Press "Enter" to skip to content

PEDAGOGIK FIKR TARAQQIYOTIDA BUYUK ALLOMALARNING IJODIY MEROSI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

O’qitish ikki baravar o’qish demakdir.
J.Juber

Kitob haqida olimlarning fikrlari

Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila.
Alisher Navoiy

Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
Abu Rayhon Beruniy

Jahonda bo‘lmasa muallim agar,
Hayot ham bo‘lmasdi go‘zal bu qadar.
Abdurahmon Jomiy

Hayot yo‘lida birinchi masala — maktab masalasidir.
Fitrat

Sizdan boshlanadi asli tafakkur,
Munis muallimlar, sizga tashakkur!
Abdulla Oripov

Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,
Shunda bilursankim, ilm bepoyon.
A.Firdavsiy

O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lur,
Bilim qayda bo‘lsa, buyuklik bo‘lur.
Yusuf Xos Hojib

Ilmdan yaxshiroq xazina bo‘lmas,
Qo‘lingdan kelgancha tera olsang, bas.
Abu Abdullo Rudakiy

O‘quv qunt beradi, bilim – sharaf-shon,
Shu ikkov tufayli ulug‘dir inson.

Baxt belgisi ilm va aqldir.
Mahmud Koshg‘ariy

Aql – aqldan quvvat oladi.
Jaloliddin Rumiy

Ilmsiz gap shamoldir.
Maqol

Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir.
Abu Rayhon Beruniy

Bilimga eltuvchi yagona yo‘l bu –faoliyatdir.
B.Shou

O‘z shogirdlarida mehnatdan zavqlanish xislatlarini uyg‘ota bilgan muallim sharaflarga loyiq.
E. Xabbard

O‘qituvchining butun fikri o‘quvchilarida, o‘zi sochgan urug‘larning o‘sishidadir.
D.I.Mendeleev

O‘qitish ikki barobar o‘qish demakdir.
J.Juber

Bilganlarimizning cheki bor, bilmagan narsalarimizning esa had-chegarasi yo‘q.
P.Laplas

Inson dunyoni qanchalik bilsa, o‘zligini ham shunchalik anglaydi.
I.Gyote

Fikr! Buyuk narsa! Insonning ulug‘vorligi ham fikrdan bo‘lmay nimadan?
A.S.Pushkin

Barcha kashfiyotlar ichida eng go‘zali yaxshi tarbiya olgan insondir.
Epiktet

Har qanday ta’lim va tarbiyada eng asosiy omil — muallim, uning tafakkur dunyosidir.
A.Disterveg

Birovni o‘rgatishing uchun, o‘zing o‘rganishing uchun lozim bo‘lganidan ko‘ra ham ko‘proq aql kerak.
M.Monten

Muvaffaqiyatli tarbiyaning siri — o‘quvchiga hurmatda.
R.Emerson

Noqobil o‘qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo‘yadi, yaxshisi esa uni topishga o‘rgatadi.
V.O.Distervig

Oz bo‘lsa ham bilmoq uchun ko‘p o‘qimoq zarur.
Sh.Monteske

O’qitish ikki baravar o’qish demakdir.
J.Juber

Tarbiyadagi eng katta xato o’ta shoshqaloqlikdir.
J.J.Russo

Qiyin fanlar yo’q, faqat hazm etilishi qiyin bo’lgan izohlargina bor.
A.I.Gersen

Haqiqiy ta’lim odamni odamiylikka tayyorlashdir.
N.I.Pirogov

Tarbiya ta’limdan ustun turadi. Insonni tarbiya voyaga yetkazadi.
G.Spenser

Inson tarbiyasining bosh yo’li ishonchdir.
K.D.Ushinskiy

Ilm o’qub amal qilmag’on, kariz qazib tuxum solmag’ong’a o’xshar.
Alisher Navoiy

O’rgatmoq uchun so’kish, yordam bermoq uchun haqorat qilish shart emas.
F.Laroshfuko

Kimki hech narsani qiziqib so’ramasa, hech narsani o’rganmaydi ham.
T.Fuller

Faqat diqqat qilgan odamgina xotirasida saqlay oladi.
S.Jonson

Chinakam shogird bor narsalar negizida mavhum narsalar rivojini o’rganadi va shu yo’l bilan ustoziga yaqinlashib boradi.
I.Gyote

PEDAGOGIK FIKR TARAQQIYOTIDA BUYUK ALLOMALARNING IJODIY MEROSI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Xafizaxon Usmonova

