Дориларсиз даволанамиз: шамоллашни енгишнинг вақт синовидан ўтган, самарали усуллари
Tibbiyot.info KASALLIKLAR NAFAS A'ZOLARI KASALLIKLARI SHAMOLLASH (O’RVI) — BELGILARI, SABABLARI, TASHXIS, DAVOLASH, UYDA DAVOLANISH
Shamollash alomatlari va uy sharoitida davolash
Shamollash alomatlari va uy sharoitida davolash usullari: Shamollash – bu immun tizimining pasayishi, yuqumli kasalliklarning kuchayishidir. Odatda ko‘pchilik odamlar bu kasallikni ish, majburiyatlar sabab “oyoqda” o‘tkazishadi va oxir-oqibat buni xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tushunishmaydi.
Etiborsiz qoldirish og‘ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin, masalan yurak-qon tomiri muammolarini, asab va nafas olish tizimi kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun sog’likka ma’suliyat bilan qarab uyda yotib davolanish lozim.
Barcha materiallar faqat ma’lumot berish maqsadida joylashtirilgan, shifokor maslahatisiz ish tutmang!
Shamollash alomatlari va uy sharoitida davolash
Shamollash alomatlari
Shamollash sabablari
Shamollashni uy sharoitida davolash
Tanadagi har bir kasallik signal ishorasi ekanini unutmang. Shu tarzda tana o‘zining zaif tomonlarini ko‘rsatadi va to‘plangan toksinlardan tozalanadi. Bu kasallik aslida nima? Tanani tozalashga xalaqit bermaslik uchun kasallik paytida ko‘p ovqat yemaslikka xarakat qiling. (qoida tariqasida tananing o‘zi aytadi, ishtaha yo‘qoladi) va har qanday xolatda, dorilarni ishlatmang.
Virusli infeksiyada ular yordam bermaydi. Antivirual preparatlar samaradorligi isbotlanmagan. Vaziyatni bartaraf etish uchun xalq tabobati davolanish usullaridan foydalanish yahshiroqdir.
Xaroratni yiqitmang. Virus 38⁰ da ko‘payishni to‘htatadi. Yuqori haroratsiz kasalliklar og‘irroq va uzoqroq kechishini o‘zingiz ham sezgansiz. Bundan tashqari haroratni tushiruvchi tabletkalar aks ta’sirga ega bo‘lishi mumkin.
Shamollashni davolashda halq tabobati
- Iloji boricha ko‘p va sifatli, yahshi strukturaga ega bo‘lgan suv iching. Ko‘p issiq ichimliklarni ichish yahshi terlashga yordam beradi.
- Shamollashning birinchi alomatlarida, quruq hantalning suvli eritmasida oyoqlarni vanna qilish tavsiya qilinadi. 2-3 osh qoshiq kukunni issiq suvga solib eritib oling va oyoqni suvda 15-20 daqiqa ushlab turing. Keyin issiq paypoq kiying.
- Piyoz va sarimsoqpiyozni ko‘p istemol qiling. Shuningdek, mikroblar va viruslarni yo’q qilish uchun ularni tarelkada bemor xonasiga qo’yish tavsiya etiladi.
- Burun oqishiga qarshi burunga kolonxoe, aloe, yoki oq karamning yangi siqilgan sharbatini tomizing. Kolonxoe sharbati aksirishga olib keladi, buning natijasida shilimshiq chiqadi, oq karam sharbati esa shishlarga qarshi ajoyib ta’sirga ega, burun tiqilishi uchun samarali bo‘ladi. Burun oqishidan xalos bo‘lish uchun har burun burchagiga har kuni 3 tomchi sharbat tomizilishi kerak.
- Xonani tez-tez shamollatib turing, lekin yelvizakdan qoching. Shamollatish paytida xonani tark etish shartamas. Derazani ochib, eshikni berkitsangiz bo‘ldi. Toza xavo tez sog‘ayishga yordam beradi.
