Press "Enter" to skip to content

Qur’oni karim borasida 25 ta haqiqat

Har bir musulmondan Ollohning ana shunday qudratiga ishonmoqlik talab etiladi.

Qur’oni Karim – Islom ta’limoti uning muqaddas kitobi

Islom ta’limoti uning muqaddas kitobi – Qur’oni Karimda bayon etilgan. Islomning aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy va ahloqiy me’yorlari, cheklash va taqiqlari Qur’on bilan birga uning tafsirlarida, hadis tuplamlari va shariat qullanmalarida, islohiyot adabiyotlarida o’z ifodasini topgan.

Islom dinining asosiy aqidasi “Ollohdan boshqa hech bir iloh – yo’q Muhammad Ollohning eslchisidir”.

Qur’on tilida esa: “La Ilaha Illallohu Muhammadur Rasulluloh”. Bu kalimai tavhid deyiladi. “Guvohlik bermanki, bir Ollohdan boshqa iloh yo’q va yana guvohlik beramanki, Muhammad Ollohning bandasi va rasuli(elichisi) dir”. Qur’on tilida “Ashhadu an la ilaha illalohu va ashhadu anna Muhammadan a’bduhu va rasuluhu”. Bu Kalimai shahodat deyiladi.

Islom diniga kirish, musulmon bo’lish uchun yuqoridagai ikki iymon kalimasini tili bilan aytmoq va halban, chin dildan ishonib tasdiqlash lozim. Buni iymon keltirish deb yuritiladi.

Bu ikki kalimani keltirish iymonning ilk bosqichidir. Iymonning yana qolgan olti bosqichi-sharti bo’lib, musulmon kishi yana shularga ishonmog’i va ularga amal qilib yashamog’I ham shart hisoblanadi.

Sunniylikda iymon talabalari 7 tadir. Bular:

  1. Ollohning yakkayu- yagonaligiga ishonish, faqat ungagina sig’inish, e’tiqod va ibodat qilish.
  2. Ollohning farishtalariga ishonish.
  3. Ollohning barcha ilohiy, muqaddas kitoblariga ishonish.
  4. Ollohning barcha payg’ambarlariga ishonish
  5. Taqdirga, uning ilohiyligiga ishonish.
  6. Ohiratga, qiyomat qoyim bo’lishiga ishonish.
  7. Qayta tirilishga ishonish.

Ana shu etti shart, e’tiqod talablari – iymonning to’liq asosi, ustuni sanaladi. Islomga e’tiqod qiluvchi har bir kishi tili bilan – “Iymon keltirdim Ollohga, uning farishtalariga, kitoblariga, payg’ambarlariga, taqdiriga, qiyomat kuniga va o’lgandan keyin qayta tirilishga”, deb aytmog’i va bunga dili bilan ishonmog’i lozim. Endi shular haqida qisqa to’xtab o’tamiz. Olloh- dunyodagi barcha mavjudotlarni yaratgan. Olamda yuz bergan va beradigan barcha voqea va hodisalar Olloh tomonidan belgilangan va uning irodasi bilan sodir bo’ladi. Ollohni hech kim bor qilgan emas u o’zidan o’zi border. Olloh birdir. Yakkadir, yolg’izdir. U biluvchidir, u bilmaydigan biror bir ish yo’q. U har ishga qodirdir, hamma narsani ko’ruvchi va eshituvchidir. Olloh bildiruvchi, tarbiya qiluvchidir. Ollohda hech qanday nuqson va kamchilik yo’qdir. U hamma erda hozir. Olloh emaydi, ichmaydi, kasal bo’lmaydi.

Har bir musulmondan Ollohning ana shunday qudratiga ishonmoqlik talab etiladi.

Farishtalar- Ollohning nihoyatda itoatli, hech bir gunohsiz, nurdan yaratilgan, odamlar ko’ziga ko’rinmaydigan bandalaridir. Ular Ollohning buyurgan ishlarini bajaradilar. Ularda erlik, ayollik, tug’ish, tug’dirish, eyish-ichish, uxlash kabi hususiyatlar yo’q. Farishtalarning eng mashhurlari-Jabroil, Makoil, Isrofil, Azroildir.

Payg’ambarlar Olloh tomonidan bandalariga din hukmlarini o’rgatmoq uchun yuborilgan elchilardir. Ular aqlli, ziyrak, tug’ri, otoatli bo’lib odam bolalaridan chiqadilar. Ular Olloh tomonidan buyurilgan din va shariat hukmlarini bandalariga etkazadilar, ularni haq dinga, yaxshi ishlarga va’z, nasihat bilan chaqiradilar. Qur’oni karimda 25 payg’ambarni ismi keltirilgan. Payg’ambarlar 2 hilga bo’linadilar: 1. Rasullar; 2. Nabiylar.

