Press "Enter" to skip to content

Ushbu kitobga o xshash asarlar

Kitobdan yaxshi do’st yo’q.

4-sinf o’qish darsi uchun

Men Ikromni ko’rdim,lekin so’zlasha olmadim.Madina,Nigora.Oybeklar kelishdi.

  • Undalma fikrning kimga qarata aytilganini bildiradi.Undalma ot bilan ifodalanadi.
  • Og’zaki nutqda undalma undash ohangi bilan aytriladi.
  • Yozuvda vergul yoki undov belgisi bilan ajratiladi.
  • Masalan:Bobojon, laylaklar yana qaytib kelarmikan?
  • O’quvchilar, bilimni qunt bilan egallangiz!
  • Nutq gap orqali ifodalanadi.U bir yoki o’zaro mazmunan bog’langan bir necha gaplardan tuziladi.
  • Nutq og’zaki va yozma shaklda bo’ladi.
  • Matn nutqning yozma shaklidir.
  • Matn mazmunan o’zaro bog’langan gaplardan tuziladi.
  • Matnni qismlarga bo’lish, unga sarlavha qo’yish, reja tuzish mumkin.

TOVUSHLAR VA HARFLAR

  • Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosida 30ta tovush bor.
  • Harflar 29 ta.
  • Tovushlarni yozuvda harflar bilan ifodalanadi
  • Harf birikmalari 3 ta: SH, CH, NG .
  • Tutuq belgisi tovush bildirmaydi.

Masalan: Ra’no, sur’at, in’om,a’lo, ma’no.

  • Tovushlar 2 xil bo’ladi : unli va undosh tovushlar.
  • Talaffuz qilayotganimizda to’siqqa uchramasdan cho’zib aytilsa, unli tovush deb ataladi.
  • Talaffuz qilayotganimizda to’siqqa uchrab, qisqa aytilsa undosh tovush deb ataladi.
  • So’z bo’g’inlardan tuziladi.
  • Unli tovush bo’g’in hosil qiladi.
  • So’zda nechta unli bo’lsa shuncha bo’g’in bo’ladi.Masalan: far-zand , bu-loq, bo-bo.
  • Tartib bilan terilgan harflar qatorini alifbo deyiladi.Alifboda 29 ta harf bor.
  • -chi, la, li kor, dosh, siz, dor, xon qo’shimchalari so’z yasovchi qo’shimchalardir
  • SO’Z TURKUMLARI 4 TA
  • Shaxs va narsaning nomini bildirib ,kim?,

nima?, kimlar? nimalar ? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar ot deyiladi.Masalan:Kim?

chevar,shifokor.Nima? Oyna, ruchka.

Otrlar ikki xil qo’llanadi.Birlikdadi otlar,ko’plikdagi otlar.Birlikdagi otlarga –lar

qo’shimchasini qo’shib, ko’plikdagi ot hosil qilinadi.Masalan:Gul, gullar, o’quvchi, o’quvchilar.

  • Shaxs va narsaning beldisini bildirib, qanday?, qanaqa? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar sifat deytiladi.

Masalan:Qanday? Sariq, oq, mazali.

Onam juda mazali ovqat tayyorlaydilar.

Yurtimizda zamonaviy sport inshoatlari qurilmoqda.

  • Sifatlar gapda ikkinchi darajali bo’lak vazifasida keladi.Ularning tagiga to’lqin chiziq chiziladi.
  • Sifatlar otga ohang yordamida bog’lanadi.
  • To’g’ri odam egri so’zdan or qiladi.
  • Bir o’jar barg novdaga mahkam o’rnashib olibdi.
  • Ma’nodosh sifatlarning har biri bitta ot bilan bog’lana oladi.Masalan:Qizil, sariq,oq

Sifat yasovchi qo’shimchalar

  • -ser,-be,-siz,-li,-chan,-dor,-q- sifat yasovchi qo’shimchalardir.
  • -ser- serhosil, sersuv,sero’t,sergul.
  • -be- bemaza, beodob,begul.
  • -siz- ishsiz, izsiz, odobsiz,mevasiz,gulsiz.
  • -li- gulli, unumli, odobli, suvli,mazali.
  • chan- ishchan,harakatchan,talabchan.
  • -dor- hosildor, mo’ylovdor, guldor.
  • -q- tarqoq, quvnoq, qaynoq,taroq,oppoq.

