Press "Enter" to skip to content

Qanday qilib har kuni bittadan kitob o‘qish mumkin

Ba’zi malumotlar tayyorlanish jarayonida, shuning uchun ham hozircha ularga havola qo’yilmagan. Bir ozdan keyin qo’shib qo’yiladi.

Qanday qilib kitob yozish mumkin

So‘nggi yillarda bolalar va yoshlarning kitobga kiziqishi kamayib ketgani to‘g‘risida gap-so‘zlar tez-tez quloqqa chalinadigan bo‘lib qoldi. Axborot texnologiyalarining keng tarqalishi hamda axborot olish va ko‘ngil yozish uchun yangidan-yangi vositalarning paydo bo‘lishi natijasida ko‘plab ota-onalar farzandini kitob mutolaasiga jalb etishga qiynalmoqda. Mazkur masala O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlar saylovoldi dasturidan ham o‘rin oldi.

“Yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, aholining kitobxonlik ko‘nikmasini yanada yuksaltirishga alohida e’tibor qaratamiz”, — deyiladi O‘zLiDePdan nomzod Shavkat Mirziyoyev dasturida. Bundan tashqari, u “milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini Internet tarmoqlariga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilish ishlariga” ham urg‘u qaratgan.

“Milliy tiklanish” partiyasidan nomzod Sarvar Otamuratov ham yosh avlodni kitobga muhabbat ruhida tarbiyalashni qo‘llab-quvvatlashini belgilab olgan. Buning uchun u O‘zbekiston xalqining tarixi, ma’naviy-madaniy merosiga doir adabiyotlarni nashr etish bilan shug‘ullanayotgan mualliflar, bosmaxonalar, nashriyotlarni iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish, ularga soliq va boshqa to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar berishni taklif qilmoqda.

“Gazeta.uz” o‘quvchilarning bu boradagi fikrini o‘rganishga qaror qildi: Siz yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishi tushib ketgan deb hisoblaysizmi? Sizningcha yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasini kuchaytirish uchun nima qilish kerak?

O‘z fikr-mulohazangizni quyida yozish yoki ushbu havola orqali maxsus so‘rovnomani to‘ldirishingizni so‘raymiz. Javoblaringiz O‘zbekiston hukumatida tashkil etilgan maxsus ishchi guruhiga o‘rganish uchun taqdim etiladi.

Qanday qilib har kuni bittadan kitob o‘qish mumkin?

Ma’lum bo‘lishicha, kattalar bir daqiqa ichida o‘rtacha 120–180 ta so‘z o‘qir ekan. Kitobning standart hajmi — 60 000—10 000 so‘zdan iborat. Keling, hisoblab ko‘ramiz.

Agar o‘rtacha tezlik bilan bir daqiqada 150 ta so‘z o‘qisangiz, 80 000 so‘zdan iborat bo‘lgan kitobni taxminan 9 soat ichida o‘qib chiqasiz. Agar tez o‘qish yo‘llarini o‘rganib olsangiz, buni undan ham tezroq amalga oshirishingiz mumkin.

Periferik ko‘rishdan foydalaning

So‘zning o‘ziga emas, balki ikki so‘z o‘rtasidagi oraliqqa qarang. Birdaniga ikkala so‘zni ham o‘qishga harakat qiling, keyin esa nigohingizni navbatdagi so‘zlar juftligiga qarating.

Malaka hosil qilish uchun iborani tez ko‘zdan kechiring, keyin esa uni yana takrorlang. O‘qish vaqtida satrlarning o‘rtasiga qarang, chetdagi so‘zlarga diqqatingizni qaratmang.

Keyin so‘zlarni guruhlar bo‘yicha o‘qishni sinab ko‘ring. Bitta guruh — bu nigohni olmasdan o‘qish mumkin bo‘lgan va bir-biriga yaqin joylashgan 4–16 ta so‘z.

Boblarni tez ko‘rib chiqing

Boblarning nomlarini va bir necha birinchi so‘z boshilarini o‘qib chiqing. Shunda siz muallif nima aytmoqchi bo‘lganini tushunib olasiz. Gap nima haqida borayotganini bilib olish uchun sarlavhadan keyingi satrlarga tez-tez ko‘z yugurtirib chiqing.

Bu usul badiiy kitoblar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Lekin u agar siz asosiy g‘oyani yoki muallif asoslarini tez aniqlamoqchi bo‘lganingizda ish berishi mumkin.

Ko‘chirmalar qiling

Tabiiyki, bunday tezlik bilan o‘qishda siz hammasini eslab qololmaysiz. Shuning uchun kerakli va asosiy ma’lumotlarni ko‘chirib oling.

Bo‘sh bo‘lgan har bir daqiqada o‘qing

Transportdami, navbatda turganingizdami, tanaffus paytida bo‘ladimi, qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar o‘qing. Seriallar tomosha qilishni o‘qish bilan almashtiring.

