Press "Enter" to skip to content

Kitobning yaratilish tarixi

Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, ommamiy kitobxonlik madaniyatini oshirish, ular ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda ijtimoiy hayot haqidagi tushuncha va bilim-ko‘nikmalarni yanada yuksaltirish maqsadidaToshkent davlat transport universiteti rektorining 2022 yil 1 apreldagi «Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari o‘rtasida kitob o‘qishni ommalashtirish to‘g‘risida»gi 90-U-sonli buyrug’iga muvofiq TOP 100 kitoblar ro’yxati shakllantirildi.

BIRGALIKDA KITOB O’QIYMIZ. Toshkent Davlat Transport Universiteti Ma’rifat Harakati

Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, ommamiy kitobxonlik madaniyatini oshirish, ular ongida Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda ijtimoiy hayot haqidagi tushuncha va bilim-ko‘nikmalarni yanada yuksaltirish maqsadidaToshkent davlat transport universiteti rektorining 2022 yil 1 apreldagi «Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari o‘rtasida kitob o‘qishni ommalashtirish to‘g‘risida»gi 90-U-sonli buyrug’iga muvofiq TOP 100 kitoblar ro’yxati shakllantirildi.

��Ushbu ro’yxatda tarixiy-ilmiy, siyosiy, psixologik hamda yoshlarni startup loyihalar yaratishga undovchi, madaniy dunyoqarashini shakllantirishga yordam beruvchi o’zbek va chet el adabiyotlari o’rin olgan.

Barchangizni ushbu kitoblarni mutolaa qilishga chorlab qolamiz!

Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va 1-bosqich talabalari o‘rtasida muntazam mutolaa qilinishi zarur bo‘lgan kitoblar ro’yxati

Kitob nomi Bet Mutolaa qilish kunlari
Shavkat Mirziyoyev: Yangi O‘zbekiston Strategiyasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston Strategiyasi» nomli kitobi chop etildi. Unda Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi. 457 sentabr
1-3 haftalik
Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo’li Agar sizda: Rejalagan ishlaringizga yetarli vaqt topilmayotgan; Shaxsiy majburiyatlar, loyihalar, vaqt ortsa, o‘qiyman deganingiz talay jurnal va kitoblar yuki bosib qolgan. Biroq siz ularga ulgurmayotgan. Ishlaringizni to‘liq ado etishga umid ham qilmayotgan; Ko‘nglingizdagidek dam olishga vaqt orttira olmayotgan; Ishlaringizni samarali yo‘lga qo‘yish usullarini har qancha o‘rganmang, rejalagan yumushlaringiz ortib, baribir vaqt yetmay qolyatgan bo‘lsa, ushbu kitob aynan siz uchun! 92 sentabr
4- haftalik
Abdulla Qodiriy: O‘tkan Kunlar O‘zbek romanchiligi va hayotiy hikoyaalar janrlarining asoschisi, buyuk ustozimiz-Abdulla Qodiriy (1894-1938-yillar) XX asr o‘zbek adabiyotining buyuk darg‘alaridan biri bo‘lgan. Ushbu roman adabiyotimiz bestselleri hisoblanadi. Sevgi kimlarni yig‘latib, kimlarni kuydirmagan deysiz. Sharq adabiyoti durdonalaridan hisoblanmish mazkur asarda muhabbat o‘zgacha badiiy talqin qilinadi. Shuningdek, vatanparvarlik, olijanoblik, vafo va xiyonat, havas va hasad, zamon taloto‘plari tilga olinadi. 432 oktabr
1-3 haftalik
Jorj Oruell: Molxona Ushbu satirik asar totalitar davlatni yaratilish yo‘lini tasvirlaydi. Muallif shuni ko‘rsatadiki, hatto eng yorqin va to‘g‘ri g‘oya orqali ham shafqatsiz va dahshatli haqiqatni yaratishingiz mumkin. Jamiyat qanday qilib podaga aylanishi haqida hikoya. Bu har birimizga tegishli. Hamma narsa hammaga ochiq ko‘rinadigan darajada sodda tilda tasvirlangan. Ammo kimdir o‘zining qulay joyidan tashqarida nima bo‘layotganini ko‘rishni istamasa, ular ko‘rmaydi. Hikoyaa davomida asta-sekin hamma tenglashadi, ammo ba’zilari boshqalarga qaraganda tengroq bo‘ladi. 100 oktabr
4- haftalik
Chingiz Aytmatov: Asrga tatigulik kun Buyuk yozuvchi Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» romanida xudosizlik va manqurtlik balolari ilk bora fosh etilib, bu asar millionlab o‘quvchilar qalbini zabt etgan. Insonni o‘z-o‘zini anglashga, ruhan va ma’nan poklanishga chorlovchi ushbu asar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini aslo yo‘qotmagan. 364 noyabr
1-2 haftalik
Mark Menson: Beparvolikning nozik san’ati «New York Times» bestselleri, 6 milliondan ortiq nusxada sotilgan. So‘nggi yillarda Menson ancha ommalashgan blogi orqali o‘zimiz va atrofimizdagi olam haqidagi yolg‘on tasavvurlarimiz va ularni to‘g‘rilash haqida yozdi. Nihoyat, u o‘zining achchiq haqiqatlarini qo‘lingizdagi kitobga jamladi. Ushbu kitobda muallif baxtli bo‘lishning kaliti mudom “ijobiy” fikrlashni to‘xtatib, voqelikni tan olish va unga tik borishda, deb ko‘rsatadi. 192 noyabr
3- haftalik
Pirimqul Qodirov: Yulduzli tunlar Mahoratli yozuvchi Pirimqul Qodirovning ushbu asari hamon sevib o‘qilmoqda. Roman o‘zbek adabiyotining eng sara tarixiy asarlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib ketishi, temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ko‘targan og‘a-ini, tog‘a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan. 520 noyabr
4- haftalik va dekabr
1-2 haftalik
Ernest Xeminguey – «Chol va dengiz» Ushbu kitobga dunyo miqyosida mashhur adib, «Nobel mukofoti sovrindori E. Xemingueyning eng sara asarlari kiritilgan. «Chol va dengiz qissasida insonning ulug‘ligi, undagi iroda va matonat, oqillik va azmu qaroridan og‘ishmaslik о‘zgacha talqinda aks etgan. Serqirra ijodkorning millionlab nusxalarda chop etilgan asarlarini mutolaa qilishga shoshiling, aziz kitobxon. 116 dekabr 3- haftalik
Said Ahmad: Ufq ​​​«Ufq» trilogiyasi O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘zbekiston Qaxramoni Said Ahmad ijodida alohida o‘rin tutadi. Trilogiya XX asr millat hayotining o‘n yillik davri — ikkinchi jaxon urushi, urush va urushdan keyingi yillar voqealarini o‘z ichiga oladi. Trilogiyada o‘sha yillari xalq boshiga tushgan musibatlar, odamlar ko‘ksidagi armonlar, shu munosabatlarni yengishga qodir mislsiz matonat va shijoatlar yozuvchi iste’dodiga xos ehtiros, zo‘r ilhom bilan aks ettirilgan. Asarda Ikromjon, Jannat, Azizxon, Dildor, Asrora kabi teran, xalqchil, yorqin milliy obrazlar yaratilgan. 631 dekabr 4- haftalik va yanvar
1-3 haftalik
Jon G.Miller: SOS! Savol ortidagi savol Odamda mas’uliyat hissi bo‘lmasligi aybni birovga to‘nkash, o‘zini jabrdiyda his etib norozi bo‘lish, oxir-oqibat ishni ortga surishga sabab bo‘ladi. Shaxsiy javobgarliksiz hech bir kompaniya yoki inson erkin bozorda muvaffaqiyatli raqobatlashishi, o‘z oldiga qo‘ygan maqsad-vazifalariga erishishi, mukammal xizmat ko‘rsatishi, ajoyib jamoaviy ishda qatnashishi va odamlarni professional o‘stirishi ehtimoldan juda yiroq. 104 yanvar
4- haftalik
Alisher Navoiy: Mahbub ul-qulub Alisher Navoiyning «MAHBUB UL-QULUB» («Qalblar sevgilisi») asari 1501 yilda umri davomidagi butun hayotiy kuzatishlari asosida yozilgan. Asar o‘zaro bog‘liq 3 qismdan iborat. 1-qism 40 faslni (bob) o‘z ichiga oladi. Bunda Alisher Navoiy o‘z davrining tipik vakillari hayotini tasvirlagan. 10 bobdan tashkil topgan 2-qismda yaxshi va yomon, maqtovga sazovor va nafratga loyiq xislatlar tafsiloti berilgan. 3-qismga masal va hikmatlar kiritilgan. Har bir jumla o‘zaro qofiyadosh. Shu boisdan har bir ijtimoiy tabaqa aniq tasvirlangan. Asarning saj’da yozilishi unga alohida badiiy nafosat bag‘ishlagan. 320 fevral
1-2 haftalik
Robert Kiyosaki: Boy ota, kambag‘al ota Har kim o‘z farzandiga bilganicha ta’lim-tarbiya beradi. Bu borada hammaning o‘z qarashi bor. Ammo kelajak kimning yo‘li to‘g‘riroq ekanini, albatta, ko‘rsatadi… Mazkur kitobda boy va kambag‘al toifadagi otalarning fikr-mulohazalarini, bu xususdagi tamoyillarini keltirar ekanmiz, siz azizlarda solishtirish imkoni mavjud bo‘ladi. Xulosani o‘zingiz chiqaring. Kitob sizga manzur bo‘ladi va yordam beradi, degan umiddamiz. 168 fevral
3- haftalik
Mirkarim Osim: To‘maris «To‘maris» o‘zbek xalqining qadimiy afsonalaridan biri. U mardlik, qahramonlik timsoli. To‘maris erining o‘limidan so‘ng taxtga o‘tirgan malikadir. Uning Eron shohi Kir II ga qarshi kurashi afsonadan joy olgan. Unda haqiqatning, adolatning, mardlik va jasurlikning makr, hiyla va yovuzlik ustidan qilgan g‘alabasi eroniylar va massagetlar o‘rtasidagi jang misolida ochib berilgan. Asarda Erondan kelgan bosqinchilar qo‘shini bilan massagetlar o‘rtasida shiddatli janglar tasvirlangan. Dastlabki jangda To‘marisning o‘g‘li Sparangiz (Sparganis) boshchiligidagi massagetlar g‘olib chiqqan. 144 fevral
4- haftalik
Deyl Karnegi: Bezovtalikdan xalos bo‘lish va yangi hayot boshlash sirlari Kundalik hayotda tashvishlarga shunchalik o‘ralashib qolamizki, u bizni bezovtalik, sarosimalik, ranj-alam va dilgirlikka duchor qiladi. Oqibatda o‘zimizga kasallik orttirganimizni bilmay qolamiz. Kuchli siqilish, noxush o‘y-xayollar bizni ich-ichimizdan kemira boshlaydi. Dard chekamiz, hatto to‘shakka mixlanib qolamiz. Vaholanki, bezovtalikdan xalos bo‘lishning yechimi oddiy. Bunga mazkur kitobni o‘qib chiqib, ishonch hosil qilishingiz shubhasiz. 232 mart
1-2 haftalik
Robin Sharma: O‘lsang, kim yig‘laydi? Hali bola paytimda otam aytgan bir o‘gitni umr bo‘yi yodimdan chiqarmayman: – O‘g‘lim, sen tug‘ilganingda yig‘lagan eding, dunyo esa shod-xurram edi. Shunday yashaginki, vafot etayotganingda dunyo yig‘lasin, sen esa shod-xurram bo‘l. Biz aslida hamma hayotning o‘zi nima ekanligini unutgan davrda yashayapmiz. Biz insonni bemalol Oyga yo‘llay olamiz, lekin shundoq yonimizga ko‘chib kelgan yangi qo‘shnilar bilan tanishishga sira fursat topolmaymiz. 160 mart 3- haftalik
Paulo Koelo: Alkimyogar Odamzodning bu dunyodagi yakkayu yagona, oliy vazifasi- o‘z Taqdirini ro‘yobga chiqarishga erishuvidir… Barcha odamlar yoshlik paytlarida o‘z taqdirlarini biladilar… Ammo fursat o‘tishi bilan sirli bir kuch ularni o‘z Taqdirlarini ro‘yobga chiqarish imkonsiz ekanligiga ishontira boradi. 176 mart 4- haftalik
Amir Temur: Temur tuzuklari «Temur tuzuklari» («Tuzuki Temuriy») «Malfuzoti Temuriy», «Voqioti Temuriy» nomlari bilan ham atab kelingan. Ushbu asar fransuz, ingliz, urdu, rus va eski o‘zbek tillarida chop qilingan. «Temur tuzuklari» podshohlarning turish-turmushlari va odob-axloq normalarini belgilab beruvchi asar hisoblanadi. Asarda jahongir Amir Temurning yetti yoshidan to hayotining so‘ngigacha kechgan ijtimoiy-siyosiy hayoti, harbiy yurishlari, taxt vorislariga vasiyat va pand-nasihatlari ixcham bayon etilgan. 144 aprel 1- haftalik
Allan Piz: Tana tili Ushbu kitobda ruhshunos Allan Piz izlanishlari, tadqiqotlari asosida inson tana a’zolarining harakati, yuz ifodasi noverbal muloqot asosi ekanligi, shaxsni anglash, uni idrok etish tana tiliga bog‘liqligi, suhbatda makon va maydonlar, shaxsiy maydon, kaftlar va ular yordamida uzatiladigan ma’lumotlar, ko‘l va panjalar, oyoqlar va tananing boshqa a’zolari bilan bog‘liq imo-ishoralarning ma’nosi haqida ma’lumotlar berilgan va bundan oliy ta’lim muassasalarida «Eksperimental psixologiya va praktikum». «Konsultativ psixologiya». «muloqot psixologiyasi», «Psixodiagnostika» kabi fanlarni o‘qitishda qo‘llanma sifatida foydalanish mumkin. 200 aprel 2- haftalik
Javlon Jovliyev: Qo’rqma Roman o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida Germaniyada tahsil olgan va sobiq Sovet Ittifoqi tomonidan shafqatsizlarcha qatl etilgan millat yigit-qizlarining xotirasiga bag‘ishlanadi. Roman voqealarini qisqacha so‘zlar bilan ifoda etib bo‘lmaydi. Barchasi shu qadar tig‘izki, shoshirib qo‘yadi. Majoz, obraz, ifoda, o‘t, hech kimnikiga o‘xshamagan lirizmni his qilasiz. 376 aprel 3-4 haftalik
Irina Leshutina: Ritorika. Notiqlik sanʼati So‘z – insonning eng kuchli quroli degan edi mashhur faylasuf Aristotel. Insondagi hech bir narsa so‘zchalik kuchli ta’sir kuchiga ega emas. So‘z bo‘lganda ham har qanday so‘z emas, balki badiiy, adabiy til meyorlariga amal qilgan so‘zlar uni mahorat bilan go‘zal tarzda yetkazib beruvchi notiq tilida dunyodagi eng dahshatli texnik quroldan ham katta kuchga ega bo‘ladi. Insonlarning fikrlarini o‘zgartirish, ularning qalbiga osonlikcha yo‘l topish uchun notiq bo‘lish kifoya. 222 may 1-2 haftalik
Henri Ford: Mening Hayotim Dunyoning yuzlab mamlakatlarida minglab marta millionlab adadlarda nashr etilgan bu avtobiografik kitobni XX asrning buyuk menejerlaridan biri, ishlab chiqarishda oqim-konveyer yo‘lini joriy etgan, AQSH avtomobil sanoatining “otasi”, milliarder Henri Ford yozgan. Ford hayotining tilsimlari, muvaffaqiyatining sirlari haqida ko‘plab asarlar bitilgan. Bu kitob uning o‘zi yozgan, yorqin, timsolli, qat’iyat va ilhom bilan bitilgan asardir. 298 may 3-4 haftalik
Tohir Malik: Odamiylik mulki (Axloq kitobi)
Yozuvchi Tohir Malik qalamiga mansub maʼnaviyat va tarbiya masalalariga bagʼishlangan «Odamiylik mulki» (Axloq kitobi) – kitobining «Ishq» deb nomlangan ikkinchi fasli adib tanlangan asarlarining oltinchi jildidan, uchinchi fasli – «Saodat» esa toʼqqizinchi jildidan (Husnu xulq) joy olgan edi. Muhtaram kitobxonlarning istak va takliflari inobatta olinib, u adibning ayrim tuzatish va tahrirlardan soʼng yaxlit kitob xoliga keltirildi. Mazkur kitob maʼnaviyat quyoshidan yorishib turgan qutlugʼ xonadoningiz uchun bir tuhfa boʼlar, degan umiddamiz.
952 iyun
1-4 haftalik
Stiven R. Kovi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko’nikmasi “Muvaffaqiyatli insonlar muammolar bilan emas, balki imkoniyatlar bilan yashaydilar. Ular imkoniyatlardan oziqlanib, muammolarni ochlikda qoldiradilar.“ «Muvaffaqiyatli insonlarning yetti ko‘nikmasi» kitobi mashhur amerikalik biznes konsultant Stiven Kovi tomonidan yozilgan. Kitob birinchi bor 1989 yilda nashrdan chiqadi. Oradan 15 yil o‘tib, 2004 yil kitob 38dan ortiq turli tillarga tarjima qilingan. 2011 yil avgustda “Time” jurnali ushbu kitobni asosiy biznes kitoblarning 25talik ro‘yxatiga kiritgan. Kitob bugungi kunga qadar butun dunyo bo‘ylab 40 milliondan ortiq nusxada sotilgan. 380 iyul
1-2 haftalik
O’tkir Hoshimov: Ikki eshik orasi «Ikki eshik orasi» ulug‘ o‘zbek adibi O‘tkir Hoshimovning ikkinchi asari, – deydi yozuvchi Qo‘chqor Norqobil. – Xo‘sh, asar nima sababdan yillar o‘tsa-da kitobxonlar tomonidan sevib mutolaa qilinadi? Buning sababi, O‘tkir Hoshimov «Ikki eshik orasi»ni insoniylik, yozuvchilik prinsiplariga sodiq qolgan holda yozib, unda xalqning milliy mentaliteti, o‘zbek xalqini bu dunyoda ushlab turgan odamiylik tuyg‘usini juda chiroyli talqinda ko‘rsatib bera olgani deb o‘ylayman. 584 iyul
3-4 haftalik va avgust
1- haftalik
Lev Tolstoy: Tirilish Kiborlar jamiyatining a’zosi bo‘lgan Nexlyudov nikohlanmagan ota-onadan tug‘ilgan, voyaga yetgach islovatxonadan panoh topgan, oxir-oqibat katorgaga hukm qilingan Katerina Maslovaning taqdirida o‘zini aybdor deb hisoblaydi. Vijdoni oldidida javob berar ekan, u qizga yaxshilik qilibgina o‘zini ma’naviy azoblardan xalos qilishi , kerak bo‘lsa unga uylanishga ahd qilishi kitobxonni inson ruhining naqadar ulug‘vorligini tan olishga chorlaydi. 592 avgust
2-4 haftalik

Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va 2-bosqich talabalari o‘rtasida muntazam mutolaa qilinishi zarur bo‘lgan kitoblar ro’yxati.

Kitob nomi Bet Mutolaa qilish kunlari
Abu Nasr Farobiy: Fozil odamlar shahri Butun Sharqu-G’arb olamiga «Al-muallim-as-soniy», «Sharq Arastusi» degan nomlar bilan mashhur alloma Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” deb nomlangan asari sharq ilmida, ma’naviyatida yangi sahifa ochdi, Farobiyni O’rta asrning buyuk mutafakkiri nomiga sazovor qildi. Asarda jamiyatning (insonlar jamoasi) kelib chiqishi, adolatli jamiyatga erishish yo‘llari, fozil shahar hokimi va aholisining fazilatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvchi kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish kabi masalalar bayon etilgan. 222 sentabr 1-haftalik
Jeyms Klir: Atom odatlar Sizga hayotingizni o‘zgartirishda muhim bo‘lgan ajoyib kitobni ona tilimizda taqdim etishdan xursandmiz. Nima maqsad qo‘yganingizdan qat’iy nazar, ushbu kitob sizga har kuni oz-ozdan yaxshilanib borishning sinalgan dasturini taklif qiladi. Odatlarni shakllantirish bo‘yicha dunyoning yetakchi ekspertlaridan bori Jeyms Klir yaxshi odatlarni shakllantirish, yomonlaridan xalos bo‘lish hamda katta natijalarga olib boruvchi kichik odatlarni egallashni o‘rgatuvchi amaliy strategiyalarni ochib beradi. 300 sentabr 2-3 haftalik
Cho’lpon: Kecha va kunduz Abdulhamid Sulaymon Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani yaratilganiga qariyb 80 yil bo‘lsa-da, ‎u hamon qo‘ldan-qo‘lga o‘tib kelmoqda. Mazkur asar ikki qisimdan iborat bo‘lib, dastlabki – ‎‎“Kecha” deb nomlangani qo‘lingizdagi kitobda aks etadi. “Bugun” deb atalgan ikkinchi qismi ‎haqida esa maʼlumotlar yo‘q.‎ Kitobda o‘zbeklarga xos andisha, himmat, iffat va soddalik kabi fazilatlar bilan birga ‎xotinbozlik va mol-mulk orttirish yo‘lidagi illatlar ham o‘z intiqosini topgan. 320 sentabr 4-haftalik va oktabr 1-haftalik
Den Braun: Ibtido «Ibtido» – amerikalik muallif Den Braun qalamiga mansub triller asar bo‘lib, Robert Lengdon seriyasida «Inferno»dan keyingi beshinchi kitob hisoblanadi. Asar voqealari asosan Ispaniyada, qisman Dubay va Budapeshtda yuz beradi. 2018 yil Avgust oyida asar «New York Times»ning eng yaxshi sotilgan kitoblar ro‘yxatidan birinchi o‘rinni egalladi hamda 23 haftalik mobaynida ro‘yxatdan tushmadi. 670 oktabr
2-4 haftalik
Abdulla Qodiriy: Mehrobdan Chayon O‘zbek romanchiligi va hayotiy hikoyaalar janrlarining asoschisi, buyuk ustozimiz-Abdulla Qodiriy (1894-1938-yillar) XX asr o‘zbek adabiyotining buyuk darg‘alaridan biri bo‘lgan. Ushbu roman adabiyotimiz bestselleri hisoblanadi. 336 noyabr
1-2 haftalik
Iogann Volfgang Gyote: Faust
Faust – Iogann Volfgang Gyotening eng mashhur asari bo‘lib, doktor Faust afsonasining eng mashhur versiyasini o‘z ichiga olgan falsafiy drama hisoblanadi. Gyote hayotining 60 yili davomida Faust g‘oyasi ustida ishlagan. Birinchi qism 1790-yillarda yozilgan, 1806-yilda tugatilgan, ikki yil o‘tib nashr etilgan va Gyote tomonidan bir necha marta qayta bosilgan (oxirgi marta – 1828-yilda). Asarning ikkinchi qismini Gyote keksaygan yillarida yozgan; u 1832-yilda adib vafotidan keyin dunyo yuzini ko‘rdi.
528 noyabr 3-4 haftalik va dekabr 1-haftalik
Fyodr Dostoyevskiy: Telba Rus adibi Fyodr Dostoyevskiy qalamiga mansub «Telba» romanini turli millatga mansub minglab, millionlab kitobxonlar sevib mutolaa qiladilar. Romanning yozilganiga yuz ellik yilga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, undagi qalbni poklashga bo‘lgan da’vat, tuyg‘ularni e’zozlash, har qanday sharoitda ham o‘zligini yo‘qotmasdan yashash kerakligi haqidagi ta’kidlar, fikrlar kitobni mutolaa qilgan har bir o‘quvchi uchun yangilik bo‘lib qolaveradi. 878 noyabr 2-4 haftalik va yanvar 1-haftalik
Isoqjon Nishonov: Afg‘on shamoli Isoqjon Nishonov muallifligidagi ushbu asar kitobxonlarimiz tomonidan berilgan ovozlar soniga ko‘ra reytingimizning 7-o‘rnini egalladi. Asarda jangarilar safida yurib O‘zbekistonda o‘z hokimiyatini o‘rnatish maqsadida bo‘lgan razil kimsalarning topshiriqlarini itoatkorlik bilan bajarib kelgan Fafur ismli yigitning atrofda kechgan voqeliklardan qilgan xulosasi tufayli yuragida yorug‘lik paydo bo‘lishi va vatan xizmatiga kirishi bayon qilingan. 432 yanvar
2-3 haftalik
Jonatan Svift: Gulliverning sarguzashtlari Gulliverning ajoyib sarguzashtlari haqida maktab darsliklari orqali dastlabki ma’lumotga egamiz. Ingliz yozuvchisi Jonatan Sviftning mashhur asari qahramoni aslida sayohatga qiziquvchi shifokor. Asar uch bo‘limdan iborat bo‘lib, mazkur kitobdan faqat ikkita sayohati, ya’ni Gulliverning liliputlar va darozlar mamla-katidagi sarguzashtlari o‘rin olgan. Har qanday asarning mohiyati kitob holida mukammalroq bo‘ladi. 156 yanvar
4- haftalik
Kaykovus: Qobusnoma «QOBUSNOMA» — Sharq va Markaziy Osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan axloqiy-ta’limiy asar, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi (11-a.). Tabariston (Mozandaron) hukmdori Shamsu l-Maoliy Qobusning nabirasi Unsuru l-Maoliy (Kaykovus,1021—98) tomonidan fors tilida yozilgan (1082—83) va «Nasihatnomai Kaykovus» deb atalgan. «Qobusnoma» shu asarning o‘zbekcha tarjimasidir. Muallif asarni o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlagan. 208 fevral
1- haftalik
Zahiriddin Muhammad Bobur: Boburnoma «Boburnoma» – o‘zbek mumtoz adabiyotidagi bebaho asarlar qatoridan munosib o‘rin egallab turgan asar sifatida e’tirof etiladi. Unda O’rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, jug’rofiyasiga oid qimmatli malumotlar o’rin egallagan. Asarning o‘sha davr o‘zbek adabiy tilining yorqin namunasi sifatidagi qadri, qimmati hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. 368 fevral
2-3 haftalik
Nikollo Makiavelli: Hukmdor Nikkolo Makiavellining «Hukmdor» asari o‘rta asrlarda yaratilgan bo‘lib, bugungi kungacha siyosatchilar, jamoat arboblari,tadqiqotchilar va falsafaga qiziquvchilarni o‘ziga jalb qiladi. Yozuvchi o‘z davlat tuzilishi, uni boshqarish tamoyillari, xalqqa qanday munosabatda bo‘lish haqida tavsiyalar bergan va fikrlarini bayon etgan. Kitobda ma’lum va mashhur shaxslar, hukmdorlar, tarixiy voqealar, davlat arboblari hayotidan ko‘plab misollar keltirgan, shu bois u hamma davrlarda o‘ziga xos qo‘llanma sifatida o‘rganib kelingan. 144 fevral
4- haftalik
Antuan de Sent-Ekzyuperi: Kichkina shahzoda Antuan de Sent ekzepyuri kitobga yozgan bag‘ishlovida shunday deydi: “Barcha kattalar avval bola bo‘lgan, ammo ulardan kamchiligi buni eslaydi”. “Kichkina shahzoda” kattalarga bolaligini eslash, bolalarga esa mehrliroq bo‘lish, ilk bor sabr, do‘stlik va muhabbat haqida o‘ylab ko‘rish imkoniyatini beradi. 143 mart
1- haftalik
Maqsud Shayxzoda: Mirzo Ulug‘bek
Maqsud Shayxzodaning «Mirzo Ulug‘bek» tragediyasida buyuk mutafakkir va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek hayotining so‘nggi davrlari qalamga olingan. Asarda muallif o‘z davri uchun yangilik bo‘lgan ilg‘or g‘oyalarni ilgari surgan maʼrifatparvar olimning johil guruhlar, hokimiyatga intilgan shahzoda bilan bo‘lgan keskin ziddiyatlari hamda fojiali hayoti mohirona ochib berilgan.
280 mart
2-3 haftalik
Jon Grin: Yulduzlar aybdor O‘spirinlik yoshida inson qalbi ma’sumligicha uning uchun beg‘ubor bo‘lgan bir sevgiga talpinadi. Og‘ir xastalikka chalingan asar qahramonlari esa buni ikki karra teran his qilishib hayotini qadrlash, har lahzani shodon o‘tkazish payida bo‘ladilar. Ana shu chin insoniy tuyg‘u o‘quvchini ortidan ergashtiradi, umrining hech qachon ortga qaytmasligini ichkin anglatadi. 224 mart
4- haftalik
Erix Mariya Remark: G‘arbiy frontda o‘zgarishlar yo‘q Atoqli nemis yozuvchisi Erix Mariya Remark ijodi bilan kitobxonlarimiz uning «Uch og‘ayni» romani orqali tanishganlar. Mana endi adibning yana bir mashhur romanini e’tiboringizga havola qilayotirmiz. Mazkur asarda birinchi jahon urushi o‘z domiga tortgan o‘spirinlar orqali urush dahshatlarini boshdan kechirgan, ruhan ezilgan, jamiyatdan begonalashgan va bolalik orzu-umidlari chil-parchin bo‘lgan butun bir avlodning ayanchli qismati mahorat bilan aks ettirilgan. 240 aprel
1-2 haftalik
Oybek: Bolalik xotiralarim Ushbu kitobda o‘tgan asr boshlaridagi hayot tarzi aks ettirilgan. Sevimli yozuvchingiz Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning qaltis tuzum davrida kechgan bolaligi, eski maktab va u yerdagi o‘qitish tizimi, yosh Oybekning bola dunyosi bilan dunyoga qarashlari tasvirlangan. Ushbu asarni o‘qirkansiz beixtiyor o‘tgan asr hayoti ko‘z o‘ngingizdan o‘tadi, qahramonlar kechinmalarini his etgandek bo‘lasiz. 352 aprel
3-4 haftalik
Kel Nyuport: Diqqat: chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari AQShlik professor Kel Nyuportning «Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari» kitobi ilk marotaba o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Kitob uchun oldindan buyurtma e’lon qilinmoqda. Ishda, o‘qishda diqqatingizni jamlay olmaysizmi? Doim telegram, instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar sizni chalg‘itadimi? Demak, AQShlik professor Kel Nyuportning maslahatlari aynan siz uchun. 230 may
1- haftalik
Charlz Dikkens: Oliver Tvistning boshidan kechirganlari Angliyaning ovloq shaharlaridan biridagi “Mehnat uyi” — “G‘aribxona”. Taqdir taqozasi bilan bu yerga kelib qolgan yosh va ko‘hlikkina juvonning shu mudhish dargohda ko‘zi yoridi. Bola dunyoga keldi-yu, ona esa olamdan o‘tdi. Sho‘rpeshona go‘dak muhtojlik va qiynoqlar ostida o‘n yoshga to‘ldi. Uni tobutsozga shogirdlikka berdilar. Bola bu yerdagi azob-uqubatlar, haqoratlarga dosh berolmay, boshi oqqan tomonga qarab qochdi. 464 may
2-4 haftalik
Mahmudxo‘ja Behbudiy: Tanlangan asarlar, 1- jild XX asrdagi milliy uyg‘onish davri adabiyotining buyuk namoyandasi, millat xodimi Mahmudxo‘ja Behbudiy «Tanlangan asarlar»ining ushbu birinchi jildiga adib badiiy ijodi namunalari, 1903 – 1918 yillarda e’lon qilingan ijtimoiy-siyosiy maqolalari, nutqlari kiritildi. 512 iyun
1-3 haftalik
Zigmund Freyd: Psixoanaliz haqida beshta maʼruza; Uning taʼlimoti nafaqat adabiyot va sanʼat, balki ruhiyat bilan bog‘liq har bir sohaga jiddiy taʼsir etdi; kutilmagan qarashlari bilan insonlar ongida hali-hamon inqilob qilishdan to‘xtagani yo‘q… 140 iyun
4-haftalik
Gi de Mopassan: Hayot Fransuz yozuvchisi. Adabiyotga 1880 yilda she’rlar to‘plami va «Do‘ndiq» novellasi bilan kirib kelgan. U 6 roman, 18 hikoyaalar to‘plami, ocherk va pesalar, ko‘plab maqolalar va boshqa asarlar muallifi. Uning «Hayot» (1883), «Azizim» (1885), «Mont-Oriol» (1886), «Per va Jan» (1887—88) kabi romanlarida umumbashariy mavzular, mansabparastlar qismati, boylik orttirishga xuruj qilish yuksak mahorat bilan tasvirlab berilgan. 216 iyul
1-haftalik
Abdulla Avloniy: Tanlangan asarlar, 1-jild Abdulla Avloniy Turkiston milliy uyg‘onish adabiyotining e’tiborli vakillaridan, shoir, dramaturg, jurnalist. Ayni paytda, murabbiy, ilk darsliklar muallifi. “Maktab”, “Nashriyot” shirkatlari muassisi. O‘zbek teatrining asoschilaridan – Toshkentdagi “Turon” teatr havaskorlari to‘dasining tuzuvchisi. Nihoyat, Afg‘oniston va Turkiston o‘rtasidagi o‘zaro qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatishga uringan yangi davr diplomatlaridan edi. Ushbu nashrda adib iste’dodining xilma-xil qirralarini ifoda etuvchi asarlaridan namunalar berishga harakat qilindi. 270 iyul
2- haftalik
Mixail Lermontov: Zamonamiz qahramoni Mixail Lermontovning «Zamonamiz qahramoni» qissasi o‘quvchini haqiqatda o‘ylatadi. Asar insoniy munosabatlar – do‘stlik, muhabbat, sadoqat va xiyonat, axloq qoidalari ustiga qurilgan. Bosh qahramon – Zamonamiz qahramoni, ya’ni Pechorin ijobiy obraz emas, ammo uning aniq bir xislatini odamiylikdan mutlaqo yiroq, deb baholashimiz ham o‘rinli emas. 240 iyul
3- haftalik
G‘afur G‘ulom: Shum bola Qissa bir necha marta nashr qilingan. Qissada ijodkorning bolaligi, 20-asr boshidagi Toshkent hayoti tasvirlangan. G‘afur G‘ulomning mazkur qissasi turfa hangomalarga boy asar. Undagi ichakuzdi syujetlar zamirida davrning jiddiy muammolari, og‘riqli nuqtalari tilga olingan. Qissada shum bola, ya’ni Qoravoy hayoti hikoyaa qilinadi. 152 iyul
4- haftalik
Нассим Николас Талеб: Черный лебедь. Под знаком непредсказуемости
За одно только последнее десятилетие человечество пережило ряд тяжелейших катастроф, потрясений и катаклизмов, не укладывающихся в рамки самых фантастических предсказаний. Выпускник Сорбонны и нью-йоркский финансовый гуру Нассим Талеб называет такие непрогнозируемые события Черными лебедями. Он убежден: именно они дают толчок как истории в целом, так и существованию каждого отдельного человека.
736 avgust
1-4 haftalik

Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va 3-bosqich talabalari o‘rtasida muntazam mutolaa qilinishi zarur bo‘lgan kitoblar ro’yxati

Kitob nomi Bet Mutolaa qilish kunlari
Pirimqul Qodirov: Avlodlar dovoni Pirimqul Qodirov «Yuduzli tunlar»ning mantiqiy davomi sanalmish Boburning sadoqatli, jasur farzandi Humoyun va nabirasi – tarixda «chinakam daho shaxs» deb nom olgan Akbar hayoti haqida hikoyaa qiluvchi «Avlodlar dovoni» («Akbar») romanini 80-yillarda yaratgan. Asarda pok sevgi, insoniy mehru muhabbat, shavqu shijoat tarixiy qahramonlar qiyofasida yorqin aks ettirilgan. 528 sentabr
1-3 haftalik
Filipp Chesterfild: Farzandga maktublar Chesterfild (Filip Dormer Stenxop) 1694-1773-yillarda yashagan taniqli ingliz davlat arbobi, diplomat, ayni paytda, o‘tkirqalam yozuvchi bo‘lgan. Uning ahloq-odobga oid satirik ruhda yozilgan esselari XVIII asr o‘rtalarida jurnallarda tez-tez chop etilib turgan. 110 sentabr
4- haftalik
Ivan Turgenev: Otalar va bolalar Mashhur rus yozuvchisi I.S.Turgenevning o’z davrida katta shuhrat qozongan ushbu “Otalar va bolalar” ‎romani rus adabiyotshunosligida yozuvchi ijodining cho’qqisi sifatida talqin etiladi. Adib bosh qahramon ‎Bazarov obrazida hurfikrlilik va yangilik sari intilish kabi fazilatlarni asarning aosisiy g’oyasi sifatida talqin ‎etadi. Kitobdagi voqealar o’sha davrda chiriy boshlagan jamiyatni shunchaki isloh etish emas, balki ‎poydevorini tag-tugi bilan yo’q qilib, yangisini barpo etish kerakligini ko’rsatib beradi. 290 oktabr
1-2 haftalik
Abdulla Qahhor: Anor Qo‘lingizdagi ushbu kitobda badiiy so‘z ustasi Abdulla Qahhor hikoyaalari va bir qissasi jamlangan. Yozuvchi ixcham va kichik hajmli hikoyaalarda murakkab xarakterli insonlar obrazini yaratadi. Bir necha avlodlar tomonidan sevib o‘qilgan va bu gun ham sevimli bo‘lib qolayotgan ushbu asarlar sizga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz. 202 oktabr
3- haftalik
Sergey Yesenin: Zamin darg‘asi Sergey Yeseninning she’r va dostonlarini o‘zbek kitobxonlari allaqachon o‘z ona tillarida o‘qishga muyassar bo‘lganlar. 1965 yilda shoirning «Tanlangan she’rlari» Erkin Vohidov tarjimasida nashr etilgan edi. Qo‘lingizdagi kitobda o‘zbek tilida ilk bor jaranglayotgan she’rlar anchagina. «Zamin darg‘asi», «Singlimga xat», «Hayot yo‘lim», «Xotira», «O‘ttiz oltilar dostoni» singari asarlar shular jumlasiga kiradi. 136 oktabr
4- haftalik
Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar Bu foniy dunyo hayotini adolatli deb bo‘lmaydi. Negaki, unda pul, hokimiyat, shon-shuhrat va omad odamlarning barchasiga teng taqsimlangan emas. Nega ayrim odamlarning hamma narsasi bor, boshqalarda esa hech vaqo yo‘q? Omadning sabablarini faqat insonning tabiat in’om etgan shaxsiy fazilatlari bilan bog‘lash to‘g‘rimikin? 240 noyabr
1-2 haftalik
Кристенсен Клейтон: Дилемма инноватора. Как из-за новых технологий погибают сильные компании В своей книге «Дилемма инноватора» профессор Гарвардской школы бизнеса Клейтон М. Кристенсен пытается ответить на вопрос, почему лучшие компании – с компетентными руководителями и мощными ресурсами – теряют лидирующие позиции на рынке. Несмотря на научный подход, книга написана доступным языком, а поиск ответа оказывается не менее увлекательным, чем детективное расследование. 240 noyabr
3-4 haftalik
Rahmat Fayziy: Hazrati inson, 1-jild Mustaqillikdan so‘ng ko‘plab yozuvchilar qatorida Rahmat Fayziy ham unutilgandek, nazarimda. Biz uning asarlarida bugun adabiyotimizdan anchagina chekingan Toshkent ruhi bilan birgalikda o‘zbek xalqining bugungidek mayda masalalar o‘rniga, bir zamonlar chindan insoniy muammolarni yechishga uringaniga guvoh bo‘lamiz. 520 dekabr
1-3 haftalik
Frans Kafka: Jarayon “Jarayon” oson o‘qiladigan roman emas. O‘qish murakkab, tushunish uchun mehnat qilish kerak. Tahlil uchun esa vaqt lozim. Mutolaaga kirishar ekansiz, chalg‘ishingiz yoki diqqatsizligingiz butun jarayonni qayta o‘qishga «majbur qilishi» mumkin. Jumla tuzilishi, tasvirlar, yondashuv boshqa qaysidir yozuvchi uslubini eslatmaydi. Buni adibning o‘zi «Yozganlarim g‘alati», deya izohlagan. 336 dekabr
4- haftalik va yanvar
1-2 haftalik
Jek London: Martin Iden Yozuvchi Jek London bir qarashda Martin Iden timsolida o‘zini tasvirlaydi. Hayot naqadar og‘irligi, mehnat qattiqligi, ishonch poymol bo‘lishi, muhabbat sarobga aylanishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Inson asli qadrlashi kerak bo‘lgan tuyg‘ular, munosabatlar jamiyatdagi noqisliklar sabab oyoqosti bo‘lishi hech gap emasligini aytmoqchi bo‘ladi. O‘quvchiga buni uqtira oladi ham. 480 yanvar
3-4 haftalik va fevral
1-haftalik
Даниэль Канеман: Думай медленно… Решай быстро Наши действия и поступки определены нашими мыслями. Но всегда ли мы контролируем наше мышление? Нобелевский лауреат Даниэль Канеман объясняет, почему мы подчас совершаем нерациональные поступки и как мы принимаем неверные решения. У нас имеется две системы мышления. «Медленное» мышление включается, когда мы решаем задачу или выбираем товар в магазине. 384 fevral
2-3 haftalik
Mich Elbom: Morrining seshanba darslari Ushbu kitob insonni umrning har lahzasidan unumli foydalanishga, o‘zgalarga mehr ulashishga, har bir o‘zgarish va xatti-harakatdanmhikmat qidirishga, bir so‘z bilan aytganda, shunchaki yashamaslikka o‘rgatadi. 164 fevral
4-haftalik
Erkin Vohidov: Tanlangan asarlar Garchi ayovsiz o‘lim sevimli shoirimiz, otashnafas so‘z san’atkori Erkin Vohidovni oramizdan olib ketgan bo‘lsa-da, uning o‘lmas va muhtasham ijodi tillardan tillarga, dillardan dillarga ko‘chib, barhayot yashamoqda. Umr bo‘yi ona xalqini, ona tilini, ona zaminini baland pardalarda kuylab o‘tgan shoir, to mana shu el, til, zamin bor ekan, hech qachon unutilmaydi. Ushbu umr kitobi ham shoirini sog‘ingan el uchun g‘oyibona diydor bo‘lsa, ajab emas. 696 mart
1-4 haftalik
Odil Yoqubov: Ulugbek xazinasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 13-sentabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha komleks chora-tadbirlar dasturi to’g’risida» gi qarorida yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo’gan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. 368 aprel
1-2 haftalik
Chan Kim, Rene Moborn: Moviy ummon strategiyasi Annotasiyakommentarii i otzivi Ushbu kitobning mualliflari «moviy ummon strategiyasi»ga qanday erishish mumkinligini yorqin misol va tahlillar orqali kursatib berishgan. Buning uchun ular 30 dan ortik sohada 150 ga yakin tadqiqotlar o‘tkazishgan, tadqiqot natijalarni taxlil kilishgan. 384 aprel
3-4 haftalik
Alber Kamyu: Begona, Vabo Alber Kamyu – XX asr fransuz adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sohibi, mohir adib, dramaturg, faylasuf, «Tubanlashuv», «Vabo», «Sizif haqida asotir», «Kaligula», «Asotir va qiyofa», «Isyonkor odam», «Begona» kabi asarlar muallifi. A.Kamyu o‘z asarlarida Ikkinchi jahon urushi dahshati oqibatida paydo bo‘lgan insoniy taqdirning absurd hissiyotlarini kuylagan. 464 may
1-3 haftalik
Chingiz Aytmatov: Jamila Adib nomini ilk bor dunyo miqyosida mashhur qilgan asar, bu – «Jamila» qissasidir. 1958 yili rus va fransuz tillarida e’lon qilingan, ikki yil ichida sobiq Ittifoq va xorijdagi o‘ttizga yaqin tilga tarjima qilingan. 192 may
4- haftalik
Muhammad Yusuf : Saylanma asarlar O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf nomini bilmagan, loaqal bir qator she’rini xirgoyi qilmagan yurtdoshimiz yo‘q bo‘lsa kerak. “Saylanma”ga shoirning qo‘shiqlarga aylangan, kitobxonlar tomonidan samimiy qarshilangan eng sara she’rlari kiritilgan. 272 iyun
1-2 haftalik
Uolter Tevis: Qirolichaning yurishi Ota-onasidan erta ayrilgan Elizabetni biqiq va zahmatga to‘la yetimxona hayoti qarshi oldi. “Mumkin”, “Mumkin emas” degan temir qoidalar, qat’iy tartib-intizom ostida tarbiyalanayotgan qizaloq turli tazyiqlarga qaramay yetimxona farroshi janob Sheybeldan shaxmat o‘ynashni o‘rgandi va favqulodda bu ­o‘yinga mehr qo‘ydi. 352 iyun
3-4 haftalik
Tog‘ay Murod: Yulduzlar mangu yonadi «Yulduzim mangu yonadi», deydi asarda bosh qahramon Bo‘ri Polvon. Aslida, bu so‘zlar yozuvchi yuragining tub-tubidan chiqqan nido bo‘lsa ajab emas. Bo‘ri polvon obrazi orqali Tog‘ay Murod o‘z asari umrining uzunligini aytganday bo‘ladi. 256 iyul
1- haftalik
Uolter Ayzekson: Stiv Jobs Asarni tayyorlash jarayonida Uolter Ayzekson Stiv Jobs hayotining so‘nggi yillarida u bilan bir necha intervyular tashkillashtiradi. Shu bilan birga Stivni bilgan, u bilan ishlagan do‘stlari va dushmanlari bilan suhbatda bo‘ladi. Ushbu suhbatlar asosida Stiv Jobs hayoti haqida xolis va odil kitob yozishga harakat qilinadi. Muallif kitobda Stiv Jobsning tabiati, uning muvaffaqiyat sirlarini ochib beradi. 625 iyul
2-4 haftalik
O‘tkir Hoshimov: Daftar hoshiyasidagi bitiklar Bu – ko‘pdan beri siz qo‘ldan qo‘ymay o‘qib kelayotgan kitob. Bu – ko‘pdan beri siz farzandlaringiz, yaqinlaringiz o‘qishlarini astoydil istayotgan kitob. Bu – ciz va biz haqimizdagi kitob. Yaralganimizdan to bugungi kunimizgacha bizga nimalar ayon – nimalar noayon, nimalarni topdik – nimalarni yo‘qotdik, kimlarga mehr berdik – kimlarni esa xo‘rladik yoki tahqirladik, o‘zimizga havola. 224 avgust
1- haftalik
Yona Berger: Yuqumlilik. Mahsulot va g‘oyalar qanday ommalashadi Mahsulot va g‘oyalarning tilga tushishi va ommalashuvi sababi nimada? Nega ba’zi ma’lumotlarni odamlar bir-biriga ulashadi? Nima uchun ayrim mish-mishlar epidemik xususiyatga ega? G‘oyalar qanday omillar tufayli “virus” kabi keng tarqaladi? Nima uchun ba’zi mavzular haqida ko‘proq suhbatlashamiz va unga oid ma’lumotlarni boshqalarga ulashamiz? 248 avgust
2- haftalik
Tog‘ay Murod: Ot kishnagan oqshom Ushbu kitob O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tog‘ay Murodning ko‘p tillarga tarjima qilingan, allaqachon o‘zbek xalqining sevimli asariga aylangan «Ot kishnagan oqshom» asaridir.Ushbu qissani o‘qir ekansiz, qalbingizni go‘zal hislar egallaydi – tabiat bilan inson o‘rtasidagi uyg‘unlik sizni hayratda qoldiradi. Yozuvchi tas-virlagan ot – Tarlonni siz ham yaxshi ko‘rib qolasiz. 174 avgust
3- haftalik
Doktor Hasson Shamsiy: Baxt ulashing Ushbu kitob xayotda barcha inson uchun zarur bo‘lgan va har bir inson butun umri davomida izlaydigan baxt tushunchasi haqida ma’lumot beradi. Xususan, «Baxt qayerda?», baxt molu dunyodami yoki mansab-obro‘dami yoxud boshka narsadami degan savollarga javob topish mumkin. Shuningdek, xaqiqiy baxtning manbai bo‘lgan imon haqida, inson o‘zi va atrofidagi insonlarni qanday baxtli qilish mumkin ekani to‘grisida so‘z boradi. 144 avgust
4- haftalik

Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va 4-bosqich talabalari o‘rtasida muntazam mutolaa qilinishi zarur bo‘lgan kitoblar ro’yxati

Kitob nomi Bet Mutolaa qilish kunlari
Odil Yoqubov: Er boshiga ish tushsa O‘zbek adabiyotining klassigi, deya e’tirof etilgan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning “Er boshiga ish tushsa” romani oradan 55 yil o‘tib kitobxonlarga alohida kitob holida qayta tuhfa qilindi. 278 sentabr
1-2 haftalik
Jon. P. Streleki: Yer chekkasidagi qahvaxona Bu kitob biznes-maslahatchi Jon P. Strelekini mashhur yozuvchi qildi va ilhombaxsh kouchga aylantirdi. Asar millionlab adadlarda chop qilinib, 30 dan ortik tillarga oʼgirildi. Oʼzbek tilidagi ushbu tarjima ilk bor amalga oshirilib, bi rinchi marta chop etilmokda. 208 sentabr
3- haftalik
Pavel Annenkov: Million dollarlik xatolar Ushbu kitob tadbirkorlar va tadbirkor bo‘lishni istaganlar uchun mo‘ljallangan. Tajribali tadbirkor ham, biznesni endi boshlayotkanlar ham bu yerda juda ko‘p foydali maʼlumotlarni topadi. Bitta kitobda 11 yillik ish tajribasi. Siz shunchaki biznes egalarining eng ko‘p uchraydigan xatolarini aniqlay olmaysiz. Ulardan qochish va muvaffaqiyatli kompaniya yaratish bo‘yicha amaliy maslahatlarga ega bo‘lasiz. 304 sentabr
4- haftalik va oktabr
1-haftalik
Tohir Malik: Alvido bolalik Bolalik- umrimiz bahori, orzu-umidlarimiz bilan ulg‘ayadigan eng jo‘shqin va haroratli damlar. Bolalik umrimiz mazmunini, qo‘yingki butun hayotimizni belgilab beruvchi shunday bir nozik pallaki, bu davrda biz yaqinlarimizning alohida e’tiboriga ehtiyoj sezamiz. Agar bunday fursatlarda ozgina e’tiborsizlik holatlari kuzatilsa-chi? 368 oktabr
2-3 haftalik
Nikkolo Makiavelli: Hukmdor Nikkolo Makiavellining «Hukmdor» asari o‘rta asrlarda yaratilgan bo‘lib, bugungi kungacha siyosatchilar, jamoat arboblari,tadqiqotchilar va falsafaga qiziquvchilarni o‘ziga jalb qiladi. Yozuvchi o‘z davlat tuzilishi, uni boshqarish tamoyillari, xalqqa qanday munosabatda bo‘lish haqida tavsiyalar bergan va fikrlarini bayon etgan. 144 oktabr
4- haftalik
Bodo Shefer: G‘oliblik qonuniyatlari Hayotda farovon turmush asoslarini barpo qilish yoki noshudlik orqasidan qashshoq yashash-shaxsan o‘zingizga bog‘liq ekanligi ruhiy-falsafiy tarzda sodda bayon etiladi. Qo‘lingizdagi bu kitob hayotda muzaffar bo‘lishni xohlaganlar uchun yozilgan. 240 noyabr
1-2 haftalik
Xudoyberdi To‘xtaboyev: Sariq devni minib O‘zbekiston xalq yozuvchisi, bolalarning sevimli adibi X.To‘xtaboyevning asarlari nafaqat respublikamizda, balki chet ellarda ham maʼlum va mashhurdir. «Sariq devni minib» sarguzasht romani bolalar hayotidan olib yozilgan bo‘lib, ularning sevimli kitoblaridan hisoblanadi. Bu asarda orzu-havasga eltadigan chinakam yo‘l halol mehnat, yaxshi xulq-odob va qunt bilan o‘qishda ekanligi taʼkidlanadi. 544 noyabr
3-4 haftalik va dekabr 1-haftalik
Oldos Haksli: Ajib yangi dunyo “Ajib yangi dunyo“ ingliz yozuvchisi Oldos Hakslining 1931 yilda yozilib, 1932 yilda nashr etilgan, distopik, ijtimoiy-fantastik romanidir. U fuqarolari aql-idrokka suyanuvchi, ijtimoiy iyerarxiya tartiboti qaror topgan futuristik butunjahon mamlakati to‘g‘risida hikoyaa qiladi. 260 dekabr
2-3 haftalik
Larisa Burakova: Gruziya muvaffaqiyatga qanday erishdi Korrupsiyaga qarshi qanday kurashish mumkin? Odatda, korrupsiyani batamom yo‘qotish mushkulligini ko‘p ta’kidlaydilar. Ammo Mixaíl Saakashvili buning uddasidan chiqdi va Gruziyada juda qisqa muddatda korrupsiyani yetarli darajada keskin kamaytirdi, byurokratiya va ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berdi, mamlakat iqtisodining sezilarli darajada o‘sishiga zamin yaratdi. 328 dekabr
4- haftalik va yanvar 1-haftalik
Erkin A’zam: Shovqin Adibning bu romani bir qarashda murakkab, ammo jiddiy siyosiy-ijtimoiy ramzlarga ishora beruvchi, kuchli adabiy parodiyaga to‘liq asar sanaladi. Roman qahramonlari kino olamining odamlari, ya’ni, kinoyulduzlar, kinodramaturglar, kinorejissyorlar, kinotanqidchilar, kinoijodkorlarning xulqi, fe’li, betartib, yengil-yelpi hayoti haqida yozilgandek taassurot qoldiradi. Asarda Farhod Ramazonning quloqdosh yozuvchi do‘stining sharhi asarning o‘zak mohiyatini topishimizda kalit bo‘lib xizmat etadi. 188 yanvar
2-haftalik
Mark Tven: Tom Soyer va uning sarguzashtlari Adib mazkur asarida yosh, o‘ta qiziqqon va sho‘x, chigal to‘siqlardan ham qiynalmay o‘ta oladigan, og‘ir va murakkab sharoitlarda ham o‘zini tuta biladigan, uddaburon bola Tom Soyer haqida hikoyaa qiladi. Tomning o‘ta makkor va firibgar hindi Joning iziga tushishi va undan qo‘rqmasligi, g‘ayritabiiy xayollar olamida yurishi butun shaharcha ahlini, hatto Tomning do‘stlarini ham hayratga soladi. 80 yanvar
3-haftalik
Питер Тиль: От нуля к единице. Как создать стартап, который изменит будущее Как создать компанию с нуля, привести ее к успеху, сделав лидером рынка? Питер Тиль, предприниматель, создавший платежную систему PayPal, и первый инвестор Facebook, считает, что основа любого успешного стартапа – уникальный продукт, дающий компании выигрышный статус монополии. 192 yanvar
4-haftalik
Fyodor Dostoyevskiy: Jinoyat va jazo Asar 1866 yilda yozilgan. Ammo inson kechinmalarining eski va yangisi bo‘lmaganidek, roman qadri ham eskirmagan. Kitob o‘zbek tilida bundan avval 1977 yilda chop etilgan. Qariyb 40 yildan keyin asarni qayta nashr etishdan maqsadimiz, bugungi kitobxonlarimizni o‘z davrida shuhrat qozongan asar – talaba hayotidan ayanchli drama bilan tanishtirish. «Kambag‘allik ayb emas, biroq yo‘chilik – illat. 718 fevral
1-4 haftalik
Halis Karabenli: Ba’zilar olisdan sevarlar Halis Karabenli 1976-yili Anqarada tu’g‘ilgan. Anadolu universitetining Boshqaruv bo‘limini tamomlagan. Uning qalamidan «Labimdagi ishq» «Ishqning narigi yuzi» «Aqlimda go‘zal qo‘l» «Efnan» va «Ba’zilar olisdan sevarlar» nomli kitoblari nashr qilingan. 208 mart
1- haftalik
Jeyms Deshner: Labirintda yuguruvchi.. Faqat o‘z isminigina eslaydigan, boshqa xech nimani eslay olmaydigan o‘smir bola bir kuni temir «Quti» ichida uygonadi… Bu o‘smirning ismi-Tomas. Noma’lum olam ostonasiga «tashrif buyurgan» o‘spirin. 448 mart
2-4 haftalik
Garsia Markes: Yolg‘izlikning yuz yili Lotin Amerikasi adabiyotining buyuk vakili bo‘lmish Gabriel Garsiya Markesning “Yolg‘izlikning yuz yili” asarini birinchi marta qo‘limga olganimda, adashmasam, 14 yoshlarda edim. Buvimning uyidagi rutubatli, eski kitoblar hidi odamni mast qiluvchi qorong‘u xonada tanishganman bu asar bilan. Menda ilk bor kitobga qiziqish paydo bo‘lgan davrda kitoblarni faqat nomi o‘ziga jalb qilsagina tanlab o‘qirdim. 384 aprel
1-2 haftalik
Bodo Shefer: G‘oliblik qonuniyatlari Hayotda farovon turmush asoslarini barpo qilish yoki noshudlik orqasidan qashshoq yashash-shaxsan o‘zingizga bog‘liq ekanligi ruhiy-falsafiy tarzda sodda bayon etiladi. Qo‘lingizdagi bu kitob hayotda muzaffar bo‘lishni xohlaganlar uchun yozilgan. 240 aprel
3-4 haftalik
Elchin Safarli: Men albatta qaytaman; …Men o‘sha hayotga qaytishim kerak. U – meniki. Men uchun. Men o‘zim uchun aytayotgan bo‘lsam ham, unda baxt izlab Sharqqa jo‘nab ketgan butun bir ayollar avlodning ovozini eshitaman. Men hech qachon baxt bu yerda, vatanimda yo‘q demaganman va demayman ham. 288 may
1-2 haftalik
Somerset Moem: Oy va chaqa Uilyam Somerset Moem — buyuk ingliz yozuvchisi, XX asrning mumtoz adibi degan sharafli nom egasi. XIX asr oxirida ijodini boshlagan yozuvchi yarim asrdan ko’proq davom etgan faoliyati davomida o’lmas asarlar yaratdi. 1919-yilda yozilgan “Oy va sariq chaqa” romani haqiqatan ham uning shoh asarlaridan biri bo‘lib, asar muallifi o‘tkir nigohi orqali ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan hayotiy voqelikni badiiy talqinda ochib bergan. 117 may
3- haftalik
Джон Кехо: Подсознание может всё! Книга, которая изменит вашу жизнь! Самое известное исследование о подсознании от известного писателя и тренера личностного роста Джона Кехо! В подсознании каждого человека скрываются огромные резервы. И когда логика оказывается бессильной, именно подсознание поможет вам решать самые сложные повседневные проблемы. Джон Кехо три года провёл в лесах, вдали от людей, чтобы провести исследования работы человеческого мозга. 175 may
4- haftalik
Eliyaxu Moshe Goldratt, Jeff Koks: Maqsad. Uzluksiz ravishda mukammallanish jarayoni “Maqsad” – yangi global ishlab chiqarish tamoyillari haqidagi kitob. Bu dunyo qanday tuzilganligi va uni qanday yaxshi tomonga o‘zgartirish mumkinligini tushunishga harakat qilayotgan odamlar haqidagi kitob. Muammolarni mantiqiy tahlil qilib, odamlar o‘z harakatlari va erishgan natijalari o‘rtasidagi natijaga bog‘liqlikni aniqlaydilar. Bu jarayonda ular o‘z biznesini saqlab qolish va uni muvaffaqiyatli qilishiga yordam beradigan baʼzi tamoyillarni o‘ylab topishadi. 640 dekabr
2-4 haftalik
Aleksandr Pushkin: Yevgeniy Onegin Asarlarining ichida millionlar qalbini zabt etgani shu sheʼriy romanidir. Bu asarda Pushkin yosh zamondoshlarining umumlashma obrazini yaratdi. Asar bilan tanishar ekanmiz, dinamik kuchlanish hukmidagi Ye. Onegin obrazining ichki ziddiyatlarini tushunib borgan holda, uning harakter elementlarini, tabiati, umuman jamiyat uchun keragi yoʻqligini koʻramiz. 310 iyun
2-3-haftalik
Lev Tolstoy: Urush va tinchlik. Birinchi va ikkinchi kitoblar Roman-epopeya janrining eng shoh asarlaridan bo‘lmish mazkur mashhur «Urush va tinchlik» romani ko‘lami jihatidan dunyo adabiyoti ixlosmandlari tomonidan yuksak eʼtiroflarga sazovor bo‘lgan. Bugun ushbu asarni juda sog‘ingan va uning yangi nashrini intiqlik bilan kutayotganlar ko‘p. 896 iyun
4-haftalik va iyul
1-3 haftalik
Jeyms Deshner: Labirintda yuguruvchi.. Faqat o‘z isminigina eslaydigan, boshqa xech nimani eslay olmaydigan o‘smir bola bir kuni temir «Quti» ichida uygonadi… Bu o‘smirning ismi-Tomas. Noma’lum olam ostonasiga «tashrif buyurgan» o‘spirin. 448 iyul
4- haftalik va avgust
1-2 haftalik
Ramita Navai: Yolg’onlar shahri U shunday shaharki, odamlar o‘zlarining asl istaklarini pinhon tutishga, din va an’ana talablariga muvofiq yashaërranini ko‘rsatishga majbur. Bu shaharda yashash uchun yolg‘on gapirish kerak. Bu yerda yolg‘on so‘zlash hayot va mamot masalasidir. Bu shahar ahli diniy majburiyatlar yuk va samimiy insoniy istaklar o‘rtasida sargardon kezadi. Bu shahar Tehron, Eron Islom Respublikasining poytaxti. 276 avgust
3-4 haftalik

Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari o‘rtasida muntazam mutolaa qilinishi uchun taklif etilgan qo‘shimcha kitoblar ro’yxati.

