Press "Enter" to skip to content

Ona tili va adabiyot qo’llanma

2) сўзнинг талаффузи кескин ўзгариб кетмаслиги учун қисман ё ҳарфи ўрнига уо ҳарфлари, ю ҳарфи ўрнига yu ҳарфлари, я ҳарфи ўрнига уа ҳарфлари ёзилади: актёр – aktyor, бюро – byuro, снаряд – snaryad каби.

Lotin o‘zbek yozuvida ayrim so‘zlarning yozilishi bo‘yicha Til va adabiyot instituti tilshunoslarining tavsiyalari

Mazkur tavsiyalar 2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti tomonidan filologiya fanlari doktori, professor N.M.Mahmudov tahriri ostida “Akademnashr” nashriyotida chop etilgan 85 mingdan ortiq so‘zni o‘zida mujassam etgan “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”ning kirish qismidan olingan.

Yuqorida keltirilgan qoidalar bilan tanishish shuni ko‘rsatadiki (muallif izohi: bu yerda imlo qoidalari nazarda tutilgan), ularda o‘zbek tiliga rus tilidan va rus tili orqali o‘zlashtirilgan bir turkum ruscha va baynalmilal so‘z-terminlarning yangi imloda qanday yozilishi alohida qoidalashtirilmagan. Bu – o‘zbek kirill yozuvidagi ikki tovushni ifodalovchi ё, ю, я, e (so‘z o‘rtasida unlidan hamda ayirish va yumshatish belgilaridan keyin), ц harflari ishtirok etgan so‘zlarni o‘zbek lotin yozuvida qanday yozish masalasidir. Bunday so‘zlarning yangi alifboda yozilishi keyinchalik, «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari» tasdiqlangandan so‘ng, tayyorlangan bir qancha qo‘llanmalarda bayon qilingan.

Prof. Sh.Rahmatullayev dastlab «Ўзбек лотин алифбоси» (Тошкент, 1995), keyin «Ўзбек тилининг янги алифбоси ва имлоси» (Тошкент, 1999) qo‘llanmalarida o‘zbek kirill alifbosidagi ё, ю, я harflari o‘rniga o‘zbek lotin alifbosida qaysi harflarni yozish ular bajaradigan vazifaga bog‘liq, deb ularni quyidagicha yozishni tavsiya etadi:

«1. ё, ю, я ҳарфлари икки товушни (й+унли) ифодалашга хизмат қилса, бу ҳарфлар ўрнига уо, yu, уа ҳарфлари ёзилади: заём – zayom, юмор – yumor, ядро – yadro, ёмғир – yomg‘ir, ютуқ – yutuq, яхши- yaxshi каби.

2. ё, ю, я ҳарфлари ўзидан олдин келган ундошнинг юмшоқ эканини кўрсатишга хизмат қилса:

1) асосан ё ҳарфи ўрнига о ҳарфи, ю ҳарфи ўрнига u ҳарфи, я ҳарфи ўрнига а ҳарфи ёзилади: стажёр — stajor, люстра – lustra, фляга – flagа каби;

2) сўзнинг талаффузи кескин ўзгариб кетмаслиги учун қисман ё ҳарфи ўрнига уо ҳарфлари, ю ҳарфи ўрнига yu ҳарфлари, я ҳарфи ўрнига уа ҳарфлари ёзилади: актёр – aktyor, бюро – byuro, снаряд – snaryad каби.

Кўринадики, ё, ю, я ҳарфлари ўзидан олдин келган ундошнинг юмшоқлигини кўрсатиш учун хизмат қилса, ўзбек лотин алифбосида икки хил акс эттирилади».(1)

Muallif «so‘zning talaffuzi keskin o‘zgarib ketmasligi uchun» deb o‘z tavsiyasining 1-bandidagi 1-qismiga qarshi boradi. Aslida, stajor bilan aktyor, lustra bilan byuro, flaga bilan snaryad so‘zlarida mazkur ё, ю, я harflari bir xil pozitsiyada bo‘lib, o‘zbekcha talaffuzda umuman farq qilmay, ikki tovush (yo, yu, ya) bilan aytiladi. Undoshlarning qattiq-yumshoqligi esa rus tili uchun xos bo‘lib, hozirgi o‘zbek adabiy tilida bu holat deyarli farqlanmaydi.

Bunday chalkashlik «Ўзбек тилининг қисқача имло луғати» (Тошкент, 1963)dan muallif ajratib olgan ё, ю, я harfli so‘zlarni o‘zbek lotin alifbosida qanday yozish kerakligi haqidagi tavsiyalarda ham uchraydi. Bu masalada bir xillikka erishish qiyinligidan bo‘lsa kerak, muallif «қачон бир ҳарф, қачон икки ҳарф ёзишни қоидалаштириб бўлмайди, шу сабабли бундай ҳарф қатнашадиган сўзларнинг тўғри ёзилиши имло луғатида кўрсатилади», deb masalaning murakkabligini tan oladi.

Mazkur qo‘llanmadagi rus tilidan va u orqali boshqa yevropa tillaridan o‘zbek tiliga o‘zlashgan bir qator so‘zlarda ayirish va yumshatish belgilari ё, ю, e harflaridan oldin kelganida, yangi imloda bunday so‘zlardagi ъ va ь belgilari tashlanib, ё, ю, e harflari o‘rniga yu, ya, ye harflari yoziladi yoki yumshatish belgisi о, и harflaridan oldin kelganida, belgi o‘rniga у harfi yoziladi degan fikrlarga qo‘shilish mumkin.

Y.Abdullayev, D.Xudayberganova hamda A.lsmoilov va L.Raupovalarning qo‘llanmalaridagi ushbu masalaga doir fikr-mulohazalar, tavsiyalar ham Sh.Rahmatullayevning tavsiyalari bilan hamohangdir.(2)

Faqat Y.Abdullayevning «Hamrohim» qo‘llanmasidagi tavsiyalarda mazkur harflar mavjud bo‘lgan ruscha va baynalmilal so‘zlarning yangi imloda goh bir, goh ikki harf (tovush) bilan berilishi rus tili imlosi va talaffuziga bog‘liq ekanligi xolisona aytib o‘tilgan. Bunda ham masala oxirigacha hal qilinmay, «бундай сўзлардан мазкур қоидалар доирасига кирмайдиганлари ҳам бор. Уларнинг қандай ёзилиши имло луғатларида кўрсатилади»(3) deyish bilan cheklanilgan. Lekin bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi, chunki Sh.Rahmatullayev va A.Hojiyevlarning «O‘zbek tilining imlo lug‘ati» (1995 va undan keyingi nashrlar) hamda T.Tog‘ayev, G.Tavaldiyeva va M.Akromovalarning «O‘zbek tilining kirill va lotin alifbolaridagi imlo lug‘ati» (1999, 2004)da ham, mazkur tavsiyalarga qaramay, yuqoridagi kabi so‘zlarni yozishda o‘z-o‘zini yoki bir-birini inkor qiladigan holatlar mavjud.

