Press "Enter" to skip to content

2021-2022 o quv yili uchun barcha fanlardan taqvim-mavzu rejalar

Saytdagi audio, video va xujjat ko’rinishdagi ma’lumotlar o’z egalariga tegishli. Barcha fayllar va suratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan. Ular o’z mualliflik huquqlarini saqlab qolgandirlar. Ma’lumotlar faqat tanishish maqsadida blogga qo’yilgan. Iltimos, mualliflarning mehnatini hurmat qilaylik. Agar siz saytimdagi qaysidir ma’lumotni egasi bo’lsangiz va sizning ma’lumotingiz saytimda qo’yilishini istamasangiz, iltimos darhol menga murojaat qiling: @sadikovuz (telegram) yoki uzbeknasim@yahoo.com.

Yangi — 2020-2021-o`quv yili uchun tayanch o`quv rejasi tasdiqlandi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy majlisga murojaatida maktab o`quv dasturlarini ilg`or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o`quv yuklamalari va fanlarni qayta ko`rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur ekanligini ta`kidlagan edi.

Bundan tashqari, 2018 yilning 14 avgust kuni «Yoshlarni ma`naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta`lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish chora-tadbirlari to`g`risida» O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilingan bo`lib, unda umumiy o`rta ta`limning amaldagi tayanch o`quv rejasini qayta ko`rib chiqib, 10 foizga qisqartirish vazifasi belgilab berilgan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan “Xalqaro baholash dasturlari bo`yicha xalqaro tadqiqotlarda O`zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha Yo`l xaritasi”ning 12-bandida “2019 yil dekabr oyidan boshlab, ilg`or xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda davlat ta`lim standartlari, o`quv dasturlari va o`quv adabiyotlari mazmuniga bosqichma-bosqich o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish” vazifasi belgilangan.

Shuningdek, PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturida o`quvchilarning savodxonlik darajalarini aniqlashda kompyuter simulyasiyali interfaol topshiriqlardan foydalaniladi va barcha sinovlar kompyuter texnikasi yordamida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018 yil 27 aprelda tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarida 1-4-sinf o`quvchilarining haftalik o`quv soati jami 88 soat etib belgilangan. Amalda bu soat 98,5 soatni tashkil etib, belgilangan me`yordan 10,5 soat oshib ketgan. Shu sababli, boshlang`ich sinflarning o`quv soati Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiqlashtirildi.

Endilikda asosiy e`tibor fanlarga ajratilgan soatlarga emas, balki ulardan samarali foydalangan holda sifatli ta`lim berishga qaratiladi.

Yuqoridagilar inobatga olinib, quyidagi ishlar amalga oshirildi:

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev huzurida 2019 yil 23 avgust kuni kengaytirilgan tarzda o`tkazilgan yig`ilish bayonining 24-bandida “Milliy g`oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg`usi” fanlarini birlashtirgan holda 2020-2021 o`quv yilidan yagona “Tarbiya” fanini joriy qilish belgilangan.

Shu munosabat bilan, “Milliy g`oya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuyg`usi” fanlarini birlashtirilib, yagona “Tarbiya” fani joriy qilindi. 2020-2021 o`quv yilidan boshlab 1-11-sinflarida “Tarbiya” faniga 1 soatdan ajratilmoqda.

“Ona tili va adabiyoti” fani

Ona tili va adabiyot fani bo`yicha etakchi olimlar, soha mutaxassislari va amaliyotchi o`qituvchilardan iborat ishchi guruhi tomonidan xorijiy davlatlarda ona tili va adabiyot fanining o`qitilishi tahlil qilindi.

Xususan, ona tili va adabiyoti fanining haftalik o`quv soati Estoniyada 39 soat, Germaniyada 41 soat, Finlyandiyada 42 soat, Angliyada 43 soat, Janubiy Koreyada 46 soat, Belorussiyada 42 soat, Qozog`istonda 58 soatni tashkil etadi.

