Press "Enter" to skip to content

YOSHLAR O’RTASIDA KITOBXONLIK VA MUTOLAA MADANYATINI YUKSALTIRISH VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

O’quvchilar orasida kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida turli madaniy-ma’rifiy, intellektual tadbirlar o’tkazib kelinmoqda. O’quvchilar va ularning ota-onalari o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish va rag’batlantirish maqsadida ta’lim muassasalarida “Kitob taqdimoti”, “Adabiyot kunlari”, “Kitobim-oftobim” nomli ma’rifiy tadbirlar, “Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari” xayriya tadbiri va ota-onalar ishtirokida “Bir farzandga – uch kitob” aksiyalarini hamda “Eng yaxshi kitobxon o’quvchi” va “Kitobxon maktab” tanlovlarini o’tkazish yo’lga qo’yilgan.

KITOBXONLIK VA MUTOLAA MADANIYATI muammolar yechimi o‘z qo‘limizda

Ayni kunda kitob mutolaasi kerakmi, yo‘qmi, degan savolni qo‘yish xuddi tashna odamga suv ichasanmi, degan savolni berishga o‘xshaydi. Zero, o‘qish, ilm olishga intilish azal-azaldan xalqimiz fitratida mavjud. Davrlar evrilishi g‘alati, bizlar kitob o‘qishga mukkasidan ketgan 70-yillarda, ota-onalarimiz “Ko‘p kitob o‘qima, miyang suyulib ketadi”, deb tanbeh berishardi. Bugungi yoshlarga kitob o‘qishni gapirsang, ensasi qotadi. Ammo biz bu o‘rinda yoshlarni mutlaqo ayblamoqchi emasmiz, agar jamiyatda bilim-ma’rifat, adabiyot qadr-qimmat topsa, albatta, aziz bolalarimiz kitobga qaytishlariga ishonaman. Bugun kitoblarni chop etish, ularni tarqatish tizimini takomillashtirish va eng muhimi, kitob chiqarish va kitobxonlikning davlat siyosati darajasiga ko‘tarilayotganidan quvonishimiz kerak.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ta’bir joiz bo‘lsa, hayotimiz, tafakkurimiz va ma’naviyatimizda g‘oyat ulkan voqea bo‘ldi. Ushbu sa’y-harakat milliy adabiyotimiz va ma’naviyatimiz ravnaqida katta siljishlarning debochasi bo‘lishiga astoydil ishonib turibmiz. Ayniqsa, bu o‘rinda xorij tajribasini o‘rganish, yoshlar o‘rtasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani o‘stirishga xizmat qiladigan kitoblarga talabni o‘rganish kabi masalalarning ko‘tarilgani g‘oyatda tahsinga loyiqdir.

Darhaqiqat, har bir inson dunyoga kelar ekan, atrof-muhitga, o‘zi o‘sib-ulg‘aygan jamiyatga tafakkur nigohi bilan boqib, undan ibrat oladi, xulosalar, fikr-tushunchalar bilan boyiydi va shularga tayangan holda inson bo‘lib shakllanadi. Chinakam badiiy adabiyot ana shu fikru xulosalarni benihoya go‘zal bir tarzda ifoda etadi, eng ta’sirchan, unutilmas voqealar vositasida teranlashtiradi, mustahkamlaydi. Bir so‘z bilan aytganda, adabiyot odam bolasida chin insoniy fazilatlarni shakllantiradi. Unutmasligimiz kerakki, shaxsiyati mazkur mezon va fazilatlardan mosuvo kimsa halol va yaxshi ishchi yoki xizmatchi tugul, tom ma’nodagi inson ham bo‘la olmaydi. Fuqarolarida ushbu mezon va fazilatlar shakllanmagan jamiyatda esa sof ma’naviy-iqtisodiy taraqqiyotning bo‘lishi mumkin emas. Bunday jamiyatni bir-birini aldovchi, talovchi, bir-birining haqini yeyishdan qo‘rqmaydigan beshafqat olomon, desak, sira-sira xato qilmaymiz.

Achchiq bir haqiqatni tan olaylik, ayni paytda ko‘pchilik mutolaa qilishga ajratiladigan vaqtini bemaza qovunning urug‘iday ko‘payib ketgan seriallarga, ko‘ngilochar gazetalar, ularda bosilayotgan oldi-qochdi, badiiylikdan ming chaqirim yiroq “hikoya”larga sarflamoqda. Ular milliy va jahon mumtoz adabiyotiga mansub asarlarnigina emas, umuman har qanday kitobni agar u andak o‘yga toldiradigan, tafakkurga chorlaydigan jiddiyroq bo‘lsa, o‘qishni xohlashmayapti.

