OTMga kirish imtihonlarida chet tili majburiy fanlar blokiga kiritiladi
Matematika bo’yicha 60 yoki undan yuqori ballga ega bo’lgan talabalar (eng yuqori 40% reyting ichida)
Bakalavriatga qabul
Abituriyentlarning hujjatlarini O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga qabul qilishning boshlanishi 2021-yil 15-iyundan 5-iyulgacha onlayn ariza topshirish orqali amalga oshiriladi .
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) bakalavriat yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda dastlabki imtihonni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyundagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3795-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyuldagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 594-son Qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Abituriyentlar JIDU abiturientlarini elektron ro‘yxatga olish tizimida onlayn ariza to’ldirishadi (https://admission.uwed.uz) va ro‘yxatga olish paytida talab qilinadigan hujjatlarning elektron nusxasini yuklaydi va o‘z navbatida dastlabki imtihonga yo‘llanma oladi. Ro‘yxatga olingandan so‘ng, abituriyent dastlabki imtihon sanasi va vaqti haqida ma`lumot oladi.
Dastlabki imtihon quyidagilarni belgilovchi savollarning uch blokidan iborat bo‘ladi:
1. Intellektual darajani aniqlash ( IQ test sinovlari, 40 ball):
1.1 mantiqiy va keng fikrlash darajasini aniqlash;
1.2 turli tushunchalar bilish darajasini aniqlash;
1.3 faktlarni taqqoslash hamda ularning o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni topish darajasini aniqlash;
2. Ona tilini bilish darajasini aniqlash (O‘zbekiston madaniyati, san’ati, tarixi, geografiyasiga oid va boshqa masalalar yuzasidan savodli va asosli tushuntirish qobilyati – 100 so‘zdan iborat qisqacha esse, 30 ball):
2.1 Abiturient qisqa esse yozadi.
3. Xorijiy tillarni (ingliz, fransuz va nemis tillari) bilish darajasini aniqlash (Test, 30 ball):
3.1 Abiturient test bajaradi.
Diqqat! 2022-yilda dastlabki (ichki) imtixon JIDU hududida bo‘lib o‘tadi.
Dastlabki imtihonning maksimal ballari miqdori 100 ballni tashkil etadi.
Barcha savollar bo‘yicha umumiy 50 ball va undan yuqori ballni to‘plagan abiturientlarga JIDUga o‘qishga kirish uchun Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan bakalavriatga kirish test sinovlarini belgilangan tartibda topshirishlariga ruxsat beriladi.
Faqatgina dastlabki imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan abiturientlargina Davlat test markazining abiturientlarni ro‘yxatdan o‘tish portali – my.dtm.uz manziliga kirib yo‘riqnoma bo‘yicha JIDU ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoni beriladi. Shuningdek o‘zlari hohlagan turli OTMlardan JIDU ta’lim yo‘nalishlarini hisobga olganda jami 5ta gacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari mumkin.
Call-markaz telefon raqamlari:
- (+99871) 267-05-88
JIDUning rasmiy sayti
Manzil: 100007, Oʻzbekiston, Toshkent, Mustaqillik shoh koʻchasi, 54. Telefon: (+998 71) 267-39-50 Faks: (+998 71) 267-09-00 Email: rektorat@uwed.uz
Mualliflik asarlari va saytdagi maʼlumotlar uchun URL majburiy.
Xatolikni payqadingizmi? Bizga maʼlumot berish uchun, uni belgilab Ctrl yoki Cmd (MacOS) + Enter tugmalarini bosing.
Ona tili adabiyot kirish ballari 2022
Foto: Farhod Abdurasulov / O‘zA
2024 yildan OTMlarga kirish imtihonlarida majburiy fanlar majmuasiga chet tili fani ham kiritiladi. 2022−2023 o‘quv yilidan 6 ta OTMlarda chet tillaridan ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, 1 fevraldan S1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga 2 yil davomida 50 foizlik ustama to‘lanadi.
На русском языке Кириллчада 21 yanvar 2022, 11:27 Jamiyat
2024−2025 o‘quv yilidan boshlab OTMlarga kirish imtihonlari uchun belgilangan majburiy fanlar majmuasiga chet tili fani bosqichma-bosqich kiritiladi. Bu haqda tegishli hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan bir qator OTMlarga kirish imtihonlarida chet tillaridan ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tadi.
DTM tomonidan amalga oshiriladigan ushbu kasbiy imtihonlar chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratiladi.
Fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan quyidagi OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida chet tilidan ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi:
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
- Samarqand davlat chet tillar instituti;
- Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Bundan tashqari, quyidagi OTMlarning xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun ham ijodiy imtihonlar joriy qilinadi:
- Toshkent davlat pedagogika universiteti;
- Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
- Nukus davlat pedagogika instituti.
Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat (Milliy sertifikat) yoki xalqaro tan olingan sertifikatning tegishli darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga o‘qishga kirish sinovlarida berilgan imtiyozlar saqlab qolinadi.
Bundan tashqari, 1 fevraldan ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumta’lim muassasalarda (sinflar) ishlayotgan S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga sertifikat olingan kundan boshlab 2 yil davomida ustama to‘lanadi. Bunda ustama o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida bo‘ladi.
