10-sinf (Sinf soati) Tarbiyaviy soat konspekti
Adabiy o‘qish
РУССКИЙ ЯЗЫК
RealLanguage.Club – сайт для бесплатного изучения иностранных и русского языка онлайн. Специально для вас мы разработали лучшие материалы для успешного самостоятельного изучения русского языка как школьникам, так и взрослым, а также создали разделы, которые помогут иностранцам освоить русский язык для сдачи экзаменов на гражданство. Изучайте русский язык вместе с нами – легко и с удовольствием! Подробнее о проекте
Изучайте русский язык как иностранный по уровням
Ресурсы для самостоятельного обучения
Грамматика
Здесь Вы найдете все самые необходимые разделы русской грамматики, которые помогут Вам вспомнить или выучить различные правила.
Практика
Языковая практика играет ведущую роль в развитии навыков русского языка. Совершенствуйте свои навыки с помощью этого раздела.
Аудио и видео
Аудио и видео подкасты — это прогрессивный и очень удобный способ получать новые знания, при этом тратить на это минимум времени.
Тесты онлайн
Предлагаем Вам пройти бесплатные тесты онлайн и узнать, какой у Вас уровень русского языка. Простые и сложные упражнения по русскому языку.
Для школьников
Русский язык онлайн в объёме школьной программы 1-11 классов общеобразовательной школы.
Экзамены
В данном разделе представлены наиболее распространенные экзамены по русскому языку для школьников, студентов, мигрантов.
Досуг
Изучение русского языка может быть не только полезным, но и увлекательным занятием с нашим разделом Досуг.
10-sinf (Sinf soati) Tarbiyaviy soat konspekti
Mazkur sahifada 10-sinf (Sinf soati) Tarbiyaviy soat konspekti faylni pastroqda Download tugmasi orqali ko’chirib olish imkoniyatiga egasiz. Ushbu material ZIP formatda bo’lib, 6.23 MB hajmga ega. Materiallar doimiy tarzda yangilanib boriladi. Fayl yangilanganda, bu haqida fayl versiyasi o’zgarganidan bilib olishingiz mumkin.
Bo’lim: | Konspektlar |
Versiya: | 1 |
Hajmi: | 6.23 MB |
Fayl turi: | application/zip |
Ko’rishlar: | 636 marotaba |
Ko’chirishlar: | 326 marotaba |
Yuklovchi: | Ustoz |
Yaratilgan: | 19-08-2022 |
Yangilangan: | 19-08-2022 |
Fayl hajmi: 6.23 MB
Sifat bizning ustunligimiz! 10-sinf (sinf soati) tarbiyaviy soat konspekti faylni onlayn, mutlaqo bepul, ro’yxatdan o’tmasdan, reklama kutmasdan va to’g’ridan-to’g’ri havola orqali yuklab oling. Shuningdek konspektlar bo’limida joylashgan boshqa materiallarni ham kuzatishingiz mumkin. Buning uchun bo’lim ismi ustiga bosing.
Dunyoda ikkita cheksiz narsa bor: Birinchisi koinot bo’lsa, ikkinchisi insonlarning ahmoqligi. Biroq, koinot haqida mening ishonchim komil emas. Istalgan inson bilishi mumkin, lekin bilish bilan tushunish o’rtasida ancha farq bor. Albert Einstein
Rus tili fanidan to’garak xujjatlari va to’garak konspektlar
Rus tili fanidan to’garak xujjatlari va to’garak konspektlarni yuklab olishingiz mumkin. Mazkur xujjat va konspektlar telegram guruhlaridan biridan olindi. Agar siz mazkur xujjatning muallifi bo’lsangiz va uning meni saytimda taqdim qilinishidan noroz bo’lsangiz, iltimos telegram dasturida menga murojaat qiling: @sadikovuz
Attachment:
Ginnes.Uz
Facebook guruh:
Veb saytdan olingan ma’lumotlarni boshqa saytlarga qo’yilganda www.sadikov.uz manzili ko’rsatilishini iltimos qilib qolaman. © Sadikov.Uz
Saytdagi audio, video va xujjat ko’rinishdagi ma’lumotlar o’z egalariga tegishli. Barcha fayllar va suratlar internetdagi ochiq manbalardan olingan. Ular o’z mualliflik huquqlarini saqlab qolgandirlar. Ma’lumotlar faqat tanishish maqsadida blogga qo’yilgan. Iltimos, mualliflarning mehnatini hurmat qilaylik. Agar siz saytimdagi qaysidir ma’lumotni egasi bo’lsangiz va sizning ma’lumotingiz saytimda qo’yilishini istamasangiz, iltimos darhol menga murojaat qiling: @sadikovuz (telegram) yoki uzbeknasim@yahoo.com.
