Hayotimda kitob o rni – bir insho-argument
Bu ish chiqishi tugatish ham mumkin. “Kitoblar – bu, chunki xalq hayotida ahamiyati, bir shaxs deb o’ylayman va o’z fikrini rivojlantirish, nima qiladi beqiyos.
Kitob – hayotni yaratuvchi murabbiydir
Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yoʻli esa bitta – kitob oʻqishdir.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mutolaa haqida fikr bildirib, jumladan, shunday degandi: “. hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega boʻlgan masala, yaʼni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga boʻlgan muhabbatini, ularning maʼnaviy immunitetini yana-da oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi”.
“Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi.
Zero, kitob — qalb chirogʻi, tafakkur qanoti. Ayniqsa, kitobdan taraladigan va elektron nashrdan topib boʻlmaydigan oʻziga xos yoqimli hidni tuyib, varaqlash asnosida moʻjizaviy sahifalarning sirli shitirlashidan koʻngil cheksiz zavqqa toʻlgan holda kitob mutolaa qilish, uning mazmuni haqida tengdoshlar bilan fikr almashishning huzur-halovati tamoman oʻzgachadir.
Sohibqiron Amir Temur taʼbiri bilan aytganda, “Kitob (bitig) barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni yaratuvchi murabbiydir”. Shu maʼnoda, shaklidan qatʼi nazar, barcha kitoblar milliy oʻzligimiz hamda umuminsoniy qadriyatlarni targʻib etishga xizmat qilishi ayni muddao.
Alisher Navoiy hazratlari deydilarki, “Kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Xalqimizda kitob oʻqib, munosib taʼlim-tarbiya olish, ilm-fan bilan shugʻullanishning ahamiyatiga doir maqollar ham juda koʻp. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Baxt belgisi – bilim”, “Bilim – aql chirogʻi”, “Ilm baxt keltirar, bilim taxt keltirar”, “Hunar – oqar buloq, ilm – yonar chiroq”, “Oltin olma, bilim ol, bilim olsang, bilib ol”. Bunday purhikmat naqllarni uzoq davom ettirish mumkin. Bolalarni kitob oʻqishga qiziqtirishda maktablarning roli beqiyos ekanligi hech birimizga sir emas. Maktablarda esa ayni praytda bolalar uchun orziqib kutilgan yozgi taʼtil boshlandi. Shu oʻrinda savol tugʻiladi: Taʼtilda ham kitob oʻqishdan toʻxtab qolmasliklari uchun maktablarda qanday tadbirlar rejalashtirilgan?
Yaxshi eslaymizki, boshlangʻich sinfdan boshlab maktab yoki shahar bolalar kutubxonalariga majburiy aʼzolikka yozdirib, yozgi taʼtil kunlari ham oʻquv dasturiga muvofiq sinfdan tashqari oʻqishlar uchun adabiyotlar tavsiya qilinardi. Bolalar oʻquv yili boshlanganda taʼtil kunlari mutolaa qilgan kitoblari boʻyicha oʻzaro bellashib, fikr almashardi. Oʻqituvchilar bolalardan taʼtilda qanday kitob oʻqiganligi bilan jiddiy qiziqar edi. Oʻqigan kitoblari asosida bayon, insho yozdirishar, yaxshi yozilgan yozma ish egasi, albatta, ragʻbatlantirilar edi. Nega shu anʼanani yana jonlantirmaymiz? Ushbu savol bilan Yakkasaroy tumanidagi 319-maktab direktori Sayohatxon Toshmatovaga murojaat qilaman.
– Maktabimiz joriy yilda kapital taʼmirdan chiqarildi, – deydi Sayohatxon opa. – Zamonaviy, qulay taʼlim muassasasida oʻqish baxtiga muyassar boʻlgan oʻquvchilarimizning shodligi cheksiz. Oʻquvchilarimizga ayniqsa turli xil bolalar adabiyotlari bilan boyitilgan kutubxonamiz yoqdi. Chunki ular endi darsdan soʻng keng va yorugʻ kutubxonaning oʻzida oʻtirib kitob oʻqishlari, oʻrtoqlari bilan fikr almashishlari mumkin. Maktabimizga koʻplab homiylar turli nomdagi badiiy kitoblar sovgʻa qilib, kutubxonamiz fondini boyitishga xizmat qilmoqda. Oʻquv yili yakunlanishi arafasida oʻqituvchilar bilan kelishib, bolalar yozgi taʼtil kunlarida oʻqishlari uchun kitoblar roʻyxatini eʼlon qildik. Bu tadbirga boshlangʻich sinf oʻquvchilarini ham jalb qilganmiz. Yangi oʻquv yilida esa oʻqigan kitoblari asosida oʻz taassurotlarini yozib beradilar. Bunda bolalarning faqatgina kitob oʻqib, bilimlarini boyitishi emas, balki tushunchalarini yozma ravishda ifodalay olish koʻnikmalari ham shakllanadi.