Mazkur maqolada buyuk allomalar, qomusiy ilm sohiblari pandnomaruhidagi asar mualliflarining ta’lim-tarbiya to’g’risidagi asarlari, fikr va qarashlarining butun jaxonda tutgan o’rni va pedagogik fikrlar taraqqiyotiga qo’shgan hissasi, shuningdek bugun kun amaliyotidagi ahamiyati yortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по прочим социальным наукам , автор научной работы — Xafizaxon Usmonova

TIB ILMINING BUYUK ALLOMASI ABU ALI IBN SINO OʻGITLARINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI AHAMIYATI
YOSHLARDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA BUYUK ALLOMA ABU RAYHON BERUNIYNING QARASHLARI
Sharq Uyg‘onishi davrida ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy masalalari
MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA AQLIY TARBIYANING ROLI
“QUTADG’U BILIG” IKKI JAHONNI TUTISHGA OCHUVCHI YO’L
i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK FIKR TARAQQIYOTIDA BUYUK ALLOMALARNING IJODIY MEROSI»

PEDAGOGIK FIKR TARAQQIYOTIDA BUYUK ALLOMALARNING

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg’ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Mazkur maqolada buyuk allomalar, qomusiy ilm sohiblari pandnomaruhidagi asar mualliflarining ta’lim-tarbiya to’g’risidagi asarlari, fikr va qarashlarining butun jaxonda tutgan o’rni va pedagogik fikrlar taraqqiyotiga qo’shgan hissasi, shuningdek bugun kun amaliyotidagi ahamiyati yortilgan.

Kalit so’zlar: qomusiy olimlar, ta’lim, tarbiya, inson, pandnoma, kamolot

THE CREATIVE HERITAGE OF GREAT SCIENTISTS IN THE DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL THINKING

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article highlights the work of great scientists, authors of encyclopedic works on education, the role of ideas and views in the world and their contribution to the development of pedagogical ideas, as well as their importance in modern practice.

Keywords: scientists-encyclopedias, education, upbringing, man, pandnoma, perfection

Tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta’sir etgan bo’lsa, insonning shakllana borishi ham o’z navbatida kishilik jamiyatining qaror topa borishiga yordam bergan. Xullas, tafakkur yurita olish qobiliyatiga ega bo’lgan inson kamolotining ta’minlanish jarayoni hamda jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti o’zaro uzviy aloqada shakllangan. Mazkur tarixiy jarayon mohiyatini bilish bizga inson tafakkurining juda uzoq davr va murakkab sharoitlarda shakllana borganligidan dalolat beradi. Tarixiy jarayondagi madaniy boyliklarimizni o’rganishda buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosiga asosiy manba sifatida tayanamiz. Ayniqsa, Sharq uyg’onish davrida sof pedagogik asarlar yaratilib, ta’lim-tarbiyada inson takomilining xususiy va umumiy metodlari haqida o’lmas ta’limoti bilan nom qoldirgan tarbiyashunos olimlarning ilmiy ijodlari bugungij kungacha o’z qadrini saqlab kelmoqda. Qomusiy olimlarning ta’lim-tarbiya to’g’risidagi fikr va qarashlari Yevropa olimlarini ham hayratini oshirgan. Darhaqiqat, Muhammad Xorazmiy Abu Nasr farobiy, Abu Rayxon Beruniy Abu Ali ibn Sino, Maxmud Zamaxshariy, Alisher

Navoiy kabi ulig’ ajdodlarimiz o’zlarining ilmiy va ijodiy meroslari bilan jaxon ilm-fanning yuksak cho’qqilarini zabt etganlar. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Tarixga nazar solsak, Buyuk ipak yo’lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz azaldan yuksak sivilizatsiya va madaniyat o’choqlaridan biri bo’lganini ko’ramiz. Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar, bebaho me’moriy obidalar, nodir qo’lyozmalar, turli osori atiqalar davlatchilik tariximizning uch ming yillik teran ildizlaridan dalolat beradi”-deganlarida nechog’liq haq edilar.

Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy o’zining «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida», «Fozil odamlar shahri», «Aql ma’nolari haqida», «Shaharni o’rganish haqida» kabi asarlarida o’zining pedagogik qarashlarini aks ettirgan. Forobiy birinchi bo’lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olim. Uning fikricha:

– Ta’lim – so’z va o’rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya – esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi. Ta’lim-tarbiya ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh, ilxomlantiruvchi so’zlar va majbur etish.Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so’zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo’lsin, diyonatli bo’lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin. Inson yaxshi tarbiya ko’rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo’lsa, u ko’p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo’rin bo’lib ko’ringan narsalar zaruriy bo’lib chiqadi.

Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy «Minerologiya», «Geodeziya», «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Saydana» asarlarida o’zining ilmiy-pedagogik qarashlarini aks ettirgan. Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo’ladi. Beruniy ta’limotiga ko’ra inson kamolotida uch narsa muxim rol’ o’ynaydi:

3. Tarbiya. Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo’llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. U o’quvchiga bilim berishda:

– bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik;

– yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etish va xokazoga e’tibor berish kerakligini uqtiradi.

Qomusiy olim Abu Ali ibn Sino «Tadbir al-Manozil», «Tib qonunlari» «Axloq haqida risola», «Burch haqida risola», «Al-konun», «Ishq hakida risola», «Xay ibn-

Yakzon», «Donishnoma» kabi asarlar muallifi sifatida ta’lim-tarbiyaga doir o’z qarashlarini aks ettirgan. Ibn Sinoning fíkricha insonlar xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular:

Ibn Sino fanlar tavsifi haqida ham fikr bildirgan. Olim birinchi o’ringa tibbiyot fanlarini qo’yadi. Falsafani esa ikki guruhga-nazariy va amaliy guruhga bo’ladi. U birinchi guruhga:

– siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruxga;

– metafizika dunyo qonuniyatlarini o’rganuvchi barcha fanlarni kiritgan.

Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo’lib maktabda o’qitish zarurligini ko’rsatadi va ta’limda quyidagilarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:

1) bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band kilib ko’ymaslik;

2) ta’limda engildan qiyinga to’g’ri bilim berish;

3) olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi;

4) o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish;

5) bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;

6) o’qitishni jismoniy mashqlar bilan ko’shib olib borish.

Abu ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma’rifatni egallashga da’vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga etkazishi kerak. Bu maqsadga etishish uchun inson qiyinchiliklardan qo’rqmasligi zarur, deydi. «Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo’rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo’rqog’idir».

Zero, ma’rifatli kishi jasur, o’limdan ham qo’rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo’ladi, deydi u fikrini davom ettirib.

Bilimsiz kishilar johil bo’ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni yetuk bo’lmagan kishilar qatoriga qo’shadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta’kidlaydi.

U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo’lish kerakligi, lekin har qanday bilim ham haqiqatga olib kelmasligi, inson o’z bilimining haqiqiyligini bilishi uchun

mantiqni ham bilishi zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning ta’lim metodlari haqidagi ta’limoti asosida ham bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish kerak degan g’oya yotadi.

Ibn Sino bolani maktabda o’qitish va tarbiyalash zaraurligini qayd etib, maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi va birga o’qitilishi va tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida yakka o’qitishga qarshi bo’lgan. Bolani maktabda jamoa bo’lib o’qishini foydasi quyidagicha ifodalangan:

– Agar o’quvchi birga o’qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bularning hammasi o’qishning yaxshilanishiga yordam beradi.

– O’zaro suhbatda o’quvchilar bir-biriga kitobdan o’qib olganlari, kattalardan eshitganlarini hikoya qiladilar.

– Bolalar birga to’planganlarida bir-birini hurmat qila boshlaydilar, do’stlashadilar, o’quv materiallarini o’zlashtirishda bir-biriga yordamlashadilar, bir-biridan yaxshi odatlarni qabul qiladilar.

Bilim olishda bolalarni maktabda o’qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:

– bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo’ymaslik;

– ta’limda engildan og’irga borish orqali bilim berish;

– olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi;

– o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish;

– bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;

– o’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish.

Bu talablar hozirgi davr ta’lim tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir. Yuqoridagi masalalarga o’zining «Tadbiri manzil» asarida maxsus bo’lim bag’ishlaydi. «Bolani maktabda o’qitish va tarbiyalash» bo’limida ta’lim va tarbiya jarayonini ochib beradi. Yuqoridagi tamoyillar esa bolalarni yengil-yelpi bilim olish emas, balki har tomonlama chuqur va mustahkam bilim olishiga yordam beradi.

Buyuk Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Kaykovus kabi ajdodlarimiznng pandnoma ruhidagi asarlari ham bugungi kun yoshlar tarbiyasida ham o’z ahamiyatiga egadir. Masalan, Kaykovusning “Qobusnoma” asari alohida tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, uning o’zi ta’kidlaganidek, butun bir asar oxirgi bobda ta’rif berilgan javonmardlar tarbiyasiga bag’ishlangan. Kaykovus «. barcha fikr va tushunchalarim sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, har hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq to’rt bobda bayon etdim», deyish bilan har bir yoshning aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog’langan holda kamolga yetkazish yo’llari va usullarini bayon etgan. Kitobda javonmardlar egallashi zarur bo’lgan quyidagi yo’nalishlarda ta’lim-tarbiya berish nazariyasi ko’zda tutilgan:

1. Bilim olish haqida.

2. Hunar va turli kasb egalari haqida.

3.Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.