Qo‘lingizdagi lug‘atning tuzuvchilari yuqoridagi kabi chalkashlik, anglashilmovchiliklarni hamda mazkur tavsiyalarga imlo amaliyotida nechog‘lik rioya qilinayotganligini (to‘g‘rirog‘i, u qadar amal qilinmayotganligini) hisobga olib (buni o‘zbek lotin alifbosida chop etilgan bir qator nashrlarni ko‘zdan kechirib ishonch hosil qilish mumkin), institutning yetakchi tilshunoslari bilan maslahatlashgan holda, rus tili orqali kirib kelgan va tarkibida ё, ю, я harflari bo‘lgan ruscha va baynalmilal so‘zlarni yangi imloda barcha o‘rinlarda bir xil, ya’ni yo, yu, ya harflari bilan yozishni va shu orqali bu sohadagi harxillikni bartaraf etishni eng maqbul yo‘l deb hisoblaydilar va ushbu lug‘atda shunday yo‘l tutdilar ham.

O‘zbek kirill yozuvidagi ц harfini o‘zbek lotin yozuvida ifodalash masalasida ham ayrim munozarali o‘rinlar bor. Masalan, bu xususda prof. Sh.Rahmatullayev quyidagilarni yozadi:

«Ўзбек кирилл алифбосидаги ц ҳарфи ўрнига ўзбек лотин алифбосида:

а) сўз охирида, сўз бошида, олд қўшимчадан кейин, ундошдан кейин s ҳарфи ёзилади: кварц – kvars, шприц – shpris, целлофан – sellofan, цилиндр – silindr, антициклон – antisiklon, конструкция- konstruksiya каби;

б) бошқа ҳолларда унлидан кейин ts ёзилади: глицирин – glitsirin (тўғриси: glitserin), гербицит- gerbitsit (тўғриси: gerbitsid), конституция konstitutsiya каби». (4)

D.Xudayberganova hamda A.lsmoilov va L.Raupovalar ham o‘z qo‘llanmalarida ushbu fikrni ma’qullagan holda uni aynan takrorlaganlar.

Y.Abdullayev esa bu masalaga birmuncha boshqacharoq yondashadi: «Кирилл алифбосидаги ц ҳарфи янги ўзбек имлосида қуйидагича берилади:

– сўз бошида, охирида ва сўзнинг ўртасида ундош товушдан кейин келганда s ҳарфи билан: цех – sex, цирк – sirk, акция – aksiya;

– сўз ўртасида унли товушдан кейин келса ts ҳарфлари билан ифодаланади: лицей – litsey, офицер – ofitser, доцент – dotsent». (5)

Y.Abdullayev o‘z tavsiyalarida Sh.Rahmatullayev tavsiyalaridagi «old qo‘shimchadan keyin… s yoziladi» iborasini qo‘llamay to‘g‘ri yo‘l tutgan. Chunki hozirgi kunda «xalqaro terminelementlar» deb ataluvchi va ko‘pincha old qo‘shimcha (prefiks) maqomida keluvchi анти-, би-, био-, гео-, де-, моно-, поли- kabi birliklar, asosan, unli tovush bilan tugaydi, ulardan keyin keladigan va ц harfi bilan boshlanadigan birliklar, ular xoh mustaqil so‘z bo‘lsin, xoh affiks, o‘zbek lotin alifbosida ts harflari bilan yozilishi kerak bo‘ladi. Sababi, yuqoridagi kabi yasama so‘zlarning ikkinchi komponenti boshida keladigan s harfi (tovushi) endi ikki unli o‘rtasida kelmoqda va bu holat 2-tavsiyaga, ya’ni «boshqa hollarda unlidan keyin» (Sh.Rahmatullayev), «so‘z o‘rtasida unli tovushdan keyin kelsa» (Y.Abdullayev) ts yoziladi degan tavsiyaga muvofiq keladi. Buni Sh.Rahmatullayev tavsiyalarining 1-bandida keltirilgan antitsiklon (anti+siklon) va 2-bandida keltirilgan gerbitsid (lotincha herba «o‘t-o‘lan»+caedo «o‘ldiraman» so‘zlaridan) kabi ikki komponentli so‘zlar ham tasdiqlab turibdi.

Har ikkala muallif ham o‘zbek kirill yozuvida so‘z boshidagi ц harfi o‘zbek lotin yozuvida s harfi bilan beriladi deb 3-4 ta umumma’lum so‘zlar asosida hukm chiqarib qo‘ya qolganlar. Holbuki, fan va texnikaning turli sohalarida ц harfi bilan boshlanuvchi so‘zlar anchagina. Masalan, keyingi 20 yil ichida rus tilida nashr etilgan xorijiy so‘zlar lug‘atlarida 160 tadan 300 tagacha shunday so‘zlar mavjud. 1976-yili chop etilgan «Ўзбек тилининг имло луғати»da ц harfi bilan boshlanadigan 100 ga yaqin so‘z berilgan bo‘lsa, yaqinda kirill yozuvida nashr qilingan va 85000 dan ortiq so‘zni qamrab olgan «Ўзбек тилининг имло луғати»da ularning soni 170 tadan ortadi. Demak, o‘zbek lotin yozuvida chop etilajak imlo lug‘atida ham s harfi bilan boshlanuvchi shuncha so‘z berilishi kerak va shunday qilindi ham.