Kitob nomi Bet Mutolaa qilish kunlari
Paulo Koelo: Alif Ushbu asar sufiylik, shamanlik va turli diniy ta’limotlar haqida ma’lumotlarga boy. Injil va Qur’ondan ham oyatlar, sharhlar keltirilgan. Unda hayotda birgina vaqt borligi, u ham bo‘lsa, hozirgi vaqt ekani aytiladi. Vaqt turg‘un emas. U mudom ilgarilaydi. Biz uning ma’lum bir nuqtasida mavjudmiz, xolos. 308
Jojo Moyes: To seni topgunimcha Inglizchadan ona tilimizga o‘girilgan yozuvchi Jojo Moyesning «To seni topgunimcha» romani inson xarakterining rangli bo‘yoqlari aks ettirilgan asar bo‘lsa-da, unda har bir obrazning ichki kechinmalari va yashash madaniyati o‘zgacha talqinda ochib beriladi. 304
Teodor Ruzvelt: Liderlik qonunlari «Liderlik mohiyatan yakkalik emas. Ammo liderga ko‘pchilik umid bog‘lagani uchun u maksimal darajada o‘ziga ishongan bo‘lishi kerak. Boshqalar unga qarab o‘ylashishini hisobga olgan holda har bir harakat va so‘zlarini obdon o‘ylashi lozim. Biroq liderlikning eng tub mohiyati qaror qabul qilish jarayoni qarorga, qaror esa harakatga aylanadigan onda o‘zini ko‘rsatishdir. Chinakam lider bu asnoda faqat o‘ziga ishonishi kerak.» 278
Shuhrat Sattorov: Biz gʼalaba qozonamiz Kitobda biznes qoidalari, tadbirkorga xos xususiyatlar bayon qilingan, taniqli tadbirkorlar hayoti va fe’l-atvori misollar bilan tahlil qilingan. «Biz g‘alaba qozonamiz» kitobi vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, jamoat oldida chiqish qilish va jamoada ishlash bo‘yicha qimmatli tavsiyalar beradi, ilmiy-ommabop ma’lumotlar bilan tanishtirib, Sizni yuksak marra va maqsadlar sari chorlaydi. 312
Shukur Xolmirzayev: O‘n sakkizga kirmagan kim bor Shukur Xolmirzayevning «O’n sakkizga kirmagan kim bor?» qissasi oʻtgan asrning oltmishinchi yillaridagi oʻzbek qissalarining eng yaxshi namunalaridan sanaladi. Qissa yigirma besh yoshli yozuvchiga o‘zbek kitobxonlari orasida katta shuhrat keltirgan. Ushbu mashhur muhabbat qissasini oʻqimagan, jillaqursa nomini eshitmagan yigit-qiz kam topiladi. Muhabbat, oqibat, adashish va qismat, hayotga intilish va yoshlar xarakterining chiniqishi muammolariga bag‘ishlangan bu qissa, mana, deyarli yarim asrdan buyon, yoshlar tomonidan sevib o‘qiladi. 76
Teodor Drayzer: Sarmoyador Bir necha kunda millioner bo‘lish mumkinmi? Shu bilan insonning istaklari poyoniga yetarmikan? Qo‘lingizdagi kitob – Sarmoyador»ning bosh qahramoni Frenk Kaupervud o‘zining savqi tabiiysiga quloq tutib, bir necha kunda chindan boyib ketadi. Unda o‘smirligidanoq atrofdagilar ta’sirida savdogar va birja o‘yinchisi ruhiyati shakllangandi. 700
Den Braun: Da Vinchi siri «Da Vinchi siri” ilk bor (2003 yil) savdoga chiqqan haftaning o‘zidayoq savdo ko‘rsatkichi bilan “The New York Times” gazetasida, “The Wall Street Journal” va “San-Fransisko” yilnomalarida birinchi o‘rinni, keyinchalik mamlakatdagi eng yirik sotuvchilar reytingida yuqori o‘rinni egallagan. 416
Jaloliddin Rumiy: Ichindagi ichindadur Bu asar insonni fikrlashga, fikrlash orqali o‘zligini, o‘zligi orqali Haqni — Yaratganni tushunishga undaydi. Shuning uchun ham «Ichindagi ichindadur»ga bir marta oshno bo‘lgan ko‘zi ochiq insonki bor, umrbod undan ayrilmasam, deydi. Chunki asar, avvalo, o‘sha inson haqida — siz haqingizda, men haqimda, umuman, hammamiz haqimizda. 272
Sa’diy Sheroziy: Guliston Sa’diy Sheroziyning «Guliston» asari faqat fors adabiyotining emas, bashariyat adabiyotning mulkidir. Ushbu asar 1634 yildayoq fransuz va boshqa tillarga tarjima qilingan edi. Mashhur adiblar Gyote, Gyugo va Pushkin o‘z davrida bu asardan qattiq ta’sirlanishgan. 185
Mixail Bulgakov: Ityurak Aksariyat yozuvchilar hayot haqiqatlarini aytishda ramziylikdan foydalanadilar. Bulgakovning mazkur asarini o’qirkanmiz, sho’ro jamiyatining kirdikorlari fantastika tarzida fosh etilganiga guvoh bo’lamiz. Olim Preobrajenskiy itga odam miyasini ko’chirib o’tqazadi va jonivor Sharikov deb nom qo’yilgan odamsifat maxluqqa – ongli, ammo ityurak bir mavjudotga aylanadi. 144
Iogann Volfgang Gyote: Yosh Verterning iztiroblari Yuraklarni titratguvchi, larzaga solguvchi ushbu roman sevgi haqidagi hazin qo‘shiq kabidir. Pokiza qalbning yaralangan muhabbati hijron damlarida yonib-olovlanib, oqibatda muhabbat sohibi yosh Verterni xazon qiladi. Har satri sevgi bilan limmo-lim bo‘lgan, iztirobdan yaralgan maktublar shaklida roman qo‘lingiz to‘ridan o‘rin olishi aniq. 158
Chingiz Aytmatov: Oq kema Ushbu qissa nafaqat turkiy xalqlarning, balki butun dunyo kitobxonlari tomonidan sevib o‘qiladi. Asarda hozirgi vaqtda uchrab turadigan bir qancha muammolar: oila notinchligi, farzandsizlik, ekologik muammolar badiiy usulda yoritilgan. Bunday muammolarning yechimini esa kitobxonlarning o‘zi ushbu asarni mutolaa qilish orqali topadilar. 158
Tursunoy Sodiqova: Oila ilmi Tursunoy Sodiqovaning ushbu kitobi oila mavzusida. Muallif kuyovlik ilmi, kelinlik ilmi, qaynotalik ilmi, qaynonalik ilmi haqida ta’sirchan tushunchalar beradi. Muallifning mazkur asari keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, turmush qurish arafasidagi yoshlarga ham, oilalilarga ham birdek foydali hisoblanadi. 144
Onur Qoplon: Alfido; Qo‘lingizdagi ushbu kitob juz’iy qisqartirishlar bilan tarjima qilingan bo‘lsada, asarning asosiy g‘oyasini, ruhini, undagi hislarini siz kitobxonga yetkaza oladi. Bir hikoyaam bor… Yo‘nilgan qoyalar orasidan telbalarcha ko‘pirib toshgan bir tomchi suvda g‘arq bo‘lganim haqida… O‘zim ham bilmaydigan bir baliqning qornidan so‘zlayapman senga. 192
Jeyms Deshner: Labirintda yuguruvchi. Faqat o‘z isminigina eslaydigan, boshqa xech nimani eslay olmaydigan o‘smir bola bir kuni temir «Quti» ichida uygonadi… Bu o‘smirning ismi-Tomas. Noma’lum olam ostonasiga «tashrif buyurgan» o‘spirin. 448
Den Braun: Raqamli qal’a Asarda raqamli xavfsizlik, vatan xavfsizligi yo‘lida ishlaydigan jasur shaxslarning hayoti, ular uchraydigan xavf masalalari ko‘tarilgan. Ushbu asarda ham vatanparvarlik, ham ehtirosli sevgi, ham qiziqarli ma’lumotlar, ham sizni o‘z dunyosiga sayohat qildiradigan ajoyib syujetni topasiz. Asar voqealari AQSH, Ispaniya, Yaponiya kabi mamlakatlar hududida o‘tishi, voqealarning tez va kutilmagan rivoji sizni o‘ziga maftun qiladi. 480
Fyodor Dostoevskiy: Qimorboz Mazkur kitobdan ikkita roman o‘rin olgan: birinchisi aynan Ibrohim G‘afurov tarjimasi, ikkinchisi esa mahoratli mutarjim Olim Otaxonovga tegishli. Har ikkala roman o‘quvchini doimgidek, o‘ylatadi. So‘zlar, iboralar, tasvirlar, sifatlar, holatlar har qanday o‘quvchini hayratga soladi. Asarga, yozuvchiga, tarjimonga muhabbat bilan keyingi mutolaani kutadi. 400
Napoleon Hill: O’yla va boy bo’l Ushbu kitob o‘z oldingizga maqsad qo‘yishni, ishonch tuyg‘usini mustahkamlashni, turli sinovlarni yengib o‘tishni, izlanishni o‘rgatadi. Shuningdek, maxsus bilimlar, aql-zakovat, ortga chekinmaslik haqida keng tushuncha beradi. 208
Shohruh-Mirzo Rahmonov: Mukammal xotira Oramizda kuchli xotiraga ega bo‘lishni istamaydigan kishi topilmasa kerak. Darhaqiqat, xotira inson muvaffaqiyatlarining kalitidir. Ushbu kitob aynan ana shu kalitni qo‘lingizga tutqazuvchi noyob ma’lumotlarga boy. Xotirani mustahkamlash borasidagi jahon tajribasi bilan omixta qilingan mashg‘ulotlar bilan muntazam shug‘ullansangiz, tasavvuringiz kengayib, eslab qolish qobiliyatingiz oshib boraveradi. 386
Markus Zusak: Kitob oʼgʼrisi Asar hayotiy voqealar asosida yozilgan va undagi voqealar II jahon urushi davrida Germaniyaning Myunxen shahridagi joylashgan Molking nomli kichik shaharchada bo‘lib o‘tadi. Asarning o‘qir davomida fashistlarning zulmidan nafaqat boshqa millat vakillari, balki nemis millatining o‘zi ham benihoya azob chekkkaniga guvoh bo‘lasiz. 560

Archibald Maklish. Kitobning qudrati

Таниқли америкалик шоир, ёзувчи ва драматург, уч карра Пулитсер мукофоти билан тақдирланган, узоқ йиллар АҚШ конгресси кутубхонаси мудири, Америка санъат ва адабиёт академияси президенти бўлган Арчибалд Маклиш (1892 — 1982)нинг мамлакат китоб сотувчилари ассоциациясининг 1943 йил 6 майдаги мажлисида сўзланган нутқини сизга тақдим этар эканман, уни ўқиганингизда нотинч замонамизда юзага келган фожиалар, хусусан ДАИШ билан боғлиққонли воқеалар, бугунги кунда ўзимиз яшаб турган юртда кинофильмлар билан боғлиқ муаммолар ҳақида худди бугун ёзилган фикр-мулоҳазаларга дуч келасиз.Айни шунинг учун ҳам мазкур нутқни таржима қилиб эълон қилишни «Маънавий ҳаёт» журналига тавсия этган эдим.

Арчибалд Маклиш
КИТОБНИНГ ҚУДРАТИ
Америка китоб сотувчилари ассоциациясининг
1943 йил 6 майдаги мажлисида сўзланган нутқ

Биз бугун хотира куни муносабати билан йиғилдик деб айтсак, хато бўлмайди. Яхши биласиз, яна тўрт кундан кейин машъум китоб ёқиш фожиаси юз берганига ўн йил тўлади -1933 йил 10 май куни фашистлар йигирма беш минг китобни ўтда куйдирган эди.

Мен бу гапларни саналар тасодифан тўғри келиб қолгани ёки шу воқеага алоҳида эътибор қаратиш учунгина айтаётганим йўқ. Ўнинчи майда Берлиндаги гулханда китоблар ловуллаб ёнган эди, бугун, олтинчи майда эса Нью-Йоркда умрини китобга бахшида этган одамлар тантана қилмоқда. Йўқ, менинг таъкидламоқчи бўлганим шуки, ҳар иккала воқеа ҳам китобнинг нақадар улкан қудратга эгалигини яққол кўрсатади.

Янаям аниқроғи, мен бу икки воқеани шунинг учун таққослаяпманки, маълум маънода, Берлиндаги ёнғин китоб қандай улкан қудратга эга эканлигини кўрсатувчи энг ёрқин далил бўлган эди. Ҳолбуки, унинг ташкилотчилари айнан шуни асло истамаган. Яна шунинг учун таъкидлаяпманки, бу ёнғин баъзи бир оқибатларни ҳам келтириб чиқарди.

Фашистлар — нотўғри йўлдан юрган нодон ўспиринлардир, улар ҳаётда ўз ўрнини топа олмаган қаланғи-қасанғилар, ўғри, қотил, босқинчилардан ташкил топган тўда, ўз фашистча «тартиби»ни ўрнатган галадир. Фашистлар китоб ёқишдек ушбу жирканч шармандагарчиликка бежиз қўл урмаган, чунки улар нақадар нодон, жоҳил, қаҳру ғазабнинг қули бўлса ҳам, китобнинг қудратли қурол эканлигини яхши билишарди. Улар ҳур фикрли инсонлар яратган китоб фақат ҳур инсонларга хизмат қилишини, озод инсонларнинг мағрур тафаккурини акс эттиришини, маҳв этиш мушкул бўлган ўткир ва қудратли қурол эканлигини яхши тушунишган. Озодликни тиз чўктиришга қасд қилганлар энг аввал китобни — озодлик ҳуқуқлари халоскорини йўқотиши лозим эканини англаб етишган.

Шу боис мен сизга бир савол бермоқчиман, барчамиз — ўз ҳаётини китобсиз тасаввур қила олмайдиган ёзувчилар ва китоб савдоси вакиллари, ноширлар ва кутубхоначилар, олимлар ва жамоат арбоблари ўйлаб кўриши лозим бўлган савол бу. Биз — китобни таҳқирлаган фашистлардан шунчалик оташин бўлаётганлар, биз — китоблар устида ишлайдиган, уларни ўрганадиган ва улар ҳақида чиройли гапларни гапирадиганлар — китобнинг қудратига уни оловга ташлаган фашистларчалик юқори баҳо бера оламизми? Биз — китоб ёзувчилар ва уларни тарқатувчилар, тарғиб этувчилар — китобнинг аҳамиятини миридан-сиригача тўлиқ ҳис этамизми, уни фақат тилда эмас, бутун вужудимиз билан идрок эта оламизми, ҳеч қурса, китобдан қўрққани учунгина уни оловга ташлаган нокаслар англаганчалик англай оламизми?

Бу шунчаки бир савол эмас. Жудаям жиддий савол. Назаримда, мен унинг жавобини биламан. Сиз ҳам яхши биласиз. Бироқ яна шуни ҳам яхши биламизки, агар иблиснинг адвокати (1) жиддий хоҳласа, бизга жуда ёқимсиз бўлган яна бир чала жавобни қулоғимизга шипшитиши мумкин.

Иблиснинг билимдон адвокати биздан қутурган фашистлар жаҳолатини бир зумга унутишни ва ўзимизнинг кейинги ўн йилликдаги хатти-ҳаракатларимизни ёдга олиб, тўғрисини айтишимизни талаб қилиши ҳам мумкин: агар биз — ҳаётини китобга бағишлаган одамлар — китобнинг буюк таъсир кучига эга эканини, у инсонлар ва халқларнинг ҳаётини ўзгартирувчи восита эканини англагай бўлсак, шу йилларда ўзимизни китобнинг аҳамиятини дилдан ҳис қилган инсондай тутдикми ёки аксинча, унга пештахтадаги товарга, пластмассадан ясалган тиш чўткаси, лосьон бутилкаси ва ё дори-дармонга қарагандай қарадикми?

Бундай саволга жавоб бериш осон бўлмайди. Биз, иккиюзламачилик қилмасдан, 1920 йилларда ишлаб чиқилган ва 1930 йилларда кенг қўлланган китоб савдоси усуллари туфайли сотилаётган китоблар сони анча кўпайди, бозоргир китоблар адади эса шундай суръатлар билан ошдики, тез орада улар учун тираж чеклови деган нарса умуман йўқолади, деб жавоб беришимиз мумкин. Бироқ жавобимизни тинглаган иблиснинг адвокати биздан яна сўрайди: «Айнан қандай китобларни сотдингиз? Оммавий тарқатишга мўлжалланган бу китоблар қандай тамойилга кўра танланди? Ва ниҳоят, уларнинг кенг кўламда тарқатилишидан қандай мақсад кўзланган эди? Ўша мақсадга эришдингизми?».

