Ona tili adabiyot savol javoblar
818. “Adolat davlatning tamal toshidir” so‘zi kimga tegishli?
Javob: Hazrati Umar.
Nargiza Erkaboyeva: Adabiyot fanidan savol-javoblar to’plami. 7000 savolga 7000 javob (sinflar asosida)
O‘zbek tili va adabiyotidan savollar to‘plamini tuzishda hozirda qo‘llanilayotgan fan darsliklariga tayanildi. Mavzularning izchil tarzda bo‘limlarga bo‘lingani esa foydalanuvchiga qulaylik yaratadi.
Soha bilan qiziqqan kitobxonlarga mo‘ljallangan.
Xususiyatlar
ISBN | 978-9943-6352-5-8 |
Muallif | Nargiza Erkaboyeva |
Til | O’zbekcha |
Yozuv | Lotincha |
Betlar soni | 640 |
Nashriyot | Yosh Kuch |
Muqovasi | Yumshoq |
Qog‘oz formati | A5 |
Chop etilgan yili | 2020 |
Книги, продукты, мировая литература, узбекская литература, бизнес и психология, на русском языке, современная узбекская литература, детская литература, религиозная литература, наука и учебники, для абитуриентов, лучшие книги, топ-100 бестселлеров, художественная литература (биографическая литература), биография , на английском языке много другое. Быстрая доставка в Узбекистан
Ona tili adabiyot savol javoblar
801. Dinimiz ilm o‘rganishni musulmonlarga nima uchun farz qilgan?
Javob: Chunki Islomning martabasi ilm yuksakligi bilan namoyon bo‘ladi.
802. “Zamon o‘tishi bilan Qur’on yosharaveradi” so‘zlari kimga tegishli?
Javob: Badiuzzamon Said Nursiy.
803. Payg‘ambar SAV tug‘ilgan kechada qanday tarxiy voqealar yuz bergan?
Javob: Rasuli akram SAV tug‘ilgan kechda Kisroning saroyidagi 14 ta ustun yiqilgan, ma’jusiylrning otashlari so‘ngan va Savo ko‘li qurigan.
804. Qamariy oylarni tartib bilan sanang.
Javob: Muharram, Safar, Rabiul-avval, Rabiul-ohir, Jumodul-avval, Jumodul-oxir, Rajab, Sha’bon, Ramazon, Shavvol, Zulqa’da. Zulhijja.
805. “Hasbunalloh va ni’mal vakil” nima degani?
Javob: Alloh bizga yetar. U naqadar go‘zal vakildir.
806. Rasululloh SAVning hadislariga ko‘ra, kimlarning duoasi Alloh huzurida rad etilmaydi?
Javob: Ota va onaning farzadi haqiga qilgan duosi, bir musulmonning boshqa birodariga qilgan duosi, iftor qilgunga qadar ro‘zadorning duosi, adolatli hukmdorning duosi.
807. Ulamolar unga bog‘liq masalalarda eng ko‘p ixtilof qilgan fan qaysi?
Javob: Fiqh
808. Sutra nima?
Javob: Sutra – bu namozhonning oldidan biror narsa o‘tmasligi uchun qo‘yilgan to‘siqdir.Sutrani Hanafiy va Molikiy mazhablari mandub, Shofe’iy va Hanbaliy mazhabalari mustahab deganlar.
809. Men o’n olti yildan beri to’yib ovqatlanmadim. Zero, to’yib ovqatlanish badanni og’irlashtiradi, qalbni qoraytiradi, zakovatni ketkazadi, uyquni jalb etadi va kishini ibodatga zaif qiladi. Bu ibratli so‘zlar kim tamonidan aytilgan?
Javob: Imom Shofeiy rahmatullohi alayh.
810. Fiqh ilmining peshvolari va odob-axloq namoyondalari, tobe’lari ko’p bo’lgan zotlar beshta deyiladi. Bular kimlar, nomlarini sanab o‘ting.
Javob: Imom Abu Hanifa, Imom Shofeiy, Ahmad ibn Hanbal, Imom Molik, Sufyon Savriy.
