Press "Enter" to skip to content

Ushbu kitobga o xshash asarlar

Ўрикзордан кошин олинг,
Сирғалидан мошин олинг,
Жаҳолатнинг бошин олинг,
Биттагина китоб олинг.

Сирожиддин Саййид. Китоб олинг

Отчопардан кимхоб олинг,
Не бўлса — беҳисоб олинг,
Аммо қайтар чоғингизда
Биттагина китоб олинг.

Ўрикзордан кошин олинг,
Сирғалидан мошин олинг,
Жаҳолатнинг бошин олинг,
Биттагина китоб олинг.

Юз минг турлик шароб — сизга,
Палов — сизга, кабоб — сизга,
Оҳ чекурман қараб сизга,
Биттагина китоб олинг!

Сиз улуғсиз қорин билан,
Қази-қарта, норин билан,
Дилга ҳам бир азоб олинг,
Биттагина китоб олинг.

Енг шимариб “хўш” дегайсиз,
Ошу нону гўшт дегайсиз.
Маърифат деб савоб олинг,
Биттагина китоб олинг.

Дўкон қилинг, маркет қилинг,
Уйларни ҳам паркет қилинг,
Сиз ҳам бир изтироб олинг —
Биттагина китоб олинг.

Умр ўтар — елиб қолинг,
Юлиб қолинг, олиб қолинг,
Оқар сувдан хитоб олинг,
Биттагина китоб олинг.

Кимлар қолар изингизда,
Тик қаролмай юзингизга?
Аввал ўғил-қизингизга
Биттагина китоб олинг.

Худо хайрингизни берсин,
Яна умрингизни берсин,
Уйингизга офтоб олинг —
Биттагина китоб олинг.

2007, 2012

KITOB OLING

Otchopardan kimxob oling,
Ne bo‘lsa — behisob oling,
Ammo qaytar chog‘ingizda
Bittagina kitob oling.

O‘rikzordan koshin oling,
Sirg‘alidan moshin oling,
Jaholatning boshin oling,
Bittagina kitob oling.

Yuz ming turlik sharob — sizga,
Palov — sizga, kabob — sizga,
Oh chekurman qarab sizga,
Bittagina kitob oling!

Siz ulug‘siz qorin bilan,
Qazi-qarta, norin bilan,
Dilga ham bir azob oling,
Bittagina kitob oling.

Yeng shimarib “xo‘sh” degaysiz,
Oshu nonu go‘sht degaysiz.
Ma’rifat deb savob oling,
Bittagina kitob oling.

Do‘kon qiling, market qiling,
Uylarni ham parket qiling,
Siz ham bir iztirob oling —
Bittagina kitob oling.

Umr o‘tar — yelib qoling,
Yulib qoling, olib qoling,
Oqar suvdan xitob oling,
Bittagina kitob oling.

Kimlar qolar izingizda,
Tik qarolmay yuzingizga?
Avval o‘g‘il-qizingizga
Bittagina kitob oling.

Xudo xayringizni bersin,
Yana umringizni bersin,
Uyingizga oftob oling —
Bittagina kitob oling.

2007, 2012

Kitob ma’rifat chirog’i sher

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Alovuddinning sehrli chirog‘i

Ko‘rganlar, jami:
Nashr yili:
ISBN raqami:

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.

Elektron kitob
E’tibor bering “Sotib olingan kitoblar qanday o’qiladi?” bo’limi bilan tanishib chiqing!

Buyurtma berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting

Do‘stlarizga tavsiya eting

  • Annotatsiya
  • Fikr va mulohazalar

“Alovuddinning sehrli chirog‘i” – arab xalq ertagi bo‘lib, u “Ming bir kecha” kitobiga ham kiritilgan. Ushbu ertakda qashshoqlikdan qiynalgan Alovuddin ismli bolaning ilojsizlikdan sehrgarning gapiga kirib, boshidan mislsiz sarguzasht va sinovlarni kechirgani haqida hikoya qilinadi. Ertak nihoyasida u sehrli chiroq yordamida yurtning badavlat va odil podshosiga aylanadi.

Umimiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-4-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan ushbu ertak jajji kitobxonlarning dunyoqarashini boyitadi. Ertak mazmuniga mos ishlangan rasmlar ulardagi tasavvur qilish qobiliyatini yanada shakllantiradi.

Маҳмуд Тоир. Китоб керакдир (видео)

Суврат асли нурни сийратдан олур,
Сийрат эса илму ҳикматдан олур,
Одамдан эзгулик, муҳаббат қолур,
Саодат сайлига савоб керакдир,
Кўнгилнинг майлига китоб керакдир.

Китоб – дил боғида гулнинг рангидир,
Китоб – оташ ичра дилнинг рангидир,
У – қалбнинг камоли, ақл жангидир,
Кўкни кўзлаганга хитоб керакдир,
Ўзни излаганга китоб керакдир.

Ўқиган, уққанга эли эргашгай,
Оқил йўлга чиқса йўли эргашгай,
Жаннатдай жилмайиб чўли эргашгай,
Савол юз очганда жавоб керакдир,
Жавоб жарангига китоб керакдир.

Китоб – бу осмоннинг ўзига нарвон,
Китоб – бу жаҳоннинг кўзига нарвон,
Тирик тарихларнинг сўзига нарвон,
Тунда талпинганга моҳтоб керакдир,
Кундай кулай десанг китоб керакдир.

Олам оламлигин билмоқ учун ҳам,
Одам одамлигин билмоқ учун ҳам,
Қилни қирқ тилимга тилмоқ учун ҳам,
Тиғни тутгувчига шитоб керакдир,
Туғни тутгувчига китоб керакдир.