Chaqaloqlar haqida ko’pchilik bilmagan qiziqarli ma’lumotlar
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yig‘lash refleksi tabiiy hisoblanadi. Faqat qorni ochganda, tagi ho‘l bo‘lganda, uyqusi kelganida chaqaloqning yig‘lashi me’yoriy holatdir.
Chaqaloqlar haqida ko’pchilik bilgan va bilmagan qiziqarli ma'lumotlar
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarning sezgi va genetik xotirasi ko'plab olimlarni qiziqtiradi. Bugungi maqolamiz orqali chaqaloqlar haqida qiziqarli bo'lgan ma'lumotlarni sizlarga taqdim etamiz.
1. Bolaning tug'ilishi – bu murakkab va tabiiy jarayondir. Tug'ilgandan so'ng, bolada bir nechta testlarni o'tkazadilar, ularning yordami bilan uning asabiy rivojlanish darajasini bilishadi. Tug'ilgandan boshlab, chaqaloqlar oyoqlarini sirtga qo'yishlari mumkin, hatto qadamlar shaklida ham harakatlari bor. Kichkintoylar barmog’ingizni mahkam ushlashadi. Bularning barchasi tug'ma reflekslar deb ataladi. Onasini yo’qotib qo’ymasligi va och qolmasligi uchun reflekslar tabiat tomonidan yaratilgan. Aytgancha, o'zini eslatib turish uchun ham yangi tug'ilgan chaqaloq yig'lashni o'rganadi.
2. Deyarli barcha bolalar ko'k ko'zli bo’lib tug’iladilar. Kattaligidagi ko’z rangi esa biroz keyin shakllanadi. Shuning uchun, bolaning ko'z rangi siznikiga o'xshamasligidan tashvishlanmang. Vaqt o’tgani sari nafaqat ko'zlarning rangi, balki yuzning shakli va hatto sochlarning rangi ham o'zgaradi.
3. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda himoya deb ataladigan refleks mavjud. Bu bola og'ziga biron bir narsa tushganda yoki yuzini yostiq berkitib qolganda sodir bo’lishi mumkin. Agar og'izda begona narsa bo'lsa, u holda bola uni tezda til bilan itarib yuboradi. Agar chaqaloq qorni bilan uhlasa-yu tasodifan yostiqqa yuz o'girsa, avtomatik ravishda boshini bir tomonga burib oladi.
4. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar kattalarga nisbatan ikki baravar tez nafas oladi. Kichkintoylarda yurak urishi ham ikki baravar ko'proqdir.
5. Yangi tug'ilgan chaqaloqlar juda ko'p uxlashadi. Ba'zida uyqu 20 soatgacha yetadi. Ammo bu umumiy qilib aytganda. Bitta uyqu yarim soatdan ikki soatgacha davom etishi mumkin. Bu bolaning asabiy rivojlanishi bilan bog'liq. Yoshi bilan bolaning uyqusi uch baravar kamayadi. Bolalar faqat tinchlikda uxlashadi degan fikrga noto’g’ridir.Chaqaloqlar shovqinda ham uhlay olishadi.
6. Bolalar ko'z yoshsiz yig'laydilar. Bolada ko'z yosh tomchilari ikki oyligida paydo bo'ladi.
7. Bola tukli tug'ilishi mumkin. Soch nafaqat boshda, balki butun tanada bo'lishi mumkin. Xavotir olmang, "birinchi" sochlar tushib ketadi va chaqaloqning boshida haqiqiy kuchli sochlar o'sa boshlaydi.
8. Agar siz yangi tug'ilgan chaqaloqni diqqat bilan kuzatsangiz, onasi yaqinlashishi bilan u “jonlanishi” va faol bo'lib qolishini ko'rasiz. Rivojlangan hid hissi tufayli bola sutni hidlaydi va shuning uchun sutdan bosh tortmaydi.
Chaqaloqlar haqida ko’pchilik bilmagan qiziqarli ma’lumotlar
Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning sezgi va genetik xotirasi ko’plab olimlarni qiziqtiradi. Bugungi maqolamiz orqali chaqaloqlar haqida qiziqarli bo’lgan ma’lumotlarni sizlarga taqdim etamiz.
