Press "Enter" to skip to content

Farishtalar kimni duo qiladi?

Имконга ва бемор ҳолатига қараб бирон бир ҳадя берилса, мақсадга мувофиқ бўлади.

Farishtalar kimni duo qiladi?

Savol: Bir kitobda Jabroil va Azroil ismli farishtalar haqida o‘qidim. Farishtalar o‘zi kimlar?

Javob: Allohning farishtalari (malaklar)ga imon keltirish imonning asosiy shartlaridan biridir. Farishtalarni Alloh taolo ko‘zga ko‘rinmaydigan qilib jismlarini nurdan yaratgan. Ular qiyomatga qadar Allohga ibodat qiladilar, buyurilgan har xil xizmatlarini ado etib turadilar, keyin o‘lim sharbatini totadilar. Ular hech gunoh ishlarni qilishmaydi, ularda bizdagi kabi yemoq-ichmoq, uxlamoq, so‘zlashmoq, zerikish kabi narsalar, erkaklik va xotinlik ham yo‘q. Ular har xil suratda yaratilgan va turli suratga ham kira oladilar.

Farishtalardan ulug‘lari Jabroil, Azroil, Mikoil, Isrofildir. Hazrati Jabroil Allohning kalomini payg‘ambarlarga yetkazishda vositachilik qiladi. Azroil ajali yetgan bandalarning jonini oladi. Mikoil – rizq ulashtirguvchi, Isrofil esa – Qiyomat boshlanganidan darak berib sur chalguvchi farishtadir.

Farishtalar son-sanoqsiz bo‘lib, yerda, osmonda va har ikkovining o‘rtasida yurishadi. Ularning sonini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Islom shariatiga ko‘ra, insonni farishtalar qo‘riqlab va nazorat qilib turadilar. Alloh taolo Ra’d surasining 11-oyatida aytadiki: «Uning oldida ham, ortida ham ta’qib qiluvchilar bor. Ular uni Allohning amri ila hifz qilib turadilar». Ya’ni, bandaning har tarafida kuzatib yuruvchi farishtalar mavjud. Ular ikki ishni bajarishadi, ya’ni bandani turli yomonliklardan saqlab turadilar hamda gunoh va savob amallarini yozib boradilar.

Dinda savolim bor

Farishtalar kimni duo qiladi?

Али розияллоҳу анҳу шундай деганлар: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг: «Бирон мусулмон кимса бошқа бир мусулмонни эрталаб кўргани борса, то кеч киргунича етмиш минг фаришта унинг ҳаққига дуода бўлишади.

Агар кечқурун кўргани борса, то эрталабгача етмиш минг фаришта унинг ҳаққига дуода бўлишади. Ҳамда бу кишига жаннатда териб, йиғиб қўйилган мева бўлади», деб айтганларини эшитдим (Термизий).

Шарҳ:
Ушбу ҳадисда фазилатли амаллардан бири айтилмоқда.

Яъни, мазкур амал соҳиби ҳаққига фаришталар хайр дуо қилишар экан. Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам кимни ҳаққига фаришталар хайр дуо қилишса Аллоҳ таоло уни гуноҳларини кечиришини айтганлар.

Қайси бир кимса Аллоҳ таоло розилиги нияти ила бирон бир бетоб инсонни, у қариндошми ёки бегонами, каттами ёки кичикми зиёрат этса, фаришталардан унинг ҳаққига бўладиган дуога сазовор бўлар экан.

Бу ердаги асосий нарса беморни Аллоҳ ризоси учун зиёрат қилишдир. Ва қолаверса бемор олдида кўп ўтирмаслик, эзмаланиб кўп гапирмаслик, унинг ҳаққига саломатлик тилаб дуо қилиш, иншааллоҳ яхши бўлиб кетасиз, дея кўнглини кўтариш зиёрат одобларидан бўлади.

Аллоҳнинг Элчиси бемор олдига кирсалар: “Зарари йўқ, Аллоҳ хоҳласа, яхши бўлиб кетасиз” дер эдилар.

Бемор зиёратида: “Ўҳҳўў, мунча озиб кетибсиз, тамом бўпсизку”, каби азият берувчи сўзлардан тийилиш лозим.

Имконга ва бемор ҳолатига қараб бирон бир ҳадя берилса, мақсадга мувофиқ бўлади.

Ана шундайин зиёрат сабабли фаришталар дуосига лойиқ бўлиш ва Аллоҳ таоло фазли ила гуноҳлардан фориғ бўлиш имконимиз бор экан.

Ҳадисдаги кечқурун зиёрат қилишдан мурод қоронғу тушгач деган маънодадир. Тун ярмида бориб безовта қилимаслик одобга мувофиқ бўлади.

Абу Ҳурайра розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам:

«Ким бирор касални бориб кўрса ёки Аллоҳ йўлидаги биродарини зиёрат қилса, бир нидо қилувчи: “Пок бўлдинг, юришинг ҳам пок бўлди ва жаннатдан ўзинг учун жой тайёрлаб қўйдинг”, деб нидо қилади», дедилар (Термизий).

Демак, ниятни тўғри қилиб, бирон манфаат кўзламай, фақатгина Аллоҳ ризоси истагида бирон биродарини зиёрат қилиниши шунчалар манфаатли эканки, ҳам фаришта дуосига ва ҳам жаннатийлар амалига мувофиқ бўлган амал соҳиби бўлинар экан.