Yana bir gap, bugungi kunda biz farzandlarimiz kitobdan uzoqlashib borayapti, degan gapga yopishib olib, bunda darrov zamonaviy texnika va texnologiyalarni, internetni ayblashga tushamiz. Holbuki, globallashayotgan dunyoda butun insoniyat texnikadan unumli foydalanmoqda, lekin ular kitoblarni, ayniqsa, mumtoz adabiyotni aslo chetga surib qo‘yishayoganlari yo‘q. Kitobxonlik darajasi borasida jahon mamlakatlari reytinglarini ko‘rib chiqib, bunga ishonch hosil qilasiz. Xorijda ushbu muammoni hal qilish yo‘llari avvalgidan qizg‘inroq, jiddiyroq yo‘sinda olib borilmoqda. Turli anjumanlar, muhokamalar, adiblar bilan uchrashuvlar, kitob bayramlari sifati ortib bormoqda. O‘rta maktablar dasturiga mutolaa bo‘yicha maxsus darslar kiritilmoqda. Bu darslarda o‘quvchilarda kitobga muhabbat, matnni tushunib, to‘g‘ri talqin qilish, eslab qolish ko‘nikma va malakalari shakllantirilmoqda. Buning natijasida AQSh, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya, Finlyandiya mamlakatlarida kitobxonlar soni ancha ko‘paygan.

Bugun kitob do‘konlarimizda, axborot resurs markazlaridagi kitoblar orasida durdona milliy yodgorliklarimizdan – “Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘otit turk”, “Temur tuzuklari”, “Xamsa”, “Boburnoma” singari asarlarni uchratish amrimahol. Zamonaviy, iste’dodli shoirlarimizning she’riy kitoblari ham sotuvlarda deyarli yo‘q hisobi. Alisher Navoiyning yigirma jilddan iborat asarlari ma’lum bir tirajlarda bosilib chiqdi. Ammo nazarimizda bular kam, chunki Navoiy nafaqat maktab va institut kutubxonalari, balki har bir o‘zbek xonadonida bo‘lishi zarur. Navoiyni qo‘ya turing, hatto Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani har yuzta o‘quvchidan bir yoki ikkitasiga to‘g‘ri kelayotganiga nima deysiz?! Qodiriyning eng mashhur asari shunchalik kam tirajda bosilayotgan ekan, boshqalar haqida gapirmay qo‘ya qolaylik.

Kitob savdosi va narxi eng og‘riqli nuqtamizga aylangan, desam aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Ammo kitob kartoshka yoki piyoz emas, kitob bu kitob. Uni bir kunda yoki bir oyda sotib, ayniqsa, undan tezda foyda ko‘rib bo‘lmaydi. Kitoblar taqchilligi borasida gap ketganda avvalo narx muammosiga duch kelamiz. Ochig‘i, bizda kitoblar qimmat, qolaversa, hammasi kelishilgan narxlarda. Toshkentda o‘n ming so‘m turgan kitob Buxoro yoki Surxondaryoda ikki-uch baravar qimmat sotilyapti. Bu ham kitobxonlarnng shashtini ancha pasaytiradi, kitob narxi siyosatida ko‘plab chalkashliklarni keltirib chiqaradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa, demak, kitoblar mazmunan yuksak saviyada, sifatli, arzon hamda qat’iy narxlarda bo‘lishi kerak.

Hozir televizor va matbuotda chiqish qilayotgan ko‘pgina noshirlar, mutaxassislar bu borada aniq takliflar berishga ojizlik qilishyapti. Bizningcha, buning yechimi bor, bu ham bo‘lsa, adabiy doirada e’tirof etilgan, mutaxassislar tavsiya etgan kitoblarni yirik tirajlarda chop etish. Takror bo‘lsa-da aytamizki, muallif, kitob va kitobxon o‘rtasidagi uzilishni tiklash uchun bosilayotgan kitoblarning adadini qo‘rqmasdan oshirgan holda kitob bahosini tubdan arzonlashtirish lozim. Bunday kitoblar do‘konlarda uzoq vaqt turib qolmaydi. Qolaversa, kitob mualliflari bo‘lgan zahmatkash ijodkorlar ham mehnatiga yarasha qalam haqi, ya’ni rag‘bat oladi. Moddiy va ma’naviy rag‘bat esa ularni yanada yaxshi asarlar yozishga, kerak bo‘lsa, o‘z asarlari bilan dunyo adabiyotiga chiqishga undashi turgan gap.

Xullas, kitob chiqarish va sotish borasida murakkabliklar va chalkashliklar juda ko‘p. Oddiygina misol, bir ijodkor tanishimiz o‘tgan yili nufuzli nashriyotda o‘z hisobidan kitob chiqardi. Nashriyot kitoblarni chiqarib berishga berdi-yu, ammo muallif bir necha yillar mehnat qilib yozgan kitobini endilikda kimga, qaerda sotishni bilolmay hayron. Albatta, muallif bir necha kitob do‘konlariga ham murojaat qildi, lekin kitob do‘konlari ham jismoniy shaxsdan kitob olishni ma’qul ko‘rmadi, shekilli, sotib olishni istashmadi. To‘g‘risi, bunday misollarni juda ko‘plab keltirish mumkin. Shu o‘rinda aniq taklif shuki, respublika bo‘yicha kitob savdosi bilan shug‘ullanadigan, shuning uvol-savobiga javob beradigan muassasa bo‘lishi lozim.