Mazkur davlatlar umumta`lim maktablarida ona tili va adabiyot fani umumta`lim davrida Estoniyada 1365 soat, Germaniyada 1230 soat, Finlyandiyada 1596 soat, Angliyada 1591 soat, Janubiy Koreyada 1886 soat, Belorussiyada 1428 soat, Qozog`istonda 1914 soat o`qitiladi.

O`zbekiston umumta`lim maktablarida ona tili va adabiyot fanining o`quv dasturlari xorijiy tajribalar asosida o`quvchilarda tinglab tushunish, o`qib tushunish, yozish va og`zaki nutq ko`nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga yo`naltirilgan holda takomillashtirildi.

Yangi umumiy o`rta ta`lim maktablari uchun 2020-2021 o`quv yiliga mo`ljallangan tayanch o`quv rejada ona tili va adabiyot fanini haftada 57 soat, yillik jami 1938 soat o`qitilishi belgilangan.

O`quv dasturlarni chuqur tahlil qilish natijasida muomalada ishlatilmaydigan qoidalar, murakkab grammatikaga oid, oliy ma`lumotli filolog mutaxassisini tayyorlashga yo`naltirilgan mavzular o`quv dasturlaridan qisqartirildi.

Xususan, 5-sinfda ona tili va adabiyoti fanidan 30 ta mavzu, 6-sinfdan 17 ta mavzu chiqarib tashlandi. Shuningdek, 5-sinfdagi 40 ta mavzu, 6-sinfda 23 ta mavzu yuqori sinflarga o`tkazildi.

Shuningdek, yangi o`quv yili uchun tasdiqlangan tayanch o`quv rejasidagi o`quv soatlari O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018 yil 27 aprelda tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga moslashtirildi.

Bundan tashqari, bu borada mutaxassis olimlarning fikrlari ham o`rganildi, xususan, filologiya fanlari doktori, professor Baxtiyor Mengliev bu haqida shunday deydi:

Ona tili bo`yicha hosil qilinadigan malakani ikkiga ajratish mumkin:

1) til jamiyatidan o`zlashtiriladigan malaka (fonetik va grammatik malaka);

2) maktabda egallanadigan malaka (imlo, punktuasiya, leksika va b.)

Fonetika va grammatikaning imlo bilan bog`liq jihatidagina ta`limga ehtiyoj sezamiz. Fonetika va grammatikaga doir bundan boshqa bilimlarni keraksiz bilim deyish mumkin. Shu asosda ona tilidan “kerakli” (ishlaydigan) va “keraksiz” (ishlamaydigan) bilimni farqlash lozim. Ona tili darsliklariga yillar davomida kirib qolgan va “ishlamaydigan”, ta`limiga davlat mablag`i, o`quvchining vaqti va ota-onaning puli behuda sarflanayotgan bunday mavzularni qanday ajratamiz?

Shuningdek, olim tomonidan keltirilgan ayrim dalillarga ko`ra:

1. Urg`u bilan bog`liq mavzular. O`zbek tili – agglyutinativ til. Bunday tillarda grammatika juda rivojlangan, shuning uchun so`z ma`nolarini urg`u farqlamaydi va u nutqda sezilarsiz bo`ladi (ko`zlar – “ko`p ko`z”; ko`zlar – “mo`ljallar”). Uni ta`lim bilan rivojlantirish imkonsiz. O`zbek tilidagi so`z urg`usi qoidalar asosida aniqlanadi, nafaqat o`quvchi, hatto o`qituvchining o`zi ham uni topishda qiynalishining sababi ana shunda. Uni o`qitishga hech qanday hojat yo`q. Bu mavzu 1-sinfdan 11-sinfgacha taxminan 5 soat hajmida o`qitiladi.

2. So`z yasalishi bilan bog`liq mavzular. Til egalari nutqida so`z yasamaydi, balki (tubmi, yasamami) tayyor so`zdan foydalanadi. So`z yasamas ekanmiz, bu bo`yicha bilimlar ham ishlamaydi. Demak, bu mavzu ta`limi ham keraksiz. Mavzu 1-11-sinflarda taxminan 12 soat o`qitiladi.

