. Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi. Unga darsning bir qismi − 17-20 daqiqasi ajratilgani uchun “STO’ ma’lumoti” deb yuritiladi.

2. Boshlang’ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to’g’ri keladi. Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi.

3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to’g’ri keladi. Bu davrda o’quvchilarning o’qish malakalarni mustahkamlanadi. Bunda o’quvchilarning sinfdan tashqari o’qiganlari baholanadi.

STO’ bosqichlari, dastur talablari, tarbiyaviy vazifalari o’quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida kichik hajmdagi asarni o’qituvchi o’qib bersa, o’qilganlar yuzasidan suhbat, qayta hikoyalash o’tkazilsa, boshlang’ich bosqichda butun sinf o’quvchilari bir xil kitob bilan ta’minlanadi, barcha o’quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko’rgazmasi tashkil qilinadi. Asar ichda o’qishga topshirilishi, alьbomlar tayyorlanishi, kinofilьm va diafilьmlardan parchalar ko’rsatilishi, musiqiy daqiqalar o’tkazilish hamda asar mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdirilishi ham mumkin. Bu jarayonda kitobni saqlash maqsadida uni yamash, o’rash o’rgatiladi, “Ertaklar bayrami”, “Ifodali o’qish tanlovi” o’tkaziladi.

Asosiy bosqich yakunida kichik yoshdagi o’quvchilar faol kitobxon uchun zarur bo’lgan yaxshi o’qish ko’nikma va malakalarini egallashlari, eng muhimi, ularning kitob hamda mustaqil o’qishni yaxshi ko’rishlariga erishish juda muhimdir.
Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlash tamoyillari
Metodikaning vazifalaridan biri STO’ uchun kitoblar tanlash, o’qiladigan adabiyotlar ro’yxatini tavsiya qilish, yillik o’quv rejasi va dars tuzilishi namunalarini ishlab chiqishdir.

Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi:

1. Kitob tanlashda tarbiyaviy maqsad ko’zda tutiladi.

2. Kitob tanlashda asarlar janri va mavzusining xilma-xilligi e’tiborga olinadi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar, asosan, hikoyalar, ertaklar, she’rlar, topishmoqlar, maqollarni o’qishga qiziqqanlari uchun shu janrdagi asarlar tanlansa, maqsadga muvofiq bo’ladi.

3. Kitobning o’quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi hisobga olinadi. 4. Kitob tanlashda o’quvchilarning shaxsiy qiziqishi va mustaqil o’qishi hisobga olinadi.

5. Kitob tanlashda mavsumiy tamoyilga amal qilinadi.

Umuman olganda, kitobni to’g’ri tanlash sinfdan tashqari o’qish muvaffaqiyatini ta’minlashning muhim shartidir.

Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlik qilish shakllari
STO’ga rahbarlikning asosiy shakli maxsus sinfdan tashqari o’qish darslaridir. Bunday darslar erkin dars hisoblanadi. STO’ darslarida o’quvchilarning kitobxonlik qiziqishlari, bilim doirasi, estetik taassuroti, badiiy obrazlarni idrok etishi, ijodiy qobiliyati rivojlanadi; faol kitobxonga xos ko’nikma va malakalar shakllanadi.

Sinfdan tashqari o’qish darslari o’quvchilarning faolligini oshirishga qaratiladi, shuning uchun ularning qurilishi juda xilma-xil bo’ladi. Har bir dars o’qituvchi va o’quvchining ijodi hisoblanadi; darsda qanchalik xilma-xillikka, hayotiylikka erishilsa, maqsadga erishish oson kechadi.

SHularga qaramay, STO’ darslari o’z oldiga qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishi uchun ma’lum talablarga bo’ysunadi. Ular quyidagilardir:

1. Har bir darsda o’quvchilar o’qigan kitoblar (asarlar) hisobga olinadi. Ular o’qigan va o’qiyotgan kitoblarini sinfga olib kelib ko’rsatadilar, ikki-uch o’quvchi o’zlari o’qigan kitob haqida gapirib beradi, darsda o’zaro fikr almashish holati yaratiladi (bu holat darsdan tashqpri vaqtda ham davom etishi mumkin).

2. Har bir darsda o’qish uchun yangi kitob (asar)lar tavsiya qilinadi. Tavsiya qilish shakllari turlicha bo’lib, ular fikr almashuv, kitobni ko’rsatish, sinfda ko’rgazma tashkil etish, o’quvchilarni qiziqtirish uchun tavsiya qilinadigan kitobdan biror parchani o’qib berish, rasmlarni ko’rsatish yoki filьm namoyish etishdan iborat bo’lishi mumkin.