Lekin biz buncha so‘z va so‘zshakllarning 30% ga yaqini talaffuzi va ma’no anglatishi jihatidan turli fan sohalari mutaxassislarini birday qoniqtiradi deb o‘ylamaymiz. E’tibor bering: цанга – sanga, цапфа – sapfa, цедра – sedra, целом – selom, цент – sent, ценз – senz, церий – seriy, цеце – setse, цезура – sezura, цинга – singa, цинния – sinniya, циркуль – sirkul, цирроз – sirroz, циста – sista, цоколь – sokol va boshqalar. Bunday so‘zlarga imlo lug‘atida ularning qaysi sohaga mansubligini ko‘rsatuvchi tegishli belgilar (bot., zoo., tib., tex. kabi) qo‘yilmasa, ulaming qanday so‘z ekanligini tushunish qiyin.

Biz kirill yozuvida so‘z boshida kelgan ц harfining o‘zbek lotin yozuvida s harfi bilan berilishi haqidagi tavsiyalar asosida ish ko‘rish bilan bir qatorda fan sohalari mutaxassislarining bu masala xususidagi fikr-mulohazalarini kutib qolamiz.

Biz, o‘zbek lotin yozuvidagi «O‘zbek tilining imlo lug‘ati»ni tuzuvchilar, yuqorida hukumat tomonidan rasman tasdiqlangan o‘zbek lotin alifbosi va o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini asosan ma’qullagan holda, ular tasdiqlangandan so‘ng yaratilgan barcha qo‘llanmalarda mazkur qoidalami sharhlash jarayonida ishlab chiqilgan subyektiv xarakterdagi tavsiyalar haqida to‘xtaldik, bu tavsiyalarga nisbatan o‘z fikr-mulohazalarimizni bildirish bilan birga tegishli tavsiyalar ham ishlab chiqib, ularni amalda qo‘llashga harakat qildik.

(1) Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тилининг янги алифбоси ва имлоси. – Тошкент: Университет, 1999. – Б.15-16.

(2) Қаранг: Абдуллаев Й. Ҳамроҳим. Янги алифбо ва имлодан қўлланма. – Тошкент: Ўқитувчи, 1996; Худайберганова Д. Лотин ёзувига асосланган ўзбек алифбоси: Ўқув қўлланма. – Тошкент, 2003; Исмоилов А., Раупова Л. Янги ўзбек имлоси: Ўқув қўлланма. – Тошкент, 2003.

(3) Абдуллаев Й. Кўрсатилган манба. – Б.47.

(4) Раҳматуллаев Ш. Кўрсатилган манба. – Б.16 -17.

(5) Абдуллаев Й. Кўрсатилган манба. – Б.48.

Ona tili va adabiyot qo’llanma

Bilimdonlikning sir-u asrori g’ayrat hamda matonat bilan o’qish va o’rganishdir.

Orzular mavjud, maqsad oliy, marra esa juda yaqin.��‍����‍����‍��

About
Blog
Apps
Platform

ONA TILI VA ADABIYOT
2.12K subscribers

Kanalimizning qadrli a’zolari.
Sizlarga ���������������������� ����‌���������������� ���� mavzusi bo’yicha testlar taqdim etiladi������ Testlarni ishlab, bilimingizni yanada mustahkamlang������

BIZ BILAN ASLO YENGILMAYSIZ������

@Uztilim

1.Qaysi javobda o’zaro ma’nodosh bo’lgan juft otlar berilgan?
A.Ur-yiqit
B.Ko’z-qosh
C.O’y-xayol
2.Tarkibida fe’l turkumiga oid so’z mavjud bo’lmagan qoshma otni aniqlang?
A.Iskabtopar
B.Kaltakesak
C.Beshotar
3.Bulbul gulzorni izlar, boyo’g’li esa hamisha vayronani ko’zlar.
Ushbu gapdagi yasama so’zlar qaysi turkumga mansub?
A.Ot,sifat
B.Ot,fe’l
C.Ot
4.Qayerda tinchlik bo’lsa, u yerda sotqinlik, aldamchilik g’am-g’ussa bo’lmaydi.
Yasama otlar nechta?
A.2ta
B.3ta
C.4ta
5.Yasama mavhum ot qatnashgan gapni toping?
A.Hasad-yurakning zanglashi
B.Toshkentlik mehmonga registon juda yoqdi
C.Qaysarlik mag’lubiyat sababchisidir.
6.Qaysi maqolda 2 o’rinda narsa oti qatnashgan?
A.Ko’kka boqma, ko’kka boq
B.Sayoq yurgan tayoq yeydi
C.Asal aynimas,saryog’ chirimas
7.Mavhum otlarni toping?
Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g’ayrat, ham dadillik baxsh etgandek bo’ladi.
A.3
B.5
C.4
8.Yasama sifatdan yasalgan ot qaysi qatorda qatnashgan?
A.Yoqimli do’st suhbati olis yo’lni yaqin qilur
B.Sergaplik dushmanimizdir, chunki u ayblarni oshkor qiladi
C.Andishali odam iffatli bo’ladi
9.Shunday yashar sokin, bezavol.Pastakkina tandiri bilan,Katta uyda kichkina bir chol, kichkina bir kampiri bilan.
Ot so’z turkumiga ois so’zlarni toping?
A.6
B.5
C.4
10.Ikkinchi qismi jarangli va jarangsiz undoshdan tarkib topgan sodda yasama so’z bõlgan qõshma so’zni belgilang?
A.Tishkovlagich
B.Chidamlilik
C.Tinchliksevar

2.0K views �������������� , edited 14:32

����Test boshlandi.

Test muallifi:
Qurbonaliyeva Xonzoda

Fan: ona tili.
Savollar soni: 10 ta
Test kodi: 55369

Javoblaringizni @e_test4_bot ga quyidagi ko’rinishlarda yuborishingiz mumkin:

55369*abcdabcd.
yoki
55369*1a2b3c4d5a.

55369#abcdabcd.
yoki
55369#1a2b3c4d5a.

☝️ Eslatma!
Javoblar aynan @e_test4_bot ga yuborilishi shart, boshqasiga emas.