4. Jismoniy yetuklik haqida.

Chunki har bir javonmard uchun tan, jon, havas va maoni, ya’ni ham sipohiylik, ham ma’rifat, ham donishmandlikka ega bo’lish zarur bo’lib, bu xislatlar ana shu yuqoridagi to’rt yo’nalishda zikr etilgan.

Kaykovus Pifagor aytgan quyidagi o’n xislatni har bir kishi o’zida tarkib toptirishini ta’kidlaydi. Bular: o’zidan zo’r kishi bilan urishmaslik; hasadchi kishi bilan birga jamoat o’rtasida o’tirmaslik: riyokor, ikki yuzlamachi kishi bilan do’st bo’lmaslik: yolg’onchi kishi bilan muomala qilmaslik: baxil bilan suhbatda bo’lmaslik; g’ayr, dushman kishi bilan sharob ichmaslik; xotinlar bilan bir erda o’tirmaslik; kishilarga sir aytmaslik; biror kishi aybingni aytsa, shu aybni yo’qotishga harakat qilish; biror kishini ortiqcha maqtash yoki ortiqcha yomonlamaslik; muxtoj bo’lgan odamni gina, qahr bilan qo’rqitmaslik; gunohkorning gunohini avf etish; kichiklarga mehribon bo’lish; bir ishni ikki kishiga buyurmaslik kabi hayotiy tavsiyalarni keltiradiki, inson o’z hayotida har bir daqiqada bunday hatti harakatlarga duch keladi.

So’z mulkining sultoni Alisher Navoiyning butun umri biz uchun hayot maktabi. Ayniqsa, Navoiyning insonparvarlik qarashlarida inson shaxsi qadriyat sifatida qaraladi va shu tariqa insonning sharafli zot ekanligi haqida qadriyatlar va tushunchalar tizimi namoyon bo’ladi. Salaflari singari shoir ham insonning qadr-qimmatini uning axloqiy sifatlari – qalban pokligi, oliyhimmatliligi va do’stlikka sadoqati, dunyoni yaxshi tomonga o’zgartirishga intilishi va shu kabi sa’y-harakatlarida ko’radi. Inson qadr-qimmati yuqori nasl-nasab yoki tabaqaga mansubligida, boyligiga, ijtimoiy kelib chiqishiga qarab emas, odamlar va jamiyat ravnaqi uchun sarf etayotgan xatti-harakatlari, amaliy faoliyati bilan o’lchanadi. “Sab’ai sayyor” asarida Navoiy yozadi: “Yuqori martaba va unvon kishilarga obro’ keltirmaydi, xushaxloqlilik va or-nomus ularning oliyjanobligi va obro’sini belgilab beradi. Qachonki yomg’ir(axloqiylik)ning manbai or-nomusdan shakllangan bo’lsa, mazkur yomg’ir tomchisi suvsiz adir uchun obi-hayot beradi. Axloqsiz kishilar hurmatga sazovor bo’la olishmaydi, ular razil va osmon gumbazining ostidadirlar”

Xulosa o’rnida davlat raxbari Sh. Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirish o’rinli:”Dunyoga buxoriylar, beruniylar, termiziylar, moturidiylar, xorazmiylardek buyuk alloma va aziz-avliyolarni bergan jonajon Vatanimiz yoshlari ulug ajdodlariga munosib bulib ulgayishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishimiz zarur” [1.27-bet] . Demak, buyuk ajdodlarimiga xos azmu shijoat, xalqimizning metin irodasi, tobora ulg’ayib kelayotgan barkamol avlodimizga tayanib, jamiyatimiz hayotini tubdan yangilash yo’lini izchil davom ettirish-eng dolzarb vazifamizdir. [2. 9-bet]

1. Shavkat Mirziyoyev. Insonparvarlik, ezguaik va bunyodkoraik – miaaiy goyamizning poydevoridir . «Tasvir» nashriyot uyi Toshkent – 2021

2. Shavkat Mirziyoev. Yangi O’zbekiston strategiyasi. “O’zbekiston” nashriyoti Toshkent-2021

3. Hoshimov K., C.Ochil. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. – T.: O’qituvchi,

4. Ma’naviyat yulduzlari (Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, allomalar, adiblar). – T.: A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1999.

5. Yuldasheva, S. (2021). The Emergence of Libraries as a Hotbed of Spirituality and Enlightenment. International Journal of Culture and Modernity, 10, 43-51.