Bizda hozir ta’lim tizimida o‘n mingdan ziyod maktab, 1800 ta kollej, 60 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari bor. Xo‘sh, bugun Xalq ta’lim vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, ularning joylardagi boshqarmalari tomonidan insonni tafakkurga chorlaydigan birorta nasriy yoki she’riy kitobga o‘n ming yoki yigirma ming nusxada buyurtma tushayaptimi? Holbuki, nashr etilayotgan kitoblardan o‘n mingtasini Xalq ta’limi tizimi olganda ham har bitta maktabga atigi bittadan kitob to‘g‘ri keladi.

Shu o‘rinda kitoblar saviyasi va albatta, mualliflar masalasiga ham to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Bugun axborotlar oqimi nihoyatda katta, cheksiz. O‘quvchi shu axborotlar orasidan eng saralarini, o‘ziga ma’qulini, muhimini tanlab, saralab olib o‘qishi kerak. Buning uchun eng yaxshi asarlar yuzasidan xolis ilmiy munozaralar, amaliy mashg‘ulotlar olib borilishi maqsadga muvofiq. Yaxshi kitoblarning televidenie, OAVdagi targ‘ibot va taqdimotlari ham ayniqsa, katta samara beradi. Albatta, qaysi asarni o‘qish har kimning shaxsiy ishi. Birovni zo‘rlab bunga qiziqtirib bo‘lmaydi. Lekin afsuski, bugun iste’dodli shoir yoki adib kitobini chiqarolmay, chiqargan taqdirda ham sotolmay o‘tirgan bir paytda adabiyotga mutlaqo aloqasi yo‘q kimsalar badiiyatdan yiroq, hatto insoniy odob-axloqqa zid bo‘lgan jild-jild kitoblarni chop etib, do‘konlaru maktab va kollej o‘quvchilarini o‘z “ijod”laridan bahramand etishmoqda. Ko‘plab xususiy nashriyotlar kitobning nonday aziz va pokligiga putur yetkazib, maza-matrasiz, imloviy xatolar g‘ij-bij kitoblarni chiqarish ishiga o‘z “hissa”larini qo‘shishmoqda. Alal-oqibatda bu bir jihatdan zukko yoshlarni kitobdan bezdirib qo‘ysa, ikkinchidan odamlarning tarbiyasiga, ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunga esa aslo loqayd qarab bo‘lmaydi. Bizningcha, umuman, ta’lim maskanlaridagi kutubxonalarga badiiy adabiyot niqobi ostida soxta va sayoz narsalarni turli yo‘llar bilan kirib kelishiga zinhor yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Nazarimizda, kitobga, kitob mutolaasiga munosabatni tubdan o‘zgartirish uchun avvalo, ziyoli o‘qituvchilarga suyanishimiz kerak. Ya’ni kitob targ‘ibotchilari qanchalik bilimli, ziyoli bo‘lsa, shuncha ijobiy natijaga erishish mumkin. Aytish kerakki, kitob chiqarish va sotish bu cho‘ntakni qappaytirish yoki biznes qilish emas. Kitoblar qaysi janr yoki mavzuda bo‘lishidan qat’i nazar, u ma’naviyat quroli ekanini mas’uliyat bilan to‘la-to‘kis anglashimiz lozim. Iqtisodiy zararni hamma vaqt to‘ldirish mumkin, lekin ma’naviy ziyonni qoplab bo‘lmaydi. So‘zning, adabiyotning qadrini qanchalik yuksak ko‘tarsak, madaniyatimiz, ma’naviyatimiz shunchalik yuksaladi. Mana shunda chalasovodlikdan xalos bo‘lamiz, mana shunda bolalarimiz jinoyatchilik, turli bema’ni oqimlar ko‘chasidan ming chaqirim uzoqda bo‘ladi. O‘zining kimligini, o‘zligini bilgan inson ota-ona, ona Vatan, vatanparvarlik degan muqaddas qadriyatlarning tub mohiyatini anglashga qodir bo‘ladi.

Kitob tafakkur qanotidir, degan edi alloma adibimiz Oybek. Biz bugun yangi davrga qadam qo‘ydik. Dunyo yana ilmga, tafakkur — intellektga intilmoqda. Zero, insoniyat uchun faqat va faqat tafakkurgina najot bo‘la oladi. Chindan ham ulug‘ va mo‘’tabar kitoblar insoniylik, halollik, shafqat va imon urug‘larini qalbimizga ekadi. Bizni olamshumul kashfiyotlar, buyuk bunyodkorliklar sari da’vat etadi. Mushkul onlarimizda bizga hammaslak va do‘st bo‘lib to‘g‘ri va oqil yo‘lni ko‘rsatadi. Shu boisdan hayotimizda “o‘qimishli inson” degan ibora boshqacha jaranglaydi.