Бир нарса аниқ, — дейди у бизга, — ушбу китобларнинг бадиий қиммати масаласини бир четга қўйиб турган тақдиримизда ҳам (ўйлашимча, иблиснинг адвокати мазкур масалани кўтармаса, биз учун айни муддао бўларди) ушбу китобларда, уларга бўлган муносабатингизда сиз китобларга мамлакат ҳаётига ва унинг келажагига таъсир ўтказувчи қудратли қурол каби ёндашганингизни тасдиқловчи жиҳатлар жуда кам. Агар буюк мамлакатнинг халқи қачонлардир атрофида юз бераётган сирли ўзгаришларни пайқамаган бўлса, замона зайлидаги ғайриоддий ўзгаришлардан хабарсиз қолган бўлса, америкаликлар фашизмнинг тобора кучайиб бораётганидан ғафлатда қолгани ва бунга тайёр бўлмаганининг сабаби шу, бошқа изоҳга ҳожат йўқ. Харидоргир китоблар рўйхатида Эрнест Хемингуэйнинг «Қўнғироқ кимни чорлаяпти?» ёки Эд Тейлорнинг «Қўрқув стратегияси» ёхуд «Билл Ширернинг кундалиги» сингари нотинч дунё ҳақидаги, халқимиз эътибор билан ўқийдиган китоблар борми?

Ҳолбуки, душман Гонолулуга(2) бомба ёғдирмасидан ва Атлантика қирғоқларини ҳалок бўлганларнинг жасадлари босиб кетмасидан бурун, мамлакатга хавф-хатар булути соя солаётганини англаш имконини берувчи атиги бир нечта китоб бор эди, холос.

Ҳолбуки, сотувга чиқарилган китобларнинг аксариятини жаҳон тарихининг охирги ўн йиллигида ҳаммамиз учун ўлим хавфи юзага келиши ҳақида заррача ҳам тушунча бермайдиган асарлар ташкил қиларди.Уларни ўқиган одамлар Испанияда фашистлар уюштирган тўнтариш фашистларнинг оламшумул юриши бошланганининг аломати эканини, у бизнинг ҳам эркинлигимизга, ҳаётимизга хавф солишини; Чехословакия(3)нинг оккупация қилиниши фақат Судет вилоятининг фашизм томонидан босиб олинишини эмас, балки Германиядан анча узоқ мамлакатларни ҳам, шу жумладан, бизнинг диёрни ҳам забт этишга уринишни англатишини хаёлига ҳам келтирган эмас.

Америка ёзувчилари, гарчи ўшанда улардан ташқари жуда кам одам Испаниядаги воқеалар ҳақида ҳақиқатни айтишга журъат қилган бўлса-да, франкочилар(4)нинг кирдикорларини ўз номи билан тўнтариш деб атаб, мамлакатимизда фашизмга қарши илк ва жасур курашчилар сифатида майдонга чиққан эди. Шуни айтиб, яна америкалик ноширларнинг аксарияти антифашистик китобларни чоп этиш учун бор куч ва маблағини аямагани; халқни хавфдан огоҳ этишни ватанпарварлик бурчи деб билган ёзувчиларнинг асарлари қўлма-қўл бўлиб кетган ҳолатлар ҳам бўлгани сингари далилларни қалаштириб ташлаб, ушбу хаёлий мунозарани давом эттиришга ҳожат йўқ.

Буларнинг ҳаммасини, яна кўп далилларни иблиснинг адвокатига эътироз сифатида келтириш мумкин. Аммо, тан олайлик, умуман олганда биз китоб ёрдамида эришишимиз керак бўлган мақсадларни рўёбга чиқариш учун китобнинг имкониятларидан самарали фойдаландик, дея олмаймиз.

Америкада охирги йигирма йил мобайнида бу борада қилинган ишлар қониқарли эмас, десам, барчангиз фикримга қўшилсангиз керак. Тарихимизни ёдга олганда устма-уст қилинган хатоларни таҳлил қила туриб, Батаан(5) таслим бўлган ўша фожиали кундан, Коррехидор қўлдан кетган ўша фожиали кундан, фожиийликда улардан қолишмайдиган, ўзимизнинг масъулиятсизлигимиз ва калтабинлигимиз туфайли олдинги урушда қўлга киритган ҳамма нарсамиздан мосуво бўлган кунларга хаёлан қайтишимизга тўғри келади. Энди ортга бир назар ташласак, тарихимизнинг охирги чорак асри жинояткорона лоқайдликдан муқаррар бахтсизлик сари йўл бўлиб кўринади — баайни Европада юз берган фожиа сингари, албатта босиб ўтилиши лозим бўлган, машъум ва даҳшатли йўлдай туюлади, буни ҳеч ким инкор этмаса керак. Орамизда бугун ҳаммамизнинг бошимизга тушган кўргулик учун жавобгар бўлмаган, айниқса, ҳаёти китоб билан боғлиқ бўлгани учун ҳам элнинг бошига тушган кўргулик учун жавобгар бўлмаган одам ёки жамоат йўқ, бу фикримга ҳам барчангиз қўшилсангиз керак.

Аммо энди шунчаки ўтмишни кавлаштириш ва йўл қўйилган хатолар учун пушаймон қилиш етарли эмас, умумий масъулият ҳисси ўзининг алоҳида, айнан унга юклатилган бурчини англаб етган ҳар бир кишининг шахсий масъулиятига айланиши шарт. Бу туйғу бизни ҳаракатга ундамоғи лозим. Масалан, кино саноати ҳақида гап кетганда унинг вакиллари беш-ўн йил илгари кинонинг ягона вазифаси томошабиннинг кўнглини ёзишдир, кинотеатрларнинг электр чироқлари билан чароғон остоналаридан узоқ жойларда нима бўлса бўлар, деб ишонтирганларнинг бошига таъна тошларини ёғдириши етарли эмас. Эндиликда кино саноати кўплаб ҳақиқатларнинг кўзига тик боқиши ва ўзи учун зарур хулосаларни чиқариб олиши даркор.

Ушбу ҳақиқатларнинг энг асосийси шуки, кинофильмлар мамлакатимиз ҳаётига кучли таъсир кўрсатади, картина муаллифи хоҳлайдими-йўқми, бу бир кунмас-бир кун ўз мевасини беради. Чунки чалғитувни ёки ҳаёт ҳақида ёлғон тасаввур уйғотувчи картиналар ҳам томошабинларга ҳаққоний, ҳаётни ойнадагидек акс эттирувчи картиналар сингари кучли таъсир қилади-ю, охир-оқибат иллюзияга, ўз-ўзини алдашга олиб келади. Тан олиш керакки, кино саноатининг шунчаки халқнинг димоғини чоғ қилишга интилаётгани ва ижтимоий қарашларни шакллантиришга ҳеч қандай алоқаси йўқлигини баҳона қилиб, Америкада юзага келган ижтимоий фикр учун жавобгарликни ўзидан соқит қилишга уриниши асоссиз ва ножўя уринишдир.

Эътироф этиш лозимки, Америка халқи ҳозирги замон қандай хусусиятларга эгалиги ва дунёга қандай хавф-хатарлар соя солаётганини илгарироқ, анча илгарироқ англаб етмагани учун кино саноати радио, матбуот, китобчи- лик, коллежлар, мактаблар, биз ҳаммамиз каби шак-шубҳасиз жавобгардир.

Илгарилари кино саноати кўнгилочар кино билан одамларга таъсир ўтказувчи кино ўртасида фарқ борлигини даъво қилган бўлса-да, аслида, катта тафовут мавжуд эмас. Дунёни ҳаққоний тасвирлашга уриниш томошабинга қандай таъсир қилса, уни аслидагидан бошқача тасвирлашга уриниш ҳам ўшандай таъсир қилади; бизнинг фожиали, хавф-хатарга тўла замонамизда одамлар дуч келаётган ҳақиқий муаммолар кўрсатилмасдан, бунинг ўрнига сон-саноқсиз келишган оёқчалардан ҳамда ҳаммасида бир хил табассум жилваланадиган чеҳралардан баҳра олиш таклиф қилинадиган, ҳақиқатдан анча узоқ Ҳолливуд ленталари қандай «тарғибот филмлари» бўлса, «Бир шингил қаҳр» (6) ва «Испан диёри» (7) ҳам шундай «тарғибот филмлари» ҳисобланади, заррача ортиқ эмас. Қолаверса, ушбу оёқчалар ва табассумларни «тарғибот» деб аташ тўғрироқдир, чунки америкаликларнинг кўпчилиги уларда тасвирланадиган дунё, аниқроғи, антидунё ҳақиқатан ҳам мавжудлигига йиллар давомида аста-секин ишониб қолишди, то осмондан бомбалар ёғилиб, кўз олдини чанг-тўзон қоплаб, олдиларида нурафшон экран ўрнига кинотеатрнинг сувоқлари кўчиб тушган оддий ғишт девори намоён бўлмагунча шунга ишонишди…

Аммо ёзувчилар, вазифаси китобни ўқувчиларга етказиш бўлган инсонлар ҳақида ҳам шундай дейиш мумкин. Ҳаммамизнинг зиммамизда масъулият бўлгани сингари, китоб сотиш ҳам масъулиятли иш, демак, кино саноати каби, ёзувчилар, кутубхоначилар ва бошқалар каби китобчилик ҳам ўз айбини тан олиши керак. Йигирманчи ва ўттизинчи йилларда амал қилинган китоб тарқатиш тамойиллари кинодаги шунга ўхшаш томойиллар қандай оқибатларга олиб келган бўлса, шундай оқибатларни келтириб чиқарди. Китобчиликда ҳам — унчалик ошкора ва аниқ бўлмаса-да — китобга товар сифатида, талаб бўлгани учун сотилиши керак бўлган буюм сингари қараш шаклланган, сотилган китобнинг мазмуни учун китобчи (ношир) жавоб бермайди, деган фикр кенг тарқалган эди. Китоблар емакхоналарда арзон нархларда сотилгани боис, китоб сотувчилар уларга фақат нарх-наво билан қизиқувчи емакхона эгаларининг кўзи ила қарашга ўрганиб қолди. Китоб баҳоси уч доллар ёки тўқсон саккиз цент бўлган товар ҳисобланар, товар сифатида сотиларди. Китобнинг машҳурлиги юз минг ё беш юз минг ёки миллион нусхада сотилишига қараб ўлчанарди. Йирик дўконларда китоблар муайян бичимдаги костюмлар танлангандек танланарди, иккаласида ҳам харидорга айнан ушбу модел ёқади, деган тамойилга амал қилинарди.

Бошқача айтганда, кинода нима юз берган бўлса, китобчиликда ҳам деярли ўша нарса юз берди, аммо оқибати жуда аянчли бўлиб чиқди. Ёдда тутиш керакки, йигирманчи йилларгача китобчилик билан бу ишнинг масъулиятини тўла ҳис қилган одамлар шуғулланган, кейинчалик уларнинг издошлари бу масъулиятдан қоча бошладилар. Китобчилик, шубҳасиз, масъулиятни ҳис қилиш жуда ҳам зарур бўлган касблардан бири. Ўтган асрда, ундан аввалги асрда ҳам китоблар уларга товар эмас, айнан китоб сифатида қараган кишилар томонидан; ўзи сотаётган китоб ҳақида маълум бир фикри бўлган ва шу фикрини асослаб бера оладиган кишилар томонидан; харидорлари улар билан бирон-бир роман неча нусхада сотилгани ҳақида эмас, ўша романнинг ўзи, ютуқ ва камчиликлари, фазилатлари ҳақида гурунглашадиган кишилар томонидан сотилган.

Гарчи, бу афсусланарли ҳолат бўлса-да, фожиа китобчиликда китоб савдосининг эски тамойилларига амал қилмай қўйилганидагина эмас. Фожиа шундаки, китоб сотувчилар ўз вазифаларини буткул унутиб қўйишди — ушбу жудаям муҳим вазифа туфайли уларнинг фаолияти китобларда ифодаланган ғояларнинг кенг ёйилишида муҳим аҳамият касб этарди.

Китоблар — ҳақиқий китоблар — ўз-ўзидан сотилиб кетмайди. Ҳақиқий китобнинг муқоваси қанчалик чиройли бўлмасин, унда китобнинг мазмун-моҳияти қанчалик маҳорат билан акс эттирилган бўлмасин, китобнинг ташқи кўриниши одамларда уни албатта сотиб олиб, ўқиб чиқиш керак экан, деган фикр уйғотолмайди. Ҳақиқий китоблар уларнинг қандай китоблигини биладиган ва уларга ҳурмат билан муносабатда бўладиган одамларнинг ғайрат-шижоати туфайли сотилади. Бу ғайрат-шижоат эса аввало китобни илк бор варақлаб чиқаётган ўқувчини ишонтиришга қаратилган бўлиши керак. Энг ҳурматли танқидчи ёзган энг беназир тақриз ҳам ўқувчининг ўқувчи билан гурунгидан камроқ фойда келтиради. Бундай гурунгларда эса ҳар доим ўз китобларини ҳам, ўз харидорларини ҳам яхши биладиган китобчи энг обрўли суҳбатдош саналади. Агар китоб савдосида шундай сотувчилар қолмаса, бу савдо ҳамма нарсани улкан ва ёрқин реклама плакатлари ҳал қиладиган, муваффақият ва муваффақиятсизлик ҳақида эса олинган даромадга қараб баҳо бериладиган совун ёки консерва савдоси каби оддий, ўртамиёна савдога айланади.

Китоб савдосида яна ҳақиқий китобчининг вазифаси ҳақидаги ғоя қарор топмас экан, китоблар ўзининг юксак ролини, даврнинг ижтимоий руҳини белгилаш ролини бажара олмайди; урушаётган мамлакатимизнинг минг-минглаб ўқувчилари ўқиб чиқиши лозим бўлган китоблар уларнинг ўндан бири, ҳатто юздан бирининг ҳам қўлига етиб бориши гумонлигича қолаверади.

Мамлакатимиз учун китоб ҳали ҳеч қачон бугунгидек аҳамият касб этмаган эди. Кўпинча ҳал қилиниши зарур бўлган муаммоларни, бартараф этилиши керак бўлган ғовларни бехато аниқлашга фақат китобгина ёрдам бера олади. Фақат китобларгина, масалан, урушдан кейинги дунё қандай бўлиши сингари ҳаммамизни қаттиқ хавотирга солаётган масалаларни муҳокама қилиш учун майдон бўлиши мумкин. Ниҳоят, олдимизда турган энг асосий масала — давримиз қандай давр эканлиги масаласи фақат бунинг учун етарли ўрин ва имкон берувчи китоблардагина ўртага ташланган ва муҳокама қилинган бўлиши мумкин. Бизнинг замонда яшовчи одамлар ҳали унинг ўзига хос хусусиятларини англаб етмаган экан, китоб бизни ундаётган тўхтовсиз изланишгина ҳозирги замон маънисини англаш имконини беради.

Шунинг учун ҳам ҳали кўп ойлар, эҳтимол, йиллар давомида китоблар тарихимизни шакллантириб, ҳаётимизда ғоят катта ва жуда муҳим рол ўйнайди. Мен фақат иқтисод ва сиёсатга оид китоблар ҳақида гапираётганим йўқ. Эндиликда сўз усталарининг, шоирларнинг ҳаётнинг маъноси ва паст-баландини ҳаммамиз учун аниқ-равшан кўрсатиб берадиган асарлари, романчиларнинг бизнинг алғов-далғов ва чалкаш ҳаётимизга тартиб ва маъно бағишловчи асарлари ҳар қачонгидан ҳам муҳим аҳамият касб этмоқда.

Китоблар бундан кейин ҳам ёзилади — бунга шубҳа қилмасангиз ҳам бўлади. Замона эҳтиёжлари давр талабига мос китобларни юзага келтираверади. Аммо китоб ёзишнинг ўзи етарли эмас. Жиддий тақризлар босиладиган кам сонли газета ва журналларнинг адабиёт саҳифаларида улар ҳақида тақриз эълон қилишнинг ўзи етарли эмас. Агар биз китобларда кўтарилган масалаларни жамоатчилик кенг муҳокама қилишини хоҳласак — бу жуда зарур — бундай китоблар уларга эҳтиёжи бор ўқувчиларнинг, шундай эҳтиёжни ҳис қилувчи, лекин уни қандай қондиришни билмайдиган ўқувчиларнинг қўлига етиб боришига эришишимиз керак.