Olloh tomonidan o’zlariga alohida kitob va shariat berilgan payg’ambarlar rasul deb ataladilar. Barcha payg’ambarlardan 8 nafari: Odam, Idris, Shis, Ibrohim, Muso, Dovud, Is ova Muhammad rasul payg’ambarlardir.

O’zlariga mahsus kitob va shariat berilmay, bir rasulga berilgan kitob va shariat asosida ish qilishga buyurilgan payg’ambarlar nabiy deyiladi. Nabiylar rasul bo’lolmaydi. Rasullarning har biri ayni paytda nabiy ham hisoblanadilar.

Muqaddas kitoblar – har bir zamonning o’ziga yarasha din va muomalat hukmlarini bayon etib, o’sha zamonning payg’ambarlariga vahiy qilib yuborilgan kitoblardir. Olloh o’z payg’ambarlariga 100 sahifa – Odam, Shis, Idris, Ibrohimga; 4 kitob esa Muso, Dovud, Iso va Muhammadga yuborgan.

Ohirat – narigi dunyo, o’lgan bandalarning Olloh qudrati bilan tirilishi va Olloh tayin qilgan erga yig’ilish kuni. Yig’iladigan joining nomi “Mashhur eri”, kuni esa “Qiyomat kuni” deb ataladi. Bu kuni bandalarning bu dunyoda qilgan yaxshi, savob yoki gunoh ishlariga yarasha hukm chaqiriladi.

Taqdir – Olloh tomonidan har bir bo’lgan va bo’ladigan ishlarning bo’lmog’ini azaldan, oldindan tayin belgilabqo’yilishidir. Buni bizda peshonasiga yozilgan ham deyiladi.

Islom dinida “Islom arqonlari” degan tushuncha ham mavjud. U quyidagi besh asosdan, ustundan iborat:

Yuqoridagilar har bir musulmon uchun farz qilib belgilangan. Bulardan tashhari janoza, sunnat, nikoh va qurbonlik qilish kabi muhim marosimlari ham mavjud.

Islom dini bayramlariga – Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, mavlud va boshhalar kiradi.

Iymon – yuqorida aytilgan Ollohdan o’zga iloh yo’q yo’qligiga va

Muhammad uning bandasi va rasuli ekanligiga ishonmoq va e’tiqod qilmoqlikdir.

Namoz – kuniga 5 mahal o’qilib, kishida doimiy diniy kayfiyatni saqlashning muhim vositasidir. Namozlar – farz, sunnat, vojib kabilarga bo’linadi.

Ro’za – kun chiqishdan to kun botishga qadar yemoq va ichmoqlikdan tiyilmoq va shunga niyat qilmoqlikdir. Ro’za har bir sog’lom musulmon uchun farz ibodati sanaladi. U hijratning ikkinchi yili Madinada farz qilingan.

Zakot – mol-mulki shariat belgilagan miqdorga etganda yilda bir marotaba ulardan qirqdan birini, y’ani 2.5 foizini beva-bechoralarga, miskinklarga, ilm toliblariga va boshqa muhtojlarga berilishi shart bo’lgan Ollohning haqi.

Haj – ham jismoniy, ham ma’naviy, ham moddiy ibodat. Haj – kabatullohni tavof qilmoq, Safo va Marva tog’lari orasida yugurmoq, Arofat tog’ida bo’lmoq va zarur marosimlarni ado etmoq uchun Makka shahriga ziyoratga bormoqlikdir.

Hajning shartlari quyidagilar;

  1. Islom dinida bo’lish;
  2. Balog’atga etgan bo’lish;
  3. O’qil bo’lish
  4. Ozod bo’lish
  5. Qodir bo’lish

Islomning ana shu besh amali har bir musulmonga bajarish uchun farz qilingan.

Yuqorida bayon qilinganlar Islom ta’limotining asosini tashkil etadi.

Qur’oni karim borasida 25 ta haqiqat

Qur’on — Alloh taoloning kalomi, yer yuzida eng ulug‘vor va o‘qilishi shart bo‘lgan kitobdir. Unda inkor etib bo‘lmaydigan faktlar va ilmiy kashfiyotlar mujassam. Qur’on — mo‘jiza, ya’ni (inson aqlini) ojiz qoldiruvchidir. Quyida ushbu Muqaddas Kitob haqida siz bilgan va bilmagan qiziqarli faktlar savol-javob shaklida keltirilgan.