Bunda rus tili bo‘yicha Test of Russian as a Foreign Language (TORFL) xalqaro sertifikatining C1 darajasi, «Test po russkomu yazыku kak inostrannomu» (TRKI) xalqaro sertifikatining TRKI 3 darajasi, «Test po russkomu yazыku kak inostrannomu» xalqaro sertifikatining S1 darajasi hamda Common European Framework of Reference (CEFR) metodikasi bo‘yicha S1 darajadagi sertifikatlar o‘zaro muvofiq hisoblanadi.
Qaror bilan xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasiga bir martalik 15 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi.
2022 yil 1 martdan chet tili fani o‘qituvchilarining tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini rivojlantirishga hamda sertifikatga ega bo‘lishga yo‘naltirilgan o‘quv kurslari tashkil etiladi.
2022/2023 o‘quv yilidan maktablar uchun zamonaviy til o‘rgatish metodikalari asosida ishlab chiqilgan chet tili darsliklari chop etiladi.
2022 yil 1 sentabrdan maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional, shuningdek, maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari chet tili fani o‘qituvchilarining attestatsiyasi jarayoni o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovlari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Joriy yil 1 fevraldan 2024 yil 1 yanvargacha ispeksiyaning Toshkent va Samarqand shaharlarida faoliyat yuritadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari:
- bino va inshootlar ijara to‘lovi xarajatlarining 50 foizigacha qismini qoplab berish tartibi joriy etiladi;
- vazirlik va idoralar tizimidagi kollej va texnikumlarda faoliyatini amalga oshirganida ijara to‘lovidan ozod etiladi (saqlash va kommunal to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar bundan mustasno).
2022-2023 Bakalavriat dasturlari uchun qabul qo’llanmasi
Eslatib o’tamizki, Kompyuter va dasturiy injiniring yo’nalishiga qabul qilangan talabalar TShIU da ta’lim dasturining birinchi yilini tamomlagandan so’ng, TShIU qoidalariga ko’ra ikkita fakultet(CSE va ICE)dan birida o’qishni davom ettirdilar.
Biznes va Logistika fakultetiga hujjat topshirgan talabalar biznes boshqaruvi (70 nafar talaba) va logistika yo’nalishi (50 nafar talaba) o’rtasida tanlov qilishlari shart. Talabalar bir vaqtning o’zida ikkala mutaxassislik bo’yicha ariza topshira olmaydilar.
Yakuniy imtihon topshirgan Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari talabalari orasida 81 nafar talaba (270 tadan 30 %gacha) Kompyuter va dasturiy injiniring yo’nalishiga va Biznes va logistika fakuleti uchun 21 nafar talaba biznes boshqaruvi hamda 15 nafar talaba esa logistika (120 dan 30 % gacha) yo’nalishiga qabul qilinishi mumkin.
Shuningdek, talabalarning kirish imtihonlari, Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihonlari yoki hujjatlarni baholashda to’plagan ballari ko’rib chiqish va suhbat jarayonida (xalqaro talabalar uchun maxsus qabul) Inha universiteti qabul komissiyasi tomonidan belgilangan o’tish ballidan past bo’lsa, qabul kvotasi to’lmasligi mumkin.
2. 2022-2023 o’quv yili uchun qabul talablari
2.1 TShIU Kirish imtihoniga qabul
● 2022 yilning birinchi yarmida mahalliy yoki xorijiy lisey, kollej bitiruvchilari orasida Koreya pasportiga ega bo’lgan talabalar TShIU kirish imtihoniga kirish huquqiga ega emaslar. Ikki davlat (Koreya va boshqa biron-bir davlat) fuqaroligi bo’lgan ariza beruvchilar Koreya fuqarosi hisoblanadi.
Kirish imtihonini topshirgan talabalar ingliz tilini bilish talablariga javob berishi kerak.
Rasmiy ingliz tili test balliga qo’yilgan minimal talab
Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti (CIE yo’nalishi)
IELTS : 5.0 yoki / TOEFL iBT : 50 dan yuqori
Biznes va logistika fakulteti
IELTS : 5.5 yoki / TOEFL iBT : 71 dan yuqori
Eslatib o’tamizki, ingliz tilini ona tili yoki rasmiy til sifatida ishlatadigan mamlakatning o’rta ta’lim (O’rta maktab) yoki oliy ta’lim (universitet) muassasalarida ingliz tilida ta’lim olganlar ingliz tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod qilinadilar.
2.2 Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihoniga qabul (Undergraduate Program)
Quyidagi barcha talablarga javob beradigan talabalar Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihonlariga kirish huquqiga egalar.
● Mahalliy yoki xorijiy lisey, kollej yoki o’rta maktab bitiruvchilari hamda hozirda Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari talabalari sifatida ro’yxatdan o’tgan o’quvchilar.
Koreya pasportiga ega bo’lgan shaxslar Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihoniga kirish huquqiga ega emaslar. Ikki fuqaroligi (Koreya va boshqa davlat) bo’lgan ariza beruvchilar Koreya fuqarosi hisoblanadi.
Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihondan o’tgan talabalar ingliz tilini bilish talablariga javob berishi kerak.
Rasmiy ingliz tili test balliga qo’yilgan minimal talab
Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti (CIE yo’nalishi)
IELTS : 5.0 yoki / TOEFL iBT : 50 dan yuqori
Biznes va logistika fakulteti
IELTS : 5.5 yoki / TOEFL iBT : 71 dan yuqori
Ingliz tilini ona tili yoki rasmiy til sifatida ishlatadigan mamlakatning o’rta ta’lim (O’rta maktab) yoki oliy ta’lim (universitet) muassasalarida ingliz tilida ta’lim olganlar ingliz tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod qilinadilar.