6. Юлдашева, С. Н. (2020). СОЦИОЛОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ЧИТАТЕЛЬСКОЙ АУДИТОРИИ. ТИПОЛОГИЯ ЧИТАТЕЛЕЙ. Oriental Art and Culture, (V).

7. Sohibaxon, Y. (2021). O’ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI. Oriental Art and Culture, (7), 260-268.

8. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

9. Юлдашева, С. (2019). Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 59-62.

10. Yuldasheva, S., & Madumarova, M. (2020). TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS. European Journal of Arts, (1), 148-152.

11. Аскарова, М. (2020). УЗБЕК АДАБИЙ ТАЩИДИ ТАРАККИЁТИ. Oriental Art and Culture, (V).

12. Мирзаева, Н., & Аскарова, М. (2020). ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙГОНИШ ДАРАКАТИ. Oriental Art and Culture, (V).

13. Аскарова, М. (2021). Адабий жараённинг зукко тадкикотчиси. Oriental Art and Culture, (7), 209-216.

14. Askarova, M. (2020). Homil yakubov’s views on navoi studies. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 788-792.

15. Askarova, M. (2021). Homil Yakubov’s views on Oybek lyrics. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24122415.

16. Nurxon, I., & Habibjonov, I. (2021). KITOB VA KITOBXONLIK-INSON MANAVIYATINING KOZGUSI. Oriental Art and Culture, (6).

17. угли Хабибжонов, И. Т. (2020). УЗБЕК СОЛЩ ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 200-206.

18. Хдбибжонов, И. Т. У. (2021). СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИДА ДУБЛЕТЛИК ВА УНИ ТАРТИБГА СОЛИШ МАСАЛАЛАРИ. Scientific progress, 1(6), 842-846.

19. Ismoilova, N., & Habibjonov, I. (2021). Kitob va kitobxonlik-inson manaviyatining kozgusi. Oriental art and culture, 2(1), 159-166.

20. Habibjonov, I. (2020). Syntactic design of uzbek tax and customs terminology. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2910-2915.

21. Oglu, H. I. T. (2020). Formation of uzbek tax and customs terms (on the example of materials on the history of language). ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1308-1313.

22. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

23. Рузиева, Г., & Хабибжонов, И. (2021). САДР ЗИЁ КУТУБХОНАСИ. Oriental Art and Culture, (6).

24. Normatova, M., & Ikromjon, X. (2021). “QUTADG’U BILIG” IKKI JAHONNI TUTISHGA OCHUVCHI YO’L. Oriental Art and Culture, (6).

25. Угли, Х. И. Т. (2020). ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДЖИКИ. Oriental Art and Culture, (V).

26. Solieva, H. O. (2021). THE ROLE OF READING IN THE FORMATION OF A PERSON’S OPERATIVE MEMORY AND MENTAL MATURITY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 178-185.

27. Солиева, Х. О. (2018). ВЗГЛЯДЫ ИБН СИНО НА МЕДИЦИНСКОЕ ВОСПИТАНИЕ МОЛОДЁЖИ. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-6), 56-60.

28. Омоновна, С. Х. (2018). «Бебош бола» синдроми ёхуд нега болалар асабийлашади?. Современное образование (Узбекистан), (11).

i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

29. Омоновна, С. Х. (2018). Укувчилар тарбиясини шакллантиришда ота-оналарга педагогик билим бериш тизимининг ахамияти. Современное образование (Узбекистан), (5).

30. Омоновна, С. Х. (2019). Агар бола сизни «Эшитмаса». Современное образование (Узбекистан), (4 (77)), 58-63.

31. OMOHOBHa, X. C. (2020). TAPHXHH K^-^MA MAHEA.ftAPHH KOHCEPBATUHfl-PECTABPAUHH KHHHm ^APAEH^APH XYCYCH^A. Oriental Art and Culture, (V).

32. OMOHOBHa, C. X. (2021). rnoöarnamyB ^apaeHuga axöopoT OKUMHHUHr ernnap MatHaBHATura Tatcupu xycycuga. Oriental Art and Culture, (7), 217-224.

33. OMOHOBHa, C. X. (2021). MagaHHAT Ba MatHaBHAT Macananapuga Tapuxufi ungronap ronapu. Oriental Art and Culture, (7), 244-253.

34. napnueB, A. (2021). ^A^H^^H OEH^OH MAXMY^OBHHHr OAO^H^TH^ArH ^HrH ^HPPA^AP. Oriental Art and Culture, (6).