Limon va asal bilan zanjabil
Limon va asal bilan zanjabil
- Zanjabilni maydalang va bir stakan suvda 30 daqiqaga qoldiring. (1ch. qosh. 200 ml suvda) eriguncha. Buni limon va asal bilan qabul qilish tavsiya qilinadi. Bu kombinatsiya mo’jiza yaratadi!
- Yo‘taldan xalos bo‘lish uchun limon va zanjabil sharbati aralashmasi yordam beradi. Ozroq asal qo‘shsa ham bo‘ladi. Kattalar uchun – 1 osh qosh. Kuniga 5-6 mahal. Bolalar uchun – 1 choy qosh. 1-3 osh qosh. suv bilan.
Asalli retsept
Asalli retsept
- Asal virusli kasalliklarda juda samarali vosita xisoblanadi. Uni giyohli choylarga qo‘shib qabul qilish tavsiya qilinadi. Lekin shuni esda saqlash kerakki suvni xarorati 40⁰dan oshmasligi kerak, aks xolda ichimlik organizmga toksik ta’sir qilishi mumkin.
- 2 osh qoshiq asalga 4 osh qoshiq limon sharbati va 1 stakan issiq suv solamiz. Aralashma bilan og‘zingizni chaying. Ichish ham mumkin.
- Klyukva sharbatini asal bilan 1:1 nisbatda aralashtiring. Kuniga 3 mahal 2 osh qoshiq qabul qiling.
- Piyozni mayda to‘g‘rab, ustiga yangi siqilgan limon sharbati bilan qaynoq suv quying. Aralashmaga 1 choy qoshiq asal qo‘shing. 2 soatdan keyin “dori” tayyor bo‘ladi. Bu g‘ayrioddiy “dori”ni kuniga 3 mahal 1 osh qoshiq qabul qiling. Yo‘talga juda katta yordam beradi.
Shamollashda shipovnikni qanday qaynatilishi
Shamollashda shipovnikni qanday qaynatilishi
Quritilgan rezavorlar tarkibi vitamin S ga boyligi bo‘yicha rekord qo‘ygan desa bo‘ladi. Shuning uchun ularni organizmni ximoya funksiyasini oshirish uchun qabul qilish tavsiya qilinadi.
Immunitetni mustahkamlash uchun shipovnikdan tayyorlangan qaynatma yoki damlamalarni ichish kerak. Buning uchun 2 osh qoshiq o‘simlikka 1 litr qaynoq suv quying. Keyin uni termosda qoldiring. 1 stakan shunday damlamadan qabul qilish oraganizmni virusga qarshi kurashish uchun barcha elementlar bilan ta’minlaydi.
Viburnum bilan choy
Bu ichimlik juda o‘ziga xos ta’mga ega va ko‘p yillar davomida shamollashni davolash uchun an’anaviy tibbiyotni sevuvchilar orasida mashxur bo‘lib kelgan. Ayniqsa u kuchli yo‘tal bilan yahshi kurashadi, juda samarali vosita xisoblanadi, bundan tashqari viburnumli choy yallig‘lanishni ketkazadi.
Viburnum bilan choy
Kostryulkaga qaynoq suv quying, viburnum mevalarini qo‘shing, olovni sekinlashtirib idishni olovga qo‘ying va 10 daqiqa kuting. Qaynatishga xojat yo‘q. Qaynatmani filtrlash kerak, keyin qaynatiladi. Choy tayyorlash uchun xosil bo‘lgan suyuqlikdan foydalaning.
Pishirishni osonlashtirish uchun siz shunchaki rezavorlarni choynakdagi issiq suvga tashlashingiz va bir necha daqiqa kutishingiz mumkin. Shirin bo‘lishi uchun asal qo‘shing.
Efir moylari
Shamollashda efir moylari: chinnigul, kedr, dolchin, lavanda, limon, archa, yalpiz, rozmarin, qarag‘ay, timyan, evkalipt, choy daraxti yog‘i, shalfey.
Bir osh qoshiq moyga 2-3 tomchi efir qo‘shing va yog‘ eritmasini ko‘krak qafasi, bel va bo‘yin qismlariga surting.
Shamollash paytida ingalyatsiya qilish mumkinmi?