3. Har bir darsda o’quvchilarga asarni yaxlit holda o’qitish mumkin. Agar asar hajmi kattaroq bo’lsa, bu ish ikki-uch dars davomida amalga oshiriladi. Bunda o’quvchilar o’zlari o’qigan kitobdan biror parchani ovoz chiqarib o’qib berishlari mumkin. Bu jarayonda ichda o’qishdan ham, she’r yodlashdan ham, rollarga bo’lib o’qishdan ham foydalaniladi.

1. Kitobni targ’ib qilish. STO’ga tavsiya qilinadigan asarlar ro’yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo’yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilab turiladi, to’ldiriladi, ko’rgazmalar tashkil qilinadi. O’qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.

2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O’quvchilarning o’qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o’qilgan kitoblar hisobga olinadi.

3. STO’ yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar uyushtiriladi, ular uchun maxsus tayyorgarlik ko’riladi.

O’quvchilarning o’qigan kitoblari og’zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular o’qiganlari yuzasidan sinfdan tashqari o’qish va sinfda o’qish darslarida, yakka tartibdagi suhbatlarda gapirib beradilar.

BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILINI O’QITISH

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishda ona tilini o’rganishning o’rni
O’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishda maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi sharti − o’quvchini shaxs sifatida muvaffaqiyatli kamol toptirishdir. Quyida ko’rsatilgan omillar tilni o’rgatish bilan bog’liq holda o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish usulini belgilaydi:

1. Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ) vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan, boshlang’ich sinflarda tilni o’rgatishning yetakchi yo’nalishi o’quvchilar tomonidan tilning aloqa vazifasini bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi.

2. Til bilan tafakkur uzviy bog’liq bo’lib, tafakkur so’z vositasida yuzaga chiqadi. Til tafakkurnipg mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o’zicha yashamaydi.

Maktabda tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, so’z yasalishi)ni o’zaro bog’liq holda o’rganish ona tilini o’rgatishdagi yetakchi tamoyil bo’lib, uni amalga oshirish o’quvchilarning tilni murakkab, rivojlanuvchan, o’zaro bog’langan muhim tomonlarga ega bo’lgan hodisa sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o’zaro bog’langan qismlardan tuzilishini tushunishga zamin hozirlaydi.

Maktab tajribasi va maxsus tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, yuqorida qayd etilgan dastlabki qoidalarni o’quv jarayonida amalga oshirishda ijtimoiy hodisa sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini to’g’ri tanlash, asosiy til hodisalarini va turlarini tushuntirishda o’qituvchining tutgan metodologik yo’lining aniqligi, o’quvchilar fikrlashini faollashtirish, til nazariyasini o’rgatishga asos bo’ladigan til materialining yuqori sifatli bo’lishi kabi dalillar hal qiluvchi ta’sir etadi. SHubhasiz, har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan holda bo’lmaydi. Aksincha, ularning bir-biriga to’g’ri, maqsadga muvofiq ta’siri ijobiy natija beradi.

Tilning rivojlanishi, ayrim so’zlarning ma’nolari haqidagi bilimni boshlang’ich sinf o’quvchilari ot, sifat, son, fe’lni o’rganish jarayonida asta-sekin bilib oladilar. Bu o’rinda «So’zning tarkibi» bo’limi katta imkoniyatga ega. O’quvchilar bu bo’lim materiallarini o’rganish jarayonida tilimizning yangi so’zlar bilan boyib borishi haqidagi muhim manbalar bilan, so’z yasalishi bilan tanishadilar. Ma’lumki, ko’pgina yangi so’zlar tilda mavjud bo’lgan so’zlar zaminida yaratiladi, tilda bor qoliplar kabi yasaladi: limon tipida limonzor, suvchi tipida bo’zchi kabi. Tilda yangi so’zning paydo bo’lishi o’zidan keyin bir xil o’zakli so’zlar guruhining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi: ishli, ishsiz, ishchi kabi.

Boshlang’ich sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus o’rganilmaydi. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog’liq holda rivojlanadigan hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratpsh muhim ahamiyatga ega. Tilning leksik tomoni boshqalariga nisbatan xarakatchan, tez rivojlanadigan bo’lgani uchun, til leksikasi misolida boshlang’ich sinf o’quvchilari saviyasiga mos ravishda jamiyatning rivojlanishi bilan bog’liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi. Tilning leksik tarkibida yuz berayotgan o’zgarishlar yuzasidan o’qituvchi va o’quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi tasavvurini shakllantirishga mos mate­rial beradi.