Toshkent viloyati Toshkent tumani 18-maktab kutubxonasida 4 mingdan ortiq badiiy adabiyotlar mavjud. Maktab 2019-2020 oʻquv yilida kapital taʼmirlandi. Kutubxona toʻliq qayta jihozlandi.
– Oʻtgan oʻquv yili boshida muhtaram yurtboshimiz tomonidan “Prezident sovgʻasi” sifatida 1700 dona badiiy adabiyotlar sovgʻa qilindi, – deydi maktab kutubxonachisi Nozima Sharafboyeva. – “Kitoblar karvoni” aksiyasi davomida ham kutubxona oʻzbek va jahon adabiyotlari durdonalari bilan boyitildi. Joriy yil fevral oyida tumanimiz hokimi Odilxon Rustamov tomonidan ziyo maskanimizga 50 dona badiiy adabiyotlar va 1000 ta elektron kitoblar sovgʻa qilindi. Maktab informatika xonasida elektron kutubxona tashkil qilingan. Maktab kutubxonasining faol aʼzosi birinchi oʻrinda maktab direktori Shohida Yoʻldosheva, kimyo fani oʻqituvchisi Gulchehra Toʻraboyeva, matematika fani oʻqituvchisi Dilfuza Mirdadayeva, ona tili fani oʻqituvchisi Mashkura Umrzoqovalar hisoblanadi. Ustozlar oʻquvchilarga har tomonlama oʻrnak boʻlishi, ayniqsa, yaxshi natijalar berishi hech kimga sir emas. Ustozlarini tez-tez kutubxonalarga tashrif buyurganiga guvoh boʻlgan oʻquvchilar ham ulardan oʻrnak olishga astoydil harakat qiladilar, – deydi maktab kutubxonachisi Nozima Sharafboyeva.
Hozirgi kunda maktab kutubxonasida “Yosh kitobxonlar” toʻgaragi faoliyat yuritib kelmokda. Toʻgarakka maktabning barcha oʻquvchilari jalb kilingan boʻlib, ular bilan birgalikda kitob taqdimotlari, turli zakovat oʻyinlari olib boriladi. Yozuvchi shoirlarning uy-muzeylariga sayohatlar uyushtiriladi. Yaqinda maktabimiz yuqori sinf oʻquvchilari Adiblar xiyoboniga bordilar. Yozuvchi-shoirlar hayoti va ijodiga oid tushunchalari yana-da kengaydi. Toʻgaragimiz oʻz faoliyatini taʼtil kunlari ham uzluksiz davom ettirishni reja qilgan.
Bu safar ham kutubxonaga oshiqib kirib kelgan oʻgʻil-qizlarni koʻrib koʻnglim yorishib ketdi. Ha, bolalarimiz kitobga, kitobxonlik borasidagi qadim anʼanalarimizga qaytmoqda. “Kitobxonlikda taʼtil boʻlmaydi” – bu ularning bugungi kundagi shioriga aylangan.
Asolat AHMADQULOVA,
jurnalist
Hayotimda kitob o’rni – bir insho-argument
Har bir talaba insholar yozib, ularning maktab hayotida bo’lib o’tdi. Kimdir oson beriladi, lekin kimdir matn ustida o’ylash uchun vaqt bor edi, lekin yaxshi matndan ko’ra ish qilmadim. Bunday muammolar oldini olish uchun, albatta, biz ularning fikrlarini izhor qanday bilib olasiz. Misol sifatida, yo’nalishini ko’rib, “mening hayotimda kitob roli”. sub’ektning yozish talaba har qanday maxsus bilimga ega bo’lmasdan, erkin gapirish imkonini beradi.
kirishini yozish
ish boshlash uchun, bir necha muhim qoidalar eslayman kerak:
- Kirish va birga xulosa umumiy matnning haqida ½ bo’lishi kerak.