2022-2023 o’quv yili boshlanishidan oldin bu yil yakuniy imtihonni topshirgan, ammo litsey/kollej/o’rta maktab diplomini hali qo’lga kiritmagan talabalar TShIUga faqat litsey/kollej/o’rta maktab yoki unga tenglashtirilgan diplomni olganlaridan so’ng kirishga ruxsat beriladi.
2.3 Xorijlik talabalar uchun maxsus qabul
2.3.1 Xorijlik talabalar uchun maxsus qabul
Quyidagi barcha talablarga javob beradigan talabalar Xorijlik talabalar uchun maxsus qabulda qabul qilinish huquqiga ega.
● 2022 yilning birinchi yarmida mahalliy (O’zbekiston) yoki xorijiy lisey, kollej yoki litsey bitiruvchilari.
● Xorijiy pasportga ega bo’lgan Abiturientlar (O’zbekistondan tashqari). Koreya pasportiga ega bo’lgan talabalar Xalqaro talabalar uchun maxsus qabulga kirish huquqiga ega emaslar. Ikki davlat (Koreya va boshqa davlat) fuqaroligiga ega bo’lgan ariza beruvchilar Koreya fuqarosi hisoblanadi.
Xalqaro talabalar uchun maxsus qabuldan o’tgan talabalar ingliz tilini bilish talablariga javob berishi kerak.
Rasmiy ingliz tili test balliga qo’yilgan minimal talab
Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti (CIE yo’nalishi)
IELTS : 5.0 yoki / TOEFL iBT : 50 dan yuqori
Biznes va logistika fakulteti
IELTS : 5.5 yoki / TOEFL iBT : 71 dan yuqori
Ingliz tilini ona tili yoki rasmiy til sifatida ishlatadigan mamlakatning o’rta ta’lim (O’rta maktab) yoki oliy ta’lim (universitet) muassasalarida ingliz tilida ta’lim olganlar ingliz tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod qilinadilar.
2.3.2 Chet elda istiqomat qiluvchi Koreya fuqarolariga qAbul
● Inha universitetida 2022 yil uchun chet elda istiqomat qiluvchi KoReya fuqarolari bo’lgan yoki Koreyadan tashqarida boshlang’ich, o’rta, yuqori maktab ta’limini tamomlagan talabalar iltimos, quyidagi havolaga qiring
Chet elda istiqomat qiluvchi Koreya fuqarolari orasidan o’tgan talabalar qabulda quyidagi ingliz tilini bilish talablariga javob berishlari kerak
Rasmiy ingliz tili test balliga qo’yilgan minimal talab
Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti
IELTS : 5.0 yoki / TOEFL iBT : 50 dan yuqori
Eslatib o’tamizki, ingliz tilini ona tili yoki rasmiy til sifatida ishlatadigan mamlakatning o’rta ta’lim (O’rta maktab) yoki oliy ta’lim (universitet) muassasalarida ingliz tilida ta’lim olganlar ingliz tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod qilinadilar.
3. 2022-2023 o’quv yili uchun qabul jarayoni
TShIU bakalavriat dasturiga kirish imtihonlari – 3 Marotaba va Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihoni – 1 marotaba taklif etiladi.
Bakalavr dasturi 1-imtihon
23 aprel (shanba) ~ 24 aprel (yak shanba )
Bakalavr dasturi 2-imtihon
23 iyun (pay shanba ) ~ 26 iyun (yak shanba )
Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari imtihoni
27 iyun (dushanba) ~ 28 iyun (seshanba)
Bakalavr dasturi 3-imtihon
21 iyul (pay shanba ) ~ 24 iyul (yak shanba )
Qabul to’lovi barcha imtihonlar uchun yig’iladi (Universitetdan oldingi imtihondan tashqari).
Bakalavr dasturiga ariza to’lovi: 20 AQSh dollari (Yoki 200 000 so’m)
3-imtihon joriy qabul holati va o’tgan yilgi qabul qilinmaganlik holatini hisobga olgan holda taklif qilinadi.
3.1 Doimiy qabul jarayoni
3.1.1 TShIU kirish imtihoni qabuli
Mahalliy yozma test
Qabul omillari va muvaffaqiyatga erishgan abiturientlarni baholash
Qabulni baholash
Qabul qilish me’ zonlari
Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti
Shartnoma asosidagi qabul
Matematika 70 ball
Reyting asosida muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar qabul kvotasi doirasida tanlab olinadi
Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti
Grantga asoslangan qabul
Matematika 70 ball
Biznes va logistika fakulteti
Matematika 100 ball
Fan imtihonlari va imtihon vaqti
Tafsilotlar
Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti
Shartnoma asosidagi qabul
- Turi: Yozma test (20 ta ko’p tanlovli savol)
- Fanlar: 14 ta matematikadan, 6 ta fizikadan savol
- Vaqt: 60 daqiqa
- Suhbat yo’q
Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti
Grantga asoslangan qabul
- Turi: Yozma test (40 ta ko’p tanlovli savol)
- Fanlar: 20 ta matematikadan, 20 ta fizikadan savol
- Vaqt: 100 daqiqa
- Suhbat yo’q
Biznes va logistika fakulteti
- Turi: Yozma test (20 ta ko’p tanlovli savol)
- Fanlar: Matematikadan 20 ta savol
- Vaqt: 60 daqiqa
- Suhbat yo’q
Abiturientlar ikkala yo’nalishdan faqatgina biriga ya’ni Kompyuter va dasturiy injiniring yoki Biznes va logistika fakulteti uchun ariza topshirishlari kerak.