Olim, ziyoli insonlarni izzat-hurmat yuzasidan uyimizning to‘riga o‘tkazsak, bilimsiz kishidan biror xatolik o‘tganda “ha, endi, kitob ko‘rmagan bir bechora-da”, deya aybini kechirib yuboramiz. Dunyo bizga havas bilan boqadigan o‘qimishli va kitobxon mamlakat bo‘lishimiz uchun kitoblar shunchaki javon bezagi emas, balki ko‘nglimizning bebaho mulkiga aylanishi kerak. Shundagina farzandlarimiz qalbiga ezgu g‘oyalarni singdirib, ularni komil inson qilib tarbiyalashimiz mumkin.

Abdumajid AZIMOV,

Adiba UMIROVA

“Hurriyat” muxbirlari

YOSHLAR O’RTASIDA KITOBXONLIK VA MUTOLAA MADANYATINI YUKSALTIRISH VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M.Abdirahimova

Ma’naviyatni yuksaltirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasi insonni ma’naviy kamolot sari yetaklashini, insonni har tomonlama yetuk, komil shaxs sifatida shakllanishidagi o’rni nihoyatda beqiyosdir. Jumladan, sharq mutafakkirlari qarashlarida, g’oyalarida, asarlarida inson kamoloti, ma’naviy yetuklik, vatanparvarlik, ta’lim-tarbiya kabi masalalarda qimmatli ma’lumotlar berib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Похожие темы научных работ по наукам о Земле и смежным экологическим наукам , автор научной работы — M.Abdirahimova

KITOB VA KITOBXONLIK – INSON MA`NAVIYATINING KO`ZGUSI
KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH – DAVR TALABI
BADIIY ADABIYOTLAR TARG‘IBOTI VA ULARNING INSON HAYOTIDAGI O‘RNI
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KITOB O’QISHGA QIZIQTIRISHDA PSIXOLOGIYANING O’RNI

OILADA YOSHLARNI TOLERANT MADANIYATLI QILIB TARBIYALASHDA BESH MUHIM TASHABBUS IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMIL SIFATIDA

i Не можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING LITERATURE AND READING CULTURE AMONG YOUNG PEOPLE AND ITS CHARACTERISTICS

The role of spirituality , the formation of a culture of reading among young people, reading books leads to spiritual maturity, the formation of a person as a fully developed, perfect person is incomparable. In particular, the views, ideas and works of Eastern thinkers provide valuable information on issues such as human maturity, spiritual maturity, patriotism, education

Текст научной работы на тему «YOSHLAR O’RTASIDA KITOBXONLIK VA MUTOLAA MADANYATINI YUKSALTIRISH VA UNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Scientific Journal Impact Factor

YOSHLAR O’RTASIDA KITOBXONLIK VA MUTOLAA MADANYATINI YUKSALTIRISH VA UNING O’ZIGA XOS

M.Abdirahimova – Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti “Xorijiy tillar”

Annotatsiya: Ma’naviyatni yuksaltirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasi insonni ma ‘naviy kamolot sari yetaklashini, insonni har tomonlama yetuk, komil shaxs sifatida shakllanishidagi o ‘rni nihoyatda beqiyosdir. Jumladan, sharq mutafakkirlari qarashlarida, g’oyalarida, asarlarida inson kamoloti, ma’naviy yetuklik, vatanparvarlik, ta’lim-tarbiya kabi masalalarda qimmatli ma ‘lumotlar berib o ’tilgan.

Kalit so’zlar: Ma’naviyat, yoshlar, madaniyat, kitob mutolaasi, komil shaxs, g ‘oyalar.

Аннотация: Роль духовности, формирование у молодежи культуры чтения, чтение книг ведет к духовной зрелости, становление человека как полноценного, совершенного человека несравнимо. В частности, взгляды, идеи и работы восточных мыслителей предоставляют ценную информацию по таким вопросам, как человеческая зрелость, духовная зрелость, патриотизм, образование.

Ключевые слова: духовность, молодежь, культура, чтение, совершенствование, идеи.

Abstract: The role of spirituality, the formation of a culture of reading among young people, reading books leads to spiritual maturity, the formation of a person as a fully developed, perfect person is incomparable. In particular, the views, ideas and works of Eastern thinkers provide valuable information on issues such as human maturity, spiritual maturity, patriotism, education.

Keywords: Spirituality, youth, culture, reading, perfection, ideas.

