Press "Enter" to skip to content

O‘zbekistonda 13 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +10. +15 daraja, kunduzi +21. +26 daraja bo‘ladi.

Xatirchi tumani XTB mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Murojaatga asosan byudjet mablag`larini talon-toroj qilgan mansabdorlar fosh etildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro N.O.ning Navoiy viloyati, Xatirchi tumani Xalq ta`limi bo`limi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan hamda bo`limdagi ijtimoiy-ma`naviy muhitdan norozi bo`lib, Prezident Virtual qabulxonasiga yo`llagan murojaatlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ko`rib chiqildi.

O`rganish natijasiga ko`ra, muallifning shikoyatlari hamda to`plangan hujjatlar vakolat doirasida ko`rib chiqish uchun tegishli idoralarga yuborilgan edi.

Shunga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshirishda Xatirchi tuman Xalq ta`limi bo`limi mansabdor shaxslari o`zaro jinoiy til biriktirib, 2022 yil iyun-dekabr oylarida 43,6 mln so`m miqdoridagi rag`batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblab, byudjet mablag`larini talon-toroj qilganliklari aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 26 fevral kuni Xatirchi tuman Xalq ta`limi bo`limi mansabdor shaxslariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qism “g2 bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Hozirda ushbu jinoyat ishi doirasida prokuratura idoralari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda 13 mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

«O‘zgidromet» 13 mart kuni kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +7. +9 daraja, kunduzi +17. +19 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +5. +10 daraja, kunduzi +20. +25 daraja bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +7. +12 daraja, kunduzi +20. +25 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +7. +12 daraja, kunduzi +17. +22 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +10. +15 daraja, kunduzi +21. +26 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat +5. +10 daraja, kunduzi +15. +20 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0. +5 daraja, kunduzi +8. +13 daraja bo‘ladi.

Jizzaxda YPX xodimlari haqida video suratga olgan fuqarolar qamaldi — IIV

IIV maʼlum qilishicha, ularning biri 15 sutka, boshqasi esa 10 sutkaga qamaldi.

Jizzax viloyatida ichki ishlar organlarini obroʻsizlantirishga qaratilgan video tayyorlab, uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan fuqarolar qamaldi, deya xabar bermoqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.

Videoda haydovchini toʻxtatgan IIO xodimi rolidagi erkak, unga yutuqli oʻyinda qatnashish imkoni paydo boʻlganini aytib, 100 dollar tikib, pulini ikki baravarga koʻpaytirishi yoki puldan ayrilishi haqida gapirganini koʻrish mumkin.

Ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilib, fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Toʻplangan hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Gʻallaorol tumani sudi tomonidan koʻrib chiqilgan.

“Oʻzim vayn sohasida kulgi yoʻnalishi boʻyicha videolar qilish boʻyicha ishlayman. Hozirgi videoni ham oʻzim bilmagan holda besh kun oldin Rossiya kanallarining birida koʻrib, tarjima qilganman va Oʻzbekistonga chiqarganman. Lekin bundan maqsad biror organ xodimining ustidan kulish emas, odamlarga sof kulgi ulashish maqsadida qilganman. Xodimlarning formasidan foydalanish mumkin emasligini hozir tushuntirishdi, bu boshqa takrorlanmaydi”, — dedi video qahramonlaridan biri sud majlisida.