Бундайин имконни қўлдан бермайлик, бирон бемор бўлса Аллоҳ ризоси ниятида зиёрат қилиб, фаришталар дуосига сазавор бўлиш имконимиз бор!

Farishtalar kimni duo qiladi?

Ali roziyallohu anhu shunday deganlar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning: «Biron musulmon kimsa boshqa bir musulmonni ertalab ko‘rgani borsa, to kech kirgunicha yetmish ming farishta uning haqqiga duoda bo‘lishadi».

«Agar kechqurun ko‘rgani borsa, to ertalabgacha yetmish ming farishta uning haqqiga duoda bo‘lishadi. Hamda bu kishiga jannatda terib, yig‘ib qo‘yilgan meva bo‘ladi», deb aytganlarini eshitdim (Termiziy).

Sharh:
Ushbu hadisda fazilatli amallardan biri aytilmoqda.

Ya’ni, mazkur amal sohibi haqqiga farishtalar xayr duo qilishar ekan. Nabiy sollallohu alayhi vasallam kimni haqqiga farishtalar xayr duo qilishsa Alloh taolo uni gunohlarini kechirishini aytganlar.

Qaysi bir kimsa Alloh taolo roziligi niyati ila biron bir betob insonni, u qarindoshmi yoki begonami, kattami yoki kichikmi ziyorat etsa, farishtalardan uning haqqiga bo‘ladigan duoga sazovor bo‘lar ekan.

Bu yerdagi asosiy narsa bemorni Alloh rizosi uchun ziyorat qilishdir. Va qolaversa bemor oldida ko‘p o‘tirmaslik, ezmalanib ko‘p gapirmaslik, uning haqqiga salomatlik tilab duo qilish, inshaalloh yaxshi bo‘lib ketasiz, deya ko‘nglini ko‘tarish ziyorat odoblaridan bo‘ladi.

Allohning Elchisi bemor oldiga kirsalar: «Zarari yo‘q, Alloh xohlasa, yaxshi bo‘lib ketasiz» der edilar.

Bemor ziyoratida: «O‘hho‘o‘, muncha ozib ketibsiz, tamom bo‘psizku», kabi aziyat beruvchi so‘zlardan tiyilish lozim.

Imkonga va bemor holatiga qarab biron bir hadya berilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ana shundayin ziyorat sababli farishtalar duosiga loyiq bo‘lish va Alloh taolo fazli ila gunohlardan forig‘ bo‘lish imkonimiz bor ekan.

Hadisdagi kechqurun ziyorat qilishdan murod qorong‘u tushgach degan ma’nodadir. Tun yarmida borib bezovta qilimaslik odobga muvofiq bo‘ladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim biror kasalni borib ko‘rsa yoki Alloh yo‘lidagi birodarini ziyorat qilsa, bir nido qiluvchi: «Pok bo‘lding, yurishing ham pok bo‘ldi va jannatdan o‘zing uchun joy tayyorlab qo‘yding», deb nido qiladi, dedilar (Termiziy).

Demak, niyatni to‘g‘ri qilib, biron manfaat ko‘zlamay, faqatgina Alloh rizosi istagida biron birodarini ziyorat qilinishi shunchalar manfaatli ekanki, ham farishta duosiga va ham jannatiylar amaliga muvofiq bo‘lgan amal sohibi bo‘linar ekan.

Bundayin imkonni qo‘ldan bermaylik, biron bemor bo‘lsa Alloh rizosi niyatida ziyorat qilib, farishtalar duosiga sazavor bo‘lish imkonimiz bor!

Sunnatulloh Abdulbosit

Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin

Juda ajoyib ! Yanada boyitilsa bundanda yaxshi bo’lardi.

Bunday narsalarni avvalo bilishimiz kerak, bu qiziqarli dunyoni emas o’zimizni qaqiqiy uyimizni yani, JANNATga qiziqishimiz kerak bu dunyo shunchaki bir sinov, men demoqchimanki ko’proq QUR’ONI KARIMNI, HADISLARNI, IMONNI VA VAFO KAZOLARNI ko’proq bilishimiz kerak.

Xadicha assalomu alayko’m. Bildirgan fikringizdan bag’oyatda mamnunmiz. Aytganlaringizni bariga qo’shilaman, ertami kechmi bu foniy dunyoni tark etamiz, shunday ekan hayotlik paytimizda o’zimizdan yaxshi va savobli ishlarni qoldirmog’imiz lozim.

Ассалому алайкум. Берилган маълумотлардан фойдалансам бўладими. Ижтимоий тармоқ видеолар учун.

Husan Assalomu alayko’m. Albatta foydalanishingiz mumkin. Iloji bo’lsa bizning saytimiz UzBaza.uz ni eslatib o’tib ketsangiz minnatdor bo’lgan bo’lar edik.

Malikabonu :
Juda zo’r rahmat. Ta’sirlandim o’qib ��

Barchaga assalomu alayko’m, bunday malumotlarni taqdim etayotgan sizlarga katta raxmat aytaman, ancha narsani bilib oldim, juda qiziqib o’qidim.

Ajoyib maqola ekan, bu malumotlar menga juda yoqdi.
Juda ajoyib hikoyalar ekan, men ham bunga amal qilaman, sizlarga omad tilayman!
Assalomu alaykum. Hadislar uchun rahmat.
So‘nggi yuklangan mavzular

Ko‘p o‘qilgan mavzular

Bo‘limlardan birini tanlang