- asosiy qismi hajmi bo’yicha eng yirik va butun matnning hajmi ½ dan kam bo’lmagan bo’lishi kerak.
Chunki kirish uchun, biz 3-4 jazo kerak. Qanday men hikoya boshlash kerak?
“Hayotimda kitob roli” – bir esse talaba o’z fikrlarini bilan boshlash mumkin. hayot kitoblarida “Buyuk qiymati. Ulardan har bir misli ko’rilmagan ufqlardagi oldin ochiladi ko’p ma’lumot olish mumkin. “
Bundan tashqari, siz javob asosiy qismi beriladi, qaysi bir savol berishingiz mumkin. “Shunday qilib, xalq hayotini kitoblar katta ahamiyati u haqida barcha munozarasi bor? Men ha, deb o’ylayman. Va bu dalil mening o’z shaxsiy tajribasi. “
Asosiy qism
Biz mavzu asosiy qismini yozish uchun davom “hayotimda kitob roli”. Bu sohada yozilish fikrlari va fikr o’quvchining har qanday o’z ichiga olishi mumkin.
Siz kitoblar uchun uning sevgisi haqida va ular hayotda sizga yordam berishi mumkin, nima haqida bizga mumkin. “Bolaligimdan beri men kitob o’qishni yaxshi ko’raman va bir poda o’rgandim. Shu sababli, men maktabda menga yordam berdi, ularning xotira va tezkor o’qish rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ldi. Endi men osonlikcha mavzu chuqur qazimoq uchun tez o’qish uchun katta axborot miqdorda va shukr eslab qolishi mumkin. “
Bundan tashqari, talaba ushbu yo’nalishda umumiy hujjatingizni yozish mumkin. “Kitob – bu ko’p asrlar qayd bilim saqlash va avloddan avlodga ularni ustidan o’tib ma’lumotlarning noyob manbaidir. Biz ishonchli bir necha asr oldin dunyoda nima bo’layotganini bilish mumkin kitoblar tufayli bo’ladi. “
Ko’rib turganingizdek, talaba erkin mumkin, masalan, bir mavzuda gapirish. “Insonning hayotidagi kitob roli” – bir insho-argument, u qabul axborot o’zini-ko’zgu va baholash uchun bolaning qobiliyatini rivojlantirish yordam beradi.
xulosa
bir necha yo’llar bilan bir shogird mumkin, uning ishini tugatish. Ulardan biri – xalq kitoblari va ularning ahamiyati haqida unutmang ishonch hosil qilish uchun chaqiruv. “Men zamonaviy texnologiya odamlar yoshi odatiy kitoblarni unutib bo’lmaydi, deb umid qilaman. Axir, siz uni o’qib, u ba’zan ko’rinadi bilish istayman muzlatilgan olamlarning va koinot sahifalarida go’yo. “
Bu ish chiqishi tugatish ham mumkin. “Kitoblar – bu, chunki xalq hayotida ahamiyati, bir shaxs deb o’ylayman va o’z fikrini rivojlantirish, nima qiladi beqiyos.
Shunday qilib, mavzuni oshkor qilish mumkin “hayotimda kitob roli.” Essay (matnda mavjud vajlari) shogirdi nuqtai nuqtasini isbotlash kerak. bularning maslahatlar amal bo’lsa, chunki, siz fikr hamd loyiq bo’lishi, degin.
Kitob – tafakkur xazinasi
«Kitob – beminnat ustoz. Har daqiqa u bizni donishmandlarning bilim xazinasi bilan oshno eta oladi», deb yozadi buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy.
Ma’lumki, aholining intellektual va ma’naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar va ma’nan barkamol insonlar qilib tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir.
Bugungi axborot asrining ilg’or texnologiyalarisiz kunlarimizni tasavvur qilolmamasak-da, tengdoshlarimiz orasida kitobga oshno bo’lgan yoshlarning borligi quvonarli holdir. Ko’cha ko’yda, transportlarda qo’llarida kitob tutgan insonlarni ko’rib quvonamiz.Afsuski, ba’zan yoshlar orasida qimmatli vaqtini behuda ishlarga, xususan, haddan tashqari ko’p kompyuter va qo’l telefoni o’yinlarini o’ynash, mazmunsiz filmlarni ko’rishga sarflashlari to’g’ri emas. Buning o’rniga, o’qishdan tashqari o’tadigan vaqtini samarali ishlar uchun rejalashtirishi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, kunning ma’lum qismlarini foydali kitob mutolaasi uchun ajratish muhim ahamiyatga ega. Chunki, “yoshlikda olingan ilm toshga o’yilgan naqsh” yanglig’ o’qigan kitobi yillar o’tsa-da hayotda albatta asqotadi.