Faqat Kompyuter va dasturiy injiniring dasturi uchun ikki xil qabul tanlovi yo’llari mavjud: shartnoma va grant asosidagi qabul (bu qoida faqat Kompyuter va dasturiy injiniring dasturiga tegishli).
Umumiy soni 30 ta grant asosidagi qabul yo’nalishi talabalari tanlab olinadi va test natijalariga ko’ra reyting asosida qabul qilinadilar.
Quyidagi barcha talablarga javob beradigan talabalar grant asosida qabul qilinishlari mumkin:
1. Grantga asoslangan qabul uchun minimal o’tish mezonlari: kontrakt asosidagi qabul yo’lining minimal ballidan yuqori natijadagi muvaffaqiyatga erishgan nomzodlar.
2. Talabalar grant asosidagi kirish 2-imtihoniga va shartnoma asosidagi qabul imtihoniga bir vaqtning o’zida ariza topshira olmaydilar.
3. 30 nafar talaba imtihon natijalarini baholash reytingi asosida tanlab olinadi.
– Baholashda o’tish ballari teng bo’lgan taqdirda, teng ball to’plagan barcha talabalar quyidagi tartibda tanlab olinadi:
① Matematikadan a’lo ball olgan abiturientlar
② Imtihonda ingliz tilini mukammal bilish darajasiga ega bo’lgan abiturientlar
③ Tug’ilgan sanasi kechroq bo’lgan arizachilar
3.1.2 Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihonga kirish
Mahalliy yozma test
Qabul omillari va muvaffaqiyatli o’tgan abiturientlarni baholash
Fan va test ballari
Qabulni baholash
Qabul kvotasi
Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti
Matematika 100 ball
Fizika 100 ball
2 ta fan bo’yicha o’rtacha ball 60 yoki undan yuqori bahoga ega bo’lgan talabalar (eng yuqori 40% reyting ichida)
kvotaning 30% gacha
Biznes va logistika fakulteti
Matematika bo’yicha 60 yoki undan yuqori ballga ega bo’lgan talabalar (eng yuqori 40% reyting ichida)
Fan imtihonlari va imtihon vaqti
Tafsilotlar
Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti
- Turi: Yozma test (20 ta ko’p tanlovli savol)
- Fanlar: 10 ta matematikadan, 10 ta fizikadan savol
- Vaqt: 60 daqiqa
- Suhbat yo’q
Biznes va logistika fakulteti
- Turi: Yozma test (20 ta ko’p tanlovli savol)
- Fanlar: Matematikadan 20 ta savol
- Vaqt: 60 daqiqa
- Suhbat yo’q
Qabulning alohida afzalliklari: Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari talabalariga navbatdagi davrni tugatganlaridan so’ng yakuniy imtihonni taklif etadi, a’lo natijalarga erishgan talabalarga TShIU tomonidan maxsus imtiyoz beriladi.
Talabalar har safar stipendiya va shartnoma asosidagi qabul imtihonlariga ariza topshirishlari mumkin.
Dastlabki o’tish mezonlari: A’lochi o’quvchilar, ularning darajasidan qat’iy nazar, hatto rasmiy ta’limni tugatmasdan oldin tanlab olinishi mumkin. Joriy yilda yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan, lekin 2022-2023 o’quv yili boshlanishigacha lisey/kollej/o’rta maktab diplomini hali qo’lga kiritmagan nomzodlar TShIU ga kirishga o’z liseyi diplomini yoki / kollej / o’rta maktab diplomini olgandan keyingina ruhsat etiladi.
3.1.3 Boshqalar
SOVID-19 ning og’ir holati aniqlanishi tufayli yozma testni oflayn rejimda o’tkazish qiyin bo’lsa, 2021/2022 TShIU da onlayn kirish imtihonlari usuli qo’llanilishi va testlarni onlayn tarzda o’tkazilishi mumkin.
Mahalliy SOVID-19 holati tufayli qabul jadvali o’zgarishi mumkin.
3.2 Xorijlik talabalar uchun maxsus qabul
3.2.1 Xorijlik talabalarni qabul qilish/ chet elda istiqomat qiluvchi Koreya fuqarolarini qabul qilish
Tafsilotlar
Bakalavr dasturi
Xorijlik talabalarni qabul qilish / chet elda istiqomat qiluvchi Koreya fuqarolari
- Turi: Hujjatlarni baholash + suhbat
- – Hujjatlarni baholash mezonlari: o’rta maktab baholari, ingliz tilini bilish darajasi
- – Suhbatni baholash mezonlari: o’zini tanishtirish asosida inglizcha suhbat o’tkazish
Qabul qilish me’ zonlari
Qabulni baholash
Qabul qilish me’ zonlari
Kompyuter va dasturiy injiniring / Biznes va logistika fakulteti
※ Chet elda istiqomat qiluvchi Koreya fuqarolari faqat KVAMM ga hujjat topshirishlari mumkin
Hujjatlar 50 ball
O’rta maktab baholari:
Ingliz tilini bilish darajasi: 30 ball
Hujjatlarni ko’rib chiqish va suhbatni baholash ballari asosida muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar qabul kvotasigacha tanlanadi.