Tildan bilim berishda o’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir. O’qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo’lgan daliliy materiallarni yig’ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Til­ga oid bilimni o’rganish natijasida o’quvchilar nutk faoliyatining sifati o’zgaradi, ongliligi ortadi.

Dialektik tafakkur keng ma’noda hodisalarning boshqa hodisalar va jarayonlarga bog’liqligini hisobga olib, ularni har tomonlama mavjud belgilari yig’indisi bilan rivojlanishda ko’rish ko’nikmasini ta’riflaydi. Tafakkurning bunday sifati o’quvchilarda asta-sekin shakllana boradi va o’z navbatida, ular kuzatish jarayonida dalillarni topish, ularni tahlil qilish va o’rganiladigan hodisalarning ayrim tomonlari o’zaro bog’liqligini aniqlash, taqqoslash va umumlashtirish ko’nikmasini egallab boradilar. Keyingi yillarda o’quvchilarning o’quv faoliyati tobora izlanish xarakteriga ega bo’lmoqda. Tilni o’rganishda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun ayrim qoida va aniqliklarni yodlab olish emas, balki atrofdagi hayotni kuzatish asosida o’quvchilarning o’zlari «topgan» yoki adabiy manbalardan tayyor olingan til materialini maqsadga muvofiq analiz va sintez qilish yetakchi hisoblanadi.

Ona tilini o’rganish jarayonida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish masalasini hal qilishda maktab­da ona tilini o’rgatishga asos bo’ladigan material alohida qimmatga ega. Materialning haqiqiy tomoni, uning g’oyaviy yo’nalishi va badiiy ifodaliligi o’quvchilarning fikrlash faoliyatiga, his-tuyg’ulariga ta’sir etadi, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi, o’quvchilarning umumiy taraqqiyoti darajasini o’stiradi va ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi. Keyigi yillarda maktab ona tili darsliklari va o’qituvchilar uchun nashr qilingan qo’llanmalar materiali mazmuniga qo’yilgan talablar anchagina ortdi. Materialning asosiy mezoni matn va alohida gaplarning bilimni boyituvchi qimmati, leksik-uslubiy aniqligi, mavzu jihatdan xilma-xilligi, hayotning turli tomonlari bilan bog’lanishi, matnlarning g’oyaviy-mavzuviy yo’naltirilganligi, kichik yoshdagi o’quvchilarga mosligidir.

SHunday qilib, tilni o’rganish jarayonida kichik yoshdagi o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga o’qituvchining metodologik yondashuvi, o’quvchilar o’zlashtiradigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib boruvchi til haqidagi bilimlar majmuasi, o’quvchilar o’rganib oladigan bilish usuli, tilni o’rganishga asos bo’ladigan materialning bilim berishdagi, g’oyaviy-siyosiy va badiiy qimmati hal qiluvchi ta’sir ko’rsatar ekan.

O’quvchilarda dunyoqarash asoslarini shakllantirish ko’p qirrali jarayon bo’lib, u maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan o’quv-tarbiyaviy ishlarning barcha tizimida hal qilinadi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ona tilini o’rgatishning lingvistik asoslari

Maktabda o’quv predmeti sifatida tilni o’rganish tizimi tilning barcha tomonlarini, yaьni fonetikasi, leksikasi, so’z yaslishi va grammatikasi (morfologiya va sintaksis)ning o’zaro ichki bog’lanishlariga asoslanadi.

Tilning barcha tomonlari o’zaro bog’lanishining ko’p qirraliligi va murakkabligi, ularning dialektik birligi, avvalo, uning aloqa vositasidagi vazifasida namoyon bo’ladi. Aloqa vositaligi tilning muhim xususiyati, asosidir. Bu vazifani tilning har bir qismi boshqa qismlar bilan o’zaro bog’lanishda bajaradi. Har bir so’zga xos bo’lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi. Ammo so’zning tovush qurilishi, shakli mazmunsiz aqlga to’g’ri kelmaganidek, o’zicha yashamaydi. Istalgan tovushlar yig’indisi emas, balki ma’lum ma’no bildiradigan tovushlar yig’indisigina aloqa maqsadiga xizmat qilishi mumkin.

Ma’lumki, ma’no bildiradigan tovushlar yig’indisi so’zdir. Tilning lug’at boyligi, leksikasi fikr ifodalash uchun xizmat qiladigan o’ziga xos qurilish materialidir.