Siz ingalyatsiyaga ham murojat qilishingiz mumkin. Ular juda samarali antiseptik va immunostimulyatsiya qiluvchi vositalar.
Shamollash paytida ingalyatsiya qilish mumkinmi?
- Bug‘li ingalyatsiya uchun atigi 3-4 tomchi efir moyi yetarli bo‘ladi.
- Tumovda burunni “suv+evkaliptik moy (yoki asal)” yoki “bodom yog’i +choy daraxti yog‘i” aralashmalari bilan yuvish tavsiya etiladi. Xar bir burun teshigini navbatma navbat nafas oldiring. Shuningdek, Jali-neti deb nomlangan tanani burun orqali tozalash usulidan foydalanishingiz mumkin.
Aksariyat xollarda shamollash organizmning viruslarga va boshqa xavfli mikroblarga qarshi mudofaasi ta’sirining pasayishi natijasidir. Profilaktik choralarni ko‘rish kerak.
Shamollashning oldini olish
Doimo sog‘lom bo‘lib yurish yahshi odatlar va faol turmush tarzini talab qiladi. Tanangizga g‘amho‘rlik qiling. Xar qanday kasallikni asorati qolmasligi uchun albatta yotib davolaning.
Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin
Holsizlanishning dardiga davo bormi Blmiman da
Holsizlanishni davolash uchun ham soglom turmush tarziga rioya qilish kk. Davleniya past bo’lsa ham holsizlik bo’ladi
Shahina assalomu alayko’m. Qimmatli fikringiz va malumotingiz uchun tashakkur izhor etamiz. isma qilsa qanday muolaja qilish kerak So‘nggi yuklangan mavzular
Ko‘p o‘qilgan mavzular
Bo‘limlardan birini tanlang
Дориларсиз даволанамиз: шамоллашни енгишнинг вақт синовидан ўтган, самарали усуллари
Томоқ оғриғи, бурун битиши, йўтал, иситма — ҳар қандай мавсумда содир бўлиши мумкин. Бу ҳолатда кўпчилик ўзи билганича даволанади: вақт синовидан ўтган рецептсиз дори-дармонлар билан уй шароитида даволаниш ва халқ табобати рецептлари. Аммо шамоллашни даволаш усулларидан қайси бири ҳақиқатан ҳам самарали?
Рух ва C витамини
Фото: Adobe Stock
C витамини ва рух шамоллашдан ҳимоя қилишини эшитган бўлсангиз ҳам илмий далиллар бу борада уларнинг ёрдами камлигини кўрсатади.
Бироқ тадқиқотлар шуни кўрсатдики, баъзи одамларда C витамини шамоллаш давомийлигини тахминан 10 фоизга қисқартириши мумкин.
C витамини ва рух умумий саломатлик учун муҳим озиқ моддалар бўлиб, уларнинг шамоллашни даволашга таъсири аҳамиятсиз бўлса-да, шифокор билан маслаҳатлашган ҳолда витаминларни ўз вақтида қабул қилиш иммунитетни мустаҳкамлаши мумкин.
Фото: Adobe Stock
Организм тикланиши ва иммунитет тизимининг ўз вазифасини бажаришига ёрдам бериши учун дам олиш керак. Шунинг учун, касал бўлганингизда узоқроқ ухлашингиздан хавотирланманг, бу тананинг инфекцияга қарши курашаётганининг белгисидир. Айни пайтда иммунитет тизими қайта зарядланади, шунда организм инфекцияга қарши табиий равишда кураша олади.
Жисмоний машқларга келсак, ўртача фаоллик қабул қилинади. Машқ қилишни давом эттирасизми ёки йўқми, аломатларнинг оғирлигига, умумий соғлиғингизга ва қаерда ва қандай машқ қилишингизга боғлиқ. Спорт залига боришни кечиктирган маъқул, аммо танангиз жуда кучли бўлса ва шамоллаш аломатлари унчалик аниқ бўлмаса, уй шароитида енгил машқларни танлаш мумкин. Жисмоний машқлар, юриш, енгил югуриш каби вариантлар бўлиши мумкин.