811. Zardusht so‘zining lug‘aviy ma’nosi nima?
Javob: “Sariq tuya mingan kishi” degan ma’noni bildiradi.
812. Hadislarni ilk bor yozib olgan sahobiy kim?
Javob: Abu Hurayra r.a.
813. Madinaliklardan birinchi bo‘lib kim musulmon bo‘lgan?
Javob: As’ad ibn Zurora r.a.
814. Siroti Mustaqim nima degani?
Javob: Eng to‘g‘ri yo‘l – Islomiyat yo‘li.
815. Hasanot va shayyiot nima degani?
Javob: Hasanot: yaxshi amallar, yaxshiliklar; shayyiot: yomonliklar, gunohlar, jinoyatlar.
816. G‘animat nima?
Javob: Jangda dushmandan olingan mol.
817. Islomda ilk g‘animat va asir qachon olingan?
Javob: Ilk g‘animat Abdulloh ibn Jahsh tomonidan olingan.
818. “Adolat davlatning tamal toshidir” so‘zi kimga tegishli?
Javob: Hazrati Umar.
819. Qur’oni karimning boshqa ismlari qaysilar?
Javob: Kitob, Furqon, Mushaf, Burhon, Hablulloh, Hablul matin, Kalomulloh, Zikr, Hudo, Nur, Shifo.
820. Hadisi qudsiy deb nimaga aytiladi?
Javob: Rasululloh SAVning Qur’oni karimdan boshqa Allohdan rivoyat etgan so‘zlari. Ma’nosi, so‘z va ifoda Rasulullohga tegishlidir.
821. Hazrati Odam a.s.ning 10-o‘g‘li va ikkinchi payg‘ambar kim?
Javob: Shis alayhissalom.
822. Qaysi sunnatni bajarish bilan qaysi farzni ado etishdan ko‘p savob olinadi?
Javob: salom berish sunnat, javob berish farz bo‘lgani holda, salom berishning savobi katta bo‘ladi.
823. Imom Abu Mansur Muhammad Moturidiy qayerlik va qachon vafot etgan?
Javob: Samarqandning Moturid degan qishlog‘idan, turkiy edi. Hijriy 333 yili vafot etgan.
824. Abul Hasanil Ashariy hazratlari qayerlik va qachon vafot etgan?
Javob: Basralik bo‘lib, hijriy 324 yili vafot etgan.
825. Namozning qazo qilinishiga shar’iy sabablar qaysidir?
Javob: Uyqu, urush paytida dushman hujumidan biron fursat topa olmaslik, unutish.
826. Ko‘p qabilalar payg‘ambarimizga elchilar jo‘natib, o‘zlarining Islomga kirganliklarini e’lon qilardilar. Shu sababdan bu yil Elchilar yili deyildi. Bu yil hijratning nechanchi yili edi?
Javob: Hijratning 9-yili.
827. Badr g‘azoti ramazon oyining nechanchi va haftaning qaysi kuni boshlandi?
Javob: Ramazonning 17-chisida, seshanba kuni boshlandi.
828. Badr g‘azotida ansorlardan necha kishi qatnashdi?
Javob: 231 kishi.
829. Payg‘ambarimiz SAVning amrlari bilan 10 kun ichida Madinani tark etishlari, aks holda o‘ldirilishlari hukm qilingan yahudiy qabilasi qaysi?
Javob: Banu Nazr.
830. Yahudiylarning yordami bilan Makka musriklari madinaga hujum qilish maqsadida 10000 kishilik qo‘shin hozirladilar. Bu qo‘shinning qo‘mondoni kim edi?
Javob: Abu Sufyon.
831. Qaysi butning olib kelinishi natijasida Saudiya Arabistonida butparastlik boshlandi?
Javob: Hubal.
832. Handaq g‘azotining boshqa ismi nima? Bu ga’zot qaysi hijriy yilda bo‘lgan?
Javob: Ahzob g‘azoti. Hijratning 5-yilida bo‘lgan.
833. Makka mushriklari Qusay tarafidan hukumat qarorgohi bo‘lib qurilgan binoda to‘planib, masalalarni hal etishardi. Bu binoni qanday ism bilan atalardi?