Agar kun davomida vaqtingiz kam bo‘lsa, audiokitoblar eshiting. Ularni ishga borishda, uy yig‘ishtirish paytida, sport bilan shug‘ullanishda ham eshitishingiz mumkin.

Asta-sekinlik bilan boshlang

Har kuni bittadan kitob o‘qish shart emas. Agar ko‘proq va yaxshiroq o‘qishni istasangiz, tezlikni asta-sekinlik bilan oshirib boring.

O‘zingizga yoqadigan kitoblarni tanlang va tajriba qilib ko‘ring. Bu sizni yanada ko‘proq o‘qishga ilhomlantiradi.

Maqola yozishni endi boshlayotganlar uchun to’liq qo’llanma

Salom hamkasblar va bo’lg’usi yozuvchilar! Sizlar bilan Umidjon Obudov va biz, uzinterbiz.com jamoamiz bilan birga, shu paytgacha yuzlab sotuvchi va axborot beruvchi maqolalar ustida ishlash mobaynida, maqola yozish bo’yicha to’plagan foydali malumotlarni sizlar bilan bo’lishmoqchiman.

Kopiraytinglikni endi boshlayotganlarning har doim qo’li ostida bo’lishi uchun, barcha malumotlarni bir joyga yig’ib, bepul qo’llanma qilib qo’ysam foydali bo’ladi degan qarorga keldim. Bu yerda siz har bir mavzu uchun batafsil yozilgan maqolalar va ko’rsatmalarga yo’naltirilgan havolalarni ko’rasiz.

Shu yerda bilmaganlar uchun “Kopirayting” so’ziga tushuntirish berib o’tsam:

Copyeriting – bu inglizcha so’z bo’lib, copy – matnli malumot, write – yozmoq, manosini anglatadi

Maqola yozuvchilar va endi boshlayotganlar diqqatiga: quyidagi maqolalarning hali yozilmaganlaridan xohlaganingizni tanlab, yozib, bizga sotishingiz mumkin. Maqolani yozish uchun qo’llanma va ko’rsatmalar beriladi.

Maqola mundarijasi ( Ochish / Yopish )

  1. Asosiy atamalar
  2. Ish qidirish
  3. Kopirayting uchun birjalar
  4. Matn bilan ishlash bo’yicha ko’rsatmalar va vositalar
  5. Sotuvchi kopirayting asoslari
  6. Matnni optimallashtirish
  7. Saytlar bilan ishlash
  8. Foydali malumotlar
  9. Kopiraytingga o’rgatuvchi kurslar

Asosiy atamalar

  • Kopirayting nima degani?
  • Kopirayter kim va u nima ish bilan shug’ullanadi?
  • Kopiraytingning asosiy qoidasi.
  • Internetda kopirayter bir oyda qancha pul ishlaydi?
  • Qanday qilib kopirayter bo’lish mumkin?
  • LSI – kopirayting nima degani?
  • Matnlarni rerayt qilish nima degani?
  • Rerayter kim o’zi?
  • Neyming nima degani?
  • Muharrir kim o’zi?
  • Kontent menejeri kim o’zi?
  • Talaba ishining muallifi nima degani va u kim?
  • Tarjimonlik kasbi
  • Yozuvchilik kasbi
  • Maqola nima degani?
  • Lending Page nima degani?

Ish qidirish

  • Portfolio nima degani?
  • Kopirayter uchun portfolioni qanday qilish kerak?
  • Ish beruvchi va buyurtmalarni qayerdan qidirish kerak?
  • Rezyumeni qanday yozish kerak?
  • Ish qidirishda aldovga tushmaslik uchun nima qilish kerak?

Kopirayting uchun birjalar

  • Kopirayterlikni endi boshlayotganlar uchun birjalar ro’yxati.
  • Maqolalar birjasining to’liq ro’yxat.
  • Etxt birjasi bo’yicha batafsil ko’rsatmalar.
  • Advego birjasi bo’yicha batafsil ko’rsatmalar.
  • Text.ru birjasi bo’yicha batafsil ko’rsatmalar.
  • TurboText birjasi bo’yicha batafsil ko’rsatmalar.
  • TextCeyl birjasi bo’yicha batafsil ko’rsatmalar.
  • Avtor24 birjasi bo’yicha batafsil ko’rsatmalar.
  • KontentMonstr birjasi bo’yicha batafsil ko’rsatmalar.
  • Kopilanser birjasi bo’yicha batafsil ko’rsatmalar.

Matn bilan ishlash bo’yicha ko’rsatmalar va vositalar

Matn bilan ishlash va tahlil qilish bo’yicha barcha xizmatlar va dasturlar. Yangi boshlayotganlar uchun texnik bo’lim.