Разработки уроков, dars ishlanmalari, тесты, testlar, maqollar, пословицы, стихи, sherlar, презентации, taqdimotlar, рефераты, referatlar, дошкольные материалы, maktabgacha ta’lim, интересное детям, bolalarga qiziqarli ma’lumotlar, топ факты, top faktlar, психологические тесты, psixologik testlar, блок тесты, blok testlar, гранты, grantlar
Telegram: @sadikovuz
Sana: Sinf:10 MAVZU: O‘ZBEKISTON OLIMLARI. 1-DARS
(Gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda va qo‘shma gaplar)
Darsning maqsadi:
1.O‘quvchilarga gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda va qo‘shma gaplar haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.
2.Buyuk ajdodlarimiz, ular yaratgan ixtirolar,mustaqil O‘zbekistonimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan olimlarhaqidagi bilimlarni mustahkamlash.Vatan taraqqiyoti uchun o‘z hissasini qo‘shishga chaqirish. mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chaqirish. kundalik faoliyatda turli formula, chizma, grafik va diagrammalar ni tushunish va undan foydalanish;
3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish; inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.
Darsning turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi
Darsning usuli :
Darsning jihozi : darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi:
A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu.
1-topshiriq. Rasmni kuzating va so‘zlardan foydalanib suhbatlashing.
Foydalanish uchun so‘zlar: olimlar, bilimga chanqoqlik, ijodkorlik, tibbiyot, fidokorlik, dunyoga tanitmoq, fan-texnika asri.
2-topshiriq. Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
O‘zbekistonda fan
O‘zbekiston – ilm-fan va madaniyat qadimdan taraqqiy etgan mamlakatlardan biri. Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududida, ayniqsa, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, to‘qimachilik, me’morchilik, ma’dans hunoslik, falsafa, musiqa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik rivojlangan.
O‘zbekiston olimlari ota-bobolari yaratib ketgan ilmiy merosini o‘rgandilar va boyitdilar. O‘zbekistonda hozir ham yuqorida sanab o‘tilgan sohalar rivojlantirilmoqda, ularning qatoriga yangilari qo‘shilmoqda.
O‘zbekiston olimlari o‘z ilmiy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon ilm fani va madaniyatiga munosib hissa qo‘shdilar. O‘zbekistonda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Nukus va Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining bo‘limlari, Buxoroda ilmiy markazi, Urganchda Xorazm Ma’mun akademiyasi ochilgan.
Ilmiy tadqiqot ishlari xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatadigan ilmiy tadqiqot institutlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy markazlari, shuningdek, universitetlar va boshqa oily o‘quv yurtlarida ham olib boriladi. Ilmiy xodimlar Fanlar akademiyasi tizimida, shuningdek, oily o‘quv yurtlari, xalq ta’limi tizimida tayyorlanadi.
Hozirgi davrda fan O‘zbekistonda jamiyat taraqqiyotini olg‘a siljituvchi kuch va vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Xalq va millat dunyoqarashini shakillantirish, ta’lim-tarbiya, axloq normalarini vujudga keltirish, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashda alohida o‘rin tutmoqda. Fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, ilmiy yutuqlar natijalarini amaliyotga tezroq joriy etish – hozirgi davr fani uchun muhim vazifalardan biridir
meros – наследие taraqqiy etgan – прогрессирующий
rivojlanmoq – развиваться yaratmoq – создавать
amaliy tadqiqot – практические исследования kashfiyot – открытия; изобретения
barkamol – совершенный qadimdan – издавна, с древних времён
ilmiy tadqiqot – научное исследование ilmiy markazlar – научные центры
ilmiy kadrlar – научные кадры
Bilib oling!