Abu Rayhon Beruniyning qarashlarida “. insonga katta sharaf ko’rsatilgan -unga aql-zakovat va kuch armug’on etilgan. Shu sababdan, insonning ma’naviy qiyofasi uning oldiga qo’yilgan vazifalarga mos bo’lishi uchun u yuksak ahloqli, bilimli, ma’rifatli bo’lmog’i darkor. “-deya ta’kidlangan. Ma’rifat, ziyo, komillikka erishish avvalo mutolaa bilan, ilm-fan sirlarini puxta egallash bilan qo’lga kiritiladi. Bu borada eng yaqin ko’makchi kitobdir. Kitob insoniyat tomonidan yaratilgan betakror mo”jizadir. Kitob insonni tarbiyalash xususiyatiga ega bo’lgan eng yaqin

kafedrasi katta o’qituvchisi

Scientific Journal Impact Factor

do’stdir. Kitob haqida uning insonni kamolotga yetishidagi o’rni haqida qimmatli fikrlar, tashbehlar nihoyatda ko’pdir.

Mamlakatimizda keyingi yillarda yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini targ’ib qilish borasidagi ishlar ko’lami sifat darajaga ko’tarildi.

Xususan, O’zbekiston prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi № 781-sonli qarori bilan 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturi va boshqa qator hujjatlar soha rivoji uchun dasturul amal vazifasini o’tamoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi № 781-sonli qarori bilan 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash milliy dasturini uch bosqichda amalga oshirish ko’zda tutilgan. I bosqich – 20202021 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo’yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillash-tirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; II bosqich -2022-2023 yillarda kitobxonlikka oid infratuzilmani mustahkamlash; III bosqich -2024-2025 yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirish, ularning intellektual salohiyati o’sishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilash kabi muhim mezonlar belgilangan.

Shuningdek, aholi, avvalo, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, nashriyotlar va ijodkorlar faoliyatiga ko’maklashish, bolalarga mo’ljallangan adabiyotlarni chop etishni qo’llab-quvvatlash, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, respublikaning olis hududlarida va yoshga doir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, aholining kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini tizimli o’rganib borish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish kabi dolzarb vazifalar ko’zda tutilgan.

Kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash tizimini ishlab chiqish, «Eng yaxshi kitobxon hudud», «Eng yaxshi kitobxon mahalla», «Eng yaxshi kitobxon ta’lim muassasasi» kabi reytinglarni joriy etish va boshqa muhim vazifalar belgilangan.

Kitobxonlik madaniyati haqida so’z borar ekan, avvalo yoshlarga kitob o’qish qoidalari va turlari haqida ma’lumotlar, tushunchalar berish lozim bo’ladi.

O’qish – nutq faoliyatining murakkab turi bo’lib, u ikki jihatga ega: ya’ni, texnik jihati – o’qish va tez o’qish ko’nikmalarini egallash va ijodiy jihati – matndan zarur ma’lumotni tanlab olish.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Mutolaa qilinayotgan manbani mazmunini o’zlashtirish darajasi bo’yicha quyidagi o’qish turlari ajratiladi: ko’rib chiqiladigan o’qish – umumiy taassurotga ega bo’lish uchun; tanishuv o’qish – umumiy mazmunni tushinish uchun; ajratuv o’qish -ma’nosini chuqur tushinib olish uchun o’qish voida va turlari ko’rsatilgan.

Ko’rib chiqiladigan o’qish odatda tanishuv va o’rganuv o’qishdan oldin amalga oshiriladi. Kitob mazmuni, uning boblari va paragraflari, asar muallifi bilan tanishish zarurati bo’lganda foydalaniladi.

Ko’rib chiqiladigan o’qish jarayonida odatda titul varag’i, mundarija, ayrim xat boshi va gaplar o’qib chiqiladi. Ushbu ma’lumotlarning o’zi shu manba qay darajada kerakligini hal etishga yordam beradi

Tanishuv (tanlov) o’qish bir necha manbalardan ma’lum savollarni ajratib olish, shuningdek olingan ma’lumotlarni taqqoslash va solishtirish, ushbu masala bo’yicha o’z qarashini ishlab chiqish uchun ishlatiladi.

O’rganuv o’qish – o’qishning faol turi. Siz e’tibor berib, ma’lumot ustida to’xtalib va o’ylab o’qiganingizda foydalaniladi. Matndagi bosh fikrni, uning maqsadini, isbotlar mantiqini tushunib olish, sizning oldingizga qo’yilgan savollarga javob qidirishga mo’ljallangan. Ushbu o’qish turi materialni o’rganishda ketma-ketlikni talab qiladi (paragraflar, boblar, qismlar bo’yicha), matn haqida shahsiy fikrni tuzishga yo’llaydi, ma’lumotni tanqidli qabul qilish ko’nikmasini shakllantiradi.

Ilmiy adabiyotlarni o’qish tartibiga doirfikrlar quyidagilardan iborat. Bunda, O’qish jiddiy va chuqur fikrli bo’lmog’i lozim

Quyidagilar muhim hisoblanadi. O’qib chiqilgan materiallarni tahlil qilish, tushunarsiz atama va tushunchalar mohiyatini aniqlash, muhim bo’lgan savollarga javob axtarish kabilar.

