Press "Enter" to skip to content

Ikki eshik orasi

Do‘stlarizga tavsiya eting

Ikki eshik orasi

”Ikki eshik orasi” roman o‘tgan asrda bo’lib o’tgan ikkinchi jahon urushining boshqa xalqlar qatorida o‘zbeklarg boshiga keltirgan kulfatlarini yoritishga bag‘ishlangan. Romanda urushning insoniyatga xavf tug‘diruvchi mohiyati, uning xalqimizga keltirgan mudhish oqibatlarini vatandoshlarimiz siymolari aks etgan badiiy obrazlar vositasida yoritib berilgan.

1 O’qimoqchi
0 o’qiyapti

  • Annotatsiya
  • Qisqa ma`lumot
  • Taqrizlar (0)
  • Iqtiboslar (0)

Asarda insonlar taqdiri va inson umrining murakkabligini mahorat bilan tasvirlangan. Adib, birinchi navbatda, tinchlikka rahna solgan urushni tilga oladi. Ayniqsa, urush voqeligining har bir ota-ona qalbini jarohatlagani, koʻngillariga ozor yetkazgani romanning umuminsoniy pafosini tashkil etadi. Adib qalamga olgan obrazlari oddiy odamlarning fazilatlari — mardligi, matonati, vatanparvarligi va sabr-bardoshini haqida soʻzlaydi. Tajribali yozuvchi roman hodisalarini teran oʻrgangani uchun har bir epizod oʻquvchini qalbiga jiddiy taʼsir qiladi

Kitob nomi: Ikki eshik orasi
Kitobning asl nomi: Ikki eshik orasi
Nashr qilingan til: O’zbek
Kitobning asl tili: O’zbek
Formati: A5
ISBN: 978-9943-5189-3-3
Nashr yili: 2019
Nashriyotchi: Yangi Kitob
Seriya: 0
Yosh chegarasi: 12 dan 70 gacha

Taqrizlar

Hozirda ushbu kitobda taqrizlar mavjud emas.
Taqriz yozish

Iqtiboslar

Hozirda ushbu kitobda iqtiboslar mavjud emas.
Iqtibos qo’shish

Ikki eshik orasi

Ушбу китобда Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Миромонович Мирзиёевнинг 2016 йил cентябрь ойидан 2021 йил 6 ноябрига қадар бўлган даврдаги дастлабки беш йиллик сиёсий фаолияти акс этган. Мазкур салмоқли хроника, айни пайтда, давлатимизнинг ички ва ташқи сиёсати, мамлакатимизда барча соҳаларда амалга оширилаётган изчил ислоҳотлар ва ўзгаришлар билан боғлиқ энг муҳим тарихий жараёнларни – Янги Ўзбекистоннинг тараққиёт солномасини ўзида мужассам этгани билан аҳамиятлидир.

Solnoma. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev faoliyati xronikasi

Daraja: Umumiy ta`lim Turi: Asarlar Til: O`zbek tilida (lot.) Yaratilgan vaqti: 2022-11-14 06:42:07

Ushbu kitobda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2016-yil sentabr oyidan 2021-yil 6-noyabriga qadar bo`lgan davrdagi dastlabki besh yillik siyosiy faoliyati aks etgan. Mazkur salmoqli xronika, ayni paytda, davlatimizning ichki va tashqi siyosati, mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va o`zgarishlar bilan bog`liq eng muhim tarixiy jarayonlarni – Yangi O`zbekistonning taraqqiyot solnomasini o`zida mujassam etgani bilan ahamiyatlidir.

Изменения в русском произношении

Daraja: Umumiy ta`lim Turi: Taqdimot Nashr etilgan yili: 2022 Til: Rus tilida Yaratilgan vaqti: 2022-06-20 12:02:06

Общение людей осуществляется с помощью письменной и устной речи. В письменной речи для быстроты и легкости понимания необходимо единство орфографических правил. В устной речи для той же цели требуется единство орфоэпических правил.

Понятие нормы и её признаки

Daraja: Umumiy ta`lim Turi: Taqdimot Nashr etilgan yili: 2022 Til: Rus tilida Yaratilgan vaqti: 2022-06-20 12:01:54

Языковая норма – это правила использования речевых средств в определённый период развития литературного языка, то есть правила произношения, словоупотребления, использования традиционно сложившихся грамматических, стилистических и других языковых средств. Это единообразное, образцовое, общепринятое употребление элементов языка (звуков, слов, словосочетаний, предложений).

O`zbek xalq og`zaki ijodida non madhi

Daraja: Umumiy ta`lim Turi: Oʻquv-uslubiy majmua Til: O`zbek tilida (lot.) Yaratilgan vaqti: 2022-06-20 11:35:19

Ushbu to`plamga o`zbek xalqining aziz ne’mati non haqidagi o`zbek xalq og`zaki ijodi namunalari jamlangan bo`lib, undan o`zbek filologiyasi fakulteti talabalari, magistrlari, umumiy o`rta ta’lim maktabi, akademik litsey va kasbhunar maktablari o`qituvchi va o`quvchilari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar tashkilotchilari hamda barcha adabiyot ixlosmandlari foydalanishlari mumkin.

