Press "Enter" to skip to content

Quyosh haqida sara she rlar to plami uzbekcha she r

Оқ кўйлак-иштонли Умрзоқ лайлак
равоқда тўшини тўсинга босиб,
тоғларга термилар, энтикар юрак:
“Қишлоқни кўрмоқлик қиларми насиб?”

Kuz fasli haqida eng yangi she’rlar.Bolalar uchun she’rlar

Bolalar uchun kuz fasli haqida eng yangi she’rlar to’plami.Bog’cha yoshidagi va maktab o’quvchilari uchun yil fasllari haqida ajoyib she’rlar.

Kuz fasli.

O’lkamizda mana Kuz … Naqadar go’zal va serjilo fasl … Har bir faslning o’z chiroyi bo’lganidek, bu faslning ham o’zgacha, hech qaysi faslnikiga o’xshamagan husn-tarovati bor. Shoir hamda yozuvchilarimiz aytganidek, bu fasl «Hazon» barglari bilan ajralib turadi … Kuz fasli kirib kelganda tabiat manzaralariga e’tibor bersangiz ona tabiatimiz oltin libosga burkanadi.

Oltin kuz.

Ko‘z-ko‘z qilib bor bisotini,
O‘lkamizga kuz fasli keldi.
Ona yerning saxovatini
Ko‘rib, qalbim quvonchga to‘ldi.

Kuzning qaynoq nafasi dastlab
Dalalarda, bog‘da sezilar.
Tolning sarg‘ish yaproqchalari
Bandlaridan chirt-chirt uzilar.

Egilibdi anor shoxlari
Ko‘tarolmay o‘z hosilini.
Uchratasiz ko‘rkam bog‘larda
Mevalarning eng asilini.

Paxtazorlar oppoq libosda
Qamashtirar boqsam ko‘zimni.
Qo‘shiq qilib kuylayman bugun
Ona yurtim oltin kuzini.

Kuz fasli.

Koʼz oʼngimda bepoyon bogʼlar,
Yaproqlarda tilla rang gʼubor.
Yaqinlashib qolgandek togʼlar,
Havo shunday tiniq, begʼubor.

Shitirlagan kechki yomgʼir, ham
Tumanlarni quchoqlagan tong,
Qop-qoraygan dalayu qir ham,
Bari menga tanish, qadrdon.

Daraxtlarda lovillar gulxan,
Yuragimda uning tafti bor.
Bogʼchadagi xazonlar bilan
Uchib yurar kechagi bahor.

Meni tashlab ketmoqchi doʼstni
Toʼxtatmoqchi boʼlganday, shu on
Men jimgina qoʼlim choʼzaman
Yonayotgan gulxanlar tomon.

So’nggi kuz.

Mezon oqshomlari quyilgach tunga,
qayg’ular uyg’onar ko’ksimda nogoh.
Boqaman, daraxtlar singar osmonga,
anglayman: yashamoq oniy bir nigoh.

Kun kelar, qushlarning to’dasi uzoq
aylanar osmonda va o’char sasi –
bahor – tashna qushlar intilgan tuzoq,
kuzak – sindirilgan qushlar qafasi.

Ketarlar qushchalar parvoz bilan mast,
qaytarlar uvillab qora shamollar.
…Erkaklar qonida yig’lar musallas,
yig’lab kuzatadi qushlarni chollar.

Kuz.

Qora yomg’ir va yolg’izlik, qorong’i chorbog’ –
g’amgin qushlar karvon bo’lib ko’chib ketadi.
Yomg’ir yuvgan daraxtlardan eng so’nggi yaproq
uzilaru yurak kabi uchib ketadi.

Keyin yana kuzak boshlanar,
derazadan boqqanda – faqat
bo’zrang tuman aralash yuksak
tog’ cho’qqisi ko’zga tashlanar.

Sen o’zingni qo’yarga ham joy
topolmaysan… Beshafqatdir kuz!
Ko’kka boqsang… Ko’rinmaydi oy,
Seni yodga soladi yulduz.

Uyqusiz tun – qorong’i xatar
aro ko’kka boqasan… Tongda
sen g’ijimlab tashlagan xatlar –
oq bulutlar suzar osmonda.

Yo’qotish.

Daraxtlar barglari sargʼayar birdan.
Ularga bahona kuzning quyoshi,
Unib chiqsa hamki ildizi yerdan,
Kuz kelib yoʼqoldi uning sirdoshi.

Sirdoshdan ayrilsa koʼpayadi gʼam,
Shodlikni oʼrnini bosar mahzunlik,
Har qanday janzotni yengarkan alam.
Sodiq oshnasidan boʼlsa mahrumlik…

Kuz manzaralari.

Yana dalalarga boshlaydi havas,
Bogʼlarda hazonlar yonadi lov-lov.
Doʼstlarim, bu kuzning barglari emas,
Mening yuragimdan toʼkilgan olov.

Shoxlarda mezonlar yaltirar xira,
Poyida shivirlar mening kuylarim.
Doʼstlarim, bular ham mezonmas sira,
Bu mening chuvalgan, soʼngsiz oʼylarim.

Quyosh ham falakda bamisli roʼyo,
U endi yondirmas, yaltirar faqat.
Doʼstlar, u ham endi quyoshmas aslo,
U olis yoshlikda qolgan muhabbat.

Kech kuz.

Tilla bandli yaproqlar
Dov-daraxt-la xushlashar.
Bargixazon fasl bu-
Kuz qish bilan duchlashar.
Yuklaridan bo’shanib,
Yastangandir dalalar.
Quchog’ida yayraydi
Qirmiz yuzli bolalar.

Oltin fasl kuz fasli.

Davra qurib turnalar,
Boshimizda aylanar.
Budir kuz fasli bazmi,
Ona yerga ta’zimi.

Oltin fasl – kuz fasli,
Zarshunoslikdir asli.
Undan qirlar, tog‘ – oltin,
Undan yerlar, bog‘ – oltin.

Mevalar ham mo‘l-u ko‘l,
Ne yesang ham bol yeysan,
Kuzga: «Ofarin», – deysan.

Bunday oltinligin ham,
Tengsiz totliligin ham,
Aytsam bitmas siri bor:
Unda mehnat teri bor.

Yana xazonrezgilik.

Yana xazonrezgilik,
Bog’lar rangi siniqdi.
Dilda hokim ezgulik,
Anhorda suv tiniqdi.

Oq yaktakli qayinlar,
Taqdi yana zar baldoq.
Qushlarga gap tayinlab,
Chag’-chag’laydi zarg’aldoq.

