Press "Enter" to skip to content

TIQXMMI yangiliklari

Ayni kunda kitob mutolaasi kerakmi, yo‘qmi, degan savolni qo‘yish xuddi tashna odamga suv ichasanmi, degan savolni berishga o‘xshaydi. Zero, o‘qish, ilm olishga intilish azal-azaldan xalqimiz fitratida mavjud. Davrlar evrilishi g‘alati, bizlar kitob o‘qishga mukkasidan ketgan 70-yillarda, ota-onalarimiz “Ko‘p kitob o‘qima, miyang suyulib ketadi”, deb tanbeh berishardi. Bugungi yoshlarga kitob o‘qishni gapirsang, ensasi qotadi. Ammo biz bu o‘rinda yoshlarni mutlaqo ayblamoqchi emasmiz, agar jamiyatda bilim-ma’rifat, adabiyot qadr-qimmat topsa, albatta, aziz bolalarimiz kitobga qaytishlariga ishonaman. Bugun kitoblarni chop etish, ularni tarqatish tizimini takomillashtirish va eng muhimi, kitob chiqarish va kitobxonlikning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotganidan quvonishimiz kerak.

Kitob tafakkur qanoti matn

1. Kitob odamda chin insoniy fazilatlarni shakllantiradi.

2. Kitob mutoalasi.

3. Kitob tafakkur qanotidir.

Ayni kunda kitob mutolaasi kerakmi, yo‘qmi, degan savolni qo‘yish xuddi tashna odamga suv ichasanmi, degan savolni berishga o‘xshaydi. Zero, o‘qish, ilm olishga intilish azal-azaldan xalqimiz fitratida mavjud. Davrlar evrilishi g‘alati, bizlar kitob o‘qishga mukkasidan ketgan 70-yillarda, ota-onalarimiz “Ko‘p kitob o‘qima, miyang suyulib ketadi”, deb tanbeh berishardi. Bugungi yoshlarga kitob o‘qishni gapirsang, ensasi qotadi. Ammo biz bu o‘rinda yoshlarni mutlaqo ayblamoqchi emasmiz, agar jamiyatda bilim-ma’rifat, adabiyot qadr-qimmat topsa, albatta, aziz bolalarimiz kitobga qaytishlariga ishonaman. Bugun kitoblarni chop etish, ularni tarqatish tizimini takomillashtirish va eng muhimi, kitob chiqarish va kitobxonlikning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotganidan quvonishimiz kerak.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ta’bir joiz bo‘lsa, hayotimiz, tafakkurimiz va ma’naviyatimizda g‘oyat ulkan voqea bo‘ldi. Ushbu sa’y-harakat milliy adabiyotimiz va ma’naviyatimiz ravnaqida katta siljishlarning debochasi bo‘lishiga astoydil ishonib turibmiz. Ayniqsa, bu o‘rinda xorij tajribasini o‘rganish, yoshlar o‘rtasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani o‘stirishga xizmat qiladigan kitoblarga talabni o‘rganish kabi masalalarning ko‘tarilgani g‘oyatda tahsinga loyiqdir.

Darhaqiqat, har bir inson dunyoga kelar ekan, atrof-muhitga, o‘zi o‘sib-ulg‘aygan jamiyatga tafakkur nigohi bilan boqib, undan ibrat oladi, xulosalar, fikr-tushunchalar bilan boyiydi va shularga tayangan holda inson bo‘lib shakllanadi. Chinakam badiiy adabiyot ana shu fikru xulosalarni benihoya go‘zal bir tarzda ifoda etadi, eng ta’sirchan, unutilmas voqealar vositasida teranlashtiradi, mustahkamlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, adabiyot odam bolasida chin insoniy fazilatlarni shakllantiradi. Unutmasligimiz kerakki, shaxsiyati mazkur mezon va fazilatlardan mosuvo kimsa halol va yaxshi ishchi yoki xizmatchi tugul, tom ma’nodagi inson ham bo‘la olmaydi. Fuqarolarida ushbu mezon va fazilatlar shakllanmagan jamiyatda esa sof ma’naviy-iqtisodiy taraqqiyotning bo‘lishi mumkin emas. Bunday jamiyatni bir-birini aldovchi, talovchi, bir-birining haqini yeyishdan qo‘rqmaydigan beshafqat olomon, desak, sira-sira xato qilmaymiz.