Barkamol avlodni voyaga yetkazishda kitobning tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir. Binobarin, aynan mutolaa insonga bilim va axborot beradi, uning ma’naviy olamini boyitadi. Yaxshi kitob eng murakkab savollarga javob topishga ko’maklashadi.

“NOP World” xalqaro reyting agentligi ma’lumotlariga ko’ra, dunyoda odamlar haftasiga 16,6 soat vaqtini televizor ko’rishga sarflasa, 8,9 soatni kompyuter qarshisida o’tkazadi, 6,5 soatni esa mutolaaga ajratadi. 2016 yilda haftasiga eng ko’p kitob o’qiydigan mamlakatlar ro’yxatida Hindiston — 10,7, Tailand — 9,4, Xitoy — 8, Filippin — 7,6, Chexiya — 7,4, Rossiya — 7,1, Shvesiya — 6,9, Fransiya — 6,9 va Vengriya — 6,8 soat bilan yuqori o’rinlarni egalladi.

Noshirlik faoliyati rivojlanib, kitob mutolaasi yanada ommalashib borayotgani muloqotning audio, video vositalari, radio, televidenie, axborot-kommunikatsiya tarmoqlari hayotimizdan chuqur o’rin egallashi bilan odamlarda kitob o’qishga qiziqish yo’qoladi, degan fikr xato ekanligini ko’rsatmoqda. Shubhasiz, ommaviy

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

axborot vositalarining yangi turlari paydo bo’lishi natijasida kitobxonlik birmuncha pasaygan bo’lsa-da, matbuot odamlarda kitob mutolaasiga qiziqishni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Qator agentliklarning jahonda kitobga bo’lgan talabni o’rganishi shuni ko’rsatdiki, so’nggi 30 yilda bir nomdagi kitob mahsulotlarini chiqarish uch baravar, adadi bo’yicha 4 baravar ko’paydi. Bugungi kunda dunyoda har yili qariyb bir million nomda kitoblar chop etiladi. Masalan, AQShda kishi boshiga 10 ta, Rossiyada 9,5 ta, Fransiyada 5 ta, Xitoyda 3,5 ta kitob bosilmoqda.

Mamlakatimizda noshirlik ishining zamonaviy huquqiy asoslari yaratilgan. O’tgan davr mobaynida 10 dan ortiq qonunlar, 30 dan ziyod qonunosti hujjatlari qabul qilindi. 1 ming 677 ta matbaa korxonasi, 118 ta nashriyot davlat ro ‘yxatiga olindi. Ilg’or texnologiyalar bilan jihozlangan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi, 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazi, tuman markazlari va shaharlardagi ta’lim muassasalarida 200 ga yaqin axborot-resurs markazlari aholiga axborot-kutubxona xizmatlari hamda “Kitob olami”, “Sharq ziyokori” va “O’zdavkitobsavdota’minoti” majmualari tomonidan esa kitob savdosi xizmati ko’rsatish yo’lga qo’yilgan. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida tashkil etilgan “Ijod” jamoat fondi yozuvchi va shoirlar, ayniqsa, yosh ijodkorlarning birinchi kitoblarini ko’p ming nusxada nashr etmoqda.

Bugungi kunda xalq ta’limi tizimida 9576 ta axborot-kutubxona muassasalari mavjud bo’lib, shundan 12 tasi viloyat, 199 tasi tuman (shahar) va 928 tasi maktab axborot-resurs markazlari hamda 8648 tasi maktab kutubxonalari hisoblanadi. Ularga jami 4 047 738 nafar o’quvchilar a’zo bo’lgan.

Axborot-resurs markazlari, kutubxonalarda bugungi kunda jami 23 mln. dan ortiq kitob fondi mavjud. Ularning kitob fondini boyitish maqsadida har yili o’quvchilarga sinfdan tashqari mutolaa uchun badiiy adabiyotlar xarid qilinadi.

O’quvchilar orasida kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida turli madaniy-ma’rifiy, intellektual tadbirlar o’tkazib kelinmoqda. O’quvchilar va ularning ota-onalari o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish va rag’batlantirish maqsadida ta’lim muassasalarida “Kitob taqdimoti”, “Adabiyot kunlari”, “Kitobim-oftobim” nomli ma’rifiy tadbirlar, “Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari” xayriya tadbiri va ota-onalar ishtirokida “Bir farzandga – uch kitob” aksiyalarini hamda “Eng yaxshi kitobxon o’quvchi” va “Kitobxon maktab” tanlovlarini o’tkazish yo’lga qo’yilgan.

ADABIYOTLAR RO’YXATI (REFERENCES)

1. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi

// Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

Scientific Journal Impact Factor

2. Po’latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta’limning rivojlanish bosqichlari. //”SCIENCE AND EDUCATION” Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

3. Po’latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma’rifatga qo’shgan xissasi.// “SCIENCE AND EDUCATION” Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

4. PULATOV SH.N. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 468-474 P.

5. Pulatov Sh.N.Sankhya-ancient Indian philosophical school. //PUSTAK BHARATI RESEARCH JOURNAL// JAN-June. ISSUE Toronto, Canada. No: 1-2, 2020.

6. Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san’atiga qo’shgan hissasi. //

“Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences”

Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

7. Sulaymonov J.B. Ibn Xaldun ijtimoiy-falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar//Falsafa va huquq jurnali. 2019 yil 1-soni. 42-45 betlar.

8. Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.

9. Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

METODIKADAN TAQDIMOT, MAVZU: “MAKTABGACHA TA’LIM”

Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.

таълим.pptx

METODIKADAN TAQDIMOT, MAVZU: “MAKTABGACHA TA’LIM”

MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI GEOLOGIYA VA GEOGRAFIYA FAKULTETI GEOGRAFIYA YO`NALISHI 3­ BOSQICH TALABASI DAVLATOVA DILSHODANING GEOGRAFIYA O`QITISH METODIKASI FANIDAN TAQDIMOTI QABUL QILDI: p.f.n.dots. B.X. Nikadanbayeva

METODIKADAN TAQDIMOT, MAVZU: “MAKTABGACHA TA’LIM”

MAKTABGACHA TA’LIM Maktabgacha ta`lim tushunchasi Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang’ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bulgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6­7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir

METODIKADAN TAQDIMOT, MAVZU: “MAKTABGACHA TA’LIM”

Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “ Maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.

METODIKADAN TAQDIMOT, MAVZU: “MAKTABGACHA TA’LIM”

METODIKADAN TAQDIMOT, MAVZU: “MAKTABGACHA TA’LIM”

Maktabgacha ta`lim tizimi Maktabgacha ta’lim muassasalari – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi.

METODIKADAN TAQDIMOT, MAVZU: “MAKTABGACHA TA’LIM”

METODIKADAN TAQDIMOT, MAVZU: “MAKTABGACHA TA’LIM”

O’zbekistonda maktabgacha ta`lim muassasalarining zamonaviy tizimi Maktabgacha ta`lim muassasalari, faoliyat yo’nalishiga ko’ra, quyidagi turlarga bo’linadi:  • Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog’chasi, bolalar bog’chasi, uydagi bolalar bog’chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida).  • Maktabgacha tarbiya va boshlang’ich ta`lim mussasasi (bolalar bog’chasi­maktab).  • Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo’nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari.  • Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og’ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog’chasi.  • Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog’lomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog’lomlashtirish bog’chasi.  • Birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog’chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog’lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko’rinishda kiradi).

METODIKADAN TAQDIMOT, MAVZU: “MAKTABGACHA TA’LIM”

Maktabgacha ta`lim muassasalarining asosiy maqsadlari  Maktabgacha ta`lim, olinish shakli va usullaridan qat`iy nazar, quyidagi maqsadlarni o’z oldiga qo’yadi:  • Bolalarni maktabda o’qishga maqsadli va tizimli tayyorlash;  • Bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste`dodlarini rivojlantirish;  • Bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish;  • Bolalarda yuqori ma`naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish;  • Bolalarning jismoniy va ruhiy sog’ligini mustahkamlash.  Maktabgacha ta`lim maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy va xayri tashkilotlari, mahalla, xalqaro fondlar faol ishtirok tadilar.

METODIKADAN TAQDIMOT, MAVZU: “MAKTABGACHA TA’LIM”

Umumiy o`rta ta’lim Umumiy o’rta ta`lim tushunchasi  Umumiy o’rta ta`limning maqsadi ishtirokchilarni madaniy va maishiy, xalq xo’jaligining turli sohalarida faoliyat ko’rsatish uchun zarur bo’lgan fan asoslarining tizimli bilimlari, mahorat va malaka bilan qurollantirishdan hamda maxsus ta`lim olish (kasb­hunar, texnik, o’rta, oliy) imkoniyatini yaratishdan iboratdir. Umumiy o’rta ta`lim tizimi  O’zbekistonda majburiy, bepul, muddati 9 yildan iborat bo’lgan umumiy o’rta ta`lim mavjud bo’lib, u boshlang’ich (1­4­ maktab sinflari) va o’rta (5­9­ maktab sinflari) ta`limga bo’lingan.