Tilning lug’ati qanchalik boy bo’lsa ham grammatikasiz u o’lik hisoblanadi. Tilnnng lug’at boyligi o’z-o’zicha aloqa vazifasini bajarmaydi. Aloqa maqsadida xizmat qilish uchun lug’at boyligidagi so’zlar bir-biri bilan grammatik jihatdan o’zaro bog’lanib, gap tuziladi. Mana shu tuzilgan gap orqali fikr ifodalanadi.

Tilning har bir tomonining xususiyati undagi til birliklarining o’ziga xosligida namoyon bo’ladi. Fonetika uchun bunday til birligi nutq tovushlari, fonemalar; leksikologiya uchun ma’nosi va qo’llanishi nuqtai nazardan so’z; grammatika uchun so’z shakllari, shuningdek, so’z birikmasi va gap; so’z yasalishi uchun morfema, tuzilishi va yasalishi jihatdan so’z hisoblanadi.

So’z, so’z birikmasi va gap grammatik tomondan ko’pgina xususiyatlarga ega. So’zning o’z morfemik qurilishi, o’zining so’z yasalish turi, biror grammatik kategoriyasi (shaxs, son, egalik, kelishik va boshq.), ma’lum sintaktik vazifasi bor. So’z birikmasi ham so’z kabi so’z o’zgarishi (ko’proq ergash so’z o’zgaradi) shakllariga ega. Gap o’z qurilishiga ko’ra so’zdan sifat jihatdan farqlanadi: so’z o’zi alohida kelganda mustaqil ma’no anglatmaydigan morfemalardan tuziladi, gapni tashkil etuvchi qismlar esa gapdan tashqarida ham mustaqil leksik ma’no bildiradi, gap tarkibida esa uning ma’nosi yana oydinlashadi. Gap va so’z birikmasi “qurilish materiali” sifatida xilma-xil tuzilgan so’zdan foydalanadi. Gap uchun qator sintaktik xususiyatlar, shuningdek, tugallangan ohang ham xarakterlidir.

SHunday qilib, tilning har bir jihatining o’ziga xos xususiyatini ko’rib chiqishning o’zi ularning o’zaro munosabatini, bir-biriga o’tishining murakkabligini ta’kidlaydi. Tilshunoslik fani bo’limlari o’rtasidagi munosabatlar ham shunga o’xshash murakkabdir.

Fonetika, leksikologiya bilan ham, grammatika bilan ham bog’lanadi. Tovushlar, fonemalar, bo’g’inlar tilda alohida emas, balki ma’lum leksik ma’no bildiradigan so’z tarkibida yashaydi.

Fonetikaning sintaksis bilan bog’lanishi, xususan, har bir gapda ma’lum ohangda bo’lishida ko’rinadi. Grammatik va semantik jihatdan bog’langan so’zlar majmuasi ma’lum ohangga ega bo’lsagina gap hisoblanadi. Bunda gapning mazmuni so’zlovchining gapda ifodalangan ohangiga bog’liq bo’ladi. SHunday qilib, ohang gapda so’z tartibi, yordamchi so’zlardan foydalanish, so’z o’zgartishlar bilan birga gap tuzish usullaridan biri sifatida xizmat qiladi.

Leksikologiya so’z yasalishi bilan jips bog’lanadi: birinchidan, tilning lug’at tarkibi, asosan, tilda mavjud bo’lgan so’zlardan yangi so’zlar yasalishi hisobiga to’ldirilib, boyib boradi; ikkinchidan, yasalgan so’zlarning leksik ma’nosi yasama negizning moddiy ma’nosiga asoslanadi.

Morfologiya leksikologiya va so’z yasalishi bilan jips bog’langan. Morfologiya, asosan, so’zning grammatik xususiyatlarini o’rganadi. So’zning grammatik ma’nosi doimo leksik ma’nosi bilan birga namoyon bo’ladi, har bir so’z, bir tomondan, shu so’zga tegishli bo’lgan ma’lum o’ziga xos leksik-grammatik guruhning belgilarini bildiradi, ikkinchi tomondan, u so’zning o’z leksik ma’nosi bo’ladi. So’zdagi mana shu umumiy birlik morfologiyada, leksikadan ajralmagan holda, leksika za­minida o’rganiladi.