Achchiq bir haqiqatni tan olaylik, ayni paytda ko‘pchilik mutolaa qilishga ajratiladigan vaqtini bemaza qovunning urug‘iday ko‘payib ketgan seriallarga, ko‘ngilochar gazetalar, ularda bosilayotgan oldi-qochdi, badiiylikdan ming chaqirim yiroq “hikoya”larga sarflamoqda. Ular milliy va jahon mumtoz adabiyotiga mansub asarlarnigina emas, umuman har qanday kitobni agar u andak o‘yga toldiradigan, tafakkurga chorlaydigan jiddiyroq bo‘lsa, o‘qishni xohlashmayapti.

Yana bir gap, bugungi kunda biz farzandlarimiz kitobdan uzoqlashib borayapti, degan gapga yopishib olib, bunda darrov zamonaviy texnika va texnologiyalarni, internetni ayblashga tushamiz. Holbuki, globallashayotgan dunyoda butun insoniyat texnikadan unumli foydalanmoqda, lekin ular kitoblarni, ayniqsa, mumtoz adabiyotni aslo chetga surib qo‘yishayoganlari yo‘q. Kitobxonlik darajasi borasida jahon mamlakatlari reytinglarini ko‘rib chiqib, bunga ishonch hosil qilasiz. Xorijda ushbu muammoni hal qilish yo‘llari avvalgidan qizg‘inroq, jiddiyroq yo‘sinda olib borilmoqda. Turli anjumanlar, muhokamalar, adiblar bilan uchrashuvlar, kitob bayramlari sifati ortib bormoqda. O‘rta maktablar dasturiga mutolaa bo‘yicha maxsus darslar kiritilmoqda. Bu darslarda o‘quvchilarda kitobga muhabbat, matnni tushunib, to‘g‘ri talqin qilish, eslab qolish ko‘nikma va malakalari shakllantirilmoqda. Buning natijasida AQSh, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya, Finlyandiya mamlakatlarida kitobxonlar soni ancha ko‘paygan.

Bugun kitob do‘konlarimizda, axborot resurs markazlaridagi kitoblar orasida durdona milliy yodgorliklarimizdan – “Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘otit turk”, “Temur tuzuklari”, “Xamsa”, “Boburnoma” singari asarlarni uchratish amrimahol. Zamonaviy, iste’dodli shoirlarimizning she’riy kitoblari ham sotuvlarda deyarli yo‘q hisobi. Alisher Navoiyning yigirma jilddan iborat asarlari ma’lum bir tirajlarda bosilib chiqdi. Ammo nazarimizda bular kam, chunki Navoiy nafaqat maktab va institut kutubxonalari, balki har bir o‘zbek xonadonida bo‘lishi zarur. Navoiyni qo‘ya turing, hatto Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani har yuzta o‘quvchidan bir yoki ikkitasiga to‘g‘ri kelayotganiga nima deysiz?! Qodiriyning eng mashhur asari shunchalik kam tirajda bosilayotgan ekan, boshqalar haqida gapirmay qo‘ya qolaylik.

Kitob savdosi va narxi eng og‘riqli nuqtamizga aylangan, desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo kitob kartoshka yoki piyoz emas, kitob bu kitob. Uni bir kunda yoki bir oyda sotib, ayniqsa, undan tezda foyda ko‘rib bo‘lmaydi. Kitoblar taqchilligi borasida gap ketganda avvalo narx muammosiga duch kelamiz. Ochig‘i, bizda kitoblar qimmat, qolaversa, hammasi kelishilgan narxlarda. Toshkentda o‘n ming so‘m turgan kitob Buxoro yoki Surxondaryoda ikki-uch baravar qimmat sotilyapti. Bu ham kitobxonlarnng shashtini ancha pasaytiradi, kitob narxi siyosatida ko‘plab chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa, demak, kitoblar mazmunan yuksak saviyada, sifatli, arzon hamda qat’iy narxlarda bo‘lishi kerak.

Hozir televizor va matbuotda chiqish qilayotgan ko‘pgina noshirlar, mutaxassislar bu borada aniq takliflar berishga ojizlik qilishyapti. Bizningcha, buning yechimi bor, bu ham bo‘lsa, adabiy doirada e’tirof etilgan, mutaxassislar tavsiya etgan kitoblarni yirik tirajlarda chop etish. Takror bo‘lsa-da aytamizki, muallif, kitob va kitobxon o‘rtasidagi uzilishni tiklash uchun bosilayotgan kitoblarning adadini qo‘rqmasdan oshirgan holda kitob bahosini tubdan arzonlashtirish lozim. Bunday kitoblar do‘konlarda uzoq vaqt turib qolmaydi. Qolaversa, kitob mualliflari bo‘lgan zahmatkash ijodkorlar ham mehnatiga yarasha qalam haqi, ya’ni rag‘bat oladi. Moddiy va ma’naviy rag‘bat esa ularni yanada yaxshi asarlar yozishga, kerak bo‘lsa, o‘z asarlari bilan dunyo adabiyotiga chiqishga undashi turgan gap.