3. So`zlarning birikish usullari (boshqaruv, moslashuv, bitishuv) bilan bog`liq mavzular. Og`zaki va yozma nutq uchun bu bilimlar ham mutlaqo ishlamaydi. Bu mavzular rus tili grammatikasidan aynan ko`chirilgan, o`zbek tili tabiatiga sira ham mos emas. Bu mavzuga ham 1-sinfdan 11-sinfgacha taxminan 5 soat ajratilgan.

Afsuski, mazkur fanlarni o`qitishga ajratilayotgan soatlar hajmi, jalb etilayotgan o`qituvchilar soniga ko`ra xalq ta`limi tizimiga o`qitish uchun ajratilayotgan mablag`larning eng katta qismi sarflanayotgan bo`lsa-da, o`quvchilarning savodxonlik darajasi pastligicha qolmoqda. Eng achinarlisi, o`qituvchilarning o`zlari ham o`z mutaxassisligi bo`yicha etarli kompetentlikka ega emasligi Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida o`tkazilgan test sinovlari natijasida ma`lum bo`ldi.

Aslida o`quvchilarga biror bilimni o`rgatish unga ajratilgan soatda emas, balki uni o`rgatish metodikasiga bog`liq. Masalan, ayrim o`qituvchilar bitta mavzuni soatlab o`quvchilarga tushuntiradi, lekin o`quvchilar bu mavzuni etarlicha tushunmaydi. Bu borada tajribali o`qituvchi esa o`sha mavzuni 10-15 minutda qiziqarli tarzda o`quvchilarga tushuntiradi. Shunday ekan, fanga ajratilgan soatga emas, balki uni o`qitish metodikasini kuchaytirish zarur bo`ladi.

“Ona tili” darsliklarini tahlil qilish natijasida keraksiz, til malakasi uchun “ishlamaydigan” juda ko`p mavzular chiqarib tashlandi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi hamda 2020 yil 31 yanvar kuni matematika, kimyo, biologiya va geologiya ilm-fanini rivojlantishga bag`ishlangan yig`ilishida ilm-fan sohasida islohotlarni tizimli tashkil etish maqsadida va yurtimizda azaldan rivojlangan ilmiy maktablar, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo`nalishlaridan kelib chiqqan holda ilm-fanning ustuvor yo`nalishlari sifatida matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalari belgilandi.

Shuningdek, oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasiga “Matematika” fani majburiy fan sifatida kiritildi.

Shu sababli, o`quvchilarga matematika fanini chuqurroq o`rgatish maqsadida 10-sinfda “Algebra” faniga haftasiga 1 soat qo`shib berildi va ushbu fanning haftalik o`quv soati miqdori 3 soatga keltirildi.

“Informatika va axborot texnologiyalari” fani

Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma`naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko`tarish maqsadida 2020 yil “Ilm, ma`rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlandi.

Joriy yilda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo`yicha tub burilish qilish, bu soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, ta`limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to`liq javob beradigan axborot texnologiyalari joriy etilishi rejalashtirilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 5-6-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” faniga haftasiga 0,5 soatdan qo`shib berildi va ularning haftalik o`quv soatlari miqdori 1 soatga keltirildi.

Bu orqali o`quvchilarning xalqaro baholash dasturlari bo`yicha xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishiga tayyorgarlik ko`rish maqsad qilingan.

“Kimyo” va “Biologiya” fanlari

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi hamda 2020 yil 31 yanvar kuni matematika, kimyo, biologiya va geologiya ilm-fanini rivojlantishga bag`ishlangan yig`ilishida ilm-fan sohasida islohotlarni tizimli tashkil etish maqsadida va yurtimizda azaldan rivojlangan ilmiy maktablar, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo`nalishlaridan kelib chiqqan holda ilm-fanning ustuvor yo`nalishlari sifatida matematika, kimyo, biologiya va geologiya sohalari belgilandi.