Javob: Dorun-nadva.
834. Quddusning rimliklar tomonidan bosib olinishidan so‘ng Madinaga kelgan yahudiy qabilalarining nomi nima?
Javob: Nadr, Qurayza, Qaynuqo‘.
835. Islomda bandaning amali necha qismga bo‘linadi?
Javob: Ular sakkiz qismga bo‘linadi: Farz, Vojib, Sunnat, Mustahab, muboh, xarom, makruh va mustakrah.
836. Mustakrah qanday amal?
Javob: Islomda mustakrah amalini qilishlik bilan banda gunohkor bo‘lmasa ham u odobsizlikka kiradi.
837. Mustakrahga qanday amallar kiradi?
Javob: unga asosan taomni kotta kotta yeyish, baland ovoz bilan kekirish, esnash bundan tashqari ko‘chada ovqatlanish kabilar.
838. Qiblamizning Masjidul Aqsodan Ka’baga o‘zgartirilishini amr etgan oyat Qur’oni karimning qaysi surasida?
Javob: Baqara surasi, 144-oyat.
839. Aqoba bay’atini qilgan musulmonlar qayerlik edi?
Javob: Madinalik.
840. Madinada qurilgan va chegaralari belgilangan va boshqaruviga Payg‘ambarimiz SAV kelgan davlatga qanday nom berilgan?
Javob: Madina shahar davlati.
841. Islomiyat davrida ilk mustaqil masjidning nomi nima?
Javob: Qubo masjidi.
842. Payg‘ambarimiz SAV yozishmalarida yahudiylarga ishonmaganliklari uchun ashoblardan birini yahudiy tilini o‘rganish vazifasini berdilar. Bu sahoba kim?
Javob: Zayd ibn Sobit.
843. Payg‘ambarimiz SAV Madinaga kelganlarida bu shaharda ikkita katta qabila bor edi. Bu ikki katta qabilaning nomlari nima?
Javob: Avs va Hazraj qabilalari.
844. Hazrati Abu Bakr, Usmon, Zubayr, Abdurahmon ibn Avf kabi insonlar ilk musulmon bo‘lganlardandir. Bularning hammasiga nima deb nom berilgan?
Javob: As-sabiqul-avvaliyn.
845. Hazrati Oyisha onamizga munofiqlar tomonidan qilingan tuhmat voqeasi qaysi jang paytida bo‘lgan edi?
Javob: Muraysa jangida
846. Suv topilmagani bois tayammumning farz qilinishi qaysi g‘azot paytida bo‘lgan edi?
Javob: Muraysi g‘azotida.
847. Makkaning fath etilishiga nima sabab bo‘lgan edi?
Javob: Hudaybiya sulhining buzilishi.
848. E’tikof nima?
Javob: E’tikof – ma’lum muddatni niyat qilib mazjid yoki uydan chiqmay ro‘za tutib, ibodat qilish.
849. Imronning qizi Maryamga kim kafil qilingan?
Javob: Qur’oni Karimning “Oli – Imron” surasida shunday yozilgan ekan. Kafil menimcha, kafolatchi degani. Ya’ni Maryamni Zakariyo o‘z himoyasiga olgan ma’nosida.
850. Al – masihning ma’nosi nima?
Javob: Tiriltiruvchi.
851. Havoriylar kimlar?
Javob: Iso alayhissalomga ergashganlar.
852. An’omning ma’nosi nima?
Javob: Chorvalar. Makkada nozil qilingan va bir yuz oltmish besh oyatdan iborat Qur’oni karim surasi An’om deb nomlanadi.
853. Nyu-yorkda o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra AQSH aholisi telefonda gaplashayotganda eng ko‘p ishlatiladigan so‘zni toping.
Javob: “I” yani “Men”
854. 1891-yil Kanadalik jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Neysmit qaysi sport turiga asos solgan?