Китобчиларнинг ҳар қачонгидан ҳам аниқ-равшан бурчи, қоғозга ўралган босма маҳсулотларни пуллаш билан шуғулланувчи одамлар бажара олмаётган, бажаришга уриниб кўриши керак бўлган бурч мана шу. Бу замон ўзгаришларини ҳис қиладиган ҳар қандай кишини илҳомлантирувчи бурч, ҳар ким ўзини қувонч ва ғурур билан бахш этиши мумкин бўлган бурчдир. Бошқача айтганда, бу айнан китоблар ва одамларни жуда қаттиқ севувчи, уларни бир-бирига яқинлаштириш учун жонини ҳам беришга тайёр инсонларнинг бурчидир. Улар учун бундан муқаддасроқ бурч бўлмайди.

Бу бурчга риоя қилиш учун киши, аввало, ўзининг оғир, аммо муносиб вазифасини — нафақат профессионал, шу билан бирга инсоний вазифасини — ўз эҳтиёжларини билдираётган одамлар ва бизнинг давримизда яратилаётган адабиёт ўртасида воситачи бўлиш вазифасини англаши ва зиммасига олиши лозим. Ҳақиқий китобчигина китобни ҳам, ўқувчини ҳам жуда яхши билгани каби, бу вазифага уларни миридан-сиригача билувчи одамгина лойиқдир. Илм одами илмий даражаларни қандай билса, у ҳам янги-ю эски китобларни шундай билиши, маҳаллий врач ўз ҳудудидаги одамларни беш қўлдай билиб олгани сингари, у ҳам ўз ҳамшаҳарларини шундай билиб олиши даркор. Бошқача айтганда, у ўқувчилар китоблардан нима олишни хоҳлаётганини ва китобларнинг муаллифлари уларга нимани ўргата олишини билиши керак. Ва у ўқувчи билан китобни sub specia aeternitates (8) эмас, келажак кунларнинг бирида эмас, бизнинг оловли, қайғули, аммо умид чироғи ўчмаган шу кунларимизда, бугуноқ юзма-юз учраштириб қўйиши шарт.

Изоҳлар
——————

1. Ўрта асрларда Европада бирон-бир руҳонийни авлиё деб тан олиш учун черковда муҳокама ўтказилган. Бир киши унинг фазилатларини, яна бир киши нуқсонларини айтиб турган. Нуқсонларни сановчи кишини «иблиснинг адвокати» деб аташган.
2. Гавайи оролларининг лойтахти, у ва Пёрл-Харбор япон авиацияси томонидан 1941 йил 7 декабрда бомбардимон қилинган.
3. Чехия ва Словакия 1993 йил 1 январгача битта давлат бўлган.
4. Испанияда генерал Франко ўрнатган диктатура тарафдорлари
5. Филиппиннинг энг йирик оролларидан бири бўлмиш Лузонадаги жой, 1942 йил 9 апрелда япон қўшини томонидан босиб олинган. Америка қўшини Коррехидор қалъасига чекинган ва бир ойдан сўнг таслим бўлган.
6. Жон Стейнбекнинг шу номли романи асосида режиссёр Жон Форд томонидан 1940 йилда суратга олинган бадиий филм.
7. Режиссёр ва оператор Йорис Ивенс томонидан Эрнест Ҳемингуэй билан биргаликда 1937 йили суратга олинган ҳужжатли филм.
8. Sub specia aeternitates — Абадият нуқтаи назаридан (лотинча)

Ҳасан Карвонли таржимаси
Манба: «Маънавий ҳаёт» журнали, 2015/ 4

Taniqli amerikalik shoir, yozuvchi va dramaturg, uch karra Pulitser mukofoti bilan taqdirlangan, uzoq yillar AQSH kongressi kutubxonasi mudiri, Amerika san’at va adabiyot akademiyasi prezidenti bo’lgan Archibald Maklish (1892 — 1982)ning mamlakat kitob sotuvchilari assotsiatsiyasining 1943 yil 6 maydagi majlisida so’zlangan nutqini sizga taqdim etar ekanman, uni o’qiganingizda notinch zamonamizda yuzaga kelgan fojialar, xususan DAISH bilan bog’liqqonli voqealar, bugungi kunda o’zimiz yashab turgan yurtda kinofil`mlar bilan bog’liq muammolar haqida xuddi bugun yozilgan fikr-mulohazalarga duch kelasiz.Ayni shuning uchun ham mazkur nutqni tarjima qilib e’lon qilishni «Ma’naviy hayot» jurnaliga tavsiya etgan edim.

Archibald Maklish
KITOBNING QUDRATI
Amerika kitob sotuvchilari assotsiatsiyasining
1943 yil 6 maydagi majlisida so’zlangan nutq

Biz bugun xotira kuni munosabati bilan yig’ildik deb aytsak, xato bo’lmaydi. Yaxshi bilasiz, yana to’rt kundan keyin mash’um kitob yoqish fojiasi yuz berganiga o’n yil to’ladi -1933 yil 10 may kuni fashistlar yigirma besh ming kitobni o’tda kuydirgan edi.

Men bu gaplarni sanalar tasodifan to’g’ri kelib qolgani yoki shu voqeaga alohida e’tibor qaratish uchungina aytayotganim yo’q. O’ninchi mayda Berlindagi gulxanda kitoblar lovullab yongan edi, bugun, oltinchi mayda esa N`yu-Yorkda umrini kitobga baxshida etgan odamlar tantana qilmoqda. Yo’q, mening ta’kidlamoqchi bo’lganim shuki, har ikkala voqea ham kitobning naqadar ulkan qudratga egaligini yaqqol ko’rsatadi.

Yanayam aniqrog’i, men bu ikki voqeani shuning uchun taqqoslayapmanki, ma’lum ma’noda, Berlindagi yong’in kitob qanday ulkan qudratga ega ekanligini ko’rsatuvchi eng yorqin dalil bo’lgan edi. Holbuki, uning tashkilotchilari aynan shuni aslo istamagan. Yana shuning uchun ta’kidlayapmanki, bu yong’in ba’zi bir oqibatlarni ham keltirib chiqardi.

Fashistlar — noto’g’ri yo’ldan yurgan nodon o’spirinlardir, ular hayotda o’z o’rnini topa olmagan qalang’i-qasang’ilar, o’g’ri, qotil, bosqinchilardan tashkil topgan to’da, o’z fashistcha «tartibi»ni o’rnatgan galadir. Fashistlar kitob yoqishdek ushbu jirkanch sharmandagarchilikka bejiz qo’l urmagan, chunki ular naqadar nodon, johil, qahru g’azabning quli bo’lsa ham, kitobning qudratli qurol ekanligini yaxshi bilishardi. Ular hur fikrli insonlar yaratgan kitob faqat hur insonlarga xizmat qilishini, ozod insonlarning mag’rur tafakkurini aks ettirishini, mahv etish mushkul bo’lgan o’tkir va qudratli qurol ekanligini yaxshi tushunishgan. Ozodlikni tiz cho’ktirishga qasd qilganlar eng avval kitobni — ozodlik huquqlari xaloskorini yo’qotishi lozim ekanini anglab yetishgan.

Shu bois men sizga bir savol bermoqchiman, barchamiz — o’z hayotini kitobsiz tasavvur qila olmaydigan yozuvchilar va kitob savdosi vakillari, noshirlar va kutubxonachilar, olimlar va jamoat arboblari o’ylab ko’rishi lozim bo’lgan savol bu. Biz — kitobni tahqirlagan fashistlardan shunchalik otashin bo’layotganlar, biz — kitoblar ustida ishlaydigan, ularni o’rganadigan va ular haqida chiroyli gaplarni gapiradiganlar — kitobning qudratiga uni olovga tashlagan fashistlarchalik yuqori baho bera olamizmi? Biz — kitob yozuvchilar va ularni tarqatuvchilar, targ’ib etuvchilar — kitobning ahamiyatini miridan-sirigacha to’liq his etamizmi, uni faqat tilda emas, butun vujudimiz bilan idrok eta olamizmi, hech qursa, kitobdan qo’rqqani uchungina uni olovga tashlagan nokaslar anglaganchalik anglay olamizmi?

Bu shunchaki bir savol emas. Judayam jiddiy savol. Nazarimda, men uning javobini bilaman. Siz ham yaxshi bilasiz. Biroq yana shuni ham yaxshi bilamizki, agar iblisning advokati (1) jiddiy xohlasa, bizga juda yoqimsiz bo’lgan yana bir chala javobni qulog’imizga shipshitishi mumkin.

Iblisning bilimdon advokati bizdan quturgan fashistlar jaholatini bir zumga unutishni va o’zimizning keyingi o’n yillikdagi xatti-harakatlarimizni yodga olib, to’g’risini aytishimizni talab qilishi ham mumkin: agar biz — hayotini kitobga bag’ishlagan odamlar — kitobning buyuk ta’sir kuchiga ega ekanini, u insonlar va xalqlarning hayotini o’zgartiruvchi vosita ekanini anglagay bo’lsak, shu yillarda o’zimizni kitobning ahamiyatini dildan his qilgan insonday tutdikmi yoki aksincha, unga peshtaxtadagi tovarga, plastmassadan yasalgan tish cho’tkasi, los`on butilkasi va yo dori-darmonga qaraganday qaradikmi?

Bunday savolga javob berish oson bo’lmaydi. Biz, ikkiyuzlamachilik qilmasdan, 1920 yillarda ishlab chiqilgan va 1930 yillarda keng qo’llangan kitob savdosi usullari tufayli sotilayotgan kitoblar soni ancha ko’paydi, bozorgir kitoblar adadi esa shunday sur’atlar bilan oshdiki, tez orada ular uchun tiraj cheklovi degan narsa umuman yo’qoladi, deb javob berishimiz mumkin. Biroq javobimizni tinglagan iblisning advokati bizdan yana so’raydi: «Aynan qanday kitoblarni sotdingiz? Ommaviy tarqatishga mo’ljallangan bu kitoblar qanday tamoyilga ko’ra tanlandi? Va nihoyat, ularning keng ko’lamda tarqatilishidan qanday maqsad ko’zlangan edi? O’sha maqsadga erishdingizmi?».

Bir narsa aniq, — deydi u bizga, — ushbu kitoblarning badiiy qimmati masalasini bir chetga qo’yib turgan taqdirimizda ham (o’ylashimcha, iblisning advokati mazkur masalani ko’tarmasa, biz uchun ayni muddao bo’lardi) ushbu kitoblarda, ularga bo’lgan munosabatingizda siz kitoblarga mamlakat hayotiga va uning kelajagiga ta’sir o’tkazuvchi qudratli qurol kabi yondashganingizni tasdiqlovchi jihatlar juda kam. Agar buyuk mamlakatning xalqi qachonlardir atrofida yuz berayotgan sirli o’zgarishlarni payqamagan bo’lsa, zamona zaylidagi g’ayrioddiy o’zgarishlardan xabarsiz qolgan bo’lsa, amerikaliklar fashizmning tobora kuchayib borayotganidan g’aflatda qolgani va bunga tayyor bo’lmaganining sababi shu, boshqa izohga hojat yo’q. Xaridorgir kitoblar ro’yxatida Ernest Xemingueyning «Qo’ng’iroq kimni chorlayapti?» yoki Ed Teylorning «Qo’rquv strategiyasi» yoxud «Bill Shirerning kundaligi» singari notinch dunyo haqidagi, xalqimiz e’tibor bilan o’qiydigan kitoblar bormi?

Holbuki, dushman Gonoluluga(2) bomba yog’dirmasidan va Atlantika qirg’oqlarini halok bo’lganlarning jasadlari bosib ketmasidan burun, mamlakatga xavf-xatar buluti soya solayotganini anglash imkonini beruvchi atigi bir nechta kitob bor edi, xolos.

Holbuki, sotuvga chiqarilgan kitoblarning aksariyatini jahon tarixining oxirgi o’n yilligida hammamiz uchun o’lim xavfi yuzaga kelishi haqida zarracha ham tushuncha bermaydigan asarlar tashkil qilardi.Ularni o’qigan odamlar Ispaniyada fashistlar uyushtirgan to’ntarish fashistlarning olamshumul yurishi boshlanganining alomati ekanini, u bizning ham erkinligimizga, hayotimizga xavf solishini; Chexoslovakiya(3)ning okkupatsiya qilinishi faqat Sudet viloyatining fashizm tomonidan bosib olinishini emas, balki Germaniyadan ancha uzoq mamlakatlarni ham, shu jumladan, bizning diyorni ham zabt etishga urinishni anglatishini xayoliga ham keltirgan emas.

Amerika yozuvchilari, garchi o’shanda ulardan tashqari juda kam odam Ispaniyadagi voqealar haqida haqiqatni aytishga jur’at qilgan bo’lsa-da, frankochilar(4)ning kirdikorlarini o’z nomi bilan to’ntarish deb atab, mamlakatimizda fashizmga qarshi ilk va jasur kurashchilar sifatida maydonga chiqqan edi. Shuni aytib, yana amerikalik noshirlarning aksariyati antifashistik kitoblarni chop etish uchun bor kuch va mablag’ini ayamagani; xalqni xavfdan ogoh etishni vatanparvarlik burchi deb bilgan yozuvchilarning asarlari qo’lma-qo’l bo’lib ketgan holatlar ham bo’lgani singari dalillarni qalashtirib tashlab, ushbu xayoliy munozarani davom ettirishga hojat yo’q.

Bularning hammasini, yana ko’p dalillarni iblisning advokatiga e’tiroz sifatida keltirish mumkin. Ammo, tan olaylik, umuman olganda biz kitob yordamida erishishimiz kerak bo’lgan maqsadlarni ro’yobga chiqarish uchun kitobning imkoniyatlaridan samarali foydalandik, deya olmaymiz.

Amerikada oxirgi yigirma yil mobaynida bu borada qilingan ishlar qoniqarli emas, desam, barchangiz fikrimga qo’shilsangiz kerak. Tariximizni yodga olganda ustma-ust qilingan xatolarni tahlil qila turib, Bataan(5) taslim bo’lgan o’sha fojiali kundan, Korrexidor qo’ldan ketgan o’sha fojiali kundan, fojiiylikda ulardan qolishmaydigan, o’zimizning mas’uliyatsizligimiz va kaltabinligimiz tufayli oldingi urushda qo’lga kiritgan hamma narsamizdan mosuvo bo’lgan kunlarga xayolan qaytishimizga to’g’ri keladi. Endi ortga bir nazar tashlasak, tariximizning oxirgi chorak asri jinoyatkorona loqaydlikdan muqarrar baxtsizlik sari yo’l bo’lib ko’rinadi — baayni Yevropada yuz bergan fojia singari, albatta bosib o’tilishi lozim bo’lgan, mash’um va dahshatli yo’lday tuyuladi, buni hech kim inkor etmasa kerak. Oramizda bugun hammamizning boshimizga tushgan ko’rgulik uchun javobgar bo’lmagan, ayniqsa, hayoti kitob bilan bog’liq bo’lgani uchun ham elning boshiga tushgan ko’rgulik uchun javobgar bo’lmagan odam yoki jamoat yo’q, bu fikrimga ham barchangiz qo’shilsangiz kerak.

Ammo endi shunchaki o’tmishni kavlashtirish va yo’l qo’yilgan xatolar uchun pushaymon qilish yetarli emas, umumiy mas’uliyat hissi o’zining alohida, aynan unga yuklatilgan burchini anglab yetgan har bir kishining shaxsiy mas’uliyatiga aylanishi shart. Bu tuyg’u bizni harakatga undamog’i lozim. Masalan, kino sanoati haqida gap ketganda uning vakillari besh-o’n yil ilgari kinoning yagona vazifasi tomoshabinning ko’nglini yozishdir, kinoteatrlarning elektr chiroqlari bilan charog’on ostonalaridan uzoq joylarda nima bo’lsa bo’lar, deb ishontirganlarning boshiga ta’na toshlarini yog’dirishi yetarli emas. Endilikda kino sanoati ko’plab haqiqatlarning ko’ziga tik boqishi va o’zi uchun zarur xulosalarni chiqarib olishi darkor.

