Press "Enter" to skip to content

Respublikamizda joylashgan barcha akademik litseylar ro‘yxati

Litseylarga kirish test sinovini o‘tkazish tartibi ma’lum qilindi

Ona tili va adabiyot akademik litsey

2021-2022-o‘quv yili uchun Akademik litseylarga kirish test sinovlari 2021-yil 30-avgust kuni 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda test sinovlari:

  • 1-smenada 08:00 dan 09:40 ga qadar;
  • 2-smenada 18:00 dan 19:40 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga o‘quvchilarning intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlashda foydalaniladigan test spetsifikatsiyasi va namunaviy test topshiriqlari joylashtirilgan bo‘lib, talabgorlar https://dtm.uz/page/iq_test sahifasi orqali ular bilan tanishishi mumkin.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani 29-avgust kuni 09:00 dan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining litsey.edu.uz saytidan va Akademik litseylardan olishlari mumkin bo‘ladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazi matbuot xizmati

Respublikamizda joylashgan barcha akademik litseylar ro‘yxati

2021-2022 o‘quv yili uchun akademik litseylarga qabul jarayoni boshlandi. Hujjat topshirish 20.06.2021 dan 30.06.2021 gacha onlayn ravishda davom etadi. Akademik litseylarning to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.

Toshkent shahri

  1. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi
  2. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti akademik litseyi
  3. Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyi
  4. “O‘zbekiston Milliy universiteti “Aniq va tabiiy” fanlarga ixtisoslashgan S.X.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyi”
  5. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyi
  6. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyi
  7. Toshkent moliya instituti akademik litseyi
  8. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti akademik litseyi
  9. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti akademik litseyi
  10. Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyi
  11. Toshkent davlat pedagogika universiteti akademik litseyi
  12. Toshkent shahridagi I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft¸ va gaz universiteti filiali akademik litseyi
  13. Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti akademik litseyi
  14. Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti akademik litseyi
  15. Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseyi
  16. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti akademik litseyi
  17. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litsey
  18. Toshkent arxitektura-qurilish instituti akademik litseyi
  19. Toshkent Davlat transport universiteti akademik litseyi
  20. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi
  21. Toshkent tibbiyot akademiyasi akademik litseyi
  22. Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyi
  23. Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik litseyi
  24. TIQXMMI “International House – Tashkent” akademik litseyi

Andijon viloyati

  1. Andijon mashinasozlik instituti akademik litseyi
  2. Andijon davlat universiteti akademik litseyi
  3. Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti qoshidagi akademik litseyi
  4. Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyi

Buxoro viloyati

  1. Buxoro davlat universiteti akademik litseyi
  2. Buxoro muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi
  3. Buxoro davlat tibbiyot instituti akademik litseyi

Sirdaryo viloyati

  1. Guliston davlat universiteti akademik litseyi
  2. Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali akademik litsey

Jizzax viloyati

  1. Jizzax politexnika instituti akademik litseyi
  2. Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

  1. Qoraqalpoq davlat universiteti akademik litseyi
  2. Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyi
  3. Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali akademik litseyi
  4. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali akademik litseyi

Qashqadaryo viloyati

  1. Qarshi davlat universiteti akademik litseyi
  2. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti akademik litseyi
  3. Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali akademik litsey
  4. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali akademik litseyi
  5. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali akademik litseyi

Namangan viloyati

  1. Namangan davlat universiteti akademik litseyi
  2. Namangan muhandislik qurilish instituti akademik litseyi
  3. Namangan muhandislik texnologiya instituti akademik litseyi

Samarqand viloyati

  1. Samarqand davlat universiteti akademik litseyi
  2. Samarqand davlat chet tillari instituti akademik litseyi
  3. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik litseyi
  4. Samarqand veterinariya meditsina instituti
  5. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti akademik litseyi
  6. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali akademik litseyi
  7. Samarqand davlat tibbiyot instituti akademik litseyi