Javob: Basketbol
855. 1499-yil Ispanlar ummon osha Janubiy Amerika qirg‘og‘iga yaqinlashgach, ushbu makonning tabiatini Venetsiyaga qiyoslaydilar. Va uni erkalab kichik Venetsiya deb atashadi. Bu davlat hozirda qanday nomlanadi?
Javob: Venesuela
856. Uganda, Ekvador, Kolumbiya, Indoneziya, Somali, Keniya, Braziliya, Kongo, Zair. Bu davlatlarni bir narsa birlashtirib turadi. U nima?
Javob: Barcha mamlakatlar ekvatorda joylashgan.
857. 2006 yil Angliyada maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada “Kimni Buyuk Britaniya Bosh vaziri bo‘lishini xohlaysiz degan savolga eng ko‘p ovoz Manchester Yunayted jamoasi o‘yinchisi Ueyn Runiga beriladi. Ikkinchi o‘rinni egallagan inson real shaxs emas.U kim?
Javob: Garri Potter
858. Angliyada S, AQShda U. Xo‘sh Toshkentdachi?
Javob: M (metro). S – Subway U – Underground
859. O‘zbekiston, Urugvay, BAA, AQSh, Ukraina, Uganda. Bu davlatlarni ingliz tilini ishlatgan xolda bog‘liqligini toping.
Javob: Barchasi U harfidan boshlanadi.
860. U dunyoda 3996 ta. Har yili ularning 14 tasi yo‘qolib ketmoqda. Savol gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Til
861. Beloruslar uni qadimda Lelya, Syotsya, Jiten va Zyuzya deb atashgan. Ular hech qachon birga yig‘ilishmagan va o‘z navbatini o‘zgartirishmagan. Biz hozir ularni o‘zbekchada njima deb ataymiz?
Javob: 4 fasl: Bahor, yoz, kuz va qish
862. Mashhur Encarta-98 ensiklopediyasida “Mashhur juftliklar” katalogi mavjud. Bu katalogdan Romeo va Julyetta, Piter va Mariya Kyuri, Aka-uka Raytlar, Ishoq Rabin va Yosir Arofat kabi maqolalar o‘rin olgan. Savol, bu katalogdagi eng birinchi maqola qaysi juftlik haqida?
Javob: Odam Ato va Momo Havo
863. Uni qora, yashil, qizil, sariq turlari bor. U deyarli barcha xonadonda mavjud. O‘zbekistonda uni qora va yashil turlarini ko‘p iste’mol qilishadi.
Javob: Choy
864. U qush o‘z qanotlari yordamida suv tagida suza oladi. Tezligi esa 10 m/s. Eng qizig‘i u qush shuncha tez suzsa ham ucha olmaydi. U qaysi qush?
Javob: Pingvin
865. O‘zbekiston Respublikasining 1 so‘mlik pulida nechta “bir so‘m” degan yozuv bor?
Javob: 2 ta
866. Sizga ma’lumki qadimda qo‘shinlarda o‘nboshi, yuzboshi, mingboshi degan unvonlar bo‘lgan. Yunon tilida o‘nboshi degan so‘z bor. U so‘z hozir ham ishlatiladi. Faqat harbiy sohada emas, ta’lim sohasida. U qaysi so‘z?
Javob: Dekan
867. Qadimda ko‘p davlatlarni shohlar boshqargan. Hozir ular yo‘q. Lekin Osiyodagi bir shaharda biz tirik shohni uchratamiz. Albatta bu so‘zni tarjima qiling va qaysi shaharligini ayting.
Javob: Shohi Zinda – Samarqand
868. Yunonchaga “Kiyimlarni qo‘riqlayman” so‘zini tarjima qiling.
Javob: Garderop
869. Qaysi fanning ma’nosi “Donolikni sevaman” degani?
Javob: Donolikni sevaman – Filosofiya – Falsafa
870. Lotinchada bir mamlakatning ma’nosi “Janubiy yer” degani. U davlat haqiqatan ancha janub tomonda joylashgan. Bu qaysi davlat?