1. Qur’on necha pora (bo‘lim)dan iborat?
— 30.

2. Qur’onda nechta sura bor?
— 114 sura.

3. Makkada nechta sura nozil qilingan?
— 85ta.

4. Madinada nechta sura nozil qilingan?
— 29ta.

5. Qur’onda nechta oyat bor?
— Abdurahmon Abdulloh ibn Habib as-Sulmiydan, Ali ibn Abu Tolibdan roziyallohu anhu rivoyatiga ergashuvchi kufiy mazhabi (maktabi)ga ko‘ra, oyatlarning soni 6236 tadir.

6. Qur’onda nechta so‘z bor?
— 77439.

7. Qur’onda nechta harf bor?
— 323015.

8. Qur’onda nechta harfusti belgilari bor?
— 1025030.

9. Eng kichik sura qaysi?
— “Kavsar” surasi, u uchta oyatdan iborat.

10. Qaysi sura eng uzun?
— “Baqara” surasi.

11. Qur’ondagi eng uzun oyat qaysi?
— “Din” deb ataluvchi “Baqara” surasining 282-oyati.

12. Eng uzun so‘z qaysi?
— Anulzimukuma (Hud surasi, 28-oyat).

13. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga birinchi nozil qilingan sura qaysi?
— “Alaq” surasi.

14. Qur’ondagi eng e’zozlangan sura qaysi?
– “Fotiha” surasi.

15. Qur’onda eng ulug‘vor qaysi sura hisoblanadi?
— “Baqara” surasi.

16. Qaysi sura Qur’onning yarmiga teng?
— “Zalzalat” surasi.

17. Qaysi sura Qur’onning uchdan bir qismiga teng?
— “Ixlos” surasi.

18. Oyatlarning qaysi biri eng qimmatli va e’tirofli hisoblanadi?
— “Baqara” surasining 255-oyati — “Oyatal Kursiy”.

19. Qaysi sura insonni Dajjol yomonligidan saqlaydi?
— “Kahf” surasi.

20. Uyda o‘qilgan qaysi suradan jin qochadi?
— “Baqara” surasidan.

21. Qaysi sura ikki payg‘ambar nomi bilan tugaydi?
— “A’la” surasi.

22. Qur’onda qaysi so‘z ko‘p takrorlanadi?
— “Alloh” ismi, 2640 marta.

23. Qaysi surada Alloh taoloning ismi har bir oyatda zikr qilingan?
— “Mujodalat” surasi.

24. Qur’onda qanday ilohiy kitoblar tilga olingan?
— Tavrot, Zabur, Injil kitoblari, Ibrohim va Muso alayhissalomlar bitiklari.

25. Qur’oni karimda qaysi payg‘ambarlar nomi tilga olingan?
1. Odam alayhissalom.
2. Idris alayhissalom.
3. Nuh alayhissalom.
4. Hud alayhissalom.
5. Solih alayhissalom.
6. Ibrohim alayhissalom.
7. Lut alayhissalom.
8. Ismoil alayhissalom.
9. Is’hoq alayhissalom.
10. Ya’qub alayhissalom.
11. Yusuf alayhissalom.
12. Ayyub alayhissalom.
13. Shuayb alayhissalom.
14. Muso alayhissalom.
15. Horun alayhissalom.
16. Yunus alayhissalom.
17. Dovud alayhissalom.
18. Sulaymon alayhissalom.
19. Ilyos alayhissalom.
20. Al-Yasa’ alayhissalom.
21. Zakariyo alayhissalom.
22. Yahyo alayxissalom.
23. Zulkifl alayhissalom.
24. Iso alayhissalom.
25. Muhammad alayhissalom.

Quron kitob haqida malumot

Бир киши ҳузурига аёли кирганида намоз ўқишни бошлабди. Тонг отиб кетибди, лекин у аёлига қиё ҳам боқмабди. Бу иши ҳақида маломат қилинганида, у киши: «Мен эр кишининг аҳли унинг ҳузурига кирганда ўқиладиган икки ракъат суннат намозини ўқишга турган эдим. Лекин Қуръоннинг ажойиблигига берилиб, аёлимни ҳам унутиб қўйибман», деган экан.