ADABIYOT VAQTI������

�� O’xshash��

��“Oltin devor” drama (komediya)si
��Erkin Vohidov
��“Oltin qirg’oq” to’plami
�� Ibroyim Yusupov
��“Oltin soch” operasi
��Musa Jalil
��“Oltin yaproqlar” hikoyalar to’plami
��O’lmas Umarbekov
��“Oltin zanglamas” romani
��Shuhrat
��“Oltin buzoqcha” romani
��Ilf va Petrov
��“Oltin vodiydan shabadalar” romani
��Oybek
��“Oltin medal” she’ri
��G’afur G’ulom
��“Mening oltin Bengaliyam” she’ri
��R. Thokur
��“Qasoskorning oltin boshi” romani
��X. To’xtaboyev

2.1K views Машарипов А , 14:33

�� Natijalarning joriy holati.
Test muallifi:
Qurbonaliyeva Xonzoda

Fan: ona tili.
Test kodi: 55369
Savollar soni: 10 ta

Natijalar:

1. Abdilakimova Dilshoda – 10 ta ��
2. Sodiqova Zilola – 10 ta ��
3. Fayzullayeva Gulzoda – 9 ta ��
4. Halimova Maftuna – 9 ta ��
5. Qobilova Mohiniso – 8 ta ��
6. Mahmudova Pokiza – 8 ta ��
7. Tovboyeva Madinabonu – 8 ta ��
8. Boboqulov Oybek – 8 ta ��
9. Orolova Muxlisa – 7 ta
10. Odilxon – 7 ta
11. Abdumoʻminova Ziyoda – 7 ta
12. Nasimova Munisa – 7 ta
13. Usmonova Zuhra – 7 ta
14. Hayitova Dilafruz – 7 ta
15. Artiqova Xavojon – 6 ta
16. Abdumalikov Abduxalil – 6 ta
17. Hjfdgjjghh Ghdsgjjo – 5 ta
18. Ro`ziyeva Dilorom – 5 ta
19. Gaforov Rizo – 3 ta

1.9K views �������������� , edited 15:29
55369_sertifikatlar.pdf

�� Abdulla Oripov (1941-2016)

✏️ She’rlari:
��«Qushcha»,
��«Sen bahorni sogʻinmadingmi»
��«Yuzma yuz»
��«Oʻzbekiston»
��«Yurtim shamoli»
��«Qoʻriqxona»
��«Munojotni tinglab»

✏️Dostonlari:
��«Ranjkom»
��«Jannatga yoʻl»

✏️ She’riy toʻplamlari:
��«Mitti yulduz»
��«Koʻzlarim yoʻlingda»
��«Onajon»
��«Ruhim»
��«Qasida»
��«Xotirot»
��«Yurtim shamoli»
��«Jannatga yoʻl»
��«Hayrat»
��«Hakim va ajal»
��«Najot qal’asi»
��«Yillar armoni»
��«Haj daftari»
��«Saylanma»
��«Hikmat sadolari»
��«Ishonch koʻpriklari»

✏️Tarjimalari:
��Dante Aligeyrining «Ilohiy komediya» (Doʻzax qismi bu asar ta’sirida shoir «Jannatga yoʻl dostonini» yozgan.
L Ukrainka, Pushkin, Nekrasov,
Q.Quliyev, T.Chevchenko, R Hamzatov va boshqalar;

������������

2.5K views Машарипов А , 17:57

�� Ijodkorlarning onalari ��

��‍�� Xolambibi – Usmon Nosirning onasi
��‍�� Oyshabibi – Muqimiyning onasi
��‍�� Oyshabibi – Cho’lponning onasi
��‍�� Oyshabegim – Nodiraning onasi
��‍�� Mustafbibi – Fitratning onasi
���� Roqiya bibi – G’ofur G’ulomning buvisi
���� Robiya bibi – Xudoyberdi To’xtaboyevning buvisi
��‍�� Komila aya – Hamid Olimjonning onasi
��‍�� Hakima aya – O’tkir Hoshimovning onasi
��‍�� Nagima Aytmatovna – Chingiz Aytmatovning onasi
��‍�� Gulshan – Odil Yoqubovning onasi
��‍�� Shahodatbonu – Oybekning onasi
��‍�� Turdi Karvon qizi – Abdulla Oripovning onasi

⚡️⚡️⚡️#kerakli

2.8K views Машарипов А , 19:34

����ADABIYOT-VAQTI����
#savol-javob. ❤️
��Asar qahramonlari haqida��
Boburning havasini keltirgan,soqollari oppoq ,qoshlariga ham oq tushgan obraz.
Javhariy(Yulduzli tunlar)

Burni ham yumshoq,òrdaknikiday yalpoq,bamisoli kemirchagi yòqday,bòylari baland emas,ajinlari qat-qat etib turadi.
Mòmin chol. (Oq kema)

Yuzidan muloyimlik,tòģrilik ma’nosi tomib turadigan.
Oftob oyim(Òtkan kunlar)

Xushròy kòzli polvon.
Nasim polvon(Yulduzlar mangu yonadi)

Bir oģiz gapni silliq va yoqimli qilib gapirolmaydigan sodda va tòng odam.
Akbarali mingboshi.(Kecha va kunduz)

Jahli chiqsa òzi bilan òzi gaplashadigan obraz.
Ò.Hoshimov onasi. (Dunyoning ishlari)

Birovga aralashmaydigan,kamgap,”indamas” obraz.
Nizomjon.(Ufq)

Har bir sòzidan zahar tomib turadigan,ingichka xirilloq ovoz egasi.
Sulton Jondor. (Uluģbek xazinasi)

Jizzaki,sezgir,arzimagan narsaga kishidan kòngli qoluvchi obraz.
A.Mashxadiy(Navoiy romani)

Chamandagul dòppili qirq yoshlardagi,fòrum kishi.
Rahmat hoji(Shum bola)

Yetmish yoshlarga kirgan,oppoq soqollari kòksiga tushib turgan obraz.
Polvontog’a (Sariq devni minib)

Qarib ketgan,sochlari tòkilib,boshining yarmi yalonģachlanib qolgan,zahil bir befayzlik zohir bòlgan obraz.
Bòrixon(Qorakòz Majnun)

Baland bòyli, yuzini chuqur ajinlar tilkalagan,qora,kòz ichiga chòkkan,chòtir odam.
Bektemir(Chinor)

Ģayratli va zehnli,xipcha bel,yaģrini keng,qirģiz qovoq obraz.
Husayn Boyqaro(Zulmat ichra nur)

Soģlom yuzli,kòzlari bolalarcha òynoq,jingalak sochli,qishloqcha sodda qiz.
Gulnor (Qutluģ qon)

Xudo urgan badbaxt,ziqna odam.
Sariboy bòlis(Shum bola)

“Aybsiz aybdor”obraz.
Zebi (Kecha va kunduz)

“Najot farishtasi”.
Kumushbibi (Òtkan kunlar)

Diydasi qattiqroq,òktam,tòmtoq mòylovli.
Egamberdi Yaqubov (Muzqaymoq)

Mavridsiz laylaklar ichida bemahal ģurrak.
Anvar (Mehrobdan chayon)

Tabiatida musulmonchilik ham millatparvarlik ham jamlangan obraz.
Ziyoli (Padarkush)

⚡️IN GOD-WE TRUST⚡️

������

3.7K views Машарипов А , 14:25

Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida har xil tushunchalarga ta’rif beriladi.
Bu postimiz orqali tushunchalar va ta’rifini bir joyga jamladik.