Shu sababli, o`quvchilarga STEAM ta`limi yo`nalishidagi fanlarni chuqurroq o`rgatish maqsadida 10-11-sinflarda “Kimyo” va “Biologiya” fanlariga 1 soatdan qo`shib berildi va ularning haftalik o`quv soatlari miqdori 3 soatga keltirildi.

“Geografiya va iqtisodiyot” fani

O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 8-bandida “Bir-biri bilan uzviy bog`liq bo`lmagan fanlar asosida tuzilgan o`quv dasturidan bosqichma-bosqich voz kechish va o`quv fanlari sonini optimallashtirish” vazifasi belgilangan.

Shu munosabat bilan, “Geografiya”, “Iqtisodiy bilim asoslari”, “Tadbirkorlik asoslari” fanlarini birlashtirgan holda, yagona “Geografiya va iqtisodiyot” fani kiritildi. Bu orqali o`quvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish va Xalqaro baholash dasturlari bo`yicha xalqaro tadqiqotlarda O`zbekiston Respublikasining muvaffaqiyatli ishtirok etishiga tayyorgarlik ko`rish maqsad qilingan. Shuningdek, PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturida o`quvchilarning moliyaviy savodxonlik darajasi baholanishi nazarda tutilgan.

“Jismoniy tarbiya” fani

O`zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya shifokori tomonidan 2018 yil 27 aprelda tasdiqlangan Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlarida 1-4-sinf o`quvchilarining haftalik o`quv soati jami 88 soat belgilangan. Amalda bu soat 98,5 soatni tashkil etib, belgilangan me`yordan 10,5 soat oshib ketgan. Shu sababli, boshlang`ich sinflarning o`quv soatlari Sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiqlashtirildi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi hamda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan 2019 yil 30 sentyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbusini amalga oshirish to`g`risida”gi majlis bayoni ijrosini ta`minlash maqsadida umumiy o`rta ta`lim maktablarida doimiy tarzda ommaviy sport turlari musobaqalarini o`tkazish orqali o`quvchilarning jismoniy sog`lom bo`lishlari, ular o`rtasida sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish ishlari yo`lga qo`yilgan.

Shu sababli, 1-4-sinflarda “Jismoniy tarbiya” fanining haftalik o`quv yuklamasi 1 soatdan belgilandi.

“Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik” fani

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida maktab o`quv yuklamalari va fanlarni qayta ko`rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish ta`kidlandi.

Bu borada ilg`or xorijiy davlatlarning umumta`lim fanlari va o`quv yuklamalari o`rganib chiqildi.

O`rganish natijalarida ilg`or xorijiy (Angliya, Germaniya, Finlyandiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Estoniya kabi) davlatlarda mazkur fan o`tilmasligi aniqlandi. Shuningdek, “Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik” fani o`qituvchisi “Jismoniy tarbiya” fani o`qituvchisi bilan hamkorlikda o`quvchilar o`rtasida turli sport musobaqalarini o`tkazadi.

Shu sababli, 10-11-sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik” fanining haftalik o`quv yuklamasi 1 soatdan belgilandi.

2021-2022 o’quv yili uchun barcha fanlardan taqvim-mavzu rejalar

Tarix, Biologiya, Geografiya va Iqtisod, Kimyo, Literatura, Matematika, Ona tili, Rus tili, Tarbiya, Fizika, O’zbek tili, Huquq, Amaliy fanlar, Chet tili, Adabiyot fanlaridan 2021-2022 o’quv yiliga, barcha sinflar uchun taqvim-mavzu rejalar.