Томоқни илиқ шўр сув билан чайинг
Фото: Adobe Stock
Тузли сув билан чайқаш томоқ оғриғини вақтинча енгиллаштиради. Оғиз бўшлиғидаги туз томоқдаги тўқималардан сувни тортиб олишга ёрдам беради ва яллиғланишни юмшатади ва бу ҳудудда тўпланиши мумкин бўлган шилимшиқни суюлтиради. Чайиш охирида сувни тупурганингизга ишонч ҳосил қилинг — уни ютиб юборманг.
Бурунни ювиш
Фото: Adobe Stock
Агар шамоллаш бурун битиши билан келса, бурунни илиқ шўр сув билан ювадиган қурилма ёрдам бериши мумкин. Бурун йўли орқали сув оқади, тўпланган шилимшиқларни тўсиб қўядиган аллергенларни итариб юборади. Бошингизни эгиб, битта бурун канали орқали сув қуйишингиз керак. Бу маҳорат ва амалиётни талаб қилиши мумкин.
Ювиш учун оқиб турган сувдан фойдаланманг — фақат хона ҳароратига қадар совитилган дистилланган, фильтрланган, шишага солинган ёки қайнатилган сув ёрдам беради. Бу бурун йўлида қўшимча бактериялар бўлмаслиги учун жуда муҳимдир. Бундан ташқари, совуқ эритмалардан фойдаланманг ва моғор ёки бошқа бактериялар шўр эритма билан аралашмаслиги учун ҳар фойдаланишдан кейин қурилмани яхшилаб тозаланг.
Фото: Adobe Stock
Биз соғлом бўлганимизда одатда сезилмайдиган маълум даражадаги сувсизланиш ёки яллиғланишни келтириб чиқарадиган озиқ-овқат ва ичимликлар шамоллашни ёмонлаштириши мумкин. Спиртли ичимликлардан сақланиш билан бирга, шакарли газланган ичимликлар, шакар миқдори юқори бўлган овқатлар, тузли овқатлар, сут маҳсулотларидан ҳам диета қилиш керак. Бундан ташқари, кофеинни ўз ичига олган маҳсулотлардан эҳтиёт бўлиш лозим, чунки улар бош оғриғига олиб келиши ёки кучайтириши мумкин.
Сироплар, пастилкалар ва бурун спрейлари
Фото: Adobe Stock
Рецептсиз оғриқ қолдирувчи воситалар шамоллашни енгиллаштириши мумкин. Сизга мос келадиганини, энг яхшисини шифокорингиз билан аниқланг. Ва кўрсатмаларга риоя қилишни унутманг.
Сабр-тоқатли бўлинг — шамоллаш тахминан 10 кун давом этиши ва бир кечада ўтиб кетмаслигини унутманг. Сиз кўришингиз мумкин бўлган барча чоралар орасида яхши ухлаш ва танангизни сув билан таъминлаш энг самаралиси ҳисобланади. Бундан ташқари, тўғри даволаниш учун ҳақиқатан ҳам шамоллаганмисиз, у жиддийроқ вирусми ёки йўқлигини текширтириш лозим. “Замин” янгиликларини “Twitter”да кузатиб боринг
Shamollash alomatlari va uy sharoitida davolash batafsil
Saytdagi ma’lumotlar tanishish uchun joylangan, ularni shifokor maslahatisiz qo`llashingizni maslahat berilmaydi! Tibbiyot.Info – 2020 – 2022
Bo’limlar
Obuna bo'ling
Tibbiyot.info KASALLIKLAR NAFAS A'ZOLARI KASALLIKLARI SHAMOLLASH (O’RVI) — BELGILARI, SABABLARI, TASHXIS, DAVOLASH, UYDA DAVOLANISH
SHAMOLLASH (O’RVI) — BELGILARI, SABABLARI, TASHXIS, DAVOLASH, UYDA DAVOLANISH
Shamollash — yuqori nafas yo’llarining virusli yuqumli kasalligi bo’lib, nafas yo’llarini qoplagan shilliq qavatni yallig’lanishiga olib keladi. Kasallikni chaqiradigan virus balg’am, so’lak, burundan ajraladigan shilliq va boshqa ajralmalarda mavjud bo’ladi. Virus havo-tomchi yo’li orqali yuqadi. Shamollash tibbiyotda O’RK (o’tkir respirator kasalliklar) yoki O’RVI (o’tkir respirator virusli infektsiya) deb ataladi. An’anaviy nomlanishiga esa kasallik ko’pincha organizmning sovqotishidan keyin kuzatilishi sabab bo’lgan.
