Press "Enter" to skip to content

O‘zbek administratori va muallimi blogi

Yangi yangi ish o’rinlarni,

Pythonda sodda masalalarni dasturlash

1)Ta’limiy: o`quvchilarga Pythonda dasturida chiziqli dasturlar tuzish haqida bilim berish; amaliyotda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish.

FK1- Axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig’ish kompetensiyasi.

Python dasturiga doir axborotlarni internet tarmog’idan izlab topa oladi,darslikdan foydalana oladi,kompyuterni to’g’ri ishga tushiradi va o’chira oladi,kompyuterda ishlashda xavfsizlik qoidalari va gigiyena talablariga rioya etadi.

FK2-Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi.

Kompyuterda Python dasturini ishga tushira oladi, axborotlar yaratishni,to‘plashni,saqlashni biladi, uskunalar panelidagi asboblarni vazifalarini biladi,sodda chiziqli dasturlar tuza oladi;

2)Tarbiyaviy: o’quvchilarga o’z Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatda bo‘lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish.

TK1- Kommunikativ kompetensiya.

O’zaro muloqotga kirisha oladi,jamoa va guruhlarda samarali ishlay oladi.

TK4-Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi.

Jamiyatda bo’layotgan voqea-hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etadi,o’zining burch va huquqlarini biladi,atrofdagilar bilan muloqotda odob-axloq qoidalariga rioya etadi,o’zidan kattalarni hurmat qiladi.

3)Rivojlantiruvchi: O`quvchilarning kompyuterda Python dasturida ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish,bilimlarini oshirish,mustaqil fikrlashini rivojlantirish.

TK3-O’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasi.

Doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy,ma’naviy,ruhiy,intellektual va kreativ rivojlantirish,mustaqil o’z ustida ishlash,bilimlarini oshirish,kamolotga intilish.

TK6-Matematik savodxonlik,fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish kompetensiyasi.

Aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy,oilaviy,iqtisodiy rejalarni tuza oladi, matematik amallarni dasturda qo’llash savodxonligini oshiradi.

II.Asosiy shakli va turi.

Darsda qo’llaniladigan metodlar: suhbat, T-sxema, “Savol-javob” ,”Aqliy hujum”,”Kuz” metodi,”MY ART “metodi,”Imkoniyatlar” metodi.

Dars turi: Yangi bilim va ko’nikmalarni shakllantiruvchi.

Dars shakli:savol-javob,jamoa va kichik guruhlarda ishlash.

Dars jihozi:elektron resurslar,darslik, plakatlar,ko’rgazmalar,krossvord,tarqatmalar.

DTS: Python dasturida chiziqli dasturlarni tuzish haqida bilimga ega bo`lish.

Baholash : rag’batlantirish,5ballik reyting tizimi asosida

III.O’quv manbalari.

2)internet resurslari : www.uzedu.uz , www.ZiyoNet.uz, www.edunet.uz, www.bilim.uz , www.namakt.uz , www.dr.rtm.uz, https://pythonru.com/

3)elektron resurslar: Respublika Ta’lim Markazi elektron darsliklari, Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi resurslari.

IV.Dars tafsiloti va texnologik xaritasi

Qo’llaniladigan usullar va vositalar

2)sinf jurnalini to’ldirish

3)o’quvchilarni darsga hozirlash

5)ma’naviyat daqiqasi:Respublikamizda dasturchilikka berilayotgan e’tibor,bir million o’zbek dasturchilari uzbekcoders.uz haqida qisqacha suhbat o’tkazish.

O’tilgan mavzu va uy vazifasini tahlili

1.Uy vazifasini bajarilganligini tekshirish.

2. Kichik guruhlarga bo’linib, kartochkalar bilan ishlash.

Savollarga og’zaki javob olish.

Sinf 2 guruhga bo’linadi,har bir guruh o’ziga nom qo’yadi.Turli shartlar bo’yicha bellashadi.

1-shart. Doskaga osilgan “savollar”daraxtidan 1tadan kartochka tanlaydi.Savollar:

1.Algoritm deganda nimani tushunasiz?

2.Algoritm so’zi qaysi alloma nomidan olingan?

3.Algoritmning qanday turlari bor?

4.Qanday algoritmlar Chiziqli algoritm deyiladi?

5.Chiziqli algoritmlarga hayotimizdan misollar keltiring.

6.Python dasturi qachon, kim tomonidan yaratilgan?.

7.Python dasturida yaratilgan qanday ilovalarni bilasiz?Yana qanday dasturlar nomini bilasiz?