Fayllar soni: 17

Fayllar umumiy hajmi: 22,3 mb

Fayl formati: zip

Fan nomi Yuklab olish Hajmi
Amaliy fanlar Yuklab olish 126 kb
Adabiyot Yuklab olish 1,4 mb
Huquq Yuklab olish 617 kb
O’zbek tili Yuklab olish 1,5 mb
Chet tillar Yuklab olish 120 kb
Fizika Yuklab olish 0,9 mb
Tarbiya Yuklab olish 742 kb
Rus tili rus Yuklab olish 3,0 mb
Rus tili milliy Yuklab olish 2,7 mb
Ona tili Yuklab olish 1,7 mb
Matematika Yuklab olish 3,0 mb
Literatura Yuklab olish 1,3 mb
Kimyo Yuklab olish 903 kb
Iqtisod Yuklab olish 217 kb
Geografiya va iqtisod Yuklab olish 1,1 mb
Biologiya Yuklab olish 0,9 mb
Tarix Yuklab olish 1,9 mb

Mavzuga oid

Ginnes.Uz

Facebook guruh:

Veb saytdan olingan ma’lumotlarni boshqa saytlarga qo’yilganda www.sadikov.uz manzili ko’rsatilishini iltimos qilib qolaman. © Sadikov.Uz

Saytdagi audio, video va xujjat ko’rinishdagi ma’lumotlar o’z egalariga tegishli. Barcha fayllar va suratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan. Ular o’z mualliflik huquqlarini saqlab qolgandirlar. Ma’lumotlar faqat tanishish maqsadida blogga qo’yilgan. Iltimos, mualliflarning mehnatini hurmat qilaylik. Agar siz saytimdagi qaysidir ma’lumotni egasi bo’lsangiz va sizning ma’lumotingiz saytimda qo’yilishini istamasangiz, iltimos darhol menga murojaat qiling: @sadikovuz (telegram) yoki uzbeknasim@yahoo.com.

Разработки уроков, dars ishlanmalari, тесты, testlar, maqollar, пословицы, стихи, sherlar, презентации, taqdimotlar, рефераты, referatlar, дошкольные материалы, maktabgacha ta’lim, интересное детям, bolalarga qiziqarli ma’lumotlar, топ факты, top faktlar, психологические тесты, psixologik testlar, блок тесты, blok testlar, гранты, grantlar

Telegram: @sadikovuz

9 -sinf ona tili ish reja 68 soat I chorak 18 soat

Ergаsh gаpni bоsh gаpgа bоg`lоvchi vоsitаlаr

Ergаshtiruvchi bоg`lоvchili ergashgan qo`shmа gаplаr

Ko`mаkchili qurilmalar yordаmidа ergashgan qo`shmа gаplаr

3-NI Inshо

Nazorat ishi tahlili

Dеb so`zi yordаmidа ergashgаn qo`shmа gаplаr

Shаrt mаyli vositasida ergashgan qo`shmа gаplаr

Ko`rsаtish оlmоshli ergashgan qo`shmа gаplаr

Nisbiy so`zli ergashgan qo`shmа gаplаr

Ergashgan qo’shma gaplarning sodda gaplar bilan ma’nodoshligi

4-NI Tеst

III chorak 20 soat

Matn va lug’at ustida ishlash

Mustahkamlash

Ergashgan qo’shma gaplar yuzasidan tahlil

Matn va lug’at ustida ishlash

Bоg`lоvchisiz qo`shmа gаp hаqidа mа’lumоt

Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi

Bog’lovchisiz qo’shma gaplarning boshqa qo’shma gap turlari bilan ma’nodoshligi

5 NI. Nazorat diktanti

Nazorat ishi tahlili

Mustahkamlash

Bog’lovchisiz qo’shma gaplarning boshqa qo’shma gap turlari bilan ma’nodoshligi yuzasidan tahlil

Matn va lug’at ustida ishlash

Ko’chirma gapli qo’shma gap haqida ma’lumot

Ko’chirma gapli qo’shma gapning tuzilishi

Ko’chirma gapli qo’shma gaplarda tinish belgilarining qo’llanishi

Ko’chirma va o’zlashtirma gaplar

Ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gapga aylantirish.Mustahkamlash