Xullas, kitob chiqarish va sotish borasida murakkabliklar va chalkashliklar juda ko‘p. Oddiygina misol, bir ijodkor tanishimiz o‘tgan yili nufuzli nashriyotda o‘z hisobidan kitob chiqardi. Nashriyot kitoblarni chiqarib berishga berdi-yu, ammo muallif bir necha yillar mehnat qilib yozgan kitobini endilikda kimga, qaerda sotishni bilolmay hayron. Albatta, muallif bir necha kitob do‘konlariga ham murojaat qildi, lekin kitob do‘konlari ham jismoniy shaxsdan kitob olishni ma’qul ko‘rmadi, shekilli, sotib olishni istashmadi. To‘g‘risi, bunday misollarni juda ko‘plab keltirish mumkin. Shu o‘rinda aniq taklif shuki, respublika bo‘yicha kitob savdosi bilan shug‘ullanadigan, shuning uvol-savobiga javob beradigan muassasa bo‘lishi lozim.

Bizda hozir ta’lim tizimida o‘n mingdan ziyod maktab, 1800 ta kollej, 60 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari bor. Xo‘sh, bugun Xalq ta’lim vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, ularning joylardagi boshqarmalari tomonidan insonni tafakkurga chorlaydigan birorta nasriy yoki she’riy kitobga o‘n ming yoki yigirma ming nusxada buyurtma tushayaptimi? Holbuki, nashr etilayotgan kitoblardan o‘n mingtasini Xalq ta’limi tizimi olganda ham har bitta maktabga atigi bittadan kitob to‘g‘ri keladi.

Shu o‘rinda kitoblar saviyasi va albatta, mualliflar masalasiga ham to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bugun axborotlar oqimi nihoyatda katta, cheksiz. O‘quvchi shu axborotlar orasidan eng saralarini, o‘ziga ma’qulini, muhimini tanlab, saralab olib o‘qishi kerak. Buning uchun eng yaxshi asarlar yuzasidan xolis ilmiy munozaralar, amaliy mashg‘ulotlar olib borilishi maqsadga muvofiq. Yaxshi kitoblarning televidenie, OAVdagi targ‘ibot va taqdimotlari ham ayniqsa, katta samara beradi. Albatta, qaysi asarni o‘qish har kimning shaxsiy ishi. Birovni zo‘rlab bunga qiziqtirib bo‘lmaydi. Lekin afsuski, bugun iste’dodli shoir yoki adib kitobini chiqarolmay, chiqargan taqdirda ham sotolmay o‘tirgan bir paytda adabiyotga mutlaqo aloqasi yo‘q kimsalar badiiyatdan yiroq, hatto insoniy odob-axloqqa zid bo‘lgan jild-jild kitoblarni chop etib, do‘konlaru maktab va kollej o‘quvchilarini o‘z “ijod”laridan bahramand etishmoqda. Ko‘plab xususiy nashriyotlar kitobning nonday aziz va pokligiga putur yetkazib, maza-matrasiz, imloviy xatolar g‘ij-bij kitoblarni chiqarish ishiga o‘z “hissa”larini qo‘shishmoqda. Alal-oqibatda bu bir jihatdan zukko yoshlarni kitobdan bezdirib qo‘ysa, ikkinchidan odamlarning tarbiyasiga, ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunga esa aslo loqayd qarab bo‘lmaydi. Bizningcha, umuman, ta’lim maskanlaridagi kutubxonalarga badiiy adabiyot niqobi ostida soxta va sayoz narsalarni turli yo‘llar bilan kirib kelishiga zinhor yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Nazarimizda, kitobga, kitob mutolaasiga munosabatni tubdan o‘zgartirish uchun avvalo, ziyoli o‘qituvchilarga suyanishimiz kerak. Ya’ni kitob targ‘ibotchilari qanchalik bilimli, ziyoli bo‘lsa, shuncha ijobiy natijaga erishish mumkin. Aytish kerakki, kitob chiqarish va sotish bu cho‘ntakni qappaytirish yoki biznes qilish emas. Kitoblar qaysi janr yoki mavzuda bo‘lishidan qat’i nazar, u ma’naviyat quroli ekanini mas’uliyat bilan to‘la-to‘kis anglashimiz lozim. Iqtisodiy zararni hamma vaqt to‘ldirish mumkin, lekin ma’naviy ziyonni qoplab bo‘lmaydi. So‘zning, adabiyotning qadrini qanchalik yuksak ko‘tarsak, madaniyatimiz, ma’naviyatimiz shunchalik yuksaladi. Mana shunda chalasovodlikdan xalos bo‘lamiz, mana shunda bolalarimiz jinoyatchilik, turli bema’ni oqimlar ko‘chasidan ming chaqirim uzoqda bo‘ladi. O‘zining kimligini, o‘zligini bilgan inson ota-ona, ona Vatan, vatanparvarlik degan muqaddas qadriyatlarning tub mohiyatini anglashga qodir bo‘ladi.