1. Bolaning tug’ilishi — bu murakkab va tabiiy jarayondir. Tug’ilgandan so’ng, bolada bir nechta testlarni o’tkazadilar, ularning yordami bilan uning asabiy rivojlanish darajasini bilishadi. Tug’ilgandan boshlab, chaqaloqlar oyoqlarini sirtga qo’yishlari mumkin, hatto qadamlar shaklida ham harakatlari bor.
Kichkintoylar barmog’ingizni mahkam ushlashadi. Bularning barchasi tug’ma reflekslar deb ataladi. Onasini yo’qotib qo’ymasligi va och qolmasligi uchun reflekslar tabiat tomonidan yaratilgan. Aytgancha, o’zini eslatib turish uchun ham yangi tug’ilgan chaqaloq yig’lashni o’rganadi.
2. Yangi tug’ilgan chaqaloqlar kattalarga nisbatan ikki baravar tez nafas oladi. Kichkintoylarda yurak urishi ham ikki baravar ko’proqdir.
3. Agar siz yangi tug’ilgan chaqaloqni diqqat bilan kuzatsangiz, onasi yaqinlashishi bilan u «jonlanishi» va faol bo’lib qolishini ko’rasiz. Rivojlangan hid hissi tufayli bola sutni hidlaydi va shuning uchun sutdan bosh tortmaydi.
4. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda himoya deb ataladigan refleks mavjud. Bu bola og’ziga biron bir narsa tushganda yoki yuzini yostiq berkitib qolganda sodir bo’lishi mumkin. Agar og’izda begona narsa bo’lsa, u holda bola uni tezda til bilan itarib yuboradi. Agar chaqaloq qorni bilan uhlasa-yu tasodifan yostiqqa yuz o’girsa, avtomatik ravishda boshini bir tomonga burib oladi.
5. Deyarli barcha bolalar ko’k ko’zli bo’lib tug’iladilar. Kattaligidagi ko’z rangi esa biroz keyin shakllanadi. Shuning uchun, bolaning ko’z rangi siznikiga o’xshamasligidan tashvishlanmang. Vaqt o’tgani sari nafaqat ko’zlarning rangi, balki yuzning shakli va hatto sochlarning rangi ham o’zgaradi.
6. Bola tukli tug’ilishi mumkin. Soch nafaqat boshda, balki butun tanada bo’lishi mumkin. Xavotir olmang, «birinchi» sochlar tushib ketadi va chaqaloqning boshida haqiqiy kuchli sochlar o’sa boshlaydi.
7. Yangi tug’ilgan chaqaloqlar juda ko’p uxlashadi. Ba’zida uyqu 20 soatgacha yetadi. Ammo bu umumiy qilib aytganda. Bitta uyqu yarim soatdan ikki soatgacha davom etishi mumkin. Bu bolaning asabiy rivojlanishi bilan bog’liq. Yoshi bilan bolaning uyqusi uch baravar kamayadi. Bolalar faqat tinchlikda uxlashadi degan fikrga noto’g’ridir.Chaqaloqlar shovqinda ham uhlay olishadi.
8. Bolalar ko’z yoshsiz yig’laydilar. Bolada ko’z yosh tomchilari ikki oyligida paydo bo’ladi.
Sizni ushbu maqola ham qiziqtirishi mumkin
Assalomu alayko’m. Chaqaloqlar haqida biz bilmaydigan qiziqarli malumotlar menga rosa yoqdi. Yana shunga o’xshash yaxshi malumotlardan yuklangizlar, iltimos.
Assalomu aleyko’m. Juda ham qiziqarli malumotlar ekan. Yana shunaqa malumotlardan ko’proq yuklab turing.
Assalomu alaykum. Raxmat bilmaganlarimizni bilib oldik Yana shunaqa qiziqarli malumotlar kutib qolamiz.
Men chaqaloqlar haqida qiziq narsalarni bilib oldim. Raxmat. So‘nggi yuklangan mavzular
Ko‘p o‘qilgan mavzular
Bo‘limlardan birini tanlang
Chaqaloq ko‘p yig‘lashiga sabab nima?