8.Python dasturida qanday matematik amallarni bajarish mumkin?

9. Identifikator nima?

10. Ma’lumot va qiymatlarni dasturga kiritish uchun qaysi operatordan foydalaniladi?

2-shart.Krossvord yechish.Guruhlar tomonidan o’tilgan mavzularga doir krossvord yechiladi

Musobaqa –kim zukko?

Kichik guruhlar bilan ishlash

Hozirgi kunda mamlakatimizda Dasturchilarga bo’lgan talab

Yangi mavzuning qisqacha bayoni,asosiy tushunchalar

Sodda masalalarni dasturlash tartibi:

1.Asosiy ma’lumotlar va ularning turini aniqlash.O’zgaruvchilar uchun nom tanlash.

2.Natija qanday va qaysi turga mansub bo’lishini aniqlash.Natijani akslantiruvchi o’zgaruvchilar nomini tanlash.

3.Ma’lumotlarni kiritish,hisoblash va natijani ekranga chiqarish kabi qadamlardan iborat algoritmni tuzish.

4.Tuzilgan algoritmga turli qiymatlar berib,uning to’g’riligini tekshirish.

Mavzuga doir slayd

1. darslikda berilgan 1-2-mashqlar amaliy yechiladi

4-shart.Mening dasturlash ijodim.

dars musobaqa tarzida o’tiladi.

“MY ART” metodi orqali guruhdagi o’quvchilar kompyuterda ijod qilishadi.

O’quvchilar bilimini baholash

5ballik tizim asosida

Rag’bat kartochkalari bilan rag’batlantirish

“Imkoniyatlar”metodi.Bunda 1,2,3,4 ballarga mos qiyinchilikdagi savollar bali yetmayotgan o’quvchiga beriladi,natijada o’quvchi balini ko’tarish imkoniyatiga ega bo’ladi

Uy vazifasini belgilash

1)dars bo’yicha savollarga yozma javob yozish.

Dars maqsadidan xulosa chiqarish

Pythonda sodda masalalar yechish mavzusini o’rganish o’quvchi masalalarni hal qilishda algoritmlar tuzishni o’rganadi,matematik savodxonligini oshiradi,fikrlashini rivojlantiradi,mantiqiy fikrlashi va aqliy xulosalar chiqarish qobiliyatini rivojlantiradi.

V.Asosiy tushunchalar: algoritm, dastur, dasturchi, dasturlash, sodda masalalarni dasturlash tartibi, chiziqli dastur.

Tashkiliy qism.

1.Salomlashish va davomatni aniqlash.“Assalomu alaykum”.

Bugun darsga tayyormi?

-Qani ayting bolalar,Sinfda kim navbatchi?

Navbatchi hisobotini tinglayman.Sinf jurnalini to’ldiraman.O’quvchilarni darsga hozirlayman.

Bunda Respublikamizda dasturchilikka berilayotgan e’tibor,bir million o’zbek dasturchilari uzbekcoders.uz haqida qisqacha suhbat o’tkazish.O’quvchilarni fikrlarini so’rayman.Ro’yxatdan o’tib ta’lim olayotgan o’quvchilar qanday bilim olayotganini,taassurotlarini o’rtoqlari bilan bo’lishadi.5 ta muhim tashabbus va uning 3-yo’nalishi haqida suhbat o’tkaziladi.

O’quvchilar 2021- yil nomini sharhlab berishadi.

1-o’quvchi: Do’stim bekor o’tmasin kuning,

Ilm bilan bo’lgin yuzma-yuz.

Qara bizga axir sharoit,

Yaratmoqda beshta tashabbus.

2-o’quvchi: Tabiatni turfa tasvirlab,

Rasm chizib bera olgin tus.

Yoki qo’shiq aytgin baralla,

Seni qo’llar beshta tashabbus.

3-o’quvchi: Sog’lom tana,norg’ul bo’l doim,

Chempion bo’l,olg’a yur doim,

Sport bilan mashg’ul bo’l doim,

Senga yo’ldosh beshta tashabbus.

4-o’quvchi:Internetdan bilgin jahonni,

Yangilikni tezda bilib ol.

Charchoqlarni yengish uchun bir oz,

Mayli ozroq o’yin o’ynab ol.

Rivojlanib bormoqda hanuz.

Sen ham o’qib,o’rganib olgin,

Imkon berar beshta tashabbus.

6-o’quvchi: Kitob bilan do’st bo’lib olgin,

O’qib ko’ngling to’lsin nurlarga.