So’z uchun muqarrar morfemik tarkibi xarakterli bo’lib, bunga so’zning leksik ma’nosi va qator grammatik belgilari bog’liq bo’ladi. Yangi so’z qaysi usul bilan yasalmasin, u doim grammatik shakllanadi va o’zining leksik ma’nosiga ega bo’ladi. Har bir so’z turkumida so’z yasalishining xarakterli xususiyatlarn mavjud. So’zning morfemik tarkibi va yangi so’z yasalish usullari tilshunoslik fanining so’z yasalishi bo’limida, grammatika va leksikologiyadan ajratilmagan holda o’rganiladi.

Morfologiya va sintaksis har tomonlama o’zaro bog’lanadi. Morfologiyada, asosan, so’zlarning grammatik ma’nosi va uni ifodalash shakllari o’rganiladi; sintaksisda so’zlarni o’zaro bog’lanib so’z birikmasi va gap hosil qilish usullari, shuningdek, gap turlari, ularning mazmuni va ishlatilishi o’rganiladi. So’z morfologiyada ham, sintaksisda ham o’rganiladi, ammo o’rganish ob’ekti har xil bo’ladi. Sintaksisning o’rganish ob’ekti gapdir; unda so’z gap yoki so’z birikmasida boshqa so’zlar bilan ma’no va grammatik jihatdan bog’langan holda o’rganiladi. Mor­fologiyada so’z gapdan tashqarida ham o’rganilishi mumkin; so’zga muayyan leksik-grammatik guruhga kiradigan so’zlar bilan o’zaro munosabati nuqtai nazaridan qaraladi. Morfologiya va sintaksisda so’zga bunday har xil yondashish ularning bir-biriga bog’liqligini inkor etmaydi, aksincha, ular so’z va gapning o’zida yashaydi. So’zlar so’z o’zgarish tizimiga ega bo’lgani tufayli gaplar aloqa vazifasini bajaradi. SHakl yasalishi va so’z yasalishi morfologiyada o’rganiladi, ammo gapda tatbiq etiladi, so’zlarning o’zaro bog’lanish qoidalarini o’rganish esa sintaksis sohasiga taalluqlidir. So’z birikmasi tarkibidagi so’zlarning o’zaro bog’lanish usulini aniqlashda shu so’z birikmasiga kirgan so’z turkumining morfologik xususiyatlari hisobga olinadi. Bular morfologiya va sintaksisda bir-biri bilan bog’liq holda o’rganiladigan til hodisalarining ayrimlaridir. Bu aniq misollar morfologiya va sintaksis bir-birini taqozo qilsa ham, grammatikaning mustaqil bo’limi ekanini ta’kidlash uchun yetarli.

Keltirilgan fikrlar boshlang’ich sinf o’quvchilariga predmetlararo ichki bog’lanishni hisobga olgan holda ona tilini o’rgatish metodikasini belgilaydi.

1. Tilning barcha (leksik, fonetik, so’z yasash, grammatik) tomonlari o’zaro bog’liqligini va ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanini hisobga olib, o’quvchilar tilni ongli o’zlashtirishlari uchun tilning har bir tomoni xususiyatlarini va ular o’rtasidagi bog’lanishni o’zlashtirishlari zarur.

1-4-sinflarda ona tilini o’rganish tizimi fonetika, leksikologiya, so’z yasalishi va grammatikaning o’zaro bog’lanishi mohiyatini hisobga olgan holda tuziladi. Bu hol dastur materiallarini o’rganish tartibini belgilashda ham, ta’lim mazmunini (dastur bo’limlari o’rtasidagi uzviy bog’lanishni) aniqlashda ham hisobga olinadi.

2. Tilning barcha jihatlarining bir-biriga ta’siri uning aloqa quroli vazifasida namoyon bo’ladi. Tilning asosiy birligi sifatida aloqa maqsadida so’zni to’g’ri talaffuz qilish yoki yozish, shu tilda so’zlashuvchi barcha kishilarga bir xilda tushunarli bo’lishi, gapda grammatik jihatdan to’g’ri tuzilishi kerak.

SHularni hisobga olib, kichik yoshdagi o’quvchilar tilning talaffuzi, grafik, leksik, so’z yasalishi va grammatik tomonlarining o’zaro bog’lanishi mohiyatini tushunishlari uchun dastur materialini o’rganishda tilning aloqa vazifasi yetakchi ekani nazarda tutiladi, ya’ni kishilar bilan aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari birgalikda foydalanilishi hisobga olinadi. SHu maqsadda tilning fonetik tomonini o’rganishda so’zning ma’no va talaffuz jihatdan birlik hosil qilishini, tovushning so’z ma’nosini farqlashdagi o’rnini tushuntirishga katta ahamiyat qaratiladi.