Matn va lug’at ustida ishlash

6- NI.Test

Matn va uning maqsadi. Hikoya matni

IV chorak 16 soat

Tasviriy matn. Muhokama matni

7- NI.Ijodiy bayon

Nazorat ishi tahlili

Matn va gap

Tinish belgilari va ularning yozma nutqdagi ahamiyati

Nuqta va vergulning ishlatilishi

So’roq va undov belgilarining qo’llanishi

Ikki nuqta va nuqtali vergulning ishlatilishi

Tire va qo’shtirnoqning qo’llanishi

Ko’p nuqta va qavsning ishlatilishi

Mustahkamlash. Tinish belgilari. Matn ustida ishlash

Ish qog’ozlari ustida ishlash

Takrorlash. Qo’shma gaplar bo’yicha o’tilganlarni takrorlash

Ko’chirma va o’zlashtirma gap, tinish belgilari bo’yicha o’tilganlarni takrorlash

8- NI Test

Matn ustida ishlash

Do’stlaringiz bilan baham:

Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling

10 sinf rus tili ish reja

Maktablarda to‘liq milliy o‘quv dasturiga o‘tish 2025 yilda yakunlanadi. Buning uchun metodik yondashuv o‘zgarishi va yangicha darsliklar yoza oladigan mualliflar maktabi shakllanishi kerak bo‘ladi. Bu haqda Respublika ta’lim markazi mutaxassislari ta’lim mazmunidagi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Respublika ta’lim markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 22 fandan milliy o‘quv dasturlari loyihalarini yaratishga 246 nafar ekspert, shu jumladan, maktab o‘qituvchilari, metodistlar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda UNICEF va USAID tashkilotlaridan xalqaro ekspertlar jalb qilindi.

Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorov so‘zlariga ko‘ra, shu kunga qadar maktab ta’limidagi eng katta muammolar — ta’lim mazmunining eskirganligi, darsliklarning asosan nazariy bilimlarni yodlatishga qaratilganligi va akademik tilda yozilganligi edi.

«2020 yilda yaratilishi boshlangan milliy o‘quv dasturlarida XXI asr ehtiyojlaridan kelib chiqib o‘quvchilarda shakllanishi kerak bo‘lgan ko‘nikmalar belgilangan», — deya ta’kidladi u.

Misol uchun, ona tili fani orqali og‘zaki va yozma muloqot ko‘nikmalari, turli matnlarni tushunish, matematika fani orqali matematik tafakkur, mantiqiy fikrlash va muammolarga yechim topish, tabiiy fanlar orqali tadqiqotchilik va atrof-muhitni asrash, tarix fani orqali davrlarni solishtirish va tarixiy voqealarning sabab va oqibatlarini tushunish, tasviriy san’at orqali ijodiy fikrlash, informatika fani orqali raqamli kontent yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsad qilingan. Har bir fanda o‘quvchilarning kognitiv ko‘nikmalari, tanqidiy va ijodiy fikrlashi, ko‘p savodlilikni rivojlantirishga e’tibor berilgan.

Sattorovning so‘zlariga ko‘ra, milliy o‘quv dasturining oldingi dasturlardan yana bir katta farqi — chiziqli yondashuvdan spiralsimon yondashuvga o‘tilganligi. Bunda oldingi sinflarda o‘tilgan mavzular keyingi sinflarda qaytariladi va chuqurlashtiriladi.

Milliy o‘quv dasturi bo‘yicha barcha fanlar kesimida haftalik yuklama 114 soatni tashkil etadi. Shuhrat Sattorovning fikricha, o‘quvchilarning haftalik yuklamasi kattaligi ham ularning sifatli ta’lim olishiga to‘sqinlik qilayotgan omillardan biri va bosqichma-bosqich bu yuklamani kamaytirish choralari ko‘riladi. Uning misol keltirishicha, Finlyandiyada o‘quvchilar yuklamasi boshqa davlatlar bilan solishtirganda kam, lekin xalqaro tadqiqotlarda Finlyandiya o‘quvchilari yuqori natijalarni qayd etishadi.