Sifatlar quyidagicha yoziladi

  • Chiziqcha bilan yoziladi: to’ppa-to’g’ri,kap-
  • Qo’shib yoziladi: oppoq,jigarrang timqora , qadrdon.
  • Ajratib yoziladi: to’q qizil, och pushti,

Sifatlarning ma’no turlari

  • Sifatlar shaxs va narsalarning rngini, mazasini, shaklini, hajmini va xil- xususiyatini bildiradi.
  • Rang tus:moshrang, jigarrang, zarg’aldoq.
  • Maza-ta’m: nordon, achchiq, shirin,taxir.
  • Shakl: qiyshiq, egri, xilma-xil, yassi.
  • Hajm: baland, kichkina, bepoyon,tor,uzun.
  • Xil-xususiyat: muloyim, farishta,jasur.

Otlarning egalik qo’shimchalari

  • -m, -im, -ng,-ing,-si,-i,-miz,-imiz,-ngiz,-ingiz,-(lar)i- egalik qo’shimchalaridir.
  • Egalik qo’shimchalari shaxs va narsa-buyumlarning qaysi shaxsga qarashliligini bildiradi.

Tilda 3 ta shaxs bor

  • I shaxs – so’zlovchi

II shaxs – tinglovchi.

III shaxs – o’zga.

-m,-im,-miz,-imiz,- I shaxs: -ng,-ing,-ngiz,-ingiz- IIshaxs: -I,-si,-(lar)i-III shaxs egalik qo’shimchalaridir.

Egalik qo’shimchalarining qo’llanishi

  • -m,-im,-ng,-ing,-I,-si,- egalik qo’shimchalari birlik ma’nosini bildiradi.
  • -miz,-imiz,-ngiz,-ingiz,-(lar) i- egalik qo’shimchalari ko’plik ma’nosini bildiradi.
  • Egalik qo’shimchalari otlarda quyidagicha qo’shiladi:unli tovushdan so’ng-m,-ng,-si:-miz,-ngiz,-(lar)I shaklida:
  • Undosh tovushdan so’ng:-im,-ing,-i : -imiz,-ingiz,-(lar)I shaklida.

Egalik qo’shimchalarining vazifasi

  • Egalik cqo’shimchalari gapda so’zlarni bir-biriga bog’laydi.
  • Egalik qo’shimchalari so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalardir.
  • Ba’zi otlarda egalik qo’shimchasi qo’shilganda o’zakda quyidagicha tovush o’zgarishi yuiz beradi:
  • Unli tovush tushib qoladi:
  • Undosh tovush almashadi

Otlarning kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanishi

  • Otlarga qo’shiladigan-ning, ni,-ga,- da,- dan qo’shimchalari kelishik qo’shimchalaridir.
  • Otlarda oltita kelishik bor.
  • Gapda bosh kelishikdagi otni aniqlash uchun kim?, nima? qayerda? so’roqlari beriladi.Masalan: Kim? Oyxon, chevar,

nima? Gul, daftar,qayerda? uyda,ko’cha-

Bosh kelishik qo’shimchasi yo’q.

Anor O’zbekistonda ko’p uchraydi.

  • Qaratqich kelishigi kimning?, nimaning?, qayerning? so’roqlariga javob bo’ladi.
  • Qo’shimchasi –ning. –ning qo’shimchasi otni ot so’z turkumidagi so’zga bog’laydi.
  • Qaratqich kelishigidagi otlar gapning bosh bo’lagi bo’lib keladi.
  • Masalan: o’quvchining kitobi, ko’ylakning yoqasi, daraxtning kurtadi, buloqning ko’zi.
  • Tushum kelishigi kimni?, nimani?,qayerni?

so’roqlariga javob bo’ladi.Qo’shimchasi –ni.

Tushum kelishigi qo’shimchasi gapda otni

fe’l soz turkumiga bog’laydi.Tushum kelishigidagi otlar gapda bosh bo’lak vazifasida keladi.Masalan: She’rni o’qidi. Multfi’lmni tomosha qildi. Tabiatni kuzatdi.Madinani tabriklashdi, matrapni oldi.

Rashid ayvonda kanareykasini tomosha qilib o’tirardi.

  • Jo’nalish kelishigi kimga?, nimaga?, qayerga?

so’roqlariga javob bo’ladi. Qo’shimchasi –ga,

-(-ka, -qa) Jo’nalish kelishigi gapda otni fe’l so’z turkumiga bo’g’laydi.Jo’nalish kelishigi gapda bosh bo’lak vazifasida keladi.