Tarix bizni osonlik bilan,

Yetkazmagan ushbu kunlarga.

7-o’quvchi:Ishsizlik ham chekinar ortga,

Har kim halol risqini terar.

Yangi yangi ish o’rinlarni,

Besh tashabbus yaratib berar.

Asosiy qism .

O’tgan mavzuni mustahkamlash.

Sinf 2 guruhga bo’linadi.Guruhlar o’zlariga sardor va nom tanlashadi. O’tilgan mavzular guruhlar o’rtasida musobaqa tarzida so’raladi va mustahkamlanadi.Dars davomida guruhlar 4 ta shart bo’yicha bellashadilar,faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanadi.

Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib, doskaga ilingan “Savollar daraxti” dan savol yozilgan bittadan kartochkani tanlaydi va javob beradi.

Har bir berilgan to’g’ri javoblarga rag’bat kartochkalar berib boriladi.

1.Algoritm deganda nimani tushunasiz?

2.Algoritm so’zi qaysi alloma nomidan olingan?

3.Algoritmning qanday turlari bor?

4.Qanday algoritmlar Chiziqli algoritm deyiladi?

5.Chiziqli algoritmlarga hayotimizdan misollar keltiring.

6.Python dasturi qachon kim tomonidan yaratilgan?.

7.Python dasturida yaratilgan qanday ilovalarni bilasiz?Yana qanday dasturlar nomini bilasiz?

8.Python dasturida qanday matematik amallarni bajarish mumkin?

9. Identifikator nima?

10. Ma’lumot va qiymatlarni dasturga kiritish uchun qaysi operatordan foydalaniladi?

2-shart: Krossvord yechish.Birinchi bo’lib to’g’ri yechgan guruhga Rag’bat kartochkasi beriladi.

Topshiriqlar:
1.Grafik muharrir(Paint)
2. Qog’ozga chop etish qurilmasi(Printer)
3. O’z nomiga ega ma’lumotlar sohasi(Fayl)
4. Operatsion sistema.(Windows)
5. Informatika fanining bosh termini.(Axborot)
6. Telefon tarmog’i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashtiruvchi qurilma(Modem)
7. Kompyuterga matnli yoki tasvirli ma’lumotlarni kirituvchi qurilma(Skayner)
8. Kompyuter “yuragi” (Protsessor)
9. Birinchi EHMnomi(Eniak)
10. Bu yerda qanday so’z kodlangan? Morze alifbosida.

3-shart. Topishmoqlar sharti.(Kompyuter qurilmalariga doir).Topishmoq javobini to’g’ri topgan guruhga rag’bat kartochkasi beriladi.

  1. Oddiygina bo’g’irsoq
  1. Xuddi kuchli kapitan
  1. Barmoqlarimiz chaqqon
  1. Qutiga o’xshar o’zi
Кiruvchi ma’lumot Hisoblash Chiquvchi ma’lumot
10 S=a*b=10*12=120 120

Blok-sxema Blok-sxema nomi Dastur kodi
1 a,b S tamom boshlanish S=a*b Algoritmning boshlanishi
2 Kiritish bloki a=int(input()) b=int(input())
3 Bajarish bloki s=a*b
4 Chiqarish bloki print(s)
5 Algoritmning tugashi