Gaplar tuzilishi jihatdan ikki xil bo‘ladi va ular o‘zaro grammatik asoslar miqdoriga ko‘ra farqlanadi:
1. Sodda gaplarda bitta ega va kesim munosabati, ya’ni bitta grammatik asos mavjud bo‘ladi: Dars boshlandi. Yomg‘ir yog‘madi. Bahor keldi. Ba’zan sodda gap egasiz, faqat bitta kesimdan iborat bo‘lib, boshqa bo‘laklar shu kesim atrofiga birlashadi: Bugun Buxorodan ukam bilan uchib keldim.
2. Qo‘shma gaplarda ikki va undan ortiq ega va kesim munosabati, ya’ni grammatik asos mavjud bo‘ladi: Qo‘ng‘iroq chalindi va dars boshlandi
Qiyoslang: Bugun havo issiq (sodda gap). Quyosh chiqdi, kunlar isidi (qo‘shma gap).
1-mashq. Gaplarni o‘qing. sodda va qo‘shma gaplarni aniqlang.
1. Maftuna kutubxonaga bordi. 2. Bilimli o‘zar – bilimsiz to‘zar. 3. Kecha maktabimizda olimlar bilan uchrashuv bo‘ldi. 4. Dunyo ko‘rgan odam bilan hamsuhbat bo‘lsang, bahri diling ochiladi. 5. Xurshid kitob sotib oldi. 6. Olim bo‘lsang, olam seniki. 7. Zarur kitobni olib keldim. 8. Oy tunda kerak, aql kunda kerak.
- Amerikalik tarixchi Sarton XI asrni «Beruniy asri»,– deb … .
- Ibn Sinoning «Tib qonunlari» … necha asrlar davomida Yevropaning eng nufuzli o‘quv yurtlarida o‘qitib kelinmoqda.
- Ilmsiz inson … daraxt kabidir.
- Beruniyning ilm-fanga qiziqishi … kuchli bo‘lgan.
- Mirzo Ulug‘bek «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» (Yangi astronomiya jadvallari) jadvalini … .
Tilimizning jonkuyari
Taniqli olim. Rustam A’zamovich Yo‘ldoshev, 1941-yil Toshkent shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan. Pedagogika fanlari nomzodi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi. 1968–2003-yillarda T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida ishlagan.
Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablar uchun «O‘zbek tili» o‘quv dasturlari, Davlat ta’lim standarti va «O‘zbek tili» darsliklarining, «O‘zbek tilini o‘rganamiz» o‘quv qo‘llanmasining muallifidir. U o‘zbek tili ta’limi metodikasiga oid qo‘llanma, risola va metodik tavsiyalar, ko‘plab ilmiy maqolalar e’lon qilgan.
Ko‘plab shogirdlar tayyorlagan. Rustam Yo‘ldoshevning o‘zga millat vakillariga til o‘rgatishda, metodist olim sifatida hissasi katta. Hozirgi kunda olimning shogirdlari respublikamizda ta’limni rivojiga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.
F) Baholash
Uyga vazifa. O‘zbekiston olimlari haqida ma’lumot yozing.
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________
Sana: Sinf:10
MAVZU: O‘ZBEKISTON OLIMLARI.2-DARS
(Gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda va qo‘shma gaplar)
Darsning maqsadi:
1.O‘quvchilarga gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda va qo‘shma gaplar haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.
2.Buyuk ajdodlarimiz, ular yaratgan ixtirolar,mustaqil O‘zbekistonimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan olimlarhaqidagi bilimlarni mustahkamlash.Vatan taraqqiyoti uchun o‘z hissasini qo‘shishga chaqirish. mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish. kundalik faoliyatda turli formula, chizma, grafik va diagrammalarni tushunish va undan foydalanish;
3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish; inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.
Darsning turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi va mustahkomlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi:
A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.
- Olimlar qanday insonlar?