So‘nggi 2 yilda dunyo olimlari O‘zbekiston haqida yozgan 10ta kitob

Dunyoni o‘rganish bilan birgalikda, o‘zimizni tashqi ko‘zgu orqali tanish ham birdek muhim. O‘zbekistonga chet ellik mutaxassislar ko‘zi bilan qarab ko‘rish anchagina foydali, chunki ular bosimdan xoli ravishda qo‘llariga qalamga olishadi va mamlakatning turli jabhalarini biz odatlanmagan, odatda olimlarimiz qo‘llamaydigan usullar orqali tahlil qilishadi.

Quyida 2017-2019 yillar oralig‘ida dunyo olimlari tomonidan O‘zbekiston va Markaziy Osiyo haqida yozilgan 10ta kitobni qisqacha tanishtirib o‘tamiz.

1. «Qo‘qon xonligining yuksalishi va qulashi. 1709-1876 yillar: global davrdagi Markaziy Osiyo». AQShning Ohayo shtati universiteti professori Skott Levi tomonidan yozilgan.

“The Rise and Fall of Khoqand, 1709-1876: Central Asia in the Global Age” by Scott Levi
University of Pitsburgh Press, 2017.

Kitobda Markaziy osiyoliklarning XVIII-XIX asrlarda tezlik bilan globallashayotgan dunyo bilan qanday aloqaga kirishgani tahlil qilingan. Ilk marta Qo‘qon xonligiga bag‘ishlab ingliz tilida yozilgan kitobda, Skott Levi Farg‘ona vodiysida xonlikning (1709-1876) qanday qilib ancha dinamik sur’atda o‘sib kelganini o‘rgangan.

Levi xonlikning globallashayotgan kuchlar bilan birlashishi mintaqadagi siyosiy-iqtisodiy, demografik va ekologik o‘zgarishlarni shakllantirgani bilan birga, aynan o‘sha kuchlar Qo‘qonning parchalanishiga hissa qo‘shganini ham ajoyib tasvirlab beradi. Shu bilan birga, Markaziy osiyoliklar o‘zlarining yirik imperial qo‘shnilari (Chor Rossiyasi va Xitoy) o‘rtasidagi siyosatga qanday ta’sir ko‘rsatganini batafsil ko‘rsatib bergan.

Ushbu o‘ziga xos tadqiqot keng miqyosli tinglovchilarni, shu jumladan Markaziy Osiyo, Rossiya, Yaqin Sharq, Xitoy va jahon tarixining olimlari va talabalarini, shuningdek, qiyosiy imperiya va globallashuv tarixini o‘rganuvchilarni o‘ziga jalb etadi. Muallif Qo‘qon xonligi va mintaqaning muhim tarixiy ahamiyatini ko‘rsatib berish uchun «bog‘langan tarix» (connected history) uslubini qo‘llagan.

Muallif haqida: Skott Levi – AQShning Ohayo shtati universitetida Markaziy Osiyo tarixi bo‘yicha professor. Bir vaqtlar Markaziy Yevroosiyo tadqiqotlari jamiyatiga rahbarlik qilgan. U, shuningdek, «Markaziy Osiyodagi hind diasporasi: 1550-1990 yillarda ipak yo‘lidagi hind tujjorlari» va «Islomiy Markaziy Osiyo: tarixiy manbalar antologiyasi» asarlari muallifi ham hisoblanadi.

2. «Mustaqil Markaziy Osiyo davlatlarining konstitutsiyaviy tizimi: kontekstual tahlil». London universitetining Osiyo va Afrika tadqiqotlari kolleji professori Skott Nyuton tomonidan yozilgan.

“The Constitutional Systems of the Independent Central Asian States. A Contextual Analysis” by Scott Newton
Bloomsbury Publishing, 2017.

Huquqshunoslik sohasiga oid asarda Markaziy Osiyoning besh respublikasi konstitutsiyalari birinchi marta qiyosiy tahlil qilingan. 1-bobda mintaqadagi xilma-xil va dinamik konstitutsiyaviy manzaraning umumiy ko‘rinishi berilgan. 2-bobda beshala konstitutsiya negizida ham sovet konstitutsiyaviy tuzumi yotishi batafsil ko‘rib chiqilgan. 3-bob esa globallashuv, neoliberalizm va yaxshi boshqaruv (good governance) kabi yangi dunyo tizimlarining Markaziy Osiyo davlatlari konstitutsiyaviy tizimiga ta’siriga bag‘ishlangan. Qolgan beshta bo‘limda prezidentlar va hukumatlar, parlamentlar va saylovlar, sudlar va huquq-erkinliklar, jamiyat va iqtisodiyot, madaniyat va siyosatchilar shaxsiyati konstitutsiyaviy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi.