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yig‘lash refleksi tabiiy hisoblanadi. Faqat qorni ochganda, tagi ho‘l bo‘lganda, uyqusi kelganida chaqaloqning yig‘lashi me’yoriy holatdir.
Ammo ayrim hollarda chaqaloqlarning qorni to‘ymasligi, ich qotishi va qorni og‘rishi ham uning ko‘p yig‘lashiga sabab bo‘lishi mumkin.
Chaqaloq ko‘p yig‘lasa, xavfsirash asoslimi?
Yangi chaqaloqning haddan ziyod ko‘p yig‘lashi boshqa jiddiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Go‘dak tug‘ilgandan so‘ng ayrim sabablarga ko‘ra paydo bo‘luvchi bosh miya ichki bosimi kasalligi va boshqa xastaliklar yuzaga kelish ehtimoli yuqori. Chaqaloqni 10 daqiqadan ortiq yig‘lashi miyada qon aylanishining buzilishiga sabab bo‘ladi. Bu holat esa keyinchalik jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bola yig‘laganda ona imkon qadar uni tezroq tinchlantirishga harakat qilishi lozim. Asosan bosh miya ichki bosimi kasalligi bilan tug‘ilgan chaqaloqlar orasida ko‘p yig‘lash kuzatiladi. Shuningdek, raxit kasalligi rivojlanayotgan pallada ham bolada ko‘p bezovtalik bo‘lishi mumkin. Buning asosiy sabablardan biri haqida biroz to‘xtalmoqchimiz.
Epidemiologik ma’lumotlarga ko‘ra homilador ayollarning ko‘pchiligi orasida homiladorlik davridagi kasalliklar va uning asoratlari onaning turmush tarzi yaxshi emasligidan kelib chiqadi. «Homiladorlikdagi xavfli omillar» so‘zi shundan kelib chiqqan.
Homiladorlikdagi xavfli omillar
Quyidagi omillar chaqaloqning ko‘p bezovtalanishi, haddan ortiq ko‘p yig‘lashiga sabab bo‘lishi mumkin. Ya’ni:
– Onaning boshidan o‘tkazgan kasalliklari, turli infeksion kasalliklarga chalinganligi, ayniqsa, u qizilcha, sil, qizamiq, tepki, suvchechak xastaliklari bilan og‘rigan bo‘lsa. Shu bilan birga irsiy kasalliklardan – gemofiliya, qandli diabet, ruhiy-asab va suyak-bo‘g‘im kasalliklari bilan og‘rigan ayollar farzandida yig‘loqilik ko‘p kuzatiladi.
Yana onaning oilaviy sharoiti va jismoniy sog‘lom o‘sganligi hamda bolaning otasi haqida ma’lumotlar yig‘ishga harakat qilinadi.
Chaqaloqlardagi yig‘loqilik, cho‘chish, qo‘rquv kuzatilgan vaqtda ko‘pincha onalardan go‘dakning nechanchi homiladorlik davrida tug‘ilganligi va tug‘ruqning qanday kechganligi, ona ayrim homiladorlikni sun’iy to‘xtatganmi-yo‘qmi (ya’ni, abort haqida) so‘rab-surishtiriladi. Shuningdek, oiladagi boshqa bolalarda kuzatilgan kasalliklar, onada asab kasalliklari bor-yo‘qligi, kun tartibiga qay darajada rioya qilishi va to‘g‘ri ovqatlanishi haqida so‘raladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Chaqaloqlarda yo'rgak dermatiti yoki atopik dermatit sabablari va davolash
Tug‘ruq davrida bolaning kindik o‘qiga o‘ralishi va tug‘ruq jarayoni og‘ir kechganida, uzoq davom etishi ham chaqaloqlarda ko‘p yig‘lashga sabab bo‘lishi mumkin.
Bir donishmanddan «Qaysi ayol eng chiroyli ayol?» – deb so‘raganlarida, u «Eng chiroyli ayol — bu homilador ayoldir», deb javob bergan ekan. Shunday ekan doimo homilador ayollarimizni asrab-avaylashimiz, ardoqlashimiz, mehr ko‘rsatishimiz kerak. Zero, «Sog‘lom avlod – sog‘lom kelajakdir».