- … … … .
- Qanday olimlar qomusiy olimlar hisoblanadi?
- … … … .
- Qomusiy olimlardan kimlarni bilasiz?
- … … … .
- O‘zbekiston olimlaridan kimlarni bilasiz? – … … … .
Matematik olim
Toshmuhammad Aliyevich Sarimsoqov 27 yoshida fan doktori, 28 yoshida O‘zbekiston fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi bo‘lgan.
U 1936-yilda Samarqand Davlat universitetining fizika-matematika fakultetini tugatgan va shu fakultetda ishlay boshlagan. Ikkinchi jahon urushi yillarida – 1942-yili doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Yirik matematik olimning o‘nlab ilmiy ishlari O‘rta va Old Osiyo ob-havo jarayonlarini o‘rganishda ehtimollik sxemalarini qo‘llashga qaratilgan. Bu muhim ilmiy tadqiqotlar uchun olimga davlat mukofoti laureati unvoni berilgan. Olim yaratgan o‘nlab yirik tadqiqotlar jahon matematika ilmida alohida qimmatga ega.
Olim ToshDU (O‘zbekiston Milliy universitet) da ko‘p yillar rektor lavozimida ishlagan. U O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining prezidenti, Respublika Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimlarida ishlagan. T.A. Sarimsoqov mutaxassis kadrlar tayyorlash ishlariga katta hissa qo‘shgan, uning rahbarligida 60 dan ziyod fan doktori va fan nomzodlari yetishib chiqqan.
Bilib oling!
Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra: yig‘iq gaplar va yoyiq gaplarga bo‘linadi.
Faqat ega va kesimdan tashkil topgan gaplar sodda yig‘iq gaplar hisoblanadi. Gap tarkibida ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etsa, yoyiq gaplar hosil bo‘ladi.
Gap mazmunini to‘ldirish, izohlash maqsadida bosh bo‘laklarga bog‘lanuvchi ikkinchi darajali bo‘laklar qo‘shiladi. Bunday gaplar sodda yoyiq gaplar deyiladi.
Ko‘k pufakdan bitta bering. 3. Hayotingiz haqida qisqa hikoya yozmoqchiman.
Namuna: O‘zbek olimlari dunyoga mashhur.
Olimlar, bilimga chanqoqlik, ijodkorlik, tibbiyot, iqtisodiyot, samarasini ko‘rish, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, izlanmoq, mashaqqatli yo‘l, fidokorlik, dunyoga tanitmoq, fan-texnika asri, ustozlar.
4-mashq. Berilgan sodda yig‘iq va yoyiq gaplarga aylantirib yozing.
Masalan: Men bugun rasm chizaman.
1. Kitob o‘qidi. 2. Bilim oldilar. 3. Sinfdoshlar uchrashdilar. 4. Akam o‘qiydi. 5. Mehmonlar kelishdi. 6. Insho yozishdi.
Mustaqil ish. Ona tilingizga tarjima qiling va daftaringizga ko‘chiring.
Olim, ilm, muallim so‘zlarining asosi bir so‘zdan – ilm so‘zidan olingan. Ilm o‘rgatuvchi muallim, ilmni chuqur o‘zlashtirgan insonni esa olim deb atashadi. Qaysi jamiyatda ilm ahllari ko‘p bo‘lsa, ilm o‘rganishga ko‘p e’tibor qaratilsa, shu jamiyat gullab-yashnaydi, ravnoq topadi. Chunki har qanday boylik kamayib boradi, ilm esa ortib boradi.
6-topshiriq. Matnni o‘qing. Mazmunini o‘z so‘zingiz bilan so‘zlab bering.
Yetmish til sohibi
Bog‘dod xalifasi Horun ar-Rashid she’riyatni yaxshi ko‘rar edi. Bir kuni odatga ko‘ra saroyga olimlar va ijodkorlarni yig‘ibdi. Bu yig‘inga, to‘rga o‘tirib, sulton Saif al-Davlat rahbarlik qilibdi. Uning oldiga xabarchi kelib, saroyga Abu Nasr Forobiy kelganinin aytibdi.