VII.Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlashda “Quruvchi” metodidan foydalanaman”. Bunda darslikdagi 1-2 mashqlarni o’quvchilar kompyuterda amaliy bajarib, o’z “Bilim binolarini” mustaqil ravishda quradilar.Har bir misol uchun o’quvchilar rag’bat kartochkalar orqali rag’batlantirib boriladi. 3-shart: Darslikdagi 1-2- masalalarni dasturini o’quvchilar kompyuterda amaliy bajaradilar. 1.-masala. Trapetsiyaning ikkita asosi (a va b) hamda asosiga tushirilgan balandligi h berilgan. Trapetsiyaning yuzi s ni hisoblash dasturini tuzing. a, b va h foydalanuvchi tomonidan kiritiladi. Yechimi: print(‘trapetsiyaning asoslaridan birini kiriting’) a=float(input()) print(‘trapetsiyaning asoslaridan ikkinchisini kiriting’) b=float(input()) print(‘trapetsiyaning balandligini kiriting’) h=float(input()) S=(a+b)*h/2 print(‘S=’,S)
2–masala. Teng tomonli uchburchakning tomoni a ga teng. Uning yuzi s ni hisoblash dasturini tuzing.
Yechimi: from math import* print(‘uchburchakning tomonini kiriting’) a=float(input()) S=sqrt(3/4)*pow(a,2) print(‘S=’,S)
4-shart: Mening dasturlash ijodim musobaqasi.“MY ART” metodi qo’llaniladi. “MY ART” METODI
“MyArt” – “Mening san’atim” yoki “Mening ijodim” metodi o‘quvchilar iqtidorini namoyon qilish va uni rivojlantirishga qaratilgan. Bu metodni dasturlash operatorlari yordamida turli grafiklarni hosil qilishga oid mavzularda ijodiy ishlarni bajarishda qo‘llash mumkin. O‘quvchilar erkin yoki o‘qituvchi
belgilagan mavzuda ijod qilishlari va albatta, eng yaxshi ijodlarini maktab ko‘rgazmasida namoyish etib, taqdirlanishlari lozim.
“MyArt” metodini olib borish bosqichlari
O‘quvchilarga dastur operatorlari yordamida amallar bajarilish ketma-ketligi tushuntiriladi.Misollar ko‘rsatiladi.O‘quvchilar misollarnig namunalarini bajarib, operatorlar bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qiladi.
O‘quvchilarga ijodiy vazifa namunalari yoki ixtiyoriy mavzuda vazifani bajarish ko‘rsatmasi beriladi.O‘quvchilar kompyuterda ijod qiladi va stikerlar bilan baholanadi.
G’olib guruh aniqlanadi va o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VIII.O’quvchilarga baholash uchun beriladigan qo’shimcha topshiriqlarImkoniyatlar”texnologiyasi

O’quvchilar o’zlariga yetmayotgan kerakli balga mos savol nomerini tanlaydi va imkoniyatdan foydalanadi.
IX.Uyga vazifa:Mavzuni o’rganish.3-4-mashqlar. 3. Kvadratning tomoni n ga teng. Uning yuzini hisoblash dasturini tuzing.

4. split() usulidan foydalanib, “5489*245*58*69*142*4587*54” satrini dasturga kiriting va berilgan ifodani hisoblang

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.2020-yil 23-sentabr.
2.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta va o’rta maxsus,kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida”gi 187-sonli qarori.2017-yil,6-aprel.
3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o’rta talim to’g’risida ”gi 140-son qarori,2017-yil,15-mart.
4.Sh.Mirziyoyev “Erkin va farovon ,demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”. “O’zbekiston” nashriyoti,2016-yil.
5.Sh.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”,”O’zbekiston”nashriyoti,2017-yil.
6. Muhammadiyev J.O’. , Nazirova D.X. Power Point programmasida ishlash.
O’quv uslubiy qo’llanma TDYI- 2003 yil.
7. Razzoqov Sh.I. , Yo’ldoshev Sh.S. , Ibragimov U.M. “Kompyuter grafikasi”
Kasb- hunar kollejlari uchun “NOSHIR”- TOSHKENT-2013 yil.
8.J.F.Yo’ldoshev, S.Usmonov “Ilg’or pedagogic texnologiyalar”.Toshkent sh. “O’qituvchi” 2004 y
9.T. Madumarov, M. Kamoldinov “Innovasion pеdagogik tеxnologiya
asoslari va uni ta`lim tarbiya jaraѐnida qo`llash”, T. “Talqin”, 2012yil.
10.”Informatika va axborot texnologiyalari”.O‘qituvchi kitobi.9-sinf. «Nashriyot uyi tasvir» 2020y

Elektron ta’lim resurslari:

O‘zbek administratori va muallimi blogi

Ushbu blogda open source, linux va turli dasturlar hamda ularni oʻzbek tiliga tarjima qilish haqida maqolalar berib boriladi.

Monday, December 29, 2014

.pdf fayllarni kitob shaklida chop etish (“Adobe Reader” dasturining yangi versiyalarida)

Ilgari ham bu haqda maqola yozgandim, lekin ko‘pchilik yangi “Adobe Reader” dasturidan foydalanayotganligi uchun tushunmaslik holatlari bo‘ldi, shuning uchun o‘sha eski maqolani yangilamoqdaman.

Kitob holida chop qilish uchun koʻplab dasturlar chiqarilgan, lekin buni “Adobe reader” dasturida juda oson amalga oshirish mumkin. Buning uchun .pdf formatdagi faylni “Adobe reader” dasturida ochishinizga toʻgʻri keladi. Keyin esa Ctrl+P tugmasini bosish bilan chop qilish oynasini paydo qilamiz.
“Pages”dan chop qilinishi kerak bo‘lgan sahifalarni ko‘rsatamiz.
1. “Booklet printing” ni tanlaymiz.
2. “Booklet subset” dan “Front side only” ni koʻrsatamiz va “OK” tugmasini bosish bilan faylni chop qilishga joʻnatamiz.