Tanlov asosida saralab olingan 154 nafar muallif ishtirokida milliy o‘quv dasturi asosida 2021−2022 o‘quv yili uchun 1- va 2- sinflarga mo‘ljallangan jami 326 nomda darsliklar, o‘qituvchi kitoblari va mashq daftarlari yaratildi.

Milliy o‘quv dasturini maktablarga 2025 yilgacha bosqichma-bosqich joriy qilish rejalashtirilgan. Buning uchun keyingi o‘quv yiliga milliy o‘quv dasturi dasturi asosida 3, 6, 7, 10 sinflar uchun 431 nomda va undan keyin 4, 5, 8, 9, 11 sinflar uchun 582 nomda o‘quv-metodik adabiyotlar tayyorlanadi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan olib borilayotgan «O‘zbekiston — Barkamollik uchun ta’lim dasturi» loyihasi doirasida Cambridge University Press nashriyotining 5−11 sinflar uchun informatika va axborot texnologiyalari hamda 1−11 sinflar uchun ingliz tili darsliklari tanlab olindi va mahalliylashtirildi. 2022−2023 o‘quv yilidan boshlab bu darsliklar maktablarga joriy qilinadi.

Ta’lim rus tilida olib borilmaydigan maktablar uchun rus tili darsliklari Rossiyalik mutaxassislar bilan RKI (russkiy kak inostrannыy — rus tili chet tili sifatida) metodikasi asosida yaratilmoqda.

«Gazeta.uz» muxbirining boshqa fanlardan (masalan, tabiiy va aniq fanlar) ham xorijiy darsliklarni mahalliylashtirib, joriy etish rejalari mavjudligi haqidagi savoliga javob berar ekan, Shuhrat Sattorov Fransiya va Germaniyadagi yetakchi nashriyotchilarning fransuz va nemis tili darsliklarini mahalliylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini, shu bilan birga, mahalliy mualliflar maktabini shakllantirish ustivor vazifa ekanligini qayd etdi.

Shuhrat Sattorovning so‘zlariga ko‘ra, bizda ham, boshqa davlatlarda bo‘lgani kabi, darsliklarning vazirlik tomonidan emas, nashriyotlar tomonidan yaratilishiga o‘tishimiz uchun mualliflar maktabi shakllanishi kerak. Kelgusida darsliklarning vazirlik emas, nashriyotlar tomonidan tayyorlanishiga erishiladi.

Sattorovning so‘zlariga ko‘ra, ta’lim sifati yangi bosqichga ko‘tarilishi uchun o‘qituvchilarni akademik mustaqilligiga ham erishish kerak, ya’ni o‘qituvchi faqat bitta darslikka bog‘lanib qolmasdan, ta’lim standartlari asosida dars jarayonini tashkil qila olishi va darsi uchun kerakli ishlanmalarni yarata olishi kerak.
2-sinflar uchun tayyorlangan «Ona tili va o‘qish savodxonligi» darsligining murakkab ekanligi bo‘yicha shikoyatlar haqidagi savolga izoh berar ekan, Shuhrat Sattorov bu darsliklar chop qilinishidan oldin tajriba-sinovdan o‘tganligini va faqat grammatik qoidalarni yodlatishga qaratilgan oldingi darsliklardan yondashuvi farq qilishini ta’kidladi.

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartirishlar kiritilsa, amaldagi alifboda chop qilingan darsliklar taqdiri nima bo‘lishi haqidagi savolga javob berar ekan, Xalq ta’limi vazirligi mas’ul xodimi Uchqun Xamutov alifboga o‘zgartirish kiritilsa, maktablardagi 130 million nusxa darslik o‘zgarishi kerak bo‘lishini, buning uchun 1,7 — 1,8 trln so‘m mablag‘ talab qilinishini qayd etdi.

Bundan oldin «Gazeta.uz» milliy o‘quv dasturi va yangi darsliklarning joriy qilinishi hamda bu jarayondagi qiyinchiliklar haqida Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorovning intervyusini e’lon qilgandi.