Surxondaryo viloyati

  1. Termiz davlat universiteti akademik litseyi
  2. Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali akademik litseyi
  3. Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali akademik litseyi

Farg‘ona viloyati

  1. Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi
  2. Farg‘ona politexnika instituti akademik litseyi
  3. Qo‘qon davlat pedagogika instituti akademik litseyi
  4. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali akademik litseyi

Xorazm viloyati

  1. Urganch davlat universiteti akademik litseyi
  2. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali akademik litseyi
  3. Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali akademik litseyi

Navoiy viloyati

  1. Navoiy davlat pedagogika instituti akademik litseyi
  2. Navoiy davlat konchilik instituti akademik litseyi

Toshkent viloyati

  1. Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyi
  2. Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali akademik litseyi
  3. Toshkent davlat agrar universiteti akademik litseyi

Mavzuga doir

Litseylarga kirish test sinovini o‘tkazish tartibi ma’lum qilindi

Abduqodir Toshqulov – mafkuralashgan ta’lim, ro‘mol bo‘yicha noqonuniy talab va yotoqxonalar muammosi haqida

To‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati uzaytirilishi kutilmoqda

Magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul uchun ruxsat berildi

Rasman: 10-20-noyabr kunlari kollej va texnikumlarga KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun test sinovlari oʻtkaziladi

Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi bakalavriatiga qabul boshlandi. Qabul 10 noyabrgacha davom etadi.

Sirtqi va kechki ta’lim oluvchilarga ham chegirma beriladi

Kontrakt to‘lashda 10 foizli chegirma kimlarga taalluqli ekani aytildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Akademik litsey 1999-yilda tashkil etilgan. Akademik litsey ustavi 1999-yil 10-sentabrda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan va 1999-yil 10-oktabrda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyatida 2070-raqam bilan ro‘yxatga olingan. Litseyda asosiy shtatda 93 ta o‘qituvchi ishlaydi, ulardan 9 nafar o‘rindosh o‘qituvchi sifatida o‘quv jarayoniga jalb etilgan. Akademik litseyda 6 nafar fan nomzodi faoliyat yuritmoqda.

2. Ta’lim yo‘nalishlari

Akademik litseyda o‘quvchilar aniq fanlar ta’lim olishadi.

Aniq fanlar yo‘nalishi

Bu yo‘nalish o‘rta maktabning 9-sinfini bitirgan matematika, ingliz tili, ona tili va adabiyot, informatika fanlariga qiziquvchi o‘quvchilarni tanlov asosida o‘qishga qabul qiladi. Aniq fanlar yo‘nalishining o‘quv rejasi asosan o‘quvchilar akademik litseyni tugallaganlaridan so‘ng matematika, xorijiy til, ona tili va adabiyot fanlaridan test sinovlarini topshirib, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, o‘lkashunoslik, mamlakatshunoslik, tashqi iqtisodiy faoliyat, iqtisodiyot, statistika iqtisodiyotda axborot tizimi, moliya va kredit, iqtisodchi-pedagog, menejment, sug‘urta ishi bo‘lgan va matematika, xorijiy til, ona tili va adabiyot fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun mo‘ljallangan.

3. To‘garaklar

Litseyda tashkil etilgan to‘garaklar umumiy soni- 40 ta. Shulardan umumta’lim fanlar – 36 ta, sport seksiyalari – 3 ta, “Orasta qizlar” to‘garagi – 1ta. Tugaraklar umumiy o‘quvchilar miqdorining 73,8% ni qamrab olgan.

Chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlari bo‘yicha litseyda 36 ta fan to‘garaklari tashkil etilgan, ularga o‘quvchilar miqdorining 60% qamrab olingan.

4. Yutuqlar

Bugungi kunda akademik litseyda 1303 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Akademik litsey bitiruvchilarining bilim darajasi va oliy o‘quv yurtlariga kirish ko‘rsatkichlari Davlat test markazi (DTM) ma’lumotlariga ko‘ra Respublikada yuqori o‘rinlarda hisoblanadi.