(Biroq, ingliz tilidagi suhbatni baholash ballining 50% dan kamini olgan abiturientlar tanlanmaydi.)
Ingliz tilidagi suhbat (har tomonlama qobiliyatni chuqur baholash): 50 ball
Murojaatlar kelishi bilan ketma-ket ko’rib chiqiladi.
Nomzodlarning tegishli soni ariza beruvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida tanlab olinadi.
Qabul qilish to’g’risidagi qaror taqdim etilgan hujjatlarni har tomonlama ko’rib chiqish natijasida qabul qilinadi.
※ Xorijlik talabalar uchun maxsus qabul: baholashda o’tish ballari teng bo’lsa, teng ball olgan barcha talabalar muvaffaqiyatli nomzodlar deb e’lon qilinadi.
※ Chet elda istiqomat qiluvchi Koreya fuqarolari qabuli: baholashda o’tish ballari teng bo’lgan taqdirda, teng ball olgan barcha talabalar quyidagi tartibda tanlab olinadi:
① Suhbatda yaxshi ball to’plagan abiturientlar.
② Chet elda o’rta va o’rta maktab semestrlarida ko’proq qatnashgan abiturientlar.
③ Uzoq vaqt davomida chet elda istiqomat qilgan abiturientlar (chet elda ko’p kunlik muddatga ega bo’lganlar).
4. Ariza topshirish tartibi va zaruriy hujjatlar
4.1. Muntazam qabul
Qanday murojaat qilish kerak: TShIU onlayn ariza saytida ( //admissions.inha.uz ) onlayn ariza shaklini to’ldiring.
Kerakli hujjatlar (onlayn topshirish uchun)
• Pasport yoki yashash uchun ruhsatnoma nushasi
• Lisey/kollej/yuqori maktab diplomining nushasi yoki tasdiqlovchi guvohnoma, shu jumladan lisey/kollej/yuqori maktabga qabul qilinganligi to’g’risidagi guvohnoma
• Lisey/kollej/yuqori maktab diplomi ilovasi nushasi
• Oxirgi 3 oy ichida olingan elektron fotosur’at – 3,5 sm × 4,5 sm
• Ingliz tilini bilish darajasi bo’yicha rasmiy sertifikat (IELTS/ TOEFL iBT) yohud o’rta yoki oliy ta’lim tomonidan berilgan va ingliz tilida o’qitilganligini tasdiqlovchi rasmiy xat.
Yuqorida sanab o’tilgan barcha kerakli hujjatlar, ayniqsa ingliz tilini bilish darajasi bo’yicha rasmiy sertifikat, belgilangan muddatgacha topshirilishi kerak.
Shuni ma’lum qilamizki, agar taqdim etilgan hujjatlar, xususan, ingliz tilini bilishi bo’yicha rasmiy imtihon sertifikati yoki talabalarning ingliz tilida o’qitilganligini tasdiqlovchi rasmiy xat sohtalashtirilgan yoki qalbaki bo’lsa, abiturientlarning o’qishga qabuli bekor qilinadi hamda ularga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atiladi.
Elektron pochta orqali yuborilgan har qanday ariza va hujjatlar qabul qilinmaydi.
Ingliz tilini bilish sertifikatini topshirish muddati
Taqdim etish muddati
Bakalavr dasturi 1-imtihon/ 2-imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar
Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar
2022-yil 22-iyul (juma)
Faqat 2020 yil 23 iyuldan keyin olingan test natijalari haqiqiy hisoblanadi
Bakalavr dasturi 3-imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar
2022-yil 12-avgust (juma)
Faqat 2020 yil 13 avgustdan keyin olingan test natijalari haqiqiy hisoblanadi
4.2 Xorijlik talabalar uchun maxsus qabul
4.2.1 Xorijlik talabalarni qabul qilish
Qanday murojaat qilish kerak: TShIU onlayn ariza saytida ( //foreign-admissions.inha.uz ) onlayn ariza topshirish shaklini to’ldiring.
Kerakli hujjatlar (onlayn tarzda yuboriladi)
• Lisey/kollej/yuqori maktab diplomining nushasi yoki tasdiqlovchi guvohnoma, shu jumladan lisey/kollej/yuqori maktabga qabul qilinganligi to’g’risidagi guvohnoma
• Lisey/kollej/ maktab diplomi ilovasi nushasi
• Oxirgi 3 oy ichida olingan elektron fotosur’at – 3,5 sm × 4,5 sm
• Ingliz tilini bilish darajasi bo’yicha rasmiy sertifikat (IELTS/ TOEFL iBT) yohud o’rta yoki oliy ta’lim tomonidan berilgan hamda va ingliz tilida o’qitilganligini tasdiqlovchi rasmiy xat
- O’z muvaffaqiyatlaringiz hamda mazkur universitetda ta’lim olishdan ko’zlangan maqsad haqidagi insho
- O’quv rejasi (universitetga qabul qilingandan so’nggi ta’lim rejasi: qanday fanlar va loyihalarga vaqt ajratilishi va HK. haqida)
- Tavsiyanoma xati
Ingliz tilini bilish sertifikatini topshirish muddati
– Taqdim etish muddati: 2022 yil 12 avgust (juma); faqat 2020 yil 13 avgustdan keyin olingan test natijalari haqiqiy hisoblanadi
4.2.2 Chet elda istiqomat qiluvchi Koreya fuqarolari qabuli
Qanday murojaat qilish kerak: Pochta xizmati yoki etkazib berish xizmatidan foydalangan holda TShIU ga kerakli hujjatlarni topshiring.