Saxovat:
1) Insoniyat bog‘ining hosildor daraxti, balki u daraxtning foydali mevasidir.
2) odamiylik mulkining mavj urib turgan dengizidir, balki u to‘lqinli dengizning bebaho gavharidir.

Hilm:
1) Inson vujudining xushmanzara mevalik bog‘idir va odamiylik olamining javohirga boy tog‘idir.
2) Hodisalar to‘la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo‘ladi va insoniyat qadrini o‘lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirsa ham bo‘ladi.
3) Axloqli odamning qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir.
4) Yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama munofiqlarning behuda harakatidan himoya qiluvchi.
5) U orqali odam xaloyiqning izzat-hurmatiga sazovor bo‘ladi.
6) U tufayli kattalardan kichiklarga iltifot va marhamat yetishadi.

Til:
1) Baxt bag‘ishlovchi toza ruh manbayi ham u, yomonliklar keltiruvchi nahs yulduzining chiqar joyi ham u.

Safar:
1) Erituvchi va kuydiruvchi ko‘radir. U erish-kuyish esa er kishining vujud oltinini toblab xom gil(loy)dan tozalovchidir.
2) Ayriliqqa uchraganlarni maqsadiga yetkazuvchi va mahrumlarni murod uyiga olib kiruvchidir.
3) Xom odamlarni pishiruvchi va taomlarni singdiruvchidir.
4) Kishilarni olam ajoyibotlaridan bahramand qiladi, g‘aroyibotlar dunyosidan xabardor qiladi.
4) Aziz kishilarning mozorlarini ziyorat qilish fayziga musharraf va mukarram bo‘lmoq ham undan.
5) Yo‘lovchining yurishiga quvvat beruvchi ham u va ko‘ngliga har tomonga borish zavqini soluvchi ham u.
6) Musofirni turli joy va manzillar bilan tanishtiruvchi ham u; dunyoni kezish yo‘liga soluvchi ham u.
7) Issiq-sovuqda jonga orom beruvchi ham u; achchiqchuchukdan ko‘ngilni ogohlantiruvchi ham u.

3.6K views Marjona���� , 05:54

�� AL – JOME’ AS – SAHIH ��

��Uchta xislatni o‘zida mujassam etgan kishining iymoni mukammal bo‘ladi:
☑️ 1. Insofli va adolatli bo‘lmoq
☑️ 2. Barchaga salom bermoq
☑️ 3. Kambag‘alligida ham sadaqa berib turmoq
�� Islomdagi eng yaxshi
xislatlar :
☑️ 1. Ochlarga taom bermoqlik
☑️ 2. Tanigan va tanimaganga salom bermoqlik
�� “Rasululloh”ning ma’nosi nima?
☑️ Allohning elchisi, payg‘ambar
�� Alloh kimlarni yaxshi ko‘radi?
☑️ 1. Gunohi azimlardan va faxsh ishlardan o‘zini olib qochuvchilarni
☑️ 2. G‘azablangan taqdirda ham kechira oluvchilarni
☑️ 3. Tanglikda ham, mo‘lchilikda ham xayr-ehson qiluvchilarni
☑️ 4. G‘azabini yutuvchilarni
☑️ 5. Odamlarning gunohlaridan o‘tuvchilarni
�� Alloh kimlarni sevadi?
☑️ Yaxshilik qiluvchilarni
�� Birovni kurashib yiqitgan
polvon emas .
☑️ G‘azablangan vaqtida jahlini yutgan odam polvondir
�� Bir odam Rasulllohdan: “Menga maslahat qiling” – deganda Rasululloh
qanday maslahat beradi?
☑️ “G‘azablanmagin”
�� Yetim boqqan odamning fazilati qanday?
☑️ U odam bilan Rasululloh yonma-yon yashaydi.
Rasululloh shu gapidan so‘ng ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juft qilib ko‘rsatadi
�� Alloh kimlarni bu dunyoda yarlaqab martabasini ulug‘ qilib, oxiratda jannatga kirishni nasib etadi?
☑️ 1. Iymon keltirganlarni
☑️ 2. Ilmni yuksaltirganlarni
�� “Qavl”ning ma’nosi nima?
☑️ So‘z
�� “Hidoyat “ning ma’nosi nima?
☑️ Alloh taolo bandalariga ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘l.
☑️ Yo‘llanma
�� Ilm nimaga o‘xshatiladi?
☑️ Ko‘p yog‘gan yomg‘irga

4.2K views Marjona���� , edited 05:55

�� Shoir va yozuvchilarning asarlarining necha jildligi:

❇️Hamid Olimjon — 10 jild
❇️M.Shayxzoda — 6 jild
❇️Oybek — 20 jild
❇️Mirtemir — 4 jild
❇️E. Vohidov — 4 jild (Saylanma)
❇️A.Navoiy — 20 jild
❇️Fitrat — 2 jild
❇️Said Ahmad — 3 jild
❇️R. Thokur — 8 jild (o’zbek tiliga tarjima qilinganlari)
❇️A. Oripov — 4 jild
❇️”Al Jome as-Sahih — 10 jild

1.8K views ��ℴ����ℴ���� , edited 16:09

��Roman mavzu jihatdan 5ta guruhga bo’linadi:

��1.Tarixiy roman:
A. Qodiriyning ”O’tkan kunlar”, O. Yoqubovning ”Ulug’bek xazinasi’.

��2.Harbiy roman:
Oybekning ”Quyosh qoraymas”, Shuhrat ”Shinelli yillar”.