Akademik litsey bitiruvchilari Respublikamizning eng nufuzli o‘quv yurtlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent Davlat iqtisodiyot univetsiteti, Toshkent Moliya instituti, Sharqshunoslik instituti, Jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Xalqaro Vestminster universiteti, Gubkin nomidagi Moskva neft va gaz instituti, Turin politexnika universiteti, Singapur menenjmentni rivojlantirish instituti va boshqa bir qancha oliy dargohlarda tahsil olishmoqda.

Akademik litsey bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtlaridagi natijalari monitoringi olib borilmoqda. 2016-o‘quv yilida akademik litseyning 65% bitiruvchilari yuqoridagi nufuzli o‘quv yurtlarining talabalari bo‘ldilar.

5. Xalqaro aloqalar

Bugungi kunda akademik litsey Gyote instituti (GFR) bilan yaqin aloqalar bog‘lagan. Litsey bu institut bilan 2008-yildan beri Germaniyaning dunyo bo‘yicha “1000 hamkor maktablar dasturi”da ishtirok etib kelmoqda. Litseyda o‘quvchilar ingliz tili, fransuz tili bilan birgalikda nemis tilini ham o‘rganmoqdalar.

JIDUning rasmiy sayti

Manzil: 100007, Oʻzbekiston, Toshkent, Mustaqillik shoh koʻchasi, 54. Telefon: (+998 71) 267-39-50 Faks: (+998 71) 267-09-00 Email: rektorat@uwed.uz

Mualliflik asarlari va saytdagi maʼlumotlar uchun URL majburiy.

Xatolikni payqadingizmi? Bizga maʼlumot berish uchun, uni belgilab Ctrl yoki Cmd (MacOS) + Enter tugmalarini bosing.

JDPI akademik litseyi

Jizzax Davlat Pedagogika Instituti akademik litseyi O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligining 30-aprel 2001 yil №96 sonli buyrug’i bilan tashkil etilgan.

Akademik litseyida 4 ta o’qitish yo’nalishi bo’yicha o’quv mashg’ulotlari olib boriladi. Akademik litseyda 89 nafar malakali o’qituvchilar o’quvchilarga ta’lim berib kelmoqdalarda. Jumladan, ularning 2 nafari ilmiy darajali xodimlar, 19 nafari bosh o’qituvchilar, 10 nafari yetakchi o’qituvchilardir. 2008 yilda liseyning 8 nafar yosh mutaxassislari, 2009 yilda esa 8 nafari magistr darajasini oldilar. Akademik lisey o’qituvchilarining o’rtacha yoshi 30 yoshni tashkil etadi. Litsey ma’muriyati vasiy oliy o’quv yurtlari hisoblangan Jizzax Davlat Pedagogika Instituti bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Viloyatdagi oliy o’quv yurtlaridagi turdosh kafedralar bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan bo’lib, liseyda «Tabiiy fanlar», «Xorijiy tillar», «Aniq fanlar» va «Ijtimoiy gumanitar fanlar» kafedralarining filiallari tashkil etilgan.

Barcha o’quv xonalari zamon talablari asosida jihozlangan. 3 ta informatika mavjud bo’lib, internet tarmog’iga ulangan. Fizika, kimyo, biologiya o’quv xonalari o’quvchilar fanlardan laboratoriya mashg’ulotlarida to’liq foydalanib, o’z bilimlarini oshirib kelmoqdalar. Mashg’ulotlar rejaga asosan o’tkazib kelinmoqda. Temurov Saxob (fizika), Kenjayev Akmal (Kimyo), Bakirova Dilorom va Normatova Marxabo (Biologiya) lar tomonidan barcha laboratoriya ishlarini bajarish yo’riqnomalari tayyorlangan.