- «Uning ismi menga tanish, donishmandni olib kiringlar», – deb buyuribdi sulton.
- «Marhamat, o‘tiring», – deb taklif qilibdi sulton.
- «Sultonim, men qayerga o‘tiray?» – deb so‘rabdi Forobiy.
- «Bu yerda hamma o‘ziga munosib deb bilgan joyga o‘tiradi», – deb javob beribdi sulton.
- «Agar u haqiqatdan ham ulug‘ donishmand bo‘lsa, biz uni kechiramiz, agar unday bo‘lmasa, u jazosini tortadi, sabr qilinglar», – debdi. Abu Nasr Forobiy, jilmayib, shu mahfiy tilda:
- Bir kuni odatga ko‘ra saroyga ________________ yig‘ibdi.
- – « ________________ o‘ziga munosib deb bilgan joyga o‘tiradi», – deb javob beribdi sulton.
- Abu Nasr Forobiy sultonga yaqin kelib, ________________ qilibdi.
- – «Sultonim, to‘g‘ri aytdingiz, sabr har doim ________________ xos», – deb javob beribdi.
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________
Sana: Sinf:10
MAVZU: O‘ZBEKISTON OLIMLARI. 3-DARS
(Gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda va qo‘shma gaplar)
Darsning maqsadi:
1.O‘quvchilarga gaplarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda va qo‘shma gaplar haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.
2.Buyuk ajdodlarimiz, ular yaratgan ixtirolar,mustaqil O‘zbekistonimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan olimlarhaqidagi bilimlarni mustahkamlash.Vatan taraqqiyoti uchun o‘z hissasini qo‘shishga chaqirish. mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish. kundalik faoliyatda turli formula, chizma, grafik va diagrammalarni tushunish va undan foydalanish;
3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish; inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.
Darsning turi:yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi va mustahkomlovchi
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi:
A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.
5-mashq. Berilgan namuna asosida yig‘iq gaplarni yoyiq gapga aylantirib daftaringizga ko‘chiring.
Namuna: Yo‘llar kengaydi. – Shahrimizning yo‘llari yanada kengaydi.
1. Shahrimiz go‘zallashdi. 2. Sevindim. 3. Islohotlar boshlandi. 4. Tanlov yakunlandi. 5. Intilamiz. 6. Havo o‘zgardi. 7. Yutuqlarimiz ko‘p. 8. Qatnashasizmi? 9. Biz o‘rganamiz.
7-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing.
Shohista: Salom, Ra’no, sog‘lig‘ing yaxshimi?
Ra’no: Salom, Shohista, rahmat, yaxshiman. O‘zing yaxshimisan?
Shohista: Men ham yaxshiman. Kuzgi ta’tilni qanday o‘tkazding?
Ra’no: Men buyuk olimlarning hayoti haqida kitoblar o‘qidim. O‘zing-chi?
Shohista: Menga ham shu kabi kitoblar juda yoqadi. Qaysi olimlarning hayoti bilan tanishding.
Ra’no: Men kutubxonadan Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Forobiy, Farg‘oniylar haqida yozilgan kitoblarni olib o‘qidim.
Shohista: To‘g‘ri qilasan, kitoblarni o‘qi. Kitoblardan olgan xulosangni menga aytarsan.
Ra’no: Albatta, aytaman. Uchrashguncha xayr sog‘ bo‘l.
Shohista: Uchrashguncha, sog‘ bo‘l. Xayr.
Adabiy o‘qish
8-topshiriq. Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering.
Birinchi arxeolog
Yahyo G‘ulomov 1908-yilda Toshkentda tug‘ildi. U avval «Namuna» internatida, so‘ngra shahardagi erlar bilim yurtida ta’lim oldi. Samarqand davlat pedagogika akademiyasini tamomladi.
Mashhur olim dastlab Toshkent pedagogika texnikumida dars berdi. Keyinroq O‘zbekiston qadimgi davr va san’at yodgorliklarini muhofaza qilish qo‘mitasida ilmiy xodim, ilmiy kotib, O‘zbekiston fanlar akademiyasi tarix, til va adabiyot instituti bo‘lim mudiri, tarix va arxeologiya instituti direktori sifatida faoliyat yuritdi.