«Газета.uz» 10 585

  • # maktablar
  • # milliy o‘quv dasturi
  • # respublika ta’lim markazi

10 sinf rus tili ish reja

No, cancel Delete

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish davriyligi haqidagi ma’lumotlar bazasi

Diqqat “Ma’lumotlar elektron bazasi” test(sinov) rejimida ishlamoqda

“PEDAGOG KADRLARNING ATTESTATSIYADAN O‘TGANLIGI TO‘G‘RISIDAGI SERTIFIKAT”LARINI TEKSHIRIB KO‘RISH

MAKTABGACHA, UMUMIY O‘RTA, O‘RTA MAXSUS, PROFESSIONAL VA MAKTABDAN TASHQARI TA’LIM TASHKILOTLARI PEDAGOG KADRLARINING MALAKA TOIFALARI HAQIDA MA’LUMOT

Jami pedagog kadrlar soni – 681294 nafar

  • Toifasiz xodim
    (o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar) 146398 nafar (21,49 %)
  • Mutaxassis 243766 nafar (35,78 %)
  • II toifa 151620 nafar (22,25 %)
  • I toifa 95136 nafar (13,96 %)
  • Oliy toifa 44330 nafar (6,51 %)

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari – 5209 nafar

  • Toifasiz xodim
    (o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar) 4 nafar (0,08 %)
  • Mutaxassis 558 nafar (10,71 %)
  • II toifa 1335 nafar (25,63 %)
  • I toifa 1203 nafar (23,09 %)
  • Oliy toifa 2041 nafar (39,18 %)

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari – 509443 nafar

  • Toifasiz xodim
    (o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar) 62393 nafar (12,25 %)
  • Mutaxassis 178664 nafar (35,07 %)
  • II toifa 137931 nafar (27,07 %)
  • I toifa 90568 nafar (17,78 %)
  • Oliy toifa 39887 nafar (7,83 %)

Maktabgacha ta’lim muassasalari – 121185 nafar

  • Toifasiz xodim
    (o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar) 75180 nafar (62,04 %)
  • Mutaxassis 40465 nafar (33,39 %)
  • II toifa 5205 nafar (4,30 %)
  • I toifa 283 nafar (0,23 %)
  • Oliy toifa 52 nafar (0,04 %)

Akademik litseylar – 3224 nafar

  • Toifasiz xodim
    (o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar) 0 nafar (0 %)
  • Mutaxassis 963 nafar (29,87 %)
  • II toifa 760 nafar (23,57 %)
  • I toifa 684 nafar (21,22 %)
  • Oliy toifa 817 nafar (25,34 %)

Professional ta’lim muassasalari – 21477 nafar

  • Toifasiz xodim
    (o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar) 0 nafar (0 %)
  • Mutaxassis 15311 nafar (71,29 %)
  • II toifa 4250 nafar (19,79 %)
  • I toifa 1321 nafar (6,15 %)
  • Oliy toifa 595 nafar (2,77 %)

Bolalar musiqa va san’at maktablari – 13956 nafar

  • Toifasiz xodim
    (o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar) 7978 nafar (57,17 %)
  • Mutaxassis 4894 nafar (35,07 %)
  • II toifa 535 nafar (3,83 %)
  • I toifa 287 nafar (2,06 %)
  • Oliy toifa 262 nafar (1,88 %)

Ixtisosolashtirilgan sa’nat maktab internatlari – 4326 nafar

  • Toifasiz xodim
    (o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar) 771 nafar (17,82 %)
  • Mutaxassis 2203 nafar (50,92 %)
  • II toifa 805 nafar (18,61 %)
  • I toifa 277 nafar (6,40 %)
  • Oliy toifa 290 nafar (6,70 %)

Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlari – 1260 nafar

  • Toifasiz xodim
    (o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar) 58 nafar (4,60 %)
  • Mutaxassis 380 nafar (30,16 %)
  • II toifa 351 nafar (27,86 %)
  • I toifa 274 nafar (21,75 %)
  • Oliy toifa 197 nafar (15,63 %)