SHAMOLLASH SABABLARI
O’RVI o’zi davolanib ketadigan yuqumli kasallik bo’lib, u turli xil virus shtammlari (200 dan ortiq) tomonidan chaqiriladi. Tibbiyot nuqtai nazaridan shamollash deganda yuqori nafas yo’llarining virusli infektsiyasi tushuniladi.
Kattalarda shamollash sabablarining 10-40 foizi (turli manbalarda turlicha) rinovirus zimmasiga to’g’ri keladi. Boshqa keng tarqalgan viruslar orasida koronavirus, adenovirus, respirator sinditsial virus va paragripp viruslari ajratiladi.
Viruslar doimo rivojlanib, o’zgarib borayotganligi uchun organizm ularga qarshi doimiy immunitet hosil qila olmaydi. Shu sababli, umumiy shamollash tez-tez uchraydigan va takrorlanuvchi kasallik hisoblanadi. Statistikaga ko’ra, maktabgacha va boshlang’ich maktab yoshida bo’lgan bolalar yiliga 6-12 marta shamollashlari mumkin, yoshlar va kattalarda esa odatda bu ko’rsatkichi yiliga 2-4 marta. Kasallik kuz, qish va bahor oylarida avj oladi.
KECHISHI
Shamollash infektsiyalangan sekretsiya (ajralma) bilan bevosita aloqa qilish orqali yoki bemorlar yo’tali, aksa urishi orqali tarqaladi. Bemorning virus saqlovchi sekretsiyalari turli buyum va jismlarga turli yo’llari orqali tushib qoladi. Keyinchalik bu sekretsiyalar bilan bevosita aloqada bo’lgan sog’lom odam burun, ko’zlar, og’izga zararlangan qo’llari bilan tekkanidan keyin kasallanib qolishi mumkin.
Virus qalam, kitob, telefon, kompyuter klaviaturasi va qahva chashkasi kabi narsalarda bir necha soat davomida saqlanish hususiyatiga ega.
SHAMOLLASH NECHA KUN DAVOMIDA YUQIMLI HISOBLANADI
O’rtacha olinganda, shamollash kasallik alomatlari boshlanishidan bir-ikki kun oldin va uning belgilari to’liq yo’q bo’lib ketguniga qadar yuqumli bo’lishi mumkin. Virus kasallikning dastlabki ikki-uch kunida eng yuqumli hisoblanadi.
XAVF OMILLARI
Shamollash ehtimolini oshiradigan turli xil xavf omillari mavjud, jumladan:
- Yosh: Bolalar va yoshlarning shamollab qolish ehtimoli yuqoriroq, chunki ularda hali ko’plab viruslarga qarshi immunitetni rivojlanmagan.
- Mavsum: odamlar odatda kuzda, qishda yoki yomg’irli mavsumda (iliqroq iqlim sharoitida) kasallikka duchor bo’lishadi. Chunki bunday vaqtda kishilar yopiq joylarda ko’proq vaqt o’tkazishadi va havo orqali viruslar tarqalishi ham kuchayadi. Gipotermiya esa mahalliy immunitetning pasayishiga olib keladi.
- Immun tizimining zaiflashuvi: sust immun tizimiga ega bo’lgan toifa kishilar odatda ko’proq shamollashadi. Charchoq yoki hissiy tuyg’ular girdobida bo’lganlarda kasallanishga moyillik yuqoriroq bo’lishi mumkin.