Kerakli hujjatlar (pochta xizmati tomonidan taqdim etiladi)
• Xorijda istiqomat qiluvchi Koreya fuqarolari bakalavriat dasturi uchun qo’shimcha hujjatlar: hujjatlarning alohida ro’yxatiga muvofiq
5. TShIU Qabul vaqtlari
5.1 Bakalavr dasturining 1-kirish imtihoni
Onlayn ariza topshirish va konsultasiya boshlanishi
14 mart (dushanba) ~ 08 aprel (juma)
1-kirish imtihoni yozma testi uchun tushuntirish jarayonlari
Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti yozma testi
23 aprel (shanba)
Biznes va logistika fakulteti yozma testi
24 aprel (yakshanba)
Muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlarni e’lon qilish
Muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlarni ro’yxatdan o’tkazish muddati
9 may (dushanba) ~ 20 may (juma)
5.2 Bakalavr dasturining 2-kirish imtihoni
Jarayon
Sanalar
Onlayn ariza topshirish va konsultasiyani boshlash (shu jumladan, Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari o’quvchilari uchun ham)
16 may (dushanba) ~ 10 iyun (juma)
Ariza topshirish uchun to’lov muddati
15 iyun (chorshanba)
2-Kirish imtihoniga yozma test uchun 1-tushuntirish kuni
– SOCIE stipendiyasi asosidagi qabul
– SOCIE stipendiyasi asosidagi qabul
– 2-kirish imtihoni yozma testi uchun 2-tushuntirish kuni
– SOCIE Shartnoma asosidagi qabul
– SOCIE Shartnoma asosidagi qabul
Muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlarni e’lon qilish
Muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlarni ro’yxatdan o’tkazish muddati ※
11-iyul (dushanba)~ 22-iyul (juma)
※ Eslatma yillik shartnoma summasining kamida 25 foizini to’lashingiz kerak
5.3 Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari yakuniy imtihonga kirish
Jarayon
Sanalar
Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari imtihoni haqida tushuntirish
Uzluksiz ta’lim markazi tayyorlov kurslari imtihoni
※Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlar bundan mustasno
Natijalar haqida e’lon
11 iyul (dushanba)
5.4 Bakalavr dasturining 3-kirish imtihoni
Onlayn ariza topshirish va konsultasiya boshlanishi
20 iyun (chorshanba) ~ 13 iyul (chorshanba)
3-kirish imtihoniga yozma test uchun orientasiya
Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti yozma testi
Biznes va logistika Fakulteti yozma testi
24 iyul (yakshanba)
Muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlarni e’lon qilish
Muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlarni ro’yxatdan o’tkazish muddati
5 avgust (juma) ~ 12 avgust (juma)
Ro’yxatdan o’tmagan talabalar uchun qo’shimcha ro’yxatdan o’tish
24 avgust (chorshanba) soat 17:00 gacha
2022 yil kuzgi semestrning boshlanishi
5 sentyabr (dushanba)
5.5 Xorijlik talabalar uchun maxsus qabul
Onlayn ariza topshirish va konsultasiya
14 mart (dushanba) ~ 13 iyul (chorshanba)
Hujjatlarni ko’rib chiqish va suhbat
Ilovalarni ko’rib chiqing, chunki ular doimiy ravishda kelib turadi
Muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlarni e’lon qilish
ARiza beruvchilar mavjud bo’lganda, muvaffaqiyatli deb topilgan nomzodlar har bir guruh uchun bir vaqtning o’zida e’lon qilinadi
Muvaffaqiyatli o’tgan nomzodlarni ro’yxatdan o’tkazish
※ Ro’yxatdan o’tish bo’yicha tafsilotlar TShIU mahalliy boshqaruv a’zolariga topshiriladi
1-guruh: 9 may (dushanba) ~ 20 may (juma)
2-guruh: 11 iyul (dushanba) ~ 22 iyul (juma)
3-guruh: 5 avgust (juma) ~ 12 avgust (juma)
6. Ta’lim uchun to’lov
Eslatib o’tamiz, mahalliy talabalar (O’zbekiston fuqarolari) uchun o’qish to’lovi so’mda (o’zbek valyutasi) va chet ellik talabalar uchun (xorijiy pasport egasi) AQSh dollarida to’lanadi.
Mahalliy talabalar
Ona tili adabiyot kirish ballari 2022
TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETINING 2022/2023 O‘QUV YILI BAKALAVRIAT BOSQICHIGA QABUL QOIDALARI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI
1.1. KIRISH
Ushbu reglament Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining (TTPU) Bakalavriat bosqichi uchun qabul qoida va talablarini o‘zida aks ettiradi.
1.2. Yo‘nalishlar va o‘rinlar soni
2022/2023 oʻquv yilida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Bakalavriat bosqichining har bir yoʻnalishi uchun qabul kvotasi quyidagicha taqsimlanadi:
Yoʻnalish nomi | O‘rinlar soni |
Mashinasozlik texnologiyasi/Avtomobilsozlik texnologiyasi | 200 |
Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (Kompyuter muhandisligi)/ Dasturlash muhandisligi | 350 |
Sanoatda xo‘jalik qurilishi va arxitektura/ Arxitektura va dizayn | 100 |
Biznes boshqaruv – Menejment | 200 |
Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari | 100 |
1.3. QABUL TARTIBI VA HUJJAT TOPSHIRISH MUDDATI
1.3.1. Kirish imtihoni
TTPU tomonidan taqdim etilgan barcha bakalavr dasturlari “mahalliy rejalashtirilgan qabul qilish” tizimiga asoslangan. Talabalar uchun oʻrinlar soni cheklangan boʻlib, belgilangan kvota doirasida oʻrinlar soni toʻlgunga qadar kirish imtihonida eng yuqori ball toʻplagan abiturientlargina oʻqiy oladilar. Kirish imtihonida toʻplangan ball faqat 2022-2023 oʻquv yili uchun amal qiladi.