Новый

Жиззах вилоятида туристик дестинацияларни ташкил этишнинг ҳудудий жиҳатлари

Daraja: Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim Turi: Avtoreferat Nashr etilgan yili: 2022 Til: Rus tilida,O`zbek tilida (kir.),Ingliz tilida Yaratilgan vaqti: 2022-11-14 07:58:58

Тадқиқотнинг мақсади Жиззах вилоятида туризм дестинацияларини ҳудудий ташкил этиш имкониятлари ва салоҳиятини аниқлаш, улардан самарали фойдаланиш бўйича таклиф-тавсиялар ҳамда ривожлантиришнинг ҳудудий жиҳатларини ишлаб чиқишдан иборат.

Таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштириш

Daraja: Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim Turi: Avtoreferat Nashr etilgan yili: 2022 Til: Rus tilida,O`zbek tilida (kir.),Ingliz tilida Yaratilgan vaqti: 2022-11-14 07:58:49

Тадқиқотнинг мақсади таълим муассасаси раҳбарининг бошқарув фаолиятида соғлом ва ижодий муҳитни яратиш механизмларини такомиллаштиришга доир таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқишдан иборат.

Ишлаб чиқариш таълими усталарининг касбий компетентлигини ривожлантириш

Daraja: Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim Turi: Avtoreferat Nashr etilgan yili: 2022 Til: Rus tilida,O`zbek tilida (kir.),Ingliz tilida Yaratilgan vaqti: 2022-11-14 07:58:42

Тадқиқотнинг мақсади профессионал таълим муассасалари ишлаб чиқариш таълими усталарини тайёрлаш ва малакасини ошириш жараёнида уларнинг касбий компетентлигини ривожлантириш методикасини такомиллаштиришдан иборат.

Eliptik qismi yuqori tartibli bo`lgan kasr tartibli xususiy hosilali differensial tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalar

Daraja: Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim Turi: Avtoreferat Nashr etilgan yili: 2022 Til: Rus tilida,Ingliz tilida,O`zbek tilida (lot.) Yaratilgan vaqti: 2022-11-14 07:58:34

Tadqiqot maqsadi ixtiyoriy elliptik operatorli xususiy hosilali va kasr tartibli xususiy hosilali tenglamalar uchun to`g`ri va teskari masalalarning yechimi mavjud va yagonaligini ko`rsatishdan iborat.

Саноат корхоналари ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш

Daraja: Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim Turi: Avtoreferat Nashr etilgan yili: 2022 Til: Rus tilida,O`zbek tilida (kir.),Ingliz tilida Yaratilgan vaqti: 2022-11-14 07:49:28

Тадқиқoтнинг мақсади саноат корхоналари, хусусан фармацевтика саноати ривожланишининг инновацион стратегияларини такомиллаштириш бўйича илмий таклиф ва амалий тавсиялар ишлаб чиқишдан иборат.

Ikki eshik orasi kitob yuklab olish

Saytimizdagi elektron kitoblarni 3 usulda o’qish mumkin: kitobxon mobil ilovasi, kitobxon windows dasturi yoki onlayn sayt orqali

Kitobni qanday sotib olish mumkin?

Ketma-ketlik bo‘yicha tavsiya: saytda qanday ro’yxatdan o’tish, saytdagi shaxsiy hisobni qanday to’ldirish mumkin, kerak bo’lgan kitob uchun qanday to’lovni amalga oshirish

Siz muallifmisiz?

Hurmatli mualliflar: Saytimizda asarlaringiz joylashtirilishini (yoki saytdan o‘chirilishini) istasangiz biz bilan shartnoma tuzish uchun bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Savol-javoblar

Agar men O‘zbekistonda bo’lmasam, qanday qilib kitob sotib olishim mumkin?
Nima uchun PDF formatini yuklab ololmayman?
Internetsiz kitobni qanday o‘qish mumkin?
va boshqa savollaringizga bizning javoblarimiz.

Ikki eshik orasi

Ko‘rganlar, jami:
Nashr yili:
ISBN raqami:

Kitob mahsulotlarining xarakteristikalari, yetkazib berish shartlari, tashqi ko’rinishi va rangi haqidagi ma’lumotlar faqat ma’lumot uchun mo’ljallangan va joylashtirilgan paytda mavjud bo’lgan eng so’nggi ma’lumotlarga asoslanadi.

Elektron kitob
E’tibor bering “Sotib olingan kitoblar qanday o’qiladi?” bo’limi bilan tanishib chiqing!