Hamma sahifalar printerdan chiqib boʻlgach, qogʻozlarni chalkashtirmasdan, olib printerning qogʻoz qoʻyiladigan joyiga qoʻyish kerak (Yaʻni endi chiqishi kerak boʻlgan tarafi toza boʻlishi kerak).
Endi biz sahifaning orqa tarafini chiqarishimiz kerak boʻladi. Yana Ctrl+P ni bosamiz.
1. “Booklet printing” tanlanganligiga ishonch hosil qilamiz.
2. “Booklet subset” dan “Back side only” ni tanlaymiz.
3. “More Options”ning ustiga bosamiz.
4. “Reverse pages” degan joyga belgi qoʻyamiz va “OK” tugmasini bosamiz.

Endi chiqqan qogʻozlarni bukib kitob holiga keltirish va maxsus stepler yoki oddiy igna va ip yordamida tikib olishingiz mumkin. Tepada ko‘rsatilgan birorta ham holatni e’tiboringizdan chetda qoldirmang! Faqat bu chop qilish usulini oldin kamroq sahifali varaqlarni chop qilib sinab koʻrishni maslahat beraman. Buning uchun oddiy yozuvlarni “Libre office”da .pdf formatga aylantirib chiqarish mumkin. Sahifa kamida 4 varaqdan ibora boʻlishi kerak.
Endi bemalol sinab koʻrishingiz mumkin.

Informatika 5-sinf darslik

Informatika va axborot texnologiyalari 5-sinf darslik. 5-sinf informatika kitobini yuklab olish pdf shaklda.

5-sinf informatika.

5-sinf maktab o’quvchilari uchun informatika va axborot texnologiyalari darsligi.

Yuklab olish.

O’zbek tilida Rus tilida
Skachat Skachat

ЭТО МОЖЕТ БЫТЬ ИНТЕРЕСНОЕЩЕ ОТ АВТОРА

7-sinf fizika fanidan darslik kitob pdf

7-sinf matematika (algebra) darslik kitob

7-sinf adabiyot darslik

Вопросы олимпиады по ЭкономикеIqtisod fanidan olimpiada savollari

Вопросы олимпиады по экономике. Чтобы загрузить вопросы об Олимпийских играх, щелкните один раз нужный файл или нажмите кнопку «скачать». 9-iqtisod-yozma скачать 9-iqtisod-test скачать iqtisodiy-bilim-asoslari скачать Iqtisod fanidan olimpiada.

Вопросы олимпиады по ГеографияGeografiya fanidan olimpiada savollari

Вопросы олимпиады по географии. Чтобы загрузить вопросы об Олимпийских играх, щелкните один раз нужный файл или нажмите кнопку «скачать». 9-geografiya-yozma скачать 9-geografiya-test скачать 9-10-11-geografiya скачать 10-geog-test-uzbek-rus-40-talik-скачать 10-geografiya-yozma скачать Geografiya fanidan.

Вопросы олимпиады по биологииBiologiya fanidan olimpiada savollari

Вопросы олимпиады по биологии. Чтобы загрузить вопросы об Олимпийских играх, щелкните один раз нужный файл или нажмите кнопку «скачать». 9-biologiya-test скачать 9-sinf-biologiya-yozma скачать 9-sinf-biologiya-yozma скачать 9-10-11-sinf-olimpiada biologiya скачать 9-biologiya-yozma.

Вопросы олимпиады по химииKimyo fanidan olimpiada savollari

Вопросы олимпиады по химии. Чтобы загрузить вопросы об Олимпийских играх, щелкните один раз нужный файл или нажмите кнопку «скачать». 9-kimyo-test скачать 9-kimyo-yozma скачать kimyo-olimpiyada-savollari-9-klas скачать 1-kimyo скачать 11-laborat скачать 11-kimyo-test.

Вопросы олимпиады по правуHuquq fanidan olimpiada savollari

Олимпиада по вопросам права. Чтобы загрузить вопросы об Олимпийских играх, щелкните один раз нужный файл или нажмите кнопку «скачать». 9-10-11-huquq скачать 11-huquq-yozma скачать 11-huquq-test скачать 10-huquq-yozma скачать 10-huquq-test_ скачать 9-huquq-yozma.