Javob: Avstraliya
871. Menga 2 ta qit’a nomini ayting, qaysiki 1-ma’nosi quyoshning chiqishi; 2-ma’nosi quyoshning botishi bo‘lsin.
Javob: Osiyo va Yevropa
872. Suaxili tilini bilmaysiz. Lekin u tildagi 1 so‘zni mashhur multfilmdan ko‘p eshitganmiz va ishlatganmiz. U so‘zning ma’nosi “xavotirsiz yaxshi yashash” degani. Qaysi so‘z?
Javob: Akuna matata
873. Bu sport turi rus tilidan “o‘z o‘zini himoya qilish” degan ma’noni beradi. Bu qaysi sport?
Javob: Sambo – samooborona bez orujiya
874. Koreys tiliga “poytaxt” so‘zini tarjima qiling.
Javob: Seul
875. Bu poytaxt 2 ta shahar qo‘shilishidan tashkil topgan. Uning nomi ana shu 2 ta shahar nomi qo‘shilgandan so‘ng paydo bo‘lgan. Bu qaysi shahar?
Javob: Budapesht
876. Bu shaharga mo‘gullar asos solishgan. Uning ma’nosi “Saroy” degani. Siz menga bu qaysi shahar ekanligini emas, u qaysi viloyat poytaxti ekanligini ayting.
Javob: Qarshi – Qashqadaryo viloyati markazi
877. Bu poytaxt shaharga o‘sha davlatning 1 Prezidentining nomi berilgan. Bu qaysi poytaxt shahar?
Javob: AQSH poytaxti Washington
878. Nauru davlatini ko‘pchilik eshitmagan bo‘lsa kerak. U davlatning aytarli tomoni ham yo‘q. Lekin 1 sababga ko‘ra u dunyodagi yagona davlat xisoblanadi. O‘sha sababni aniq ayting.
Javob: Bu mitti davlatning poytaxti yo‘q
879. Aynan mana shu poytaxt shaharning ichida boshqa bir davlat joylashagan. Bu qaysi shahar va davlat?
Javob: Italiya poytaxti Rim va unda joylashgan Vatikan
880. Mersedes kompaniyasi yangi rusumdagi jamoat avtobuslarni chiqara boshladi. Uning salonida maxsus tablo o‘rnatilgan bo‘lib, unda 3 raqam yo‘lovchilarga ko‘rsatilib turadi.
1. Aniq vaqt – ya’ni soat
2. Salondagi harorat – ya’ni temperatura.
Xo‘sh 3-raqam nimani ko‘rsatib turadi?
Javob: Spidometr tezligi
881. Yevropa Ittifoqiga kirib keladigan qalbaki maxsulotlarning foiz ko‘rsatkichi bo‘yicha
1-o‘rin: Segareta maxsulotlari
2-o‘rin: Kiyim-kechak
Xo‘sh 3-o‘rinda qaysi maxsulot turadi?
Javob: Qalbaki CD va DVD disklar
882. Filipp Morris kompaniyasi o‘z xodimlarining 40% iga aynan bir oyda mehnat ta’tili berar ekan. Sabab bu oyda savdo hajmi keskin kamayarkan. Qaysi oyda?
Javob: Ramazonda. Bu oyda sigaret kam sotiladi.
883. Tailand qonunlariga ko‘ra pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas. Bunday ishni qilgan shaxslarga jarima solinadi. Bu qonun o‘ziga xos chuqur ma’noga ega. Savol nima uchun Tailandda pul va tangalarni oyoq bilan bosish mumkin emas?
Javob: Imperator tasviri tushirilganligi uchun.
884. 2002 yil Angola hayvonot bog‘idan Botsvanaga 200 ta fil, tuyaqush, maymun, sher, antilopa, zebra, jirafa, to‘tiqush, timsoh kabi hayvonlar kemada olib kelindi. Sizga savol, bu operatsiya qanday nomlanagan?
Javob: Nuh kemasi
885. Eng birinchi uning yorug‘ligi ko‘rinadi. So‘ng ovozi eshitiladi. So‘ng shamolini xis qilasiz. Ana undan keyingina o‘zi kirib keladi. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Metrodagi poyezdning kelishi.