Akademik litseyda ma’naviyat va ma’rifat xonasi jihozlangan. Ma’naviyat va ma’rifat xonasida Respublika va viloyat nashriyotlaridan chop etilayotgan gazetalar va jurnallardan o’qituvchi hamda o’quvchilar foydalanib kelishadi. Akademik litseyda yoshlar o’rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo’yicha Shahar ichki ishlar bo’limi, prokurotura hamda mahalla faollari bilan birgalikda muntazam ravishda suhbatlar o’tkazib kelinmoqda. Akademik litseyda o’quvchilarning jismonan baquvvat, sog’lom bo’lishlari uchun yetarli darajada sport anjomlari bilan ta’minlangan 2 ta sport zali mavjud. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun sportning voleybol, basketbol, shaxmat, shahshka, yengil atletika to’garaklari tashkil etilgan. Akademik litseyda 200 o’rinli talabalar turar joyi mavjud.

Jizzax Davlat Pedagogika Instituti akademik liseyi 2000 – yilda sobiq o’zbek – turk litseyi negizida tashkil etilgan bo’lib, 2001 – yilda rekonstruksiya orqali ta’mirlangan. Jizzax shaxri Sayiljoy ko’chasida joylashgan binoda yangi ish boshlagan. O’quv yurtining loyihaviy quvvati 825 o’quvchi o’rniga mo’ljallangan bo’lib, loyiha tarxiga ko’ra – o’quv binosi, 200 o’rinli talabalar turar joyi, 200 o’rinli oshxona, 2 ta sport zali, yozgi sport maydoni, 13 mingdan ortiq kitob fondiga ega bo’lgan 50 o’rinli axborot – resurs markaziga ega. O’quv yurtining umumiy maydoni 28000 metr kvadrat maydonni tashkil etadi. O’quv yurtini boshqarish boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan me’yoriy xujjatlar asosida yo’lga qo’yilgan. Litsey ma’muriyatida shtat jadvaliga ko’ra ma’muriy boshqaruv xodimlari shtatlarida asosiy shtat lavozimlarida faoliyat yuritadilar. Litsey o’qituvchilari so’ngi attestasiyadan 2017-yilda muvaffaqiyatli o’tganlar.

Akademik litseyda o’quv xonalari umumta’lim fanlari bo’yicha kerakli jihozlar (standart holdagi stendlar, grafiklar, jadvallar, modellar, uslubiy qo’llanmalar, parta, stol va stul, o’quv doskalari va boshqa jihozlar) bilan to’liq ta’minlangan. Litseydagi mavjud sinf xonalari amalda o’qiyotgan o’quvchilar sonidan kamligi bois o’qitish 2 – smenada tashkil etilgan. Litseyda har kuni mashg’ulotlar boshlanmasdan 10 daqiqa oldin o’quvchilar belgilangan joyga guruh va guruh rahbari bilan birga saflanadilar. Har kuni bittadan guruh o’quvchilarga oid fan va dunyo yangiliklaridan iborat bo’lgan qisqacha ma’ruzasini o’qib eshittiradi. Litseyda o’quvchilar o’rtasida o’zini-o’zi boshqarish organi tuzilgan bo’lib, uning ishi yaxshi tashkil etilgan. O’zini o’zi boshqarish organini o’quvchilardan tanlangan litsey prezidenti boshqaradi. Prezident ovoz berish yo’li bilan saylanadi. Darslar noananaviy tarzda, ya’ni yangi pedagogik texnologoyalar asosida o’tilmoqda. darslarda o’quv-texnika vositalaridan unumli foydalaniladi. Har bir o’qituvchi tomonidan ma’ruza matnlari tayyorlab boriladi va litsey axborot-resurs markazi fondiga o’quvchilar foydalanishi uchun topshiriladi. Darslar I smena 8 30 da, II smena 13 00 da boshlanadi. Har bir juftlik 80 daqiqa davom etadi. Juftlik orasida 10 daqiqa tanaffus bor.