Ushbu noyob va muhim ilmiy ishda neosovetizm, plebitsitar saylovlar, kuchsiz sudlar va parlamentlar, ayyor kapitalizm, jamiyatdagi uyushmalarga cheklovlar, demokratiya, inson huquqlari va plyuralizmni kuchaytiruvchi aksil tendensiyalar ko‘rib chiqilgan. Kitob Markaziy Osiyo tajribasini hamma joyda zamonaviy konstitutsiyaviy tuzumlar duch keladigan asosiy muammolar va ziddiyatlarning ramzi sifatida namoyon etadi.

Ushbu ilmiy nashr Markaziy Osiyo hududidagi qonun ustuvorligi muammolarini anglash uchun har bir deputat, tadqiqotchi va huquqshunoslik yo‘nalishidagi talabalar uchun muhim qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.

Muallif haqida: Skott Nyuton 1999 yildan beri London universitetida Markaziy Osiyo huquq tizimlari bo‘yicha dars berib keladi. 20 yil davomida ushbu kitob mavzusi bo‘yicha barcha besh mamlakatda yashab, ishlagan va tadqiqotlar olib borgan.

3. «Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoga ta’siri. Geosiyosiy chaqiriqlar va ularga javoblar». Parij siyosatshunoslik instituti tadqiqotchisi Olga Alinda Speyz tomonidan yozilgan.

“The European Union’s Influence in Central Asia. Geopolitical Challenges and Responses” by Olga Alinda Spaiser
Lexington Books, 2018.

Strategik ahamiyatga ega Markaziy Osiyo ulkan energiya manbalari va muhim jug‘rofiy joylashuvi sabab yirik davlatlar diqqat markazida turadi. Rossiya, Xitoy va Yevropa Ittifoqi bu mintaqani Yevroosiyo hududidagi o‘z siyosiy va iqtisodiy ta’sirini kuchaytirish uchun muhim tramplin sifatida ko‘radi. Kuchli raqobat sharoitida kam budjetga tayanib ish ko‘rayotgan Yevropa Ittifoqi, o‘zining yetakchilik roli aniq bo‘lmagan muhitda o‘zini munosib va ta’sirchan aktyor sifatida ko‘rsatishga harakat qilmoqda.

Muallif kitobda quyidagi muhim savolni o‘rtaga tashlaydi: Yevropa Ittifoqi shunday murakkab geosiyosiy sharoitda qanday qilib Markaziy Osiyo davlatlariga ta’sir qila oladi? Hisobga olinadigan aktyor maqomini qozonish uchun qaysi strategiyadan foydalanadi?

YeIning munozaralari, vositalari va Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatining tahlili orqali ushbu tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, Yevropa Ittifoqi ongli ravishda «maslahatchi» rolini o‘ynaydigan ikkinchi darajali aktyor rolini oladi va o‘zini ushbu hududda hech qanday geosiyosiy kun tartibiga ega bo‘lmagan halol broker sifatida ko‘rsatadi. YeI mintaqadagi katta kuch emas va shunday bo‘lishni hohlamaydi ham. Biroq, u «beozor» bo‘lib ko‘ringani holda, boshqaruv va suv xavfsizligi kabi boshqa ishtirokchilar tomonidan e’tibordan chetda bo‘lgan masalalarda nisbiy ustunlikka egaligini unutmaslik darkor.

Muallif haqida: Olga Alinda Speyz – Parij siyosatshunoslik institutining Yevropa tadqiqotlari markazi tadqiqotchisi. U Germaniya Tashqi ishlar vazirligining Inqirozlarning oldini olish, barqarorlashtirish va nizolardan keyingi qayta qurish departamenti Bosh direktori uchun loyiha menejyeri bo‘lib ishlaydi.

4. «O‘zbekistonning tashqi siyosati: Karimov boshqaruvi ostida dunyoda tan olinish uchun intilish va o‘z-o‘ziga tayanish». Shotlandiyaning Sent-Endryus universiteti ma’ruzachisi Bernardo Teles Fazendeyro tomonidan yozilgan.

“Uzbekistan’s Foreign Policy. The Struggle for Recognition and Self-Reliance under Karimov” by Bernardo Teles Fazendeiro
Routledge, 2017.