Жоҳиз айтади: «Аллоҳ таоло Ўз Китобини араблар ўз гапларини жумла ва фаслларга ажратиб атаган номларининг акси билан номлади. Яъни улар гапларини «девон» деб номлаган бўлсалар, Аллоҳ таоло Ўз Каломини «Қуръон» деб номлади. Аллоҳ таоло унинг айрим бўлагини «сура» деб номлади, улар эса шундай бўлакни «қасида» деб номлашган. Улар ўз гапларининг бир бўлагини «байт» деб аташса, Аллоҳ таоло суранинг бир бўлагини «оят» деб номлади. Аллоҳ таоло суралар охиридаги мослашувни «фосила» деб номлади, улар бундай ҳолатни «қофия» деб номлашарди».

Аллоҳ таолонинг иккитагина оятида ҳижоия ҳарфларининг 29 таси ҳам жамланган. Улар: «Оли Имрон» сурасининг 154-ояти, ва «Фатҳ» сурасининг 29-ояти.

Қуръони карим 30 порадан иборат. Унинг суралари сони 114та. Қуръон суралари 6236 оятни ўз ичига олади. Атонинг фикрига кўра Қуръони карим 77439та сўздан ташкил топган. Ибн Аббоснинг сўзларига қараганда, Қуръонда 323671та ҳарф қатнашган. Унда 8804та замма ҳаракати, 53242та фатҳа ҳаракати, шунингдек, 39582та касра аломати, 1771та мад – чўзиш белгиси, 1252та ташдид аломати, 134550та нуқта ишлатилган.

Қуръони каримда «Қуръон» лафзи 68та ўринда келган.

Ҳарф эътиборидан Қуръони каримнинг тенг ярми «Каҳф» сурасининг 19-оятида келган وَلْيَتَلَطَّفсўзининг охиридаги «фе» ҳарфи, деб белгиланган.

Шунингдек, сўз эътиборидан Қуръони каримнинг тенг ярми «Ҳаж» сурасининг 20-оятидагиوَالْجُلُودُ сўзи экани аниқланган.

Оятлар эътиборидан эса Қуръони каримнинг тенг ярми فَأَلْقَى مُوسَى عَصَاهُ فَإِذَا هِيَ تَلْقَفُ مَا يَأْفِكُونَ«Шуаро» сурасининг 45-оятидир.

Шунингдек, суралар ҳисобига кўра Қуръоннинг тенг ярми «Ҳадид» сурасининг охирига тўғри келади.

Қуръондаги энг катта сура – Бақара сураси.

Қуръондаги энг кичик сура – Кавсар сураси.

Қуръондаги энг узун оят – Бақара сурасининг 282 ояти (Қарз ояти).

Қуръондаги энг узун калима فَأَسْقَيْنَاكُمُوهُ Ҳижр сураси 22 ояти.

Қуръони каримда ح ҳарфи фақатгина иккита жойда кетма-кет келади: عُقْدَةَ النِّكَاحِ حَتَّى Бақара сураси 235 оят, لَا أَبْرَحُ حَتَّى Каҳф 60 оят.

Қуръони каримда ك ҳарфи фақатгина иккита жойда кетма-кет келади: مَنَاسِكَكُمْ Бақара сураси 200 оят, مَا سَلَكَكُمْ Муддассир 42 оят.

Қуръони каримда غ ҳарфи кетма-кетма ҳолда фақатгина битта жойда келади: وَمَنْ يَبْتَغِ غَيْرَ الْإِسْلَامِОли Имрон сураси 85 оят.

Қуръони каримда энг кўп марта ك ҳарфи иштирок этган сура Бақара сурасининг 282 ояти бўлиб, унда 23 марта такрорланган.

غ ҳарфи билан бошланган оятлар иккита бўлиб, улар: Ғофир сурасининг 3-ояти билан, Рум сурасининг 2-ояти.

ظ ҳарфи билан фақатгина Рум сурасининг 41-ояти бошланади.

Охирида икки пайғамбарнинг исми келган сура бу Аъло сурасидир.

Аввалида икки мевани зикри келган сура бу Тин сурасидир.

Ҳар бир оятида Лафзи жалола бўлган сура Мужодала сураси.

Лафзи жалола Қуръони каримда 980 марта зикр қилинган.

Пайғамбаримизнинг соллаллоҳу алайҳи васалламнинг Муҳаммад исмлари Қуръонда 4 маротаба зикр қилинган.

Қуръонда энг кўп зикр қилинган пайғамбар бу Мусо алайҳиссаллом.

Қуръонда саҳобалардан фақатгина Зайд ибн Ҳорисанинг исмлари зикр қилинган.

Қуръонда фақатгина бир аёлни исми зикр қилинган. У ҳам бўлса Марям онамиз.