��3.Zamonaviy roman: ”P. Qodirovning ”Olmos kamar” , O.Yoqubovning ”Diyonat”.

��4.Sarguzasht roman: X.To’xtaboyevning ”Sariq Devin minib”, ”Sariq devning o’limi”.

��5.Ijtimoiy-falsafiy roman: A.Muxtor ”Davr mening taqdirimda”

1.4K views ��ℴ����ℴ���� , 13:33

�� ABDULLA QAHHOR ��

���� Hikoyalari ����

�� “O’g’ri”
�� “Bemor”
�� “Kampirlar sim qoqdi”
��“Anor”
�� “Ming bir jon”
�� “Adabiyot muallimi”
�� “Dahshat”
�� “Nurli cho’qqilar”

���� Qissalari ����

��“Qishloq hukm ostida” (ilk kitobi)
�� “Sinchalak”
�� “O’tmishdan ertaklar”
�� “Muhabbat”
�� “Zilzila” (tugallanmagan)

���� Romanlari ����

�� “Sarob”
�� “Qo’shchinor chiroqlari”

���� Komediyalari ����

�� “Shohi so’zana”
�� “Og’riq tishlar”
��“Tobutdan tovush”
��“Ayajonlarim

����Tarjimalari����

�� “Kapitan qizi” – Pushkin (qissa)
�� “Uylanish” – Gogol ( komediya)
�� “Revizor” – Gogol ( komediya)
��“Urush va tinchlik” ( Rafiqasi Kibriyo Qahhorova bilan birga ) Lev Tolstoy ( roman )

������������������������

1.6K views Mavlon Burxanov , 14:29

������������������������
‼️Kerakli savol-javoblar:
1️⃣ Ilohi kelmasin senga mahosil.
Qaytayin,bo’lmadi maqsudim hosil.
Yurarga quvvating,holing qolmasa
Kel orqamga ko’tarayin bir fasl.
Bu parchada qaysi asar qahramoni kimga murojaat qilgan?
J: “Kuntug’mish” dostonida
Kuntug’mish Xolbekaga.

2️⃣ “Sohibqiron” dramasida Amir Temur quyidagi so’zlarni kimga aytadi?
“Xuddi shundoq shakldagi poykonlar bilan Sijistonda yog’iy meni yaralagandi.Bir oyog’im ham bir qo’lim hanuz nogiron.Ajab hokim o’shanda sen malham qo’yganding.Eslaysanmi o’sha kunni?”
J: Amir Husaynga

3️⃣ Qaysi javobda Oybekning “Dilbar-davr qizi” asari bilan bir xil janrdagi asar nomi berilgan?
J: “Baxtigul va Sog’indiq” va “O’ch”

4️⃣ Qaysi shoir o’zbek xalqining yig’ma obrazini “Sonsiz egatlarga sochilmish, ana,
Mening orzularim,mening o’ylarim ” tarzida umumlashtirgan?
J: Abdulla Oripov

5️⃣ Navoiyning tazkirachilikka oid asari qaysi?
J: Majolis un-nafois

6️⃣ Onasining vafot etishi,otasining falaj bo’lib qolishi tufayli kosiblik bilan ro’g’or tebratgan ijodkor kim?
J: Zavqiy

7️⃣ “Nevara” dostoni muallifi kim?
J: Mirmuhsin

8️⃣ Ogahiy o’zbek tiliga tarjima qilgan “Haft paykar “asarining muallifi kim?
J: Nizomiy Ganjaviy

9️⃣ Turob To’laning baletto librettosi qaysi?
J:Samarqand afsonasi

1️⃣0️⃣ Thakurning Xalqaro Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan she’riy to’plami qaysi?
J: Gitanjali

1️⃣1️⃣ Janni Rodarining “Shahzoda Plombir “ertagi qaysi turkumga mansub?
J: Rim ertaklari

1️⃣2️⃣Ilmi nujum va tabobat bilan shug’ullangan ijodkor kim?
J: Furqat

1️⃣3️⃣“Bu turk xalqiga qurolli dushman keltirmadim,,Yalovli otni yugurtirmadim.”
Ushbu mardonavor so’zlar qaysi qahramon tilidan aytilgan?
J: To’nyuquq

1️⃣4️⃣ Siyosatdan tamomila chetda turuvchi,bunday muammolar hal qilinadigan joylardan minglab chaqirim uzoqda umr kechiruvchi kamtargina badiiy qahramon kim?
J: Sobitjon(Asrga tatigulik kun)

1️⃣5️⃣ Nihon taxallusida ijod qilgan ijodkor kim?
J: Hamza Hakimzoda Niyoziy

1️⃣6️⃣ Iymoni butun onalarga,ayyollarga madhiya qaysi asar?
J: Surat bilan suhbat(Saida Zunnunova)

1️⃣7️⃣ Oybeking “Navoiy”romanida Alisher Navoiyning sodiq mulozimi sifatida tilga olingan shaxs kim?
J: Valibek

1️⃣8️⃣“Chashma”,”Ikkinchi imtihon”,”Ishqim va rashkim” kabi she’rlar to’plami muallifi kim
J: Xayriddin Saloh

1️⃣9️⃣ “Alpomish “dostonida “Bul o’zbakning oti o’zib boradi,Qorajon bir baloni qiladi” jumlasi kimning tilidan aytilgan?
J: Ko’kaldosh

2️⃣0️⃣ Asqad Muxtorning bolalarga bag’ishlangan she’riy to’plami qaysi?
J: Chin yurakdan

2️⃣1️⃣ “G’uncha yanglig’ burkanib”,”Bahorni sog’inganda”,”Olov sochlar” kabi she’riy to’plam yozgan ijodkor kim?
J: Hamid Olimjon

2️⃣2️⃣ Insonning qadr-qimmati uchun jon kuydirgan ijodkor kim?
J:Usmon Nosir

2️⃣3️⃣ Lermontovning “Maskarad ” asarini kim o’zbek tiliga tarjima qilgan?
J: Oybek

2️⃣4️⃣ “Insonni tug’ish va o’stirish qanchalar qiyin,o’ldirish esa oson”
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J: Oq kema

2️⃣5️⃣ “Oqshomlari buvim boshliq hammamiz oldi ochiq ayvonda uvunto’da ko’rpa-yostiqlarga o’ralib,bittagina O’ratepaning kir ip sholchasi ustida uxlaymiz”
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
J: Mening o’g’rigina bolam

2️⃣6️⃣ “Kerak ishq ahli qul bo’lmoq bu so’zga:
Ki shahliq o’zgadur,oshiqlik o’zga”
Ushbu misralar qaysi qahramon haqida?
J: Xusrav

2️⃣7️⃣ Romen Rollaning “Jan Kristof”asari necha jildlik?
J: 10 jildlik

2️⃣8️⃣ Furqatning Fuzuliy g’azaliga o’xshatma tarzida yozilgan g’azali qaysi?
J: Surmadin ko’zlar qaro.