“So’z” mavzusi o’tilayotganda o’quvchilar tomonidan so’zning talaffuzi, leksik ma’nosi, morfologik tarkibi, grammatik belgilari, yasalishi, nutqda ishlatilishi va yozilishini yaxlit tushunishga asosiy diqqat qaratiladi. Bunda o’qituvchi so’zning nom bo’lib xizmat qilishini ham, morfemik tarkibi va leksik ma’nosining bir-biriga ta’sirini ham o’quvchilarning tushunib olishlariga erishishi lozim.

“Gap” mavzusini o’rganish vaqtida esa ishning asosiy yo’nalishi nutqda gapning til birligi sifatidagi vazifasini tushuntirish va o’quvchilarda og’zaki va yozma nutqlarida gapdan oson foydalanish ko’nikmasini shakllantirish hisoblanadi.

Maktabda tilning barcha tomonlarini bir-biri bilan bog’liq holda o’rganish ona tilini o’rgatishning yetakchi metodik tamoyili hisoblanadi. Buni amalga oshirish til o’suvchan, bir-biriga o’zaro ta’sir etadigan tomonlari mavjud bo’lgan murakkab hodisa ekanini tushuntirishda ilmiy asos hisoblanadi.

Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’rgatishning

mazmuni va vazifalari
Maktablarda ona tili o’rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo’ygan vazifasiga moslangan. Bu vazifalar qo’p qirrali bo’lib, ularni bajarish o’quvchilar ongini o’stirishga, ularga g’oyaviy-siyosiy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini berishga yo’naltirilgan. Ona tilini o’rgatish natijasida o’quvchilarda o’z fikrini grammatik to’g’ri, uslubiy aniq, mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy to’g’ri yoza olish ko’nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa o’quv predmeti sifatida o’zbek tilining o’ziga xos xususiyati bo’lib, o’quvchini shaxs sifatida shakllantirishga yo’naltirilgan umumta’lim vazifalari bilan bog’liq holda amalga oshiriladi.

Ona tili kursida beriladigan bilimlar mazmunini o’zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi (fonetik va grafik); so’zlarning o’zgarishi va gapda so’zlarning bog’lanishi haqidagi (grammatik, ya’ni morfologik va sintaktik); so’zning morfemik tarkibi va so’z yasalish usullari haqidagi (so’z yasalishiga doir); so’zlarning leksik-semantik guruhi haqidagi (leksikologik); o’zbek tilining to’g’ri yozuv tamoyillari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi (orfografik va punktuatsion) bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar, birinchidan, grammatik, fonetik, so’z yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan, grafik, orfografik, punktuatsion qoidalarda namoyon bo’ladi. Bundan tashqari, o’zbek tili kursi fonetik, gra­fik, morfologik, sintaktik va boshqa ko’nikma va malakalarni ham o’z ichiga oladi.

Tilni o’rganish jarayonida o’quvchilarda boshqa ko’pgina o’quv predmetlari uchun umumiy bo’lgan ko’nikmalar (predmetlararo ko’nikmalar)ni hosil qilish ustida ham ish olib boriladi. Pedagogikada bunday predmetlararo ko’nikmalarga analiz, sintez, abstraktlashtirish (til hodisalarini fikran tasavvur etish), umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash kabilar kiradi. Ushbu ko’nikmalarni o’quvchilarda shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash ularning o’quv faoliyatini faollashtirishga, bilimlarini muvaffaqiyatli egallashlariga imkoniyat yaratadi. Ona tili kursidan hosil qilinadigan maxsus ko’nik­malar bilan predmetlararo ko’nikmalar, bir-biridan ajratilmagan holda o’quv-tarbiyaviy jarayonda shakllantiriladi.

Beriladigan bilim va o’quvchilarda hosil qilinadigan maxsus ko’nikmalar maktab dasturlari va davlat ta’lim standartida qayd etilgan.