Qabul imtihonida yuqori ball toʻplagan abituriyentlarga birinchi bosqichni oʻtkazib yuborish va 1.5-boʻlimda muhokama qilingan til talablarini hisobga olgan holda, ikkinchi bosqichga kirish imkoniyati berilishi mumkin. Ta’kidlash lozimki, abituriyentlar 12 yillik maktab yoki 11 yillik ta’lim + barcha tayyorgarlik imtihonlarini topshirganlik haqidagi yoki 11 yillik ta’lim + tan olingan universitetda bir yil (barcha rejalashtirilgan imtihonlarni topshirgan holda) davomida ta’lim olinganligi toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlishlari kerak.
Ariza beruvchi (abiturient) ushbu imkoniyatdan voz kechishga va birinchi bosqichdan oʻqishni davom ettirishga haqlidir.
Ikkinchi bosqichga qabul qilish toʻgʻrisida yakuniy qaror Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori, oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor va qabul komissiyasining mas’ul kotibi roziligidan soʻng qabul qilinadi.
1.3.2. Imtihon sanasi
2022/2023 oʻquv yili uchun UCH MARTA KIRISH IMTIHONI boʻlib oʻtadi:
- Birinchi imtihon 13 MAY kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da boʻlib oʻtadi (roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati – 10 May, nomzodlar maksimal soni – 450). Agar roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni birinchi imtihon uchun kvotadan oshib ketgan boʻlsa, ular avtomatik ravishda iyul imtihoniga yoziladi. Imtihonga kelmagan abituriyentlar iyul sessiyasiga kiritilmaydi.
- Ikkinchi imtihon (nomzodlar soni koʻproq) IYUL oyining boshida boʻlib oʻtadi (aniq sanalar va tartibi keyinroq e’lon qilinadi).
- Uchinchi imtihon sentyabr oyida boʻlib oʻtadi (aniq sanalar va tartibi keyinroq e’lon qilinadi) va imtihondan oʻtgan abituriyentlar birinchi bosqichni oʻtkazib yuborolmaydilar.
Kirish imtihonlari Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida boʻlib oʻtadi. Manzil: Toshkent shahri, Kichik Xalka Yuli, 17, 100095, (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, sobiq “Nukus” kinoteatri, “Asia.uz” supermarketi).
1.3.3. On-layn roʻyxatdan oʻtish
ONLAYN ARIZANI QANDAY TO‘LDIRISHNI BILISH UCHUN, ILTIMOS QUYIDAGI VIDEOLARNI KO‘RING.
QANDAY RO‘YXATDAN O‘TISH HAQIDA VIDEO
ITALIAN YO‘NALISHDAGI ARIZANI QANDAY TO‘LDIRISH HAQIDA VIDEO
May oyida bo‘lib o‘tadigan birinchi imtihonga ro‘yxatdan o‘tish ochiq.
ONLAYN ARIZANI MUVAFFAQIYATLI YAKUNLASH UCHUN – BARCHA MAYDONLAR TO‘G‘RI TO‘LDIRILISHI ZARUR!
Qabul jarayonining shaffofligini ta‘minlash uchun abituriyentlar LMS platformasiga ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, o‘zlarining yangi fotosuratlarini yuklashlari va pasport (yoki ID Card)ning pdf nusxasini ilova qilishlari kerak.
Bundan tashqari, talabalar maʼlumotlar bazasini yuritish bilan bogʻliq xarajatlar tufayli har bir abituriyent Markaziy bank kursi boʻyicha 5 yevro (65 000 soʻm) kirish toʻlovini toʻlashi kerak. Toʻlov kvitansiyasi ham yuqoridagi ariza shakliga yuklanishi kerak. Kirish to‘lovini to‘lamagan abituriyent imtihonlarga kiritilmaydi.
Onlayn arizani muvaffaqiyatli to‘ldirgandan so‘ng, abituriyentlar tasdiqlovchi elektron pochta xabarlarini oladilar.
Onlayn shaklni oʻz vaqtida toʻldirmagan abiturientlar hujjatlari qabul qilinmaydi kirish imtihonlariga qoʻyilmaydi!
1.3.4. Kirish imtihoni
Kirish imtihonlari test shaklida boʻlib, qiyinlik darajasi Oʻzbekiston Respublikasi umumiy oʻrta ta’lim oʻquv dasturi darajasida boʻladi.
Test quyidagilardan iborat:
- Matematika: 18 ta savol (vaqt: 40 daqiqa)
- Oʻqib tushunish: 6 ta savol (vaqt: 12 daqiqa)
- Mantiq: 6 ta savol (vaqt: 12 daqiqa)
- Fizika: 12 ta savol (vaqt: 26 daqiqa)
Toʻliq imtihon 42 savoldan iborat boʻlib, 90 daqiqa davom etadi. Har bir savolda 5 ta variant mavjud, ammo ulardan faqat bittasi to‘g‘ri.