-ka qo’shimchasi – k tovushi bilan tugagan otlarga, -q qo’shimchasi -q tovushi bilan tugagan otlarga, -ga qosimchasi boshqa otlar-

ga qo’shiladi.Masalan: Suvga soldi. Qishloqqa jo’nadi. Ko’ylakka qadadi.

O’rin – payt kelishigi

O’rin –payt kelishigi kimda?, nimada?, qayerda?

so’roqlariga javob bo’ladi.Qo’shimchasi – da.

O’rin –payt kelishigi qo’shimchasi gapda otni fe’l

so’z turkumiga bog’laydi.O’rin –payt kelishigi gapda bosh bo’lak vazifasida keladi.

Masalan: Saroyda ishladi. Tog’da, bog’da yashaydi. Amerikada, Braziliyada sayyohlar daraxti deb nomlangan daraxtni uchratish mumkin.

  • Chiqish kelishigi kimdan?, nimadan?, qayerdan? so’roqlariga javob bo’ladi.
  • Chiqish kelishigi qo’shimchasi- dan.
  • Chiqish kelishigi qo’sahimchasi gapda otni

fe’l so’z turkumiga bog’laydi.

Masalan: Ustozidan so’radi, paxtazordan

qaytdi, boldan shirin, maktabdan keldi.

Kitobdan yaxshi do’st yo’q.

  • -ning,-ni,-ga,-da,-dan so’z o’zgartiruvchi,
  • -chi,-la,-li,-kor,-dosh, siz so’z yasovchi,
  • -chi,-zor,-dosh,-kor,-k,-q ot yasovchi,
  • -ser,-be,-siz,-li,-chan,-dor,-q sifat yasovchi,
  • -la,-lan,-sira,-illa,-(ulla)-lash fe’l yasovchi

Ot yasovchi qo’shimchalar

Ot yasovchi qo’shimchalardir.

Ot yasovchi qo’shimchalar

  • ela – elak tara – taroq
  • kura – ….. so’ra – …..
  • tila – ….. buta – …..
  • beza – ….. bo’ya – …..

SON – SO’Z TURKUMI

  • Shaxs va narsaning sanog’ini bildirib, necha?, qancha?, nechanchi so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar son deb ataladi.

Masalan: besh, to’qsonta, beshinchi.

1991- yil 18 – noyabrda Davlat bayrog’I haqidagi qonun tasdiqlandi.

Sifatlar gapda ot so’z turkumiga bog’lana-

di.Sonlar gapda ikkinchi darajali bo’lak va-

zifasida keladi.Ularning tagiga to’lqin chiziq

  • Sonlar ikki xil bo’ladi.
  • 1. Sanoq sonlar : 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10.
  • Sanashda ishlatiladigan sonlar sanoq sonlar deyiladi.
  • 2.Tartib sonlar: 1- may, 2004 –yil.
  • Sanoq songa –inchi (–) qo’shimchasini qo’shib tartib son hosil qilinadi.
  • Sonlar yozuvda uch xil ifodalanadi:
  • 1. Harfiy ifoda bilan: Ikkinchi sinf.
  • 2. Arab raqami bilan: 2003-yil 1-sentabr.
  • 3. Rim raqami bilan: IV sinf, XXI asr.
  • Sonlar otga ohang yordamida bog’lanadi.
  • Bog’da o’sar 10ta nok,

5ta olma, 5ta tok.

Ekdik 15 olxo’ri,

Qancha bo’ladi bari. ( 35 ta )

  • So’zlarni o’qing. Sanoq va tartib bildirgan sonlar bilan qo’llab, birikma tuzing.Sonlarni raqamlar bilan yozing.
  • Uy, qavat, sahifa, maktab, asr, qism.
  • Nuqtalar o’rniga son qo’yib o’qing va yozing.
  • Biz ____ sinfda o’qiymiz.
  • Sinfimizda ___ parta,___ stol va __ stul

FE’L – SO’Z TURKUMI

  • Shaxs va narsaning harakatini bildirib nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? So’roqlariga javob bo’lgan so’zlar fe’l deb ataladi.
  • M: keldi,o’qiyapti, yodlamoqchi.
  • Tilla sandiq ochildi,

Ichidan zar sochildi.

Fe’lllar ikki xil bo’ladi. Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar.

Fe’lllarga qo’shiladiga –ma qo’shimchasi bajarilmagan ish harakatini bildiradi.

Mohira bugun maktabga kelmadi.