2️⃣9️⃣Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy “asariga necha xil janrga oid asarlar kiritilgan?
J: 16 xil

3️⃣0️⃣Ozod Sharafiddinovning dastlabki kitobi qaysi?
J:” Zamon.Qalb. Poeziya”

BIZ BILAN ASLO YENGILMAYSIZ��

������������������������
@uztilim @uztilim
������������������������

Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilar faoliyatiga bir nazar

Bolani yoshligidan badiiy tafakkur qilishga o‘rgatish, iste’dodini yuzaga chiqarish uning intellektual rivojida muhim omil sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qaroriga muvofiq, o‘tgan o‘quv yilidan boshlab o‘rta umumta’lim maktablarida ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimi joriy etildi.

Ushbu lavozim ta’lim muassasalarida madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini aniqlash, uni ro‘yobga chiqarishni ko‘zda tutadi. Aytaylik, bugun “Yosh ijodkorlar” to‘garagiga qatnashayotgan hamma bolalar ham kelajakda shoir-yozuvchilikka da’vo qilmas, lekin ular bu muhitda ma’rifatli-ma’naviyatli insonlar bo‘lib ulg‘ayishi tabiiy.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020-yil 28-dekabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimini joriy etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga asosan umumta’lim maktablarida ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi 0,5 shtat birligi joriy etildi. Bugungi kunda ryespublika bo‘yicha o‘n ming nafardan ortiq targ‘ibotchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan qariyb yarmi yozuvchi-shoirlar, jurnalistlar va madaniyat xodimlari hissasiga to‘g‘ri kelsa, qolgan yarmi ona tili va adabiyot hamda boshqa fan o‘qituvchilaridan iborat.

Qo‘shma qarorga ko‘ra ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchining asosiy vazifalari belgilab berilgan. Ammo ushbu yo‘nalish yangi soha bo‘lganligi sababli, uning faoliyat doirasini yanada aniqlashtirish maqsadida seminar-treninglar o‘tkazish va kerakli qo‘llanma chop etish zarurati bor edi. O‘tgan yilning 22-23-noyabr kunlari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida targ‘ibotchilar ishtirokida o‘tkazilgan amaliy seminar-trening ko‘p masalalarga yechim bera oldi.

Ikki kun mobaynida targ‘ibotchilarga o‘z sohasining yetuk mutaxassislari, jumladan, xalqaro sertifikatga ega trenerlar, yozuvchi-shoirlar tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi, taqdimotlar uyushtirildi. Mashg‘ulotlarda targ‘ibotchilar ham amaliyot davomida orttirgan tajribalari va taklif-mulohazalarini hamkasblari bilan o‘rtoqlashdi. Tayyorlangan trenerlar 13-28-dekabr kunlari oralig‘ida barcha hududlarda targ‘ibotchilar uchun seminar-treninglar tashkil etishdi. Endilikda trenerlar tomonidan qishki ta’til davrida tuman (shahar)larda targ‘ibotchilarni jadval asosida, o‘qitish ishlari olib borilmoqda. Xalq ta’limi vazirligi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi va Yozuvchilar uyushmasining takliflari hamda joylardagi targ‘ibotchilar bildirgan fikrlar bir yerga jamlanib, uslubiy qo‘llanma loyihasi ham tayyorlandi. U joriy yilda chop etilib, barcha targ‘ibotchilarga tarqatiladi.

Ayni paytda har bir hududda ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilarning o‘z telegramm guruhlari yoki kanallari (masalan: “Andijon targ‘ibotchilari”, “Xorazm targ‘ibotchilari” va hokazo) ochildi. Ushbu guruhlar jami 9175 nafar targ‘ibotchini qamrab olgan. Targ‘ibotchilar o‘rtasida har yili “Yilning eng namunali ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi” tanlovini tashkil etish ham rejalashtirilmoqda.

Targ‘ibotchilarning maktablarga kirib borishi avvalo u yerdagi ijodiy muhitni jonlantirdi. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashning aniq mexanizmlari yaratildi. Mamlakatimizdagi barcha maktablarda “Yosh ijodkorlar” to‘garaklari tashkil etilib, o‘quvchilarning ijod namunalari mahalliy va markaziy ommaviy axborot vositalari orqali yoritilmoqda. Bu ham yoshlarga katta ma’naviy rag‘bat bo‘layotir. Yaqinda Respublika Kasaba uyushmalari tomonidan uyushtirilgan “Mening Prezidentim” ijodiy ishlar tanlovida aynan ana shu to‘garak vakillaridan 5 nafari ryespublika bosqichida ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, dastlabki qadamlar ancha samarali bo‘ldi, deyishga to‘la asosimiz bor. Bu xayrli tashabbus ertangi kunda yanada salmoqli natijalar berishiga shubha yo‘q.

To‘xtasin ARSLONOV,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining

Ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i

Ona tili

. Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan foydalanilgan?

Ko‘z bila qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi, Yuz bila so‘zing yaxshi, dudog‘ing yaxshi.
Ul yuzi oykim, jahonning jonidir, Shu zamona xublarning xonidir.
Anda bir shoh hokim-u voliy, Mulki ma’mur-u himmati oliy.
Orzu qildim: «Tutarmen», – deb visoli domanin, Pora bo‘ldi hajr ilgida giribon oqibat.

Qaysi javobdagi ma’lumot to‘g‘ri emas?

Mumtoz she’r ilmiga ko‘ra odatda raviy so‘zning asosida (o‘zagida) bo‘lishi talab etilgan. Ba’zan bu talabdan chetga chiqish kuzatiladi.

Radif bir yoki bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin.