Tanlangan javoblar quyidagicha baholanadi:
- 1 ball – agar toʻgʻri javob tanlansa (1 ball qoʻshiladi)
- -0.25 ball – notoʻgʻri javob tanlansa (toʻplangan balldan 0.25 ball ayirib tashlanadi)
- 0 ball – javob tanlanmagan boʻlsa (ball yoʻqotmaysiz)
Barcha savollar ingliz tilida boʻladi!
Biznes boshqaruv – menejment yoʻnalishi boʻyicha qoidalar, tartiblar va sanalar haqida maʻlumot olish uchun quyidagi havolaga oʻting.
1.3.5. Imtihon natijalari
Abiturientlar toʻplagan ballarini imtihon yakunida bilib oladilar. Abiturientlarning toʻliq roʻyxati toʻplagan ballarning (imtihon natijalarining) foiz koʻrsatkichidagi ketma-ketligi, imtihondan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi.
Imtihon natijalari e’lon qilingandan soʻng oʻqishga tavsiya qilingan abiturientlar quyidagi hujjatlarni Qabul komissiyasiga topshirishlari shart:
- Ariza: ariza belgilangan tartibda toʻldirilishi va Qabul Komissiyasi mas’ul xodimi huzurida imzolanishi kerak;
- Pasport (asli va nusxa) – hujjatning asli qaytarib beriladi;
- 3×4 oʻlchamdagi 4 ta rangli fotosurat;
- 1 ta papka (skoro shivatel), o‘rta o‘lchamdagi konvert;
- Oʻrta va oʻrta maxsus ta’lim haqidagi hujjat – attestat, diplom va ilovasi;
- IELTS sertifikati kamida 5.5 ball (boshqa turdagi ingliz tili sertifikatini topshirish boʻyicha ma’lumotlar bilan 1.4 boʻlimda tanishib chiqing).
Hujjatlar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Qabul Komissiyasi tomonidan Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Toshkent 100095 manzili boʻyicha qabul qilinadi.
1.3.6. Kirish imtihonidan ozod etilish shartlari
Ushbu boʻlim quyida keltirilgan sertifikatlarga ega boʻlgan abituriyentlar uchun moʻljallangan. 1.3.1-boʻlimga koʻra, yuqori ball toʻplagan talabalar 1-bosqich (tayyorgarlik yili)ni oʻtkazib yuborib, 2-bosqichdan oʻqishni boshlashlari mumkin. Bu haqidagi yakuniy qarorni Qabul komissiyasi va uning koordinatori, oʻquv va ilmiy ishlar boʻyicha prorektor beradi. Universitetga kirish imtihonlari majburiy boʻlgan mamlakatlardan kelgan chet ellik talabalar uchun imtihondan oʻtganligini tasdiqlovchi sertifikat ilova qilinishi kerak.
Certificates considered equivalent to the admission test (the following number refers to the grading equal to or higher than the threshold: 60/100)
GRE (General Test) with a minimum score of 153 in the “Verbal” section and 144 in “Quantitative” section and any score inthe “Analytical Writing” section
GMAT with a minimum score of 500 in the two sections “Verbal” and “Quantitative”, with any score in the “AnalyticalWriting” section.
SAT SAT Reasoning test (section “Evidence-Based Reading and Writing” and section “Math” with a minimum score of 500 points in each section) and SAT Subject Test (section “Physics Level 1 or 2” and section “Mathematics Level 1 or 2” with a minimum score of 500 points in each section). The two sections “Evidence-Based Reading and Writing” and “Math” of the SAT Test can be replaced by the ACT Test with a minimum score of 20.
1.4. INGLIZ TILI SERTIFIKATI
TTPU ning birinchi bosqichiga qabul qilinish uchun abiturientlar IELTS 4.5 (akademik) balldan kam boʻlmagan sertifikatga ega boʻlishlari lozim.
TTPU ning ikkinchi bosqichida taxsil olish uchun IELTS 5.5 (akademik) yoki undan yuqori boʻlgan sertifikat talab qilinadi.
TTPU da IELTS sertifikati (akademik) oʻrniga ekvivalent sifatida tan olinuvchi sertifikatlar roʻyxati: https://didattica.polito.it/cla/en/certificates.
1.5. TTPU DA TA’LIM OLISH UCHUN TOʻLOV MIQDORI
1-kurs barcha oʻquv yoʻnalishlari boʻyicha shartnoma toʻlov miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) soʻmni tashkil etadi..
QOʻSHIMCHA MA’LUMOT UCHUN
Qabul komissiyasining ish jarayoni uchun mas’ul shaxslar:
Qabul komissiyasining raisi – Inoyatkhodjaev J.Sh.
Qabul komissiyasining mas’ul kotibi – Abdullayev F.B.
Turin politexnika universiteti ma’muriyati ushbu roʻyxatdan tashqari shaxslarn-ing faoliyati uchun javobgar emas!
Ariza topshirish jarayoni va boshqa savollarga qoʻshimcha maʼlumot olish uchun, bevosita Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga quyidagi keltirilgan manzil boʻyicha murojaat qilishingiz mumkin:
Kichik Halqa Yoʻli koʻchasi 17, Toshkent, 100095, Oʻzbekiston (Moʻljal: Talabalar shaharchasi, eski Nukus Kinoteatri, “Asia.uz” savdo markazi)
(105-xona).
Telefon raqamlar: +99871 246-80-51, +99871 246-80-52