  • Google Document bilan ishlash bo’yicha qo’llanma.
  • Google elektron jadvallari bilan ishlash bo’yicha qo’llanma.
  • Microsoft Word bilan ishlash bo’yicha qo’llanma.
  • Matn rejasini qanday tuzish kerak?
  • Maqola uchun texnik topshiriq (TT) ni qanday tuzish kerak?
  • Maqola chop qilish tartibi.
  • Qanday qilib sarlavha strukturasini to’g’ri tuzish kerak?
  • Matn xatolarini tekshirish uchun dasturlar.
  • Maqoladagi harflar sonini qanday hisoblash kerak?
  • Tinish belgilarini tekshirish dasturlari.
  • Matn imlosini qanday tekshirish kerak?
  • Maqolaning noyoblik darajasini qanday tekshirish kerak?
  • Matn noyoblik darajasini qanday ko’tarish kerak?
  • Rerayt qilish uchun dasturlar.
  • Text.ru saytiga sharh va ko’rsatmalar.
  • Glavred xizmat ko’rsatish servizi haqida.
  • Ovoz bilan matn yozish dasturlari.
  • Tahrirchi muharrir uchun ish qurollari ro’yxati.
  • Maqola uchun rasmlarni qayerdan olish kerak?
  • Bepul fotobanklar.
  • E’tiborni tortuvchi sarlavhani qanday yozish kerak?
  • Dastur va saytlar sharhlashni qanday yozish kerak?
  • Mahsulot uchun fikrni qanday yozish kerak?
  • Kompyuter klaviaturasida tez yozishni qanday o’rganish kerak?
  • Maqola yozish algoritmi

Sotuvchi kopirayting asoslari

Bu yerda men, barcha sotish va sotuvchi koperayter bilan bog’liq malumotlarga yo’naltirilgan havolalarni yig’dim.

  • Sotish texnikasi.
  • NSG (Noyob Sotuvchi Gap) – nima degani?
  • Offer nima degani?
  • AIDA modeli.
  • Kotler modeli.
  • “O’zgaruvchan achchiq” texnikasi.
  • Trigger degani nima degani va undan qanday foydalanish kerak?
  • Storytelling nima degani?

Matnni optimallashtirish

Maqolada kalit so’zlarni to’g’ri yozishni o’rgatuvchi maqolalar ro’yxati.

  • Maqoladagi «quruq gap» degani nima degani?
  • Maqolada so’zlar takrorlanishi nima degani?
  • Maqsadli auditoriya nima degani?
  • Matnda havola qo’yish turlari.
  • Sarlavha nima degani?
  • Title nima degani?
  • Description nima degani?
  • Aloqadorlik (ahamiyatlilik, relevantlilik) nima degani?
  • Qayta ulanish (havola qo’yish) nima degani?
  • Kalit so’z degani nima degani?
  • Yadro nima degani va u bilan qanday ishlash kerak?
  • Yandex Wordstat serviziga sharh.
  • Googledan kalit so’zlarni rejalashtirish.
  • Maqola uchun kalit so’zlarni qanday yig’ish kerak?
  • Bukvariks programmasida ishlash uchun ko’rsatmalar.
  • KeyCollektor dasturida ishlash uchun qo’llanma.

Saytlar bilan ishlash

Saytda maqolani o’zingiz chop qilishingiz uchun malumotlar. Bular ko’proq, muharrir va content-menejerlar uchun kerak bo’ladi.

  • CMS WordPressda qanday ishlash kerak?
  • WorPresda maqolani qanday chop qilish kerak?
  • Maqola uchun rasm hajmini qanday kichraytirish mumkin?
  • Maqolaga rasmni qanday joylashtirish kerak?
  • Maqolaga videoni qanday qo’yish kerak?
  • Maqolada havolani qanday qo’yish kerak?
  • Maqoladagi havolani indexsatsiyadan qanday yopish kerak?
  • Kompyuter yuzini qanday qilib skrinshot qilish kerak?
  • Telefonda scrinshot qanday qilish kerak?
  • Yoast SEO optimallashtirish plagini.
  • Maqolani chop qilishdan oldingi 5 harakat.
  • Maqola chop bo’lgandan keyingi 5 harakat.

Foydali malumotlar

  • Kopirayting haqidagi TOP-15 kitoblar.
  • O’zbek tili qoidasi
  • Kopirayting kitoblar arxivi.
  • O’zbek tili bo’yicha kitoblar arxivi.

Kopiraytingga o’rgatuvchi kurslar

Ba’zi malumotlar tayyorlanish jarayonida, shuning uchun ham hozircha ularga havola qo’yilmagan. Bir ozdan keyin qo’shib qo’yiladi.

  • Kopiraytingga o’rgatuvchi kurslarning barcha ro’yxati.

Agar siz qo’llanmada biron bir savolingizga javob topmasangiz, quyida izohlarda qoldiring va biz savolingizga javobni alohida maqolada keng javob beramiz va bu yerga qo’shib qo’yamiz. Yana, ushbu qo’llanmani yaxshilash uchun maslahatlaringizni ham qabul qilamiz.

O’z saytingizda yoki ijtimoiy tarmoqdagi do’stlaringiz bilan ushbu maqolani ulashsangiz xursand bo’lardim.