METODIKADAN TAQDIMOT, MAVZU: “MAKTABGACHA TA’LIM”

METODIKADAN TAQDIMOT, MAVZU: “MAKTABGACHA TA’LIM”

Imkoniyatlari  Boshlang’ich ta`lim umumiy o’rta ta`lim olish uchun zarur bo’lgan bilim va malakaning, savodxonlik asoslarining shakllantirilishiga yo’naltirilgan. Birinchi sinfga bolalar 6­7 yoshdan qabul qilinadi.  Boshlang’ich ta`lim O’zbekistonda majburiy, bepul va barchaga taalluqli hisoblanadi. Bu maktab yoshiga etgan barcha bolalar umumiy yoki maxsus (nogiron bolalar va rivojlanishdan orqada qolgan bolalar) boshlang’ich maktabga borishlarini bildiradi. Bolalarni boshlang’ich ta`limga jalb qilish mos keluvchi yoshidagi bolalarning 100% tashkil qiladi. Bola boshlang’ich maktabni tugatar kan, u o’qish, yozish va hisoblash mahoratiga ga bo’lishi kerak. O’quvchiga nazariy fikrlash elementlari, o’rgatilgan harakatlarni boshqarish mahorati singdirib boriladi. Nutq madaniyati, shaxsiy gigiena asoslari, sog’lom hayot tarzi va jamiyatda o’zini tutish bilimlari ham berib boriladi. O’quv fanlarining sifat va tirkibi boshlang’ich maktabda, maktab turi va o’qitish sharoitlariga ko’ra o’zgarib turadi.  Maktabning barcha birinchi sinf o’quvchilari bepul o’quv kitoblari va o’quv asboblari bilan ta`minlanadi. 1996 yildan beri kam ta`minlangan oilalardan bo’lgan 1­9­ sinf o’quvchilari har yili davlat byudjeti hisobidan o’quv ashyolari hamda qishki kiyim komplektlari bilan ta`minlanadi. O’zbekistonda boshlang’ich va o’rta ta`lim tashkil qilinishi va tarkibiga ko’ra bir ­ biri bilan bevosita bog’liq. Har bir umumta`lim maktabi ikkala pog’onada umumiy o’rta ta`limni amalga oshiradi. Bu boshlang’ich maktabda bitiruvchilarning to’liq hisobini olib borishni va umumiy o’rta ta`lim tizimida uzluksizlikni ta`minlaydi.

METODIKADAN TAQDIMOT, MAVZU: “MAKTABGACHA TA’LIM”

METODIKADAN TAQDIMOT, MAVZU: “MAKTABGACHA TA’LIM”

 Umumiy o’rta ta`lim kerakli bilim hajmi, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, tashkiliy mahorat va amaliy tajriba poydevorini qo’yib, boshlang’ich professional yo’nalishni va ta`limning keyingi pog’onasini tanlashda ko’maklashadi.  Umumiy o’rta ta`lim boshlang’ich ta`limning mantiqiy davomi bo’lsa ham, tarkibiy sifatiga va o’qitish uslubiga ko’ra farq qiladi. Umumiy o’rta ta`lim ishtirokchining ijtimoiy mavqeini belgilab olishga bo’lgan ishtieq, qiziqish va qobiliyatlarini, uning shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlaydi. O’quvchi o’rta maktabda fan asaslari bo’yicha tizimli bilimlarni oladi. Ta`lim jarayonida keng duneqarash shakllanishi va ijodiy fikrlash qobiliyati paydo bo’ladi. Xalqning boy ma`naviy va madaniy me’rosi bilan tanishtirib borish orqali bolada atrofdagi olamga bo’lgan g’amxo’rlik hissi uyg’otib boriladi. O’rta maktab o’quvchilar uchun maktab fanlarini mustaqil o’rganishga keng imkoniyatlar ratib beradi. O’rta ta`limning tarkibiy qismiga majburiy va qo’shimcha komponentlar kiradi.  Majburiy komponent davlat ta`lim standartlari bilan aniqlanadi va ishtirokchining minimal kerakli tayyorgarlik darajasini belgilaydi. Uning muvaffaqi ti o’rta ta`lim muassasalari tomonidan kafolatlanadi. Bu komponent davlat va jamiyat buyurtmasi, shaxsning qiziqish va talabi asosida belgilanadi.

METODIKADAN TAQDIMOT, MAVZU: “MAKTABGACHA TA’LIM”

 Qo’shimcha komponent ishtirokchining talab va qobiliyatidan, maktabning moddiy­texnik va kadrlar bilan ta`minlanganlik darajasidan, territoriyaning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga bo’lgan talablardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Qo’shimcha o’quv vazifalar hajmi Xalq Ta`lim Vazirligi tomonidan belgilangan normativlar asosida taqsimlanadi. Maktabning o’quv tarbiyaviy ishlari, Xalq Ta`lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan, Bazisli uquv rejasi va umumiy o’rta ta`limning o’quv dasturlari orqali amalga oshiriladi.  O’quv fanlari, umumiy ta`lim dasturlari ro’yxati, o’quv vaqtining davomiyligi Bazisli uquv reja va umumiy o’rta ta`limning davlat ta`lim standartlari bilan belgilanadi.  Umumiy o’rta ta`lim qatnab o’qish va bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi orqali amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga davlat attestatlari, alohida muvoffaqiyatlarga erishganlarga esa imtiyozli attestatlar beriladi.  Mustaqil ravishda umumiy ta`lim dasturini o’zlashtirgan ishtirokchilarga, Xalq ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Eksterna haqidagi nizomga asosan, eksterna tartibda attestatsiyadan o’tish huquqi beriladi.