Ufq orti lolagun,
Daraxtlardan rang olar.
Xayrlashib kuz bugun,
Sochar oltin tanghalar.

Quyosh haqida sara she’rlar to’plami uzbekcha she’r

Yon, quyoshjon,
Jon quyoshjon,
Otdi oppoq
Tong quyoshjon.

Don-dunimga
Hosil tilab,
Boshlarini
Qo‘ygin silab…

Yurtimizga
Nur sochaver,
Xalqimizga
Baxt ochaver.

YASHASIN OFTOB — Nurulloh Oston

Chaqinlar tindi,
Giyohlar undi.
Yogʻduga choʻmdi –
Yashasin oftob!

Shudringda aksi,
Yaproqda raqsi,
Fayzlidir bahsi –
Yashasin oftob!

Qoʻrqmaymiz tundan,
Yayraymiz kundan.
Tiriklik shundan –
Yashasin oftob!

QUYOSH — Halima Ahmedova

Shunchalar chaqqonsan, shuncha ozoda,
Sendan poklanadi hatto togʻ-u tosh.
Eng kichik maysadan daraxtlargacha
Gʻuborin yuvasan erinmay quyosh.

Yaproqlarning nafis tabassumida
Jilva etar sening nurli afsonang.

Yaratgan nafasi ufurgan joydan
Asli bunyodmikan yoki koshonang.

YOZ BILAN QUYOSH — Mahmud TO‘YCHIYEV

Quyosh yoz bilan o‘rtoq,
Ajralgisi kelmaydi.
Kech kirib qolganda ham
Uyi tomon yelmaydi.

Do‘stlarning suhbatiga
Oshiqqanday jo‘ralar,
“Salom!” – deya Quyoshjon
Tong-sahardan mo‘ralar.

Shu do‘stlikning mehridan
Bahra olamiz barcha.
Bolalar-u kattalar,
Yer, osmon, yana qancha.

Gap ko‘p ekan, bilsangiz,
Inoqlik, ahillikda.
Baraka ham shu yerda,
Beminnat saxiylikda.

Shunday to‘kinlik, to‘qlik,
Shundan chor atrof ko‘rkam.
Kundan-kun yashnab borar,
Mening jonajon o‘lkam.

Dunyo shunday g‘aroyib,
Sirga to‘la tabiat.
Jannatmonand yurtimda
Hayot go‘zal to abad!

QUYOSH BIZGA O‘XSHARKAN — Umida ABDUAZIMOVA

Bizga o‘xshar yozda qaray olmasdim, quyoshga.
Tik qarasam to‘lardi ko‘z yoshga.
Qishda boshqacha bo‘lib qolibdi,
Bulutlarga o‘ralib olibdi.

Issiq kiyimlar kiyib yuribman.
Quyoshga tik qarab turibman.
Yoqimli xayollarga berildim.
Quyosh bizga o‘xsharkan, deb bildim.

QUYOSH MEHRI — Rustambek Turopov,

Musavvirdek chizar har kun
Dov-daraxtlar andozasin.
Zar qalamda ifodalar
Bosh ko‘targan har novdasin.

Quyosh nurin teng sochadi,
Gul zaminga berib mehrin.
Shabnamlarga jilo qo‘shar,
Ishga solib borki sehrin.

U har safar nur elaydi,
Maysalari tushar terga.
Ma’yus, horg‘in xayrlashar,
Manglayini bosib yerga.

To kechgacha qilib mehnat,
Qizaradi sariq yuzi.
Yaxshiligin minnat etmas,
U osmonning oltin qizi.

Yuragim dardin olsam qalamga. Taqdir qog’oziga tushadi alanga. Nechta gulga moyil bo’lmagan qalbim. Bitta yor dastidan to’ldi alamga.

Boshimga balodir, balodir ko’nglim, Bir so’zning tig’idan yarodir ko’nglim, Do’stu dushman aro adodir ko’nglim, Men ularni kechiray bir qudrat bergin. Ollohim mehringdan bir xilvat bergin.

Yig’lamang bu dunyo shunday yaralgan, Hali hech kimsaga qilmagan vafo, Qoshi ko’zi bo’yalgan sochi taralgan, Lek qalbi chiroyli bo’lmagan aslo.

Nafsin qo’yib hayodan ustun.. Necha go’dak yetimdur bugun.. Zor yig’laysiz kun kelib bir kun.. Farzandidan kechgan ayollar.

Hech kim eslamaydi Hudo dard bersa. Qo’shning ham ko’rganda hol so’rab qo’yar. O’zing boqqan bolang har zamon kelsa. O’lsang har payshanb qara, ko’y so’yar.

Xaqligimdan jim bo’lay mayli, Tushunmaysiz, yuritmayman baxs. Inson bo’ldim iymon tufayli, O’z o’rnidan siljimasin nafs.

Ba’zan o’ylamay gapirib qo’yib Tinmasdan g’iybatim qilgan odamalar. Mayliga so’kib ursangiz xamki. Meni yomon ko’rgan odamlar.

~Ey yaqinim sizdan iltimos, ~G’iybatimni sal kamroq qiling. ~Chetga surib g’arazni biroz, ~Siz Allohdan so’rashni biling.

Yomon yo’ldan sira yurmagan, Ko’p qiynalgan davron surmagan, Mexir berib mexir ko’rmagan, Mexirga zor qalblar yig’lamang.

Sarobdan yaralgan muhabbat so’zi, Azobdan yaralgan muhabbat so’zi, Aksim so’rar nedur muhabbat o’zi? Sezdim dil tubida u cho’g emasmu? Yurakni tirnagan u tig’ emasmu.

Izohlar 2

Xush kelibsiz she’r saytimizga!
Bu sayt she’r yozishni sevuvchilar uchun yaratilgan. Bu yerda siz o’z she’rlaringizni yozishingiz, ularga izoh qoldirishingiz va boshqa foydalanuvchilar bilan ulashingiz mumkin.

Yangi she’rlar
Bu sahifada yangi yozilgan she’rlar ro’yhati joylashadi. Siz bu yerda boshqa foydalanuvchilarning yozgan yangi she’rlarini ko’rish, ularga izoh qoldirish va ularga reaksiya ko’rsatishingiz mumkin.

She’r ro’yhati
She’r ro’yhatida sizning yozgan she’rlaringiz va boshqa foydalanuvchilar tomonidan yozilgan she’rlar joylashadi. Siz bu yerda o’z she’rlaringizni boshqa foydalanuvchilar bilan baham ko’rish, ularga izoh qoldirish va ularga reaksiya ko’rsatishingiz mumkin.

Izohlar
Bu sahifada siz o’z izohingizni qoldirishingiz mumkin. Siz boshqa foydalanuvchilarning yozgan she’rlarga izoh qoldirishingiz va ularga reaksiya ko’rsatishingiz mumkin.

Biz bilan bog’lanish
Agar sizda savollar yoki takliflar bo’lsa, biz bilan bog’lanishingiz mumkin. Bizning xodimlarimiz sizning savollaringizga javob berishadi va sizga yordam berishadi.

Ma’lumotlar himoyasi
Biz foydalanuvchilarimizning ma’lumotlarini himoya qilishga qat’iy nazar tutiladi. Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni hech qanday xususiyatlarga ega bo’lmaydigan holda himoya qilamiz.

Xavfsizlik
Biz saytimizga kirish uchun xavfsizlikni ta’minlash uchun kerakli qo’llanmalarni amalga oshirishga intilamiz. Bizning saytimiz xavfsiz va himoyalangan.

Qo’llash shartlari
Siz saytimizda yozilgan she’rlarni o’qishingiz, ularga izoh qoldirishingiz va o’z she’rlaringizni yozishingiz mumkin. Ammo sizning yozgan she’rlaringizda hech qanday qonunvoya yoki qonunvoya qarshi mazmuni bo’lishi mumkin emas. Biz sizning yozgan she’rlaringizni tekshirib, qonunvoya qarshi mazmunlarni o’chirishga intilamiz.

Yakun
Umid qilamizki, sizning uchun bizning she’r saytimiz foydali bo’ladi va sizning yozgan she’rlaringiz boshqa foydalanuvchilar uchun ilham manbai bo’ladi. Bizning saytimizga xush kelibsiz!

© 2023 «Vatanda.Com» – Sherlar.

Xurshid Davron. Kuz she’rlari

Куз шоирларнинг севган фасли. Кузни куйламаган шоир бўлмаса керак. Ўзбек шоирлари учун куз фақатгина илҳом манбаи эмас, шу билан бирга, бу мавсум пахта, пахтазор, эгатларга эгилган халқ тимсоллари билан боғланган. Бугун сизга Ўзбекистон халқ шоири Хуршид Давроннинг куз билан боғлиқ шеърларини тақдим этамиз.

Хуршид ДАВРОН
КУЗ ШЕЪРЛАРИ

Кўз ўнгимда бепоён боғлар,
Япроқларда тилла ранг ғубор.
Яқинлашиб қолгандек тоғлар,
Ҳаво шундай тиниқ, беғубор.

Шитирлаган кечки ёмғир, ҳам
Туманларни қучоқлаган тонг,
Қоп-қорайган далаю қир ҳам,
Бари менга таниш, қадрдон.

Дарахтларда ловиллар гулхан,
Юрагимда унинг тафти бор.
Боғчадаги хазонлар билан
Учиб юрар кечаги баҳор.

Мени ташлаб кетмоқчи дўстни
Тўхтатмоқчи бўлгандай, шу он
Мен жимгина қўлим чўзаман
Ёнаётган гулханлар томон.

Эшиклар тўсатдан бир қучоқ нурни
Сочиб юборади туннинг кўксига.
Эшикни ёпаман, тинч кўчаларни
Кезиб термиламан ойнинг рақсига.

Кейин далаларга чиқиб кетаман,
Мен билан боғларда тентирайди тун.
Булутлар оқади. Кўзни тутаман,
Пойимда майсалар шивирлар афсун.

Тун шаҳарни қучган.
Бахтли аёллар
Эркаклар кўксига қўядилар бош –
Ухлар чойшабларга ўралган гуллар,
Кўрпани тоблашиб мушукдай юввош.

Фақат узоқларда, тунги қирларда
Кўзлари қора қиз, қоши қора қиз
Йигитнинг кўксига эмас, далада
Уватга бош қўйиб ухлайди ёлғиз.

Мезон кечди.
Қандай шошиб кечди бу мезон.
Ҳосил тўла араваси лойларга ботиб
Сочи оқарди.

Мезон кечди.
Қандай маъюс кечди бу мезон.
Оромни, уйқуни унутиб қариди.
Юлдузларга улашиб берди
Дарахт учларида қолган нокларни.

Чинни косаларга мусаллас қуйиб,
Келинг, мезон билан хайрлашайлик.

Қишда уни яқин дўст каби
Жуда кўп бор эслаймиз ҳали.

Тунги боғлар – сирли, қўрқинчли,
Хусусан куз, хусусан кеч куз.
Қора тунга бўлиб қўриқчи
Қотиб турар дарахтлар унсиз.

Оёғингнинг остида ногоҳ
“Чирс” этару синиб тушар шох,
Бироқ, улкан қушдек баногоҳ
Қалқиб кетар бутун улкан боғ.

Тунги боғлар қора ўпқондай
Гувлар бўрон кезинган чоғлар.
Боғни четлаб ўтади тунда
Қўрқа-писа ойдин сўқмоқлар.

КУЗНИ ЎЙЛА

Кузни ўйла,
Қор кетиши билан кузни ўйла…
Кузни ўйла,
Ғилдираги лойга ботиб қолган аравани
Тортолмаётган отни аямай қамчилаб,
Кузни ўйла.
Бешафқат кузни ўйла,
Усти очилиб қолган болаларингни
Кўрпа билан ўраб қўя туриб,
Кузни ўйла…
Кузни ўйла, ташналикдан
Баҳор ёмғирлари аро лабларинг ёрилиб кетганда,
Саратон офтоби тиғида
Меҳнат қорайтирган болаларнинг
Кўзларига қаролмасдан кузни ўйла.
Икки тол овута олмаётган
Беланчакдаги боланинг бўғилиб йиғлаши,
Кун иссиғида кўксида сути қуриб қолган аёлнинг
Изтироби аро кузни ўйла,
Кузни ўйла, кузни ўйла…

ТЕРИМЧИ ҚИЗЛАР

Теримчи қизлар
Шохлардаги қушлардай енгил,
Қоматлари хаёл,
Қуёш иси анқиб турар чеҳраларидан.
Улар
Тўлиб кетган армонлар каби,
Эгатларга эгилган.
Орзулари мезонлар каби
Оппоқ бўлиб учиб юргувчи
Ойдин шамолларга осилган.
Ҳув… Бўғилиб сайраган
қушдан ҳам узоқ,
Қишлоғимнинг чексиз далаларида,
Оппоқ шийпонларда кўксини титроқ,
Илиқ, мовий шамоллар ўпиб,
Ухлаб ётар теримчи қизлар
Тушларини қуёшга кўмиб…

Атрофда қора кеча.
Мунгли най куйи янграр.
Куз. Шамол. Бўм-бўш кўча.
Зулматга чўккан ранглар.

Соғинч дилни ўртайди.
Куз. Шамол. Бўм-бўш кўча.
Най куйи – соғинч байти.
Атрофда қора кеча.

Кузни олиб ўтди деҳқонлар
Аравада олмалар билан.
Тўлиб кетди чексиз сайхонлар
Ғилдираклар ғирчиллашидан.

Дарахтларнинг ранги қорайиб,
Боғда эсди аччиқ куюнди.
Куз йўллари мисли қора ип
Чўзилдилар – ёмғирлар ювди.

Оқ вараққа сиёҳ доғлари
Сочилгандай – айни кун ботар
Ҳар шарпадан кузак боғлари
Қарғаларни кўкка сачратар.

Қушлар сергак –
Қора олчадай
Кўзларида ҳадик сурати.
Кезиб юрар боғни кечалар
Ёғилмаган қорлар ҳасрати.

Аравада сават ва сават
Нақш олмалар осмонга боқар.
Кузни олиб кетди арава,
Аравага сиғмади боғлар.

УМРЗОҚ КУНБЎЙИ…

Умрзоқ кунбўйи пахталарига
ишлов бериб ҳориб қайтади.
Уйда уни ойдай хотини,
хотинининг маъюс кўзлари,
икки қават кўрпа кутади.
У ечиниб шошмай ювинар,
бир оз шўхлик қилар хотини билан –
бирдан уйғонади мудраган шамол,
оҳиста титрайди шоҳи пардалар.
Умрзоқ хотинининг кўзидан сезар,
у ҳам ҳали туз тотимаган.
— Овқатлансанг бўлмасмиди? – деб
Умрзоқ тикилар маъюс кўзларга.
Ҳомиладор хотини жилмайиб қўяр,
Синиққан ёноқлар кетар қизариб.
Хотини жуда ҳам яхши билади –
ёлғиз овқатланмас эри.
Умрзоқ ёрига тикилган сайин
елкасидан сирғалар ҳорғинлик тоши.
Улар эндигина чўзилган маҳал
уфқ анор каби қизара бошлар…

СЎНГГИ ОЛМА ҲАҚИДА ҚЎШИҚ

Сунбуланинг еллари
алла айтган чорбоғда,
сунбуланинг йўлларин
ёмғирлар ювган чоғда,
аравалар ғижирлаб
лойларга ботиб қолгач,
қақраган ва ташна лаб
ёз кузга етиб олгач,
боғлар аро ҳокимлик
қилганида болалар,
қизариб нурга тўлар
сўнгги кузги олмалар
………………………………….
………………………………….
Аёл каби яланғоч
гўзаллигин бу дамда
шохлар аро ноилож
кўз-кўзлар сўнгги олма.
Бечора кўр гадони
ўйнагандек тўрт ёндан,
тош учар ёлғиз қолган
олмага – ер, осмондан
Ҳар дақиқа, ҳар бир он
хавотир-ла кечади,
боғга кирган ҳар шамол
уни излаб учади.
Кирган сайин куз боғлар
юрагига ичкари,
Талпинар олма шохлар
учига – юлдуз сари.

О, ёлғиз қолган олма,
нақадар сен ширинсан.
Ҳолбуки сен ҳам ўша
олмаларнинг бирисан.
Фақат сен бева каби
ёлғизсан, о, ёлғизсан.
Ёлғиз аёл эркакка
ширин туюлар қиздан.

…Ўрмалагач туманлар
кузнинг хира саҳари,
сўнгги олма, қалбингга
ботар қишнинг заҳари.
Шимирасан энтикиб
ва қайғуга тўласан.
Совуқни қанча ютсанг
шунча ширин бўласан.

О, бева каби ёлғиз
сўнгги олма, алвидо.
Қошингда турдим маъюс,
чиқмади сендан садо.
Бугун тунда осмонда
ногоҳ юлдуз сурилар,
уча-уча азонда
келиб сенга урилар.
Бироқ ҳеч ким сезмас куз
ёнғинида исиниб,
муздек тонги ҳавода
куйган олма исини…

ҚИШЛОҚҚА ҚАЙТИШ ЁКИ
УМРЗОҚ ЛАЙЛАКНИНГ ЎЛИМИ

Оқ кўйлак-иштонли Умрзоқ лайлак
равоқда тўшини тўсинга босиб,
тоғларга термилар, энтикар юрак:
“Қишлоқни кўрмоқлик қиларми насиб?”

Кўзини юмади,
ғамгин далалар
хаёлга бостириб кирар ушбу он.
Пахтазор… Чарчаган ерни аллалар
намхуш хазон иси ва телба осмон.

…Ярим тун уйғониб кетар тўсатдан —
осмонни ўксик дил каби титратар
учиб кетаётган қушлар қўшиғи.
Чол йиғлаб юборар ва учиб кетар
оппоқ лайлакларга қўшилиб.

1977

ТУН ШУНДАЙ ЗИМ-ЗИЁ…
(Мирослав Флорианга назира)

Тун шундай
зим-зиё –
нақш олмалар
юлдуздек порлар.

Тун шундай
чуқурки –
Учган юлдуз
қудуққа тушар.

Тун шундай
ойдинки –
Келинчаклар
дарчани тўсар.

Тун шундай
сокинки –
Эшитилар
қуёш нафаси.

ЭРТАКНИНГ ДАВОМИ

Қиз сочида шамол ҳайқирар,
гувлар шамол каби қиз сочи.
Йўл тугару уйига кирар
қиз зангори эшикни очиб.

Остонада қолади шамол,
чекинади уфққа кундуз.
Пахса деворларни қучоқлаб
йиғлар шамол кўчада унсиз,

ва шамолни дарахт шохлари
олар экан тинч қучоғига,
сочилади куз япроқлари
қиз яшаган уй равоғига.

Дарахтлар ҳам ҳеч чидаёлмай
деразадан мўралар маъюс.
Дарахтларни олиб кетолмай
остонада турар сарсон куз.

Қуюқлашиб бораркан майдай
қора туннинг қора бўёғи,
қиз тўшакка ўранган пайтда
тиниб қолар кузакнинг боғи.

Бу сукунат фароғатидан
қиз киприги юмилгач аста,
қиз сочини соғинган шамол
деразани очар оҳиста,

ва тилларанг хазонлар сочиб,
боқмай ойнинг нур ўйинига,
қордек оппоқ чойшабни очиб,
кирар ойдек қизнинг қўйнига.

ЭСКИ ШАҲАР

Бибихоним даҳмаси харобасида
сўнгги бор акс этар ва сўнар қуёш.
Уйғона бошлайди кун нафасидан
мудраб ухлаб қолган қора қабртош.

Тор, қийшиқ кўчалар адашиб қолиб,
илондек ўрмалар нурафшон тунда.
Товлана бошлайди қайғуга тўлиб
“Зижи Кўрагон”нинг акси осмонда.

Мудрар сезгир қушлар бутоқлар аро,
уларнинг уйқусин бузар шамоллар
ва қайсар эшагин ниқтаб бесадо
уйга қайтаётган бозорчи чоллар.

Томга учиб тушган ёрқин бир юлдуз
куйдира бошлаган пайтда ўтларни,
мункайган чол каби қариган кундуз
Шоҳизинда томон писиб ўтарди…

Эски шаҳар ухлар, мудраган токлар
пахса деворларни маҳкам қучоқлар.
Ухлайди бохорда қовуну-ноклар,
Тушларига кириб муаттар боғлар.

Тунги сукунатда тўкилар ерга
йиллар нафасидан нам тортган шўрхок.
Боладек мўлтираб боқар шаҳарга
бир четда биқиниб олган митти боғ.

СЎНГГИ КУЗ

Мезон оқшомлари қуйилгач тунга,
қайғулар уйғонар кўксимда ногоҳ.
Боқаман, дарахтлар сингар осмонга,
англайман: яшамоқ оний бир нигоҳ.

Кун келар, қушларнинг тўдаси узоқ
айланар осмонда ва ўчар саси –
баҳор – ташна қушлар интилган тузоқ,
кузак – синдирилган қушлар қафаси.

Кетарлар қушчалар парвоз билан маст,
қайтарлар увиллаб қора шамоллар.
…Эркаклар қонида йиғлар мусаллас,
йиғлаб кузатади қушларни чоллар.

КУЗ

Қора ёмғир ва ёлғизлик, қоронғи чорбоғ –
ғамгин қушлар карвон бўлиб кўчиб кетади.
Ёмғир ювган дарахтлардан энг сўнгги япроқ
узилару юрак каби учиб кетади.

Кейин яна кузак бошланар,
деразадан боққанда – фақат
бўзранг туман аралаш юксак
тоғ чўққиси кўзга ташланар.

Сен ўзингни қўярга ҳам жой
тополмайсан… Бешафқатдир куз!
Кўкка боқсанг… Кўринмайди ой,
Сени ёдга солади юлдуз.

Уйқусиз тун – қоронғи хатар
аро кўкка боқасан… Тонгда
сен ғижимлаб ташлаган хатлар –
оқ булутлар сузар осмонда.

Ўз-ўзингга айтдинг: “Қарагин, хазон”.
Ўз-ўзингга айтдинг: “Қарагин, куз бу!”
Алвонранг қуёшнинг ёғдуси тушиб
Сенинг кўзларингга урилди кўзгу.

Сен унга қарашга қўрқасан, балки
Унут ва олислаб кетган муҳаббат
Ёдини кўзингда кўргинг келмайди.
О, наҳот яшасанг шундай то абад!

Мунғайиб, қор тушган тонгдаги қушдай
Айвон чеккасида ўйлар сурасан,
У кунлар бамисли унут бир тушдай –
Айтгин, тушларингда кимни кўрасан?!

Тўзғиган сочингдек тўзғиган ўйинг,
Осмонга боқасан, босиб титроғинг.
Бу куз ҳеч ким келмас, унутдир уйинг,
Ҳеч ким тақдим этмас чинор япроғин.

Нега йиғламайсан нега кулмайсан,
Умр ўтаётир, умр – оқизоқ…
Нега эшигингнинг олдидан ўтган
Болалар ортидан қарайсан узоқ.

* * *
Қора тунда сўлди япроқ –
Сўнгги япроқ.
Вужудларда сўнди титроқ,
Тинди тупроқ.

Қушлар учди тонг олдидан –
кўк сурмаранг.
Уфқларга урилди-да,
синди жаранг.

Туман чулғаб чиқар тоғдан
куз қуёши.
Томчилайди ҳўл бутоқдан
куз кўзёши.

Ғижирлайди кўздан олис
бир ғилдирак –
Кимдир кетар ё қайтар? – Куз
билса керак…

Тикиламан, илғар кўзлар:
Ҳув, далалар
аро сўнгги тола излар
ҳўл болалар…

ПАХТАЗОР

Ўзбекистон – пахта даласи,
Уфққача, уфқдан сўнг ҳам.
Болаларнинг мутолааси
Пахтазордан иборат олам.

Улар кириб келгунча кеча,
Кун уфққа ботгунча сўниб,
Совуқ, қалин қорлар тушгунча
Ёмғирларга чўмилиб, тўниб,

Митти, нозик бармоқлар ила
Тиғли, кескир муз чаноқлардан
Тола юлиб, хирмон уярлар —
Хирмонларки, юксак тоғлардан.

Бундан мактаб педсоветлари
Ёмон баҳо олганни эмас,
Ёмон пахта терган болани
Муҳокама қилишдан тўймас.

Ҳеч ёдимдан ўчмайди бироқ,
Қоп-қорайган эгатлар аро
Қора тунда ялт этган чироқ
Каби кўзга ташланган чаноқ

Ва пахта деб қад букканларим,
Бир тола деб кун кеч бўлгани
Оқшомгача бўм-бўш этаклар
Пахтагамас, қорга тўлгани.

Эй, пахтазор, эй, болалигим
Сингиб кетган чексиз далалар,
Тушларимга кирасиз, кирмас
Онам айтган мунглиғ аллалар.

Атлантида – ул чўккан диёр
Нима бўпти?! – Тушмай дафтарга
Неча-неча атлантидалар
Чўкиб кетди пахтазорларга.

Ҳа, рост, бугун ўзбек деганда,
Айтган дамда ютуқлар ҳақда
Фақат сени сонсиз минбарда
Тилга олиб ўтарлар, пахта.

Йўқ, биз чўкиб беиз кетмадик,
Алишеру Ибн Синони
Берган бу халқ ўлмаган, тирик —
У лол қилар ҳали дунёни..

Бу халқ ҳали қул бўлгани йўқ,
Ҳали бу халқ бағридан чиқар,
Шоирларким, ҳар сўзида чўғ —
Бир сўзларким зулматни йиқар.

Биз англадик пахтазорларда
Нон қадрини, эркнинг қадрини,
Биз англадик пахтазорларда
Она Ватан, халқнинг дардини.

Биз англадик пахтазорларда
Оналарнинг мунгли алласин,
Биз англадик пахтазорларда
Озиб-тўзган ўзбек даласин.

Биз англадик пахтазорларда
Ўзбекистон муҳаббатини,
Биз англадик пахтазорларда
Шеър ишқини, уқубатини.

Шу сабабми, уяламан мен
Пахта каби оппоқ қоғозда
Айтолмасам халқим дардини,
Қилолмасам уни овоза.

Шу сабабми, уяламан мен
Пахта каби оппоқ варақни
Бўямасам қалбим қонига,
Чорламасам шиддатга халқни.

Ва пахтадек оппоқ дилларга
Битиларкан энг эзгу битик
Мен ҳам бутун халқ билан бирга
Қичқираман: — Тирикман, тирик!

Kuz shoirlarning sevgan fasli. Kuzni kuylamagan shoir boʻlmasa kerak. Oʻzbek shoirlari uchun kuz faqatgina ilhom manbai emas, shu bilan birga, bu mavsum paxta, paxtazor, egatlarga egilgan xalq timsollari bilan bogʻlangan. Bugun sizga Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davronning kuz bilan bogʻliq sheʼrlarini taqdim etamiz.

Xurshid DAVRON
KUZ SHE’RLARI

Ko’z o’ngimda bepoyon bog’lar,
Yaproqlarda tilla rang g’ubor.
Yaqinlashib qolgandek tog’lar,
Havo shunday tiniq, beg’ubor.

Shitirlagan kechki yomg’ir, ham
Tumanlarni quchoqlagan tong,
Qop-qoraygan dalayu qir ham,
Bari menga tanish, qadrdon.

Daraxtlarda lovillar gulxan,
Yuragimda uning tafti bor.
Bog’chadagi xazonlar bilan
Uchib yurar kechagi bahor.

Meni tashlab ketmoqchi do’stni
To’xtatmoqchi bo’lganday shu on
Men jimgina qo’lim cho’zaman
Yonayotgan gulxanlar tomon.

Eshiklar to’satdan bir quchoq nurni
Sochib yuboradi tunning ko’ksiga.
Eshikni yopaman, tinch ko’chalarni
Kezib termilaman oyning raqsiga.

Keyin dalalarga chiqib ketaman,
Men bilan bog’larda tentiraydi tun.
Bulutlar oqadi. Ko’zni tutaman,
Poyimda maysalar shivirlar afsun.

Tun shaharni quchgan.
Baxtli ayollar
Erkaklar ko’ksiga qo’yadilar bosh –
Uxlar choyshablarga o’ralgan gullar,
Ko’rpani toblashib mushukday yuvvosh.

Faqat uzoqlarda, tungi qirlarda
Ko’zlari qora qiz, qoshi qora qiz
Yigitning ko’ksiga emas, dalada
Uvatga bosh qo’yib uxlaydi yolg’iz.

Mezon kechdi.
Qanday shoshib kechdi bu mezon.
Hosil to’la aravasi loylarga botib
Sochi oqardi.

Mezon kechdi.
Qanday ma’yus kechdi bu mezon.
Oromni, uyquni unutib qaridi.
Yulduzlarga ulashib berdi
Daraxt uchlarida qolgan noklarni.

Chinni kosalarga musallas quyib,
Keling, mezon bilan xayrlashaylik.

Qishda uni yaqin do’st kabi
Juda ko’p bor eslaymiz hali.

Tungi bog’lar – sirli, qo’rqinchli,
Xususan kuz, xususan kech kuz.
Qora tunga bo’lib qo’riqchi
Qotib turar daraxtlar unsiz.

Oyog’ingning ostida nogoh
“Chirs” etaru sinib tushar shox,
Biroq, ulkan qushdek banogoh
Qalqib ketar butun ulkan bog’.

Tungi bog’lar qora o’pqonday
Guvlar bo’ron kezingan chog’lar.
Bog’ni chetlab o’tadi tunda
Qo’rqa-pisa oydin so’qmoqlar.

KUZNI O’YLA

Yozni o’yla…
Maris Chaklays

Kuzni o’yla,
Qor ketishi bilan kuzni o’yla…
Kuzni o’yla,
G’ildiragi loyga botib qolgan aravani
Tortolmayotgan otni ayamay qamchilab,
Kuzni o’yla.
Beshafqat kuzni o’yla,
Usti ochilib qolgan bolalaringni
Ko’rpa bilan o’rab qo’ya turib,
Kuzni o’yla…
Kuzni o’yla, tashnalikdan
Bahor yomg’irlari aro lablaring yorilib ketganda,
Saraton oftobi tig’ida
Mehnat qoraytirgan bolalarning
Ko’zlariga qarolmasdan kuzni o’yla.
Ikki tol ovuta olmayotgan
Belanchakdagi bolaning bo’g’ilib yig’lashi,
Kun issig’ida ko’ksida suti qurib qolgan ayolning
Iztirobi aro kuzni o’yla,
Kuzni o’yla, kuzni o’yla…

TERIMCHI QIZLAR

Terimchi qizlar
Shoxlardagi qushlarday yengil,
Qomatlari xayol,
Quyosh isi anqib turar chehralaridan.
Ular
To’lib ketgan armonlar kabi,
Egatlarga egilgan.
Orzulari mezonlar kabi
Oppoq bo’lib uchib yurguvchi
Oydin shamollarga osilgan.
Huv… Bo’g’ilib sayragan
qushdan ham uzoq,
Qishlog’imning cheksiz dalalarida,
Oppoq shiyponlarda ko’ksini titroq,
Iliq, moviy shamollar o’pib,
Uxlab yotar terimchi qizlar
Tushlarini quyoshga ko’mib…

Atrofda qora kecha.
Mungli nay kuyi yangrar.
Kuz. Shamol. Bo’m-bo’sh ko’cha.
Zulmatga cho’kkan ranglar.

Sog’inch dilni o’rtaydi.
Kuz. Shamol. Bo’m-bo’sh ko’cha.
Nay kuyi – sog’inch bayti.
Atrofda qora kecha.

Kuzni olib o’tdi dehqonlar
Aravada olmalar bilan.
To’lib ketdi cheksiz sayxonlar
G’ildiraklar g’irchillashidan.

Daraxtlarning rangi qorayib,
Bog’da esdi achchiq kuyundi.
Kuz yo’llari misli qora ip
Cho’zildilar – yomg’irlar yuvdi.

Oq varaqqa siyoh dog’lari
Sochilganday – ayni kun botar
Har sharpadan kuzak bog’lari
Qarg’alarni ko’kka sachratar.

Qushlar sergak –
Qora olchaday
Ko’zlarida hadik surati.
Kezib yurar bog’ni kechalar
Yog’ilmagan qorlar hasrati.

Aravada savat va savat
Naqsh olmalar osmonga boqar.
Kuzni olib ketdi arava,
Aravaga sig’madi bog’lar.

UMRZOQ KUNBO’YI…

Umrzoq kunbo’yi paxtalariga
ishlov berib horib qaytadi.
Uyda uni oyday xotini,
xotinining ma’yus ko’zlari,
ikki qavat ko’rpa kutadi.
U yechinib shoshmay yuvinar,
bir oz sho’xlik qilar xotini bilan –
birdan uyg’onadi mudragan shamol,
ohista titraydi shohi pardalar.
Umrzoq xotinining ko’zidan sezar,
u ham hali tuz totimagan.
— Ovqatlansang bo’lmasmidi? – deb
Umrzoq tikilar ma’yus ko’zlarga.
Homilador xotini jilmayib qo’yar,
Siniqqan yonoqlar ketar qizarib.
Xotini juda ham yaxshi biladi –
yolg’iz ovqatlanmas eri.
Umrzoq yoriga tikilgan sayin
yelkasidan sirg’alar horg’inlik toshi.
Ular endigina cho’zilgan mahal
Ufq anor kabi qizara boshlar…

SO’NGGI OLMA HAQIDA QO’SHIQ

Sunbulaning yellari
alla aytgan chorbog’da,
sunbulaning yo’llarin
yomg’irlar yuvgan chog’da,
aravalar g’ijirlab
loylarga botib qolgach,
qaqragan va tashna lab
yoz kuzga yetib olgach,
bog’lar aro hokimlik
qilganida bolalar,
qizarib nurga to’lar
so’nggi kuzgi olmalar
………………………………….
………………………………….
Ayol kabi yalang’och
go’zalligin bu damda
shoxlar aro noiloj
ko’z-ko’zlar so’nggi olma.
Bechora ko’r gadoni
o’ynagandek to’rt yondan,
tosh uchar yolg’iz qolgan
olmaga – yer, osmondan
Har daqiqa, har bir on
xavotir-la kechadi,
bog’ga kirgan har shamol
uni izlab uchadi.
Kirgan sayin kuz bog’lar
yuragiga ichkari,
Talpinar olma shoxlar
uchiga – yulduz sari.

O, yolg’iz qolgan olma,
naqadar sen shirinsan.
Holbuki sen ham o’sha
olmalarning birisan.
Faqat sen beva kabi
yolg’izsan, o yolg’izsan.
Yolg’iz ayol erkakka
shirin tuyular qizdan.

…O’rmalagach tumanlar
kuzning xira sahari,
so’nggi olma, qalbingga
botar qishning zahari.
Shimirasan entikib
va qayg’uga to’lasan.
Sovuqni qancha yutsang
shuncha shirin bo’lasan.

O, beva kabi yolg’iz
so’nggi olma, alvido.
Qoshingda turdim ma’yus,
chiqmadi sendan sado.
Bugun tunda osmonda
nogoh yulduz surilar,
ucha-ucha azonda
kelib senga urilar.
Biroq hech kim sezmas kuz
yong’inida isinib,
muzdek tongi havoda
kuygan olma isini…

QISHLOQQA QAYTISH YOKI
UMRZOQ LAYLAKNING O’LIMI

Oq ko’ylak-ishtonli Umrzoq laylak
ravoqda to’shini to’singa bosib,
tog’larga termilar, entikar yurak:
“Qishloqni ko’rmoqlik qilarmi nasib?”

Ko’zini yumadi,
g’amgin dalalar
xayolga bostirib kirar ushbu on.
Paxtazor… Charchagan yerni allalar
namxush xazon isi va telba osmon.

…Yarim tun uyg’onib ketar to’satdan —
osmonni o’ksik dil kabi titratar
uchib ketayotgan qushlar qo’shig’i.
Chol yig’lab yuborar va uchib ketar
oppoq laylaklarga qo’shilib.

TUN SHUNDAY ZIM-ZIYO…
(Miroslav Florianga nazira)

Tun shunday
zim-ziyo –
naqsh olmalar
yulduzdek porlar.

Tun shunday
chuqurki –
Uchgan yulduz
quduqqa tushar.

Tun shunday
oydinki –
Kelinchaklar
darchani to’sar.

Tun shunday
sokinki –
Eshitilar
quyosh nafasi.

ERTAKNING DAVOMI

Qiz sochida shamol hayqirar,
guvlar shamol kabi qiz sochi.
Yo’l tugaru uyiga kirar
qiz zangori eshikni ochib.

Ostonada qoladi shamol,
chekinadi ufqqa kunduz.
Paxsa devorlarni quchoqlab
yig’lar shamol ko’chada unsiz,

va shamolni daraxt shoxlari
olar ekan tinch quchog’iga,
sochiladi kuz yaproqlari
qiz yashagan uy ravog’iga.

Daraxtlar ham hech chidayolmay
derazadan mo’ralar ma’yus.
Daraxtlarni olib ketolmay
ostonada turar sarson kuz.

Quyuqlashib borarkan mayday
qora tunning qora bo’yog’i,
qiz to’shakka o’rangan paytda
tinib qolar kuzakning bog’i.

Bu sukunat farog’atidan
qiz kiprigi yumilgach asta,
qiz sochini sog’ingan shamol
derazani ochar ohista,

va tillarang xazonlar sochib,
boqmay oyning nur o’yiniga,
qordek oppoq choyshabni ochib,
kirar oydek qizning qo’yniga.

ESKI SHAHAR

Bibixonim dahmasi xarobasida
so’nggi bor aks etar va so’nar quyosh.
Uyg’ona boshlaydi kun nafasidan
mudrab uxlab qolgan qora qabrtosh.

Tor, qiyshiq ko’chalar adashib qolib,
ilondek o’rmalar nurafshon tunda.
Tovlana boshlaydi qayg’uga to’lib
“Ziji Ko’ragon”ning aksi osmonda.

Mudrar sezgir qushlar butoqlar aro,
ularning uyqusin buzar shamollar
va qaysar eshagin niqtab besado
uyga qaytayotgan bozorchi chollar.

Tomga uchib tushgan yorqin bir yulduz
kuydira boshlagan paytda o’tlarni,
munkaygan chol kabi qarigan kunduz
Shohizinda tomon pisib o’tardi…

Eski shahar uxlar, mudragan toklar
paxsa devorlarni mahkam quchoqlar.
Uxlaydi boxorda qovunu-noklar,
Tushlariga kirib muattar bog’lar.

