Yuz terisi go‘zalligiga ta’sir ko‘rsatuvchi 5 ta mahsulot
Tamaki mahsulotlari — Komedonlar, husnbuzarlar, suvsizlangan va xira teri chekish xavfi haqida qo‘shimcha eslatma bo‘ladi, bu belgilar yuz terisida aniq namoyon bo‘ladi. Bir chashka qora qahva bilan sigaret yoki elektron sigaret chekishni yoqtirasizmi? Bu qondagi stress gormoni darajasini oshirishi va yuqoridagi barcha kamchiliklarning namoyon bo‘lish xavfini keltirib chiqaradi.
Юз териси парваришида ҳар куни фойдаланиш керак бўлган 5 та косметик маҳсулот
Юз терисини парвариш қилиш том маънода ёшликни сақлаб қолиш билан баробардир. Ҳар куни терини тозалаш, уларни тозаламай ухлашга ётишга йўл қўймаслик, вақти-вақти тоник суртиш ва юзни тоза сочиқ ёки қоғоз салфеткалар билан артиб олиш керак. Marie Claire нашри юз терисини парвариш қилишда ҳар куни қандай косметик воситалардан фойдаланиш кераклигини дерматовенеролог, косметолог Татяна Коссова билан биргаликда маълум қилди.
Тозаловчи воситалар
Аввало, терининг турига қараб кунига бир ёки икки марта амалга ошириладиган юз терисини тозаловчи воситадан фойдаланиш керак. Тозалаш воситалари гел, совун ёки сув шаклида бўлади. Танлов кунлик парвариш маҳсулотининг таркибига боғлиқ. Шуни унутмаслик керакки, барча тозалаш воситаларидан фойдалангандан сўнг уни ювиб ташлаш керак.
Тозалаш воситаларининг таркиби алоҳида аҳамиятга эга. Агар юз териси ёғли бўлса, маҳсулот таркибида алфа гидрокси кислоталар бўлиши керак. Агар тери таъсирчан бўлса, маҳсулотда парвариш қилувчи, намловчи ва тинчлантирувчи ингредиентлар бўлиши лозим. Буни косметолог билан олдиндан маслаҳатлашганидан кейин сотиб олиш мумкин.
Кўпчилик юз терисини тозалаш учун мицеляр сувини танлайди ва ундан фойдалангач, ювиб ташламайди, бу парваришда йўл қўйиладиган энг катта хатодир. Ушбу восита тери юзасида махсус плёнка ҳосил қилади ва унинг ҳимоя хусусиятларини бузади.
Тоник
Агар сувга ёки липидга асосланган маҳсулотлардан фойдаланиш маъқул келса, у тозаланган, қуритилган терига енгил ҳаракат билан суртилиши керак. Тоникни пахта ёстиғи билан қўллаш нотўғри эмас.
Сиворотка
Агар терининг ҳаддан ташқари ёғланиши билан боғлиқ муаммолар мавжуд бўлса, алфа гидроксид кислотали сиворотка мос келади, у C витамини ёки юз териси ёғ безларининг фаолиятини камайтирадиган бошқа компонентларни ўз ичига олади.
Шуни таъкидлаш керакки, сивороткадан юзнинг ҳар бир ярмига уч томчи томизилиши керак. Агар тери парвариш қилиш тартиби қаришнинг олдини олиш учун амалга оширилса, маҳсулот таркибида ферул, азела кислотаси ёки C витамини бўлиши лозим. Шунингдек, бўйин териси ҳам ўта сезгир ҳудуд бўлиб, чўзилишга ва эрта ажинларга мойил бўлади, шунинг учун у ҳам ҳар куни қаришга қарши парвариш қилишни талаб қилади.
Крем
Кундалик парваришнинг якуний босқичи терининг турига қараб SPF кремни қўллашдир. Сиворотка ва кремни бир вақтнинг ўзида ишлатиш ҳар доим ҳам шарт эмас, лекин агар сиворотка суюқ бўлса, у терини таранглаштиради, кейин крем қўллаш бу туйғуни бартараф этишга ёрдам беради.
Бальзам ёки лаб бўёғи
Лабларнинг қизил чегараси каби нозик жой ҳақида унутмаслик керак. Куз-қиш даврида ёки баҳор даврида ҳар куни пантеон, бепантен, А витамини каби ғамхўрлик қилувчи ингредиентлардан ташкил топган лаб бўёғи ёки бальзамни қўллашни унутмаслик керак. Қуёшли мавсумда ҳам лаб бўёғидан фойдаланиш жуда муҳим. Кўпчилик буни унутади ва бу лаблар қирғоғининг ҳаддан ташқари қуриши ва қаришига олиб келади.
Yuz terisi go‘zalligiga ta’sir ko‘rsatuvchi 5 ta mahsulot
Insonning go‘zalligi u iste’mol qiladigan taom va mahsulotlar bilan bog‘liq ekanligi bir emas bir necha marta isbotlangan. Hech qaysi krem yoki vosita tabiiy mahsulotlardan olinadigan vitamin va minerallarni bera olmaydi. Go‘zallik, yoshlik va terining sog‘lomligi uchun muayyan vitaminlar, mikroelement va yog‘ kislotalari javob beradi, Harper’s Bazaar nashri mazkur moddalar qaysi mahsulot tarkibida bo‘lishi bilan bo‘lishadi.
Foto: Harper’s Bazaar
Asal shirin va kaloriyaga boy mahsulot bo‘lishiga qaramay, uning oz miqdori ham teri holatining yaxshilanishiga sababchi bo‘ladi. Uning tarkibidagi komponentlar terini ichidan oziqlantiradi, taranglashtiradi va elastikligini oshiradi. Asalni bo‘tqa, yogurt yoki tvorogga qo‘shib iste’mol qiling. Ammo issiq ichimliklarga qo‘shmaslikka harakat qiling negaki, yuqori haroratda uning tarkibidagi foydali moddalar parchalanib ketib faqat shakar qoladi.
Qulupnay tarkibida hatto boshqa sitrus mevalar tarkibidan-da, ko‘proq C vitamin borligi ushbu mevani go‘zal va sog‘lom teri uchun foydasi ko‘pligini bildiradi. C vitamini kuchli antioksidant hisoblanadi. U terini turli radikallar ta’siridan himoya qilish, kollagen va elastin ishlab chiqarishni ta’minlash hamda teriga ajin tushishini oldini olish xususiyatiga ega. Qulupnayni istalgan sutli mahsulot bilan, salat yoki yogurtga qo‘shib iste’mol qilish mumkin.
Yong‘oq — vitamin E va omega–3 yog‘ kislotasining manbasi hisoblanadi. Ushbu moddalar terining oziqlanishini ta’minlaydi, teri qurishi hamda uning erta qarishini oldini oladi. Shunga qaramay, uning tarkibida kaloriya ko‘pligini yoddan chiqarmagan holda me’yorida iste’mol qilish kerak. Bir kunda bir hovuch yong‘oq iste’mol qilsa yetadi.
Suli yormasi
Suli yormasi terini tinchlantirish va oziqlantirish xususiyatiga ega — oqsil va mikroelementlarga boy mahsulot hisoblanadi. Shuningdek, teri namligini saqlashda ham samarali vosita hisoblanadi. Suli yormasini nonushtaga asal, yong‘oq va mevalar bilan qo‘shib tayyorlang, bunda uning ta’siri yanada foydaliroq bo‘ladi.
Sabzavotlar
Tabiiy karatinoid antioksidantlari hamda beta-karotin sabzavotlarning yorqin rangi uchun javobgar hisoblanadi. Aynan ular sabzi, qovoq va shirin bulg‘or qalampiriga rang beradi. Organizmga tushgan beta-karotin A vitaminiga aylanadi, ushbu vitamin esa teri holatining yomonlanishi, shuningdek, qarishiga qarshi samarali vosita. U teri tarangligi, yaltirashi, tabiiy go‘zalligini yaxshilaydi. Asosiysi, A vitaminining yog‘da eruvchangligini yodda tutgan holda iste’mol qilish kerak. Sabzavotlardan salat tayyorlab, unga yong‘oq va o‘simlik yog‘idan bir qoshiq qo‘shing. Bunday salat iste’molidan keyin tana va teriga foydasini uzoq kutishingizga hojat qolmaydi.
Mavzuga doir:
Yuz terisi uchun zararli bo‘lgan 5 mahsulot
Teri bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun kosmetologga murojaat qilish yoki muammoni tezda hal qilish uchun unga ko‘p mablag‘ sarflash shart emas.
Terining sog‘lom ko‘rinishini tiklashga yordam beradigan ba’zi ajoyib muolajalar yoki ko‘p pul sarflanadigan parvarishlarni qilish shart emas.
The Voice nashri husnbuzarlar, shishish, qora doiralar va boshqa teri bilan bog‘liq muammolardan qutulishga yordam beradigan tavsiyalarni taqdim etdi.
Spirtli ichimliklar — Spirtli ichimliklarni muntazam yoki ko‘p miqdorda iste’mol qilish ham yuz terisiga ta’sir ko‘rsatadi. Spirtli ichimliklar terini quritadi, uning rangiga ta’sir ko‘rsatadi, to‘qimalar va kuperoza tushishiga olib keladi. Bundan tashqari, ayrim ichimliklar qon tomirlarini bo‘shashtiradi va ulardagi shakar erta ajin tushishiga sabab bo‘ladi.
Glyuten— Glyuten asosan makaron va pishirilgan mahsulotlarda uchraydi, bu mahsulotdan voz kechish italyan oshxonasini sevuvchi insonlar uchun juda qiyin. Glyuten ichaklarni bir-biriga yopishtiradi va shu bilan uning mikroflorasini buzadi. Glyuten yuzdagi eng yoqimsiz holatlarni: yopiq komedonlar va kuchli shishlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Shakar — Shirinlikni yaxshi ko‘ruvchilar nafaqat yog‘li teri, yallig‘langan husnbuzarlar va doimiy husnbuzar chiqishidan, balki peshonadagi juda ko‘p ajinlardan ham azoblanadi. Bu glikatsiyaning oxirgi iste’mol qilingan mahsulotlar tufayli teri hujayralarida kollagen yo‘q qilishining natijasi hisoblanadi.
Tamaki mahsulotlari — Komedonlar, husnbuzarlar, suvsizlangan va xira teri chekish xavfi haqida qo‘shimcha eslatma bo‘ladi, bu belgilar yuz terisida aniq namoyon bo‘ladi. Bir chashka qora qahva bilan sigaret yoki elektron sigaret chekishni yoqtirasizmi? Bu qondagi stress gormoni darajasini oshirishi va yuqoridagi barcha kamchiliklarning namoyon bo‘lish xavfini keltirib chiqaradi.
Laktoza — Agar sizning parhezingizda keragidan ortiq sut bo‘lsa, organimingizdagi yallig‘lanish jarayonlaridan qutula olmaysiz. Uning oqibatlari yuzingizda darhol namoyon bo‘ladi: yuz terisida kattalashgan teshiklar va ko‘z ostida shishlar yuzaga keladi. Qovoq shishishi, doimiy dangasalik va befarqlik holati ham laktozali mahsulotlarni iste’mol qilish orqali paydo bo‘ladi.
Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin
So‘nggi yuklangan mavzular
Ko‘p o‘qilgan mavzular
Bo‘limlardan birini tanlang