886. Undan qancha olsangiz kattalashadi, qancha qo‘shsangiz kichrayadi. Nima u?
Javob: Chuqur
887. Bir podshoh qadimda oshpazlar tanlovini o‘tkazgan. U oshpazlarga quyidagicha shart qo‘ygan: Siz shunday bir ovqat pishiringki, boshida 1 chelak tuz soling, pishayotganda 1 chelak tuz soling, va men yana unga tuz sepib yey. U qaysi ovqatni nazarda tutgan?
Javob: Tuxum
888. Karate Yaponiyada paydo bo‘lganini bilasiz. Uning ma’nosi “Bo‘sh qo‘l” degani. Xo‘sh unda yaponchasiga “Bo‘sh ovoz” nima ekanligini toping.
Javob: Karaoke
889. Yunon tiliga “Sakkizinchi oy” degan so‘zni tarjima qiling.
Javob: Oktyabr – “okta” – sakkiz
890. Bu ro‘yxatdan faqat 3 ta Yevropa davlatlari poytaxti o‘rin olgan. Shveytsiya poytaxti 67-o‘rinda, Fransiyaniki 71-o‘rinda, Daniya poytaxti 72-o‘rinda. Yordam sifatida aytishim mumkin bu ro‘yxatda insonlar nomi ham uchraydi.Bu qaysi ro‘yxat?
Javob: Mendeleyev davriy jadvali. Unda 3 davlat poytaxtining eski nomiga qo‘yilgan elementlar bor: Golmiy(Stokgolm), Lyutetsiy(Parij), Gafniy(Kopengagen)
891. Bu poytaxt shaharda San-Fernando akademiyasi joylashgan. Bu akademiyada 1924-1926 yillarda mashhur rassom Salvador Dali o‘qigan. Gap qaysi poytaxt haqida bormoqda?
Javob: Madrid
892. 1896 yil bu shahar poytaxt deb e’lon qilindi va uning nomi ham o‘zgardi. Uning nomini ma’nosi “Sharq poytaxti”. Bu qaysi shahar?
Javob: Tokio
893. Bu poytaxt dunyoga ancha mashhur va yirik shahar hisoblanadi. Qizig‘i bu shaharga qo‘li uzun inson asos solgan deyishadi. Menga poytaxtni emas, asos solgan insonni ayting.
Javob: Yuriy Dolgorukiy. Bu shahar Moskva edi.
894. 1 daraxt, daraxtda 12 shox, 12 shoxda 30 ta barg. Siz esa menga bu narsalar nima ekanligini aytishingizni hojati yo‘q. Faqat menga o‘sha daraxtdagi 5 meva nima ekanligini ayting. U 5 mevaning 3 tasi quyoshda, 2 tasi soyada turibdi.
Javob: 5 vaqt namoz.
895. Islom taraqqiyotiga oid so‘ngi statistikaga ko‘ra so‘ngi vaqtlarda Muhammad ismi borgan sari ko‘payotgan emish. Siz albatta bunga sabab musulmonlarning o‘z farzandiga ixlos qilib shunday ism qo‘ysa kerak deb o‘ylayotgandirsiz. Yo‘q. Bunga aniq boshqa sabab bor. Siz menga o‘sha sababni ayting.
Javob: Islom dinini qabul qilgan boshqa din vakillari o‘zlariga ko‘proq shu ismni qo‘yishmoqda.
896. AQSHlik stomatolog Djozef Berkovskining fikricha bu ayolning yuz tuzilishi insonlar uchun eng tipik ko‘rinishi ekan. Bunday fikrga kelishiga unga u ayolning oldingi tishlari sabab bo‘lgan ekan. Savol, bu dunyoga mashhur ayol kim?
Javob: Jakonda
897. Donetsklik shifokor Andrey Mazur o‘zining Kesha laqabli to‘tiqushiga 3 xil tilda bir necha so‘z va raqmdan iborat bo‘lgan bir jumlani yodlatgan. U har doim bu jumlani takrorlashga o‘zining to‘tiqushini o‘rgatgan. Bir kun kelib buni foydasi tegib qolishiga Mazur ishonadi. Savol quyidagicha, u to‘tiqushiga bir necha so‘z va raqamdan iborat bo‘lgan qanday jumlani yodlatgan?