Kitob tafakkur qanotidir, degan edi alloma adibimiz Oybek. Biz bugun yangi davrga qadam qo‘ydik. Dunyo yana ilmga, tafakkur — intellektga intilmoqda. Zero, insoniyat uchun faqat va faqat tafakkurgina najot bo‘la oladi. Chindan ham ulug‘ va mo‘’tabar kitoblar insoniylik, halollik, shafqat va imon urug‘larini qalbimizga ekadi. Bizni olamshumul kashfiyotlar, buyuk bunyodkorliklar sari da’vat etadi. Mushkul onlarimizda bizga hammaslak va do‘st bo‘lib to‘g‘ri va oqil yo‘lni ko‘rsatadi. Shu boisdan hayotimizda “o‘qimishli inson” degan ibora boshqacha jaranglaydi.

Olim, ziyoli insonlarni izzat-hurmat yuzasidan uyimizning to‘riga o‘tkazsak, bilimsiz kishidan biror xatolik o‘tganda “ha, endi, kitob ko‘rmagan bir bechora-da”, deya aybini kechirib yuboramiz. Dunyo bizga havas bilan boqadigan o‘qimishli va kitobxon mamlakat bo‘lishimiz uchun kitoblar shunchaki javon bezagi emas, balki ko‘nglimizning bebaho mulkiga aylanishi kerak. Shundagina farzandlarimiz qalbiga ezgu g‘oyalarni singdirib, ularni komil inson qilib tarbiyalashimiz mumkin.

Kitob – tafakkur qanoti

Kitob — insonnint eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. S h uning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon – qoniga singib ketgan. Kishining madaniyati uning kitobida aks etadi.

S h u ma’noda bugungi kunda kitob o‘qish va unga munosabat bir qadar susaygandek. C h unki yosh avlod hayotidan zamonaviy texnika va texnologiyalar ko‘proq o‘rin olib, ularning kompyuter, telefon va shu kabilarga qiziqishi kuchayib bormoqda.

Kompyuter hozirgi kunda jamiyatning barcha qatlamlarida o‘z o‘rnini egalladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Istalgan yangiligu axborotlarni bu vositalardan xohlagancha olish mumkin. Y o shlarning nazdida bugun kitob o‘qish uchun vaqt sarflashga hojat yo‘qdek. Aslida, hech bir axborot vositasi, kino yoki videofilm badiiy asar o‘rnini bosolmaydi.

Joriy yilning 19 – aprel kuni “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi tashabbusi bilan ana shunday tadbir universitetning “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash” hamda “Suv xo‘jaligi va m e lioratsiya” (Professional ta’lim) ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari o‘rtasida o‘tkazildi. Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad tal a balar orasida kitob mutoala qilish, kreativlik ko‘nikmalarini shakllantirish, talabalarni kitob o‘qishga o‘rgatish hamda qiziqishlarini oshirishdan borat. Tanlov yakunida kitob x on talabalarga kitoblar sovg‘a q ilindi.

“PTvaJM” kafedrasi axboroti

Universitet matbuot xizmati

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

Osoyishta yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarning barchasi xalqni rozi qilish, inson huquqlarini ta’minlash, fuqarolarning ijtimoiy hayotini yaxshilash kabilarga qaratilgan. Ijobiy o’zgarishlardan kuch olayotgan ko’p millatli xalqimiz o’zaro totuvlik bunyodkorlik muhitida ertangi kunga qat’iy ishonch va osoyishta hayot uchun shukronalik hissi bilan mehnat qilmoqda. Zero, osoyishda mamlakatdagina keksa-yu yosh farog’atda yashaydi, oilalarda qut-baraka bo’ladi.

Amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinganda kundan-kun erishilayotgan yutuqlarimiz haqida gapiramiz. Ammo bu yutuqlar o’zimizniki, ularga soya solayotgan ayrim xatolar borki, hali bu borada bajarilishi kerak bo’lgan ishlar ham talay ekanini yodga soladi. Xususan, turli jinoyatlar sodir etib, sud hukmiga ko’ra ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni qayta tarbiyalash, ma’naviyatini boyitish orqali to’g’ri yo’lni topishlariga ko’maklashish doimiy vazifamizdir. Bu borada 43-son manzil-koloniyada ham bir qator ishlar amalga oshirib kelinyapti. Mahkumlarni ma’naviy va ruhiy tarbiyalash hamda sodir etgan jinoyatlarining oqibatlarini har tomonlama tushuntirishda turli uslublardan foydalanilmoqda. O’tkazilayotgan tadbirlarga keng doiradagi mutaxassislar jalb etilayotgani ham samaradorlikni oshirishda muhim omil bo’lyapti. Bu borada Toshkent viloyati hamda Bo’ka tumani huquq-tartibot organlari vakillari, diniy tashkilotlar, hokimiyat vakillari, Yoshlar ittifoqi tuman kengashi kabi idora va tashkilotlar bilan mustahkam hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

Uchrashuv va davra suhbatlarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar mazmun-mohiyati, qonunchilikdagi yangiliklar, inson huquqlarini himoya qilish borasida qilinayotgan ishlar haqida tushunchalar beriladi. Qolaversa, jinoyatlarning oldini olish, oqibatlarini tushuntirish, yuraklarda insoniylik, mehr-oqibat, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishga qaratilgan videofil`mlar namoyish etib boriladi.

Tarbiyaning eng muhim yo’nalishlaridan biri bu shubhasiz kitobxonlikdir. Inson kitob orqali nafaqat o’zini o’zi tarbiyalaydi, balki so’z boyligi oshib, muomala madaniyati ham yuksalib boradi. Shu bois ham mahkumlarni tarbiyalashda kitobxonlikka alohida e’tibor qaratib kelinadi. Koloniya kutubxonasida ham badiiy, ilmiy, siyosiy, huquqiy va boshqa turdagi ko’plab adabiyotlar mavjud. Mahkumlar o’z dunyoqarashi, qiziqishiga qarab, istagan kitoblarini mutolaa qilish imkoniyatiga ega. Ular orasida kitobga, kitobxonlikka bo’lgan qiziqishni yanada oshirish borasidagi targ’ibot ishlari ham muntazam ravishda olib boriladi. Jumladan, yaqinda ham mana shunday targ’ibot kechasi tashkil etilib, hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbirda O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Bo’ka tumani Kengashi raisi K.Karimov, tuman ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Ch.Abdurasulova, koloniya boshlig’ining o’rinbosari S.Isaevlar so’z olib, kitobxonlikning hayotda muhim ekani, bu inson tafakkurini kengaytirish bilan birga ko’plab muammolarga echim topishda ham yuksak ahamiyat kasb etishi haqida fikr-mulohazalar bildirishdi.

Ta’kidlash joizki, keyingi paytlarda yurtimizda kitobxonlikka bo’lgan e’tibor kuchayib boryapti. Bugungi kunga kelib kitob o’qishga, kitobga bo’lgan muhabbatni xalqimiz orasida keng targ’ib qilish ishlari o’zining salmoqli natijasini berayapti. Buni esa yoshlarimizning turli tanlovlarda g’olib bo’layotgani, ilm-fan, madaniyat kabi sohalarda erishayotgan yutuqlaridan ham bilish mumkin. Qolaversa, 2017 yilda qabul qilingan “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”gi Prezident Qarori ham bu borada muhim qadam bo’ldi. Barcha soha vakillari xayrli tashabbuslar bilan chiqishib, idora va tashkilotlarga, ta’lim muassasalariga kitob mahsulotlari sovg’a qilishyapti. Kitobxonlik tanlovlarida qimmatbaho sovg’alar taqdim etilayotgani yoshlarni rag’batlantiribgina qolmay, keng ommada qiziqish uyg’onishiga, kitobxonlar safi kengayib borishiga xizmat qilyapti.

Jazoni ijro etish muassasalarida, xususan, 43-son manzil-koloniyada ham bu kabi tanlovlarni muntazam o’tkazib borish an’anaga aylangan. Ayni kunlarda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Men sevgan kitob”, “Ta’sirli hikoyalar”, “eng ko’p kitob o’qigan kitobxon” kabi mavzularda viktorinalar o’tkazish rejalashtirilmoqda. Bu esa muassasada bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, adashgan yoshlarning ma’naviyatini boyitishga, dunyoqarashini kengaytirishga zamin yaratishi shubhasiz.

IIV JIeBB Axborot xizmati