1937–1949-yillarda Y. G‘ulomov Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasida tadqiqotlar olib bordi. «Xorazmning sug‘orilish tarixi» asarini yaratdi.
Olim ikki jildlik «O‘zbekiston tarix» kitobini yaratishda ishtirok etdi.
O‘zbekiston fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi, tarix fanlari doktori, xizmat ko‘rsatgan fan arbobi o‘zining qirq yillik ilmiy faoliyati davomida ko‘plab
ilmiy ekspeditsiyalar tashkil qildi, ilmiy xodimlarni tarbiyaladi.
O‘zbekistonda arxeologiya rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olim 1977-yilda vafot etdi. Uning ishlarini shogirdlari davom ettirib kelmoqdalar
9-topshiriq. Matinni o‘qing, ona tilingizga tarjima qiling.
Ulug‘ zotlar bog‘i
- Aziz otam, mening bog‘im haqida nima deysiz, sizga ma’qul tushdimi? – deb so‘radi. Otasi shunday deb javob berdi: – Ey ko‘zimning nuri o‘g‘lim. Bog‘ing juda ham zebo va dilkusho bog‘dir, ammo boyligi bor har bir kishi bunday go‘zal bog‘ni bunyod qila oladi, lekin sen ko‘plarga muyassar bo‘lmagan bir antiqa bog‘ni vujudga keltirginki, uning mevasidek meva hech qayerda topilmasin.
- U bog‘ qanday bog‘ ekan? – deb so‘radi Sulton Mahmud. Otasi javob berdi:
- U bog‘ olim-fozillar, adib-shoirlar, donishmandlar va boshqa axloqli, tarbiyali, ulug‘ zotlar suhbatidir. Shu ulug‘ zotlardan tarbiya topib, yaxshi ishlarni amalga oshirish uning daraxti bo‘lib, mevasi yaxshi nomga ega bo‘lishdir, – deb javob berdi otasi.
ko‘zimning nuri – свет моих очей
bunyod qilingan – возведённый
antiqa – редкий, дивный
ulug‘ zot – великая личность
F) Baholash
Uyga vazifa. O‘zbek olimlari haqida ma’lumot yozing.
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________
Do’stlaringiz bilan baham:
Ma’lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma’muriyatiga murojaat qiling
2-Sinf Rus tili fanidan konspekt
2 синф 1-дарс SALOM, MAKTAB! рус тили. рус тилини урганамиз dars ishlanmasi lugat
Rus tili maktabda 136.092 views 5 years ago
2-sinf 11-dars RUS TILI. BIZNING UY. рус тилини урганамиз dars ishlanmasi lugat
Rus tili maktabda 11.878 views 5 years ago
2 синф 2-дарс БИЗ ЎҚУВЧИМИЗ. КИМ НИМА ҚИЛЯПТИ? рус тили. рус тилини урганамиз dars ishlanmasi lugat
Rus tili maktabda 50.570 views 5 years ago
2-sinf RUS TILI 10-dars BIZNING OILA. рус тилини урганамиз dars ishlanmasi lugat
Rus tili maktabda 27.665 views 5 years ago
2 синф рус тили 4-дарс.O’QUV QUROLLARI рус тилини урганамиз dars ishlanmasi lugat
Rus tili maktabda 22.185 views 5 years ago
2 синф 5-дарс. MENING O’QUV QUROLLARIM. рус тили. рус тилини урганамиз. dars ishlanmasi lugat
Rus tili maktabda 14.368 views 5 years ago
2 синф 27-дарс. SANOQ rus tili. рус тилини урганамиз dars ishlanmasi lugat
Rus tili maktabda 9.961 views 3 years ago
RUS TILI RANGLAR
Rus tili maktabda 151.604 views 3 years ago
15-maktab Rus tili fan oyligi doirasida o’tkazilgan tadbir.
ATV telekanali 10.496 views 3 years ago
8 ta ajoyib boshqotirma
PurPur Tv 2.071.748 views 3 years ago