Kasallik rivojlanishiga qulay zamin yaratadigan omillar:
ALOMATLARI VA BELGILARI
O’RVI alomatlari ko’pincha infektsiya yuqganidan keyin 2-3 kun o’tib (inkubatsiya davri) yuzaga kela boshlaydi. Bu muddat infektsiyaga sabab bo’lgan virus turiga qarab biroz farq qilishi mumkin. Kasallik belgilari ham infektsiya uchun javobgar bo’lgan virusga bog’liq bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin:
Kichkintoylar va bolalarda shamollashning belgi va alomatlari kattalarnikiga o’xshash bo’ladi.
SOVUQ HAVONING SHAMOLLASHGA TA’SIRI
Umumiy shamollash odatda qish oylarida kuzatilishi mumkin bo’lsa-da, sovuq havoning o’zi bu kasllikka olib kelmaydi. Darhaqiqat, sovuq ob-havo kuzatiladigan davrlarda odamlar bir-biriga yaqin bo’lib, yopiq joylarda ko’p vaqt o’tkazishadi va shu holat virusni tez tarqalishiga yordam beradi. Bitta bemordan chiqadigan viruslar 7 metr uzoqlikkacha tarqalishi mumkin, ular 2-9 soat davomida faol bo’lishadi. Aynan shu sababli, bog’chalar va maktablarda kasallik bir o’quvchidan boshqasiga tezda yuqib qoladi.
RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Umuman olganda, simptomlar virus bilan yuqganidan so’ng 2-3 kun o’tib rivojlanadi. Ba’zi odamlarda kasallik simptomlari zaifroq namoyon bo’lsa, boshqalarda kasallik belgilari o’ta jiddiy tus oladi.
Shamollash belgilari odatda 7-10 kun ichida to’liq bartaraf bo’ladi, lekin kasallik inson salomatligi holati va virus turiga qarab kamroq yoki ko’proq muddat davom etishi mumkin.
SHAMOLLASH VA GRIPP FARQI
Ko’pchilik shamollashni gripp bilan adashtiradi. Shamollash va gripp simptomlarining bir qismi o’xshash bo’lsa-da, shamollagan bemorlarda grippga duchor bo’lgan bemorlarga nisbatan kasallik jadalligi nisbatan ancha pastroq bo’ladi. Gripp bilan og’rigan bemorlarda odatda isitma, titroq, bosh og’rig’i, sezilarli mushak og’rig’i, quruq yo’tal, qusish va o’ta zaiflik kuzatiladi.
TASHXISLASH
Tashxis qo’yish kasallik belgilari, jismoniy ko’rik va bemorning shikoyatlaridan kelib chiqqan holda qo’yiladi. Agar bakterial kasallik yoki mazkur kasallikka hamrohlik qiluvchi og’ir asoratlardan shubha qilinmasa, odatda laborator tekshiruvlar va tahlilar tayinlanmaydi.
Shamollash odatda umumiy amaliyot shifokori, oilaviy shifokor, terapevt yoki pediatr tomonidan tashxislanadi va davolanadi.
SHAMOLLASHNI DAVOLASH
Shamollashni umuman olganda davolash talab etilmaydi. U o’z-o’zidan cheklanadigan kasallik bo’lib, vaqt o’tib organizmning tabiiy qarshiligi tufayli bartaraf bo’ladi. Uy sharoitida shamollashga qarshi vositalar va tibbiy protseduralar kasallik bilan bog’liq bo’lgan alomatlarni yengillashtirishga qaratilgan bo’ladi, infektsiyaga qarshi esa immunitetning o’z kuchlari yetarli bo’ladi.
Shamollashni dori-darmonsiz davolashning eng samarali usuli — ko’p suyuqlik ichish (iliq yoki issiq), tinchlik va dam olishdir. Katta yoshli bolalar va kattalardagi shamollashda pastilkalar, tomoq uchun spreylar, yo’talga qarshi siroplar kabi an’anaviy vositalar kasallik davomiyligini qisqartirmasada, uning alomatlarini yengillashtiradi. Iliq sho’r suv bilan tomoqni chayish ham yaxshi samara beradi.