O‘zbekistonning 1991 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan tashqi siyosati – sovuq urush tugaganidan keyingi davr xalqaro siyosatidagi o‘ziga xos yondoshuvlardan biridir. Bu o‘ziga xoslik respublikaning rasmiy ma’noda mustaqillikka erishganidan keyin haqiqiy ma’noda mustaqillikka erishish uchun bosqichma-bosqich olib borilgan kurashiga asoslanadi. Muallifga ko‘ra, O‘zbekiston rasmiylari, ayniqsa birinchi prezident mintaqaviy va keng miqyosli xalqaro siyosatda qabul qilingan normalarga skeptik yondashib kelgan.

Kitobda O‘zbekistonning umumiy tashqi siyosati va uning Markaziy Osiyodan tashqaridagi ta’siri masalasida turli davlat arboblarining fikrlari ham keltirib o‘tilgan. Unda muayyan va’dalar, shiorlar va hatti-harakatlar qanday qilib O‘zbekistonning xalqaro rolini shakllantirgan asos bo‘lib xizmat qilgani va bu rasmiy Toshkentning Rossiya, AQSh, Germaniya va Turkiya bilan 25 yillik munosabatlariga qanday ta’sir qilgani ko‘rsatilgan.

Kitobda aytilishicha, O‘zbekiston hukumati mustaqillikka erishganidan keyin o‘z-o‘ziga tayana oluvchi qudratga ega bo‘lishga intilgan, ammo sovuq urushdan keyingi dunyo tartiboti va O‘zbekiston bilan hamkorlik qilgan sheriklarning qarama-qarshi maqsadlarga egaligi tan olinishni murakkablashtirib, 25 yillik zo‘r berib intilishiga sabab bo‘lgan.

Umuman olganda, muallif marhum prezident Islom Karimovning tashqi siyosatdagi merosiga atroflicha baho berishga uringan. Ushbu kitob xalqaro munosabatlar sohasida rol nazariyasi va tan olinish masalalarini o‘rganishda qo‘l keladi.

Muallif haqida: Bernardo Teles Fazendeyro Shotlandiyadagi eng qamidiy va nufuzli Sent-Endryus universitetida ma’ruzalar o‘qiydi. U asosan Markaziy Osiyo va sobiq sovet ittifoqiga ko‘proq e’tibor qaratgan holda, xalqaro munosabatlarda rollar nazariyasi va talqinshunoslikni tadqiq qiladi.

5. «Transkontinental Ipak Yo‘li ctrategiyalari: Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyaning O‘zbekiston bilan munosabatlari qiyosiy tahlili». Yaponiyaning Tsukuba universiteti professori Temur Dadaboyev tomonidan yozilgan.

“Transcontinental Silk Road Strategies. Comparing China, Japan and South Korea in Uzbekistan” by Timur Dadabaev
Routledge, 2019.

Chet elda ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan hamyurtlarimizning asarlariga ham to‘xtalsak. Ulardan biri – Temur Dadaboyev 2019 yilda nashr qilingan ushbu kitobida Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyoga nisbatan munosabatini o‘rganib, bu davlatlar tomonidan mintaqa mamlakatlariga taklif etilgan konsepsiyalarni tahlil qilgan, ularning Markaziy Osiyodagi regionalizmga ta’sirini aniqlashga harakat qilgan.

Ushbu kitob O‘zbekiston misolida, Buyuk Ipak yo‘li tushunchasi orqali Markaziy Osiyo mintaqasi bilan aloqalar shakllanishining rivojini o‘rganadi. Muallif Yaponiyaning 1997 yildagi Yevrosiyo/Ipak yo‘li diplomatiyasi, Xitoyning Shanxay jarayonini, Koreyaning korporativ takliflari va shu kabi Ipak yo‘liga aloqador boshqa tashabbuslar (masalan, Bir kamar, bir yo‘l)ni tahlil qilish orqali mintaqadagi hamkorlik istiqbollari haqida fikr yuritadi.

Kitobda ta’kidlanishicha, moddiy omillari va manfaatlar Sharqiy Osiyo gigantlarining Markaziy Osiyo bilan munosabatga kirishishi uchun yagona sabablar emas. Muallif madaniy muhit va o‘ziga xoslikni davlatlar hamkorligini rag‘batlantiruvchi qo‘shimcha omillar deb hisoblaydi. U, shuningdek, Xitoy haqidagi bo‘rttirilgan qarashlarni va uning kichik davlatlarga nisbatan siyosatini qayta tahlil qiladi va bunda Yaponiya va Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyoga nisbatan yondashuvlarini ham hisobga oladi.

Umuman, ushbu kitob Markaziy Osiyo bilan hamkorlik va aloqa shakllarini kengroq nazariy muhokama qilishga chorlaydi.

Alisher Umirdinov,
Yaponiyaning Nagoya iqtisodiyot universiteti
Biznes huquqi fakulteti professori.