Javob: Uy manzili (mabodo yo‘qolib qolsa).
898. 1898 yili Ispaniya AQShdan mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng Kubaga bo‘lgan xukmronligidan voz kechishi va orolni tark etishi kerak edi. Lekin ular Kubani tark etishdan oldin o‘zlari bilan ispaniya-amerika madaniyatiga taaluqli katta qimmatga ega (balki uncha katta emasdir) bo‘lgan tarixiy yodgorlikni, ya’ni bir shaxsning tobutini Sevilyadagi soborga ko‘chirib ketishini aytishadi. Bu kim edi?
Javob: Xristofor Kolumb
899. Dunyoga mashhur Metro Golden Mayer kinokompaniyasining emblemasi o‘kirayotgan sher ekanligidan xabaringiz bor. Buning ma’nosi nima? Nega aynan o‘kirayotgan sher?
Javob: 1-ovozli kinoga va rangli lentaga ishora edi
900. “Ko‘zlarim yo‘lingda” filmining bosh qahramonini kim o‘ynagan va uning filmdagi kasbi nima edi?
Javob: Mirzabek Holmedov, kinochi.
Ona tili adabiyot savol javoblar
Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali
Kitobni qanday sotib olish mumkin?
Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish
Siz muallifmisiz?
Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.
Savol-javoblar
Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.
Adabiyot. Abiturientlar uchun savol-javoblar
Ko‘rganlar, jami:
Nashr yili:
ISBN raqami:
Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.
Elektron kitob:
Mavjud emas.
Buyurtma uchun: (90) 959-25-26
Qog’ozli kitob
Сотувчи – KITOBXON
Дўкон тел.: +998 90 959-25-26, +998 90 976-99-88
Do‘stlarizga tavsiya eting
- Annotatsiya
- Fikr va mulohazalar
Mazkur savollar to’plami umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari darsliklari asosida tuzilgan bo’lib, u adabiyot fani bo’yicha bilimlarni mustahkamlashga mo’ljallangan. Kitobda, ayniqsa, xalq og’zaki ijodi namunalariga doir, mumtoz va zamonaviy adabiyot vakillari qalamiga mansub asarlarga oid savollarga keng o’rin berilgan bo’lib, bu o’quvchiga adabiyot ilmini eng nozik qirralarigacha o’zlashtirib olishda qo’l keladi.
Abituriyent—2017: Ona tili va adabiyot fanidan murakkab testlar (16-sinov)
“Daryo” Ona tili va adabiyot fanidan 10+5, ya’ni 10 ta savol ona tilidan, 5 tasi esa adabiyot fanidan tuzilgan savollardan tarkib topgan navbatdagi testni havola qiladi. Bugun testimizning o‘n oltinchisini taqdim etamiz. Testlarning DTM standartlari asosida tuzilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu esa imtihonga qadar siz abituriyentlarning testga bo‘lgan chanqog‘ingizni imkon qadar qondirishga ko‘mak beradi, degan umiddamiz.
Testning yuklanishini biroz kuting.
Tuzuvchi: Shohruh Abduraimov
Taqrizchi: Asror Abdunazarov
Avvalgi testlarni yechishga ulgurmaganlar bo‘lsa, quyidagi havolalar orqali o‘tib, o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.
Кто-то пишет комментарии.
Asosiy yangiliklar
Bugun, 22:05
Bugun, 21:45
Bugun, 22:20
Ko‘proq yangiliklarni yuklash
- Daryo
- Internet-nashr
- Tahririyat haqida
- Aloqa ma’lumotlari
- Foydalanish shartlari
- Maxfiylik siyosati
- Yangiliklar arxivi
- Instagram | Rasmiy
- Instagram | Lifestyle
- Instagram | Sport
- Facebook | Rasmiy
- OK | Rasmiy
- YouTube
- Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
- Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
- Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
- Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
- Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
- Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar
“Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz
© «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023
Yosh bo‘yicha cheklov
Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing