Kiyimlarni dazmolsiz tekislashning 10 ta usuli
Oddiy oshxona sirkasi g‘ijimlangan kiyimlarni tekislashga qodir. U suv bilan 3:1 nisbatda aralashtiriladi va sepiladigan idishga quyiladi. So‘ngra kiyimga sepiladi va toza havoda quritiladi. Bu usul kiyimdagi yoqimsiz hidlarni ketkazadi va matoga zarar bermaydi, sirka hidi juda tez yo‘qoladi. Sirka yordamida pardalarni ham dazmolsiz tekishlash mumkin.
Kiyimlarni dazmolsiz tekislash uchun qo’l keladigan bir nechta usullar
Agar dazmol to‘satdan ishlamay qolsa yoki u-bu narsani zudlik bilan dazmollash kerak bo‘lsa, yangisini olish uchun darrov do‘konga yugurmaysiz, albatta. Kiyimlarni tekislashning ko‘plab usullari mavjud.
Dush — Dush bug‘lash prinsipi asosida ishlaydi. Kiyimni hammomga osib qo‘ying va issiq suvni yoqing. Bug‘ bir necha daqiqada kiyimingizni silliqlaydi, ammo biroz nam bo‘ladi.
Suv va sirka — Agar to‘qqiz foiz sirkani konditsioner va suv bilan teng nisbatda aralashtirsangiz, dazmolsiz kiyim tekislaydigan ajoyib vositaga ega bo‘lasiz. Uni purkagichli idishga quying va kiyimingizga seping.
Soch dazmoli — Soch dazmoli nafaqat sochlarni jingalak qiladi, balki kiyimlarni tekislashi ham mumkin. Dazmolni qizdiring, matoni plitalari orasiga qo‘yib, bir joyda to‘xtamasdan yurgizing.
Ho‘l sochiq — Yana bir samarali usul — ho‘l sochiq. Kiyimni tekislab ustiga namlangan sochiqni qo‘ying. Bir soatdan keyin kiyimlar ancha tekislanadi.
Ho‘l kaft — Ba’zida ho‘l qo‘lning o‘zi ham yetarli bo‘ladi. Qo‘llarni ho‘llab, kiyim ustidan yurgizing. Mayda g‘ijimlar uchun bu usul ishlashi mumkin.
Issiq suv solingan idish — Tutqichli qozonni (masalan, kostryulka)da suv qaynating. Keyin astalik bilan suv to‘kilib ketmasligi uchun kiyimni kostryulka bilan tekislang. Asosiysi, idishning tagi toza bo‘lsin, aks holda matoda iz qoladi.
Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin
So‘nggi yuklangan mavzular
Ko‘p o‘qilgan mavzular
Bo‘limlardan birini tanlang
Kiyimlarni dazmolsiz tekislashning 10 ta usuli
Dazmol qilish zerikarli jarayon bo‘lgani uchun ham ko‘pchilik buni yoqtirmaydi. Lekin to‘satdan dazmol buzilib qolishi yoki sayohatda kerak bo‘lishi mumkin. Shunday vaqtda dazmolsiz ham kiyimlarni tekislashning bir nechta usullari qo‘l keladi, deb yozadi “Noviy ochag”.
Foto: “Noviy ochag”
Soch dazmoli ko‘ylak yoqasini mukammal tekislaydi
Foto: “Noviy ochag”
Masalan, kiyimning yoqasi, yengi yoki qo‘li chamadonda g‘ijimlansa, soch dazmoli bilan kerakli hududni mukammal tarzda tekislash mumkin. Albatta, soch dazmolidan foydalanishdan avval undagi lak yoki boshqa turmka vositalarini artib olish zarur.
Issiq idishlar ham dazmol o‘rnini bosadi
Foto: “Noviy ochag”
Katta zanglamaydigan kostryulkalar kiyimlarni tezda dazmollashning eng qadimgi usullaridan biridir. U olovda qizdirib olinadi va kuydirmaydigan darajada sovigandan keyin kiyimning g‘ijim qismiga bosish kifoya.
Kiyimlarni matras bilan dazmollash
Foto: “Noviy ochag”
Kiyimlarni bir tekisda yoyib, matras ostiga qo‘yish ularni g‘ijimlanib ketishining oldini oladi. Masalan, tunda bu ish amalga oshirilsa, tonggacha kiyim tekis holatga keladi.
Kiyimlarni sirka bilan qanday dazmollash mumkin?
Foto: “Noviy ochag”
Oddiy oshxona sirkasi g‘ijimlangan kiyimlarni tekislashga qodir. U suv bilan 3:1 nisbatda aralashtiriladi va sepiladigan idishga quyiladi. So‘ngra kiyimga sepiladi va toza havoda quritiladi. Bu usul kiyimdagi yoqimsiz hidlarni ketkazadi va matoga zarar bermaydi, sirka hidi juda tez yo‘qoladi. Sirka yordamida pardalarni ham dazmolsiz tekishlash mumkin.
Nam sochiq bilan kiyimlarni tekislang
Foto: “Noviy ochag”
Dazmol kerak emas. Sviterni nam sochiq bilan dazmollash mumkin.Buyum tekis yuzaga qo‘yiladi, nam va yaxshi siqilgan sochiq bilan yopiladi, g‘ijimlangan joylarni tekislanib, pastga bosiladi.
Dush yordamida dazmollash
Foto: “Noviy ochag”
Dush qabul qilayotganda kiyimni hammomdagi ilgichga osib qo‘yish va eshikni yopish kerak. 10 daqiqadan so‘ng hammmomdagi bug‘ g‘ijimlarni tekislaydi. Bu eng qulay usul bo‘lib, issiq bug‘ rasmiy liboslarni ham dazmolsiz tekislashga yordam beradi.
Choynak bilan dazmollash mumkinmi?
Foto: “Noviy ochag”
Qaynayotgan choynakdan bug‘ chiqayotgan vaqtda unga kiyini tutib turish kifoya. Albatta, bunday vaqtda uyni bug‘ga to‘ldirish shart emas. Shunchaki, choynakning bug‘ chiqadigan qismidan foydalanish mumkin.
Fen bilan dazmollash
Foto: “Noviy ochag”
Sevimli kiyimni fen bilan osongina dazmollash mumkin. Kiyimni suv bilan ozgina namlash, fendan issiq havoni unga yo‘naltirish kifoya. Shu tarzda nafis kiyimlarni ham dazmollash oson kechadi.
Kir mashinasida dazmollash mumkin
Foto: “Noviy ochag”
Quritish funksiyasiga ega kir yuvish mashinalarining yana bir afzalligi shundaki, undan nafaqat toza va quruq kiyimlarni, balki deyarli dazmollanganlarni ham olish mumkin. Barabanga kiyimlar qo‘yiladi va quritgich 10-15 daqiqaga yoqiladi. Bunday vaqtda bir nechta muz bo‘laklarini ham qo‘shish mumkin. Quritish paytida u bug‘lanadi va shu bilan kiyimlar tekislanadi.
Dazmol bo‘lmaganda kiyim tekislash uchun asqatadigan bir nechta usullar
Agar dazmol to‘satdan ishlamay qolsa yoki u-bu narsani zudlik bilan dazmollash kerak bo‘lsa, yangisini olish uchun darrov do‘konga yugurmaysiz, albatta. Kiyimlarni tekislashning ko‘plab usullari mavjud.
Issiq suv solingan idish
Tutqichli qozonni(masalan, kostryulka)da suv qaynating. Keyin astalik bilan suv to‘kilib ketmasligi uchun kiyimni kostryulka bilan tekislang. Asosiysi, idishning tagi toza bo‘lsin, aks holda matoda iz qoladi.
Yana bir samarali usul — ho‘l sochiq. Kiyimni tekislab ustiga namlangan sochiqni qo‘ying. Bir soatdan keyin kiyimlar ancha tekislanadi.
Soch dazmoli
Soch dazmoli nafaqat sochlarni jingalak qiladi, balki kiyimlarni tekislashi ham mumkin. Dazmolni qizdiring, matoni plitalari orasiga qo‘yib, bir joyda to‘xtamasdan yurgizing.
Dush bug‘lash prinsipi asosida ishlaydi. Kiyimni hammomga osib qo‘ying va issiq suvni yoqing. Bug‘ bir necha daqiqada kiyimingizni silliqlaydi, ammo biroz nam bo‘ladi.
Suv va sirka
Agar to‘qqiz foiz sirkani konditsioner va suv bilan teng nisbatda aralashtirsangiz, dazmolsiz kiyim tekislaydigan ajoyib vositaga ega bo‘lasiz. Uni purkagichli idishga quying va kiyimingizga seping.
Ba’zida ho‘l qo‘lning o‘zi ham yetarli bo‘ladi. Qo‘llarni ho‘llab, kiyim ustidan yurgizing. Mayda g‘ijimlar uchun bu usul ishlashi mumkin.