Buyurtma berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting

Do‘stlarizga tavsiya eting

  • Annotatsiya
  • Kitobidan parcha
  • Fikr va mulohazalar

E’tiboringizga havola etilayotgan mazkur kitob O‘tkir Hoshimov asarlari ichida qamrovi, o‘quvchi qalbiga yaqinligi bilan alohida ahamiyatga ega. Unda adib qariyb qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan, bir qancha chigal va murakkab taqdirlar misolida o‘z xalqining urush davrida boshdan kechirgan hayoti, qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan. Zamon va davr qanday sharoitda kechishidan qat’i nazar insoniy qadr-qimmat tushunchalarini saqlab qolgan, taqdirini el-yurti, xalqi, Vatani taqdiri bilan bog‘lagan, farzandidan ayrilganida ham qalbiga quvonch baxsh etishi mumkin bo‘lgan boshqa sababni o‘zi uchun yarata olgan, hayotini sevgi-muhabbat tuyg‘ulari bilan bezamoqchi bo‘lgani holda urush hukmiga tobe bo‘lib qolgan insonlar qismatini ifodalovchi ushbu asar mutolaasidan so‘ng bugungi o‘tayotgan tinch-omon hayotingiz, farzandlaringiz baxti uchun shukrona aytasiz. Asar aynan shu jihati bilan qalblarga yaqin.

Sovuq xabar
Payshanba – maosh kuni edi. Peshindan keyin atrofi taxta devor bilan omonat o‘ralgan qurilish hovlisiga chang-to‘zon ko‘tarib «ZIL» mashinasi kirib keldi. Chekkadagi ko‘chma vagoncha oldida voshillab to‘xtadi. Kabina eshigi ochilib, qo‘ltig‘iga qora sumka qistirgan kassir qiz – Faya sakrab tushdi. Vagoncha zinasiga pildirab chiqib, baqirdi: – Yigitlar, kelig‘iz, zarplata olig‘iz! Betonchi Safar aka ayiqdek lapanglab vagoncha tomonga birinchi bo‘lib yurdi. Ketidan payvandchimiz Ikrom aka. Uning ketidan Erkin degan takelajchi yigit. Saraton oftobi ayovsiz qizdirayotgan, oyoq ostida qum, beton qorishmasining kukunlari sochilib yotgan maydonchadan o‘tib, vagoncha soyasiga bordimu turib qoldim. Hozir dilsiyohlik bo‘lishini bilib, yuragim g‘ash tortdi. Quruvchi xalqi – nozik. Maoshning barakasi uchdimi, darrov «O‘z ixtiyori bilan» ariza beradi-da, smetasi «eb bitirilmagan» boshqa joyga o‘tadi-ketadi. Toshkentda nima ko‘p – qurilish ko‘p. To‘g‘ri, bizning yigitlar unaqa emas: o‘n uch kishi zilziladan buyon birga ishlaymiz: o‘n ikki yil bo‘ldi. Hammamiz aka-uka bo‘lib ketganmiz. Olti yil avval meni o‘zlari brigadir qilib «ko‘tarishgan». Shu kungacha naryadni o‘rtacha o‘n so‘mdan kam yopmasdim. Bu safar. . Hammasiga o‘sha «A – 1» armaturali la’nati panel sabab bo‘ldi. Yo‘q, gap panelda emas, «Kobra»da! «Kobra» deganimiz boshqarmamizning boshlig‘i – Shavkat Qudratovich. Shu odam o‘z vaqtida uysozlik kombinatidan «A – 1» emas, «A – 2» armaturali panelni etkazib berganida olam guliston edi. Tag‘in do‘q urishiga o‘laymi?! Uch kun avval «Moskvich»ida kep qoldi. Brigadadagi yigitlar uni «Kobra» deganicha bor. Har «ko‘zi» piyoladek oynak taqib yuradi. O‘zining yuzi lagandek. Razm solib qarsangiz, oppoq chinni laganning ikki chetiga ikkita piyola to‘nkarib qo‘yilganga o‘xshaydi. Aslida kim qanaqa ko‘zoynak taqishi o‘zining ishiku-ya! Faqat Shavkat Qudratovichning fe’li g‘alati: o‘tirgan kreslosini shunaqangi yaxshi ko‘radiki, Safar akaning aytishicha, orqasini o‘sha kursiga kamida «besh yuz» markali sement bilan yopishtirib olgan: qimirlasa terisi shilinib chiqadi. Unga bitta narsa kerak: qay yo‘l bilan bo‘lmasin, planni bajarsa, ko‘chma qizil bayroq olsa – bas. Ketidan ishkal chiqsa, prorabnimi, brigadirnimi aybdor qiladi-yu, o‘zi bir chekkaga chiqib turaveradi. Qabuliga kirsangiz o‘pishib ko‘rishadi, chiqishingiz bilan orqangizdan yomonlaydi.

Kommentariy berish uchun, avtorizatsiyadan o’ting

Ўткир Ҳошимовнинг бу асарини ўқиб тугатганимдан сўнг сезиларли тарзда фикрлашим ва ҳаётга бўлган қарашларим ўсди ва такомиллашди. Асарни номини мазмуну қандай эканлигини билишни истаган Китобхон уни охиригача ўқиши талаб этилади. Яъни Муаллиф айтмоқчики: бу дунёга келиб ҳаёт кечириб, кейин дунёни тарк этиш! – Ҳудди у эшикдан кириб, бунисидан чиқиб кетишдек гап! деб тушундим! Асар тўлақонли ҳаётий воқеалар асосида яратилгани менга жуда манзур бўлди!