Boshlang’ich sinflarda o’rganish uchun tilni ongli egallashga va o’quvchilarda grafik va imloviy malakalarni shakllantirishga zamin bo’ladigan bilimlar tanlangan. Fonetika va grafika sohasida o’quvchilar so’zning tovush tarkibini, unli va undosh tovushlarning o’ziga xos xususiyatlarini, so’zda tovushning ma’noni farqlashdagi ahamiyatini to’g’ri tushunishga imkon beradigan bilimlarni o’zlashtiradilar, shuningdek, ularga so’zning tovush va gra­fik shakli o’rtasidagi nisbat (bog’lanish)ni ongli aniqlash, so’zni to’g’ri yozish imkoniyati yaratiladi. Morfologiya sohasidan ham so’zni ongli o’zlashtirish, uni to’g’ri ishlatish uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo’lgan bilimlar tanlangan. Boshlang’ich sinf o’quvchilari I sinfdan boshlab so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe’l)ni har xil saviyada o’rganadilar.

Sintaksisdan dasturga nutq birligi sifatida gap haqidagi, gapda so’zlarning bog’lanishi, bosh va ikkinchi darajali bo’laklar haqidagi bilimlar kiritilgan. So’zning morfemik tarkibi yuzasidan har bir morfemaning muhim belgilarini, ularning ahamiyati va so’zda bir-biriga ta’sirini boshlang’ich sinf o’quvchilari tushunadigan va so’zlarni to’g’ri yozishda foydalanishlari uchun zarur bo’lgan hajmda ma’lumot berilgan.

Dasturda “Leksika” bo’limi alohida berilmagan, ammo o’quvchilar so’zlarning leksik-semantik guruhlari (sinonimlar, antonimlar) haqida, ularning leksik ma’nolari haqida so’z turkumlari va so’z tarkibini o’rganish jarayonida ma’lumot oladilar.

Boshlang’ich sinflar ona tili kursi 1-4-sinflarda tilning hamma tomonlari o’zaro bog’liq holda o’rganilishi hisobga olinib tuzilgan, har bir sinfda fonetika, leksika, grammatika va so’z yasalishi haqida elementar bilim beriladi. Kursning bunday qurilishi tilning barcha tomonlarini bir-biriga o’zaro ta’sir etadigan bir butun hodisa sifatida o’rganishni taqozo etadi. Tilni o’rganishga bunday yondashish ta’lim jaryonini o’quvchilar nutqini o’stirish vazifasini hal etishga yo’naltirish imkonini beradi.

Dasturning “Grammatika, imlo va nutq o’stirish” bo’limi har bir sinfda quyidagicha qismlarni o’z ichiga oladi: “Tovushlar va harflar”, “So’z”, “Gap”, “Bog’lanishli nutq”. Asosiy mavzular bosqichli izchillik tamoyiliga asoslanib, har to’rt sinfda o’rganiladi. Har bir sinfda yetakchi mavzular ajratiladi. 1-sinfda fonetika va grafikaga oid mavzularni o’rganishga katta o’rin beriladi, chunki o’quvchilar o’qish va yozish jarayonini egallaydilar. 3- sinfda so’zning morfemik tarkibi va gapni o’rganish muhim hisoblanadi. So’z yasalishiga doir bilimlar asosida o’quvchilarda so’zning leksik ma’nosiga, undan nutqda foydalanishga ongli munosabat o’sadi. 4-sinfda so’z turkumlarini o’rganish birinchi o’ringa qo’yiladi (morfologik bilim chuqurlashtiriladi, otlarning egalik va kelishik qo’shimchalarini, fe’llarning tuslovchi qo’shimchalarini to’g’ri yozish malakalari shakllantiriladi).

Bog’lanishli nutq ustida to’rt yil davomida grammatik va orfografik materiallarni o’rganish bilan bog’liq holda reja asosida ish olib boriladi.

Ona tili darslarida til hodisalari ma’nosi (semantikasi), qurilishi, vazifasi jihatidan o’rganiladi.

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab jamiyatni isloh qilish siyosatini kun tartibiga qo’ydi. Barcha sohalardagi kabi ta’lim sohasini isloh qilish siyosati ham izchillik bilan amalga oshirila boshlandi.

Boshlang’ich ta’lim bo’yicha Yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standarti ham mustaqillik davridagi tajribalar natijasi sifatida maydonga keldi. U boshlang’ich ta’lim darsliklari va metodik qo’llanmalarining yangi avlodini yaratishda dasturulamal vazifasini o’tamoqda.

Boshlang’ich ta’lim Davlat ta’lim standartining “Kirish” qismida “Boshlang’ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog’lom bo’lishga, moddiy borliq go’zalliklarini his eta olishga, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o’zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi”, − deb alohida ta’kidlangan.

Boshlang’ich ta’lim oldiga qo’yilgan bu kabi talablarni amalga oshirish ta’lim mazmunini aniq belgilab olishni, o’qitishga yangicha yondashuvni taqozo etadi.