Tungi sukunatda to’kilar yerga
yillar nafasidan nam tortgan sho’rxok.
Boladek mo’ltirab boqar shaharga
bir chetda biqinib olgan mitti bog’.

SO’NGGI KUZ

Mezon oqshomlari quyilgach tunga,
qayg’ular uyg’onar ko’ksimda nogoh.
Boqaman, daraxtlar singar osmonga,
anglayman: yashamoq oniy bir nigoh.

Kun kelar, qushlarning to’dasi uzoq
aylanar osmonda va o’char sasi –
bahor – tashna qushlar intilgan tuzoq,
kuzak – sindirilgan qushlar qafasi.

Ketarlar qushchalar parvoz bilan mast,
qaytarlar uvillab qora shamollar.
…Erkaklar qonida yig’lar musallas,
yig’lab kuzatadi qushlarni chollar.

KUZ

Qora yomg’ir va yolg’izlik, qorong’i chorbog’ –
g’amgin qushlar karvon bo’lib ko’chib ketadi.
Yomg’ir yuvgan daraxtlardan eng so’nggi yaproq
uzilaru yurak kabi uchib ketadi.

Keyin yana kuzak boshlanar,
derazadan boqqanda – faqat
bo’zrang tuman aralash yuksak
tog’ cho’qqisi ko’zga tashlanar.

Sen o’zingni qo’yarga ham joy
topolmaysan… Beshafqatdir kuz!
Ko’kka boqsang… Ko’rinmaydi oy,
Seni yodga soladi yulduz.

Uyqusiz tun – qorong’i xatar
aro ko’kka boqasan… Tongda
sen g’ijimlab tashlagan xatlar –
oq bulutlar suzar osmonda.

O’z-o’zingga aytding: “Qaragin, xazon”.
O’z-o’zingga aytding: “Qaragin, kuz bu!”
Alvonrang quyoshning yog’dusi tushib
Sening ko’zlaringga urildi ko’zgu.

Sen unga qarashga qo’rqasan, balki
Unut va olislab ketgan muhabbat
Yodini ko’zingda ko’rging kelmaydi.
O, nahot yashasang shunday to abad!

Mung’ayib, qor tushgan tongdagi qushday
Ayvon chekkasida o’ylar surasan,
U kunlar bamisli unut bir tushday –
Aytgin, tushlaringda kimni ko’rasan?!

To’zg’igan sochingdek to’zg’igan o’ying,
Osmonga boqasan, bosib titrog’ing.
Bu kuz hech kim kelmas, unutdir uying,
Hech kim taqdim etmas chinor yaprog’in.

Nega yig’lamaysan nega kulmaysan,
Umr o’tayotir, umr – oqizoq…
Nega eshigingning oldidan o’tgan
Bolalar ortidan qaraysan uzoq.

* * *
Qora tunda so’ldi yaproq –
So’nggi yaproq.
Vujudlarda so’ndi titroq,
Tindi tuproq.

Qushlar uchdi tong oldidan –
ko’k surmarang.
Ufqlarga urildi-da,
sindi jarang.

Tuman chulg’ab chiqar tog’dan
kuz quyoshi.
Tomchilaydi ho’l butoqdan
kuz ko’zyoshi.

G’ijirlaydi ko’zdan olis
bir g’ildirak –
Kimdir ketar yo qaytar? – Kuz
bilsa kerak…

Tikilaman, ilg’ar ko’zlar:
Huv, dalalar
aro so’nggi tola izlar
ho’l bolalar…

PAXTAZOR

O’zbekiston – paxta dalasi,
Ufqqacha, ufqdan so’ng ham.
Bolalarning mutolaasi
Paxtazordan iborat olam.

Ular kirib kelguncha kecha,
Kun ufqqa botguncha so’nib,
Sovuq, qalin qorlar tushguncha
Yomg’irlarga cho’milib, to’nib,

Mitti, nozik barmoqlar ila
Tig’li, keskir muz chanoqlardan
Tola yulib, xirmon uyarlar —
Xirmonlarki, yuksak tog’lardan.

Bundan maktab pedsovetlari
Yomon baho olganni emas,
Yomon paxta tergan bolani
Muhokama qilishdan to’ymas.

Hech yodimdan o’chmaydi biroq,
Qop-qoraygan egatlar aro
Qora tunda yalt etgan chiroq
Kabi ko’zga tashlangan chanoq

Va paxta deb qad bukkanlarim,
Bir tola deb kun kech bo’lgani
Oqshomgacha bo’m-bo’sh etaklar
Paxtagamas, qorga to’lgani.

Ey, paxtazor, ey, bolaligim
Singib ketgan cheksiz dalalar,
Tushlarimga kirasiz, kirmas
Onam aytgan munglig’ allalar.

Atlantida – ul cho’kkan diyor
Nima bo’pti?! – Tushmay daftarga
Necha-necha atlantidalar
Cho’kib ketdi paxtazorlarga.

Ha, rost, bugun o’zbek deganda,
Aytgan damda yutuqlar haqda
Faqat seni sonsiz minbarda
Tilga olib o’tarlar, paxta.

Yo’q, biz cho’kib beiz ketmadik,
Alisheru Ibn Sinoni
Bergan bu xalq o’lmagan, tirik —
U lol qilar hali dunyoni..

Bu xalq hali qul bo’lgani yo’q,
Hali bu xalq bag’ridan chiqar,
Shoirlarkim, har so’zida cho’g’ —
Bir so’zlarkim zulmatni yiqar.

Biz angladik paxtazorlarda
Non qadrini, erkning qadrini,
Biz angladik paxtazorlarda
Ona Vatan, xalqning dardini.

Biz angladik paxtazorlarda
Onalarning mungli allasin,
Biz angladik paxtazorlarda
Ozib-to’zgan o’zbek dalasin.

Biz angladik paxtazorlarda
O’zbekiston muhabbatini,
Biz angladik paxtazorlarda
She’r ishqini, uqubatini.

Shu sababmi, uyalaman men
Paxta kabi oppoq qog’ozda
Aytolmasam xalqim dardini,
Qilolmasam uni ovoza.

Shu sababmi, uyalaman men
Paxta kabi oppoq varaqni
Bo’yamasam qalbim qoniga,
Chorlamasam shiddatga xalqni.

Va paxtadek oppoq dillarga
Bitilarkan eng ezgu bitik
Men ham butun xalq bilan birga
Qichqiraman: — Tirikman, tirik!