Hozirgi kunda yurtimizda kitob bilan bog’liq masalalarga ham yetarlicha e’tibor qaratilgan. Yoshlarni barkamol avlod ruhida tarbiyalash uchun kitob o’qish masalasi yoshlar orasida keng targ’ib qilinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning 12-yanvar kuni “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida” farmoyishi e’lon qilindi.
Joriy yilda O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan “kitob o’qigan «Spark» minadi” shiori ostida eng yaxshi kitobxonlarga Prezident sovg’asi «Spark» avtomashinasi taqdim etildi. Bu orqali ko’p yoshlarni kitob o’qishga qiziqishi ortdi desam mubolag’a bo’lmaydi. Darhaqiqat, bugungi kunda yurtimizning barcha kutubxonalari kitobxonlar bilan to’lgan desam mubolag’a bo’lmaydi. Tan olaman, oldinlari men ham ba’zi yoshlar singari virtual olamda “suzganman” . Lekin xozirgi paytda menda ham kitobga bo’lgan qiziqish juda ortdi.
Yapon maktablaridan birida jahon tarixidagi eng buyuk kashfiyot nima, degan so‘rovnoma o‘tkazilgan ekan. Bu so‘rovnomada ishtirok etganlar o‘zlari mo‘jiza deb bilgan turli narsalarni tilga olishgan : olov, dvigatel , atom bombasi , elektrotexnika va boshqa bir necha narsalar . Biroq qatnashchilar ichidan 6- sinf o‘quvchisining “Eng zo‘r kashfiyot – kitob” deb bildirgan javobi hay’at a’zolariga ma’qul tushgan ekan . Nima sababdan aynan kitob, degan savoliga u “Qolganlarning fikrlari ham to‘g‘ri, lekin kitob bo‘lmasa, ularning birortasi ham ixtiro qilinmasdi-ku”, deb javob bergan.
Buni qarangki, ko‘pchilikni xayoliga ham kelmagan ushbu javob chinakam haqiqat ekanligi asta – sekin o‘z isbotini topib boryapti . Kitob haqiqatdan ham , mo‘jiza , unda keltirilib o‘tilgan jumlalar beixtiyor kitobxonga yuqish , unga ruhiy ta’sir o‘tkazish , aqliy o‘stirish kabi vazifalarni bajarishga qodir .
Kitobdan shunchaki ermak yoki bo‘lmasa zerikishda qo‘l keladigan bir vosita sifatida foydalanish xatodir. Kitob tafakkur va qalb ehtiyojini qondiruvchi omil sifatida inson ruhini tarbiyalaydi , uning shaxsi shakllanishida asosiy turtki beruvchidir . Kitob mutolaa qilish jarayonida undagi ma’lumotlarni kishi nafaqat ongi va ko’zi , shuningdek ko‘nglini ham birdek uyg‘oq holda tutishi bilan xotirasida saqlab qolishi mumkin . Kitob o‘qishdan maqsad bu – uning mazmunini anglab yetish , unga singdirilgan ma’no-mazmunni qalban tuyish va bu orqali ma’nan ozuqaga ega bo‘lishdir . Kitob mutoalasi insonda ma’naviy bo‘shliq paydo bo‘lishiga zinhor va zinhor yo‘l qo‘ymaydi , shunday ekan kitobni mutolaa qiluvchi har qanday inson yuksak ma’naviyatli shaxs bo‘lib yetishishi mumkin .
Shunday ekan, aziz yoshlar kitob o’qing Zero, kitob insonning hayot yo‘lida yo‘ldoshi bo‘lsa, hayot so‘qmoqlaridan ravon va mamnuniyat bilan o‘tadi.
…agar Yevropa Uyg‘onish davrining natijalari sifatida adabiyot va san’at asarlari, arxitektura durdonalari, tibbiyot va insonni anglash borasida yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan bo‘lsa, Sharq Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyati, avvalo, matematika, astronomiya, fizika, ximiya, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy fanlarning, shuningdek, tarix, falsafa va adabiyotning rivojlanishida namoyon bo‘ldi.