Davlat ta’lim standartida ta’kidlanganidek, “Boshlang’ich ta’lim bosqichida davlat va jamiyat tomonidan qo’yiladigan talab”da ta’lim sohalari bo’yicha o’zaro muvofiqlik, mutanosiblik, uyg’unlik to’la ta’minlangan bo’lmog’i kerak. SHu jihatdan boshlang’ich ta’lim standartini belgilash ta’lim jarayonining tarkibini va xuddi shu tarkib komponentlarining mazmunini modernizatsiyalash, boshlang’ich ta’lim jarayonida yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo’llash imkonini beradi.

Boshlang’ich sinflarda ona tili ta’limi mazmuni ta’lim mazkur bosqichiga qo’yilgan talablardan kelib chiqib belgilanadi.

1. boshlang ich sinf ona tili dasturini tahlil qiling

Foto: Jonibek Qo‘zimurodov / O‘zA

2022−2023-o‘quv yilidan 1−2-sinf o‘quvchilari uchun “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fanidan uyga vazifa berish va baholash bekor qilinadi. Qolaversa, ushbu darslikdan yillik bahoni choraklik baholar asosida qo‘yish amaliyoti tugatiladi. Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tez o‘qish talabi qo‘yilmaydi. Respublika ta’lim markazi axborot xizmati rahbari Mohira Nurullayeva yangi tartiblar bo‘yicha tushuntirish berdi.

Кириллчада 10 fevral 2022, 19:02 Jamiyat

2022−2023-o‘quv yilidan 1−2-sinf o‘quvchilari uchun “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fanidan uyga vazifalar olib tashlanadi hamda ularni baholash bekor qilinadi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Respublika ta’lim markazi axborot xizmati rahbari Mohira Nurullayeva ma’lum qildi.

Uyga vazifalarning olib tashlanishiga avvalo sabab ularning amalda samarasiz topshiriqqa aylangani, qolaversa, darslardan charchab borgan quyi sinf o‘quvchilari uyda ko‘proq dam olishlari lozimligi keltirilgan.

Qolaversa o‘quvchi bajarib kelgan uyga vazifalar yo‘l-yo‘lakay tekshirilayotgani yoki deyarli tekshirilmayotgani, o‘quvchi xato va yutuqlarini yetarli anglab olishi uchun vaqtning yetishmasligi hamda o‘quvchilar “a’lo” baho olish uchun vazifalarni ko‘r-korona ko‘chirib kelish holatlari ko‘paygan.

“Uy vazidalar baholanmaydi degani bu bola uyda umuman dars qilmaydi degani emas. Fan dasturiga ko‘nikmalarni shakllantiruvchi ayrim loyihaviy topshiriqlar kiritilgan. Ota-onasi va yaqinlaridan tegishli mavzularda ma’lumot olib kelish, do‘stiga tabrik xati yozish kabilar shular jumlasidandir”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Milliy o‘quv dasturiga ko‘ra, endi “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligi orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarga sinflar kesimida o‘qish tezligi bo‘yicha ma’lum miqdordagi so‘zni o‘qishi kerak degan talab qo‘yilmaydi. Boisi o‘quvchilar uchun matnni o‘qish tezligi emas, uni tushunish darajasi birlamchi ko‘rsatkich sanaladi.

Bundan tashqari, “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsligi bo‘yicha choraklik baholarni kundalik olingan baholarga qarab, yillik bahoni choraklik baholar asosida qo‘yish amaliyoti bekor qilinadi.

“2022−2023-o‘quv yilidan boshlab kundalik yig‘ilgan baholar choraklik bahoga ta’sir qilmaydi. Chunki kundalik baho rivojlantiruvchi ahamiyatga ega, choraklik baho esa erishilgan marrani tekshirish uchun xizmat qiladi. Bu ikki baholashni o‘zaro qorishtirish sifatga ta’sir qiladi”, — deya ta’kidlangan brifingda.

Respublika ta’lim markazi bahoga jazo yoki rag‘bat quroli emas, rivojlantirish vositasi sifatida qarash kerakligini qayd etdi. Bolalarni baho bilan qo‘rqitishni bas qilish, ularga imkon qadar past baho qo‘ymaslik, toki topshiriqni yaxshi bahoga bajarib kelmaguncha baholamay turish tavsiya qilindi.

«Газета.uz» 2 134

  • # dtm
  • # ona tili va o‘qish savodxonligi
  • # respublika ta’lim markazi