Ushbu haqiqatlarning eng asosiysi shuki, kinofil`mlar mamlakatimiz hayotiga kuchli ta’sir ko’rsatadi, kartina muallifi xohlaydimi-yo’qmi, bu bir kunmas-bir kun o’z mevasini beradi. Chunki chalg’ituvni yoki hayot haqida yolg’on tasavvur uyg’otuvchi kartinalar ham tomoshabinlarga haqqoniy, hayotni oynadagidek aks ettiruvchi kartinalar singari kuchli ta’sir qiladi-yu, oxir-oqibat illyuziyaga, o’z-o’zini aldashga olib keladi. Tan olish kerakki, kino sanoatining shunchaki xalqning dimog’ini chog’ qilishga intilayotgani va ijtimoiy qarashlarni shakllantirishga hech qanday aloqasi yo’qligini bahona qilib, Amerikada yuzaga kelgan ijtimoiy fikr uchun javobgarlikni o’zidan soqit qilishga urinishi asossiz va nojo’ya urinishdir.

E’tirof etish lozimki, Amerika xalqi hozirgi zamon qanday xususiyatlarga egaligi va dunyoga qanday xavf-xatarlar soya solayotganini ilgariroq, ancha ilgariroq anglab yetmagani uchun kino sanoati radio, matbuot, kitobchi- lik, kollejlar, maktablar, biz hammamiz kabi shak-shubhasiz javobgardir.

Ilgarilari kino sanoati ko’ngilochar kino bilan odamlarga ta’sir o’tkazuvchi kino o’rtasida farq borligini da’vo qilgan bo’lsa-da, aslida, katta tafovut mavjud emas. Dunyoni haqqoniy tasvirlashga urinish tomoshabinga qanday ta’sir qilsa, uni aslidagidan boshqacha tasvirlashga urinish ham o’shanday ta’sir qiladi; bizning fojiali, xavf-xatarga to’la zamonamizda odamlar duch kelayotgan haqiqiy muammolar ko’rsatilmasdan, buning o’rniga son-sanoqsiz kelishgan oyoqchalardan hamda hammasida bir xil tabassum jilvalanadigan chehralardan bahra olish taklif qilinadigan, haqiqatdan ancha uzoq Hollivud lentalari qanday «targ’ibot filmlari» bo’lsa, «Bir shingil qahr» (6) va «Ispan diyori» (7) ham shunday «targ’ibot filmlari» hisoblanadi, zarracha ortiq emas. Qolaversa, ushbu oyoqchalar va tabassumlarni «targ’ibot» deb atash to’g’riroqdir, chunki amerikaliklarning ko’pchiligi ularda tasvirlanadigan dunyo, aniqrog’i, antidunyo haqiqatan ham mavjudligiga yillar davomida asta-sekin ishonib qolishdi, to osmondan bombalar yog’ilib, ko’z oldini chang-to’zon qoplab, oldilarida nurafshon ekran o’rniga kinoteatrning suvoqlari ko’chib tushgan oddiy g’isht devori namoyon bo’lmaguncha shunga ishonishdi…

Ammo yozuvchilar, vazifasi kitobni o’quvchilarga yetkazish bo’lgan insonlar haqida ham shunday deyish mumkin. Hammamizning zimmamizda mas’uliyat bo’lgani singari, kitob sotish ham mas’uliyatli ish, demak, kino sanoati kabi, yozuvchilar, kutubxonachilar va boshqalar kabi kitobchilik ham o’z aybini tan olishi kerak. Yigirmanchi va o’ttizinchi yillarda amal qilingan kitob tarqatish tamoyillari kinodagi shunga o’xshash tomoyillar qanday oqibatlarga olib kelgan bo’lsa, shunday oqibatlarni keltirib chiqardi. Kitobchilikda ham — unchalik oshkora va aniq bo’lmasa-da — kitobga tovar sifatida, talab bo’lgani uchun sotilishi kerak bo’lgan buyum singari qarash shakllangan, sotilgan kitobning mazmuni uchun kitobchi (noshir) javob bermaydi, degan fikr keng tarqalgan edi. Kitoblar yemakxonalarda arzon narxlarda sotilgani bois, kitob sotuvchilar ularga faqat narx-navo bilan qiziquvchi yemakxona egalarining ko’zi ila qarashga o’rganib qoldi. Kitob bahosi uch dollar yoki to’qson sakkiz sent bo’lgan tovar hisoblanar, tovar sifatida sotilardi. Kitobning mashhurligi yuz ming yo besh yuz ming yoki million nusxada sotilishiga qarab o’lchanardi. Yirik do’konlarda kitoblar muayyan bichimdagi kostyumlar tanlangandek tanlanardi, ikkalasida ham xaridorga aynan ushbu model yoqadi, degan tamoyilga amal qilinardi.

Boshqacha aytganda, kinoda nima yuz bergan bo’lsa, kitobchilikda ham deyarli o’sha narsa yuz berdi, ammo oqibati juda ayanchli bo’lib chiqdi. Yodda tutish kerakki, yigirmanchi yillargacha kitobchilik bilan bu ishning mas’uliyatini to’la his qilgan odamlar shug’ullangan, keyinchalik ularning izdoshlari bu mas’uliyatdan qocha boshladilar. Kitobchilik, shubhasiz, mas’uliyatni his qilish juda ham zarur bo’lgan kasblardan biri. O’tgan asrda, undan avvalgi asrda ham kitoblar ularga tovar emas, aynan kitob sifatida qaragan kishilar tomonidan; o’zi sotayotgan kitob haqida ma’lum bir fikri bo’lgan va shu fikrini asoslab bera oladigan kishilar tomonidan; xaridorlari ular bilan biron-bir roman necha nusxada sotilgani haqida emas, o’sha romanning o’zi, yutuq va kamchiliklari, fazilatlari haqida gurunglashadigan kishilar tomonidan sotilgan.

Garchi, bu afsuslanarli holat bo’lsa-da, fojia kitobchilikda kitob savdosining eski tamoyillariga amal qilmay qo’yilganidagina emas. Fojia shundaki, kitob sotuvchilar o’z vazifalarini butkul unutib qo’yishdi — ushbu judayam muhim vazifa tufayli ularning faoliyati kitoblarda ifodalangan g’oyalarning keng yoyilishida muhim ahamiyat kasb etardi.

Kitoblar — haqiqiy kitoblar — o’z-o’zidan sotilib ketmaydi. Haqiqiy kitobning muqovasi qanchalik chiroyli bo’lmasin, unda kitobning mazmun-mohiyati qanchalik mahorat bilan aks ettirilgan bo’lmasin, kitobning tashqi ko’rinishi odamlarda uni albatta sotib olib, o’qib chiqish kerak ekan, degan fikr uyg’otolmaydi. Haqiqiy kitoblar ularning qanday kitobligini biladigan va ularga hurmat bilan munosabatda bo’ladigan odamlarning g’ayrat-shijoati tufayli sotiladi. Bu g’ayrat-shijoat esa avvalo kitobni ilk bor varaqlab chiqayotgan o’quvchini ishontirishga qaratilgan bo’lishi kerak. Eng hurmatli tanqidchi yozgan eng benazir taqriz ham o’quvchining o’quvchi bilan gurungidan kamroq foyda keltiradi. Bunday gurunglarda esa har doim o’z kitoblarini ham, o’z xaridorlarini ham yaxshi biladigan kitobchi eng obro’li suhbatdosh sanaladi. Agar kitob savdosida shunday sotuvchilar qolmasa, bu savdo hamma narsani ulkan va yorqin reklama plakatlari hal qiladigan, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik haqida esa olingan daromadga qarab baho beriladigan sovun yoki konserva savdosi kabi oddiy, o’rtamiyona savdoga aylanadi.

Kitob savdosida yana haqiqiy kitobchining vazifasi haqidagi g’oya qaror topmas ekan, kitoblar o’zining yuksak rolini, davrning ijtimoiy ruhini belgilash rolini bajara olmaydi; urushayotgan mamlakatimizning ming-minglab o’quvchilari o’qib chiqishi lozim bo’lgan kitoblar ularning o’ndan biri, hatto yuzdan birining ham qo’liga yetib borishi gumonligicha qolaveradi.

Mamlakatimiz uchun kitob hali hech qachon bugungidek ahamiyat kasb etmagan edi. Ko’pincha hal qilinishi zarur bo’lgan muammolarni, bartaraf etilishi kerak bo’lgan g’ovlarni bexato aniqlashga faqat kitobgina yordam bera oladi. Faqat kitoblargina, masalan, urushdan keyingi dunyo qanday bo’lishi singari hammamizni qattiq xavotirga solayotgan masalalarni muhokama qilish uchun maydon bo’lishi mumkin. Nihoyat, oldimizda turgan eng asosiy masala — davrimiz qanday davr ekanligi masalasi faqat buning uchun yetarli o’rin va imkon beruvchi kitoblardagina o’rtaga tashlangan va muhokama qilingan bo’lishi mumkin. Bizning zamonda yashovchi odamlar hali uning o’ziga xos xususiyatlarini anglab yetmagan ekan, kitob bizni undayotgan to’xtovsiz izlanishgina hozirgi zamon ma’nisini anglash imkonini beradi.

Shuning uchun ham hali ko’p oylar, ehtimol, yillar davomida kitoblar tariximizni shakllantirib, hayotimizda g’oyat katta va juda muhim rol o’ynaydi. Men faqat iqtisod va siyosatga oid kitoblar haqida gapirayotganim yo’q. Endilikda so’z ustalarining, shoirlarning hayotning ma’nosi va past-balandini hammamiz uchun aniq-ravshan ko’rsatib beradigan asarlari, romanchilarning bizning alg’ov-dalg’ov va chalkash hayotimizga tartib va ma’no bag’ishlovchi asarlari har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Kitoblar bundan keyin ham yoziladi — bunga shubha qilmasangiz ham bo’ladi. Zamona ehtiyojlari davr talabiga mos kitoblarni yuzaga keltiraveradi. Ammo kitob yozishning o’zi yetarli emas. Jiddiy taqrizlar bosiladigan kam sonli gazeta va jurnallarning adabiyot sahifalarida ular haqida taqriz e’lon qilishning o’zi yetarli emas. Agar biz kitoblarda ko’tarilgan masalalarni jamoatchilik keng muhokama qilishini xohlasak — bu juda zarur — bunday kitoblar ularga ehtiyoji bor o’quvchilarning, shunday ehtiyojni his qiluvchi, lekin uni qanday qondirishni bilmaydigan o’quvchilarning qo’liga yetib borishiga erishishimiz kerak.

Kitobchilarning har qachongidan ham aniq-ravshan burchi, qog’ozga o’ralgan bosma mahsulotlarni pullash bilan shug’ullanuvchi odamlar bajara olmayotgan, bajarishga urinib ko’rishi kerak bo’lgan burch mana shu. Bu zamon o’zgarishlarini his qiladigan har qanday kishini ilhomlantiruvchi burch, har kim o’zini quvonch va g’urur bilan baxsh etishi mumkin bo’lgan burchdir. Boshqacha aytganda, bu aynan kitoblar va odamlarni juda qattiq sevuvchi, ularni bir-biriga yaqinlashtirish uchun jonini ham berishga tayyor insonlarning burchidir. Ular uchun bundan muqaddasroq burch bo’lmaydi.

Bu burchga rioya qilish uchun kishi, avvalo, o’zining og’ir, ammo munosib vazifasini — nafaqat professional, shu bilan birga insoniy vazifasini — o’z ehtiyojlarini bildirayotgan odamlar va bizning davrimizda yaratilayotgan adabiyot o’rtasida vositachi bo’lish vazifasini anglashi va zimmasiga olishi lozim. Haqiqiy kitobchigina kitobni ham, o’quvchini ham juda yaxshi bilgani kabi, bu vazifaga ularni miridan-sirigacha biluvchi odamgina loyiqdir. Ilm odami ilmiy darajalarni qanday bilsa, u ham yangi-yu eski kitoblarni shunday bilishi, mahalliy vrach o’z hududidagi odamlarni besh qo’lday bilib olgani singari, u ham o’z hamshaharlarini shunday bilib olishi darkor. Boshqacha aytganda, u o’quvchilar kitoblardan nima olishni xohlayotganini va kitoblarning mualliflari ularga nimani o’rgata olishini bilishi kerak. Va u o’quvchi bilan kitobni sub specia aeternitates (8) emas, kelajak kunlarning birida emas, bizning olovli, qayg’uli, ammo umid chirog’i o’chmagan shu kunlarimizda, bugunoq yuzma-yuz uchrashtirib qo’yishi shart.

Izohlar
——————

1. O’rta asrlarda Yevropada biron-bir ruhoniyni avliyo deb tan olish uchun cherkovda muhokama o’tkazilgan. Bir kishi uning fazilatlarini, yana bir kishi nuqsonlarini aytib turgan. Nuqsonlarni sanovchi kishini «iblisning advokati» deb atashgan.
2. Gavayi orollarining loytaxti, u va Pyorl-Xarbor yapon aviatsiyasi tomonidan 1941 yil 7 dekabrda bombardimon qilingan.
3. Chexiya va Slovakiya 1993 yil 1 yanvargacha bitta davlat bo’lgan.
4. Ispaniyada general Franko o’rnatgan diktatura tarafdorlari
5. Filippinning eng yirik orollaridan biri bo’lmish Luzonadagi joy, 1942 yil 9 aprelda yapon qo’shini tomonidan bosib olingan. Amerika qo’shini Korrexidor qal’asiga chekingan va bir oydan so’ng taslim bo’lgan.
6. Jon Steynbekning shu nomli romani asosida rejissyor Jon Ford tomonidan 1940 yilda suratga olingan badiiy film.
7. Rejissyor va operator Yoris Ivens tomonidan Ernest Heminguey bilan birgalikda 1937 yili suratga olingan hujjatli film.
8. Sub specia aeternitates — Abadiyat nuqtai nazaridan (lotincha)

Hasan Karvonli tarjimasi
Manba: «Ma’naviy hayot» jurnali, 2015/ 4

KITOB TARIXI

maqolada kitobning yaratilish tarixi, ilk bosmaxonalarning qanday vujudga kelganligi, qadimgi xattotlik tarixidan boshlab bugungu kunda kitobning inson hayotidagi tutgan o’rni haqida so’z yuritiladi. Kitob tufayli biz qadimgi tarix haqida ma’lumotlarga ega bo’lishimiz, qadimgi madaniyat, urfodatlardan xabardor bo’lishimiz va bularning bari kitob orqali avloddan avlodga etkazuvchi vosita ekanligi haqida gapiriladi. Hozirgi kunda zamonaviy aloqa vositalaridan foydalanish juda qulay, oson bo’lishiga qaramay kitob o’qishning zavqi, inson xulqatvoriga, hissiyotlariga ta’siri o’zgachadir. Kitob shunday kuchqudratga egaki, insonning butun hayotini o’zgartirib yuborishga qodir. Kitob inson tarbiyasiga, uning komil inson bo’lib etishishiga, o’zligini, butun dunyoni tanishida juda katta rol o’ynaydi.

Ключевые слова:

Article Details

Как цитировать:

Jumaniyazova N.A., & Mavlonova Sh.T. (2021). KITOB TARIXI. Евразийский журнал академических исследований, 1(9), 942–944. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/314

  • Endnote/Zotero/Mendeley (RIS)
  • BibTeX

Библиографические ссылки:

Katsprjak E.I. Istoriya knigi. 2. Sidorov A.A. Kniga i jizn. 3. Rustamov M. O’zbek kitobi. 4. Murodov A. O”rta Osiyo xattotlik san’ati tarixidan.