Burun uchun tomchilar burun bitishini bartaraf etish uchun ishlatilishi mumkin. Shunisi e’tiborga loyiqki, burun bitishiga qarshi dori-darmonlar uzoq vaqt davomida ishlatilganda teskari ta’sirga olib kelishi mumkin, shu sababli ular ehtiyotkorlik bilan va maqsadga muvofiq ravishda ishlatilishi kerak. Homilador ayollarga u yoki bu vositani qo’llashdan oldin shifokorlari bilan buni maslahatlashish tavsiya etiladi.
ANTIBIOTIKLAR SHAMOLLASHGA QARSHI SAMARA BERADIMI
Yo’q, bunday emas. Antibiotiklar bu kasallikni davolashda hech qanday foyda bermaydi. Bu turdagi vositalar faqat bakteriyalar keltirib chiqargan kasalliklarga qarshi samaralidir, shamollashga esa viruslar sabab bo’ladi.
Antibiotiklar nafaqat yordam bermaydi, balki kamdan-kam hollarda va shifokor tavsiyasisiz qabul qilinganda jiddiy allergik reaktsiyaga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, antibiotiklarni zaruriy bo’lmagan hollarda qo’llash muayyan antibiotiklarga chidamli bo’lgan umumiy bakteriyalarning bir nechta yangi avlodlari paydo bo’lishiga olib keldi. Ushbu va boshqa bir qator sabablarga ko’ra antibiotiklardan foydalanishni cheklash muhim.
Ba’zida kasallikdan keyin sinusit, gaymorit yoki otit (o’rta quloq infektsiyasi) kabi bakterial infeksiya rivojlanishi mumkin, shunda antibiotiklarni qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Davolash haqidagi qaror tibbiy baholashdan so’ng shifokor yoki tibbiy xodim tomonidan qabul qilinishi kerak.
SHIFOKORGA MUROJAAT QILISH KERAKMI
Odatda, kasallikni uy sharoitida davolash mumkin. Agar titroq, isitma (39°C dan yuqori), qattiq bosh og’rig’i, qayt qilish, qorin og’rig’i, nafas qisilishi, ko’krak og’rig’i kabi jiddiy alomatlar kuzatilsa yoki kasallik 10 kundan keyin ham tuzalmasa shifokor huzuriga borgan ma’qul. Shamollash 3 oylikkacha bo’lgan chaqaloqlarda kuzatilganda shifokorga murojaat qilish zarur.
Agar tomoq og’rig’i va isitma boshqa shamollash alomatlarisiz kuzatilsa, u holda shifokor ko’rigidan o’tish kerak. Chunki bu kasallik streptokok infektsiyasi bo’lishi ham mumkin, u antibiotiklar bilan davolanishni talab qiladi va o’z vaqtida davolanmasa, jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.
ASORATLARI
Umumiy shamollash natijasida yuzaga kelishi mumkin asoratlari o’rta quloq yallig’lanishi (o’rta otit) yoki bakterial sinusit rivojlanishini o’z ichiga oladi. Astma yoki surunkali obstruktiv o’pka kasalligi bo’lgan bemorlarga shamollash kasallikning yanada avj olishiga sababchi bo’lishi mumkin. Kamdan-kam hollarda ikkinchi darajali kasallik sifatida pnevmoniya rivojlanishi qayd qilinadi.
Homiladorlik paytida paydo bo’lgan shamollash homilaga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun kasallikni oldini olishga e’tibor qaratish lozim: immunitetni oshirish, vitamin komplekslarini qabul qilish, iloji bo’lsa homiladorlikdan bir oy oldin grippga qarshi emlanish. Bundan tashqari, tashrif buyuradigan joylarni qisqartirish kerak.
Shamollash surunkali bronxit, astma, emfizema, o’pkaning surunkali kasalliklariga, yurak xastaligiga chalingan va chaqaloqlar, qariyalar uchun eng xavfli hisoblanadi.
KASALLIKNI OLDINI OLISH
Kasallikni oldini olish uchun tanani chiniqtirish, immunitetni oshirish tavsiya etiladi. Eng muhim usuli kasallangan odamlar bilan aloqa qilishni oldini olishdir. Umumiy tavsiylar esa quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Hozirgi vaqtda bu kasallikka qarshi samarali vaktsina kashf qilinmagan.
Like 224 Dislike 28