  • Fe’lda 3ta zamon bor:
  • 1) o’tgan zamon;2)hozirgi zamon; 3) kelasi
  • zamon.
  • Fe’l zamonlari nutq so’zlab turgan vaqtga nisbatan belgilanadi .
  • -di,-gan,-yap,-moqda,-moqchi- zamon bildiruvchi qo’shimchalardir.
  • M: Lolalar kuldi, Zarrin quyoshdan

Gullar ochildi. Nurlar sochildi.

O’TGAN ZAMON FE’LI

  • O’tgan zamon fe’li nutq so’zlanib turgan paytdan oldin bajarilgan (yoki bajarilmagan) harakatni bildiradi.
  • -di,-gan- otgan zamon qo’shimchalaridir.
  • Dilnozaning uyiga Sarvi xola chiqdi.
  • Toshkent shahrining Rohat ko’li bo’yida beysbolchilar shaharchasi qurilgan.
  • O’tgan zamon qo’shimchasi k tovushi bilan tugagan fe’lllarga –kan; q tovushi bilan tugagan fe’llarga –qan; boshqa fe’llarga –gan shaklida qo’shiladi.
  • M: Qirq- qirqqan, qo’rq- qo’rqqan, bich- bichgan cho’k- cho’kkan, chop- chopgan.

HOZIRGI ZAMON FE’LI

  • Hozirgi zamon fe’li nutq so’zlab turgan paytda bajarilayotgan (yoki bajarilmayotgan) harakatni bildiradi.
  • -yap,-moqda hozirgi zamon qo’shimchalaridir.
  • M:O’rik bechora oppoq, nozik gullarini qayoqqa yashirishni bilmayapti. Buni ko’rib mening yuragim ezilmoqda.

KELASI ZAMON FE’LI

  • Kelasi zamon fe’li nutq so’zlab turgan paytdan keyin bajariladigan (yoki bajarilmaydigan) harakatni bildiradi.
  • -moqchi kelasi zamon qo’shimchasidir.
  • M: Sevara o’zi yozgan she’rini o’qib

Orzyuingiz ushalishi uchun nima

Fe’llarning shaxs-son qo’shimchalari bilan qo’llanishi

  • Fe’llardagi –m,-man,- ng,- san,-di (-ti), -k,-miz,-ngiz,-siz,-di(lar) shaxs son qo’shimchalaridir.
  • Shaxs son qo’shimchalari harakatning uch shaxsdan biri tomonidan birlik va ko’plikda bajarilgan yoki bajarilmaganini bildiradi.
  • M: Dam olish kuni men do’stim Rahmatilla
  • bilan Parkentga bordim.
  • Shaxs-son qo’shimchalari tuslovchi qo’shimchalardir. Fe’llarning tuslovchi qo’shimchalar bilan qo’llanishi tuslanish deyiladi.
  • M: I-shaxs o’qidim o’qidik
  • II-shaxs o’qiding o’qidingiz
  • III-shaxs o’qidi o’qidilar
  • Fe’llardagi shaxs –son qo’shimchalari gapda so’zlarni bir-biriga bog’laydi.
  • Shaxs –son qo’shimchalari so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalardir.
  • M: Men bolalarimni, nabiralarimni
  • sog’indim.
  • Qora sichqon o’rada,

Dumi qoldi dalada.

FE’L YASOVCHI QO’SHIMCHALAR

  • -la,-lan,-sira,-illa,-(-ulla) –lash fe’l yasovchi qo’shimchalardir.
  • Bog’ viz suv

Rus tili 4 sinf kitob

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Rus tilining amaliy grammatikasi. Mustaqil o‘rganuvchilar uchun

Ko‘rganlar, jami:
Nashr yili:
ISBN raqami:

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.

Elektron kitob
E’tibor bering “Sotib olingan kitoblar qanday o’qiladi?” bo’limi bilan tanishib chiqing!

Buyurtma berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting

Do‘stlarizga tavsiya eting

  • Annotatsiya
  • Fikr va mulohazalar

Ушбу қўлланма 2009 йилда чоп этилган “Ўзбек ва рус тилларининг сиёсий курси” номли китобнинг қайта ишланган ва тўлдирилган вариантидир. Барча машқларнинг калити мавжудлигини ҳисобга олиб, қўлланмадан тилни мустақил ўрганишда фойдаланиш мумкин.

Kommentariy berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting

nega kitobga sberbank mastercard standart kartasi orqali tulov Wilson bulmyabdi yoki boshqa tulov usullari bormi Rossiyadan tulov qilishni