Mumtoz she’riyatda faqat cho‘ziq va qisqa unlilar raviy bo‘lib kela oladi, undosh tovushlar raviy bo‘lib kela olmaydi.

She’riy janrlarda bir band doirasida ahamiyati jihatidan bir-biridan farq qiluvchi ikki xil – ichki va asosiy radif ishlatilishi mumkin.

Tuyuq haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

Tuyuqlar turkiy xalqlar og‘zaki adabiyoti ta’sirida vujudga kelgan.

Tuyuqda ijodkor tajnisni yuzaga keltirish uchun bir necha so‘zlar ishtirokida ohoriy (original, ya’ni bir martalik) shakldoshliklar yaratishi mumkin.

Tuyuq ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida yoziladi.

Tuyuq, albatta, to‘rt misradan iborat bolishi kerak va har doim a-a-a-a tarzida qofiyalanishi, ya’ni har to‘rtala misra o‘zaro qofiyalanishi shart.

. Quyidagi qaysi asarlar roman janrida yozilmagan? 1) «Oqqushlar, oppoq qushlar» (O. Yoqubov 2) «Jar yoqasidagi chaqmoq» (A. Muxtor); 3) «Adolat manzili» (O. Yoqubov); 4) «Sevgim, sevgilim» (0 ‘. Umarbekov); 5) «Davr mening taqdirimda» (A. Muxtor).

. Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina, Qatlim uchun «nas» kelturur «пип» eltibon «sod» ustina. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

Radifi qisqa radif hisoblanadi.
Ushbu misralarda tanosub san’atidan foydalanilgan.
Qofiyasi mutlaq qofiya hisoblanadi.
Qofiyadosh so‘zlarda «d» tovushi raviy bo‘lib kelgan.

. Manx jondan o’sondirdi, jafodan yor o‘sonmazmi? Falaklar yondi ohimdan, murodim sharr, yonmazmi? Ushbu bayt o‘rin olgan Fuzuliyning «Mani jondan o‘sondirdi. » g‘azali haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

G‘azalda mutlaq qofiyadan foydalanilgan.
G‘azalda radifdan foydalanilmagan.
G‘azal ohangdorlik jihatidan g‘azali musajja usulida yozilgan.
G‘azalda «z» tovushi raviy hisoblanadi

Nasriy didaktik asarlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni aniqlang.

«Zarbulmasal», «Qutadg‘u bilig»
«Mahbub ul-qulub», «Guliston»
«Qobusnoma», «Hayrat ul-abror»
«Gulzor», «Miftoh ul-adl»

. Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin, K o‘ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?! Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?

Ushbu misralarda tanosub san’atidan foydalanilgan.
Baytda tajnis san’atidan foydalanilgan.
Qofiyadosh so‘zlarda «n» tovushi raviy bo‘lib kelgan.
Radifi yoyiq radif hisoblanadi.

. Qaysi javobdagi baytda tarse’ she’riy san’at qo‘llangan?

Har nechakim sabr ta’mirini bunyod ayladim, Ashk selobida vayron o‘ldi obodim, eshit.
Ikki mahbubni ko‘rdum, bir-birisin ko‘rmagan, Ikkisining o‘rtasiga, do‘stlar, qil ham sig‘magan.
Hech kim mendek, ilohi, yoridin ayrulmasun, Mehribon munis o‘shal dildoridin ayrilmasin.
Sendek menga bir yori jafokor topilmas, Mendek senga bir zori vafodor topilmas

. Ul qaro ko‘z ko’zlariga surma bejo tortadur, Balki andin dahr eli ortiqcha g‘avg‘o tortadur. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

Qofiyadosh so‘zlarda «r» tovushi raviy bo‘lib kelgan.
Radifi qisqa radif hisoblanadi.
Baytda muqayyad qofiya qollangan.
Ushbu baytda tanosub san’atidan foydalanilgan.

Qaysi javobdagi baytda tazod san’atidan foydalanilmagan?

Ohkim, bo‘ldi yana subhi nashotim shomi g‘am, Chehra pinhon etti ul Xurshidi tobon oqibat.
Fasli navbahor o‘ldi ketibon zimistonlar, Do‘stlar, g‘animatdur, sayr eting gulistonlar.

Bu kun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim, Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim.

Anda bir shoh hokim-u voliy, Mulki ma’mur-u himmati oliy.

. Ko’nglung istar yorlar birla hamesha shod bo‘l, Mendin-u, kimdinki, ko’ngling istamas – ozod bo‘l. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?

Muqayyad qofiya qo‘llanilgan.
Qofiyadosh so‘zlarda «d» tovushi raviy bo‘lib kelgan.
Radifi qisqa radif hisoblanadi.
Ushbu misralarda tardi aks san’atidan foydalanilgan.

. Bunday g’azallarda baytlar bir-biridan o‘ta mustaqil bo’ladi, ularning o‘rni almashtirilsa ham, unchalar sezilmaydi. Navoiy Hazratlari bu kabi g’azallarni qattiq tanqid qilgan. Ushbu parchada g‘azalning baytlar mustaqilligi, ya’ni qo‘shmisralarning o‘zaro bog‘liqligi, mantiqiy ketma-ketligi, bir-birini taqozo etishi darajasiga ko‘ra qaysi turi haqida fikr yuritilgan?

musalsal g‘azallar
yakpora g‘azallar
parokanda g‘azallar
voqeaband g‘azallar

. Qaysi javobda barmoq she’riy tizimining qo’shma vaznida yozilgan she’riy parcha berilgan?

Qani, ayt, maqsading nimadir sening? Nega tilkalaysan bag‘rimni, ohang? Nechun kerak bo‘ldi senga ko‘z yoshim? Nechun kerak, rubob, senga shuncha g‘am?

Garchi shuncha mag‘rur tursa ham Piyolaga egilar choynak. Shunday ekan, manmanlik nechun, e Kibr-u havo nimaga kerak?

Tuproq ko‘chalardan chopgan bolalik, Yillar changi ichra asta yo‘qoldi. Bolalik ketdi-yu, sho‘x suhbatlarda Uni kula-kula eslamoq qoldi.

Qubbon sohilida qomating bukib, Oltin barglaringni ko‘l uzra to‘kib, Nimalar haqida surasan xayol, So‘yla> majnuntol?